Научная статья на тему 'SHART VA TO‘SIQSIZLIK MUNOSABATINING FE’L SO‘Z TURKUMI YORDAMIDA IFODALANISHI'

SHART VA TO‘SIQSIZLIK MUNOSABATINING FE’L SO‘Z TURKUMI YORDAMIDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
968
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shart mayli / buyruq-istak mayli / bo‘lmoq fe’lining bo‘lishsiz shakli / ko‘makchi fe’llar / harakat nomi / sifatdosh

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rasulova Azizaxon Muydinovna

Maqolada shart va to‘siqsizlik munosabatini ifodalovchi birliklar, ularning fe’l turkumiga kiruvchi birliklar yordamida ifodalanishi ko‘rsatilgan va misollar yordamida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHART VA TO‘SIQSIZLIK MUNOSABATINING FE’L SO‘Z TURKUMI YORDAMIDA IFODALANISHI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES

(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. SHART VA TO'SIQSIZLIK MUNOSABATINING FE'L SO'Z TURKUMI

YORDAMIDA IFODALANISHI

Rasulova Azizaxon Muydinovna, PhD,

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada shart va to'siqsizlik munosabatini ifodalovchi birliklar, ularning fe'l turkumiga kiruvchi birliklar yordamida ifodalanishi ko'rsatilgan va misollar yordamida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: shart mayli, buyruq-istak mayli, bo'lmoq fe'lining bo'lishsiz shakli, ko'makchi fe'llar, harakat nomi, sifatdosh

ESPRESSION OF CONDITIONS AND CONCESSION WITH VERBS

ABSTRACT

The article shows the units that represent condition and concession, their revealing by such units as verbs, and analyzes them using examples

Keywords: conditional mood, imperative-subjunctive mood, negative form of the verb "to be", auxiliary verbs, verbal noun, participle

KIRISH: O'zbek tilini sistem-struktur jihatdan o'rganish uning o'ziga xos jihatlarini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega. Maydonni yuzaga keltiruvchi til birliklari lisoniy sathlarda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi.

O'zbek tilshunosligida tadqiqot ishlarida grammatikaga xos masalalarni yoritish har doim ham muhim o'rin egallagan. Grammatikadagi maydon tushunchasi ko'proq morfologik sathdagi grammatik kategoriyalarni ularga funksional-semantik jihatdan yaqin bo'lgan tilning boshqa sathlari vositasidagi aloqaning tekshirilishi davomida qo'llaniladi.

ASOSIY QISM: Shart munosabatini ifodalovchi birliklar ikkita o'zaro bog'langan harakat-holat haqidagi ma'lumotni qanchalik aks ettirsa, bu harakat-holatning bir-biriga tobeligini, shuningdek, shartdan kelib chiqadigan (bajariladigan yoki bajarilmaydigan) natijani ham shunchalik ifodalaydi. Shart munosabatili birliklar shunisi bilan ahamiyatliki, bu birliklarning ikkala komponentida ham o'zaro bir-biriga ta'sir qilib, bir modal ma'noni yuzaga keltiruvchi mayl ishlatiladi [1, S.83]. Ayni shu holatni to'siqsizlik munosabatida ham ko'rishimiz mumkin. Mazkur munosabatda ham harakat-holatning o'zaro tobeligi shartga qarama-qarshi natijani bir-biriga bog'langan ikki harakat yoki holat ifodalaydi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Harakat, holatning nomini bildiruvchi fe'l so'z turkumi doirasidagi shart munosabati asosan shart mayli, buyruq-istak mayli, bo 'lmoq fe'lining bo'lishsiz shakli, ko'makchi fe'llar, harakat nomi, sifatdosh kabilar orqali ko'rinadi. Ayni shu turkum paradigmasiga kiruvchi fe'lning mayl kategoriyasi ko'rsatkichlari, fe'lning zamon kategoriyasi ko'rsatkichlari, fe'lning bo'lishli-bo'lishsizlik kategoriyasi, fe'lning funksional ko'rsatkichlari, fe'lning analitik ko'rsatkichlari kabi birliklar to'siqsizlik semasi ostida birlashadi. Ko'rinadiki, shart semasini ham, to'siqsizlik semasini ham deyarli bir xil ko'rsatkichlar ifodalaydi. Bu shart va to'siqsizlik ma'nolarining o'zaro bog'liqligiga ishora beradi.

