Научная статья на тему 'FE‟LLARNING BO„LISHSIZ SHAKLLARIDA NEYTRALLASHUV'

FE‟LLARNING BO„LISHSIZ SHAKLLARIDA NEYTRALLASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1103
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe‟l so„z turkumi / deyksis / ziddiyat / zidlanish munosabati / sintaktik neytrallashuv / polifunksional so„z / Глагольное словосочетание / дейксис / противоречие / отношение противопоставления / синтаксическая нейтрализация / полифункциональное слово

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oybek Tojiboyevich Eshonqulov

Ushbu maqolada o„zbek tilidagi fe‟llarning bo„lishsiz shakllarida neytrallashuv hamda ularning nutqiy qo„llanishda o„zaro zidlikni hosil qilishi masalasi va oʻzbek tilida bor va yo„q so„zlarida neytrallashuv -mi yuklamasi ta‟sirida yuz berishi, ular erkin almashinib qo„llanish xususiyatiga tahlil etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье был проанализирован вопрос о нейтрализации в безударных формах глаголов узбекского языка и их противопоставлении в разговорной речи, а также о том, как нейтрализация в узбекских словах "есть" и "нет" происходит под влиянием нагрузки "-ми", характер их взаимозаменяемости.

Текст научной работы на тему «FE‟LLARNING BO„LISHSIZ SHAKLLARIDA NEYTRALLASHUV»

FE'LLARNING BO'LISHSIZ SHAKLLARIDA NEYTRALLASHUV

Oybek Tojiboyevich Eshonqulov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

3-kurs tayanch doktaranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek tilidagi fe'llarning bo'lishsiz shakllarida neytrallashuv hamda ularning nutqiy qo'llanishda o'zaro zidlikni hosil qilishi masalasi va o'zbek tilida bor va yo'q so'zlarida neytrallashuv -mi yuklamasi ta'sirida yuz berishi, ular erkin almashinib qo'llanish xususiyatiga tahlil etildi.

Kalit so'zlar: Fe'l so'z turkumi, deyksis, ziddiyat, zidlanish munosabati, sintaktik neytrallashuv, polifunksional so'z.

АННОТАЦИЯ

В данной статье был проанализирован вопрос о нейтрализации в безударных формах глаголов узбекского языка и их противопоставлении в разговорной речи, а также о том, как нейтрализация в узбекских словах "есть" и "нет" происходит под влиянием нагрузки "-ми", характер их взаимозаменяемости.

Ключевые слова: Глагольное словосочетание, дейксис, противоречие, отношение противопоставления, синтаксическая нейтрализация, полифункциональное слово.

ABSTRACT

This article considered an issue discussion in neutralization in forms of Uzbek verbs and the formation of the interaction in their speech circular use. It's analyzed that in the words "bor" (there is/are) and "yo'q" (there isn't/aren't) in Uzbek, neutralization occurs under the particle of "-mi". They also focused on the nature of being used freely.

Keywords: Verb phrase, deixis, contradiction, relation of opposition, syntactic neutralization, polyfunctional word.

KIRISH

Dunyo tilshunosligida til sathi birliklarining ichki tuzili-shidagi umumiy o'xshash va zidlanishga asos bo'lgan

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

150

farqlanuvchi jihatlarini aniqlash, o'xshashliklarning yagona belgiga asoslanishi, ziddiyatlarning esa bir-biriga muvofiq kelmaslik tamoyili asosida yuzaga chiqishi qonuniyatlarini o'rganish har doim markaziy masalalardan biri bo'lib kelgan. Til sathi birliklarini til-nutq zidlanishida tadqiq etish lisoniy birliklarning bir qarashda ilg'ab bo'lmaydigan, faqat nutqiy qo'llanishda yuzaga chiqadigan semantik, funksional-uslubiy, konnotativ-pragmatik xususiyatlarini aniqlashga imkon berishi ma'lum.

