Научная статья на тему 'ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING AL-ISLOH JURNALIDA ILGARI SURGAN AXLOQIY FIKRLARI (“ME’YOR UL-AXLOQ” (AXLOQ ME’YORLARI) ASARI TASNIFIDA)'

ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING AL-ISLOH JURNALIDA ILGARI SURGAN AXLOQIY FIKRLARI (“ME’YOR UL-AXLOQ” (AXLOQ ME’YORLARI) ASARI TASNIFIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
691
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XX asr boshlari / Turkiston milliy matbuoti / “Me’yor ul-axloq” / “al-Isloh” / axloq / ma’rifat / ijtimoiy hayot / ma’rifatparvar. / The beginning of the twentieth century / the Turkestan national press / "Me’yor ul-ahlak" / "al-Islah" / morality / enlightenment / public life / enlightenment.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abrorxon Asatulloyevich Asatulloyev

XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayotida jadidchilik harakati o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Jadidchilik harakatining g‘oya va fikrlari XX asr 10-yillaridan so‘ng “Al-Isloh”, “Al-Izoh” jurnallarida o‘z ifodasini topgan. “Al-Isloh” jurnali Turkiston xalqlari tarixining murakkab davrida nashr etilib turdi. Mazkur jurnalda milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti namoyandalarining turli janrlarga oid asarlari bosilgan. Ularning aksariyati hamon adabiy jamoatchilik e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. SHu bilan birga, jurnal sahifalarida ham bevosita, ham bilvosita adabiy-estetik fikrlar yuzasidan munozaralar bo‘lgan. Bu qarashlarni tadqiq etish va ulardan chiqadigan xulosalarni umumlashtirish adabiyotshunosligimiz uchun muhim ahamiyatga molikdir. “Al-Isloh” sahifalarida yangi ijtimoiy voqelik sharoitida diniy arkonlar, aqidalar tahlil va talqin etildi, zarur o‘rinlarda ularga isloh kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. Natijada, mazkur nashrning diniy-ma’rifiy qarashlar rivojida ham muayyan ahamiyatga molik bo‘lgani shubhasizdir. Bu jarayonni kuzatish ma’naviy – ruhiy tafakkurimizning tadrijini aniqlashga ko‘maklashadi. Ushbu fikrlarning isboti o‘laroq Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning “Me’yor ul-axloq” asari va undagi ilgari surilgan axloqiy g‘oyalarning jurnalning ba’zi sonlarida nashr etib borilishi nihoyatda e’tiborlidir. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning axloqiy, ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi materiallari bugungi kunga qadar maxsus tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan emas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MORAL THOUGHT OF ABDURAHMAN SAYA TASHKENT IN THE JOURNAL OF AL-ISLAH (IN THE WORK CLASSIFICATION “ME’YOR UL-AHLOK”)

In the first quarter of the twentieth century, the Jadid movement occupied a special place in the public life of Turkestan. The ideas and thoughts of the Jadid movement were published in the magazines ";Al-Islah" and "Al-Izoh" after the 10s of the twentieth century. The magazine ";Al-Islah" was published at a difficult time in the history of the peoples of Turkestan. The journal publishes works of Uzbek literature of various genres of the period of national revival. Many of them still remain outside the attention of the literary community. At the same time, both direct and indirect literary and aesthetic ideas were discussed on the pages of the magazine. Studying these views and generalizing the conclusions drawn from them are of great importance for our literature. On the pages of ";Al-Islah" in the context of the new social reality, religious principles and beliefs were analyzed and interpreted, and, if necessary, proposals were made for their reform. As a result, there is no doubt that this publication also played an important role in the development of religious and educational views. Observing this process helps determine the evolution of our spiritual thinking. As evidence of these ideas, it is noteworthy that the work of Abdurahman Sayyokh Tashkendi "Me'yor ul-ahlok" and the moral ideas outlined in it were published in some issues of the magazine. The materials of Abdurahmon Sayokh Tashkendi on moral, educational and socio-political issues have not yet been studied as a special object of research.

