Научная статья на тему 'FAHRIDDIN ROZIYNING “LATOIF UL-G’IYOSIYOT” QO’LYOZMA ASARIDA AQL VA E’TIQOD MASALASINING QO’YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI'

FAHRIDDIN ROZIYNING “LATOIF UL-G’IYOSIYOT” QO’LYOZMA ASARIDA AQL VA E’TIQOD MASALASINING QO’YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
475
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Germenevtika / F. Shleyermaxer / amaliy tushunish / sexrgarlik / germenevtik tahlil / lingvistika / diniy-falsafiy germenevtika / “Latoif ul-g’iyosiyot” / johiliyat / aql va e’tiqod / fikrlash. / Hermeneutics / F. Shleyermaxer / practical understanding / magic / hermeneutic analysis / linguistics / religious-philosophical hermeneutics / “Latoif ul-giyosiyot” / ignorance / mind and faith / thinking.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umarjonov, Sohibjon Soyibjon O’g’li, Safarov, Maqsudali Kamol O’g’li

Ushbu maqolada Fahriddin Muhammad ar-Roziyning O’zFA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan (inv №10873) “Latoif ul-g’iyosiyot” qo’lyozma asarida aql va e’tiqod masalasi diniy-falsafiy germenevtik tahlil qilingan. Uning fors va arab tillarida yozilgan ushbu asari birinchi manba asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FAHRIDDIN ROZI'S MANUSCRIPTION "LATOIF UL-GIYOSIYOT" ISSUES OF MIND AND FAITH AND ITS RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL HERMENEVIC ANALYSIS

This article provides a religious-philosophical hermeneutic of the issue of mind and faith in the manuscript “Latoif ul-giyosiyot” (inv №10873) analyzes kept in the manuscript fund of the Institute of Oriental Studies UzSA

Текст научной работы на тему «FAHRIDDIN ROZIYNING “LATOIF UL-G’IYOSIYOT” QO’LYOZMA ASARIDA AQL VA E’TIQOD MASALASINING QO’YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

FAHRIDDIN ROZIYNING "LATOIF UL-G'IYOSIYOT" QO'LYOZMA ASARIDA AQL VA E'TIQOD MASALASINING QO'YILISHI VA UNING DINIY-FALSAFIY GERMENEVTIK TAHLILI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Fahriddin Muhammad ar-Roziyning O'zFA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan (inv №10873) "Latoif ul-g'iyosiyot" qo 'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasi diniy-falsafiy germenevtik tahlil qilingan. Uning fors va arab tillarida yozilgan ushbu asari birinchi manba asosida tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: Germenevtika, F. Shleyermaxer, amaliy tushunish, sexrgarlik, germenevtik tahlil, lingvistika, diniy-falsafiy germenevtika, "Latoif ul-g'iyosiyot", johiliyat, aql va e'tiqod, fikrlash.

Аннотация: В этой статье представен религиозно-философский герменевтический анализ проблемы разума и вера из произведения «Латоиф ул-гиёсиёт». Автор этого произведения является Фахриддин Мухаммад ар-Рази. На сегодняшний день этот рукопись хронится в рукописном фонде института Востоковедения АНРУз (inv №10873). Это произведение является первым источником, написанное на арабском и персидском языках.

Ключевые слова: Герменевтика, Ф. Шлейрмахер, практическое понимание, магия, герменевтический анализ, лингвистика, религиозно-философская герменевтика, разум и вера, мышление, невежество.

Abstract: This article provides a religious-philosophical hermeneutic of the issue of mind and faith in the manuscript "Latoif ul-giyosiyot" (inv №10873) analyzes kept in the manuscript fund of the Institute of Oriental Studies UzSA

Keywords: Hermeneutics, F. Shleyermaxer, practical understanding, magic, hermeneutic analysis, linguistics, religious-philosophical hermeneutics, "Latoif ul-giyosiyot", ignorance, mind and faith, thinking.

Umarjonov Sohibjon Soyibjon o'g'li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti (PhD) E-mail: fenomen1993@bk.ru Safarov Maqsudali Kamol o 'g'li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchi (PhD) E-mail: maqsudali. safarov@bk. ru

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Barchamizga ma'lumki o'rta asrlarda sharqda Islom dini keng hududlarga yoyildi. Musulmon jamiyatlarida Islom dinining o'rni yuksalib, mustahkamlanib bordi va shu bilan birgalikda diniy dunyoqarashning o'rni yuksalib brogan sari tabiiy va amaliy fanlarga nisbatan munosabat salbiy tus ola boshlagan. Tabiiy-ilmiy fanlarga nisbatan diniy jamiyat bid'at sifatida qaragan. Shunday vaziyatda Fahriddin Roziy o'z diniy-falsafiy qarashlarida jamiyat uchun tabiiy-ilmiy fanlar ham muhim ekanligini o'z asarlarida ko'rsatib o'tgan. Fanga bo'lgan bu munosabat bugungi kunda ham islom ilm-fani taraqqiyotini o'rganish jarayonida boshqa xalqlar madaniyatining islom madaniyatiga kirib kelish yo'nalishlarini har tomonlama tadqiq etish muhimdir.

