Научная статья на тему 'UYG‘UR TILIDAGI O‘SIMLIK NOMLARIDA ARABIZMLAR'

UYG‘UR TILIDAGI O‘SIMLIK NOMLARIDA ARABIZMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
633
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arabizm / qomusiy bilimlar / “Kitobu s-saydana fi-t-tib” / Susrut / Qirotus / Arabicism / encyclopedic knowledge / "Kitabu s-saydana fi-t-tib" / Susrut / Qirotus

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gisarov, F.M.

Mazkur maqolada uyg’ur tilidagi ba’zi arabizmlar haqida mulohaza yuritiladi. Uyg‘ur tili ham barcha turkiy tillar kabi o‘zining morfemik, morfologik, leksik-semantik, grammatik , sintaktik , stilistik o‘ziga xos tizimiga ega bo‘lgan qadimiy tillardan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARABISM IN PLANT NAMES IN UIGUR LANGUAGE

This article discusses some of the Uyghurs in Arabic. Uyghur, like all Turkic languages, is one of the ancient languages with its own morphemic, morphological, lexical-semantic, grammatical, syntactic and stylistic system.

Текст научной работы на тему «UYG‘UR TILIDAGI O‘SIMLIK NOMLARIDA ARABIZMLAR»

Scientific Journal Impact Factor

UYG'UR TILIDAGI O'SIMLIK NOMLARIDA ARABIZMLAR

Gisarov F.M.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada uyg 'ur tilidagi ba 'zi arabizmlar haqida mulohaza yuritiladi. Uyg'ur tili ham barcha turkiy tillar kabi o'zining morfemik, morfologik, leksik-semantik, grammatik , sintaktik , stilistik o 'ziga xos tizimiga ega bo 'lgan qadimiy tillardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: arabizm, qomusiy bilimlar, "Kitobu s-saydana fi-t-tib", Susrut, Qirotus

This article discusses some of the Uyghurs in Arabic. Uyghur, like all Turkic languages, is one of the ancient languages with its own morphemic, morphological, lexical-semantic, grammatical, syntactic and stylistic system.

Keywords: Arabicism, encyclopedic knowledge, "Kitabu s-saydana fi-t-tib", Susrut, Qirotus

Qomusiy bilimlar sohibi Abu Rayhon Beruniy "Kitobu s-saydana fi-t-tib"("Tibbiyot farmakognoziyasi")nomli asarning muallifidir Mazkur kitobda sharq tabobatida qo'llanilgan 674 ta dorivor o'simliklar va 90 xil o'simlik mahsulotlari haqida ma'lumotlar jamlangan. Abu Rayhon Beruniyning"Saydana" asarida bundan tashqari104ta hayvonlarning go'shti, ichki a'zolari, shoxi, junlaridan tayyorlanadigan shifolik ahamiyatiga ega bo'lgan mahsulotlar keltirilgan.Abu Rayhon Beruniyning farmakognoziya fani oldidagi katta xizmatlaridan yana biri shuki, alloma o'zigacha boshqa olimlar tomonidan noto'g'ri qo'llanib kelgan yoki nodurust tarjima etilgan 113 ta dorivorlarning nomlari, ya'ni atamalarida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tan qid qilgan va ularni qanday atash to'g'ri bo'lishini ta'riflab, asoslab bergan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Abu Rayhon Beruniy o'zidan oldin va o'z zamonida ilmiy asarlar yaratgan, tabobat ilmi bo'yicha kitoblarni yunon, grek, rum tillaridan arab tiliga, suryoni y tilga tarjima qilib bergan ko'plab olimlarning ishlarini sinchiklab o'rganib chiqdi. Beruniy o'zining "Saydana" asarida o'sha olimlarning, tabiblar va tarjimonlarning ismlarini birma-bir keltirib, ularning fanga qo'shgan hissalarini ta'kidladi. Olim "Farmakognoziya" asarini yaratishda nafaqat ilmiy asarlardan, balki badiiy

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

adabiyotlardan ham oqilona foydalandi, shuningdek mazkur olim va adiblarning ro'yxatini tuzib, o'z kitobida bu ro'yxatni kelajak avlodlar uchun taqdim etdi. Alloma o'zining bu kitobida har bir o'simlik borasida burungi olimlar, ulamolar bildirgan fikrlarni ham birma-bir keltirib o'tadi. Abu Rayhon Beruniyning «Tibbiyot farmakognoziyasi» yoki «Dorivor o'simliklar haqida kitob» asarida ismlari keltirilgan olimlar ro'yxati:

Susrut (arabcha yozuvida ismning oxirgi harfi dol bilan tugagan, biroq Susrud deb tarjima qilinmagan).Qadimgi hind tabobati vakili eramizdan oldingi VI asrlarda yashagan. Susruta ayurveda asarining muallifi.)

Gippokrat-Buqrot (eramizdan oldingi 460-355-yillarda yashagan).Uning "Buqrot aforizmlari" nomli asarini va shu asarga Galen yozgan sharhlari bilan birga suryoniy va arab tiliga Xunayn ibn Ishoq tarjima qilgan.

Aristotel (eramizdan oldingi 384-322-yilarda yashagan).Olim Aristotelning «Hayvonlar haqida kitob»idan iqtiboslar keltirgan.'Toshlar haqidagi kitob" asari Aristotelga tegishli emas, degan fikrni birinchi bo'lib o'rtaga tashlagan.

