Научная статья на тему 'Семантический анализ слов обозначающих профессиональные имена'

Семантический анализ слов обозначающих профессиональные имена Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
61
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
лексическая единица / семантическое поле / архетип / фраза / системно-структурный метод / семантическая группа. / lexical unit / semantic field / archisema / phrase / system-structural method / semantic group.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Эльёр Имамов

В статье рассматриваются лексические единицы языка, в том числе принадлежность профессиональных имен к семантическому полю личных имен по характеру их значения, профессиональные имена, принадлежащие семантическому полю личных имен, делящихся на несколько тематических групп.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Semantic and dictionary meanings of the word-groups denoting professional names

The article discusses the lexical units of the language, including the fact that professional names belong to the semantic field of personal names according to the nature of their meaning, professional names belonging to the semantic field of personal names are divided into several thematic groups.

Текст научной работы на тему «Семантический анализ слов обозначающих профессиональные имена»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Semantic and dictionary meanings of the word-groups denoting professional names

Elyor IMAMOV1

Kokand State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords: lexical unit, semantic field, archisema, phrase,

system-structural method, semantic group.

The article discusses the lexical units of the language, including the fact that professional names belong to the semantic field of personal names according to the nature of their meaning, professional names belonging to the semantic field of personal names are divided into several thematic groups.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Kasb-hunar nomlarining lug'aviy-ma'noviy guruhlari va tahlili

Kalit so'zlar:

Lug'aviy birlik, semantik maydon, arxisema, ibora,

sistem-struktur metod, mazmuniy guruh.

АННОТАЦИЯ

Maqolada tildagi lug'aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar nomlari o'z mg'no xususiyatiga ko'ra shaxs nomlari semantik maydoniga mansubligi, shaxs nomlari semantik maydoniga mansub kasb-hunar nomlari bir qancha mavzuviy guruhlarga bo'linishi haqida so'z boradi.

1 Lecturer, Kokand State Pedagogical Institute. Kokand, Uzbekistan. E-mail: imomovelyor@gmail.com.

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

Семантический анализ слов обозначающих профессиональные

Tilshunoslikda semantik yoki tushuncha maydoni haqidagi fikrlar Vilgelm fon Gumboldtning "tilning ichki formasi" haqidagi qarashlari negizida XX asrning boshlarida paydo bo'ldi.

Ma'lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi so'z va iboralar majmuiga semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi.

O'zbek tilshunosligida leksikani semantik maydon asosida o'rganish tilimizga sistem-struktur metodlarning kirib kelishiga borib taqaladi. Leksemalarni tematik maydonlarini, leksemaning mazmuniy guruhlari va to'dalarini, leksemaning ma'noviy munosabatlarini o'rganish o'zbek tili leksikologiyasining istiqbolli yo'nalishlaridan birini tashkil qiladi.

Tildagi so'zlarning muhim xususiyati shuki, ular o'zida qanday g'oya tashiyotganiga qarab alohida semantic (tushuncha) maydonlarini hosil qiladi.

Tildagi lug'aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar nomlari ham o'z ma'no xususiyatiga ko'ra shaxs nomlari semantik maydoniga mansub. O'zbek tilidagi shaxs nomlari semantik maydoniga mansub kasb-hunar nomlari ham bir qancha mavzuviy guruhlarga bo'linadi. Biz o'zbek tilidagi kasb-hunar nomlarini Sh.Iskandarov, A.Sobirov tadqiqotlariga tayangan holda quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratishni lozim topdik:

1. Ta'lim sohasi bilan bog'liq kasb-hunar nomlari: adib, maktabdor, muallim, murabbiy, mudarris, o'qituvchi, tarbiyachi kabi.

Ta'lim-tarbiya bilan bog'liq kasb-hunar nomlari ichida eng qadimiylaridan biri bo'lgan pedagog so'zi yunoncha so'z bo'lib, tarbiyachi degan ma'noni anglatadi. Hozirgi o'zbek tilida pedagog - bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o'qitish bilan shug'ullanuvchi, shu soha bo'yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxs, o'qituvchiga nisbatan qo'llanadi.

