Научная статья на тему 'TOJIKISTONDA O‘ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY O‘RGANILISHI'

TOJIKISTONDA O‘ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
951
191
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turkologiya / tilshunoslik maktabi / fonetika / morfemika / leksikologiya / frazeologiya. / turkology / school of linguistics / phonetics / morphemics / lexicology / phraseology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ermatov Ixtiyor Rizakulovich

Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyoti va rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar hamda o‘zbek tilshunosligining rivojiga hissa qo‘shgan tilshunoslar haqida fikr yuritiladi. Maqolada o‘zbek tilshunosligi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida, unga qo‘shni respublikalarda ilk bor o‘rganilishiga e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan izlanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada mamlakatimizdagi mavjud ko‘p tilli jamiyat va amalda bo‘lgan turli tillarning o‘zaro ta’siri, holati, mukammallashuvi, mavqeining oshishi hamda funktsional rivojlanishi masalalariga oid izchil tahlillarning yetarli emasligi, bu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini tadqiqotlarda samarali qo‘llash hamda o‘zbek tilining chet davlatlardagi taraqqiyoti masalalari bo‘yicha izlanishlarni olib borish tilshunosligimizdagi muhim vazifalardan biridir. O‘zbek tilshunosligi turkiy tilshunoslikning nazariy jihatdan atroflicha mukammal rivoj topgan tarmoqlaridan biridir. O‘zbek tilshunosligi tilning jahon tilshunosligi so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlarini o‘rganib, uni tilning barcha sath hodisalariga tatbiq etayotir. Bu xususiyatni o‘zbek tilshunosligining fonetika va fonologiya, so‘z yasalishi va morfemika, leksikologiya va frazeologiya, morfologiya va sintaksis sohalarida ko‘rish mumkin. Mazkur maqola o‘zbek tilshunosligi muammolariga, xususan, Tojikistonda o‘zbek tilishunosligining shakllanishi va taraqqiyoti, o‘zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o‘rganilishi masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligining Tojikistonda shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligining taraqqiyotida tutgan muhim o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga bu masalani yirik planda o‘rganish o‘zbek tilshunosligining hozirgi holatini ilmiy jihatdan chuqur va atroflicha tasavvur etishga imkon yaratadi. O‘zbek tilshunosligi Tojikistonda to‘liq shakllangan va rivojlangan fanlardan biridir. Shu jihatdan bu fanning ishlanishi, unga e’tibor O‘zbekistondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu ishda Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining ana shu xususiyatlarini yoritish maqsad qilingan. Tadqiqotning maqsadini amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilangan: Tojikistonda o‘zbek tilshunosligi shakllanishi va taraqqiyotini yoritishda adabiyotlarni tahlil qilish, mavjud nazariyalarga tanqidiy munosabat bildirish; o‘zbek tilining sohaviy o‘rganilishini yoritish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SECTORAL STUDY OF UZBEK LANGUAGE STRUCTURE IN TAJIKISTAN

The factors that led to the formation, development and growth of Uzbek linguistics in Tajikistan, as well as the linguists who contributed to the development of Uzbek linguistics are discussed. The article focuses on the fact that Uzbek linguistics was studied for the first time outside the Republic of Uzbekistan and in neighboring republics. Today, research on the problems of Uzbek linguistics is of great importance. In this regard, the existing multilingual society in our country and the lack of consistent analysis of the interaction, status, perfection, growth and functional development of different languages in practice, the effective use of advanced world experience in this area One of the important tasks in our linguistics is to conduct research on the use and development of the Uzbek language abroad. Uzbek linguistics is one of the most theoretically developed branches of Turkish linguistics. Uzbek linguistics studies the achievements of world linguistics in recent years and applies them to all levels of language. This feature can be seen in the fields of phonetics and phonology, word formation and morphemes, lexicology and phraseology, morphology and syntax of Uzbek linguistics. This article focuses on the problems of Uzbek linguistics, in particular, the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan, the field study of the linguistic structure of the Uzbek language. The purpose of the study is to focus on the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan and to analyze its important role in the development of Uzbek linguistics. At the same time, a close study of this issue will provide a deep and comprehensive scientific understanding of the current state of Uzbek linguistics. Uzbek linguistics is one of the most fully formed and developed disciplines in Tajikistan. In this regard, the development of this science is the second most important after Uzbekistan. This work aims to highlight these features of Uzbek linguistics in Tajikistan. The purpose of the study is to: analyze the literature on the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan, to be critical of existing theories; to cover the field study of the Uzbek language.

Текст научной работы на тему «TOJIKISTONDA O‘ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY O‘RGANILISHI»

TOJIKISTONDA O'ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY

O'RGANILISHI

Ermatov Ixtiyor Rizakulovich

Guliston davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ixtiyor_ermatov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Tojikistonda o'zbek tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyoti va rivojlanishiga sabab bo'lgan omillar hamda o'zbek tilshunosligining rivojiga hissa qo'shgan tilshunoslar haqida fikr yuritiladi. Maqolada o'zbek tilshunosligi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida, unga qo'shni respublikalarda ilk bor o'rganilishiga e'tibor qaratilgan.