Adabiyotlar tahlili: Dunyo tilshunosligida til birliklarining zidlanishga asos bo'lgan farqli belgilarining muayyan nutqiy qo'llanishda neytrallashuvi muammosi dastlab fonologik sath doirasida tekshirildi. Xususan, bu masalaga ilk bor funksional grammatikada N.S.Trubeskoy, keyinchalik L.I.Bogoraz-Buxman, V.A.Vinogradov, V.M.Beldiyan, V.K.Juravlyovlar; o'zbek tilshunosligida esa dastlab A.G'ulomov, keyinchalik A.Nurmonov, A.Abduazizovlar munosabat bildirishdi. [1]Keyingi yillarda o'zbek tili fonemalari zidlanish belgisining neytrallashuvi muammosi D.Nurmonova tomonidan monografik aspektda tadqiq etildi. [2]

Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

o'zbek tili morfologik birliklarida zidlanish uchun asos bo'lgan belgining yo'qolishi va neytrallashuvi muammosi ilk marta maxsus tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganilgan;

o'zbek tilidagi morfologik birliklar nutqda qo'llanganda zidlanish uchun asos bo'lgan belgisini yo'qotib, zidlanuvchi a'zoga nisbatan neytrallashuvi qonuniyatlari ochib berilgan;

morfologik birliklarda neytrallashuv hodisasining yuz berishi sabablari aniqlangan, neytrallashuvni yuzaga keltiruvchi omillar aniqlangan;

nutqda morfologik birliklar, xususan fe'l so'zlar neytrallashuvining funksional-uslubiy jihatlari ochib berilgan;

o'zbek tilida fe'l so'z turkumlari misolida tranpozitsiya hodisasi morfologik neytrallashuvni yuzaga keltirishi

Tilda morfologik neytrallashuv fe'llarning bo'lishsiz shakllarida ham yuz beradi. Fe'llarning bo'lishsiz shakllari gap tarkibida qo'llanganda bo'lishli shakliga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotganda neytrallashuvi kuzatiladi.

O'zbek tilshunosligida fe'llarning neytrallashuvi masalasi maxsus o'rganilmagan bo'lsa-da, ayrim ishlarda bu hodisaga munosabat bildirib o'tilgan. Jumladan, taniqli olim

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

151

A.Nurmonov sintaktik sathda yuz beradigan neytrallashuv haqida fikr yuritib, ravishdosh shakllarida kuzatiluvchi neytrallashuv masalasiga munosabat bildiradi. Uning fikricha, "Ravishdoshning -b (-ib), -guncha (va uning fonetik variantlari) formalaridan ifodalangan ergash gapning kesimi yoki ravishdosh oborotlar tasdiq-inkor belgisiga ko'ra oppozitsiyaga kirishganda, -b (-ib) -may

-masdan

-guncha -maguncha

kabi oppozitiv qatorlarni hosil qiladi. Bu ularning doimiy oppozitsiyasidir. Ayrim hollarda oppozitsiya a'zolaridagi ana shunday doimiy munosabat buzilishi mumkin. Bu vaqtda tasdiq va inkor qatorga mansub a'zolarda oppozitiv belgi yo'qolib, bir tasdiq mazmun atrofida birlashadi va mazmunan bir paradigmani hosil qiladi. Tasdiq va inkor qatorlar o'zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo'ladilar. Masalan:

Qora qishda to'y qilmay, 1 battar bo'lgur, nokas gov

Qora qishda to'y qilib,

(A. Oripov)" [3]

Darhaqiqat, ravishdoshning -guncha shakli -maguncha shakli bilan, -b (-ib) shakli -may, -masdan shakllari bilan bo'lishli-bo'lishsizlikni ifodalashiga ko'ra oppozitiv munosabatda bo'ladi. Ba'zan ravishdoshning bo'lishsizlikni ifodalovchi -maguncha, -may, - masdan shakllari bo'lishli shakllariga nisbatan zidlanishga asos bo'lgan belgisini yo'qotib, neytrallashadi. Masalan:

O'sha voqeadan keyin to Nozima uyga kelmaguncha, kishi bilmas, yo'l poylaydigan odat chiqardi. (J.Ergasheva. «Qir ustidagi ayol»)

Ushbu gapda qo'llangan kelmaguncha ravishdoshi kelguncha bo'lishli shakli bilan inkor-tasdiqni ifodalashiga ko'ra zidlanadi. Ammo bu gapda kelmaguncha ravishdoshi inkorni emas, tasdiqni ifodalashga xizmat qiladi. Natijada kelguncha bo'lishli shakliga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib, u bilan erkin almashinadigan bo'lib qolgan. Qiyoslang:

O'sha voqeadan keyin to Nozima uyga kelguncha, kishi bilmas, yo'l poylaydigan odat chiqardi.