Текст научной работы на тему «ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING AL-ISLOH JURNALIDA ILGARI SURGAN AXLOQIY FIKRLARI (“ME’YOR UL-AXLOQ” (AXLOQ ME’YORLARI) ASARI TASNIFIDA)»

ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING AL-ISLOH JURNALIDA ILGARI SURGAN AXLOQIY FIKRLARI ("ME'YOR UL-AXLOQ" (AXLOQ

Annotatsiya: XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayotida jadidchilik harakati o 'ziga xos mavqega ega bo 'lgan. Jadidchilik harakatining g'oya va fikrlari XX asr 10-yillaridan so'ng "Al-Isloh", "Al-Izoh" jurnallarida o'z ifodasini topgan. "Al-Isloh" jurnali Turkiston xalqlari tarixining murakkab davrida nashr etilib turdi. Mazkur jurnalda milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti namoyandalarining turli janrlarga oid asarlari bosilgan. Ularning aksariyati hamon adabiy jamoatchilik e'tiboridan chetda qolib kelmoqda. SHu bilan birga, jurnal sahifalarida ham bevosita, ham bilvosita adabiy-estetik fikrlar yuzasidan munozaralar bo 'lgan. Bu qarashlarni tadqiq etish va ulardan chiqadigan xulosalarni umumlashtirish adabiyotshunosligimiz uchun muhim ahamiyatga molikdir. "Al-Isloh" sahifalarida yangi ijtimoiy voqelik sharoitida diniy arkonlar, aqidalar tahlil va talqin etildi, zarur o'rinlarda ularga isloh kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. Natijada, mazkur nashrning diniy-ma 'rifiy qarashlar rivojida ham muayyan ahamiyatga molik bo 'lgani shubhasizdir. Bu jarayonni kuzatish ma'naviy - ruhiy tafakkurimizning tadrijini

aniqlashga ko'maklashadi . Ushbu fikrlarning isboti o'laroq Abdurahmon Sayyoh

Toshkandiyning "Me'yor ul-axloq" asari va undagi ilgari surilgan axloqiy g'oyalarning jurnalning ba'zi sonlarida nashr etib borilishi nihoyatda e'tiborlidir. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning axloqiy, ma 'rifiy va ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi materiallari bugungi kunga qadar maxsus tadqiqot ob 'ekti sifatida o 'rganilgan emas.

Kalit so'zlar: XX asr boshlari, Turkiston milliy matbuoti, "Me'yor ul-axloq", "al-Isloh", axloq, ma'rifat, ijtimoiy hayot, ma'rifatparvar.

НРАВСТВЕННЫЕ МЫСЛИ АБДУРАХМАНА САЙЯ ТАШКЕНТА ПРОДУКТАЮТСЯ В ЖУРНАЛЕ AL-ISLAH(B КЛАССИФИКАЦИИ РАБОТЫ «МЕЪЁР УЛЬ-АХЛОК» (НРАВСТВЕННОСТЬ)) Асатуллоев Аброрхон Асатуллоевич

Преподаватель философии в Гулистанском государственном университете

abshah.uz1992@gmail.com (90 982-30-92) Аннотация: В первой четверти ХХ века движение джадидов занимало особое место в общественной жизни Туркестана. Идеи и мысли движения джадидов публиковались в журналах «Алъ-Ислах» и «Аль-Изох» после 10-х

138

ME'YORLARI) ASARI TASNIFIDA)

