ILMIY TADQIQOTLARDA KOGNITIV TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY METODLARINI TATBIQ ETISH
Sirojiddin Umarovich Zokirov
"Takror ilm - darkor ilm;
Darkor ilm - takror ilm" - Abu Ali Ibn Sino -
ANNOTATSIYA
Ilm o'rganishning tahliliy uslubi borasida so'z yuritilganida, aksariyat talabalar juda ko'p o'quv kurslariga ham, individual ta'lim olish uchun turli o'qituvchilarga ham yillar davomida qatnaydilar, biroq agar ulardan o'sha vaqtdagi o'qigan bilimlaridan birortasini so'rasangiz, ular sizga o'sha vaqtda ta'lim olgan xotiradagi zaxiradan, deyarli, hech narsani chiqarib bera olmaydilar. Bu holat o'quvchilarning, qariyb, 95% da xuddi shunday natijani keltirib chiqaradi. Ta'kidlash joizki, insonning aqli, zehni, ongi, tafakkuri, mulohaza va tahlil qilish qobiliyati doirasi chegaralanmagan. Shunday ekan, inson bir ma'lumotni o'ziga qabul qilganida, uni fikrlash doirasida tahlil qilgach, qayta ishlab, keyin ommaga bildiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, inson miyyasining ishlash tezligi avtomatik ravishda har milsoniyalar ichida ma'lumotni markaziy asab sistemasiga yetkazib bera oladi. Shunday ekan, inson miyyasida cheki yo'q sir-sinoatli qobiliyatlar tizimi yashiringan; bu sirlardan unumli foydalana olish uchun inson har sutkada me'yoriy ravishda 24 soat vaqt hisobi mavjud bo'lsa, algoritm miqdori bo'yicha eng kamida 2 soat-u 23 daqiqa, ya'ni 1440daqiqa/10.03=143.5692921236..., ilmiy kitob mutolaa qilishi talab etiladi yoki undan-da ko'proq.
Kalit so'zlar: filologiya, til, zamonaviy metodlar, kognitiv tilshunoslik, ilmiy tadqiqot, fonetika.
KIRISH
Har bir ishning, albatta, oson tarafi ham mavjuddir; o'quvchi ana shu yo'lni topishi uchun uni tahlil qila bilishi darkor, xolos. Ana shu tahlil qilish natijasida til o'rganishning eng qulay sistemasini topishga muvaffaq bo'ladi. Ushbu sistema o'quvchi uchun tilni va hatto boshqa fanlarni o'zlashtirishda ham juda katta imkoniyatlarga yo'l ochib beradi. Buning eng qulay tomoni, bu usulni qo'llashda o'quvchi o'z diqqatini bir joyga to'plashiga hojat yo'q. Shu sistemani ko'plab ulug' allomalar o'z bilim o'rganish jarayonida qo'llaganlar. Ayni shu sistemada o'qigan bilimlar ularning
February, 2023
128
xotirasidan umuman o'chmagan. Endi bu uslubni bilib, ilmni shu sistemada o'rganilsa, o'quvchi kuchli zehn egasi bo'lishi ham, diqqatini bir joyga jamlashiga ham hojat bo'lmaydi. Tahliliy uslub nima? — Bu go'yoki ilm danak bo'lsa, uni chaqib ichidagi mag'zini olib, undan hali aniqlanmagan yangi ta'mli retseptlarni hosil qilish, ya'ni uni mohiyatan o'rganishdir. Demak, tahliliy o'rganish sistemasi quyidagicha: "Istagan o'rganmoqchi bo'lgan matnli kitob yoki manbani olib, uni necha betli kitob yoki manba bo'lishidan qat'i nazar, har kuni eng kami 20 betdan o'qiladi va shu tarzda oxirigacha o'qib boriladi. Eng asosiysi, o'qilayotgan kitob eng kamida 11 marta o'qib chiqiladi. Ushbu sistemada ilm o'rganishdan talab qilinadigan birdan bir narsa bu - toqatdir". O'quvchi shuni yodda saqlashi joizki, ilm o'rganish -igna bilan quduq emas, balki yer osti yo'lini qazishdir. Bu sistemani qo'llanilgan vaqtda, kitob yoki manbani to 3 marta o'qib chiqilmaguncha, o'quvchi hech narsani tushunmasligi tabiiy. Ammo 4-martasida u xohlasa ham, xohlamasa ham, tushunishga boshlaydi. O'quvchi o'qiyotgan kitob yoki manbani 11 martaga yetkazganidan so'ng, u o'sha kitobni yoddan emas, balki mohiyatan (ya'ni, tahlilan) eslab qoladi. Ammo oradan, taxminan, 2 oy o'tkandan so'ng o'sha o'qigan kitob yoki manbani yana 1 marta to'liq o'qib chiqiladi. Ana shunda uning mohiyati umrbod o'quvchining xotirasidan o'chmaydi va ilmiy tahlil qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Ushbu sistemaning eng katta foydasi o'quvchining tahlil qila bilish qobiliyatini kuchaytirishi hamda rivojlantirishidadir!
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbek grafika (alifbo) bo'limini yanada rivojlantirish, ya'ni uni zamonaviy va ko'rkam yozuv shakliga keltirish, maqsadida unga birmuncha takliflar bilan murojaat etaman.: 1. "Cc" (taklif qilinayotgan yangi grafik) = "Ts-ts" (hozirgi harfiy grafiklar o'rnida qo'llaniladi) = "Цц" (ya'ni ruscha grafik o'rnida). Masalan: milicïa (ya'ni, "милиция" deb o'qiladi), cirk (ya'ni, "цирк" deb o'qiladi), akcïa (ya'ni, "акция" deb o'qiladi); 2. "Zh-zh" (taklif qilinayotgan yangi qorishiq-sirg'aluvchi tovushni ifoda etuvchi grafik) - ushbu harfiy birikma faqat qorishiq-sirg'aluvchi tovushni ifoda etish uchun qo'llaniladi, ammo alifbo tarkibiga kiritilmaydi = "Jj" (hozirgi qorishiq tovushni ifoda etuvchi grafik o'rnida qoladi). Masalan, yozuvda "pijjak" emas, balki "pidzjak" deb, "g'ijjak" emas, balki "pijjak" deb yoziladi. "Zh-zh" grafigi esa "Sh-sh" tovushining jarangsizi faqat sirg'aluvchi tovushni ifoda etishdagina qo'llaniladi. Masalan: "^ijduvon", "gijda" va hokazo; 3. "Xx" grafigi "Ks-ks" harfiy birikmalar o'rnida qo'llaniladi; 4. O'zbek fonologiyasida tilning hosil bo'lish o'rniga ko'ra ikki lab ishtirokida tlaffuz qilinuvchi - lab-lab -tovushga e'tibor qaratilmagan; u tovush "Ww" grafigi bilan
February, 2023
129
ifodalanib, lab-tish tovushi bo'lgan "Vv" grafigidan anchayin farq qiladi va uni o'zbek grafikasi bo'limiga alohida harf o'rnida kiritish darkor. "Ww" grafigi tilning gorizontal harakatiga ko'ra - orqa unli qator, lablarning ishtirokiga ko'ra lablangan va oraliq unli qator tovushlari bilan birikib kelganda qo'llaniladi; u tovushlar "Uu", "Off", "Oo" fonemalaridan iboratdir. Masalan: quwlamoq; kowlamoq; ^ow bfflmoq; 5. "Yy" grafigi yozuvda faqat so'zning boshida va bir bo'g'inli so'zlardagina