Bunday holat quyidagi gapda qo'llangan olib bermaguncha ravishdoshida ham kuzatiladi: Yuqoridan birov qo'lini cho'zgandi, haligi qo'rqinchli tushning ta 'siridan qutulolmaganimdan cho 'chib ketdim, u to stakanchani olib bermaguncha turaverdi. (S.Vafo. «Poezd»)

Berilgan gapda qo'llangan

olib bermaguncha ravishdoshi -ma affiksini qabul qilgan

September, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

bo'lsa-da, inkorni emas, tasdiqni ifodalashga xizmat qilgan. Natijada zidlanish belgisini yo'qotib, neytrallashuv hodisasiga uchragan.

Quyidagi misollarda ravishdoshning bo'lishsiz shakldagi -may, -masdan grammatik shakllari -b (-ib) bo'lishli shakliga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib neytrallashgan:

1. O'qqa uchramay qolishingni o'ylab, Xudo deb yurasan. (A.Karim. "Urush ko'rgan chollar")

2. Mo'g'ullar kelmasdan oldin bu joy obod va moddiy jihatdan boy shaharlar bo'lgan edi. (T.Matyaqubov. "Ko'hna xorazm poytaxti Kat shahri tarixi")

Birinchi misolda qo'llangan uchramay ravishdoshi bo'lishli shakldagi uchrab ravishdoshi bilan gapda inkor-tasdiqni ifodalashiga ko'ra o'zaro zidlanadi. Biroq ushbu gapda bunday zidlik munosabati yuzaga chiqmaydi. Uchramay ravishdoshi bo'lishsiz shaklda bo'lsa-da, gapda tasdiq ma'nosi ifodalanadi. Bu holat ushbu ravishdoshning uchrab ravishdoshiga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib, u bilan erkin almashinib qo'llana olishini anglatadi. Bu quyidagi qiyosda yanada yorqin kuzatiladi:

O'qqa uchrab qolishingni o'ylab, Xudo deb yurasan.

Keyingi misolda qo'llangan kelmasdan ravishdoshi kelguncha bo'lishli shakldagi ziddiga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib, u bilan erkin almashinib qo'llanadigan bo'lib qolgan. Qiyoslang:

Mo'g'ullar kelguncha bu joy obod va moddiy jihatdan boy shaharlar bo'lgan edi.

Bu o'rinda shuni eslatib o'tish joizki, ravishdoshning -may, - masdan shakllari har qanday holatda ham bo'lishli shakldagi -b (-ib) ravishdoshi bilan oppozitiv munosabatini yo'qotavermaydi. Masalan, "O'tilgan mavzuni o'zlashtirmay, uni mustahkamlab bo'lmaydi " gapida -may affiksli ravishdosh -b (-ib) affiksli ravishdoshga nisbatan doimiy oppozitsiyasini saqlab qoladi.

Xuddi shunday, o'zbek tilida -guncha, -maguncha shaklli ravishdosh o'ramlar oppozitsiyasida ham doimo neytrallashuv qayd etilavermaydi. Masalan: Qo'lidan tutmaguncha nima deysan? (O'.Hoshimov. "Dunyoning ishlari")

Ushbu gapda qo'llangan bo'lishsiz shakldagi ravishdosh o'rami bo'lishli shakliga nisbatan doimiy zidlanish belgisini saqlab qolgan. Bu holat quyidagi gapda ham kuzatiladi:

Qamatmaguncha qo'ymayman, deyapti. (O'.Hoshimov.

Dunyoning ishlari")

September, 2022

Quyida berilgan gaplarda ham bo'lishsiz shakldagi ravishdoshlarda neytrallashuv hodisasi kuzatilmaydi:

1. ... Oradan bir soatcha vaqt o'tmay mashinamiz silkinib-silkinib o'chib qoldi. (S.Vafo. "Ustyur")

2. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan Hamid Z.Hayitboev ko'rsatgan hovliga kirdi. (T.Qosimov. "So'nggi pushaymon - o'zingga dushman")

Berilgan gaplarda qo'llangan o'tmay, o'tmasdan fe'l shakllari vaqt so'ziga bog'lanib, oradan ma'lum muddat o'tmaganligini anglatadi. Demak, bu gaplarda ushbu fe'llar bo'lishsizlikni anglatgan va bo'lishli shaklidagi o'tib fe'li bilan oppozitsiyaga kirishadi.