Abrorxon Asatulloyevich Asatulloyev

Guliston davlat universiteti falsafa fani o 'qituvchisi abshah.uz1992@gmail.com

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

годов ХХ века. Журнал «Алъ-Ислах» выходил в сложное время в истории народов Туркестана. В журнале представлены произведения узбекской литературы разных жанров периода национального возрождения. Многие из них до сих пор остаются вне внимания литературной общественности. При этом на страницах журнала обсуждались как прямые, так и косвенные литературно-эстетические идеи. Изучение этих взглядов и обобщение сделанных из них выводов имеют большое значение для нашей литературы. На страницах «Алъ-Ислах» в контексте новой социальной реальности были проанализированы и истолкованы религиозные принципы и верования, а при необходимости внесены предложения по их реформированию. В результате не вызывает сомнений, что это издание также сыграло важную роль в развитии религиозных и просветительских взглядов. Наблюдение за этим процессом помогает определить эволюцию нашего духовного мышления. В качестве доказательства этих идей примечательно то, что произведение Абдурахмана Сайёха Ташкенди «Ме'йоруль-ахлок» и изложенные в нем моральные идеи были опубликованы в некоторых номерах журнала. Материалы Абдурахмона Сайёха Ташкенди по моральным, просветительским и социально-политическим вопросам до сих пор не изучались как особый объект исследования.

Ключевые слова: Начало ХХ века, туркестанская национальная пресса, «Мейор уль-ахлак», «аль-Ислах», нравственность, просвещение, общественная жизнь, просвещение.

MORAL THOUGHT OF ABDURAHMAN SAYA TASHKENT IN THE JOURNAL OF AL-ISLAH (IN THE WORK CLASSIFICATION "ME'YOR

UL-AHLOK") Asatulloev Abrorkhon Asatulloevich

Teacher of philosophy at Gulistan state university abshah.uz1992@gmail.com (90 982-30-92) Annotation: In the first quarter of the twentieth century, the Jadid movement occupied a special place in the public life of Turkestan. The ideas and thoughts of the Jadid movement were published in the magazines "Al-Islah" and "Al-Izoh" after the 10s of the twentieth century. The magazine "Al-Islah" was published at a difficult time in the history of the peoples of Turkestan. The journal publishes works of Uzbek literature of various genres of the period of national revival. Many of them still remain outside the attention of the literary community. At the same time, both direct and indirect literary and aesthetic ideas were discussed on the pages of the magazine. Studying these views and generalizing the conclusions drawn from them are of great importance for our literature. On the pages of "Al-Islah" in the context of the new social reality, religious principles and beliefs were analyzed and interpreted,

and, if necessary, proposals were made for their reform. As a result, there is no doubt that this publication also played an important role in the development of religious and educational views. Observing this process helps determine the evolution of our spiritual thinking. As evidence of these ideas, it is noteworthy that the work of Abdurahman Sayyokh Tashkendi "Me'yor ul-ahlok" and the moral ideas outlined in it were published in some issues of the magazine. The materials of Abdurahmon Sayokh Tashkendi on moral, educational and socio-political issues have not yet been studied as a special object of research.

Key words: The beginning of the twentieth century, the Turkestan national press, "Me'yor ul-ahlak", "al-Islah", morality, enlightenment, public life, enlightenment.

Mazkur tadqiqot jarayonida "Al-Isloh" jumali jadidlarning "Oyna" jurnali kabi nufuzli jurnallari o'zaro tahlil qilib o'tiladi. Ushbu jurnal Abdurahmon Sayyoh va Munavvarqori Abdurashidxonovlar tashabbusi bilan 1915 yil 14-yanvarda Toshkent shahrining O'rda dahasida G.Y.YAkovlev tipo - litografiyasida dunyo yuzini ko'rdi. 1915 yilgi sonlari shu nashriyotda, 1916, 1917, 1918 yillari O.A.Porsev litografiyasida chop etildi. 1918 yilgi 5 soni Asqarxon Pahlavonov muharrirligida nashr qilingan. 1915, 1916, 1917 yildagilari har bir soni 32 sahifadan, 1918 yilgi sonlari 16 sahifadan iborat bo'lib, bir oyda ikki marta nashr etilgan.[1;32]

"Al-Isloh" jurnalining maqsad va vazifalari haqida jurnalning 1915 yilgi 2-sonida quyidagilar yozilgan:

"Isloh" zamon musulmonlarga diniy va dunyoviy xizmat qiladurg'on majalladur. "Isloh" musulmonlarni Kitob va sunnat tarafiga chaqiradurgan majalladur.

