Научная статья на тему 'IBN RUSHDNING “KITAB FASL AL-MAQĀL VA-TAQRIR MA BAYNA ASH-SHARI‘AH VA AL-HIKMAH MIN AL-ITTISĀL” ASARIDAGI MULOHAZALAR TAHLILI'

IBN RUSHDNING “KITAB FASL AL-MAQĀL VA-TAQRIR MA BAYNA ASH-SHARI‘AH VA AL-HIKMAH MIN AL-ITTISĀL” ASARIDAGI MULOHAZALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
131
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Rushd / Averroes / G‘azzoliy / din / diniy mulohazalar / falsafa / hikma / “Fasl al-maqāl”. / Ibn Rushd / Averroes / Ghazali / religion / religious considerations / philosophy / wisdom / Fasl al-maqal

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ikramova, Iroda Rixsivayevna

Ushbu maqolada Ibn Rushdning falsafa va diniy mulohazalar o‘rtasidagi bog‘liqlikka bag‘ishlangan “Kitab fasl al-maqāl va-taqrir ma bayna ash-shari‘ah va al-hikmah min al-ittisāl” asaridagi mulohazalarini atroflicha o‘rganishga harakat qilingan. Shuningdek, Ibn Rushd “Fasl al-maqāl” asarida falsafa va diniy mulohazalar o‘rtasida bir-biriga qarshi bo‘lmagan ko‘plab misollar mavjudligini ta’kidlab o‘tganligini ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad falsafa va diniy bitiklar o‘rtasidagi uyg‘un munosabatni o‘rganishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF IBN RUSHD'S CONSIDERATIONS IN THE BOOK FASL AL-MAQL AND TAQRIR MA BAYNA ASH-SHARI'AH AND AL-HIKMAH MIN AL-ITTISIL

This article analyzes Ibn Rushd's comments on the connection between philosophical and religious considerations in Kitab al-Maqal wa-taqrir ma bayna ash-shari'ah wa al-hikmah min al-ittisāl. It is also considered that Ibn Rushd in Fasl al-Maqal noted that there are many examples between philosophical and religious considerations that do not contradict each other. The main purpose of writing this article is to study the harmonious relationship between philosophy and religious writings.

Текст научной работы на тему «IBN RUSHDNING “KITAB FASL AL-MAQĀL VA-TAQRIR MA BAYNA ASH-SHARI‘AH VA AL-HIKMAH MIN AL-ITTISĀL” ASARIDAGI MULOHAZALAR TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

IBN RUSHDNING "KITAB FASL AL-MAQÄL VA-TAQRIR MA BAYNA ASH-SHARTAH VA AL-HIKMAH MIN AL-ITTISÄL" ASARIDAGI

MULOHAZALAR TAHLILI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Ibn Rushdning falsafa va diniy mulohazalar o'rtasidagi bog'liqlikka bag'ishlangan "Kitab fasl al-maqal va-taqrir ma bayna ash-shari'ah va al-hikmah min al-ittisal" asaridagi mulohazalarini atroflicha o'rganishga harakat qilingan. Shuningdek, Ibn Rushd "Fasl al-maqal" asarida falsafa va diniy mulohazalar o 'rtasida bir-biriga qarshi bo 'lmagan ko 'plab misollar mavjudligini ta'kidlab o'tganligini ko'rib chiqiladi. Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsadfalsafa va diniy bitiklar o 'rtasidagi uyg'un munosabatni o 'rganishdir.

Kalit so'zlar: Ibn Rushd, Averroes, G'azzoliy, din, diniy mulohazalar, falsafa, hikma, "Fasl al-maqal".

Аннотация: В статье анализируются комментарии Ибн Рушда о связи между философскими и религиозными соображениями в Китаб аль-Макаль ва-Такрир ма байна аш-Шариат ва аль-Хикмах мин аль-иттисал. Также считается, что Ибн Рушд в Фасл аль-Макале отметил, что существует множество примеров между философскими и религиозными соображениями, которые не противоречат друг другу. Основная цель написания этой статьи -изучить гармоничную взаимосвязь философии и религиозных писаний.

Ключевые слова: Ибн Рушд, Аверроэс, Газали, религия, религиозные соображения, философия, мудрость, "Фасл ал-макал".

Abstract. This article analyzes Ibn Rushd's comments on the connection between philosophical and religious considerations in Kitab al-Maqal wa-taqrir ma bayna ash-shari'ah wa al-hikmah min al-ittisal. It is also considered that Ibn Rushd in Fasl al-Maqal noted that there are many examples between philosophical and religious considerations that do not contradict each other. The main purpose of writing this article is to study the harmonious relationship between philosophy and religious writings.

Keywords: Ibn Rushd, Averroes, Ghazali, religion, religious considerations, philosophy, wisdom, Fasl al-maqal.