Bugungi kunda o'zbek tilshunosligi muammolarini o'rganish bo'yicha amalga oshirilgan izlanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada mamlakatimizdagi mavjud ko'p tilli jamiyat va amalda bo'lgan turli tillarning o'zaro ta'siri, holati, mukammallashuvi, mavqeining oshishi hamda funktsional rivojlanishi masalalariga oid izchil tahlillarning yetarli emasligi, bu yo'nalishdagi ilg'or jahon tajribasini tadqiqotlarda samarali qo'llash hamda o'zbek tilining chet davlatlardagi taraqqiyoti masalalari bo'yicha izlanishlarni olib borish tilshunosligimizdagi muhim vazifalardan biridir.

O'zbek tilshunosligi turkiy tilshunoslikning nazariy jihatdan atroflicha mukammal rivoj topgan tarmoqlaridan biridir. O'zbek tilshunosligi tilning jahon tilshunosligi so'nggi yillarda qo'lga kiritgan yutuqlarini o'rganib, uni tilning barcha sath hodisalariga tatbiq etayotir. Bu xususiyatni o'zbek tilshunosligining fonetika va fonologiya, so'z yasalishi va morfemika, leksikologiya va frazeologiya, morfologiya va sintaksis sohalarida ko'rish mumkin.

Mazkur maqola o'zbek tilshunosligi muammolariga, xususan, Tojikistonda o'zbek tilishunosligining shakllanishi va taraqqiyoti, o'zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o'rganilishi masalalariga alohida e'tibor qaratadi. Tadqiqotning maqsadi o'zbek tilshunosligining Tojikistonda shakllanishi va rivojlanishiga bag'ishlangan bo'lib, o'zbek tilshunosligining taraqqiyotida tutgan muhim o'rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga bu masalani yirik planda o'rganish o'zbek tilshunosligining hozirgi holatini ilmiy jihatdan chuqur va atroflicha tasavvur etishga imkon yaratadi. O'zbek tilshunosligi Tojikistonda to'liq shakllangan va rivojlangan fanlardan biridir. Shu jihatdan bu fanning ishlanishi, unga e'tibor O'zbekistondan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu ishda Tojikistonda o'zbek tilshunosligining ana shu xususiyatlarini yoritish maqsad qilingan.

Tadqiqotning maqsadini amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilangan: Tojikistonda o'zbek tilshunosligi shakllanishi va taraqqiyotini yoritishda adabiyotlarni tahlil qilish, mavjud nazariyalarga tanqidiy munosabat bildirish; o'zbek tilining sohaviy o'rganilishini yoritish.

Kalit so'zlar: turkologiya, tilshunoslik maktabi, fonetika, morfemika, leksikologiya, frazeologiya.

SECTORAL STUDY OF UZBEK LANGUAGE STRUCTURE IN TAJIKISTAN

Ermatov Ikhtiyor Rizakulovich

Senior teacher at the Department of Uzbek Linguistics, Gulistan State University. Doctor of Philosophy in Philology (PhD) ixtiyor_ermatov@mail .ru

ABSTRACT

The factors that led to the formation, development and growth of Uzbek linguistics in Tajikistan, as well as the linguists who contributed to the development of Uzbek linguistics are discussed. The article focuses on the fact that Uzbek linguistics was studied for the first time outside the Republic of Uzbekistan and in neighboring republics.

Today, research on the problems of Uzbek linguistics is of great importance. In this regard, the existing multilingual society in our country and the lack of consistent analysis of the interaction, status, perfection, growth and functional development of different languages in practice, the effective use of advanced world experience in this area One of the important tasks in our linguistics is to conduct research on the use and development of the Uzbek language abroad.

Uzbek linguistics is one of the most theoretically developed branches of Turkish linguistics. Uzbek linguistics studies the achievements of world linguistics in recent years and applies them to all levels of language. This feature can be seen in the fields of phonetics and phonology, word formation and morphemes, lexicology and phraseology, morphology and syntax of Uzbek linguistics.

This article focuses on the problems of Uzbek linguistics, in particular, the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan, the field study of the linguistic structure of the Uzbek language. The purpose of the study is to focus on the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan and to analyze its important role in the development of Uzbek linguistics. At the same time, a close study of this issue will provide a deep and comprehensive scientific understanding of the current state of Uzbek linguistics. Uzbek linguistics is one of the most fully formed and

www.scientificprogress.uz

developed disciplines in Tajikistan. In this regard, the development of this science is the second most important after Uzbekistan. This work aims to highlight these features of Uzbek linguistics in Tajikistan. The purpose of the study is to: analyze the literature on the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan, to be critical of existing theories; to cover the field study of the Uzbek language.

Keywords: turkology, school of linguistics, phonetics, morphemics, lexicology, phraseology.

KIRISH.