Feofrast (eramizdan oldingi 370-285-yillarda yashagan.)Aflotun va Aristotelning shogirdi bo'lgan va uning botanikaga oid ikki asari "O'simliklar sababi" va "O'simliklar bo'yicha tadqiqotlar" to'liq saqlanib qolgan.

Qirotus (Cratevas) bu olim va tabib podsho Mitridat Yevpator(eramizdan oldingi 132-63-yillarda hukmronlik qilgan)ning saroy tabibi bo'lgan. U besh jildlik dorivor o'simliklar kitobi muallifi bo'lgan.

Kleopatra -(e.o.69-30-yillarda Misr malikasi bo'lgan) va "Kleopatra kitobi" nomli zaharli o'simliklar to'g'risida asar yozib qoldirgan.Beruniy o'z kitobida 11 paragrafida Malika Kleopatra asaridan iqtiboslar keltirgan.

Nikolay al-Iskandariy, bu olimning ismi Galenning "O'n olti kitob"ini to'plab, sharhlagan yetti vrachlardan biri sifatida adabiyotlarga kiritilgan.

Dioskorid (eramizdan oldin Kichik Osiyoda Anasarbda tug'ilgan va Rim imperatorlari Klavdiy, Neronlar hukmronlik yillarida yashagan) Uning "Davolash vositalari" nomli asari mashhur. Bu asarda 570 ta shifobaxsh o'simliklardan olinadigan dorilar bayon qilingan.

Charaka hind vrachi Panchanad(Panjob)da tug'ilgan va Charaka samxita asari bilan mashhur bo'lgan.

Arxigen Rim imperatori Trayan hukmronligi davrida faoliyat ko'rsatgan.(eramizdan oldingi 83-117-yillar). Bu muallif "Saydana" asarida ikki paragrafda keltirib o'tilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Ruf bu grek anatomi va vrachi ham Rim imperatori Trayan hukmronlik davrida faoliyat olib borgan Galendan keyingi mashhur tabib sanaladi.Uning asarlari Xunayn ibn Ishoq tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. "Saydana"da bu olim to'rtta paragrafda eslab o'tiladi.

Jolinus -Klavdiy Galen e.o.129-yilda kichik Osiyodagi Pergam shahrida tug'ilgan va u Gippokratdan so'ng eng yirik antik vrach hisoblanadi. Beruniy Jolinusning quyidagi asarlaridan foydalangan:"Sodda dorilar haqida kitob", "Oson tayyorlanadigan dorilar haqida", "Dori tayyorlash xususida kitob", "Kasalliklarga qarshi dorilar", "Taryoq", "Ovqatlar haqida kitob", "Davolash usuli", "Glaukonga bag'ishlangan kitob", Bulardan tashqari Beruniy uning asarlariga yozilgan sharhlarni ham tahliliy o'rgangan.

Aflimun Gippokrat (Buqrot)ning zamondoshi bo'lgan mashhur olim hisoblangan. Beruniy uning "Suv havozalari" asaridan iqtiboslar keltirgan.

Filagriy eramizdan oldingi IV-asrda yashagan tabib.U «Saydana» asarida bir o'rinda keltirilgan.

Oribaziy (325-402 yoki 403-yillarda yashagan).Bu vrach 70 kitobdan iborat ensiklopediya yozgan.U o'g'li uchun "Sinopsis" asarini yozib bergan.Beruniy Oribaziyni 70 ta paragrafda eslatgan.

Atyus al-Amidiy (502-575-yillarda yashagan), u 16 jildlik tibbiy to'plam muallifi sanaladi. Beruniy o'zining "Saydana" kitobida Al-Amidiyning "Kunnashu Amidiy"(Amidiy to'plami) asarini 28 o'rinda keltirib o'tgan.

Stefan-ehtimol Stefan al-Iskandariy bo'lib, u imperator Irakliy podsholigi davrida (610-641-yillarda) Konstantinopolda saroyda vrachlik qilgan. «Saydana»da bu vrach faqat bir o'rinda eslatilgan.

Pavel (615-690-y.y.) Egin orolida tug'ilib o'sgan, Arablar u yerni ishg'ol etgach, Iskandariyada yashagan qadimgi grek medisinasining eng so'nggi vakili hisoblanadi. Pavel yetti kitobdan iborat tibbiyot ensiklopediyasining muallifi sanaladi. Beruniy uning asarlaridan 190 ga yaqin iqtiboslar keltirgan.

Abu Jurayj-Abu jurayj Ar Rohib, u xristian vrachlik maktabi vakillaridan biri bo'lib, yozma asarlari nomi keltirilmagan.Biroq "Saydana" kitobida Beruniy tomonidan 25 ta paragrafda zikr etib o'tilgan.

Jurjiys-Jurjis ibn Jibril ibn Buxteyshu, fors xristianlari vrachlik maktabi vakili sanaladi.(VIII-IX asrlar).Jurjis grek medisinasi asarlarini arab tiliga tarjima qilishni boshlab berganlardan hisoblanadi.Suryoniy tilida uning "Kunnash"(To'plam) asari ma'lum. "Saydana"da Jurjisning bu kitobidan bitta iqtibos keltirilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Masarjavayx-bu yahudiy millatiga mansub vrach taxminan 660-750-y.y.da Basrada faoliyat yuritgan. U Iskandariya maktabivakili Aronning tibbiyot ensiklopediyasini suryoniy va arab tillariga tarjima qilgan. Bu yahudiy vrachning "Dorilarning o'rnini bosuvchi vositalar" nomli kitobi saqlanib qolgan."Saydana"da 25 ta paragrafda Masarjavayhga murojaat qilingan.