"Isloh" musulmonlarni nomashru' ishlardan qutqaradurg'on majalladur. "Isloh" musulmonlarni masalayi fiqh va e'tiqodi zaruriyatdan xabardor qiladurg'on majalladur".

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning Al-Isloh jurnalida ilgari surgan axloqiy fikrlari obyektiv ochib berildi. Sirojiddin Ahmedov, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning asarlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Mazkur tadqiqotning strukturasini tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash va "Al-Isloh" jurnalining tasnifini amalga oshirish alohida o'rin egallaydi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur jurnalda diniy - islomiy hamda dunyoviy mavzularga oid maqolalar nashr etilgan. Jurnalda Hamza, Saidahmad Vasliy, Kamiy, Sidqiy Xondayliqiy, Is'hoqxon Ibrat, Tavallo, Mahmud Alizoda Toshkandiy, Abdurahmon Sayyoh, Zafarxon Javhariy, Bahriddin Azmiy, Mubashshirxon, Mulla Xolmuhammad To'raquli, Ibrohim Tohiriy, Said Ahror Maxzum, Ahmadxo'ja Eshon, Zuhriddin Eshonxon, Mulla Hoshim Hayratiy, SHamsiddin Xoib va boshqa ijodiy faoliyati shu paytgacha deyarli o'rganilmay kelgan ko'plab mualliflarning asarlari chop etilgan. Jurnal o'z nomi va maqsadidan kelib chiqqan holda diniy - dunyoviy islohotchilik yo'lini tutdi.

Xo'sh, jurnal muharriri Abdurahmon Sayyoh kim edi? "Abdurahmon Sayyoh ibn Hoji Muhammad Sodiqov (1879, Toshkent -1918, Qo'qon) - ma'rifatparvar, noshir. Arabiston, Turkiya, Hindiston, YAponiya mamlakatlariga sayohat qilgani uchun o'ziga "Sayyoh" taxallusini olgan. O'n yoshida ota-onasi, aka - singlisi bilan Makkaga ketadi, o'sha erda oila a'zolarining barchasidan ayriladi. Keyinchalik Hindistonning Rajpur shahriga kelib, 5-6 yil madrasada tahsil oladi. 1906 yil

zargarlik buyumlari bilan savdo qilib, Xitoyga boradi. Xitoydan Manjuriya orqali Buxoroga kelmoqchi bo'ladi. Ammo Rossiya va YAponiya o'rtasida urush

borayotgani sababliYAponiya hukumati uni Mukden shahrida hibsga oladi. Va Port-Artur shahrida saqlaydi. Urush tugagach, Gonkong orqali Hindistonning Kalkutta shahriga yuboriladi. U Bombey shahriga kelib, Rossiya bosh konsuliga murojaat qiladi. Hind, Xitoy, arab, fors, turk tillarini bilgani uchun 1907 yil konsulxonaga ishga olinadi. 1908 yil Toshkentga qaytib keladi va Turkiston harbiy okrugi shtabida ishlaydi"[2;428] SHu orada Munavvar qori Abdurashidxonov bilan do'stona munosabatda bo'lib, hamkorlikda "Al-Isloh" jurnalini chiqara boshlaydi. 1912-13 yillarda noshir va muallif sifatida islom odob-axloqi, muqaddas shaharlar tarixi, shuningdek, kezib chiqqan mamlakatlari haqida ko'plab sayohatnomalar chop ettirgan. U "Tarixi islom", "Tuhfat ul anom tarixi bayt ul-Harom", "Tarixi izolat ul-g'ayn an-qissat il-Zulqarnayn", "Tanvir ul-ahdoq fi makorim il-axloq", "Me'yor ul-axloq" kabi asarlar muallifidir. Hamda Hindistondan Faxriddin Roziyning "Tafsiri kabir" asarini keltirib nashr etgan.[3]

