Научная статья на тему 'LISONIY BIRLIKLARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI: UYADOSHLIK MUNOSABATI'

LISONIY BIRLIKLARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI: UYADOSHLIK MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
580
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LISONIY BIRLIKLAR / UYADOSHLIK MUNOSABATI / VOQELIK DIALEKTIKASI / SINTAGMATIK MUNOSABAT / MORFOLOGIK SATH / SISTEMAVIY TILSHUNOSLIK / LINGVISTIK SATX

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muratova N.B.

Bir sathga mansub bo‘lgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning ma’lum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi uyadoshlik munosabati sanaladi. Uyadoshlik munosabatida bo‘lgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning ma’nosi ham, shakli ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari o‘zakning umumiyligi bilan o‘zaro birlashsa, qo‘shimchalari bilan farqlanadi. Yoki aksincha, ishla, angla, so‘zla singari leksemalar qo‘shimchaning umumiyligi bilan birlashib, o‘zakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Har ikki holatda ham uyadoshlikni hosil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LANGUAGE UNION RELATIONS: HARMONY RELATIONS

A hierarchical relationship is a grouping of valuable units of the same level into one group (nest) on the basis of a certain common denominator. Both the meaning and the form of these units can serve as a common denominator for related units. For example, the lexemes of worker and work are distinguished by their suffixes when they are combined with the generality of the core. Or, conversely, lexemes such as action, comprehension, and speech are combined with the generality of the suffix and differ in the diversity of the core. In both cases there is a complete digestive tract.

Текст научной работы на тему «LISONIY BIRLIKLARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI: UYADOSHLIK MUNOSABATI»

Muratova N.B.

O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

LISONIY BIRLIKLARNING O'ZARO MUNOSABATLARI: UYADOSHLIK MUNOSABATI

Annotatsiya: Bir sathga mansub bo'lgan, qimmat jihatdan bir xil bir-liklarning ma'lum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi uyadoshlik munosabati sanaladi. Uyadoshlik munosabatida bo'lgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning ma'nosi ham, shakli ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari o 'zakning umumiyligi bilan o 'zaro birlashsa, qo 'shimchalari bilan farqlanadi. Yoki aksincha, ishla, angla, so 'zla singari leksemalar qo 'shimchaning umumiyligi bilan birlashib, o 'zakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Har ikki holatda ham uyadoshlikni hosil qiladi.

Kalit so 'zlar: Lisoniy birliklar, uyadoshlik munosabati, voqelik dialektikasi, sintagmatik munosabat, morfologik sath, sistemaviy tilshunoslik, lingvistik satx.

Muratova N.B. lecturer

department of uzbek linguistics Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

LANGUAGE UNION RELATIONS: HARMONY RELATIONS

Abstract: A hierarchical relationship is a grouping of valuable units of the same level into one group (nest) on the basis of a certain common denominator. Both the meaning and the form of these units can serve as a common denominator for related units. For example, the lexemes of worker and work are distinguished by their suffixes when they are combined with the generality of the core. Or, conversely, lexemes such as action, comprehension, and speech are combined with the generality of the suffix and differ in the diversity of the core. In both cases there is a complete digestive tract.

Keywords: Linguistic units, coherence relations, dialectics of reality, syntagmatic relations, morphological level, systematic linguistics, linguistic level.

Ma'lumki, til sistema sifatida ichki tuzilishga, strukturaga ega. Tilning ichki tuzilishi (strukturasi) ko'p sathlidir.

Tilning qimmat jihatdan bir xil birliklarining yig'indisi lingvistik sath deb yuritiladi. Masalan, fonologik sath morfemik sath kabi. Ma'lum bir tildagi

fonemalaming o'zaro munosabati majmui fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi.

Lingvistik satx, tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo'lsa ham, lekin tilni sathlarga bo'lishda xilma-xillik ko'zga tashlanadi. Shunday bo'lishga qaramasdan, deyarli barcha tilshunoslar tilning quyidagi sathlarini bir dek tan oladilar: 1) fonologik sath 2) morfemik sath 3) leksik sath 4) morfologik sath 5) sintaktik sath 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath.

Yuqoridagi sathlarning har biri o'zining birligiga ega: fonologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi-morfema; leksik sath birligi leksema; morfologik sath-birligi so'z shakl; sintaktik sath birligi sintaksema; ustsintaktik sath birligi matn (tekst).

Ko'rsatib o'tilgan sathlar quyidan yuqoriga qarab qatiy tartibda joylashadi. Har bir yuqori sath birligi o'zidan bir daraja quyi sath birliklarining sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno), fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath birligi morfema hosil bo'ladi (shu jumladan leksik morfema ham).

Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfologik sath birligi bo'lgan so'z shakl vujudga keladi. So'z shakl, o'z navbatida, morfemalarga (to'g'rirog'i, morfema variantlariga) bo'linadi va boshqalar.

Til sistemasidagi har bir sath birligi fonema, morfema, leksema, so'z shakl, sintaksema, matn lisoniy (lingvistik) birliklar sanaladi.

Lisoniy birliklar sistema tarkibida ma'lum munosabatda bo'ladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir sathga mansub bo'lgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bo'lgan birliklar munosabati, ya'ni sathlararo munosabat.

Bir sathga mansub bo'lgan birliklar o'zaro ikki xil munosabatga kirishadi: 1) uyadoshlik (paradigmatik) munosabati; 2) ketma-ketlik munosabati.

Uyadoshlik munosabati

Bir sathga mansub bo'lgan, qimmat jihatdan bir xil birliklarning ma'lum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuvi uyadoshlik munosabati sanaladi. Uyadoshlik munosabatida bo'lgan birliklar uchun umumiy belgi sifatida shu birliklarning ma'nosi ham, shakli ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla leksemalari o'zakning umumiyligi bilan o'zaro birlashsa, qo'shimchalari bilan farqlanadi. Yoki aksincha, ishla, angla, so'zla singari leksemalar qo'shimchaning umumiyligi bilan birlashib, o'zakning xilma-xilligi bilan farqlanadi. Har ikki holatda ham uyadoshlikni hosil qiladi. Leksik sathda ayrim leksemalar shakliy o'xshashlik umumiy belgisi asosida bir uyani, sinfni tashkil etadi. Bunday leksemalar munosabati leksik omonimlarni hosil qiladi. Yoki ba'zi leksemalar°ma'no umumiyligi asosida bir sinfga birlashadi.

Bunday munosabatda bo'lgan leksemalar leksik sinonimlarni tashkil etadi. Xuddi shunday xususiyat fonologik sathdan yuqori bo'lgan barcha sath birliklari

uchun ham xosdir. Masalan, umumiy egalik ma'nosi asosida barcha egalik shakllari bir uyaga birlashadi. Zamon ma'nosi asosida barcha zamon bildiruvchi fe'l shakllari bir uyani hosil qiladi. Shu bilan birga, uya ichida xuddi shunday umumiy ma'no asosida yana kichik uyalarga birlashishi mumkin. Jumladan, o'tgan zamon shakllari, hozirgi zamon shakllari, kelasi zamon shakllari kabi.

Shunday qilib, ma'lum uya o'z ichida kichik uyalarga bo'linib, uyalar darajalanishini hosil qiladi. Masalan, a, e, o, u, u, a unlilari munosabati unlilar sistemasini (paradigmasini) tashkil etish bilan birga, bu unlilarning har kaysisi bevosita kuzatishda bir qancha variantlar orqali yuzaga chiqadi va variantlar uyasini (sistemasini) tashkil etadi.

Lisoniy birliklarning uyadoshlik munosabatini belgilashda ko'proq ma'no umumiyligi belgisi xizmat qiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, ma'lum umumiy ma'no asosida bir uyaga birlashtirish uchun asos bo'lib xizmat qilgan umumiy ma'no takrorlanishi lozim. Anna shu takrorlanuvchi ma'no (sema) har bir a'zoni ayni shu uyaga (paradigmaga) birlashtirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga uyaning xar qaysi a'zosi boshqa a'zodan ma'lum belgilariga ko'ra farqlanish xususiyatiga ham ega. Ana shu farqlanish belgisi bilan uyaning alohida birligi ekanligini saqlab turadi. Demak, har bir a'zo birlashtiruvchi va farqlovchi semalar birligidan tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema har bir a'zoni ma'lum mazmuniy uyaga (paradigmaga) birlashishini, farqlovchi sema esa uya tarkibidagi har bir a'zoning o'ziga xosligini, alohidaligini ko'rsatib turadi. Anglashiladiki, uyaning har bir a'zosida umumiylik va o'ziga xoslik dialektikasi o'z tajassumini topadi. Masalan, -gan, -di shakllari o'tgan zamon semasi bilan bir uyaga kiradi. Shu bilan birga ularning xar ikkisi o'ziga xos farqlanish belgisiga ham ega. Ular o'tgan zamonning nutq momentiga nisbatan uzoq yoki yaqinligini ifodalash jihatidan bir-biridan farqlanadi. Birinchisi nisbatan uzoq o'tgan zamonni, ikkinchisi esa yaqin o'tgan zamonni bildiradi.