Shu o'rinda bo'lishsiz shakldagi fe'llarning qanday vaziyatda bo'lishli shakliga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib, neytrallashuvi masalasiga aniqlik kiritish lozim bo'ladi.

Taniqli tilshunos olim A.Nurmonovning fikricha, "Qora qishda tuy qilmay, battar bo'lgur, nokas gov" gapida qora qishda to'y qilmay konstruksiyasi ikkilamchi funksiyada qo'llangan bo'lib, buni gapning keyingi battar bo'lgur qismi ko'rsatib turadi. Agar shu qism gapdan olib tashlansa, u vaqtda ravishdosh oborot doimiy oppozitsiyasini saqlaydi, ravishdosh oborotning transpozitiv holatda qo'llanilayotganini kontekst belgilaydi. [4]

Ma'lum bo'ladiki, bo'lishsiz shakldagi ravishdoshning ikkilamchi vazifada qo'llanishi neytrallashuvni yuzaga keltirgan. Biroq olim bu o'rinda to'y qilmay konstruksiyasining ikkilamchi funksiyada qo'llanishiga turtki bo'lgan omil haqida fikr yuritmaydi.

Nutq jarayonida inkor shakldagi fe'l orqali tasdiq mazmunini ifoda etish axborotning ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qiladi. Tilshunoslikda qo'sh inkor orqali qat'iy tasdiqning ifodalanishi haqidagi xulosalar ham buni dalillaydi. A.Oripov ham qora qishda to'y qilish haqidagi axborotni ta'sirchan bayon etishda inkor shakldagi ravishdosh shaklidan foydalangan va bu bilan ifodada ta'sirchanlikka erishgan. Bu holat ravishdoshning ikkilamchi vazifada qo'llanishiga olib kelgan.

Anglashiladiki, nutq egasining pragmatik maqsadi ba'zi til birliklarining doimiy vazifasidan chekinishiga va oqibatda ziddiyatdagi a'zoga nisbatan neytral holatga kelib qolishiga sababchi bo'ladi.

Neytrallashuv hodisasi gapda to'siqsizlik munosabatini ifodalovchi buyruq-istak maylidagi bo'lishsiz fe'llarda ham kuzatiladi. Masalan:

September, 2022

1. ... Ikki tilni aralashtirmay gapirishini qancha tayinlamay, u "yo'q" deya xarxasha qilardi. Gazetadan.

2. Biroq ushbu tabiblar u kishini davolash va muolaja qilishga qanchalik urinishmasin va kuch-g'ayrat sarflashmasin, Alisher Navoiy ahvolida yaxshilanish va tuzalishyuz bermadi... (I.Sulton. "Alisher Navoiy")

Birinchi gapda qo'llangan tayinlamay fe'li 1-shaxs buyruq-istak maylidagi bo'lishsiz fe'l hisoblanadi. Bu fe'l orqali gapda to'siqsizlik munosabati ifodalangan bo'lib, bu munosabatni ifodalovchi bo'lishli shakldagi tayinlasa ham, tayinlasa-da fe'llari bilan oppozitsiyaga kirishadi. Ammo bu oppozitiv munosabat tayinlamay fe'lining zidlanish uchun asos bo'lgan belgisini yo'qotishi, ya'ni inkorni ifodalamasligi natijasida buziladi. Buning oqibatida tayinlamay fe'li tayinlasa ham, tayinlasa-da fe'llari bilan erkin almashinib qo'llanish xususiyatiga ega bo'ladi. Qiyoslang:

...Ikki tilni aralashtirmay gapirishini qancha tayinlasa ham (tayinlasa-da), u "yo'q " deya xarxasha qilardi.

Keyingi gapda esa 3-shaxs buyruq-istak maylidagi urinishmasin, sarflashmasin bo'lishsiz fe'llari qo'llangan. Bu fe'llar orqali ham gapda to'siqsizlik munosabati ifodalangan. To'siqsizlik munosabati bu fe'llarning urinishsa ham urinishsa-da, sarflashsa ham, sarflashsa-da bo'lishli shakllari orqali ham ifodalanadi. Farqli jihati shundaki, bo'lishsiz fe'llar gapda inkorni, bo'lishli fe'llar tasdiqni ifodalashga xizmat qiladi. Gapda bu farqning yo'qolishi, ya'ni bo'lishsiz shakldagi fe'llarning ham tasdiqni ifodalashi ularning neytrallashuvini ko'rsatadi.