qo'llaniladi, xolos; qolgan hollarda " " belgi orqali qo'llaniladi. Ushbu grafik unli tovushni ifoda etuvchi grafiklar bilan qo'llanilganda, ular quyidagicha yoziladi va
) <V
unda berilgan ekvivalenti kabi o'qiladi: " ' " = "Iy-iy" deb, ammo 'Iy' (hissiy
undo'v) so'zi asliga ko'ra yoziladi; " ^ " = "Ay-ay" deb, ammo 'Ay' (hissiy undo'v) so'zi asliga ko'ra yoziladi; " ^ - " = "Ey-ey" deb, ammo 'Ey' (xitob undo'v) so'zi
asliga ko'ra yoziladi; " 0 0 " = "Oy-oy" deb, ammo 'Oy' (turdosh ot) so'zi asliga ko'ra yoziladi;
"Öö"
= "Öy-oy" deb, ammo 'Oy' ('fikr' ma'nosida, mavhum ot) so'zi
,. II'
asliga ko'ra yoziladi; " ^^ " = "Uy-uy" deb o'qiladi, ammo 'Uy' (turdosh ot) so'zi asliga ko'ra yoziladi. Qachonki ular undosh tovushni ifoda etuvchi grafiklar bilan qo'llanilganda esa, ular quyidagicha yoziladi va unda berilgan ekvivalenti kabi
o'qiladi: » -U Q- » = "Dy-dy" deb; " m » = "My-my" deb; "" = "Ny-ny"
deb; " S S - = -Sy.sy" deb; "IJfj" = "G'y-g'y" deb; " ^^ " = "Gy-gy" deb; "Ï-1" = "Ly-ly" deb; = "Ky-ky" deb, masalan: "manifcur" (ya'ni, "manikyur"
o'rnida); "Kfo" = "Hy-hy" deb, masalan: "№undä" (ya'ni, "Hyunday" o'rnida)
o'qiladi va o'sha belgi shu yo'sinda har qanday undosh tovushni ifoda etuvchi grafiklar bilan qo'llanilganda, yuqorida berilgan grafiklar kabi o'sha grafik ketidan "Yy" tovushi orttirib talaffuz etiladi, xolos. O'zbek grafikasida yuqorida berilgan uslublardan kelib chiqqan holda matn hosil qilish o'zbek yozuviga mukammallik, ixchamlik, ko'rkamlik va zamonaviylikni baxsh etadi, shuningdek, rivoj topayotgan dunyo tillari qatoriga kirish imkoniyatini yaratadi, negaki hozirgi o'zbek grafigi rivojlanayotgan dunyo
February, 2023
130
tillari qatoriga kiritilishi uchun o'ta sodda tus olganligi bois, boshqa til grafikalari qatorida go'yoki qoloqdek ko'rinish aks etib qolgandir. Bunga misol tariqasida ingliz, rus va shu kabi boshqa tillarni misol keltirish mumkin: masalan, ingliz tilida 44ta fonema (tovush) atiga 26ta grafik (harf) bilan ifolanadi; endi bundan mulohaza qilib aytilsa, agar har bir fonema alohida ingliz grafikasiga kiritilsa, u holda ingliz tili alifbosida 44ta harf bor deb, kiritilar edi. Demak xulosa qilib aytganda, harflar birikib yangi tovush hosil qildi degani, uning har birini alifboga 'harfiy birikma' hisobida kiritilishi kerak degani emas. Masalan, o'zbek alifbosidagi 'harfiy birikma' bo'lgan "Shsh" (27-harf), "Chch" (28-harf), "Ngng" (29-harf) grafiklarni o'zbek alifbosidan chiqarish lozim. Negaki ular faqat fonemik tamoyilga ko'ra birikib, yangi tovush hosil qilyapti, xolos. Shuni ta'kidlash joizki, grafika bo'limi faqatgina turli xil tovushlarni yozuvda aks etib beruvchi belgi, xolos; uni fonologiya bo'limidan farqlay bilish darkor. Hech bir dunyo tillarining morfologik jihatiga oid bo'lgan 'flektiv' va 'aglyutinativ' tillar guruhida unda mavjud bo'lgan harflarni yana qaytadan biriktirib, 'harfiy birikma' hisobida alifboga kiritilmagan; aks holda, bu u yoki bu tilning o'sha xalq tilshunoslari tomonidan mukammal rivojlantirilmaganligidan dalolatdir. Natijada o'zbek alifbosi faqat 28ta harf, shu bilan birga, 'tutuq beigisi' (') va "Yy" tovushini
ifoda etuvchi bo'lgan to'lqin " " belgisidan iborat bo'ladi. Bundan tashqari, shuni
ta'kidlab o'tish joizki, "y" fonemasi qisqa "i" tovushiga o'ta yaqindiï; shu bois yangi o'zbek grafigini o'гganmoqchi bo'lgan o'zbeklar va o'zga xalq^ talaffuzda "з" va "i" fonemalarini biг biгidan oson fa^lab olishlaгi uchun, o'zbek imlosida "з" deb o'qiladigan haгfni "i" grafigi bilan — masalan: bir [Ьзг], ikki [3kk3] va hokazo; "i" deb o'qiladigan haгfni "y" gгafigi bilan (ya'ni, ushbu tovush, aslida, kirilcha grafikda 'й - «и» краткое' deb ataluvchi qisqa «i» fonemasidan vujudga kelgandir; bu taklif shunga binoan berildi, shu bois uni talaffuz etishda akustik tamoyilga ko'ra shovqindan ko'ra ovoz ustun keladi, demak, sonorant fonemani ifodalaydi) — masalan: bytirmoq [bitsrmoq], ylmoq [ilmoq] va hokazo. Yuqorida aytilgan ushbu "y" gгafigi faqat so'z o'rtasi va oxiгida qo'llanilgandagina "i" fonemasi o'mida talaffuz etiladi, xolos; "y" deb talaffuz etilmaydi. Ushbu fonemalarning ijobiy taraf shundaki, unda har ikki tovush alohida aniq bir harf bilan ifodala etiladi. Shuningdek, hoziгgi "O'o"' harfi o'mida yangi "Ofo" grafigini hamda "G'g"' harfi o'mida yangi "Щ" grafigini almashtiгib qo'llash o'zbek orfografiyasiga yanada zamonaviylik, orfoepiyasi uchun esa qulaylik baxsh etadi.
Demak, natijadan kelib chiqqan xulosadan quyida berilgan гo'yhatdagi to'liq tavsiya etilgan grafik^ jadvalini kuzatishimiz mumkin:
February, 2023
131
Özbek Tili Gafikasi
Aa Bb Cc (ruscha harfi o'rnida qo'llaniladi) Dd Ee Ff Gg
Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn
Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu
Vv Ww (lablab, sonorant fonema. Masalan: Öquw, owlamoq va shu kabilar) Xx (inglizcha "Ks-ks" deb o'qiladi) Yy (ushbu harf faqat so'z boshidagina va bir bo'g'inli so'zlardagina qo'llaniladi, xolos) Zz
Tutuq beigisi („) - tovushlarning ajratib yoki cho'ziqroq talaffuz qilinishini ko'rsatuvchi ishora.: masalan: mas'ul, as'hob; she'r, ta'sir.
va " " " belgilari - istalgan harf ustida kelib, o'sha harfdan keyin "Yy" tovushiga ishora etuvchi belgi.: masalan: äol [ajoi] (ya'ni, 'ayol'), ona [oj'nA], (ya'ni, 'oyna'); Bunod [Bun'jod] (ya'ni, Bunyod), pedikur [pedi'kjur] (ya'ni, pedikyur).
Diqqat!!! Tashqi manbadan kirgan "-ism,-ik" suffiksi o'zbek imlosida "-izm,-ik" emas, "-ysm,-yk" shaklida yoziladi: masalan, 'syurrealizm', 'avtomatik' emas, balki 'surrealysm', 'avtomatyk' shaklida yoziladi.