O'zbek tilshunosligida til hodisalarini, xususan, lug'aviy birliklarni komponent tahlil usulida o'rganishga allaqachon kirishilganki, tahlilning bu usulini boshqa turkiy xalqlar til ilmida hozircha ko'rish qiyin. "Tojikistonda o'zbek tilshunosligi" mavzusi umumiy tilshunoslik mundarijasiga aloqador muammolar sirasiga kirib, mavzu zamonaviy dolzarb xarakter kasb etadi. Uning zamonaviy va dolzarbligi shundaki, o'zbek tilshunosligi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida, unga qo'shni respublikalarda ilk bor o'rganilayotir. Bunga yetarlicha asos ham bor, albatta. Tojikiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida o'n beshdan ortiq mutaxassislar o'zbek tilining fonetik-fonologik, morfem va so'z yasalishi, morfologik va sintaktik qurilishi bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tinimsiz shug'ullanib keladi. Shuningdek, bu mamlakatda o'zbek tilining lug'aviy qurilishi, til birliklarining mazmuniy plani (semantikasi), badiiy asar tilini sinxron va diaxron rejalarda o'rganish masalalari ham tadqiqotchilar e'tibori markazida bo'lib kelgan. Tojikiston o'zbeklari shevalarini o'rganish ham tojikistonlik tilshunoslar e'tiboridan chetda qolmagan. Bunday murakkab va rang-barang mavzular bo'yicha tadqiqotlar O'zbekistonning Tojikistondan boshqa qo'shni mamlakatlarida amalga oshirilmagan.

Tojikistonda o'zbek tilshunosligi bilan asosan Xujand davlat universitetining (sobiq Leninobod davlat pedagogika instituti) o'zbek filolog-olimlari shug'ullanganlar va shug'ullanmoqdalar. Shuning uchun Xujand davlat universitetida o'zbek ilmiy tilshunoslik maktabi shakllangan va uning faoliyati, Tojikistonning o'zidan tashqari, O'zbekiston, Qirg'iziston filologlari tomonidan tan olingan. Shunday dolzarb masalalardan biri Tojikistonda o'zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o'rganilishini keng yoritishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI.

O'zbek tilshunosligining Tojikistonda shakllanishi va rivojlanishiga bag'ishlangan 2-3 maqola yozilgan va nashr etilgan bo'lsa-da, u maxsus tadqiq etilmagan. Bu masalani yirik planda o'rganish o'zbek tilshunosligining hozirgi holatini ilmiy jihatdan chuqur va atroflicha tasavvur etishga imkon yaratadi. Xususan,

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

T.Turdiboev, E.Eshmurodov tomonidan nashrga tayyorlangan "So'z zargari" deb nomlangan maqolalar to'plami [13, 102], N.Mahmudov va boshqalar tomonidan chop etilgan "Tojikistonlik o'zbek tilshunoslari sardori" maqolasi [10, 121-125] o'zbek tilida dastlabki ushbu yo'nalishda o'rganilgan ish hisoblanadi. Bundan tashqari E.Sheraliyevning "Til ilmi fidoyisi" [15, 2007], B.Sheronovning "Alloma tilshunos" [16, 80-93] maqolalari ushbu masalaga bag'ishlangan.

Tadqiqot ishi ob'ekti sifatida Xujand davlat universitetining 1964-1970 yillarda nashr etilgan o'zbek tilshunosligi masalalariga bag'ishlangan uch ilmiy maqolalar to'plami "Ilmiy asarlar. XXII. Til va adabiyot masalalari" [7, 1964], "Ilmiy asarlar. XXVI. Til va adabiyot masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami" [8, 1967], "Ilmiy asarlar. XXXIV. Til va adabiyot masalalari" [9, 1970] tahlil qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot ob'ekti Xujand davlat universitetida o'zbek tilshunosligi masalalariga bag'ishlangan konferentsiyalar hamda ilmiy to'plamlarda nashr etilgan o'zbek tilshunosligi muammolariga oid maqolalar tashkil etadi. Tadqiqotda quyidagi ilmiy tahlil metodlaridan foydalanilgan: lingvistik tavsiflash, sistem, statistik, kontekstual tahlil usullari. Tadqiqot mavzusiga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishda lingvistik tahlil usulidan foydalanilgan. Tojikistonda o'zbek tilshunosligi shakllanishi va taraqqiyoti, o'zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o'rganilishi masalalarini yoritishda sistem tahlil usuli qo'llanilgan. Statistik tahlil turli yillarda nashr etilgan ilmiy maqolalarda o'zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o'rganishda keng foydalanilgan.

MUHOKAMA

O'zbek tili fonetikasi va fonologiyasiga oid amalga oshirilgan ishlar.

Tojikiston o'zbek ilmiy tilshunosligi maktabida, dialektologik tadqiqotlarni hisobga olmaganda, fonetika va fonologiyaga bag'ishlangan yirik rejada ish qilinmagan. Bu masalada prof. A.Berdialiyev qalamiga mansub ikki ishni ko'rsatish mumkin. Birinchisi olimning 1991 yili Toshkentda nashr etilgan "O'zbek tili sintaktik paradigmatikasi asoslari" nomli risolasining "Til birliklarining paradigmatik va sintagmatik asoslari" qismida o'zbek tili unlilar sistemasining tahlilidir [2, 50]. Risola pedagogika institutlarining o'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun maxsus kursning nazariy materiali xarakterini kasb etadi. Unda o'zbek adabiy tili unli fonemalarining paradigmatik ko'lami haqida qimmatli ma'lumot beriladi. Muallif o'zbek adabiy tilidagi olti unli (i, u, o', a, o, e)ning hosil bo'lish o'rni, lablarning ishtiroki va qattiq-yumshoqlik, uzun-qisqalik belgilariga ko'ra 72 korrelyativ a'zolarini paradigma asosida aniq va ishonarli belgilaydi, ishonarli sxema asosida barchaga tushunarli tarzda izohlaydi [2, 11-12].