Yaqin va O'rta Sharq olamida Farobiy va Ibn Sino kabi mashxur sharq peripatetiklarining munosib izdoshi va davomchisi bo'lgan Fahriddin Roziy nomi bilan tanilgan Abu Abdulla Muhammad Ibn Umar al Xusayn (1149-1206) XII asr oxiri va XIII asr boshlarida yashab ijod etgan faylasuf, mutakallim va mantiqshunos hisoblanadi.

O'rta asrning mashxur olimlari Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Fahriddin Roziy, al-Davvonniy, at-Taftazoniy, al-Jurjoniy falsafiy ta'limotlari va mantiqiy qarashlarining asosiy xususiyatlari o'sha davrdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotning o'ziga hosligidan kelib chiqadi. Shuni ta'kidlash joizki, bu va boshqa mutafakkirlar o'z dunyoqarashlarining shakllanishi jarayonida Aristotel asarlaridan g'oyaviy oziq olib, uning ilg'or ta'limotini o'z davri ilmining yangi yutuqlari asosida rivojlantirgan holda, ilg'or ijtimoiy-falsafiy oqimlarning qomusiy bilimga ega yirik varillari bo'lib tanildilar. Bu sohada ular o'zlaridan oldingi ilg'or olimlar ishini davom ettirdilar.

Maqola mazmunini ochib berishda Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asaridan keng foydalanildi. Ushbu asar birinchi manba hisoblanadi va fors va arab tillaridan tarjima qilindi.

Qo'lyozmaning nomi "Latoif ul-g'iyosiyot", muallifi Fahriddin Roziy ekanligi asarning dastlabki sahifasida fors tilida bayon qilingan. Qo'lyozmaning ichki mohiyatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, tahlil qilayotgan "Latoif ul-g'iyosiyot" asarimiz o'zbek tiliga "Haqiqatning nozik jihatlari" deb tarjima qilinadi. Muallif asarda o'z fikrlarini fors tilida yozgan va fikrlarni ilmiy va diniy tarafdan dalillash uchun Qur'ondan turli xil oyatlar, hadis namunalaridan arab tilida keltirib o'tadi. Kotib ko'chirish davomida bunday qismlarni alohida, ajralib turadigan rangda va

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

tagiga qizil rang bilan belgilab, ko'rsatib ketgan. Asarni o'rganish davomida uning ichki tuzilishi uchta katta maqoladan iborat ekanligini aniqladik. Ular quyadagicha nomalanadi:

1. Ilm fazilati haqida

2. Borliqning va olamning yaratuvchisi borligi dalillari to'g'risida

3. Inson ahvolining sifatlari haqida

Roziy o'z fikrlarini talqin qilishda mohirona yondashgan va muommoli jumboqlarga asosli dalillar keltirgan holda dialektika metodidan foydalanganligini ko'ramiz. Ya'ni bunda har bir maqolasida bir tushunchani asoslash uchun ikkin chi tushunchani unga qarama-qarshi qo'yish, taqqoslash orqali o'z qarshlarini bayon etgan. Misol uchun aql va e'tiqod, ruh va tana, aqliy va hissiy idrok, umumiy va juz'iy bilish kabilardir.

Shuningdek tadqiqot davomida Abu Homid G'azzoliyning "Ihyo ulumu-ad-din" ("Diniy ilmlarning jonlanishi") asaridan ham bir qancha namunalar keltirilgan.

Germenevtika - falsafiy fikrlashning shunday usuliki, unda uning markazini tushunish jarayoni tashkil qiladi. Faylasuflar qadim-qadim zamonlardan buyon mavjud narsalarni, sodir bo'layotgan voqealarning tub mag'zini chaqishni va tushunganlarni boshqalarga bayon etib berishni o'z burchlari deb bilganlar. Shunga ko'ra, har bir faylasufning tushunish muammosi bilan shug'ullanishi tabiiy holatdir. Lekin har qanday faylasuf ham germenevt hisoblanavermaydi. Ta'rif berishlaricha, faqat aynan tushunishni falsafaning birlamchi prinsipi deb hisoblaydigan faylasuflargina germenevtiklar hisoblanadi. Ular uchun odam tushunuvchan mavjudotdir. Odamga taalluqli bo'lgan boshqa hamma narsalar ikkilamchidir. Ular tushunishdan tashqari tushunish jarayonida ishtirok etadi, yoki ushbu jarayonning bir jihatini tashkil etadi. [1,98].