Namuna o'rnida yangi grafik asosida biron asardan qisqa matn keltiriladi: "Men Nottyngempshyrda tu^ilganman. U yerda uch yil bilim organdim. Ledendan qätgach, saqhovatly Becnyng yordamida kapytan Ebregennyng «Qaldir^och» kemasida yshladim. Nugectrytda yashowchi Mery Bertonga ü land im. ...Öshanda Ymperator shu zahotioq ong qcrli bolmish i-uciferni jölab, q& va nowwoslarni yukladi"
- J. Svift «Gullyvernyng saohatlari»dan -
February, 2023
132
FONETIKA
"Tovushlar tilning tanasi bo 'lsa, Ohang uning ruhidir" - R. Kingdon -
O'zbek fonetika bo'limi boshqa tillarga nisbatan hali hamon mukammal holda o'z tasdig'ini topmagan. Malumki, fonemalarni o'rganish sohasi ikki qismdan iborat: fonetika va fonologiya. Ya'ni, fonetika - umumiylikni, fonologiya esa xususiylikni ifodalaydi. 1. Fonetika o'z tarkibiga har qanday tilning ustsegment birliklarini kirituvchi umumiy sohadir. Ular quyidagi sohalarni qamrab oladi: • akusti k - bunga turli ohangda yetqaziladigan allofon (yoki ovoz) to'lqinlarining sifati kiradi; • auditsion - bunga hosil bo'lgan allofon ma'lum bir jism apparati orqali yetqazilganda, u tinglovchi tomonidan necha xil sifatda qabul qilinishi kiradi; • perseptual - bunga nutq allofonini inson eshitish a'zosi orqali qabul qilganida, u so'zlovchi tarafidan necha xil sifatda yetqazilishidan qat'i nazar, inson asab sistemasida ayni bir fonemani tiklashi kiradi. Fonetika keng qamrovli soha bo'lib, u nafaqat to'g'ridan to'g'ri til sohasining o'zigagina oid muhim aloqadorlikni kasb etadi, balki yuqorida sanab o'tilgan fonetik distipliniyalar o'zaro bir-biridan mustaqil o'rganib chiqiluvchi sohadir. Xulosa qilib aytganda, fonetika nafaqat nutq allofonlarining insondagi jisman shakllanuvchi tabiatini o'rganadi, balki jamiyki borliqdagi allofonlarning (tovushlarning) hosil bo'lish sabab va xususiyatlarini o'rganuvchi yirik sathdir. 2. Fonologiya esa, o'z tarkibiga ayni bir tilning o'zigagina xos bo'lgan segment birliklarini kirituvchi sohadir. Segment birliklariga unli-undosh fonemalar va bo'g'in (yoki hijo) kiradi. Har bir tilning o'z xususiy fonologiyasi mavjuddir. ular quyidagilardan iborat: • fiziologik - bunga inson nutq a'zolaridan tashqari, markaziy asab sistemasi ham kiradi; • artikulatsion - bunda biron bir fonemani hosil qilish uchun inson nutq a'zolari qay o'rinda ishtirok etishi kiradi; Xulosa qilib aytganda, fonologiya ayri bir tilning o'zidagina mavjud bo'lgan fonemalarni qanday sistema va qolipda talaffuz etilishini o'rganuvchi alohida sohadir. Fonologiyaga oid ustsegment birliklarida, ma'lumki, har bir mustaqil tilning o'zigagina xos bo'lgan akustikasi, fiziologiyasi va funksiyasi mavjuddir. O'zbek fonetika yarusida allofonlarni to'g'ri segment birliklariga ajrata bilish tilning rivojlanishidan dalolat. Birinchidan, biz o'zbek tili lingvistikasiga oid har qanday atamani bir leksika bilan ifodalashimiz darkor, shulardan biri bo'lgan 'tovush' atamasini yagona 'allofon' atamasi bilan atash, shuningdek, boshqa atamalarga ham yagona atamalarni qo'llash. Ikkinchidan, undoshlar ham bo'g'in hosil qila oladi. Bo'g'in hosil qiluvchi undoshlarga 'sonorant' fonemalar kiradi. Masalan: sen-ta-br; ma-tn; i-lm; qa-tl; sa-br-siz; 'ng' bilan birikib keluvchi qator
February, 2023
133
undoshlilar yo'q. Uchinchidan, 'y' tovushida shovqindan ko'ra ovoz kuchliroq eshitiladi, axir bu yaqqol namoyon-ku. Shuning uchun uni 'sonorant' qatoriga kiritish zarur. To'rtinchidan, abituriyentlarni miyyasini achitmasdan 'unlilar tasnifidagi' tor unlilarni faqat 'quyi tor' atamasi bilan, keng unlilarni faqat 'o'rta keng' atamasi bilan, quyi ko'tariladigan unlilarni 'quyi keng' atamasi bo'lgan yagona atamalar bilan atash maqsadga muvofiqroq bo'lar edi. Beshinchidan, 'g" tovushining jarangsizi faqat 'qh' (ya'ni hozirgi "x") tovushi ekanligi yaqqol namoyon. Hozirgi manbalarda negadir 'q' tovushiga almashtirib qo'yilgan. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, o'zbek fonologiyasida 3 xil talaffuz etiluvchi "h" tovushi mavjud: shulardan birinchisi "qh" (hozirgi qattiq 'x') - chuqur til orqa; ikkinchisi "kh" (qattiq 'h') - til orqa - ushbu tovush o'zbek fonologiyasi tarkibida 31-fonema bo'lib qo'shiladi. Bunga quyidagi so'zlar misol bo'la oladi: Khimalay, khindu, Khindiston, Khilola, bukhgalter, ko'khlik, ko'khna, madkhiya, mudkhish, parkhez va hokazo. Bu fonema asosan tashqi manbadan kirgan o'zlashtirma leksemalarda uchraydi. Uchinchisi "h" (yumshoq 'h') - bo'g'iz undosh fonemasi. Ular faqat fonemada mavjud, biroq grafikada faqat "Hh" grafigi beriladi, negaki chuqur til orqa va til orqa fonemalari yozuvda "Qh-qh" va "Kh-kh" kabi harfiy birikmalar bilan ifodalanadi. Masalan, 'qhatar' (hozirgi 'xatar' so'zi o'rnida). Shuni ta'kidlab o'tish joizki, imloda harfiy birikma bo'lgan "Qh-qh" fonemasini bir biridan ayri holda talaffuz etilishini aks etish uchun ular o'rtasiga ayiruvchi tutuq belgisi qo'yiladi: masalan, 'fiq'h' va hokazo. Oltinchidan, o'zbek tilida 30ta emas, balki, aslida, 40ta fonema bor ekanligi hali hamon o'z tasdig'ini topmagan, chunki 'dj' va 'j' grafiklarini fonemalar jadvalida 2 xil, ya'ni qorishiq 'dj' (masalan: djahon,
idjro, o'djar, bodj kabilar) ni ' <-5 ' deb, sirg'aluvchi 'j' (masalan: vijdon, gijda,