Ayyub Ar Ruhaviy-u vrach Galen asarlarini suryoniy tiliga tarjima qilgan.(820-y.) «Saydana»da bir joyda Ruhaviyning balzami borasida fikri iqtibos qilingan.

Al Dimashqiy (Bu kabi ismlarda shamsiy harflardan oldingi al artikli kelganda, shamsiy harf tashdidlanib Ad Dimashqiy etib o'qilishi kerakligiga amal qilinmagan.) Bu vrach Masix nomi bilan ma'lum bo'lgan Iso ibn Xakam Ad Dimashqiyning ot asi bo'lgan. Iso masix ad Dimashqiy Bag'dod, Makka, Madina shaharlaridagi shifoxonalarni boshqargan. «Saydana»da bu olim ishlari 27 paragrafda keltiriladi.

Jibril ibn Buxteyshu ibn Jurjis-Jurjis ibn Jibrilning nabirasi, bu vrachning nomi asarda 13 ta o'rinda keltiriladi. "Jibril sharhlari" asari unga tegishlidir.

Al-Ahvaziy Beruniy bu olimning AlXorazmiy jadvalini nohaq tanqid qilgani uchun tanqid qiladi va shu masalaga bag'ishlab 600 betdan iborat "Ikki o'rtasida vositachi" nomli asar yozadi. "Saydana"da Al Ahvaziy nomi 20 ta o'rinda eslatiladi.

Ibn Al-Bitriq-Abu Zakariyo Yahyo (Yuhanna) ibn al-Bitriq- podsho Ma'mun davrida tarjimonlik bilan shug'ullangan vrach Abu Yahyo al Bitriq- ning o'g'li. Beruniy "Ibn al Bitriq tarjimalari"ga to'rt o'rinda murojaat qilgan, lekin qaysi asarning tarjimasi ekanligi ko'rsatilmagan.

Salmavayh (225/840-yilda vafot etgan) Salmavayh ibn Bunan Bag'dod shahrida Ma'mun va Mu'tasim podsholigi davrida yashagan vrach, "Saydana"da bu vrach bir o'rinda zikr etilgan.

Masih-Abu l Hasan Iso ibn Hakam Masix ad Dimashqiy Horun ar Rashid davrida vrachlik bilan shug'ullangan. U Damashqlik Hakam ad Dimashqiyning o'g'li bo'lgan.Uning "Hayvonlardan olinadigan foydali dorilar" kitobi to'rt o'rinda zikr etilgan.

Ibn Masavayh-Xorun ar Rashidning saroyida tibbiy asarlarni grek va yunon tillaridan arab tiliga tarjima qilgan vrach."Saydana"da Ibn Masavayhning ismi 115 martaga yaqin zikr etilgan.Ibn Masavayh 857-yilda Samarrada vafot etgan.

Ali Ibn Rabbon At Tabariy-bu vrach Marvda tug'ilgan, keyinroq otasi va oilasi bilan Tabaristonga ko'chib o'tgan, keksayib qolganda islomni qabul qilgan.Uning "Firdavs ul Hikma" asari ma'lum. "Saydana"da bu vrachning ismi to'rt o'rinda zikr etilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Al Jaxiz- Abu Usmon Amr Ibn Baxr al Joxiz (780-869 y.y.)- Basrada yashagan arab filologi, faylasufi, adibi, «Saydana»da uning «Hayvonlar to'g'risida kitob»i 8 paragrafda zikr etiladi.

Sabur-Sabur ibn Sahl-Jundishopur shifoxonasida boshiaruvchi b^lib ishlagan va 850-yilda Bag'dod shahriga taklif qilingan. Bu vrachning "Sabur farmakopiyasi" asari uch asr davomida dorixonalar va shifoxonalarda asosiy manba bo'lib kelgan. "Saydana"da bu kitobdan bitta o'rinda iqtibos keltirilgan.

Al Kindiy-Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq ibn As Sabboh al Kindiy-800-yillarda Basrada tug'ilgan, Bag'dodda yashagan buyuk arab faylasufi, qomusiy olimi. Uning asarlari qatorida 30 ta medisina bo'yicha asarlari turadi. Beruniy o'z kitobida 7 o'rinda bu muallif ishlaridan iqtiboslar keltirib o'tgan.

Xunayn ibn Ishoq-(808-873 y.y.)-Abu Zayd Xunayn ibn Ishoq al Ibodiy Xiro shahrida farmasevt oilasida tug'ilgan. Yahyo ibn Masavayhning shogirdi, arab, fors, suryoniy va grek tillarini mukammal bilgan tibbiyot tarjimoni va vrach. U Galen, Buqrot, Aflotun, Aristotel, Dioskrid, Ptolemey, Oribaziy va Pavel asarlaridan 150 tasini arab tiliga tarjima qilgan.Uning 100 ga yaqin original asarlar yozganligi keltiriladi, biroq ular to'liq saqlab qolinmagan."Saydana"da Xunayn ibn Ishoqning uchta asari: "Dorilarning ishonchli ro'yxati", "Sodda dorilar nomlari haqida", "Xunayn taryoqi"dan ko'p iqtiboslar keltiriladi.

Ibn Masa-Iso ibn Masa Marv shifoxonasida vrachlik qilgan, to'g'ri ovqatlanish, qon olish, hammomlardan to'g'ri foydalanish haqida asarlar yozgan."Saydana"da 36 ta paragrafda uning ismi zikr etilgan.