Modal ma'no bildiruvchi mayl kategoriyasi "zamon va shaxs-son kategoriyasi bilan uzviy bog'liq bo'lib, hammasi birgalikda fe'lning tuslanish sistemasini tashkil qiladi, predikativlik ifodalanish formasi hisoblanadi."[2, B.327] Shart va to'siqsizlik" semasi ostida shart va buyruq-istak mayli affikslari bir maydonga kiradi.

Shart ma'nosini ifodalovchi asosiy vosita bu fe'lning shart mayli hisoblanadi. "Fe'lning bu formasidagi fe'l boshqa biror harakatning bajarilishi uchun shart bo'lgan harakatni bildiradi. Boshqa biror harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligi shart mayli formasidagi fe'l bildirgan harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligiga bog'liq bo'ladi.

.. .Fe'lning -sa affiksli formasi shart ma'nosini bildirganda harakatning bajarilishi so'zlovchiga aniq bo'lmaydi, ya'ni so'zlovchi uni bilmaydi. Masalan, kelgan bo'lsa, kelayotgan bo'lsa, kelsa formasining uchalasida ham harakatning bajarilganligi, bajarilayotgani yoki endi bajarilishini so'zlovchi bilmaydi. Harakatning bajarilishi so'zlovchiga ma'lum bo'lsa, u holda shart ma'nosini ifodalovchi forma qo'llanilmaydi" [3, B 346]. Shart maylidagi fe'l shart ma'nosini ifodalab kelganda bu ma'no shart maydonida yadro ma'no sifatida e'tirof etiladi.

Eshikdan mehmon kirib kelsa, quvonib ketardi.(S.Ahmad.)

Ushbu gapda uchinchi shaxsning quvonib ketishi eshikdan (ko'chadan) kirib kelgan mehmon bilan bog'lanadi. Demak, mehmonning kelish yoki kelmasligi sharti uchinchi shaxsning quvonishi yoki quvonmaslik holatini yuzaga chiqaradi. Shart munosabati ushbu gapda -sa affiksli fe'l yordamida ifodalanadi. Bundan tashqari, gap mazmunidan payt hamda harakatdan keyingi natija ma'nosini ham ko'rish mumkin. Ya'ni, uchinchi shaxs eshikdan mehmon kirib kelgan vaqtda quvonadi. Mazkur holatda shart maydoni temporallik maydoni bilan munosabatga kirishadi. Shu bilan birga harakatdan keyingi natija (quvonish harakati) ham gap mazmunidan seziladi: eshikdan mehmon kirib keladi, natijada uchinchi shaxs quvonadi.

Saidaxon bir narsani ahd qilsa, oxiriga yetkazmay qo 'ymasdi. (S.Ahmad.)

-sa qo'shimchasi yordamida shart munosabati ko'rinayotgan ushbu to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap ham shart maydonida o'z o'rniga ega. Saidaxonning biror ishni oxiriga yetkazishi uchun shu ishga kirishishga ahd qilishi gap mazmunidagi shartni ifodalaydi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Ma'lumki, shart mayli qo'shimchasi ham yuklamasi bilan birgalikda kelib gap mazmunidagi to'siqsizlikni ifodalaydi. Ba'zan bu ifoda ishtirok etgan gaplar markaziy sema sifatida shart ma'nosiga ega bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko'rish mumkinki, shart ma'nosi o'zaro boshqa munosabatlar bilan ham uzviy aloqada bo'ladi. Jumladan, shart va payt munosabati, shart va natija...

To'siqsizlik ma'nosini ifodalashda shart maylining ahamiyati katta. Demak, "fe'lning shart mayli boshqa biror harakat, voqea-hodisaning bajarilishi uchun shart, vosita bo'ladigan istalgan, faraz, mo'ljal qilingan harakatni bildiradi."[2, B. 330] Fe'lga -sa shart mayli yasovchi affiks va shaxs-son qo'shimchalaridan birini qo'shish bilan shart maylidagi fe'l hosil qilinadi.