Jurnalning nashr etilishi va faoliyatida Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning o'rni muhimligini biz jurnalda nashr etilgan ba'zi maqolalarda ko'rishimiz mumkin. Jurnalning 1915 yil 1-sonida Kamiyning "Al-Isloh" deb nomlangan she'ri chop etilgan bo'lib, shoir bunday yozadi:

Sayyoh afandi nashri ko'rsatdi sa'yu g'ayrat, Tokim zuhura keldi bu nav' yaxshi xizmat. Necha adibi komil ham asru ham afozil,

YOrdamchisidur oning bo sidqi dil bahimmat.

Har kim taraqqiydin istar rivoji islom,

O'zi va otasig'a aning hazor rahmat[4] "Al-Isloh"ning 1917 yil 1-sonida Bahriddin Azmiyning "Tashakkur" sarlavhali she'ri bosildi. Jurnalning isloh etishini, va ma'rifat targ'ibotchisi bo'lishini istab, u bunday yozadi:

Muddate biz ixtilof ila yasharduk subhu shom,

Ixtilof ila qorishqon shayxu mulla o'zgacha.

O'zgalar jurnolu ro'znoma rivojin istasa,

Biz etarduk necha yuz g'avg'oni barpo o'zgacha.

SHukri sadki ushbu dam topduk nishoni ittihod,

CHunki ul Sayyoh afandi etdi ifsho o'zgacha.[5]

Demak jurnalning faoliyatida Abdurahmon Sayyohning o'rnini shu kabi bir qator she'riy misralarda ko'rishimiz mumkin.

Ta'kidlash kerakki, milliy uyg'onish davri ulamolari yosh avlodga "ma'ruf hadis kitoblari va islom ulamolari asarlari" asosida ta'lim berishga katta xizmat qilgan. Jurnal muharriri Abdurahmon Sayyoh asarlari ayni shu jihatdan ham ahamiyatlidir. Sayyoh asarlari qanday asarlar edi? "Tuhfat ul anom tarixi bayt ul -Harom" asarida Makkai mukarramaning tarixi, geografik iqlimi, islom ma'rifati va madaniyati rivojida tutgan o'rni masalalari qalamga olingan. Musulmon olamining XX asr boshidagi qoloqlik girdobiga tushishi sabablari ochib berilgan. "Me'yor ul-axloq" asari odob-axloqqa bag'ishlangan bo'lib, "Al-Isloh" ma'lumoticha, ikki bo'limdan iborat. Har bir bo'lim ettitadan bobga ajratilgan.

Birinchi bo'limdagi boblar:

1. Axloqning insonlarga xosligi.

2. Axloqning buyukligi.

3. Axloqning mafhumi.

4.Axloqning fazilati.

5. Axloqning yomonligi.

6. Axloqning yomonlik ta'sirida buzilishi.

7. YAxshi ahloqning ijro etuvi va yomon axloqning yo'qolishi.

"Tarixi islom" asarida islom dini tarixi, payg'ambarlar haqida ma'lumot, islom dini haqidagi rivoyatlar bayon qilinadi. Jurnalda yozilishicha, "Tanvir ul-ahdoq fi makorim il-axloq" asari odob-axloq masalalariga bag'ishlangan bo'lib, Turkiston shevasida, o'zbekcha. Ushbu risolada ma'rifat va axloq uyg'unligi hayotiy misollar asosida ochib berilgan. Odamlarning madaniyat, tijorat va boshqa ishlarida zarur

qo'llanma hisoblangan. "Tarixi izolat ul-g'ayn an-qissat il-Zulqarnayn" Iskandar Zulqarnaynning hayoti haqida, uning YA'juj -ma'jujlarga qarshi kurashi, ulardan himoyalanishi uchun qurdirgan devori tarixiga bag'ishlangan asar. Bulardan tashqari, jurnalda Abdurahmon Sayyoh Faxriddin Roziyning "Tafsiri kabir" asarini turkchaga tarjima qilib, nashr ettirgan. Unda o'rganilishi muhim bo'lgan oltmishta ilmni sanab o'tadi.[6]