Xubaysh-Xubaysh ibn al Hasan al A'sam Ad Dimashqiy Xunayn ibn Ishoqning jiyani va shogirdi. U ustozining asarlarini suryoniy tiliga tarjima qilgan. Xubaysh Galenning 35 ta asarini arab va 3 ta asarini suryoniy tillariga tarjima qilgan. "Saydana"da unga 7 ta paragrafda murojaat qilingan.

Ibn Sarabiyun-Yuxanna (Yahya)ibn Sarabiyun (Serapion)-Ixasr ikkinchi yarmida Damashqda yashagan suriyalik vrach, medisina bo'yicha ikkita to'plam yozgan va u "Saydana"da 4 o'rinda zikr etilgan.

Saxarbuxt-Iso ibn Saxarbuxt va uning "Sodda dorilarning kuchi haqida" kitobi "Saydana"da 80 marta zikr etilgan.

Abu Hanifa (815 yoki 825-895)-Abu Xanifa Axmad ibn Dovud ibn Vanand Ad Dinovariy va uning "O'simliklar haqida kitob"i "Saydana"da 230 o'rinda zikr etilgan.

Sobit ibn Qurra-Abu l Hasan Sobit ibn Qurra as Sobi al Xarroniy(834-901 y.y.) va uning "Tibbiyot fanining ganjinasi" kitobi "Saydana"da bir o'rinda keltirilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Ishoq-Xunayn ibn Ishoqning o'g'li Abu Yo'qub Ishoq ibn Xunayn ibn Ishoq al Ibodiy va uning "Sodda dorilar haqida kitob", "Hamma yerda uchraydigan dorilar" kitoblari "Saydana"da ikki paragrafda keltirib o'tilgan.

Qusto-Qust ibn Luka al Ba'lbakkiy, Suriya (Ba'albakka)da tug'ilgan, arman millatiga mansub vrach, faylasuf, astronom, matematik olim, Armanistonda vafot etgan."Saydana"da 8 paragrafda eslab o'tilgan.

Al Jayhaniy - Buxoro amiri Nasr II(Ikkinchi)ning vaziri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Al Jayhoniy va uning "Davlatni bilishda yo'llarning ahamiyati" kitobi "Saydana"da 3 o'rinda eslab o'tilgan.

Ar Roziy-Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ibn Yahyo ar-Roziy, turli sohalarda 260 ga yaqin asar yozgan buyuk olim, "Saydana"da Beruniy bu olimni va asarlarini 270 marta eslatib o'tgan.

Abu Zayd al Balxiy (235/850-322/934)-Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al Balxiy, Balx okrugida tug'ilgan Al Kindiyning shogirdi, Al Balxiy va uning "Kimyo kitobi" "Saydana"da 2ta paragrafda keltirilgan.

Xamza al Isbahoniy -Abu Abdulloh Xamza ibn al Hasan al Isbahoniy(Isfahoniy)(280/893-360/970) Isfahon shahrida tug'ilgan, Bag'dod shahrida yashagan tarixchi,filolog olim. Beruniy uning fors tilidagi asarlarini va olimni "Saydana"da bir necha o'rinlarda keltirib o'tgan.

Sobit(976-yilda vafot etgan)-Sobit ibn Sinon va uning "Tarix" kitobi "Saydana"da uchta paragrafda keltirilgan.

Abu l Hasan At Turunjiy va uning "Kunnash"(To'plam) kitobi «Saydana» da 17 marta keltirib o'tilgan.

Ibn Mandavayh-Abu Ali Ahmad ibn Abdurrahmon ibn Mandavayh al Isfahoniy Adud Davla tomonidan Bag'dodga taklif etilgan. Bu olim 40 ga yaqin kichik risolalar yozgan."Saydana"da 12 paragrafda zikr etilgan.

Abu l Hasan al Amiriy (991-yilda olamdan o'tgan).Abu l Hasan Muhammad ibn Yusuf al Amiriy an Nisaburiy, "Saydana"da bu olim 2 o'rinda zikr etilgan.

Buxteyshu ibn Abdulloh(Ubaydulloh bo'lishi ham mumkin)va uning "Al Kofiy" kitobidan Beruniy bir necha iqtiboslar keltirgan.

Ibn Samanjun (1009-1010 yilda vafot etgan)Abu Bakr Xamid ibn Samanjun va uning "Sodda dorilar haqida"kitobiga 2 o'rinda murojaat qilingan.

Abu sahl (1010-yilda olamdan o'tgan) Abu Sahl Iso ibn Yahyo al Masihi Al Jurjoniy-vrach, tabiatshunos, astronom va faylasuf. Gurgonda tug'ilgan, Xorazmlik bu olim Ibn Sino, Beruniy va Abu l Xayr kabilar bilan birga ijod qilgan. "Tib

Scientific Journal Impact Factor

san'atining yuz san'ati" kitobini muallif xorazmshoh Abu l Abbos Ma'mun ibn Ma'munga bag'ishlagan. Bu muallif va kitobi "Saydana"da 8 o'rinda zikr etilgan.

Ali ibn Iso Bu ism ko'z shifokori Sharafuddin Ali ibn Iso al Kahhalga tegishli bo'lsa kerak deb yozadi U.I. Karimov. Ali ibn Isoni Beruniy o'z kitobida 2 marta keltirib o'tgan.

Abu l Xayr al Hasan ibn Sivar ibn Bobo ibn Behnom ibn al Hammar 942-yilda Bag'dodda tug'ilgan, mantiq va falsafa bilan shug'ullangan. Abu l Xayr Beruniy va Ibn Sino bilan birga Ma'mun akademiyasida ishlagan olimdir. U suryoniy tilidan arab tiliga tarjimalar qilgan. "Saydana"da Abu l Xayr 70 martaga yaqin keltirilgan.