gijgijlamoq, g'ijduvon kabilar) ni J ' deb ko'rsatilishi kerak va 'j' fonemasini portlovchilik xususiyatidan olib tashlab, 'j' ni sirg'aluvchi, 'dj' ni esa, qorishiq xususiyatiga kiritish darkor. 32-fonema qatoriga 'c' (ya'ni ruscha 'ц') fonemasini alohida kiritish maqsadga muvofiqdir, shuningdek, bu o'zgarish o'zbek orfoepiya va orfografiyasiga ham bir muncha ta'sir ko'rsatadi. Masalan: cylyndr (ya'ni, 'цилиндр'), korporacïa (ya'ni, 'корпорация'), Curikh (ya'ni, 'Цюрих') va hokazo. 33-fonemaga esa, 'э' (shva) fonemasi kiritilishi lozim. Bu fonemaning tasnifi quyidagicha: lablarning ishtirokiga ko'ra - lablanmagan; tilning vertikal harakatiga ko'ra: o'rta keng; tilning gorizontal harakatiga ko'ra: til o'rta (ya'ni, oraliq) unlisidir. Biz bu fonemani amalda haddan ziyod ko'p qo'llaymiz, ammo negadir ushbu fonema o'zbek fonologiyasi bo'limiga kiritilmagan. Aslida bu fonemani o'zbek fonemalar qatoriga olib kirish nafaqat o'zbek fonetikasini boyitadi, balki tashqi tillar fonetikasini o'zlashtirishda ham juda
February, 2023
134
katta samara berishi ehtimoldan holi emas. Masalan, biz bir nechta tarkibida 'i yoki o' fonemasi mavjud bo'lgan so'zlarni orfoepik jihatdan 'i va o' deb talaffuz qilmaymiz: bunga misol tariqasida 'biz, siz, ko'mir, bytirmoq, bilmoq, kirmoq, Zokirov, Umarovych, kalkulyator, lampochka, Olimjonov, symvol' kabi bir necha so'zlar isbot tariqasida ko'rsatilishi mumkindir; ushbu so'zlarning fonemik orfoepiyasiga e'tibor qaratganda undagi so'zlar quyidagicha talaffuz etilmoqda: [bsz], [ssz], [ksmsr], [bitsrmoq], [bslmoq], [ksrmoq], [Zo'ki:rsv], [U'ma:rsvich], [kAlku'lja:tsr], [Umpschka], [3bm'jo:nsv], ['simvsl]. Endi, ushbu so'zlar orasidagi ['bitsrmoq] va [3bm'jo:nsv] so'ziga e'tibor bering; ularning birinchi bo'g'inidagi unli fonemalar asliga ko'ra talaffuz etilmoqda, ammo o'rta va oxirgi bo'g'inidagi unli fonemalar esa, 'э' (shva) fonemasi bilan talaffuz etilmoqda. Bu fonemani o'zbek fonologiyasiga olib kirish bilan o'zbek fonetikasida yana yangi 'reduksiya' tushunchasi hosil bo'lishiga asos solinadi. Natijada ushbu mavzuda urg'uli va urg'usiz unlilar asliga ko'ra emas, balki aytishga qulay usulda talaffuz etilishi o'rganiladi, ammo o'zbek fonologiyasida urg'u olmagan segmentlar doim ham reduksiyaga uchrayvermaydi. Agar bu so'zlardagi barcha unli fonemalar asliga ko'ra talaffuz etilsa, ular orfoepik qoidaga zid ravishda nutqda g'alizlikni keltirib chiqaradi. Natijada o'zbek orfoepiyasida zamonaviylik va ko'rkamlik paydo bo'lish o'rniga tarixiy-an'anaviy orfoepik nutqqa monand bo'lib qoladi. 34-fonema qatoriga "w" lab-lab sonorant fonemasi kiradi; bu tovush lablangan, gorizontal jihatdan orqa qator unli fonemalar bilan kelgan tovushlarda qo'llaniladi; faqat buni ko'pchilik payqamaydi. Masalan: quwlamoq, owlamoq va hokazo. Qolgan 35dan 40gacha bo'lgan fonemalar quyidagi jadvalda aniqroq ko'rsatilgan. Yettinchidan, 'r', 'n', T fonemalari titroq, burun, yon, tovushlaridan tashqari nutq a'zosining alveola qismida hosil bo'ladi, shuning uchun 'alveola' atamasini nutq a'zolari mavzusiga kiritib, bu fonemalarni 'alveolar' fonemalar deb atash darkor. Sakkizinchidan, dissimilyatsiyada progressiv (yuksalish) va regressiv (pasayish) turlarga bo'linishda hech qanday farqqa ajralish mavjud emas; unda faqat asl so'zning ayrim tovushini o'zgartirib talaffuz etilishini umumiy dissimilyatsiya termini bilan ataladi. To'qqizinchidan, tashqi manbadan o'zlashgan so'zlardagi kalkalab olingan 'gap urg'usi', 'iboraviy urg'u' va 'mantiqiy urg'u' atamalarini bir-biridan ajrata bilishimiz lozim. Ya'ni 'gap urg'usi' deganda, biz umuman mavzu nomini tushunamiz; 'iboraviy urg'u' deganda, gapdagi umumiy mazmunni ifodalovchi so'zni emas, balki shunchaki gapdagi biron bir so'zni kuchliroq ovoz bilan talaffuz qilinishini tushinamiz, xolos. Masalan: "men senga piyozni kichkinasidan ol" - deb aytmaganmidim? - Nega kattasidan olding?" bunda 'aytmaganmidim' va 'kattasidan' so'zlari 'iboraviy urg'u' olib kelyapti; 'mantiqiy urg'u' deganda
February, 2023
135
esa, gapdagi umumiy mazmunni ifodalovchi so'zni ifodalaydi. Masalan: "men senga piyozni kichkinasidan ol" - deb aytmaganmidim? - Nega kattasidan olding?" bunda esa, 'kichkinasidan' va 'nega' so'zlari 'mantiqiy uгg'u' olib kelmoqda, ya'ni, gapdagi umumiy mazmun ifodalovchi gap bo'lagi bo'lib kelyapti. Lekin to'liqsiz gaplaráa 'iboraviy wg'u' ishtirak etmaydi. O'ninchidan, "ustsegment biriiklaridagi uгg'u, to'xtam, emotsional bo'yoq, pauza va hokazolaг nutq ohangini tashkil etadi" - degan tushuncha xato. Bulaming taгkibida o'zaгo faгqlanish jihatidan aloqador bo'lmagan qismlar mavjud. Avvalambor, ustsegmentlar yuqoгida ta'kidlanganidek, ikki qismga ajraladi. Ya'ni 1. Ohang (bu - mavzusi juda keng qamravli qism; 'ohang' mavzusiga kiruvchi sintagma, pauza, emotsiya va ekspressivlik fonetika yarusiga aloqador emas); 2. №g'u. • 'Ohang' qismiga a) akustika (ovoz sifati): ritm (muvozanat), tembr (zarb), temp (tezlik), detsiball (balandlik, kuch), jarang, shovqin; b) funksiya: fonemalarni farqlovchi va birlashtiruvchi belgisigina xosdir; d) fiziologik: fonemalar inson a'zolarining qay o'mida hosil qilinishi. • '№g'u' qismiga so'z va gap wg'usi kiradi. Bu qism ohang mavzusidan ajralgan holda alohida tarmoq qismiga kiritiladi; Bundagi ekspressivlik (ifodaviylik) va emotsiya (rnhiy ta'siï) fonetika bo'limiga oid emas. Chunki unda 'ekspгessivlik' xususiyati mavjud bo'lishi uchun, o'sha hosil bo'layotgan allofon yoki segment (bo'g'in) biron Ыг maqsad va ma'no bildiгa olishi kerak. 