Fonetika va fonologiya masalalariga bag'ishlangan ikkinchi maqola o'ta nazariy bo'lib, umumiy tilshunoslik bahsida yozilgan. Maqolada fonema va tovush tushunchalari va ularning Leningrad va Moskva fonologik maktablaridagi farqli talqini haqida, ularning asosli va asossiz tomonlari haqida fikr yuritiladi. Fonemalarni o'гganishga гasmiy ixtisoslashgan fonologiya haqida olim quyidagilarni yozadi: "Fonologiya atamasiga real nutq tovushlarining baгcha fiziologik va akustik xususiyatlari majmuasini o'zida mujassamlashtiгgan noгeal, ya'ni xotirada shakllangan tiplaгini o'гganish yuklangan. Fonemalarga nisbatan гeal nutq tovushlarining tipiklashgan muqobili sifatida qaralishi ham ana shundan. Xullas, fonema tilning psixik xa^teMagi eng kichik segment biriigi sifatida tushuniladigan bo'ldi" Maqolani olim ".. .fonema^ va ularning xususiyatlarini o'гganuvchi mutaxassis - fonolog ayni o'rinda nutq tovushlaгi va ularning amalini o^ganuvchi fonetist esa, hissiy fa^ qiluvchi гeal nutq tovushlarini mavhumlashtiгadigan fonemalarni o'гganuvchi fonolog ham bo'lmog'i shart va zaraf' deya yakunlaydi [3, 5-6].

Morfemika va so'z yasalishi sohalariga oid amalga oshirilgan ishlar. Tojikiston o'zbek tilshunosligida so'z yasalishi va moriemikaning nazariy masalalari bilan shug'ullanish o'tgan asming 60-yillari oxiridan boshlangan deyish mumkin. Chunki prof. A.Berdialiyevning ilmiy faoliyati o'zbek tilida so'z yasalishi va moriemika masalalarini o'гganishdan boshlangan. Olimning 1970 yili taniqli tilshunos, prof. A.G'ulomov rahbariigida yozilib, himoya qilingan nomzodlik disseгtatsiyasi affiksal moгfemalaгning o'zbek tilshunosligidagina emas, balki umumturkologiyada qo'l urilmagan masalalaгidan biгini o'гganishga qaratilgan edi. Bu tadqiqot "O'zbek tilida so'z yasovchi qo'shma affikslaT" deb atalgan [4, 24].

Yosh olimning S.M.Kirov nomidagi Leninobod davlat pedagogika instituti o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilarining 1970 yili nasfo etilgan ilmiy maqolalar to'plamidan "O'zbek tilida -chilik affiksi" hamda "-gam affiksi haqida" [9, 143-153] deb nomlangan ikki maqolasi joy olgan.

Birinchi maqolasida A.Beгdialiyev hoziгgi o'zbek adabiy tili so'z yasalishi jarayonlarida faol amalda bo'lgan va ta^ibi -chi hamda -lik qo'shimchalaridan ta^ib topgan muгakkab affiks haqida so'z yuritgan bo'lsa, ikkinchi maqolasida hoziïgi vaqtda ilgari, ichkari, tashqari, yuqori so'zlarining taгkibiga singishib ketgan va tarixan ikki jo'nalish kelishigi qo'shimchasi (-ga//ka//qa hamda -ra//ru)dan tarkib topgan murakkab qo'shimcha va uning lisoniy amali xususida fifa yuritadi.

A.Beráialiyev so'z yasalishi va moгfemika masalalarini nazariy jihatdan o'ta chuqur va mukammal tushunganligi uchun ham, shu mavzuda yozilgan doktorlik (T.Mirzaqulov) va nomzodlik (T.Mirzaqulov, Sh.Mirzaqluov, M.Atamurodov, M.Mirzaahmedov, D.Hasanova, O.Boymatov) dissertatsiyalarining ilmiy rahbari bo'lgan. Prof. A.Beráialiyev so'z yasalishi bilan bog'liq ms, o'zbek, tata^ boshqiгd,

www.scientificprogress.uz

qirg'iz va boshqa turkiy xalqlar tilshunosligida shu masala bo'yicha amalga oshirilgan ishlar mazmuni bilan jiddiy tanishib, so'z yasash usullaridagi har xil qarashlar va ulardagi nomushtarak fikr va xulosalarga nisbatan o'zining xolisona ob'ektiv munosabatini bildiradi: so'z yasalish tizimida faqat affiksal va noaffiksal usulning mavjudligi va ularning ustuvorligi xususida o'zining mantiqiy asosli fikrini olg'a suradi [5, 5-14]. O'zbek tili so'z yasalishi yirik rejada SH.Mirzaqulov va M.Mirzaahmedovlar tomonidan o'rganilgan.

Sh.Mirzaqulovning "O'zbek tili so'z yasalishi paradigmatikasi" nomi bilan nomzodlik dissertatsiyasi maqomida yakun topadi va Samarqand davlat universiteti qoshida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini berish uchun ixtisoslashgan dissertatsion kengashda 1995 yili himoya qilingan. Dissertatsiya natijalari Xujand davlat universitetining "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomi bilan nashr etilgan bir qator ilmiy maqolalar to'plamida e'lon qilinadi.