Abu Ali ibn Miskavayh (1030-yilda olamdan o'tgan), uning "Xalqlar tajribalari" kitobidan tashqari "Ichimliklar kitobi", "Eguliklar kitobi", "Sodda dorilar haqida" kabi asarlari "Saydana"da 4ta paragrafda keltirib o'tilgan.

Yuqorida ismlari keltirilgan olimlardan tashqari Abu Rayhan Beruniy o'z asarida Abu l Abbos Xushshakiy, Abu Zayd al Arrajjoniy, Abu Malik, Abu Mu'oz, Abu Nasr An Nisaburiy, Abu Nasr Al-Xatibi, Abu Sa'd al Jurjoniy, Abu Saxl ar Rasailiy, Abu Umar, Al Azdiy, Ali ibn Xamza al Isbahoniy, Badig'urus, Bishr ibn Abdulvahhob al Fazariy, Bishr As Sijoziy, Germes, Az Zanjaniy, Irohim Al Valiy, Ibrohim as Sandaniy, Yushubuxt al Matran, Al Ma'mun, Muhammad Attor, An Najjar, As Savahiliy, As Sibaviy, As Sullabiy, At Tohir ibn Muhammad, Tohir As Sijaziy, Al Umaniy, Al Fahlaman yoki Al Bahlaman, Hakam ibn Xunayn, Hasan, Hofiz ad Din, Al Xuziy, Chendiy(yoki Cheng Chi-mashhur xitoylik tabib, dieta saqlash bo'yicha kitob muallifi II asrning ikkinchi yarmida yashagan) kabi mualliflarning asarlaridan ham iqtiboslar keltirgan. Sharq tabobati ilmining shakllanishi va taraqqiy topishida Uyg'ur tabibchiligi ham salmoqli ahamiyatga egadir.Shinjong Xalq Sixxiya nashriyotida 2012 yilda chop etilgan II qismdan iborat "Uyg'ur tabobati xom dorilar ilmi" ensiklopediyasida Uyg'ur dorivor o'simliklar bilan davolash tarixi, tibbiy usullarning benazirligi, xalq tabobati texnikasi, inson tanasining fiziologik tuzilmalari orasidagi uzviy bog'liqlik, inson tanasi a'zolarining faoliyati, ushbu faoliyatni yaxshilash yo'lida foydali dorivorlarning o'ziga xos ahamiyatli jihatlari, tabiatda xom uchraydigan shifobaxsh o'simliklarning turlari, ulardan inson salomatligini yaxshilashda qo'llanish metodlari, mazkur o'simliklarning kimyoviy tarkiblari va ularni tabobatda ishlatish me'yorlari kabi masalalar batafsil bayon etilgan.Ushbu ensiklopedik salohiyatga ega bo'lgan kitob uyg'ur tabobatchilik-dorigarchilik(farmasevtika)oliy maktab(o'quv yurt)lari uchun darslik vazifasini o'tab kelmoqda.

Scientific Journal Impact Factor

Abdurahim Yusup bosh tuzuvchi bo'lgan mazkur II qismli tabobat darsligining muallif Ali Hoji Emchidir.Kitobni tuzishda Ruqiya Qovuz hamda Abul Qosim Muhammad Siddiqlar o'zlarining katta hissalarini qo'shgan.1987-yilda Shinjong Uyg'ur tabobatchilik oliy texnikumiga asos solinib, kechki ta'lim boshlanadi.1998-yildan esa Shinjong tibbiy universiteti va Cho'nglar maorif instituti birlashib, davolash va dorivorchilik kasblari bo'yicha o'qish ishlari yo'lga qo'yildi.2005-yildan buyon Jiyonshi Jo'ngyi tabobatchilik instituti bilan birlashdi.Uyg'ur tabobatining to'liq davolash va dorigarchilik fakulteti ochilib, kunduzgi hamda kechki bo'limlarga talabalar qabul qilinib kelinmoqda.

Mahmud Qoshg'ariy asarining nomiga e'tibor qaratilsa, "Devonu lug'oti-t-turk" so'z birikmasining o'ziyoq arab tilida ekanligi ko'rinadi, tarjimasi "Turk tillari devoni(qomusi)".

X asrlardan boshlab Markaziy Osiyo mintaqalariga arab tilidagi yangi madaniyat va ilm-fanning kirib kelishi natijasida maorif ishlari, ya'ni maktab, madrasalarda ta'lim arab tilida olib borilgan. Ilm ahli ta'lim olish, ilmiy ishlarni amalga oshirish maqsadida Arab xalifaligining markazlari bo'lgan Kufa, Bag'dod, Misr kabi shaharlarga borishgan va arab tilida ijod qilganlar. Mahmud Qoshg'ariyning ushbu asari ham arab tilida yozilganligi bejiz emas. Shinjong Xalq Sixxiya nashriyotida 2012 yilda chop etilgan II qismdan iborat "Uyg'ur tabobati xom dorilar ilmi"ensiklopediyasida qayd etilgan dorivor o'simliklar nomlari o'rganib chiqilganda ushbu atamalarning ham taxminan 25% i arabcha ekanligi ko'zga tashlandi. Bu atamalarni aynan arab tilidan o'zlashgan atamalar deyish unchalik o'rinli bo'lmasa kerak. Uyg'ur tabobatida uyg'ur xalq tilida ma'lum va qo'llanib kelingan shifobaxsh o'simliklar nomlari arab tiliga o'girilgan deyish to'g'riroq bo'ladi, chunki bu so'zlar arab tili Markaziy Osiyoga kirib kelishidan oldinroq mahalliy xalqlarning milliy tillarida mavjud edi.