Maktabdorso'zi tarixiy kasb-hunar nomi bo'lib, oktabr to'ntarishidan oldingi davrda xususiy maktabi bo'lgan muallimga nisbatan ishlatilgan: muallim, murabbiy kabi tushunchalarni anglatgan:

Solih mahdum, o'z qatoridagi maktabdor domlalarni aslo ko'rolmas, ularga qarshi yuragida umrlik kek saqlar edi. (A.Qodiriy, "Mehrobdan chayon").

Muallim arabcha so'z bo'lib, o'rgatuvchi, o'qituvchi, ustoz degan ma'nolarni anglatadi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida ko'p ma'noli so'z sifatida quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

1. Dars beruvchi kishi; o'qituvchi, pedagog: matematika muallimi.

2. Ta'lim beruvchi, birovga biror narsa o'rgatuvchi kishi; ustod-ustoz.

имена

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

лексическая единица, семантическое поле, архетип, фраза,

системно-структурный метод, семантическая группа.

В статье рассматриваются лексические единицы языка, в том числе принадлежность профессиональных имен к семантическому полю личных имен по характеру их значения, профессиональные имена, принадлежащие семантическому полю личных имен, делящихся на несколько тематических групп.

iMlSf 1РПГР

Ull lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

Murabbiy arabcha so'z bo'lib, tarbiyachi degan ma'noni anglatadi va hozirgi o'zbek adabiy tilida quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

1. ayn. tarbiyachi:

Murabbiy - bola qalbida nish ura boshlagan umid g'unchalarining mehribon sohibidir. (UsmonovS, "Odobnoma").

Omuzgor so'zi arxaik kasb-hunar nomi bo'lib, o'rgatuvchi, ustoz ma'nolarini anglatgan:

Yana surdi farmondehi ro'zgor,

Ey donnish ahlig'a omuzgor.

("Saddi Iskandariy", 295. B. 8.).

O'qituvchi- fan tarbiya asoslaridan birini o'qitadigan, dars beradigan kishi:

Oqko'lga o'xshagan uzoq qishloqlarga o'qituvchi yetishmas edi. (Qodirov P. "Qora ko'zlar").

Hozirgi o'zbek adabiy tilida ta'lim-tarbiya bilan bog'liq kasb-hunar nomlaridan pedagog, muallim, murabbiy, o 'qituvchiso'zlari o'zaro ma'nodoshlik kasb etadi va hozirgi kunda ham faol ishlatilmoqda.

2. Tibbiyot sohasi bilan bog'liq kasb-hunar nomlari: tabib, azayimxon, akusher, aptekachi, dorigar, baleneolog, doktor, shifokor, jarroh (xirurg), vrach, laringolog, stamatolog.

Tibbiyot - kishilar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot so'zi o'rnida meditsina, tabobat so'zlari ham ishlatiladi. Shu sohaga oid kasb-hunar nomlari ham bir qancha.

Tabib so'zi arabcha bo'lib, shifokor, da'volovchi; vrach ma'nolarini anglatadi. Bu kasb-hunar nomi quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

1. Bemorlarni davolovchi mutaxassis; vrach: Kasalning tuzalgisi kelsa, tabib o'z oyog'i bilan keladi. (Maqol).

2. Tibbiyot ilmidan muayyan mutaxassis tayyorlovchi o'quv yurtida ta'lim olmagan, o'z harakati, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolash bilan shug'ullanuvchi shaxs: Tabib qo'yjigariniham kabob qilib, bujg'un sepibyeng, degan edi... dardishifo topmabdi. (M. Ismoiliy, "Farg'ona tong otguncha").

Hozigi kunda tabib so'zining bemorlarni davolovchi mutaxassis, vrach ma'nosi eskirib, tabiiy usullar bilan, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolovchi shaxs ma'nosi bilan iste 'molda.

Akusherka fransuzcha so'z bo'lib, tug'ruqqa yordam bermoq ma'nosini anglatadi. Homiladorlarni muntazam kuzatish, dispanser kuzatuv ro'yxatiga olish, ularning kasalligini aniqlash, tug'ruq vaqtida va tug'ruqdan keyingi (chilla) vaqtida tibbiy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi, maxsus o'rta ma'lumotli tibbiyot xodimi.