Abdurahmon Sayyohning ta'kidlashicha jurnalning har bir sonida birinchi yoki oxirgi sahifalarda "Isloh" kutubxonasi haqida ma'lumot berilgan. Unda jadid adiblari va shoirlarining asarlari, Qur'oni karim, "ma'ruf hadis kitoblar va islom ulamolari asarlari" mohiyati haqidagi fikrlarni o'qish mumkin. Kutubxonada maktab va madrasalarga zarur bo'lgan qog'oz-qalamgacha bo'lgan. Kutubxona o'z davrida katta shuhrat qozongan.

Jurnal mushtariylarining kutubxonadan mamnun ekanlari izhoriga bag'ishlangan maktublari shundan dalolat beradi. Jurnal faoliyati mustamlaka ma'muriyati xizmatining muntazam nazoratida bo'lgan.[7;5] Buning natijasida jurnal va uning

tahrir hay'ati qoralangan. Binobarin, "Al-Isloh" jurnaliga sho'ro mafkurasi nuqtai

nazaridan baho berilishi ilmiy xolislikka muvofiq emas. Hukmron mafkura ta'sirida hatto Abdulla Avloniy va CHo'lpon ham jurnal va noshiri Abdurahmon Sayyoh haqida haqiqatga zid fikrlarni aytishga majbur bo'lgan edi:

"Bu jurnal eski hukumat ayg'oqchisi hamda Turkistonda bobiy mazhabining boniysi bo'lgan Abdurahmon Sayyoh tomonidan chiqarilib, bir qancha davom etib to'xtadi.."[8;16]

Aslida - chi? Aslida ham bu jurnal "qora guruh" faoliyatining mahsuli edimi? Masalaga xolis yondashuv boshqacha xulosa chiqarish imkonini beradi. "Al-Isloh"ni yangicha ko'z qarash asosida o'rganish natijalari Avloniy va CHo'lpon fikrlarining hukmron mafkura talabini ifoda etganini ko'rsatadi. Binobarin, jurnal muharriri Abdurahmon Sayyoh va barcha mualliflar bobiy mazhabining Turkistonga kirib kelishiga qarshi chiqib, jurnalning bir necha sonlarida tanqidiy maqolalar chop ettirganlar. Jumladan, "Turkistonda bobiylar", "Umum ulamolarning tavajjuhlarina jalb etadurg'on xabarlar" shunday maqolalardan edi. Fikrimiz dalili uchun quyidagi jumlani keltiramiz:

"Bobiy mazhabi Turkistonga kirub keluvidin choralar izlanmasa g'arib, avomlarimizning tezlik ila bobiy mazhabina kirub ketuvlari shubhasizdir... bunlar din buzg'uvchilar emishlar..."[9] deya kuyinib yozadi tahririyat a'zolari.

Abdurahmon Sayyoh o'z asarlaridan parchalarni jurnal nashrlarida nashr etar ekan xalqqa tushunarli bo'lishi uchun soddalashtirb tushuntirishga harakat qiladi. Abdurahmon Sayyoh qalamiga mansub asarlardan "Me'yor ul-axloq" asari o'rta

asrlarda yashab o'tgan islom olamining yirik allomalari ilgari surgan g'oyalar asosida yozilgan bo'lib, odob-axloqqa oiddir. Mazkur asarlarda muallif axloqning mohiyati xususida fikr yuritar ekan avvalo Qur'oni karim, hadisi sharif hamda imom G'azzoliy, Faxriddin Roziy kabi allomalar asarlariga ishora qiladi. Asarda muallif tomonidan an'anaviy musulmon odob-axloq masalalariga yangicha yondashuvlarning bildirilishi alohida ahamiyatga ega.