Mahmud Qoshg'ariyning jahon ilm-faniga qo'shgan ulkan hissasi uyg'ur tilidagi atamalarni arab tiliga o'girib, o'z davri ilm ahliga tanishtirganligidir. Mutafakkir olimning Devonida keltirilgan nomlar orqali dorivor o'simliklar arab tilida ham o'z muqobillarini topa oldi."Uyg'ur tabobati xom dorilar ilmi" ensiklopediyasi hozirgi kunlarda Shinjong-Uyg'ur avtonom rayoni Tibbiyot ilmgohlarida asosiy darslik sifatida o'qitilmoqda.

Tabobat atamalaridagi arabizmlarida uyg'ur tili fonetikasi ta'siri

Uyg'ur tili tarixan ilg'or tillar bilan uchrashish chog'ida o'sha tillardan ilm-fanga oid terminlar va badiiy, diniy sohalardagi so'zlarni o'zlashtirib oldi.

Scientific Journal Impact Factor

Arslan Abdullaevning 2010 yilda Shinjong Xalq nashriyotida bosmadan chiqqan "Hozirgi zamon uyg'ur tili" nomli kitobida arab tilining uyg'ur tiliga ta'siri nomli paragrafida shunday ma'lumotlar keltirilgan: " Uyg'ur tilining arab tili bilan aloqasi uyg'urlarning islom dinini qabul qilgan vaqtdan boshlanadi...

14-asrdan boshlab islom dini Turfan tarafga tarqaldi, buning bilan arab tili va yozuvi sharqiy va shimoliy Shinjongga kengaydi. Shinjongdan topilgan ijtimoiy-iqtisodiy vasiqalarda arab tilidan kirgan Haq, Qissa, Kitab, Mal, Adam, Ali kabi so'zlar uchraydi"1

"Uyg'ur tilining izohli lo'g'ati"da jamlangan 35836 ta so'zlar kompyuter statistikasi bo'yicha tekshirilganda, ulardan 2669 tasi arab tilidan (7,4 foiz), 1470 tasi (4,1 foiz) fors tilidan, 2356 ta so'z (6,6 foiz) rus tilidan o'zlashgan so'zlar ekanligi ma'lum bo'ldi. 28802 (80,4 foiz) ta so'z uyg'ur tiliga xos so'zlar ekanligi aniqlandi.2

Tarixda uyg'ur alifbosi bir necha marotaba o'zgarishlarga uchradi. Qadimgi uyg'ur yozuvi namunalari to'liq saqlab qolinmagan bo'lsa-da, u yozuvning mavjud bo'lganligi to'g'risidagi ma'lumotlar adabiyotlarda keltirib o'tiladi. Arab yozuvi va tili ta'siri ostida tuzilgan uyg'ur alifbosida arab tiliga xos fonetik xususiyatlar o'z ta'sirini ko'rsatdi. Arab tilidagi fonetik jihatlar uyg'ur tilidagi fonetik imkoniyatlar asosida moslashtirib chiqildi. Bu imlo o'zgartirishlari alifbodagi harflarning fonetik jihatlarini to'liq ochib berolmadi. Arab tilidagi tovushlar uyg'ur tili fonetik imkoniyatlariga to'liq mos kelmadi. Biroq, arab tilining mavqeyi boshqa tillarga kuchli ta'sir o'tkazdi.Tilshunos olimlar milliy tillar grammatikasi va alifbosini qayta ko'rib, arab harflari asosida shakllantirib chiqish vazifasini ado etdilar. Bu jarayonnning qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini vaqt ko'rsatadi, albatta. B ujarayonning ijobiy va salbiy tomonlari bo'lganligi sir emas.Uyg'ur tilida mavjud bo'lmagan tovushlarni yozuvda aks ettirish arab tovushlarini noto'g'ri talqin etilishiga o'xshash hodisalarni yuzaga keltirdi. Arab tilidagi emfatik, sirg'luvchi, til oldi-tish uchi tovushlari va boshqa xususiyatlarni uyg'ur alifbosida ifodalashda qator yangi harf birikmalari sun'iy ravishda yasaldi.Xuddi shu hol kirill yozuvi talablari asosida uyg'ur alifbosini shakllantirish jarayonida ham kuzatildi. Bunda ham tilshunos olimlar kirill alifbosi tarkibiga yangi bir ko'rinishli harflar va diftonglar triftonglarni ifodalash uchun qo'shma harflarni ixtiro etdilar.Har ikkala jarayon ham uyg'ur yozuvini to'g'ri o'qish va to'g'ri tushunishda muammolar keltirib chiqardi.

1 А.Абдуллаев Хрзирги замон уйгур тили. Шинжонг. 2010. 157-бет.

2 А.Абдуллаев Дозирги замон уйгур тили. Шинжонг. 2010. 161-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Quyida arabcha so'z va so'z birikmalarida uyg'ur tili fonetikasi, artikulyatsiyasi imkoniyatlaridan kelib chiqib paydo bo'lgan o'zgarishlarga ayrim misollar keltiriladi: 17. Xo'xa -Boshqa nomlari Shukoiy, Charcha, Avnan ka tap.