Germenevtika "tushunish", "tushuntirish" ma'nolarini bajarar ekan, bu holat bevosita matn bilan bog'liq holda amalga oshiriladi. Matnga chuqur kiraolmaslik yoki matndan chiqib ketish tushuntiruvchini yanglishtiradi. Matn ijodkorning xususiy mulki ekan, talqinchi unga kirish uchun, albatta, uning hasbu holiga razm solishga majbur. Germenevtik funksiya odam ongining boshqa bir muhim funksiyasi tushunish funksiyasidir. Asosiy tushunish funksiyasi individning tabiiy va ijtimoiy muhitda ongli ravishda harakat qilishi va yo'l tutishini ta'minlash bilan bog'liqdir. Har qanday tushunish - qandaydir tushunmovchilikni bartaraf etish jarayonidir, ya'ni tushunish voqelikning biron-bir hodisasini anglab olish jarayonidir Shu anglab olish asosida mazkur hodisa ahamiyati fahmlab olinadi va u inson tomonidan

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Scientific Journal Impact Factor

o'zlashtiriladi. Tushunish bu - sub'ektning o'z dunyoqarashi, dunyoni his qilishi, o'z hayot yo'lini shaxsan bilishi asosida sub'ekt hayotiy tajribasining haqiqiy aktuallashuvidir. Tushunishni o'rganish germenevtika predmetiga aylandi. Uning asoschisi XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida yashab o'tgan teolog va filolog F.Shleyermaxerdir. Uning fikricha, germenevtikaning asosiy vazifasi klassik tarixiy matnlarni tushunish va ularni to'g'ri o'qish asosida o'tgan zamonlardagi odamlarning ma'naviy dunyosini bilib olishdir. Bunday bilib olish alohida sezgi - empatiya yordamida, ya'ni biluvchi sub'ektning qadimgi kishilar yashagan sharoitni chuqur o'rganishi, his etishi va anglashi yordamida sodir bo'ladi. Hozirgi vaqtda falsafiy germenevtika hal etayotgan vazifalar doirasi kengaydi; germenevtik yondashuv sub'ektning anglash va tushunish jarayonidagi faol rolini ta'kidlaydi. Nemis faylasuflari V.Diltey, M.Xaydegger, X.G.Gadamer, fransuz faylasufi P.Riker hozirgi zamon germenevtikasining rivojlanishiga o'z xissalarini qo'shdilar. Odamning odamni tushunish jarayoni o'zaro munosabat bilan uzviy bog'liqdir, tushunishning o'zi hamisha shaxslar o'rtasidagi dialog natijasidir, shu bilan birga shaxsning o'z-o'zi bilan ichki dialogi bunda tez-tez bo'lib turadigan va amalda muhim hodisadir. Tushunish asosan jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida jamiyatda mavjud bilimlarning xarakteri bilan belgilanadi. Tushunish ilgarigi mavjud bilim, mantiqiy fikrlash madaniyati, avvalgi ijtimoiy tajriba mahsulidir. Mavjud axborotlar majmui doirasida yangi fakt, yangi axborot, yangi bilim izohlanadi, ya'ni muayyan tarzda tushunib olinadi. Bunda yangini tushunishga noma'lumni ma'lum orqali qisman izohlash yo'li bilan erishiladi. Insonning tushunish layoqati uzoq taraqqiyot yo'llarini bosib o'tgan. Birinchi bosqich "amaliy tushunish" bosqichi bo'lgan; ibtidoiy odam shu bosqichda yashagan, uning amaliy hayotiy faoliyati uning uchun tushunish manbai bo'lgan. So'ngra tushunishning sehrgarlik (magiya) kabi o'ziga xos shakli -biluvchi tafakkurning o'ziga xos refleksiyasi, "amaliy tushunishni" anglash, u haqda o'ziga xos o'ylash paydo bo'lgan. Faqat antik davrdan e'tiboran yig'ilgan bilimlar, mahoratlar, malaka va texnologiyalar majmui ustidan refleksiya sifatida "nazariy tushunish" shakllana boshlagan.