'Ekspгessivlik' leksikologiya va sintaksis bo'limidagi 'gap qurilishi' mavzularining ilmiy atamasidir, chunki gapda biron bir maqsad ifodalanadi. Sunday ekan, 'ekspressivlik' qismiga leksema va gap qurilishi xosdñ hamda sintagma va pauza kabilaT kiradi; fonemalaráa 'emotsiya' xususiyati mavjud bo'lishi uchun esa, allofon yoki segmentni talaffuz qilganda tinglovchida biron bir sentimentalistik (ruhiy-ta'siriy) tuyg'u hosil qila olish funksiyasini bajara olishi kerak, biraq ulaгda bunday xususiyat mavjud emas. Albatta, bizga ma'lumki, 'emotsiya' - tinglovchiga nafaqat ovoz to'lqinlari, balki mimikalaг, imo-ishoralar, hatto tinglovchiga qaratilgan harakatli taqlidlar - ya'ni eksfralingvistika oгqali rnhiy ta'siï etish ham kiгadi. Buni farqlay bilish darkor. Emotsiyaning maqsadi faqatgina biron bir shaxs yoki jonzotga rnhiy ta'sñ o'tkazishdan iborat, chunki yuqorida aytilgandek, uni, albatta, tinglovchiga faqat nutq orqaligina yetkazilmaydi va tinglovchi faqat shaxsdangina iborat bo'lmay, balki biran bñ jonzotga ham rnhiy ta'siï o'tkazilishi mumkin. Masalan qanday гuhiy ta'siг o'tkazish mumkinligi: biгon biг jonzotni turii haгakat yoki ovoz orqali unda qo^quv, g'azab, huгkish, cho'chish, hattoki ba'zi xonaki hayvonlaгda (it, mushuk kabi) quvonch va g'am hissini ham uyg'otish mumkin. Bundan tashqari, maktab o'quv daгsliklaгidagi o'zbek fonetikasida kombenator (tovush o'zgaгishi yoki fonetik hodisa-tamoyil-o'zgarish) mavzusidagi tovush moyillashuviga -
February, 2023
136
'akkomodatsiya ': masalan, ijtimoiy - ishtimoiy, masxaraboz - masqaraboz; tovushning o'rtadan ortishiga - 'epenteza': masalan, soat - sog'at, oson - onson; tovushning oldidan ortishiga - 'proteza': masalan, stakan - istakan, shkal - ishkal; tovush tushishiga - 'diereza ': masalan, sotib olmoq - sotvormoq, berib yubormoq -bervormoq; qator unlilar qo'sh unli holda talaffuz etilishiga - 'sinereziz': masalan, muallim - maallim, saodat - soodat; 'y' fonemasini leksika o'rtasida orttirib talaffuz etilishiga - 'epiteza': masalan, doir - doyir, tabiat - tabiyat; atamalarini doimiy qo'llash o'zbek fonetika yarusini (sathini) yanada boyitar edi. Bundan tashqari o'zbek fonetikasida 'Gg', 'Kk', 'Щ ' va 'Hh' fonemalari ingichka va yo'g'on talaffuz etilish holatlari kuzatiladi: 'Gg' fonemasi tilning gorizontal harakatiga ko'ra old qator fonemalari - i, e, a - oldidan kelganida, ingichka talaffuz etiladi; bunda undosh fonemaning hosil bo'lish o'rniga ko'ra til tanasining orqa qismida emas, balki tilning o'rta qismi qattiq tanglayga tegishi natijasida hosil qilinadi.
Demak, natijadan kelib chiqqan xulosadan quyida o'zbek fonologiyasida mavjud bo'lgan barcha fonemalar jadvali keltirilgan:
Özbek Tilinyng Fonemalar Djadvali
Fonema Namuna Fonema Namuna
[i:] Zokirov [Zü'kirev] [э] (o') Ötloq ['atloq]
[i] Ylindi [ilsn'ds] [э:] (cho'ziq o') Mgtabar [maitAbAr]
[e] Kema [b] Bob [bob]
[e:] Betob ['betob] [d] Do§ [doy] (dog')
[A] Amaliot ['AmAlijot] [f] Yfor [i'for]
[a:] Ma'no [ma^no] [g] Guruh [guruh]
[o] Bor [bor] [h] Hamdam (baJ] iz undoshi)
[o:] Omad [3:mAd] [qh] Baqht (chuqur til orqa)
[u] Hukumat [huku:mAt] [kh] Khindu (til orqa undoshi)
[u:] Hukumat [hukuj.mAt] Li] Yonl] oq Qon'yoq]
[э] Ylindi [ilan'da] [k] Axariat [AksAri'jAt]
[q] Qobilat [qo:bsljAt] [l] Flurografia [fljuro'grafijA]
February, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal
137
[r] Axarîat [AksArijAt] [m] Munkhenn ['mjunkhen]
[s] Axarîat [AksAri'jAt] [n] Nu-York [nju:- jark]
[t] Axarîat [AksAri'jAt] [p] Komputer [kAmpju:tar]
[v] Viqor [vaqor] [f (ch) Mychygan [mifi'gAn]
[w] Towlamachi ['tawlAmAfa] №] (dj) Djamiat [^AmijAt]
[z] Zoe qilmoq [zo:je qalmoq] [n] (ng) Vashyngton ['vAjin.ton]
[П (sh) Vashyngton ['vAji^.ton] [Y] (g') Sarof [sArjoY] (saryog')
[3] (j) Vijdon [va3don] [te] (ts) Cylyndr [tei'lindr]
Qüida azbek tili unli fonemalarinyng of) iz boshlif ida hosil bolish orniga kora on uch xil turdagi monoftong fonemalar dyagrammasi korsatib otilgan:
vg
СЛ
a Tilning gorizontal harakatiga кота farqlanishi "" 4 <-—---»
cr 1
M я Öij '■О ее
I
i л
"3
<L> !> ÖIJ
H ^
vuqon
O'rta
qui
old qator
i: i O'rta qator orqa qator
e: u:
e \ 9 /
V Л э: э
a:
Ozbek unir fonemalar dvagxammasi
Bu yerda [a:] va [э] fonemalari tilning gorizontal harakatiga кота arta qatar unli towushlari sirasiga kiradi. Shuningdek, faqat [o] va [э:] fonemalari lablaniing ishtirokiga кота oraliq unli; [u]. [u:]. [s] (o') va [э:] (cho'ziq о') fonemalari lablangan unli; qolgan barcha fonemalar esa lablanmagan unli towushlar sirasiga kiradi.
Bundan tashqari, fonemalarda tilning diagonal harakatiga kora farqlanish turi ham mavjuddir.
Ushbu dyagrammadan ozbek fonoligiasida yana yangi fonemyk tasnyf hosil boladiky, u ozbek unly fonemalari tasnyfida 'tilnyng dyagonal harakatiga kora farqlanish ' deb yuritiladi. Bunda barcha chozib talaffuz etiluwchi unli fonemalar tilnyng dyagonal harakatiga kora yuqori-old qator, ya'ny of iz boshlif inyng yuqori va old taraf holatida hosil boluwchi, fonemalar tasnifiga oiddir; qolgan barcha qisqa talaffuz etiluwchi unli fonemalar esa tilnyng dyagonal harakatiga kora qüi-orqa qator, ya'ny of iz boshlif inyng qüi va orqa taraf holatida hosil boluwchi, fonemalar tasnifiga mansubdir.