Lot. Herba Cirsium helenioides, Ing. Japanese Thistle. (119-b). Izoh: Abu Rayhon Beruniyning saylanma asarlari to'plami IVtomida X V X o'zagidan yasalgan Xaux o'simlik nomi mavjud (409-bet)Persiki deb tarjima qilingan (U.I.Karimov), lekin shaklan bir o'zakdan yasalgan so'zlarga o'xshasada, biroq ma'nosi to'g'ri kelmaydi.

4. Ajjjl? Babune- Boshqa nomlari: Govche shamiy, Babunej, Govche shamiy-murihiy; Lot. Herba Matricaria chamomilla, Ing. Matricaria Herb.(154-bet).

5. aLW? Belile-Boshqa nomlari: Belilej, Belile, Behire, Lot. Fructus terminalia bellirica, Ing. Belleric Terminalia fruit.(173-b).

Babune va Balile so'zlarida arab yozuvidagi so'zlarning oxirida muannaslik hamda bir donalik ma'nolarini anglatuvchi ta marbuta(atun) qo'shimchasi qisqa (a) unlisiga aylantirib talaffuz etilishi uyg'ur tili fonetikasi ta'sirida (e) qilib aytilgan. Yozuvda ham So'zlarning oxirgi ta qo'shimchasi yumshoq h-hoyi havvaz harfining to'rtinchi, ya'ni so'z oxiridagi ko'rinishiga o'zgargan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15. Suqmuniya-Boshqa nomlari: Mehmude, Mehmude Suqmuniya,

Lot. Resina Convolvulus scammonia, Ing. Scammonia.(205-b). Izoh: Bu o'simlik nomi Beruniyda Saqamuniya (542/531-bet) deb keltirilgan, arabcha yozuvida ham Sin harfidan keyingi Vav harfi yo'q. Rus tiliga Skammoniy deb tarjima qilingan.Bu nom o'simlik nomining lotincha va inglizcha variantlari(Scammonia)dan rus tiliga o'zlashganligi ko'zga tashlanadi.

Uyg'ur tabobati ensiklopediyasidagi Suqmuniya o'simlik nomi va Beruniy asaridagi Saqamuniya atamasi bir giyohning nomi, biroq arabcha talaffuzi va uyg'urcha talaffuzida farq bor.

18. Reyhan uW^j Boshqa nomlari: Shah Supirem, Tilsi, Rayhan; Lot.

Herba Ocimum basilicum, Ing. Basil Herb. (88-b). Abu Rayhon Beruniyning "Abu Rayhon" kunyasi mana shu o'simlikni bolalik va yoshlik paytida yaxshi ko'rganligi va qulog'iga taqib yurganligi uchun berilgan degan ma'lumot ba'zi adabiyotlarda uchraydi.Beruniyda bu o'simlik nomi Rayxon deyilgan va yorabcha yozuvida Hoyi Xuttiy ishlatilgan, uyg'ur yozuvida esa Sirg'aluvchi Xoyi Xuttiy uyg'ur tilining fonetikasida yo'qligi asosida Hoyi havvaz bilan almashtirilgan. Rayxon va Rayhan nomlari bir o'simlik nomidir. Rus tiliga Bazilik deb o'girilgan.Boshqa nomlari masaldasida ham Shoh Isparam (Beruniyda) uyg'urchasi Shoh Supiram bo'lib

Scientific Journal Impact Factor

o'zgarib ketishi sababi bevosita uyg'ur tiliga o'zlashish yoki aksincha til fonetik hodisasi ta'siri mavjud.

29. ù^ Aman ù ^ ^ - Boshqa nomi: Ko'k aman, Lot. Folium Artemisiae absintium, Ing. Argy Wormwood Leaf .(317-b). Beruniyda bu o'simlik nomi keltirilmagan.O'zbek tiliga bu o'simlik nomi Achchiq shuvoq, Ermon deb tarjima qilingan (Dorivor o'simliklarning lotincha- o'zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug'ati. Toshkent. 2004. 20-bet). Ibn Sinoda bu o'simlik nomi Erman -Afsantin deb keltirilgan.(196-bet).

34. ^A¿> Mug'as, Boshqa nomlari: Afrika Mug'asi, Mida, Lot. Radix Stephania Tetranda, Ing. Root of orient vine. (332-b). Beruniyda 817-bet, Mug'as atamasi keltirilgan, biroq arabcha yozuvida bu ikki so'z ikki xil yozilgan. Uyg'urcha yozuvida oxirgi harf Sin bilan, Beruniyda Sa un bilan ifodalangan. Buning sababini uyg'urcha arab yozuvida Sa un harfi kiritilmaganligida deb tushunish kerak. Uyg'ur tili fonetikasida sirg'aluvchi Sa tovushi mavjud emas, arab tilidagi bu tovush va uni ifodalovchi harf oddiy s harfi va tovushi bilan beriladi.

37. Selbinej - (boshqa nomi keltirilmagan), Lot.Ferula

persica, Ing. Ferula.(345-bet). Bu atamada bosma xatosi tufayli Sakbinaj so'zi Salbinaj bo'lib qolganligi aniqlandi. Sakbinaj nomi lotinchasi(Dorivor o'simliklarning lug'atida 55- bet) Ferula persica Willd deb keltirilgan. O'zbek tiliga bu o'simlik nomi Eron kavragi deb o'girilgan. Rus tilida bu giyoh Ferula persidskaya deb ataladi. Beruniyda Sakbinaj so'zida Sin harfidan keyingi Hoyi Havvaz yo'q. Uyg'ur alifbosida qisqa a unlisini ifodalash uchun bu harf orttirilgan. Rus tiliga Sagapen deb tarjima qilingan (Beruniy IV tom. 535-bet).