Germenevtik tahlil asosan lingvistikada amalga oshirilib, boshqa bir tildagi matnni izohlash, uni boshqalarga sharhlash uchun xizmat qiladi. Diniy-falsafiy germenevtika esa, matnning diniy-falsafiy jihatlarini sharhlash, izohlash uchun qo'llaniladi. Fahriddin Roziy "Latoif ul-g'iyosiyot" asarida ilm fazilati va toat-ibodat masalalari to'g'risidagi o'z diniy-falsafiy qarashlarini Qur'oni Karim oyatlari, hadislar bilan isbotlash orqali tahlil qiladi.

Scientific Journal Impact Factor

Inson doim ilm izlaydi. Ilmdan murod. Murodga yetkazuvchi vosita esa kitobdir. Kitoblar turli xil. U insonga nafaqat murod, balki yaxshilikka yetaklaydi. Demak, biz bir-birimizga yaxshilik qilib yashaymizmi? Unda kitob ulashish ham yaxshilikdir.

Har bir kitobning o'zini tushunish tili bo'ladi. Til - insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, ularni bir-birlari bilan doimo fikr almashishga xizmat qilsa yoki kishilarning ichki olamini ifoda etadigan ilohiy ne'mat bo'lsa ilm ham o'zligimizni, qay darajadagi insonligimizni, qanday xulq-atvorlarga ega ekanligimizni oyna kabi ko'rsatib beradigan fazilatdir. Ilm zehnimizni, fikrimizni, qilich kabi o'tkir qiladi, u insonning muqaddas orzu-istaklarini amalga oshirishga yetaklaydi.

Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Uning erta-kechi yo'q. Ilm olishdan, o'rganishdan hech qachon to'xtamaslik lozim. Xalqimizda "Beshikdan qabrgacha ilm izla", - degan naql ham bejiz aytilmagan. Bunga amal qilgan inson hayotda o'z oldiga qo'ygan maqsadiga albatta erishadi.

Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o'xshaydi. Bu gapning ma'nosini yaxshi uqib olishimiz kerak. Ilm bizni ma'rifatga, ma'naviyatga chorlaydi. Yomonlikdan qaytaradi, odobli bo'lishga chaqiradi. Ilm insonga do'st, yolg'izlikda hamroh, do'stlar orasida zeb-u ziynat, dushmanga qarshi kurashda qurol, qayg'uli kunlarda ko'makchi, jannat yo'lini ochuvchidir.

Hozirgi paytda ilm olish uchun barcha imkoniyatga egamiz. Xohlagan badiiy asarni, qiziqqan kitobingizni topish mushkul emas. Kutubxonalar yangi kitoblar bilan boyitilmoqda. Yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda maxsus qarorlar qabul qilinmoqda. Darhaqiqat, badiiy asar o'qigan odam dunyoni, tarixni yaxshi biladi, kelajakka ishonchi ortadi. Til madaniyati yuksaladi, muomala munosabati shakllanadi. Zakovatli, ma'naviyatli, bexato yozadigan, yozma nutqiga havas qiladigan darajaga yetadi. Ularning suhbatidan zavqlanasiz.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2017 yilning 4-avgustida ijodkorlar bilan uchrashuv chog'ida badiiy asar masalasiga alohida to'xtalib o'tgan edilar. Ya'ni, bu bilan "Alpomish", "Xamsa", "Boburnoma", "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Ufq" kabi asarlar har bir xonadonda bo'lishi kerak, degan fikrni anglash mumkin. Eng avvalo bu kitoblarni olishga bolalarga istak bo'lsa, uni so'ndirmasdan ota-onalar har oyda yoki bir necha oyda bir marotaba bittadan olishni harakat qilishlari zarur. Shuningdek uchrashuvda milliy madaniyatimi, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo'llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlarioldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.

Scientific Journal Impact Factor

Prezidentimiz bo'lib o'tgan ochiq va samimiy muloqotning ahamiyat, mantiqiy natijasi haqida so'z yuritib, "Bizning havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz ham albatta bo'ladi" [2,3].