Doktor so'zi lotincha bo'lib, o'qituvchi, muallim, ustoz ma'nolarini anglatadi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida ko'p ma'noli so'z bo'lib quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

1. So'zlashuv tilida kasalliklarni davolovchi oliy ma'lumotli tibbiyot xodimi; shifokor, vrachga nisbatan qo'llanadi: Oyimham tez-tezdoktorga qatnaydigan bo'lib qoldi. (S.Siyoyev, "Yorug'lik")

2. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan fan nomzodlari yoki professorlarga beriladigan oliy ilmiy daraja va shu darajani olgan olim. Filologiya fanlari doktori.

^aMHHT Ba ннновацнн^ар - 06m,ecrBO u ннновацнн - Society and innovations Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

Shifokorarabcha so'z bo'lib, shifolovchi, davolovchi ma'nolarini anglatadi. Hozirda quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

1. Umuman, kasalliklardan xalos qiluvchi; davolovchi. Shifokorlar qadimgi davrlardayoq zaharli moddalarning inson sihat-salohatligi uchun nafi borligini e'tirof etganlar. (Z. Egamberdiyev, "Zaharningnafi").

2. Tibbiyot institutini bitirgan va davolash-profilaktika hamda sanitariya-epidemiologiya muassasalarida ishlash huquqiga ega bo'lgan mutaxassis; vrach, doktor. Yomonshifokorningqotildan farqiyo'q. (O'. Hoshimov, "Nur borki soya bor").

Jarroh (xirurg) arabcha xirurgdegan ma'noni anglatib, kasalliklarni operatsiya yo'li bilan davolovchi vrachga nisbatan ishlatiladi: Ibn Yamin bilan Hamza jarrohga kerakli narsalarkeltirib berib turishdi. (Komil Yashin, Hamza).

Hozirgi o'zbek adabiy tilida jarroh o'rnida xirurgso'zi ham ishlatiladi.

Vrach so'zi rus tiliga mansub bo'lib, gapirmoq, so'zlamoq; avroqchi, sehrgar kabi ma'nolarni anglatadi. Bu kasb-hunar nomi hozirgi kunda oliy ma'lumotli tibbiyot xodimiga nisbatan ishlatiladi: Bolalar vrachi.

Vetvrach so'zi veterinariya vrachi, veterinarga nisbatan ishlatiladi: Bunaqa jigarrang "Jiguli"dan sovxozda yetti kishida bor. Qaysi biri ekan? Bosh zootexnikmi, vetvrachmi, kim bo'ldi? (Gazetadan)

Hakim so'zi arabcha dono, oqil, donishmand; tabib; faylasuf kabi ma'nolarni anglatadi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa hakim so'zi ko'p ma'noli bo'lib, quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

1. O'tkir tabib; vrach, doktor: Qadimgi dunyo hakimlari kishi asabiga musiqaning ta'sirini alohida ta'kidlaganlar. (Gazetadan)

2. Donishmand faylasuf: Forobiy ulug' yunon hakimining juda chigal falsafiy mulohazalari mag'zini chaqib bergan. (Mirkarim Osim, "Ibn Sino qissasi").

3. Hakim (erkaklar ismi).

Hozirgi o'zbek adabiy tilida tibbiyot bilan bog'liq kasb-hunar nomlaridan doktor, shifokor, vrach so'zlari faol qo'llanmoqda.

3. Dehqonchilik va bog'dorchilik bilan bog'liq kasb-hunar nomlari:

dehqon, bog'bon, bedakor, ziroatchi, zig'irkor, jo'xorikor, kartoshkakor, suvchi-mirob, fermer, brigadir, g'allakor, agronom-hosilot, paxtakor kabi.

Dehqon so'zi forscha so'z bo'lib, kata yer egasi, zamindor; qishloq hokimi degan ma'nolarni anglatadi. Eski o'zbek adabiy tilida bu nom ko'p ma'noli so'z bo'lib, quyidagi ma'nolarda ishlatilgan:

1) qishloq boshlig'i; badavlat kishi; dehqon:

Yo'lda Isfaroyi shahrig'a yetkanda bir dehqon uyiga tushti.