"Me'yor ul-axloq" asari 1912 yil(hijriy 1330yil)da Toshkentda G'ulom Hasan Orifjonov matbaasida toshbosma uslubida chop etilgan. Kitob ikki qism (hissa)dan iborat bo'lib, har ikki qismi ettitadan bobni o'z ichiga olgan. Kitobning birinchi qismi asosan axloqning nazariy masalalariga bag'ishlangan. Kitobning ikkinchi qismi esa, axloqning amaliy masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda inson axloqi va axloqning ijobiy hamda salbiy kategoriyalariga misollar asosida tavsiflar berilgan.

Kitob so'ngida inson axloqi va ruhiyati uchun xos bo'lgan o'ttiz ikkita xislat tavsiflangan. Unda islomiy an'analardan kelib chiqqan holda ibodat, taqvo, shukr, duo, sabr kabi tushunchalarga izoh berish bilan birga, inson axloqining muhim sifatlari bo'lgan adab, afu, shafqat, sahovat va ehson, tavoze' va ehtirom, shijoat, diyonat, vafo, sodiqlik kabi kategoriyalarni tahlil qiladi. Kitob so'ngida berilgan ma'lumotga qaraganda, Abdurahmon Sayyoh "Me'yor ul-axloq" asarining uchinchi va to'rtinchi qismlarini ham nashrga tayyorlagan.

Asarda islom olamida o'tgan buyuk allomalarning fikrlari bilan birga ularga sodda sharhlar berib borilgan. Misol uchun quyida shunday deyiladi:

Imom G'azzoliy axloq ilmini tib ilmiga qiyos qilib shunday deganlar: "Badan sihat-salomatligi muhofazasi uchun tib qoidalariga rioyat qilish va kasallik yuz berganda tabiblarga murojaat qilish lozim. SHuningdek, ma'naviy hayotiylik muhofazasi uchun ham axloq ilmi ta'limi mutaxassisiga murojaat qilmoqlik lozim va vojibdir. Badandagi jismoniy kasallik shubhasiz uning halokatiga olib keladi. Va ma'naviy kasallik - axloqsizlik ham ma'naviy hayotning halokatiga sabab bo'ladi"

Jismoniy kasallik inson hayotini nihoyasiga etkazar ekan, kishilar e'tiborli bo'ladilar va tabiblarga borib muolaja oladilar. SHunday ekan, ma'naviy kasallik ham ma'naviy hayotni yo'qlikka olib kelishini anglagan holda axloq ilmiga e'tibor qaratishlari lozim.

Inson ikki narsaning majmuidan iboratdir. Ularning birinchisi jism bo'lsa, ikkinchisi ruh, uni nafs ham deydilar. Jismni ko'z bilan ko'rsa, qo'l bilan ushlasa bo'ladi. Ruhni esa zohiran his etib bo'lmaydi. Balki, aql bilan uning siyratiga qarab topish mumkin. SHu sabab ko'z va ko'rish kabi zohiriy sifatlar inson jismiga taalluqlidir. Ammo, fe'l-atvor, amallar va odatlar ruhga xos hislatlardirki, ular insonning botiniy surati ko'zgusidir. Toki, insonning barcha a'zolari mutanosib va barobar bo'lmas ekan zohiriy husn mukammal bo'lmaydi. SHundan qiyos qilib aytish mumkinki, insonning fe'l-atvor va hatti-harakatlari me'yorida bo'lmasa uning botiniy

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

husni mukammal bo'lmaydi. YOki aytish mumkinki, u insonning ahloqi etuk bo'lmaydi.

Zohiriy suvratni "xalq" ("fatha" bilan) va botiniy suvratni "xulq" ("zamma" bilan) deyiladi. Odatda falon shaxs xushxalq va xushxulqdir deb - aytadilar. Bu gapni aytishdan maqsad u kishining ham zohiriy va ham botiniy husni orastaligi, bekamu-ko'stligidir.