Fahriddin Roziy o'zining "Latoif ul-g'iyosiyot" asarida ham ilm o'rganishga, tafakkur qilishga katta e'tibor berganligini ko'ramiz. Mutafakkir o'zining diniy-falsafiy qarashlari asosida o'sha davrning murakkab muommosini ko'tarib chiqqan. Chunki u yashagan davr ya'ni XII asr oxiri - XIII asr boshlarida diniy ilmlarning yuqori darajaga chiqishi va diniy ulamolarning mavqeyi ko'tarilishi natijasida ko'plab tabiiy ilmlarga bid'at sifatida qaralgan. Musulmon jamoasi orasida faqatgina diniy ilmlar ya'ni Qur'on, hadis ilmlari o'rganish va aksincha insonlarga aqliy tafakkur qilish, nima uchun? Degan savolga hech qanday o'rin qoldirmagan edi. Xuddi shunday murakkab vaziyatda Fahriddin Roziy o'zining o'tmishdoshlari Beruniy, Forobiy, Ibn Sino kabi allomalar mantiqiy talimotlari asosida o'z fikrlarini bayon etdi. Uning ushbu asarida "Ilm fazilati haqida" [3] deb nomlanuvchi birinchi maqolasida ilm o'rganish, tafakkur qilish va toat-ibodat o'rtasidagi munosabat to'g'risidagi o'zining tahlillarini berib o'tadi. Roziy o'z fikrlarini dalili sifatida Qur'on oyatlaridan, hadislardan misollar keltiriladi. "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma nusxasida muallif o'z fikrlarini fors tilida bildirib o'tgan, fikrini isbotlash uchun esa Qur'on oyatlarining arabcha namunalarini keltirgan va fors tilida tahlil qilib bergan.

Jabroil alayhissalom Payg'ambarga ilk vahiy olib kelgandayoq Islom ilm dini ekani ayon bo'ldi. Chunki u olib kelgan ilk kalom Alaq surasining besh oyati edi: "(Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan Zot bo'lmish Rabbingiz nomi bilan o'qing! U insonni laxta qondan yaratdi. O'qing! Rabbingiz esa karamli Zotdir. U insonga qalam bilan(yozishni) o'rgatgan Zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o'rgatdi" [4]. Ilk da'vatdayoq ushbu oyatlarning nozil qilinishi hayron qoladigan mo'jizadir. Birinchidan, Alloh taolo minglab mavzular ichidan "o'qish" mavzusini tanladi, vaholanki, Payg'ambar o'qish, yozishni bilmaydigan "ummiy" edilar. Demak, dinu diyonatni, dunyo va oxiratni anglash uchun o'qish kerak! Ikkinchidan, arablar "o'qish" mavzusiga e'tibor bermasdi, ular umri davomida xurofotlarga ishonar, har sohada ilmga muhtoj bo'lib, faqat she'r va adabiyotda mohir edilar. Qur'on arablarni ojiz qoldirib, ularni adabiyotda bellashuvga chaqirib nozil bo'ldi va Islom ilm dini ekanini e'lon qildi. Uchinchidan, ilm olish vositalarining eng mashaqqatlisi bo'lgan o'qishga amr bo'ldi. Chunki o'qish, mulohaza qilish va o'ylab ko'rish - riyozatni talab etadi. Bu ilohiy amr zamirida, "Kim bu din bilan Allohga bog'lanmoqchi bo'lsa,

Scientific Journal Impact Factor

ilm olish mashaqqatiga chidasin", degan yana bir hikmat bor. Islomning nozil etilishi ilmga odatlanmagan, ma'rifiy muhitga ko'nikmagan jamiyatda haqiqiy inqilob bo'ldi. Islomdan oldingi davr - "johiliyat" (ilmsizlik) davri deyiladi.

Roziy aqliy taffakkur, ilm fazilati haqida shunday deydi: "Xudovandning takidlashicha: mening fazilatim barcha o'zim yaratgan mahluqotlar jumlasidan bo'lganidek ilm fazilatining dalili ham habarlarning qat'iy va ko'pligidandir" [3,8B]. Bundan ko'rinib turibdiki ilm o'rganishni Xudoning o'zi buyuradi. Shu o'rinda "ilm" so'ziga to'xtalib o'tsak. Islomga ko'ra, ilm talab qilishlik har bir muslim va muslima uchun farz bo'lgan amallardandir. "Ilm" so'zi Qur'oni Karimda 765 marotaba takrorlanadi. Alloh o'z Kalomida Mujodala surasi, 11-oyatida shunday marhamat qiladi: "Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko'tarur..."