Ikramova Iroda Rixsivayevna

irodasadoyi@gmail.com Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi o 'qituvchisi

1537

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Bugungi ilm-fan rivojlanayotgan davrda turli xil ziddiyatlar yuzaga kelishi albatta tabiiy xol. Ayniqsa, bu ziddiyat din bilan bo'lsa, bu nafaqat ilm-fan rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, balki jamiyat hayotiga ham negativ ta'sir ko'rsatishi ham mumkin. Aslini olganda, fan va din o'rtasidagi bunday kelishmovchiliklar bir necha asrlar avval ham bo'lgan, asrlar davomida ham bo'lib kelmoqda. Ilmiy tafakur tarixi shuni ko'rsatadiki, din va ilm-fan, o'zaro tafovutlarga qaramay, ijobiy yo'llarda o'zaro ta'sir o'tkazishlari mumkin. Bu kelishmovchiliklarni bartaraf qilish yo'lida bir qancha faylasuf-olimlar kurash olib borganlar. Xususan, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Galileo Galiley va boshqalar falsafa va dinni o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilganlar. Albatta ularga qarshi chiquvchilar ham topilgan. O'rta asrlar ilohiyotshunoslari va huquqshunoslari faylasuflarning qarashlariga zid bo'lgan pozisiyalarni egallashgan. Masalan, G'azzoliy "Faylasuflarni rad etish" ("Tahafut ul -falasifa") asarida Ibn Sinoni islom dinini aristotelizm va neoplatonizm ta'limotlari bilan yarashtirish maqsadidagi harakatlari uchun tanqid qilgan. Keyinchalik Ibn Rushd o'z navbatida "raddiyani rad etish" ("Tahafut ut-tahafut") asarida G'azzoliyning dalillarini tanqid qiladi va o'zining ilmiy yondashuvini asoslashni zarur deb topadi [6,102].

Ibn Rushdning falsafiy qarashlari, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, "Ikki haqiqat" haqidagi qarashlari rus olimlari, Yevropa olimlari tomonidan keng o'rganilgan. Maqolada Ibn Rushdning din va falsafa uyg'unligi borasidagi qarashlari bu borada fikr bildirgan faylasuflar qarashlari bilan qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, bugungi kunda aynan shu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borayotgan olimlar ishlaridan qiyosiy tahlil uchun foydalanilgan.

Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, germenevtik va sinergetik metodlardan hamda to'ldiruvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik, vorisiylik tamoyillaridan foydalanildi.

Bu jarayonda Forobiy va Ibn Sino oshkoralik yo'lini tanlamagan bo'lsalar, Ibn Rushd bu boradagi o'z mulohazalarini ochiq oydin bildirgan. Ibn Rushdning falsafa va diniy mulohazalar o'rtasidagi bog'liqlikka bag'ishlangan "Kitab fasl al-maqal va-taqrir ma bayna ash-shari'ah va al-hikmah min al-ittisal" (keyinchalik "Fasl al-maqal") asarida o'z mulohazalarini atroflicha yoritishga harakat qilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1538

Scientific Journal Impact Factor

Ibn Rushd "Fasl al-maqal" asarida falsafa va diniy mulohazalar o'rtasida bir-biriga qarshi bo'lmagan ko'plab misollar mavjudligini ta'kidlab o'tgan. Aslini olganda, Ibn Rushdning mazkur risolasidagi maqsadlardan biri - falsafa va diniy mulohazalar haqiqatni ifodalashda bir-biriga mos va uyg'un fikrlash usullari sifatida talqin qilishdir [7,34]. Falsafa (hikma) va oyatlarni (ya'ni diniy bitiklarni) o'zaro mos bo'lgan va bir-biriga zid bo'lmagan munozarali shakllar sifatida tavsiflash bu dastlabki tavsif hisoblanadi. Biroq, bu Ibn Rushdning bu munosabatlar o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga hosligini ifodalamaydi. Masalan, bu umumiy bayonot falsafa yoki diniy bitiklar ierarxik bog'liqlikning bir shakli sifatida, bu ikki taklifning biri haqiqatni anglash va yolg'ondan saqlanishning eng ishonchli yo'li sifatida emas, balki Ibn Rushd fikridagi kabi diniy bitiklar va falsafa bir-biriga parallelligini va bir-biriga zid bo'lmagan o'zaro teng mantiqiy nuqtai-nazar sifatida bir xil hodisalarning natijasidir [7,34]. Bu xulosalariga asoslangan faylasuf o'zining "Ikki haqiqat" konsepsiyasini keltirdi.