("Tarixi muluki ajam", 519.)

2) tajribakor, ishbilarmon, ish boshqaruvchi:

Mulki jahon mazra'i dehqoni ul,

Balki jahon mulki nigahboni ul.

("Hayrat ul - abror" 57-13.)

Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa dehqon so'zi asosiy kasbi yerga ishlov berish, ekin ekishdan iborat bo'lgan kishiga nisbatan ishlatiladi: Dehqon bo'lsang, shudgor qil, mullo bo'lsang, takrorqil. (Maqol)1

Demak, dehqon so'zida ma'no torayishi yuz bergan.

nîiSfîpnrp

UU lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Spécial Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

Barzagarso'zi eski o'zbek adabiy tilida dehqon, ekin ekuvchi, g'allakorma'nolarida qo'llangan:

Barzagarg'a andin kom hosil, pushakashg'a andin murod vosil.

("Mahbub ul-qulub" 46.)

4. Savdo-sotiq bilan bog'liq kasb-hunar nomlari: bazzoz, attor, tarafurush, allof, aspijallob, baliqfurush, baqqol, bodroqchi, bozirgon, bozorgon, namadfurush, savdogar, savdopesha, sotuvchi, gilamfurush, dallol, qassob kabi.

Tijoratchi so'zi arabcha savdogarlik, oldi-sotdi ma'nosini anglatuvchi tijorat asosidan -chiaffiksi vositasida yasalgan bo'lib, hozirda faol qo'llanmoqda. Mazkur so'z ham aynan savdogarso'zining sinonimidir.

Tahlillardan ko'rinadiki, til tarixida savdogar so'zining bir necha sinonimlari, variantlari bo'lgan. Bu variantlar arab va fors-tojik tilidan so'z o'zlashtirish asosida yuzaga kelgan. Til taraqqiyotiga xos eskirish va sayqallanish omillari asosida hozirgi tilimizda savdogar va uning tijoratchi, sotuvchikabi sinonimlari faol ishlatiladi.

Arabcha baqqol so'zining lug'aviy ma'nosi oziq-ovqat mollari, sabzavot sotuvchi degan ma'noni anglatib, eski o'zbek adabiy tilida mayda-chuyda ro'zg'or mollari va oziq-ovqat (meva, shirinliklar va shu kabi)lar sotuvchi mayda savdogarga nisbatan eski o'zbek adabiy tilida qo'llangan: Har yili hamalning o'ninchi kuni shahardagi nufuzli baqqollardan biriyettixil ko'kat, yettixil meva solingan barkash ko'tarib saroyga borardi. (S.Siyoyev, "Avaz").

5. Me'morchilik bilan bog'liq kasb-hunar nomlari: banno, boniy, loygar, me'mor, naqshpayvand, naqshsoz, naqqosh, navkash, pozaliq, sabbog', sangtarosh, arxitektor, binokor kabi.

O'zbekiston me'morchiligi juda qadimiyligi, turli-tuman me'moriy yodgor- liklari, yuksak nafosat mujassam bo'lgan mahobatli osori atiqalari bilan diqqat- e'tiborni tortadi. Shu bois me'morchilik bilan bog'liq kasb-hunar nomlarining yuzaga kelishi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Shu bois o'zbek tili leksikasining barcha taraqqiyot bosqichlarida me'morchilik bilan bog'liq kasb-hunar nomlari salmoqli o'rin egallaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, til tarkibining taraqqiyoti: lug'aviy birliklarning eskirishi, yangilanishi va sayqallanishi kasb-hunar nomlariga ham xos bo'lib, mazkur mavzuiy guruh ham jamiyat hayotidagi turli, xususan, me'morchilik hamda shaharsozlik borasidagi o'zgarishlar ta'sirida takomillashib borgan va bormoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Dojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. - B. 87.

2. Iskandarova Sh. Leksikani mazmuniy maydon asosida o'rganish muammolari. -Toshkent: Fan, 1998. - B. 152.

3. Sobirov A. O'zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. - T.: Ma'naviyat, 2004. - B. 160.

4. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent, 2004. - 8-j. - B. 414.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. - 1-j.- B. 219.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent, 2006. - 1-j. - B. 190.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.