Islom chaqirayotgan ilm qanday ilm o'zi? Faqat diniy ilmmi? Yo'q, bu ilm bilimsizlikni yo'qotadigan barcha ilmlardir. Diniy ilmlar bo'lsa ham, dunyoviy ilmlar bo'lsa ham (tabiat ilmi, psixologiya, tarix, jug'rofiya, sosiologiya, algebra va boshqalar) Alloh musulmonlarni mana shu barcha ilmlarni o'rganishga qiziqtiradi. Shoyadki, shu ilmlar orqali Allohning qudrati, ulug'ligini chuqur tushunsalar. Bundan tashqari, o'z hayotlarida shu ilmlardan manfaatdor bo'ladilar. Ilm fazilati haqida Roziy Qur'on oyatlarida tabiiy ilmlarni o'rganishga chaqiriqlar borligini Rum surasi, 22-oyatini keltirib o'tadi. "Uning belgilaridan (yana biri) - osmonlar va Yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni xilma-xilligidir. Albatta, bunda barcha olimlar uchun alomatlar bordir" [3,4A]. Bu oyatda zikr qilingan "olimlar" dan murod, Alloh yer yuzida yaratgan maxluqotlarning sir-asrorlarini biluvchi shaxslardir. Bu oyatning mavzusi ham tabiiy ilmlardir. Chunki tabiiy ilmlar borliqdagi narsalarni va ularning xususiyatlarini o'rganadi. Osmonlar-u Yerning yaratilishi, insonlarning ranglari ham turli xil ekanligini aynan jug'rofiya fani o'rgatishi fikrlarimizga dalildir. Oyatdagi "va tillaringizni turli xil qilib yaratdik" degan turli millat vakillarini tillarini o'rganishga targ'ib bor. Bu hozirgi chet tillini o'rganishga dalil emasmi? Inson jinslarini va hayvonot olamini esa antropologiya, zoologiya, biologiya o'rganadi.

Muqaddas dinimizda olimning va ulamolarning, olimlarning o'rni beqiyos. Dunyoning muvozanatda turishligi ham Allohni qalbiga joylagan, raqvodor ulamolarga bog'liq, chunki olimlar buzilsa olam buziladi. Ali (r.a) tabiri bilan aytganda: "Olim ro'zadordan ham, namozlarida qoim namozxon va mujohiddan ham afzalroqdir. Agar olim vafot etsa Islom darz ketadi. U yoriqni o'rinbosargina yamashi mumkin." [5,18].

Scientific Journal Impact Factor

Shuningdek Roziy ilm fazilati xususida o'z qarashlarini davom ettirgan holda Qur'ondagi Rum surasi, 9-oyatini keltirib o'tadi: "Axir, ular er yuzida sayr etishib, o'zlaridan avvalgi payg'ambarlarni inkor qilib, imonsiz (ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! O'shalar bulardan (Makka kofirlaridan) ko'ra quvvatliroq bo'lgan va (o'z) yerlarini bular obod qilganidan ko'ra ko'proq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o'z payg'ambarlari hujjatlar keltirganlar. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi bo'lmadi, lekin ular o'zlariga zulm qiluvchi bo'ldilar" [3,3A]. Ta'kidlash joizki, bir xalqqa shunday ta'limotlar kelibdi. Unda o'tgan ummatlarning taraqqiyoti, obodonchiligi yuztuban ketishi va xarob bo'lishi sabablarini o'rganishga chaqiriq bor ekan. Bu chaqiriq tarix va sosiologiya ilmini o'rganishga bo'lgan chaqiriq emasmi? Kezi kelganda, muhim bir masalani eslatib qo'yish zarur. Oyati karima va hadislarda zikri kelgan ilm haqida kishilar ichida tushunmovchiliklar mavjud. Ba'zilar: "Oyat va hadislarda zikr etilgan ilmlardan murod, diniy ilmlar", deydilar. Bu noto'g'ri fikr! Oyat va hadislarda zikri kelgan ilm hamma foydali ilmlarni o'z ichiga oladi. Agar oyat va hadislarda faqat diniy ilmlar ko'zda tutilsa, bu narsa alohida qayd qilinadi. Misol uchun, "Alloh kimga yaxshilikni ravo ko'rsa, dinda faqih qilib qo'yadi", deyilgan hadis. Shunga o'xshash boshqa diniy ilmlar haqida gap ketganda ularning nomi va sifati ham zikr qilinadi. Demak, hozirgi zamonda musulmonlarning ham fan-texnika sohasidagi barcha daqiq ilmlar - kibernetika, daqiq hisoblar majmuasi, zarrashunoslik, irsiyatshunoslik va shu kabi ilmlardan ham farzi kifoya darajasida bilishlari zarur bo'ladi.

