Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA UYADOSH SO‘ZLARNI SEMANTIK MAYDON GURUHI ASOSIDA O‘RGANISH'

TILSHUNOSLIKDA UYADOSH SO‘ZLARNI SEMANTIK MAYDON GURUHI ASOSIDA O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1517
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sistem leksikologiya / uyadosh so‘zlar / semantik maydon / leksemalarning mazmuniy guruhlari / tushuncha maydoni. / System lexicology / synonyms / semantic field / semantic groups of lexemes / conseptual field.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufar Toshmurod Qizi Zoyirova, Xosiyat Abdurasul Qizi Abduqahhorova

Maqolada uyadosh so‘zlarni semantik maydon asosida guruhlab o‘rganish hamda ularni boshqa til hodisalari bilan bog‘liqligi, jumladan, semantik maydon nazariyasi asosida sohalararo alohida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish masalalari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF LANGUAGE WORDS IN LANGUAGE ON THE BASIS OF SEMANTIC FIELD GROUP

The article discusses the grouping of cognate words on the basis of semantic field and their relation to other linguistic phenomena, including the conduct of separate interdisciplinary research on the basis of semantic field theory.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA UYADOSH SO‘ZLARNI SEMANTIK MAYDON GURUHI ASOSIDA O‘RGANISH»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

TILSHUNOSLIKDA UYADOSH SO'ZLARNI SEMANTIK MAYDON GURUHI

ASOSIDA O'RGANISH

Nilufar Toshmurod qizi Zoyirova

Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Xosiyat Abdurasul qizi Abduqahhorova

ANNOTATSIYA

Maqolada uyadosh so'zlarni semantik maydon asosida guruhlab o'rganish hamda ulami boshqa til hodisalari bilan bog'liqligi, jumladan, semantik maydon nazariyasi asosida sohalararo alohida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish masalalari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Sistem leksikologiya, uyadosh so'zlar, semantik maydon, leksemalarning mazmuniy guruhlari, tushuncha maydoni.

STUDY OF LANGUAGE WORDS IN LANGUAGE ON THE BASIS OF

SEMANTIC FIELD GROUP

ABSTRACT

The article discusses the grouping of cognate words on the basis of semantic field and their relation to other linguistic phenomena, including the conduct of separate interdisciplinary research on the basis of semantic field theory.

Keywords: System lexicology, synonyms, semantic field, semantic groups of lexemes, conseptual field.

KIRISH

Hozirgi kunda juda ko'p sohalar qatori tilshunoslik sohasida ham o'zgarishlar yuz bermoqda. Bizga ma'lumki, tilshunoslikning eng ko'p o'zgarishga uchraydigan sohasi leksikologiyadir. Leksikologiyani o'rganishda tilshunos olimlarimiz tomonidan bir qancha tadqiqot ishlari olib borilganligi fikrimiz isbotidir. Leksikani semantik maydon asosida guruhlab o'rganishda ham bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Tilshunoslikda semantik yoki tushuncha maydoni haqidagi fikrlar Vilgelm fon Gumboldtning "Tilning ichki formasi" haqidagi qarashlari negizida XX asrning boshlarida paydo bo'lgan. Jahon va rus tilshunosligida F.Dornzeyf, V.Vartburg, K.N.Karaulov, V.V.Morkovkin kabi olimlar tomonidan semantik maydonning nazariy hamda amaliy asoslari ishlab chiqilgan. O'zbek tilshunosligida leksikani semantik (tushuncha) maydoni asosida o'rganish tilimizga sistem-struktur metodlarning kirib kelishiga borib taqaladi.