Neytrallashuv hodisasi fe'lllarning buyruq-istak maylidagi boshqa shakllarida ham kuzatiladi. Masalan, quyidagi gaplarda buyruq-istak maylining -masin affiksli bo'lishsiz shakllari bo'lishli shakliga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib neytrallashgan:

1. Alplar qanchalar bosamiz deyishmasin "Tur! Tur!" deb turardi. (I.Sulton. "Bilga hoqon")

Alplar qanchalar bosamiz deyishsa ham, "Tur! Tur! " deb turardi. 2. Bu shunga dalolatki, bir mulkning yagona shaxsi har qancha davlatmandu olim bo'lmasin, har qancha saxovat ko'rsatmasin, bir o'zi bu ijtimoiy yechimlarni hal etish uddasidan chiqolmaydi! (A.Fitrat. "Najot yo'li")

Bu shunga dalolatki, bir mulkning yagona shaxsi har qancha davlatmandu olim bo'lsa ham, har qancha saxovat ko'rsatsa-da, bir o'zi bu

ijtimoiy yechimlarni hal etish uddasidan chiqolmaydi!

September, 2022

Xuddi shunday, bo'lishli shakldagi bu kabi fe'llar bo'lishsiz shaklidagi ziddi bilan erkin almashinib qo'llana oladigan barcha holatlarda bir-biriga nisbatan zidlanish belgisini yo'qotib, neytrallashganligi anglashiladi. Qiyoslang:

Ammo, vatanimizni jaholat xarob qildi, g'aflat dinimizni zaif qildi, deb har qancha faryod ursangiz ham, qilchalik g'am chekmaydilar. (A.Fitrat. "Najot yo'li")

Ammo, vatanimizni jaholat xarob qildi, g'aflat dinimizni zaif qildi, deb har qancha faryod urmang, qilchalik g'am chekmaydilar.

Demak, fe'llarning turli grammatik shakllari gap tarkibida bo'lishsiz shaklda qo'llanganda muayyan omillar hisobiga bo'lishli shakli bilan zidlanish belgisini yo'qotib, neytrallashishi mumkin.

Til birliklarining nutq jarayonida neytrallashuviga, qayd etilganidek, turli omillar ta'sir ko'rsatadi. Yuqorida qayd etilgan bo'lishsiz shakldagi ravishdoshlarning neytrallashuviga nutq egasining kommunikativ maqsadini amalga oshirishga yo'naltirilgan -ma affiksining ikkilamchi vazifasi sabab bo'lganligi ko'rsatildi.

Til birliklarining neytrallashuviga maxsus leksik birliklar, kontekst, vaziyat kabi omillar ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, har nima (har nimani, har narsani) belgilash va uni-buni ko'rsatish olmoshlarining zidlanish belgisi yo'qolib, neytrallashuviga bu olmoshlarning nutqda qanday predmetga ishora qilayotganligi muhim o'rin tutadi. Quyidagi gapni tahlil qilamiz: Har nimani gapiraverma. - Uni-buni gapiraverma.

O'zbek tilida har nima olmoshi umumdan ajratilgan narsa-predmetga ishora qilish vazifasini bajaradi. Ammo «Har nimani gapiraverma» misolida gapirish harakati har nima olmoshi bevosita ishora qilgan narsa-predmetga nisbatan qo'llanmagan. Bu gapda har nima olmoshi turli predmetlar (gap, xabar kabilar)ga ishora qiladi. Shu sababli bu olmosh «turli narsalar» ma'nosini anglatuvchi uni-buni olmoshi bilan erkin almashinib qo'llana oladi" [5]

Anglashiladiki, neytrallashuv har nima olmoshining qanday vazifa bajarayotganligi, nimaga ishora qilayotganligi bilan bog'liq holda yuz beradi.

Bo'lishsiz fe'llarning neytrallashuvida ham ba'zan ayrim leksik birliklarning roli sezilarli bo'ladi. Masalan, Maqsud, biz tashlab chiqqan ona diyor ohanrabodek o'ziga qanchalar chorlamasin, u yoqda siz aziz tug'ishganlarimiz ko'zlaringiz to'rt bo'lib, yo'llarimizga qancha ko'z tutmanglar, hijratni ixtiyor etdik. (M.Mansur. «Judolik diyori») gapida qanchalar leksemasining ta'sirida chorlamasin fe'li, ko'z tutmanglar iborasi inkorni ifodalamaydi. Aksincha,

September, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

ular bu so'z ta'sirida tasdiqni ta'sirchan ifodalash vazifasini bajaradi.