Roziy ushbu "Ilm fazilati haqida" maqolasida musulmon ahlini mukkasidan ketib toat-ibodat qiladigan muslim va muslimalarni tafakkur qilishga, boshqa ilmlarni ham o'rganishga chaqiradi. Jannatga kirish uchun faqatgina toat qilish emas foydali ilmlarni o'rganish va o'rgangan ilmini o'zgalarga nafi tegadigan maqsadda foydalanish joizligini aytib o'tgan. Bu tog'rida shunday fikr keltiradi: "Rasurulloh alayhissalom marhamat qiladilarki: bir soat tafakkur qilish 60 yil ibodatdan afzaldir"

Uning fikricha insonlar nafsini gapiga kirib toat qiladi. Maqsad esa bitta -Xudoning marhamatini bajarish va savobga ega bo'lish. Oxir-oqibat esa Jannatdan joy olish. Bu yaxshi albatta lekin Roziy Xudo ma'rifatini ya'ni ilmini o'rganish nafsning nasibasidan muhim va afzalroq ekanligini ta'kidlaydi. Mo'min musulmonlarni faqatgina toat qilish nafsi orqali jannatga borishgina emas balki foydali ilm o'rganish orqali ham bu maqsadga erishsa bo'lishini nazarda tutgan. Bu haqida quyidagicha fikr bildiradi: "Shuni bilgilki aqliy dalil bilan aytilgan so'z yuz ko'rinishidan ko'ra ko'proq narsani mustahkamlaydi. Shu jihatdanki banda aqlining

[3,4A].

Scientific Journal Impact Factor

tafakkuri uni Xudo marifatiga yetkazadi. Toat qilish bandani savobga yetkazadi, savob o'z navsining nasibasidir. Xudoi Taoloning marifati nafsning nasibasidan afzalroqdir. Demak fikr yuritish ibodatdan afzalroqdir" [3,5A]. Bu jihat bugungi glaballashib borayotgan dunyomizga ham juda ahamiyatli hisoblani. O'sib kelayotgan yosh avlodni ilm o'rganishga undaydi. Tushunib -tushunmasdan turli xil yod g'oyalarni o'zlariga bosh asos qilib olayotgan yoshlarimizga juda o'rnakli fikrlar hisoblanadi. Ibodat bilan bir qatorda dunyoviy-zamonaviy ilmlarni ham o'rganish bugungi dunyoning asosiy talabi hisoblanadi.

Fahriddin Roziy o'z o'tmishdoshlari ya'ni yunon faylasuflari g'oyalari asosida fikrlaydi va uning falsafiy-mantiqiy qarashlarida o'z aksini topganini ko'ramiz. Jumladan mutafakkir ham inson jismini ikkiga bo'ladi, ya'ni ruh va tana, jasadga. Bu o'rinda tafakkur va toatning munosabati ikkinchi jihatini ham keltirib o'tadi. Unda faqatgina tirik insongina fikrlay olishi va unda ruh mavjudligidan ekanligidir. Fikrlash, tafakkur qilish ruhning ishi ekanligi qanchalik inson ruhi toza, kuchli bo'lsa shuncha tiniq, aniq tafakkur qiladi degan fikr olishimiz mumkin. Inson tanasi haqida esa toatni amalga oshirishda muhim ro'l o'ynashi, ya'ni duo qilganda qo'llarimizning, namoz o'qish jarayonida qo'l, oyoq deyarli barcha inson tana a'zolari harakatga kelishini aytadi. Bunda toat-ibodat inson tanasi amali ekanligini bilib olamiz. Va o'z fikrlari oxirida inson tanasidan uning ruhi muhim ekanligi, uning obrosi yuqori ekanligini aytib o'tadi. O'z maqolasida ilmning afzalligining ikkinchi jihahatini quyidagicha tavsiflaydi: "Buning ikkinchi jihati shundaki fikrlash ruhning amalidir toat esa jasadning amalidir, ruh jasadga qaraganda sharafliroqdir. Shuning uchun fikrlash toatdan yaxshiroqdir" [3,5B].

O'z fikrlarini davom ettirgan holda Roziy uchinchi jihatini ham aytib o'tgan. Bu jihatdan faylasuf anchagina ratsionalistik jihatdan yondashadi va shunday fikr bildiradi: "Uchinchi jihati shundaki toatsiz fikr yuritish najotga sabab bo'ladi. Zeroki agar biror kofir fikr yuritsa tavhidning dalillaridan orifga aylanadi va shunday vafot etsa behisht ahlidan bo'lishi mumkin. Ammo agar ming yil ma'rifatsiz amal qilsa hech ham o'z yo'lini topa olmaydi. Demak fikrlash toatga ehtiyoj sezmaydi. Ammo toat fikrlashga muhtojdir. Demak fikrlash toat qilishdan avzalroqdir" [3,7A]. Bu fikrlardan shunday xulosalar kelib chiqadiki, ezgu fikr yuritish, foydali ilm o'rganish insonlarni yaxshilik, ezgulik sari yetaklaydi. Nafaqat fikrlovchiga balki o'zgalarga ham foydasi tegadi. Ilmsiz inson ilm o'rgansa, ezfu fikrlasa donishmand, orifga aylanadi, shu o'rgangan ilmi orqali insonlarga yaxshilik qiladi. Shu jihat ham ezgu amal hisoblanadi va savob amaldir. Oxir-oqibat o'sha inson vafot etsa Jannat ahlidan bo'lishi mumkin deb ta'kidlaydi. Boshqa tarafdan esa ko'r-ko'rona toat qilib, qilgan