"Axloq" xulqning ko'pligidir. Forsiy tilida "xulq" so'zi o'rnida uning ko'pligi "axloq" lafzini qo'llaydilar.

Xulq inson nafsini aniqrog'i uning ichki dunyosini davolovchi sifatlardan biridir. Undan insonda taammul ya'ni fikrlash, mulohaza qilish holati sodir bo'ladi. Agar kishida shunday holat bo'lsa, u aqlli va maqtovga loyiqdir. Bas bu sifatni chiroyli xulq yoki xushxulq deyiladi. Agar hatti-harakatda salbiy holat yuz bersa uni badxulq deyiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Toshkandiy insoniylik sharafi, qiymati, shaxs kamoloti xususida yozar ekan, nafs va ruh tasvirlariga alohida e'tibor qaratadi. Ayniqsa, ma'rifatparvarning ushbu asarida ruhning maqom va darajalari, nafs martabalari chuqur yoritilganki, ularni o'rganish biz yoshlarning ta'lim tarbiyamiz uchun foydadan xoli bo'lmaydi, deb o'ylaymiz, chunki ruhiyati sog'lom yoshlargina buyuk kelajak poydevorlari bo'la olishadi.

SHuni unutmaslik kerakki, xulq faqat ish harakatnigina ifodalamaydi. Balki, nafsga xos sifatlardan birining ham nomidir. Masalan, ba'zi insonlar sahovat xulqiga ega bo'ladilar. Garchi, ularning holati yo'qchilik sababi bilan uzrli bo'lsa ham. Ba'zi insonlar esa, bahillik xulqiga ega bo'ladilar.[10;22]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Sirojiddin Ahmedov. Munavvarqori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. T.: Ma'naviyat, 2003. -B. 197 ( Sirojiddin Akhmedov. Munavvarkori Abdurashidkhonov. Selected works. T.: Spirituality, 2003. P. 197.)

2. Ahmedov S. Sayyoh. O'zbekston milliy ensiklopediyasi .7-tom.- B. 704. (Akhmedov S. Sayyokh. National Encyclopedia of Uzbekistan. Volume 7. P. 704.)

3. Al-Isloh, 1915, 11-12-14 sonlarida "YAngi asarlar" ruknida tanishtirib borilgan.( Al-Islah, 1915, 11-12-14, presented in the column "New Works".)

4. Al-Isloh, 1915, 1-son.( Al-Islah, 1915, 1-issue)

5. Al-Isloh,1917, 1-son.( Al-Islah, 1917, 1-issue)

6. Al -Isloh, 1915, 17-sonida e'lon qilingan.( Published in Al-Islah, 1915, №17.)

7. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi. 461-fond , 1-ro'yxat, 1784-ish, varaq 120.

8. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

9. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

10.Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

11.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

12.Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

13.Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

14. Abdulla Avloniy. Burung'i o'zbek vaqtli matbuotining tarixi. Milliy uyg'onish

va filologiya masalalari. (Nashrga tayyorlovchi SHuhrat Rizaev.) T.: Universitet,

1993;(Abdullah Avloni. History of the former Uzbek periodicals. Problems of

national awakening and philology. (Prepared by Shukhrat Rizaev.) T .: University,

^V«(Abdurahman Sayokh Tashkandi. Meyar ul-ahlak. Gulom Hasan Orufjonov. Tashkent, 1912 y. p. 170.)

17. Abrorkhon Asatulloev, Kendjaev Shavkatdjon, Ravshanova Gulkhayo. In the twentieth century, Turkestan national media outreach ideas published by Abdurakhmon Sayyoh Tashkendy, entitled "Rule of Law". International journal of advanced science and technology. 2020, vol. 29, № 5. Pp. 1781-1784 http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/issue/view/274

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.