Berilgan gapda qo'llangan qanchalar leksemasi nihoyatda ko'p ma'nosini ifodalaydi. Qanchalar chorlamasin birikmasidan miqdor bildiruvchi ko'p so'zi tushib qolganligi sezilib turibdi. Qanchalar olmoshi semantik jihatdan ko'plik semasiga ega bo'lganligi bois ham ko'p leksemasi bilan birika oladi.

Mantiqan yondashganda qanchalar ko'p birikmasining tasdiqni anglatuvchi fe'l kesim bilan bog'lanishi to'g'ri. Bu birikmaga semantik jihatdan zid bo'lgan unchalar (unchalik) ko'p birikmasi esa inkor ifodalovchi fe'l kesim bilan bog'lanadi. Qiyoslang: Qanchalar ko'p o'qiydi. - Unchalar ko'p o'qimaydi.

Demak, qanchalar ko'p birikmasi bo'lishsiz shakldagi fe'l kesimga bog'langanda gapdan inkor emas, tasdiq ma'nosi anglashiladi. Bunday holatda ushbu fe'l kesim ikkilamchi vazifada, ya'ni tasdiqni ifodalash uchun qo'llanadi. Bu holat qanchalar ko'p birikmasi bilan bog'langan bo'lishsiz shakldagi fe'llarning zidlanish belgisini yo'kotib, neytrallashuviga sabab bo'ladi.

Bu jarayonni A.Nurmonov juda asosli tarzda quyidagicha izohlab bergan: "Yuqoridagi konstruksiyalarni transpozitsiyaga uchratayotgan vosita qancha, qanchalik so'roq olmoshlaridir. Chunki bu olmoshlar belgining ortiqligini, harakatning takroriyligini ko'rsatuvchi semaga ega bo'lib, shu semaga ega bo'la oladigan so'zlargagina bog'lana oladi. Shuning uchun ham qanchalik belgining ortiq miqdorini ifodalovchi ko'p so'zi bilan bog'lanib keladi. Ko'p leksemasining o'zi ham qanchalik leksemasi bilan birgalikda kesimning (uning qanday formada turishidan qat'i nazar) tasdiq ma'no ifodalashini taqozo etadi. Inkor mazmunni ifodalash uchun esa qanchalik leksemasini mazmunan unga zid bo'lgan unchalik leksemasi bilan almashtirishga to'g'ri keladi". [6]

Olimning xulosasiga ko'ra, "Pron bon 1+V masin [7] tipidagi konstruksiyalarda tasdiq-inkor belgisiga ko'ra oppozitsiya neytrallashgan bo'lib, bu hodisaga konstruksiya tarkibida ikkilamchi funksiyadagi P ron bon ning qatnashuvi va buning natijasida butun konstruksiyaning transpozitiv funksiya bajarishga o'tishi sababchi bo'lgan". [8]

Bu holat quyidagi gapda ham kuzatiladi:

Xayri qancha urinmasin, Hasan uning tasavvuridan surbetlik qilib nari ketmas edi. (S.Ahmad. «Tanlangan asarlar»)

Berilgan gapdan Xayrining ko'p uringanligi ma'nosi anglashiladi. Bunday gaplarda qancha so'zi o'rnida ko'p so'zining qo'llanishi ham kuzatiladi. Qiyoslang: Xayri ko'p urinmasin, Hasan uning

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

tasavvuridan surbetlik qilib nari ketmas edi.

September, 2022

Yuqorida aytib o'tilganidek, qancha so'zi semantikasida kop semasi bo'lganligi bois nutqda ulardan birini qo'llash mumkin bo'ladi. Qancha so'zi qanchalar, qanchalik tarzida ishlatilganda ma'no yanada kuchayadi.