February, 2023
138
Shunyngdek, qüida azbek tili undosh fonemalarinyng of)iz boshlif| ida hosil balish arniga kara, hosil balish usuliga kara hamda ovoz va showqinnyng ishtirokiga kara fonemalar djadvali korsatib otilgan; shuni ta'kidlab otish djoizki, qüidagi djadvalda barcha sonorant fonemalar stylystik tamöilga kora 'portlowchi'ga ham, 'qorishiq'qa ham, 'sirIialuwchrga ham, 'sirIialuwchi-portlowchi' tasnyfiga ham oid emasdir. Ular talaffuzda tonyk owoz bilan nutq artikulacTasinyng dimofi qismida tebranish hosil bolishi natidjasida yntonyk ravishda talaffuz etiladi:
Akustyk tamöil Stylystyk O Fyzyologyk tamöil
lab-•lab lab- •tish yuqori tishli til uchi alveolar til uchi alveolar tiloldi til orta til orqa chuqur til orqa bo^iz
I <SJ a «2 I ra PH dj-ly portlowchi [b] [d] [g]
dj-siz [P] W [k] [q]
dj-ly qori-shiq [te (ts).m(ch)
dj-siz №] (dj)
dj-ly sir^a-luwchi [v] [z],[3] Ö) [y] (g')
dj-siz [f] [s].|j](sh) [kh] [qh] [h]
| Sonorant fonemalar djarangly "M O > -t—• [w] [n] M [il] (ng)
[m] [1]
M
MORFOLOGIA
O'zbek morfologiyasiga oid ba'zi bir e'tibordan chetda qolgan masalalar haqida so'z yuritsak, u hali ham kamchiliklardan to'la-to'kis holi emas. Quyida uning ba'zilarini tahlil qilamiz: avvalambor, ko'makchi morfemalar funksional jihatdan ikki yirik turga bo'linadi: 1) leksik affiks (ular o'z ichida prefiks va suffikslarga bo'linadi) masalan: sar-hisob, xabar-dor; 2) Grammatik suffiks: bu suffiks ikki o'zaro qismga bo'linadi: a) morfologik suffiks, masalan: stul-cha, achchiq-qina; b) sintaktik suffiks, masalan: uy-da, bor-di-m (Bu yerda affikslarga nisbatan atamalarni to'g'ri qo'llash nazarda tutilgan); ikkinchidan, unumli va unumsiz leksik affikslar to'liq yoritib berilmagan va ularga noto'g'ri ta'rif berilgan. Shuningdek, ular faqat leksik affikslarda emas, balki grammatik affikslarda ham mavjuddir. O'zbek morfologiyasida 'allomorf affikslar' mavjud bo'lib, ma'lum bir leksikaga qo'shilgan prefiks va suffiks tilda o'zaro orfoepik qulaylik hosil qilish uchun o'zbek fonetikasida asosan ayni bir
February, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal
139
affiksning dissimilyatsion, ba'zi hollarda assimilyatsion hodisaga uchrashi nazarda tutiladi; masalan: dissimilyatsion hodisa asosida sodir bo'luvchi allomorf leksik suffikslar: qisqich, suzgich, yulg'ich, keskich (bundagi allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan leksik suffiks '-gich'), '-iq,-uq,-oq' (ammo bundagi '-q' allomorfik xususiyatiga ega emas) va hokazo; dissimilyatsion hodisa asosida sodir bo'luvchi allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan leksik prefiks: boxabar, bama'ni (bundagi allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan leksik prefiks 'ba-'); dissimilyatsion hodisa asosida sodir bo'luvchi allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan morfologik suffikslar: '-dir,-tir' (bunda 'orttirma nisbat' yasovchi '-t' allomorfik xususiyatiga ega emas), '-giz,-kiz,-g'iz,-qiz' (bunda 'orttirma nisbat' yasovchi '-iz' allomorfik xususiyatiga ega emas) va hokazo; assimilyatsion hodisa asosida sodir bo'luvchi allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan sintaktik suffikslar: '-ga,-ka,-qa' (bundagi allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan sintaktik suffiks '-ga'). Shuningdek, shuni ta'kidlash joizki, allomorfik xususiyatiga ega bo'lgan affikslar - sinonim affikslar emas; uchinchidan, Morfologik suffikslar qatoriga kiritilgan '-niki,-gacha,-dagi,-gi' suffikslari aslida sintaktik suffikslar sirasiga kiradi. Yuqoridagi suffikslarni to'liq tahlil qilish natijasida '-niki' suffiksi tegishlilikni ifodalar ekan, '-(i)m' suffiksiga yaqin, faqat '-(i)m' suffiksi o'zidan oldin qaratqich kelishigini olsa, '-niki' suffiksi esa, tegishlilik bilan birga egalik ma'nosini ham o'ziga yuklab oladi, shuning uchun uni egalik qo'shimchasi qatoriga kiritish darkor; '-gacha' suffiksi biron bir yo'nalishning chegarasini ifodalaydi, shuning uchun uni jo'nalish kelishigi qatoriga kiritish d arkor (unga alihida 'chegara kelishigi' atamasini qo'llash nojoiz); '-dagi' suffiksi o'ringa nisbatan tegishlilikni ifodalaydi, '-gi' suffiksi esa, vaqtga nisbatan tegishlilikni ifodalaydi, ularda o'rin-payt otlaridan makon-zamon sifati yasalishida hech qanday aloqadorlik mavjud emas, negaki ularda yangi xususiyat hosil bo'lmaydi, ya'ni ular ma'lum bir belgiga egalik xususiyatini emas, unga tegishlilik xususiyatini ifoda etadi. Shuningdek, shuni ta'kidlash joizki, makon-zamonni hosil qiluvchi leksik affikslar o'zbek morfologiyasida mavjud emas. (Shuni ta'kidlab o'tish joizki, tegishlilikni anglatuvchi '-dagi, -gi', o'xshashlikni anglatuvchi '-day, -dek' va xoslikni anglatuvchi '-(v)iy' kabi ma'nolarni aglatuvchi har qanday qo'shimchalar ko'makchilar so'zlar bilan almashinib kela oladi, shuning uchun ular suffiks yuklamalardir va sintaktik suffikslar sirasiga oiddir - Ona Tili. 6-sinf uchun berilgan umumiy darslikda noto'g'ri ta'rif kiritilgan). O'rin otlariga qo'shiluvchi '-lik' suffiksi o'sha joyga tegishlilikni ifodalaydi, unda biron bir xususiyat mavjudligini emas. Shuning uchun ularni o'rin-payt kelishik suffikslari qatoriga kiritish zarur va ular sintaktik suffikslar hisoblanadi. Chunki ular gap ichida so'zlarga qo'shilib munosabatni ifodalab keladi,
February, 2023
140