So'z yasalishi bo'yicha ikkinchi monografik ish M.Mirzaahmedov tomonidan amalga oshirilgan. U "O'zbek tilida sinxron so'z yasash motivlari" [11, 24] deb ataladi. Ishda sinxron so'z yasalishi va uning strukturasiga xarakteristika beriladi. Yasovchi unsurlari (yasovchi-motivlovchi asos, yasovchi-motivlovchi vosita) shakl va ma'nosi hamda vazifasi bilan aniq va yorqin ajratiluvchi yasalmalar va ularning strukturasiga nisbatan "sinxron" atamasi nisbatlanib, so'z yasashning ana shunday qurilishli turi sinxron so'z yasalishi deb atalgan. Sinxron so'z yasashning markerli va markersiz turlari ham ajratiladi. Markerli sinxron so'z yasalishi qurilmalarida yasovchi-motivlovchi unsur shaklan va mazmunan bir butunlikda ishtirok etadi. Bu turga so'z yasashning affiksal hamda qo'shma so'zlar xarakteridagi noaffiksal ko'rinishlari kiritiladi. Sinxron so'z yasashning markersiz turida ma'no ko'chishining metonimiya, metafora shuningdek, konversiya va transpozitsiya yo'llari bilan hosil bo'lgan yasalmalar nazarda tutiladi. Olim dissertatsiyasining natijalari Xujand davlat universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasining "O'zbek tilshunosligi masalalari" nomi bilan nashr etilgan 7-kitobidan 19-kitobigacha e'lon qilib borilgan.

Tojikistonda, xususan, Xujand o'zbek tilshunosligi ilmiy maktabida morfemika masalalari ham keng perespektiv planda tadqiq etilgan. Bu masala Leninobod davlat pedagogika instituti "O'zbek tili va adabiyoti" ixtisosligini imtiyozli bitirib, kafedraga asissent-o'qituvchi sifatida ishga qoldirilgan iqtidorli olim, filologiya fanlari doktori, professor T.Mirzaqulov va uning shogirdlari faoliyati bilan bog'lanadi. T.Mirzaqulov 1980 yili "O'zbek tilida shakl yasovchi qo'shma affikslar" mavzusida nomzodlik, 1994 yili "O'zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilgan (har ikki ishga ilmiy rahbar - professor A.Berdialiyev). Olim 2002 yilga qadar Xujand davlat universitetida sirtqi bo'lim prorektori, fakultet dekan o'rinbosari, umumiy tilshunoslik va o'zbek tili kafedralarida mudir vazifalarida

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

ishlagan. Xujand davlat universitetidagi faoliyatida u o'zbek tili morfemikasining tuгli masalalari bo'yicha maqolalar e'lon qilgan. Shu mavzu bo'yicha ikki qismdan iborat monografiya ham chop etgan. Kitobda morfemika va funktsional-semantik maydon, morfem-morfologik paradigma, morfem ayniyatlilik masalalari yoritilgan. Morfemalar tasnifi va ular bilan aloqador qonuniyatlaг xususida so'z yuritilgan.

T.Miгzaqulov o'zbek tili morfemalar tizimini, xususan, affiksal morfemalar tizimini rus, tatar, boshqird va boshqa rivojlangan tilshunosliklarda olg'a surilgan zamonaviy qarashlarni chuqur o'rganib, ularni o'zbek tili morfemalar tizimiga ham tatbiq etadi. O'zbek tilida so'zlarning analitik shakllarini hosil qiluvchi yordamchi vazifaviy unsurlarni (yordamchi so'zlar, ko'makchi fe'llar va h.k.) ham affikslarga vazifadosh yordamchi morfemalar sifatida qaraydi. O'zbek tili morfemikasini bir qator lisoniy hodisalarni o'z ichiga olgan to'laqonli soha sifatida mukammallashtiradi [12, 1993].

Morfemika bo'yicha M.Dushaboyev, V.Qodirova, M.Zokirova, M.Erkayev singari yosh tadqiqotchilar ham shug'ullanganlar. M.Dushaboyev, V.Qodirova til morfem qurilishida yuz beruvchi shakliy-ma'noviy o'zgarishlar bo'yicha; M.Zokirova morfemalarning struktur tasnifi va onomasiologik belgilari; M.Erkayev esa morfem ma'nolarning ob'ektiv borliq bilan munosabati masalalariga doir maqolalar e'lon qilgan [23, 2000]. O'zbek tili morfemikasiga doir monografik rejada yirik ish professor A.Berdialiyev tomonidan amalga oshirilgan. U "So'z tarkibi va shakl-ma'no nomutanosibligi" nomi bilan 2013 yili Bishkekda nashr etilgan [6, 164].