Ba'zan bu vazifada ko'pchilikka ishora qiluvchi kimlar, kim-kimlar olmoshlari ham kelishi mumkin. Bu olmoshlar ta'sirida bo'lishsiz shakldagi fe'l kesim tasdiqni ifodalashga o'tadi. Masalan: Bo'lmasa, hech kim nazarga ilmas bu bandargohda kimlar ishlab ketmagan, bu qirg'oqni qancha suvlar yuvib o'tmagan. (M.Mansur. «Judolik diyori»)

Xullas, o'zbek tilida bo'lishsiz fe'llar nutqda ikkilamchi vazifada, ya'ni tasdiqni ifodalashda qo'llanganda bo'lishli shakldagi ziddi bilan doimiy oppozitsiyasini yo'qotib, u bilan neytral holga kelib qoladi.

XULOSA

1. Fe'lning -guncha affiksli shakli -ma+-guncha affiksli shakli bilan, -b (ib) affiksli shakli -may, -mas+-dan affiksli shakllari bilan bo'lishli-bo'lishsizlikni ifodalashiga ko'ra zidlik munosabatida bo'ladi. Ammo ba'zan nutqda bo'lishsizlikni ifodalovchi -maguncha, -may, - masdan shakllari bo'lishli shakllariga nisbatan zidlanishga asos bo'lgan belgisini yo'qotib, neytrallashadi.

2. Ravishdoshning -may, - mas+ -dan affiksli shakllari har qanday holatda ham bo'lishli shakldagi -b (-ib) ravishdoshi bilan yoki ravishdoshning -guncha, -ma+-guncha affiksli turlari har doim ham o'zaro doimiy oppozitsiyasini yo' qotavermaydi.

3. Neytrallashuv hodisasiga bo'lishsiz shakldagi ravishdoshning ikkilamchi vazifada qo'llanishi sabab bo'ladi. Fe'llarning nutqda neytrallashuviga maxsus leksik birliklar, kontekst, nutq vaziyati kabi omillar ta'sir ko'rsatadi.

4. Transpozitsiya bir so'z turkumining kontekstda boshqa so'z turkumi vazifasida kelishi bo'lib, o'zbek tilida ayrim mustaqil va yordamchi so'zlarning gapda ikklamchi vazifa bajarishi natijasida yuz beradi. Bu hodisa ot, sifat, son turkumiga mansub morfologik birliklarda keng tarqalgan.

REFERENCES

1. Трубецкой Н.С. Основы фонологии. - М., 1960; Богораз-Бухман Л.И. Фонологическая нейтрализация на уровне дифферентов и фонем в русском языке: Автореф. дисс. ... канд. филол.наук. - М., 1963; Виноградов В.А. Некоторые вопросы теории фонологических оппозиций и нейтрализации // Проблемы лингвистического анализа. Фонология. Грамматика. Лексикология. - М., 1966. - С. 13-

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

158

21; Бельдиян В.М. Звуковая система современного русского языка и вопросы нейтрализации фонем: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - М., 1968; Журавлёв В.К. К проблеме нейтрализации фонологических оппозиций // Вопросы языкознания. 1972. - №3. - С. 36-49; Шу муаллиф. Диахроническая фонология. - М., 1986; А.Гуломов. О сопутствующих явлениях при аффиксации в узбекском языке: Научные труды ТашГУ, вып. 211. - Ташкент, 1963. - С. 45-95; Нурмонов А. Узбек тили фонологияси ва морфонологияси. -Тошкент, 1990; Абдуазизов А. Узбек тили фонологияси ва морфонологияси. -Тошкент: Укдтувчи, 1992. - Б. 35-44.

2. Нурмонова Д. Узбек тилида парадигма аъзолари уртасидаги зидланиш-ларнинг нейтраллашуви: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. - Тошкент, 1998. - 22 б.

3. Nurmonov A. Sintaktik konstruksiyalarning tasdiq-inkor belgisiga ko'ra oppozitsiyasining neytrallashuvi // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1982. - №1.

4. Nurmonov A. Ko'rsatilgan maqola. - Б.50-51.

5. Eshonqulov O. O'zbek tili olmoshlari oppozitsiyasida neytrallashuv / Xorijiy tillarni o'qitishning buguni va ertasi. Xalqaro ilmiy maqolalar to'plami. - Toshkent: O'zDJTU, 2016. - B. 44.

6. Nurmonov A. Ko'rsatilgan maqola. - B.50-51.

7. Pron bon - so'roq olmoshlarining simvoli, V- fe'l simvoli.

8. Nurmonov A. Ko'rsatilgan maqola. - B.50-51.

B.50-51.

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.