Falsafa va diniy mulohazalar o'rtasidagi bog'liqlikka bag'ishlangan "Fasl al-maqol"da Ibn Rushd falsafani mavjudotlarni tahlil qilish o'rganishdan iborat faoliyat sifatida baholaydi. Falsafiy tadqiqotlar mavjud bilimlarga asoslanadi va faylasufga mavjudotlar haqidagi bilimlarni kengaytiradigan xulosalar chiqarishga imkon beradi. Falsafiy munozaraning o'ziga xos xususiyati shunlan iboratki, tasavvurning namoishiy nutqi sifatida va mavjudot haqidagi fikrlarning tasdiq topishi ekanligidadir.

"Fasl al-maqol" risolasining bir qismida mulohaza va konsepsiyalarni shakllantirish uchun vosita sifatida dialektik va ritorik mulohazalarga nisbatan namoishiy mulohazalarning ustunligi bayon etiladi. O'z maqsadlari nuqtai nazaridan fikrlashning ushbu uchta shakli bir-biridan farq qilmaydi, chunki har biri fikr va tushunchalarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Nutqning (fikrlashning) namoishiy, dialektik va ritorik shakllari o'rtasidagi farq natijasi falsafa va boshqa munozara usullari o'rtasidagi o'ziga xos ma'qullash va konseptualizatsiya turlarini yaratishga qodir.

Ibn Rushd falsafiy munozaralarning tugashini va konsepsiyalarning bir avlodi sifatida tasvirlashda yagona emas. Debora Blekning ta'kidlashicha, "Tasavvur" va "Tasdiq"ning epistemologik aloqasi Islom Arastuchilari qarashlarida markaziy rol o'ynaydi. Shunday qilib bu juftlikni o'rganish Ibn Rushd uchun boshqa munozara usullariga nisbatan falsafaning epistemologik farqini tushunish uchun muhim edi [3]. D.Blek tasavvurning tuzilishini ong biror narsaning "mohiyatini (ma'nosini)

1539

Scientific Journal Impact Factor

anglaydigan faoliyat sifatida tasvirlaydi. O'z navbatida Tasdiq haqiqat qiymati berilishi "mumkin" bo'lgan aniq bir hukmdan iboratdir. Misol sifatida: ot (hayvon) ma'nosini, mohiyatini tavsiflovchi tushuncha tasavvurni tashkil qiladi, lekin bu tushuncha aniq haqiqat sifatida ishlatilganda (masalan, "Bu ot" yoki umumiy holda "Otlar mavjud") biz tushuncha shakllanishidan haqiqatga olib keladigan fikrlarga o'tamiz [3]. Xuddi shunday, X.A.Volfson Ibn Rushd Aristotelning "Kategoriyalar" asarining sharhidagi misollarning birida u Aristotel konsepsiyasini "so'zlar" tavsifini hukm bilan, yoki "fikrlar"ni tasdiq bilan bog'laganini ko'rsatadi [8,118]. Majid Fahriy tasavvurni atamaning ma'nosi sifatida (masalan, "ot to'rt oyoqli sutemizuvchi hayvon"), tasdiqni esa mavjud bo'lgan tasdiq sifatida izohlaydi (masalan, Mening otim to'rt oyoqli sutemizuvchi - sodiq va olijanob mavjudot) [5,34-35]. Charlz Buttervort tasavvur so'zini "sura" so'zidan kelib chiqqan deb hisoblaydi va uning fikricha, Ibn Rushd uni "biror narsaning hayoliy tasviri" ma'nosida, tasdiqni esa mavjudlikni tasdiqlash, yoki biror narsani inkor etish ma'nosida deb tushungan

Ibn Rushdning "Fasl al-maqol" risolasida munozaraning boshqa usullariga nisbatan falsafaning epistemologik ustunligini, namoyishiy fikrlash (nutq) mulohaza va konsepsiyalarni narsalar bilan aniq bog'liqligini yaratishga imkon berishi ko'rsatilgan. Namoyishiy fikrlash (nutq) faylasufga u o'rganayotgan mavjud bo'lgan narsalarga "mos keladigan" tushunchalar va qarashlarni shakllantirishga imkon beradi.

Ammo, o'rganilayotgan ob'ekt yoki mavjudotlar bilan tushuncha yoki hukmning "mos kelishi" nimani anglatadi, degan savol tug'iladi. "Fasl al-maqol"da Ibn Rushd tushunchalarni shakllantirishning 2 ta asosiy usuli borligini ta'kidlaydi. Bu turlarning biri orqali "narsa o'zida"ni anglansa, ikkinchisi orqali esa, tushunchani belgilar orqali tushunish mumkin bo'ladi [1,64]. Namoishiy fikrlashda ishlatiladigan tushunchalar "narsa o'zida"ga tayanadigan bo'lib, bu tushunchalar "narsaning o'zini to'g'ridan-to'g'ri tasvirlash" deganidir. Blekning konseptualizatsiya tavsifi nuqtai nazaridan, namoishiy fikrlashda ishlatiladigan tushunchalar o'rganilayotg an ob'ektning haqiqiy mohiyatini anglatadi. Shuningdek, namoyish etuvchi mulohazalar keltiradigan hukm va tasdiqlar o'rganilayotgan ob'ektga mos keladi, Ibn Rushd ta'kidlaganidek: "Namoyish orqali biz tasdiqqa binoning ichiga kirish orqali erishgandek erishamiz, chunki ongimiz ularni tashqi ko'rinishiday tasvirlaydi". Namoishiy yo'nalish ongsiz mavjudotlar va ob'ektlar ifoda etadigan sezgilarga mos keluvchi aqliy va mantiqiy ma'nolardan iborat. Bu shunchaki inson aqli va ongi

[2,47].