Leksikologiya va frazeologiya sohalari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar. Tojikiston o'zbek ilmiy tilshunoslik maktabida leksikologiya va frazeologiya masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan hamda monografik rejada dissertatsiya ishlari qilingan. A.Berdialiyev, B.Eshonqulov, B.Jabborov, D.Berdialiyeva, O.Boymatov, D.Hasanovalar tomonidan ayrim maqolalar o'zbek tilining lug'aviy va frazem tizimida tadqiqotchilar e'tiboridan chetda qolgan masalalarni o'rganishga qaratilgan. Masalan, prof. A.Berdialiyevning "Suppletivizm va unga daxldor ba'zi tushunchalar haqida" [21, 3-14] maqolasida, rus tilshunosligida maxsus ishlanmagan, turkologiyada esa, til ilmi mutaxassislariga noma'lum bo'lgan lug'aviy sathning dolzarb bir muammosi haqida fikr yuritiladi. E'tirof etilishicha, bir umumiy klassemaga ega bo'lgan har xil lug'aviy-grammatik kategoriyaga mansub ikki leksema munosabatida suppletiv munosabat vujudga kelib, shu munosabatni tashkil qilgan so'zlar lug'aviy suppletivizmga mansub bo'larkan. Ana shu umumiy klassema asosida ikki lug'aviy birlik - lug'aviy suppletiv sintagmatik munosabatga kirishib, sintagma (birikma) hosil qilar ekan. Olim qo'l va ushlamoq, ko'z va ko'rmoq, tabib va davolamoq, oyoq va yurmoq singari so'zlararo suppletiv aloqa mavjud va shu sabab bu so'zlarni lug'aviy suppletivlar deya izohlaydi.

Professor A. Berdialiyevning assimilyatsiya va dissimilyatsiya singari fonetik jarayonlarning izomorfizm qonuniyati ta'sirida tilning lug'aviy sathida ham boshqacha lisoniy qiymat bilan amal qilishi haqidagi qarashlari uning "Semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya hodisalari haqida" deb nomlanuvchi maqolasida o'z ifodasini topgan [22, 5-12]. Maqola til ilmining o'ta murakkab va dolzarb muammolariga qaratilgan. Ma'lum bo'lishicha, semantik assimilyatsiya semantik dissimilyatsiya bilan mantiqiy-lisoniy jihatdan o'zaro bog'liq har xil tushunchalardir. Maqolada semantik assimilyatsiya va semantik dissimilyatsiyaning uch amaliy turi ajratiladi. Ular: a) sinxron semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya; b) diaxron semantik assimilyaiya va dissimilyatsiya; v) qiyosiy semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya [22, 10]. A.Berdialiyevning nomi yuqorida tilga olingan ikki maqolasi ham umumtilshunoslik nuqtai nazaridan o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lib, yirik monografik tadqiqotlar uchun mavzudir. Biroq maqolaning e'lon qilinganiga qariyb chorak asr bo'layotgan bo'lsa-da, afsuski, bu mavzu o'zining fidoyi tadqiqotchilarini topgan emas.

B.Eshonqulovning "Arab-fors lug'aviy o'zlashmalarining ba'zi semantik xususiyatlari haqida" [17, 99-103]; "Arab leksik o'zlashmalarining antonimiyaga munosabati" [18, 45-48]; "Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi arabcha so'zlarning tematik guruhlanishi haqida" [19, 33-35]; "So'z o'zlashtirishning ba'zi masalalari haqida" [20, 7-10] maqolasi o'zbek tili leksikologiyasi masalalariga bag'ishlangan.

Dotsent O.Abdunazarovning "Umumtil iboralari asosida yaratilgan individual frazeologik neologizmlar haqida" [22, 21-24] maqolasida o'zbek frazeologiyasiga oid masalalardan biri o'rganilgan.

Tojikistonda o'zbek tili lug'aviy va frazeologik tizimining nazariy masalalari bilan shug'ullanishga 2000-yillardan keyin alohida e'tibor berila boshlandi. Prof. A.Berdialiyev va uning D.Hasanova, SH.Rasulova, Q.Jabborova, B.Jabborov, O.Boymatov singari yosh shogirdlari tomonidan o'zbek tili leksikologiyasining tadqiqotchilar nazari tushmagan zamonaviy masalalari o'rganilib, ularning tadqiqotlari natijalari bo'yicha ayrim maqolalar e'lon qilindi. Masalan, "O'zbek tilshunosligi muammolari" ilmiy maqolalar to'plamining 2008 yili "Xuroson" matbaasida nashr etilgan 17-kitobida M.Turdibekovning ("Konibodom makrotoponimi tizimidagi mikrotoponimlar haqida"), B.Jabborovning ("Qarindoshlik nomlarining yaqinlik ma'nolarida qo'llanishi haqida"), H.Hamzayevning ("O'zlashma lug'aviy birliklar va ularning ba'zi lisoniy xususiyatlari haqida"), Z.Abdualiyeva va SH.Rasulovalarning ("Lug'aviy-semantik mikroqurilmalar tizimidagi ekvonim va ekvonimiya hodisalari haqida") o'zbek tilining sinxron leksikologiyasining turli masalalariga bag'ishlangan maqolalari berilgan. O.Boymatovning xuddi shu to'plamdan joy olgan "Jon so'zi ishtirokida shakllangan frazeologik iboralarning xususiyatlari haqida" maqolasida tojik

tili lug'aviy birliklari ishtirokida hosil bo'lgan o'zbek frazeologik iboralarining bir ko'rinishi xususida fikr yuritilgan.