322

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

ASOSIY QISM

Ma'lumki, bir sathga mansub bo'lgan, qiymat jihatidan bir xil til birliklarining ma'lum umumiy belgi asosida bir guruhga (uyaga) birlashuviga uyadoshlik munosabati deyiladi. Masalan, nimrang, toifi, charos, husayni, chillaki, shakarangur, shivilgoni, doroyi, kishmish kabi leksemalarning barchasi uchun umumiy bo'lgan belgi bu "uzum"lik belgisidir. Ular shu belgi asosida bitta semantik uyaga (paradigmaga) birlashadi. O'z navbatida uzum leksemasi olma, nok, behi, gilos, olcha, shaftoli kabi leksemalar qatorida "meva" uyasiga kiradi. Sistema tamoyiliga ko'ra "meva", "non", "qand-qurs", "poliz mahsulotlari" bilan birgalikda "yemish " (oziq-ovqat) mikromaydonini tashkil qiladi. Ikkinchi yo'nalish bo'yicha uzumning "tok" semasi hisobga olinadigan bo'lsa, u dastavval "mevali daraxt", so'ngra "mevasiz daraxt" va "manzarali daraxt"lar bilan bir qatorda "daraxtlar " mikromaydoniga mansub bo'ladi. Uchinchi tomondan "uzum " (tok) novda, kurtak, barg, uzumzor, tokzor, tokqaychi, bog ', bog 'bon, ishkom, hosil, emoq, mayiz, kesmoq, xomtok qilmoq singari leksemalar bilan bir umumiy g'oya (ideya) asosida birlashib, yagona semantik maydonni yuzaga keltiradi.

Biz boshqa uyadoshlik guruhlaridan ham semantik maydonni hosil qilsak bo'ladi. Masalan, kiyim-kechak nomlari, o'simliklar nomlari va hayvon nomlarini leksik-semantik maydon asosida o'rganishimiz mumkin.

Y.N.Karaulov semantik maydonlarning mavjudlik, uzviylik, butunlik, tarixiylik kabi to'rtta muhim belgisini ko'rsatgan.

Ma'lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi so'z va iboralar majmuiga semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi.

Shu bois, leksemalarning o'zlari bildirayotgan leksik ma'no asosida bir yerga to'dalanishi, ularning o'zaro hamda boshqa so'zlar bilan ma'noviy munosabati masalasi azaldan tilshunos olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelgan.

Masalan, H.Ne'matov va R.Rasulovlarning "O'zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari" nomli monografiyasida leksema, nomema, semema, leksik ma'no, leksemalarning mavzu to'dalari, leksemalarning mazmun guruhlari haqida izchil, ilmiy ta'riflar berilgan; til birliklari o'rtasidagi o'xshashlik (paradigmatik), pog'onali (ierarxik) va ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatlarini ochishga harakatlar qilingan.

H.Ne'matov va R.Rasulovlar: "Sistem lekeikologiyada har bir soha (kasb-hunar, marosim, urf-odat, kishi nomlari, joy nomlari, ilmiy atamalar) alohida-alohida atalgan lug'aviy tizimlar sifatida o'rganiladi. Har bir sohaning o'zida o'z leksemalari, sinonimik va antonimik qatorlari, LMG (leksemalarning mazmuniy guruhlari), LMT (leksemalarning mavzu to'dalari va maydonlari) ajratiladi. Ularning har biriga alohida, nisbatan mustaqil tizimlar sifatida qaraladi", - deb ta'kidlashadi.

Prof. E.Begmatovning yozishicha, leksikada sistemalilik tilning boshqa sathlaridagi kabi yaqqol ko'zga tashlanib turmaydi. Leksik birliklar miqdor jihatidan fonema, morfemalarga nisbatan ancha ko'p va davriy beqarorlik xususiyatiga ega. Shu bois, leksikani bor ko'lami bilan aniqlash va tadqiq qilish imkoniyati yo'q. Shunga qaramasdan, leksik sistemani ilmiy tasniflashning muayyan metod va usullari mavjud.

Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, leksemalarning tematik maydonlarini, leksemaning mazmuniy guruhlari va to'dalarini, ular o'rtasidagi ma'noviy munosabatlarni o'rganish o'zbek tili leksikologiyasining istiqbolli yo'nalishlaridan birini tashkil qiladi.