xususiytni emas. '-gacha' suffiksi biron bir yo'nalishning chegarasini ifodalaydi, demak, u sintaktik suffiksning jo'nalish kelishigiga kiritilishi lozim. Sifat va ravishning ozaytirma darajasini hosil qiluvchi morfologik suffiksiga oid '-gina(-kina,-qina)' suffiksida hech qanday ozlikni anglatuvchi ma'no mavjud emas. Bu suffiks sifat va ravishlarga qo'shilganda o'sha xususiyatni yoqimli yokiyarashimli ekanligini ifodalab keladi, ammo morfologik suffikslik xususiyatini yo'qotmaydi. '-day(-dek,-doq,-aqa),-cha,-larcha' suffikslari leksik, morfologik yo sintaktik suffikslar qatoriga emas, balki, aslida, ular suffiks ko'makchilar qatoriga kiradi. Chunki ular 'kabi, go'yo, xuddi' kabi ko'makchilarga ma'nodosh bo'lib keladi, ko'makchilar esa, gapda doim sintaktik munosabatni ifodalaydi, shunday ekan, demak, har qanday ko'makchi bilan o'rin almasha oladigan suffikslar suffiks ko'makchilar qatoriga kiritilib, ular imloda chiziqcha bilan ajratilishi darkor, shuningdek, ularni 'suffiks ko'makchilar' atamasi bilan ifodalash maqsadga muvofiqdir. Sodda va murakkab suffikslar tuzilishiga kelsak, sodda suffikslar nechta qo'shimchalarning birikishiga qaramay, agar gap ichida mustaqil morfemalarga ajralmasa, u holda ular o'zi qo'shilgan so'z bilan birikib sodda suffiksga aylanadi. Chunki, masalan, hozirgi o'zbek morfemikasidagi murakkab suffiks sirasiga kiruvchi '-garchilik' (misol uchun 'odam-garchilik') qo'shimchasi biron bir so'zga qo'shilib, garchi o'z ichida ikki morfemaning o'zidangina iborat bo'lsa ham, ular o'zaro alohida '-gar, -chi, -lik' suffikslari sifatida mustaqil leksik suffiks bo'lgani uchun, u murakkab ko'makchi morfemaga kiradi deb, ko'rsatilgan; u holda sodda suffikslar qatoriga kiritilgan '-ik,-chi-ar-li' kabi suffikslarni olsak, aslida ular ham o'zaro mustaqil ko'makchi morfemalarga ajraladi, masalan: boy-i, kura-k, son-a, quvon-ch kabi so'zlarda mustaqil ko'makchi morfema sifatida qatnashmoqda. Bundan xulosa shuki, so'zga qo'shilib kelgan bir nechta suffikslar har qancha ko'makchi morfemalardan iborat bo'lishiga qaramay, agar o'z ichida birdan ortiq mustaqil yangi ma'noga ajralmasa, unda u suffikslarni sodda suffikslar qatoriga kiritilishi maqsadga muvofiqroq bo'lar edi. Ot so'z turkumiga oid turdosh ot, avvalo, to'rt guruhga bo'linadi: 1. Aniq otlar; 2. Jamlovchi otlar; 3. Juft otlar; 4. Mavhum otlar. Aniq otlar o'z ichiga shaxs, buyum, o'rin, payt va jarayon otlarini kiritadi; jamlovchi otlar sanab bo'lmaydigan otlarni o'z ichiga oladi. Biroq jamlovchi otlar bilan ko'plik otlarni bir biridan farqlay bilish zarur: jamlovchi ot deganda birining yordamisiz boshqasi biron bir vazifani bajara olmasligi tushuniladi, masalan: ma'lumki, mashinaning ichki qismida bir nechta detallar mavjud, ular mator, akkumulyator, bak va hokazolardan iborat va o'sha detallarning har biri bittadan o'rnatiladi, lekin agar o'sha detallardan biri o'z vazifasini bajarmay qo'ysa, boshqalari ham ishlay olish imkoniyatidan mahrum bo'ladi; demak, ular o'zaro
February, 2023
141
jamlikni hosil qilgandagina biran Ь1г vazifani bajaгa oladi. Lekin ko'plik otlaráa esa, bunday majburiyat mavjud emas, ulaгda faqat uning sanog'i e'tibo^a olinadi, xolos. Sifat tokumidagi qiyosiy daгajani o'quv manbalarida to'liq tahlil qilib, yoгitib berila olinmagan. Qiyosiy daraja - bir shaxs yoki buyumdagi belgining (boshqalariga nisbatan emas, balki faqat) ikkinchisiga nisbatan ortiq yoki kamligini bir-biriga taqqoslashdir; bunda belgisi taqqoslanayotgan shaxs yoki buyum miqdori faqat ikkitadan ortmasligi kerak. Agar uning miqdori ikkidan ortsa, unda faqat orttirma daraja ishlatiladi. Sifat bilan son gapda bñ hokim bo'lakka tobe bo'lib kelganda, doim ham oldin son keyin sifat kelaveimaydi, masalan, maktab o'quv manbasida tushuntirilgan mana bu ta'rif xato: "mashinadan ikki bolali ayol tushdi" - bu gapdagi ayol va bolaning soni ular orasiga qo'yilgan (//) sintagmadan anglashiladi" -deyilgan. Aslida ayol va bolaning soni uni ifodalab kelayotgan son va sifat o'mini almashtirish o^ali ifodalanadi. Masalan: 'ikki bolali ayol' birikmasida bola ikkita, ayol bitta; 'bolali ikki ayol' birikmasida esa, bola bitta, ayol esa, ikkita. Olmosh ma'no turiga kelsak, unga ko'гa, shuningdek, a) búgalik olmoshi: ozaro, bir-biri (bu istisno tariqasida yasama emas, sof olmosh turkumiga kiritilishi darkor); b) gumon olmoshi: boshqa, kishi, har qanday (bu olmosh sof gumon ma'nosini anglatadi, u 'to'pdan ajratuvchi belgilash olmoshi' qatoriga kiïmaydi), ixtiyoriy, istagan (bular ham - affiksatsik yasama olmosh - sifat va sifatdosh emas, biroq 'odam, inson, shaxs' sof todosh otlaM^); d) mavjudlik olmoshi: bor, yo 'q, mavjud, hayot (ushbu so'z 'hayot' ot tokumi bilan omonim) (bu^ modal so'zga knmaydi; bu^ - o'z ichida 'qani' so'гog'iga javob bo'luvchi sof olmoshdiï). Bundan tashqari, jamlovchi sonlaг tuгkumiga kiгuvchi '-ala,-ovi,-ovlon' suffiksi bilan yasaluvchi sonlar otlashgan xususiyatga ega emas, ular aslida olmoshlashish xususiyatiga ega. Otlashgan barcha so'z^ aslida otlashgan emas, balki olmoshlashgan soplarán, ya'ni, olmoshlashish xususiyatiga egadiï (bundan faqat harakat nomi, ya'ni, 'otdosh' mustasno). Negaki u^ o'z leksik ma'nosidan uzoqlashib ketadi. Otlashish xususiyatiga ega bo'lishi uchun, aniq Ыг o'zgaгmas tuгdosh shaxs yoki buyumni ifoda etishi shart. Ammo ulami boshqa haг qanday leksema^ o'miga qo'yib qo'llash mumkin bo'lib qol adi. O'zbek morfologiyasida 'modal' fe'lla^a ta'rif kiritilmagan. Aslida o'zbek moгfologiyasida ham sof va vazifadosh modal fe'l^ mavjuddir Sof modal fe'llaг quyidagilar: kerak, zarur, shart (bu - 'shart' ot tokumi bilan o'zara omonim), lozim, darkor, mumkin, qodir, majbur, ma'qul (bu leksemato sifat ham, bog'lama ham emas), bundan tashqari iltimos qilmoq, talab qilmoq, yalinmoq, yolvormoq, o 'tinmoq, zo 'rlamoq, majburlamoq, majbur qilmoq (bo 'lmoq), ma 'qul kelmoq fe'llari ham, aslida, sof modal fe'lto sirasiga kiradi, negaki ulai ma'lum Ыг harakat yoki holatni ifoda etmaydi - faqat
February, 2023
142