Prof. A.Berdialiyevning "Lug'aviy birliklararo lisoniy munosabatlar masalasiga doir" nomli maqolasida lug'aviy birliklar: a) shakldoshlar so'zlar; b) ohangdosh so'zlar; v) ma'nodosh so'zlar kabi uch guruhga ajratiladi. Lug'aviy birliklarning denotativ asosda farq qiluvchi guruhi o'z navbatida yana giponimlar, ekvonimlar, partonimlar va graduonimlarga ajratiladi [14, 9-16].

Tojikistonlik yosh tilshunoslarning ilmiy maqolalari qo'shni respublika oliy o'quv yurtlari ilmiy to'plamlarida ham nashr etilgan. Qirg'iziston Respublikasi Batken davlat universitetining Sulukta gumanitar-iqtisodiyot instituti ilmiy to'plamlarining "Aktualnie problemi gumanitarno-pedagogicheskix nauk" nomi bilan nashr etilgan 2-kitobida [1, 2011] B.Jabborovning "Lug'aviy sathni sistema sifatida o'rganish masalasiga doir" [1, 48-53]; Xujand davlat universiteti o'zbek tili kafedrasining tadqiqotchilari D.Hasanova va O.Boymatovlarning "O'zlashma lug'aviy birliklarning o'zbek tili so'z yasalishidagi mavqei haqida (arab lug'aviy o'zlashmalari misolida)" [1, 66-73] hamda "O'zlashma lug'aviy birliklar ishtirokida o'zbek tili frazeologizmlarining yasalishi haqida" [1, 53-61] ikki maqolasi chop qilingan. Bundan tashqari, ayni shu nashrda tadqiqotchi D.Hasanovaning "O'zlashma lug'aviy birliklar so'z yasash bazasi sifatida" nomli maqolasi ham berilgan [1, 37-42]. Bu ma'lumotlardan tojikstonlik o'zbek filologlarining boshqa respublika oliy o'quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan yaqin aloqada bo'lganligidan darak beradi.

Tojikistonda o'zbek tilshunosligining leksikologiya va frazeologiya sohalari bo'yicha amalga oshirilgan yirik ishlar sifatida B.Eshonqulovning 2005 yili himoya qilingan "O'zbek tilida arab lug'aviy o'zlashmalarining sinxron tahlili" nomli nomzodlik dissertatsiyasini tilga olish mumkin.

NATIJALAR

Ushbu maqolada quyidagi masalalarga e'tibor qaratilgan bo'lib, Tojikistonda o'zbek tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy asoslari belgilangan; Tojikistonda nashr etilgan ilmiy maqolalar to'plamlari va ularga kiritilgan maqolalar o'zbek tilshunosligining sohalari bo'yicha guruhlarga ajratilib, tahlil qilingan; Tojikistonda nashr etilgan monografiya, darslik va o'quv qo'llanmalari sohaviy tahlil etilgan; o'zbek tilshunosligi sohasida barakali va simarali ijod qilgan ba'zi mutaxassislar faoliyatiga alohida e'tibor berilgan. Tojikistonda o'zbek tilshunosligi bo'yicha qilingan ilmiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-uslubiy ishlar sohama-soha tahlil etilgan.

XULOSA

Tojikiston o'zbek tilshunosligi maktabida olib borilayotgan va amalga oshirilgan ishlar, o'zbek tilshunosligining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan. Shu bois bu ilmiy maktabda amalga oshirilgan ishlarni quyidagi sohaviy guruhlarga ajratish mumkin: fonetika va fonologiya sohasiga oid, morfemika va so'z yasalishi sohalariga oid, leksikologiya va frazeologiya sohasiga oid, morfologiya sohasiga oid, sintaksis sohasiga oid, lug'aviy va grammatik semasiologiya sohasiga oid, badiiy asar tilini o'rganish sohasiga oid, dialektologiyaga oid, o'zbek tilini o'qitish uslubiyatiga oid, o'zbek sinxron sotsiolingvistikasiga oid amalga oshirilgan ishlar. Bundan tashqari o'zbek tilshunosligining amaliy (praktik) jabhasiga oid amalga oshirilgan ishlar ham mavjud. Ularga quyidagilar kiradi: turli xarakterdagi lug'atlar; tilshunoslikning ayrim sohalari bo'yicha amalga oshirilgan mashqlar majmuasi; o'zbek tilshunosligining ayrim sohalari bo'yicha amalga oshirilgan test-sinov mashqlari majmualari va boshqalardan iborat.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Aktualnie problemi gumanitarno-pedagogicheskix nauk. Nauchniy sbornik. №2. -Batken, 2011.

2. Berdialiyev A. O'zbek tili sintaktik paradigmatikasi asoslari. - Toshkent, 1991. - 50 b.

3. Berdialiyev A. Fonetika va fonologiya hamda ularning o'zaro munosabati masalasiga doir // Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 3-kitob. - Xujand, 2015. - B. 5.

4. Berdialiyev A. Slojnie slovoobrazuyushie affiksi v uzbekskom yazike. Avtoreferat kandidatskoy dissertatsii. - Tashkent, 1970. - 24 s.