Har bir uya (paradigma) sistema sanaladi. Shunday ekan, til sistemasi o'zaro munosabatda bo'lgan bir qancha uyalarning birligidan iboratdir.

Har bir uya a'zolari bir-biri bilan zidlanish xususiyatiga ega. Zidlanish har qanday narsa va hodisaning ichki taraqqiyot negizidir. Shunday ekan, davrlar o'tishi bilan uya a'zolari o'rtasida mikdoriy o'zgarish ro'y berishi mumkin. Ayrim a'zolar eskirib, iste'moldan chiqishi, yangisi kirib kelishi mumkin. Bu esa til sistemasining ochiq sistema ekanligini ko'rsatadi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, uyadoshlik (paradigmatik) munosabatida bo'lgan lisoniy birliklar muayyan birlashtiruvchi semaga ega bo'lishi bilan birga, o'zaro farqlovchi semaga ham ega bo'ladi. Ana shu farqlovchi semalar uya a'zolarining o'zaro zidlanishi uchun asos bo'ladi.

Sistemaviy tilshunoslikda uya a'zolarining ana shunday farklovchi semalar asosida zidlanishini belgilash markaziy o'rinni egallaydi. Chunki lisoniy birliklarni ma'lum sinflarga birlashtirish qanchalik muhim bo'lsa, sinf a'zolarini bir-biriga zidlash ham shunchalik ahamiyatlidir. Sinflarga birlashtirishda lisoniy

birlik mazmuniy mundarijasidagi birlashtiruvchi sema xizmat qilsa, bir-biridan ajratishda farqlovchi sema asosiy rol o'ynaydi. Shuning uchun sistemaviy tilshunoslik asoschilari zidlanish tushunchasiga katta e'tibor berib, til-da zidlanishdan boshka hech narsa yo'qligini ta'kidlaydilar.

Farqlash tushunchasi zidlanish tushunchasini taqozo etadi. Ikki narsa bir-biridan faqat o'zaro zid quyilgandagina farqlanadi. Sistemaviy tilshunoslikning asoschilaridan biri N.S.Trubeskoy fonologik sathda zidlanishlarni quyidagicha belgilarga ko'ra tasnif etadi:

A.Zidlanish sistemasiga munosabatiga ko'ra.

B. Zidlanuvchi a'zolar urtasidagi munosabatga ko'ra.

B.Zidlanuvchi a'zolarning ma'no farklash kuchiga ko'ra.

Bu belgiga ko'ra zidlanishlar bir o'lchovli va ko'p o'lchovli hamda ajralgan va proporsional zidlanishlarga bo'linadi.

Zidlanishlar zidlanuvchi a'zolarni farqlash uchun xiz-mat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlanayotgan a'zolar uchun umumiy bo'lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun asos» bo'lib xizmat qiladi.

Qiyoslash uchun asos belgiga ega bo'lmagan ikki narsa o'zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash uchun asos bo'lgan belgiga ko'ra zidlanishlar ikki turli buladi: 1) bir o'lchovli, 2) ko'p o'lchovli.

Bir o'lchovli zidlanishlarda zidlanuvchi a'zolarning zidlanishlari uchun asos bo'lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo'lib, zidlanish sistemasining boshqa a'zolarida uchramaydi. Masalan, lotin grafik sistemasidagi E va F harflari zidlanishini olib ko'raylik. Bu harflarning zidlanishi bir o'lchovlidir. Chunki bu ikki harf o'rtasidagi o'xshash belgilar yigindisi (vertikal chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin alfavitidagi boshqa hech qaysi harfda uchramaydi. Aksincha, R va R harflari zidlanishi esa ko'p o'lchovlidir. Chunki bu xarflar o'rtasidagi o'xshash (qiyosga asos bo'lgan) belgilar (vertikal chiziq va uning ustiga o'ng tomondan chizilgan yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda ham mavjud (masalan, V harfida). Bir o'lchovli va ko'p o'lchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. Bunday zidlanishlar tilning barcha sathlarida uchraydi.

Bundan tash^ari birinchi belgiga ko'ra zidlanishlarning proporsional va ajralgan turlari ham mavjud.