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

toatiga shubha qilib qaraydigan, ibodat qilsa ham Xudo taqiqlagan amallarni bajarib, nima uchun toat qilayotganini, nima o'qiyotganini anglamasdan toat qilgan insonlar esa o'z yo'lini yo'qotib qo'yishi mumkinligi to'g'risida aytib o'tadi. Bu haqida quyidagi hadis ham namuna bo'la oladi: "Payg'ambarimizdan (s.a.v): "Qaysi amal afzal?" deb so'rashdi. U zot aytdilarki: "Alloh azza va jallani bilish" So'ng: "Siz qaysi ilmni iroda qilyapsiz?" deb so'rashdi. Payg'ambar (s.a.v) aytdilar: "Alloh taoloni bilishni" Shunda: "Biz sizdan amal haqida so'rasak, ilm haqida aytyapsiz", deyishdi. Payg'ambarimiz: "Alloh taoloni tanib qilinadigan ozgina amal manfaatli bo'ladi, Allohni bilmasdan qilingan ko'p amallar foyda bermaydi!" dedilar" [6].

Fikrlash va toat o'rtasidagi munosatdan biz o'zimizga fikrlash toatga ehtiyoj sezmasligi ya'ni toat qilmasdan ham fikrlash, aqliy mushohada qilish, ilm o'rganish mumkinligini bilib olsak bo'ladi. Ammo shunga qarama-qarshi tarzda toat qilishimizda fikrlash, aql bilan ish tutish muhim ro'l o'ynaydi. Bu o'rinda toat fikrlashga muhtojligini inkor qila olmaymiz. Bu esa Fahriddin Roziyning tafakkur qilishning toatdan afzal ekanligining uchinchi dalili sifatida keltirib o'tganligini guvohi bo'lamiz.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi jadal sur'atlarda glaballashib borayotdan davrda har bir inson ilm o'rganishi, taffakkur qilishi zamon talabiga aylanib bormoqda. Mamlakatda madernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish, o'sib kelayotgan yosh avlodlarni ta'lim-tarbiya jarayonida diniy va dunyoviy ilmlarni teng olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Fahriddin Roziyning ilm o'rganish va toat-ibodat to'g'risidagi qarashlari hozirgi murakkab davrdagi yoshlarimizning dinni to'g'ri anglab yetmasdan, turli xil yod g'oyalar qurshoviga tushib qolishi kabi muommolarga bog'liq ekanligini anglashimiz mumkin. Mutafakkirning ilm fazilati haqidagi qarashlari jamiyatimiz uchun o'ta dolzarb masala hisoblanadi va fanimiz doirasida uni tadqiq qilish hamda hayotimizga tadbiq etish zarur deb o'ylayman.

REFERENCES

1. Замонавий Гарб фалсафасининг муаммо ва йуналишлари. У;ув кулланма.// Масъул мухдррир:Мадаева Ш.О -Т.: Университет, - 2013. - Б.98.

2. Mirziyoyev Sh.M. "Adabiyot va san'at, ma'daniyatni rivojlantirish-xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mutahkam poydevoridir" mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv pdagi nutqi // "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 4-avgust soni

Scientific Journal Impact Factor

3. .^U"1/- J1 ^ .^j'j OP11 J^* (Fahr Addin Raziy "Latoif ul-Giyosiyot" arab va fors tillarida) O'zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv №10873)

4. "Kim bu din bilan Allohga bog'lanmoqchi bo'lsa, ilm olish mashaqqatiga chidasin" https:// www.Aniq.uz 07.10.2018 soni

5. Abu Homid G'azzoliy "Ihyo ulumu-ad-din" ("Diniy ilmlarning jonlanishi"). -Qohira. 1348 hijriy yil (1931) 4-jild, 18 b. (arab tilida)

6. "Ilm o'rganish fazilati" https// www.Qadriyat.uz 10.12.2014 sonidan

7. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI. Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.