Bir mavzu doirasiga kirgan, leksik birliklarni atroflicha tadqiq etish, ularning lisoniy belgilarini aniqlash va turli maqsadlarga mo'ljallangan lug'atlar, glossariylar yaratish semantik nazariyasi bilan bog'liq.

Sh.Rahmatullayevning frazemalar va omonimlar, A.Hojiyevning sinonimlar, mualliflar guruhining antonimlar, X.Berdiyorova, R.Rasulovlarning paremiologik birliklar va hokazolarga bag'ishlangan lug'atlarini bunga misol qilib keltirish mumkin.

Mazkur lug'atlarda leksemalarning ichki va tashqi aloqalari asosida ularning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ochib berilgan.

Masalan, prof. Sh.Rahmatullayev frazemalarning semantik tabiati, ichki sintaktik qurilishi, paradigmatik formalari, sintaktik qurshov va variantlanishi haqida o'rinli xulosalar chiqargan. Bular o'z navbatida boshqa ilmiy qarashlar bilan birgalikda sistem-struktur tilshunoslikning uchinchi yo'nalishi rivoji uchun turtki bo'lib xizmat qildi, desak bo'ladi.

Semantik maydon nazariyasi asosida sohalararo alohida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, asosan, 70-80-yillardan boshlandi. Shu munosabat bilan o'zbek tili leksikologiyasi tavsifiy bosqichdan yangi nazariy bosqichga ko'tarildi. Bu bosqich leksikani ma'lum bir semantik guruhlardan, muayyan ma'no elementlarining munosabatlaridan tashkil topgan yaxlit bir sistema sifatida o'rganish bilan xarakterlanadi.

An'anaviy tilshunoslikda leksemalarning ichki va tashqi tomonidagi yirik munosabat turlari (omonim, sinonim, antonim)gagina asosiy e'tibor qaratilgan bo'lsa, sistem-struktur yo'nalishdagi ilmiy izlanishlar natijasida ma'noviy munosabatlarning giponimiya (jins-tur), partonimiya (butun-bo'lak), graduonimiya (darajalanish), ierarxonimiya (pog'onalanish) kabi turlari yuzaga chiqarilmoqda.

Til birliklarining dialektika qonuniyatlari asosida bir yerga jamlanishi, alohida leksik-semantik guruhlarni tashkil qilishi hamda shu guruh ichidagi boshqa a'zolardan ma'lum bir belgilar asosida farqlanishi sabablari keng ko'lamda tadqiq qilindi.

XULOSA

Umuman olganda, o'zbek tilshunosligida leksemalarni tushuncha va semantik maydon asosida uyalarga bo'lib o'rganishda ancha yutuqlarga erishilgan. Shunday bo'lsa-da, uyadosh so'zlarni dars o'tish jarayonida ma'lum bir mavzuiy guruhlarini tuzish, ularni semantik maydon asosida tadqiq etish lozimdir. Bundan tashqari ularni tadqiq etishda boshqa til hodisalari bilan taqqoslab o'rganish hamda uyadosh so'zlarning mukammal lug'atini tuzish tilshunoslik sohasining dolzarb masalasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Begmatov, E. (1985). Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. - Toshkent: Fan.

2. Begmatov, E, Ne'matov, H, Rasulov, R. 1989. Leksik mikrosistema va uning tadqiq metodikasi (sistem leksikologiya tezislari) // O'zbek tili va adabiyoti jurnali. 6-son.

3. Iskandarova, Sh. (2005). O'zbek tili leksikasini semantik maydon sifatida o'rganish (shaxs mikromaydoni). Filol. fanlari dokt. ... dis. avtoreferati. -Toshkent.

4. Ne'matov H, Rasulov, R. (1995). O'zbek tili sistem leksikologiya asoslari. -Toshkent: O'qituvchi.

5. Rahmatullayev Sh. va boshqalar. (1992). Hozirgi o'zbek adabiy tili. -T.: O'qituvchi.

6. Sayfullayeva R.va boshqalar. (2010). Hozirgi o'zbek adabiy tili. -T.: Fan va texnologiya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.