Ma'lum bir zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabat til sistemasining boshqa zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabat bilan bir xil bo'lgan zidlanishlar proporsional zidlanish hisoblanadi. Masalan, o'zbek tili fonologik sistemasidagi k-g fonemalarining zidlanishi proporsionaldir. Chunki bu zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabat, ya'ni jarangsizlik, portlovchilik belgisi asosida umumiylikni hosil kilishi faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, t-d kabi juftliklar uchun ham xosdir.* Ma'lum bir zidlanish a'zolari o'rtasidagi qiyos uchun asos bo'lgan belgi til sistemasidagi zidlanishlarning hech qaysisida uchramaydigan zidlanish ajralgan zidlanish sanaladi. Masalan, b va l juftliklari

o'rtasidagi zidlanish ajralgandir. Chunki bilabiallik va labiodentallik belgilari boshqa hech bir juftlikda kiyos uchun asos bo'lmaydi.

Zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabatga ko'ra zidlanishlar privativ (qiyosga asos bo'lgan belgi birida bor, ikkinchisida yo'q bo'lgan zidlanish), darajali (gradual) va teng qimmatli (ekvipolent) zidlanishlarga bo'linadi.

Zidlanuvchi a'zolaridan birida zidlanish uchun asos bo'lgan belgining mavjudligi, ikkinchisida esa yo 'qligiga asoslangan zidlanish privativ zidlanish Xisoblanadi. Zidlanuvchilarning belgiga ega bulgan a'zosi belgili (markirlangan), kuchli, belgiga ega bo'lmagan a'zosi esa belgisiz (markirlanmagan), kuchsiz a'zo deyiladi. Masalan, t-d, k-g undoshlari zidlanishlari privativ ziddiyat sanalib, zidlanuvchi juftliklarning har birida birinchi a'zo «ovoz» (jarang) belgisining yo'qligi, ikkinchisi esa borligi bilan xarakterlanadi. Bunday zidlanishlarning grafik ifodasi uchun kuchsiz a'zoga «-», kuchli a'zoga « +» belgisi qo'llaniladi. Masalan, so'z turkumlari sistemasida ot bilan fe'l o'rtasida qiyos uchun asos bo'lgan belgi «harakat» sanalib, birinchisi bu belgining yo'qligi (-), ikkinchisi esa borligi (+) bilan xarakterlanadi.

Zidlanuvchi a 'zolar bir belgining turli darajasini (gradasiyasini) ko 'rsatuvchi zidlanish darajali zidlanish hisoblanadi. Masalan, unlilarda og'iz ochilishining turli darajasini ko'rsatuvchi u-u-o, i-e-a o'rtasidagi zidlanish.

Darajali zidlanish ko'p a'zoli bo'lib, darajalanish silsilasidagi birinchi va so'nggi a'zo chegara a'zolar, ular o'rtasidagi a'zolar esa oraliq a'zolar sanaladi.

Chegara a'zolar zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi va maksimal zidlanish hosil qiladi.

Zidlanuvchi a 'zolarning har ikkisi mantiqan teng bo 'lgan, ya 'ni belgining ikki darajasini ham, bor yoki yo 'qligini ham bildirmaydigan zidlanishlar teng qimmatli (zkvipolent) zidlanish hisoblanadi. Masalan, opa-singil, ota-ona zidlanishi. Shuni ta'kidlash kerakki, zidlanishlarning yuqoridagi turlarini ajratish til sistemasining konkret shart-sharoiti bilan bog'liq. Bu sistemaning konkret shart-sharoitdan ajratib olingan ayni bir zidlanishi privativ ham, darajali ham bo'lishi mumkin. Masalan, u-O o'rtasidagi zidlanish og'izning ochilish darajasi sifatida olinsa, privativ ziddiyat bo'ladi. Zidlanuvchilardan biri og'iz ochilishining «nul» darajasi sifatida qabul qilinadi. Bu vaktda u «ochiq emas», o esa «ochiq», yoki u «yopiq», O esa «yopiq emas» tarzida zidlanadi. Xuddi shu belgiga ko'ra til sistemasidagi u ga nisbatan ochiqroq unli u e'tiborga olinsa, u bilan o o'rtasidagi zidlanish darajali zidlanishga aylanadi. Bu vaqtda u va o zidlanishning chegara a'zolari, o' esa oraliq a'zo bo'lib qoladi. Shunday qilib, u yoki bu zidlanishni privativ, darajali va teng himmatli zidlanish sifatida baholanishi bizning qanday nuqtai nazardan yondashuvimizga bog'liq.

Lekin bundan u yoki bu zidlanishni belgilash sof sub'yektiv xarakterga ega degan xulosaga kelmaslik kerak.