biron bir vaziyatga bo'lgan munosabatni ifoda etadi; vazifadosh modal fe'llar quyidagilar: olmoq (bu fe'l '-a' suffiksi bilan tugovchi ravishdosh bilan birikib kelib, ko'makchi emas, balki modal fe'l vazifasini bajaradi), to'g'ri kelmoq (bu fe'l '-ga' suffiksi bilan tugovchi otdosh bilan birikib keladi), fursati yetdi yoki keldi (shuningdek, bularga sinonim bo'lgan 'vaqti yoki payti keldi' birikmali vazifadosh fe'llari belgisiz qaratqich kelishigidagi otdosh shakli bilan birikib keladi). Negaki ushbu leksemalar modal fe'llar qatoriga kiritilishiga sabab, ular biron bir gapda ishtirok etganida, so'zlovchining o'sha gapga nisbatan biron bir mantig'ini (ya'ni gapning bajarilish yoki bajarilmasligini) emas, balki unga bo'lgan munosabatini (ya'ni fikrini) ifoda etib keladi. Fe'llarning zamon ifodalash mavzusiga kelganda, o'zbek morfologiyasida ular orasidagi farqli jihatga e'tibor qaratilmagan. Fe'l zamonlari har qanday tilda faqat uch qismga ajraladi: bular - o'tgan, hozirgi va kelasi zamonlar. Ammo ular o'z ichida bir necha 'jarayon'larga bo'linadi. Bu shuni ta'kidlaydiki, har qanday o'tgan, hozirgi va kelasi zamon qo'shimchalari doim ham o'z zamonini ifoda etavermaydi. Masalan: "U kitobni o'qib chiqdi" - bu gapdagi 'o'qib chiqdi' ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida ko'makchi fe'ldagi '-di' o'tgan zamon sintaktik suffiksi ishtirok etgan bo'lsada, ushbu gap o'tgan zamondagi gap emas, balki ko'makchi fe'l ta'sirida hozirgi zamon gapini hosil qilgan. Chunki u ko'makchi fe'l ta'siriga uchrash natijasida hozirgi zamonning tugallangan jarayonini ifoda etib kelmoqda, ya'ni u bu gapda zamonga emas, jarayonga ta'sir etib kelmoqda. Bundan xulosa shuki, har qanday ko'makchi fe'l gapda yetakchi fe'l bilan doim ma'lum bir jarayonni hosil qiladi, natijada u zamonga hech qanday o'z ta'sirini o'tkazmaydi. Fe'lning zamon shakllariga oid mavzuda "'-yapti,-ibdi,-adi' sintaktik suffikslar birikib bir butun holda zamon ifodalovchi suffikslar hisoblanadi" - deb ko'rsatilgan. Aslida ular o'zaro zamon va shaxs-son suffikslariga ajralish jihatdan bir-biridan farqlanadi: bunda '-yap,-ib,-a' suffikslari alohida mustaqil zamonni, '-ti,-di' suffikslari esa, alohida mustaqil shaxs-sonni ifoda etib kelishi lozim. Fe'lning ma'no guruhlariga oid tasniflar uning ta'rifiga munosib ravishda ajratilmagan; uning tasnifida fe'llar ma'no anglatishiga ko'ra to'rt turga bo'lib ko'rsatilgan: 1) nutqiy faoliyat fe'llari; 2) aqliy faoliyat fe'llari; 3) jismoniy faoliyat fe'llari; 4) holat fe'llari. Bu yerda, aslida, nutqiy faoliyat fe'llari harakat fe'llari (ya'ni jismoniy faoliyat fe'llari) tarkibiga kiradi, negaki nutq so'zlanayotganda, o'g'izning jismoniy faoliyati natijasida harakat sodir bo'ladi, amalda biron bir jismoniy vazifa ro'y beradi; aqliy faoliyat fe'llari esa, holat fe'llari tarkibiga kiradi, negaki shaxs yoki jonzotning tasavvurida kechayotgan faoliyat amalda hech qanday jismoniy vazifani sodir etmaydi. Bundan xulosa shuki, aqliy faoliyat, tafakkur, sezgi, ruhiy - jismoniy - tabiiy holat va ko'rish
February, 2023
143
fe'llarining ja'mi - holat fe'llari tarkibiga kiritilishi zarur; nutqiy faoliyat, yumush va ishora fe'llarining ja'mi - harakat fe'llari tarkibiga kiritilishi zarur. Fe'llarning vazifa shakllariga oid otdosh shaklini hosil qiluvchi '-ish' morfologik suffiksi hamda sifatdosh shaklini hosil qiluvchi '-gan' morfologik suffiksi fe'lning majhul nisbat shakliga qo'shilganda otdosh yoki sifatdoshni emas, balki '-ish' morfologik suffiksi qo'shilganda yasama mavhum otni, '-gan' morfologik suffiksi qo'shilganda esa, yasama sifatni hosil qilib keladi, ya'ni ular ushbu holatda leksik suffiks vazifasini bajarib keladi. Masalan: kiritilish, bajarilish, yuklatilish va hokazo; kiritilgan, bajarilgan, yuklatilgan va hokazo. Shuni ta'kidlash joizki, ushbu holat faqat majhul nisbatdagi fe'llarga tegishlidir; ularni o'zlik nisbatdagi fe'llar bilan adashtirmaslik lozim. Fe'lning nisbat shakliga oid „odatlanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, yayramoq, uxlamoq, qichqirmoq, bormoq, kelmoq, o 'lmoq, yaralmoq, jonlanmoq, g'am chekmoq, quvonmoq' kabi fe'llarning ba'ri o'zlik nisbatidadir. Chunki bu fe'llarning ba'zilarida '-lan' suffiksi ajratilmasa-da hamda ba'zilarida esa, hech qanday suffiks mavjud bo'lmasa-da, ular, aslida, sof o'zlik nisbatidagi fe'llar guruhiga oid so'zlardir: buning isboti shuki, ushbu fe'llardagi harakat yoki holatlar shaxsning boshqa bir narsa ustida bajarilishini emas, balki o'zi ustida bajarilishini ifoda etadi. Shuningdek, hech qanday nisbat suffiksini olmagan o'timsiz fe'llarning ba'ri 'sof o'zlik nisbat' shaklidagi fe'llar guruhiga oiddir. Unumli va unumsiz affikslar deb so'z yasovchi qo'shimchalarda: morfema asosining o'ziga ishora etuvchi negizni hosil qiluvchi affiksga - unumsiz; morfema asosidan butkul yangi tushunchaviy negizni hosil qiluvchi affiksga esa unumli affikslar hisoblanadi; masalan: sar+lavha=sarlavha, be+ma'ni=bema'ni, oq+ar=oqar, bo'ya+q=bo'yoq (unumsiz, negaki ular shunchaki ajratilganlik, asosga egalik yoki ega emaslik, tegishlilik, asosdan anglashilgan harakat-holat kabi negizlarni hosil qiladi, xolos); bar+vaqt=barvaqt [ertalab], kes+kich=keskich [pichoq yoki qaychi kabi], ov+chi=ovchi [hunar] (unumli, negaki morfema asosidan butkul yangi tushunchaviy negiz hosil bo'ladi). Bundan tashqari, ravishlarning ma'no turiga kiritilgan „miqdor ravishi' xatodir. Negaki u noaniqlikni bildiradi va har qanday me'yordan ortiqlik yoki kamlikni ifoda etuvchi sonlar o'rnida qo'llana oladi, shu bois u „gumon olmoshlari ' sirasiga daxldordir.
REFERENCES
1. Ona tili. 5-sinf (2017 - 170 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
2. Ona tili. 6-sinf (2017 - 208 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
3. Ona tili. 7-sinf (2016 - 160 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
4. Ona tili. 8-sinf (2014 - 144 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
February, 2023
144
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
5. Ona tili. 9-sinf (2017 - 210 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
6. Ona tili. 10-sinf (2017 - 112 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
7. Ona tili. 11-sinf (2017 - 120 b., N.Mahmudov, A.Nurmonov);
8. Hozirgi o'zbek adabiy tili 1, 2, 3-kitoblar Akademik litsey va kasb-hunar ko 'Uejlarininng I, II, III bosqich talabalari uchun darslik. (Toshkent - «ILM ZIYO» - 2015. - 576 b. - A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, N,Qosimova, Sh.Yusupova);
9. Ona tili. Qo'llanma va mashqlar to'plami (2016. - 416 b. - Madrim Hamrayev);
10. Ona tilidan ma'ruzalar 1, 2, 3-kitoblar Oliy ta'lim muassasalariga mustaqil tayyorlanuvchila uchun. (2016. - 1-480 b. - 2-512 b. - 3-432 b. - Nilufar Rasulova, Buxolida Supiyeva);
11. English Phonetics (Toshkent - 2011 - 244 b. - M.T.Iriskulov, A.S.Shatunova)
12. Учебник Испанского Языка (Москва «ЧеРо» - 2005 - 416 стр. -Е.И.Родригес-Данилевская)
February, 2023