1540

Scientific Journal Impact Factor

o'rganayotganligini aks ettirish uchun "mukammal oyna" bo'lib xizmat qiladi, deb ta'kidlash uchungina emas. Buning o'rniga, Ibn Rushd Aristotel kabi haqiqiy bilimni "biluvchi" va "bilim" o'rtasidagi ontologik munosabatlarga asoslanganligini ta'kidlaydi. Fikr ob'ekti va fikrning o'zi nafaqat o'xshash, balki ular qaysidir ma'noda bir-biri bilan "bir xil" sanaladi [2,47]. Blekning fikricha, Ibn Rushd uchun aqliy faoliyatning barcha bosqichlarida muvofiqlik (ittisaal) tushunchasining asosiy mohiyati aqliy faoliyatning bilish sub'ekti va bilish ob'ekti o'rtasidagi ontologik bog'liqlikka olib kelishidir. Bundan tashqari, namoishiy mulohaza yuritishda ishlatiladigan tahminlar va mulohazalar ehtimollikni emas, balki zaruriyatni o'z ichiga oladi [3,160]. Demak, namoishiy tushuncha yoki hukmning ontologik munosabatda bo'lishi vaqtinchalik yoki o'zgaruvchi fenomen emas. Aksincha, namoishiy mulohazalar o'z ichiga o'rganilayotgan ob'ektga asos bo'lgan zarur "sabablarni" o'z ichiga oladi [5,336-349).

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Ibn Rushd din va falsafa uyg'unligi borasidagi qarashlarini alohida bir konsepsiya qilib barchaga ma'lum qildi. Agar biror bir hodisaga murojaat qiladigan maqsadimiz nazariy tushunish bo'lsa, unda falsafiy ma'ruza va mulohaza bizning poydevorimiz bo'lib xizmat q iladi. Falsafiy mulohaza yuritadigan "nuqtai nazar", bizning maqsadimiz haqiqat va borliqni nazariy jihatdan tushunish bilan chegaralanar ekan, bu boshqa barcha nuqtai nazarlardan ustundir. Ammo bu pozisiya amaliy va axloqiy muammolar haqida mulohaza yuritish va bayon etishning bir necha usullarining to'g'ri ekanligini tasdiqlaydi. Binobarin, "Fasl al-maqol"da falsafa va oyatlar o'rtasidagi o'zaro uyg'un va bir-biriga qarama-qarshi bo'lmagan aloqani eng yaxshi "shartli ierarxiya" deb ta'riflash mumkin. Mavjudlikni nazariy jihatdan o'rganishda falsafa barcha boshqa munozarali uslublardan ustundir, chunki u o'z ichiga narsalarni "xuddi ular" kabi ifodalash qobilyatini oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Averroes. On the Harmony of Religion and Philosophy. Translated by George F. Hourani. Gibb Memorial Trust, Oxford: Oxbow Books, 2012.

2. Butterworth, Charles E., ed. Averroës' Three Short Commentaries on Aristotle's "Topics," "Rhetoric," and "Poetics." Albany: SUNY Press, 1977

3. Deborah Black, "Logic in Islamic Philosophy," ed. Edward Craig, Routledge Encyclopedia of Philosophy Volume 5 (New York: Routledge, 1998), 708.

XULOSA

1541

Scientific Journal Impact Factor

4. Deborah L. Black, "Conjunction and the Identity of Knower and Known in Averroes," American Catholic Philosophical Quarterly 73, no. 1 (1999): 160.

5. Fakhry, Majid. Averroes: His Life, Works, and Influence. Oxford: Oneworld,

6. Francesco Malaguti. Philosophical Perspectives on the Relationship Between Religion and Science: Averroes, Maimonides, Thomas Aquinas and Galileo. Jewish-Muslim Relations. 101-117.

7. Nauman Faizi. Averroes on the Relationship between Philosophy and Scripture: A Conditional Hierarchy// The Journal of Scriptural Reasoning. P. 34.

8. Wolfson, Harry A. "The Terms Tasawwur and Tasdïq in Arabic Philosophy and Their Greek, Latin and Hebrew Equivalents." The Muslim World 33, no. 2 (1943): 114-28.

2001.

1542

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.