Shuni ta'kidlash kerakki, zidlanishning o'zida uni ma'lum bir turga kiritish uchun asos bo'ladigan qandaydir belgi mavjud bo'ladi. Tilning sistemaviy tuzilishining o'zi va uning funksiyalashuvi ko'p hollarda

zidlanishning ob'yektiv va aniq turini ajratishga imkon beradi. Yuqorida ko'rib o'tgan u va o fonemalari o'rtasidagi munosabat privativ zidlanish sifatida ham, darajali. zidlanish sifatida ham tasavvur etilishi mumkin. Lekin amalda ularning qaysisi reallashayotgani shu fonologik sistemaning tuzilishi va qo'llanishi bilan bog'liq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Solnsev V.M. Yazbik kak sistemno-strukturnoye obrazovaniye. M., 1971, s. 46-47.

2. Trubeskoy N. S. Osnovbi fonologii. M., 1960, s.82;

3. Nurmonov A. Uzbek tilida pafdigma a'zolari o'rtasidagi zidlanishlarning mu'tadillashuvi (fonologik sath). Nomz. diss. Toshkent, 1998, 8-bet.

4. Nurmonova D. A. va boshqalar. O'zbek tilining nazariy grammatikasi.T: 2001, 11-bet.

5. Iskandarova Sh.Tilshunoslik nazariyasi. Farg'ona - 2003

6. Iskandarova Sh., Zulfiyev Ya. Umumiy tilshunoslik. Farg'ona - 2001 y.

7. Аметовна, Ю. Т., & Назаровна, К. Х. (2020). Применение интеграции при обучении русскому языку в национальных группах. Суз санъати, (3).

8. Yuldasheva, T., & Kadirova, K. (2020). Teaching Russian with Innovative Approach. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7).

9. Юлдашева, Т. А. (2021). МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ В МЕТОДИКЕ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА. Academic research in educational sciences, 2(2).

10. Ametovna, Y. T. (2021). FEATURES OF THE METHODOLOGY OF TEACHING RUSSIAN AS A FOREIGN UNIVERSITY. International Engineering Journal for Research & Development, 6(ICDSIIL), 3-3.

11. Yuldasheva, T. A. (2020). BOSHLANG 'ICH SINFDA IZOHLI O 'QISH JARAYONINI QO 'LLASH. Science and Education, 1(Special Issue 2)

12. Юлдашева, Т. А. (2021). ВИДЫ КОММУНИКАЦИИ И КОММУНИКАТИВНЫЕ БАРЬЕРЫ В МЕЖКУЛЬТУРНОМ ОБЩЕНИИ СТУДЕНТОВ ИНОЯЗЫЧНЫХ ГРУПП. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 2027-2030.

13. Yuldasheva, T. A., Begimova, A. (2022). The Role of the Constitution of the Republic of Uzbekistan in our Free and Prosperous Life. International Journal Of Multidisciplinary Research In Science, Engineering and Technology, 5(2), 15-22.

14. Ametovna, Y. T. (2021). INTERCULTURAL COMMUNICATION: ESSENCE, OBJECT, HISTORY. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 2(05), 109-111.

15. Юлдашева, Т. А., & Калдибекова, К. (2021). АКТИВНЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЁМЫ ОБУЧЕНИЯ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА В ШКОЛЕ. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 1427-1434.

16. Юлдашева, Т. А., & Очилова, А. (2021). ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ГРАЖДАНСКОПАТРИОТИЧЕСКОМУ ВОСПИТАНИЮ. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 1443-1447.

17. ЮЛДАШЕВА, Т. А. (2021). ПРЕПОДАВАНИЕ РУССКОГО ЯЗЫКА В ИНОЯЗЫЧНЫХ ГРУППАХ. Экономика и социум, 11(90), 1148-1152.

18. ЮЛДАШЕВА, Т. А. (2021). РУССКИЙ ЯЗЫК В ШКОЛЕ И В ВУЗЕ: ПРОБЛЕМЫ ИЗУЧЕНИЯ И ПРЕПОДАВАНИЯ. Экономика и социум, 9(88), 1015-1021.

19. Юлдашева, Т. (2021). ВИДЫ КЛАСТЕРОВ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ НА УРОКЕ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(7), 308-314

20. Юлдашева, Т. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 386-393.

21. ЮЛДАШЕВА, Т. А. (2021). РУССКИЙ ЯЗЫК В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В ПРЕПОДАВАНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА В НАЦИОНАЛЬНЫХ ГРУППАХ. Academic research in educational sciences 2(CSPI conference 2), 128-132.

22. Юлдашева, Т. А. (2021). Обучение языковой коммуникации на русском языке. Экономика и социум, 3(2), 593-596.

23. Юлдашева, Т. А. (2021). МЕЖКУЛЬТУРНАЯ КОММУНИКАЦИЯ В ВЫСШИХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ: СОЦИОКУЛЬТУРНЫЙ ПОДХОД. Экономика и социум, 6(2), 849-853.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.