17. ^nkuojj Ud Salib Bu atamada U'd so'zidagi Aynun harfi uyg'ur alifbosida Hamza va vov birikmasi bilan ifodalangan.

22. ^jm^jjxAj Temri hindiy Bu so'z birikmasida gi Tamr so'zi uyg'ur yozuvida Ta un dan so'ng Hoyi havvaz orttirib yozilgan.Bu ish qisqa a unlisini i fodalash uchun amalga oshirilgan.

36. i^iuojU Abid milik Abd un so'zi arab tilida Aynun harfi bilan yoziladi. Uyg'ur alifbosi xususiyatlari asosida Abid Milik atamasida ham imlo o'zgarishi sodir bo'lgan. Talaffuzda ham bu o'zgarish seziladi. Uyg'ur tilida bu kabi arabcha so'zlar muloyim aytiladi.

88. ^jjjjjAj^j] Lihyatu t tis Bu so'z birikmasini morfemik, leksik tahlil etishda uni qismlarga ajratishda xatoga yo'l qo'ymaslik muhim. Bu so'zlar Lihyatun (soqol) va Tisun(Taka) so'zlarining arabcha izofa birikmasida birikuvi natijasida

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yasalgan. "Taka soqoli" so'z birikmasi shu ko'rinishdagi o'simlikni atashda tashbehlantirish yo'li orqali yuzaga kelganligi ko'rinadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqorida keltirilgan so'zlar va so'z birikmalarida arab leksikasiga xos jihatlar yaqqol ko'zga tashlanadi.Arab tili morfologiyasi nuqtai nazaridan arab tilida so'zlar muayyan formalar asosida yasaladi.Ushbu so'zlarning asli o'zagi, tub semantik ma'nolari arabiy yoki turkiy (uyg'urcha) ekanligini o'rganish uyg'ur tabobat atamalari semantikasini tushunishda ahamiyatlidir. Bu so'zlar va so'z birikmalari uyg'ur tabobatida uzoq yillardan buyon qo'llanib kelinayotganligi sababli ular uyg'ur tili so'z boyliklari qatoriga kirib bo'lgan, biroq so'zlarning formal shaklida arab morfologiyasi qoidalari ko'rinib turadi.

Shu jihatdan atamalarni o'zbek va boshqa tillarga tarjima qilish jarayonida ularning tub mazmunini aniqlash muhim va bu terminlarning o'zbek tilidagi muqobillarini topa olish tarjima jarayonida mahorat hamda bilimni talab qiladi.

So'z birikmalarida birinchi so'zda aniq bo'lmagan ma'no ikkinchi aniqlovchi so'zning mazmuni yordamida oydinlashadi. Arab tilida so'z birikmalari asosan, moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar ishtirokida yasaladi. Tabobat bo'yicha bitilgan qadimgi risolalarda atamalarning semantik kelib chiqishi masalasi to'liq yoritilmaganligi bois, yillar davomida masalaning yechimi chigallashib, murakkablashib borishi kelib chiqadi. Quyidagi holatlar so'zlarning leksik-semantik jihatlarini yoritish jarayonini qiyinlashtiruvchi omillar hisoblanadi:

1. So'zlar tarixan siyosiy-ijtimoiy, ilmiy, gumanitar aloqalar davomida bir tildan boshqa tilga o'zlashish jarayonini boshdan kechiradi.

2. So'zlar atamalar darajasiga o'tishda sinonimlik xususiyatini yo'qotib, yaqqol termin sifatini kasb etib boradi.

3. Termin atamalarni lug'aviy leksik tadqiq qilishga ehtiyoj kamayib boradi.

4. So'zlarning terminlashuvida ayrim leksikologik buzilishlar sodir bo'ladi.

5. Terminlarning internasionallashuvi mazkur terminning ilmiy-texnik maqomiga, ahamiyatiga mos ravishda keng yoki aksincha tor ma'no kasb etadi.

6. Termin so'zlarning tildan tilga o'zlashuvi jarayonida dominant til grammatik, morfologik, fonetik jihatlari o'zlashtiruvchi tildagi shu kabi qoidalarga moslashtiriladi. Biroq bu moslashtirilish jarayonida milliy tilning fonetik, fonologik, orfografik, morfologik xususiyatlari ustuvorlik qiladi.

7. Qadimgi terminlar talaffuzi va yozuv shaklllaridagi tafovutlar noshirchilik sanoatining darajasi bilan ham bog'liq bo'lgan. Asarlarni qo'lyozmalar va ko'chirma

namunalardan qayta ko'chirish davomida ko'plab xatolarga yo'l qo'yilganligi keyingi

286

Scientific Journal Impact Factor

tadqiqot ishlari mobaynida muayyan termin turli ma'nolarda ishlatilishiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. А.Р.Беруни.Избранные произведения. Том 1У.Ташкент. 1974.

2. Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. Toshkent. 1992. 1 jild.

3. Xolmatov H.X., Karimova S.U., Ahmedov O'.A., Sobirov R.S. Dorivor o'simliklarning lotincha-o'zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug'ati. Toshkent. 2004.

4. "Uyg'ur tabobati xom dorilar ilmi" ensiklopediya. XXR. Shinjong . 2010.

5. Abdullaev A. «Hozirgi uyg'ur tili grammatikasi» Shinjong xalq nashriyoti. 2010.

6. Abu Rayhon Beruniy Tanlangan asarlar to'plami 4 tom. "Dorivor o'simliklar haqida kitob".

7. Nurmonov A.Tanlangan asarlar 2-jild.Toshkent -2012.

8. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

9. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.