5. Berdialiyev A. So'z yasalishi masalalariga doir ba'zi mulohazalar // O'zbek tilshunosligi muammolari. Ilmiy maqolalar to'plami. 17-kitob. - Xujand, 2008. - B. 514.

6. Berdialiyev A. So'z tarkibi va shakl-ma'no nomutanosibligi. Monografiya. -Bishkek, 2013. - 164 b.

7. Ilmiy asarlar. XXII. Til va adabiyot masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. -Leninobod, 1964.

8. Ilmiy asarlar. XXVI. Til va adabiyot masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. -Leninobod, 1967.

9. Ilmiy asarlar. Til va adabiyot masalalari. XXXIV. - Leninobod, 1970.

10. Mahmudov N., Madvaliev A., Sheraliyev E. Tojikistonlik o'zbek tilshunoslari sardori. O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2019. - №2. - B. 121-125.

11. Mirzaaxmedov M. Motivaniya sinxronnogo slovoobrazovaniya v uzbekskom yazike. - Xujand, 2005. - 24 s.

12. Mirzaqulov T. O'zbek tili morfemikasida paradigmatik va sintagmatik munosabatlar. - Xujand, 1993.

13. So'z zargari. (Professor A.Berdialiyev tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan anjuman materiallari to'plami. Nashrga tayyorlovchilar Turdiboev T., Eshmurodov E.) - Xujand, 2019. - 102 b.

14. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari // Ilmiy maqolalar to'plami. - Xujand: "Nuri ma'rifat", 2011. - B. 9-16.

15. Sheraliyev E. Til ilmi fidoyisi / Xalq ovozi. 2007 yil 18 oktyabr.

16. Sheronov B. Alloma tilshunos // Sharqnoma. №2(11). - Xujand, 2014. - B. 80-93.

17. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. - Xujand, 1993. - B. 99-103.

18. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari 2-kitob, - Xujand, 1994. - B. 45-48.

19. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 5-kitob.-Xujand, 1995. - B. 33-35.

20. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 6 -kitob. -Xujand, 1995. - B. 7-10.

21. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 7-kitob. -Toshkent, 1996. - B. 3-14.

22. O'zbek tilshunosligi masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 10-kitob. - Xujand, 1997.

- B. 5-12.

23. O'zbek tilshunosligi masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 14-kitob. - Xujand, 2000.

REFERENCES

1. Aktualnie problemi gumanitarno-pedagogicheskix nauk. Nauchniy sbornik. №2. -Batken, 2011.

2. Berdialiyev A. O'zbek tili sintaktik paradigmatikasi asoslari. - Toshkent, 1991. - 50 b.

3. Berdialiyev A. Fonetika va fonologiya hamda ularning o'zaro munosabati masalasiga doir // Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 3 -kitob.

- Xujand, 2015. - B. 5.

4. Berdialiyev A. Slojnie slovoobrazuyushie affiksi v uzbekskom yazike. Avtoreferat kandidatskoy dissertatsii. - Tashkent, 1970. - 24 s.

5. Berdialiyev A. So'z yasalishi masalalariga doir ba'zi mulohazalar // O'zbek tilshunosligi muammolari. Ilmiy maqolalar to'plami. 17-kitob. - Xujand, 2008. - B. 514.

6. Berdialiyev A. So'z tarkibi va shakl-ma'no nomutanosibligi. Monografiya. -Bishkek, 2013. - 164 b.

7. Ilmiy asarlar. XXII. Til va adabiyot masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. -Leninobod, 1964.

8. Ilmiy asarlar. XXVI. Til va adabiyot masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. -Leninobod, 1967.

9. Ilmiy asarlar. Til va adabiyot masalalari. XXXIV. - Leninobod, 1970.

10. Mahmudov N., Madvaliev A., Sheraliyev E. Tojikistonlik o'zbek tilshunoslari sardori. O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2019. - №2. - B. 121-125.

11. Mirzaaxmedov M. Motivaniya sinxronnogo slovoobrazovaniya v uzbekskom yazike. - Xujand, 2005. - 24 s.

12. Mirzaqulov T. O'zbek tili morfemikasida paradigmatik va sintagmatik munosabatlar. - Xujand, 1993.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. So'z zargari. (Professor A.Berdialiyev tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan anjuman materiallari to'plami. Nashrga tayyorlovchilar Turdiboev T., Eshmurodov E.) - Xujand, 2019. - 102 b.

14. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari // Ilmiy maqolalar to'plami. - Xujand: "Nuri ma'rifat", 2011. - B. 9-16.

15. Sheraliyev E. Til ilmi fidoyisi / Xalq ovozi. 2007 yil 18 oktyabr.

16. Sheronov B. Alloma tilshunos // Sharqnoma. №2(11). - Xujand, 2014. - B. 80-93.

17. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. - Xujand, 1993. - B. 99-103.

18. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari 2-kitob, - Xujand, 1994. - B. 45-48.

19. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 5-kitob.-Xujand, 1995. - B. 33-35.

20. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 6-kitob. -Xujand, 1995. - B. 7-10.

21. O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 7 -kitob. -Toshkent, 1996. - B. 3-14.

22. O'zbek tilshunosligi masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 10-kitob. - Xujand, 1997. - B. 5-12.

23. O'zbek tilshunosligi masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 14-kitob. - Xujand, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.