Shart maylidagi fe'l bir necha vositalar bilan qo'llanish orqali to'siqsizlik ma'nosini anglatadi. Jumladan, ham yuklamasi bilan, ham yuklamasi va -ki bog'lovchisi bilan, -da yuklamasi bilan, 0 formada.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida shart maylidagi fe'l shart, orzu-istak, iltimos, maslahat, hayratlanish, gumon, noaniqlik va boshqa shu kabi ma'nolarni ifodalaydi. Shuningdek, birga ham yordamchisi bilan qo'llanib, voqeaning yuzaga chiqishi uchun to'siq bo'la olmagan harakat-holatni bildiradi. Bunda to'siqsizlik ma'nosi asosiy (yadro) ma'no hisoblanib, shart ma'nosi qo'shimcha (periferik) ma'noni bildiradi. Shart mayli affiksi va ham yuklamasi bilan qo'llanuvchi fe'l ko'p hollarda to'siqsiz ergash gapning kesimi yoki to'siqsizlik holi vazifasida keladi:

Hozir ko 'ngliga biroz bo 'lsa-da taskin beradigan ham shu - jamiyatga zarur ish bilan shug'uüangan.(T.Malih)

Mazkur gapda to'siqsizlik ma'nosini biroz bo'lsa-da to'siqsizlik holi pozitsiyasidagi birikma orqali ko'rish mumkin. To'siqsizlik holi shart maylidagi fe'l va yuklama yordamida hosil qilingan. Gapda chegara sema sifatida miqdor ma'nosi ham bor. Bu biroz so'zi orqali aniqlashadi. Ya'ni, bu gapda "to'siqsizlik" semasining miqdor ma'nosi bilan bog'liqligi ko'rinadi.

0 formada kelgan shart maylidagi fe'l yordamida shart ma'nosidan tashqari, harakat bajarilishining istakka zidligi ma'nosi ham ifodalanadi. Bu zidlik zamirida ba'zi hollarda to'siqsizlik munosabati ochiladi:

Doktor chaqiraylik, desam, ko 'nmaydi (S.Ahmad.)

Berilgan gapda -sa shart mayli affiksi orqali to'siqsizlik munosabatini ko'rish mumkin. Ya'ni, birinchi shaxsning doktor chaqirish istagiga uchinchi shaxs qarshi. Bu qarshilik to'siqsizlik munosabati yordamida amalga oshirilmoqda. Shart maylining nol formasi -sa ham ko'rsatkichi bilan transformatsiya qilinsa, gap mazmunidagi to'siqsizlik yaqqolroq ko'rinadi: Doktor chaqiraylik desam ham, ko 'nmaydi.

Ma'lumki, fe'l sistemasidan joy olgan buyruq-istak maylining II shaxs ko'rinishi ko'pincha 0 shakldagi fe'lga teng keladi. Ayni shu shakldagi fe'l ham ba'zan shart

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. munosabatini ochishga xizmat qiladi. Bunda shart ma'nosi, albatta, biror qo'shimcha ma'no bilan bog'langan bo'ladi. Bu holat qo'shma gaplarda ko'proq uchraydi. 0 shakldagi fe'l shaklan hech qanday qo'shimchasi bo'lmasa ham, tagma'nosida shart mayli qo'shimchasi yotganligi ko'rinadi.

Dardingni menga ayt, malham bo 'larman balki, - dedi Damin. (T.Malik.) Mazkur gapdagi ayt fe'li 0 shaklda kelgan bo'lishiga qaramay, mazmunida shart ma'nosi bor: Dardingni menga aytsang, malham bo'larman balki. Markaziy sema sifatida ko'rinayotgan shart ma'nosi bu gapda gumon ostida berilgan. Gumon balki so'zi orqali (balki malham bo'larman, balki yo'q ma'nosida) ko'rinadi. Demak, keltirilgan gapda shart va gumon ma'nolarining bog'lanishi kuzatiladi. Fikrimni eshiting, keyin maqsadimni bilib olasiz. (R. Jabborov.) Berilgan gapdagi eshiting fe'li yordamida shart ma'nosi oydinlashgan. Ya'ni maqsad yuzaga chiqishi uchun birinchi shaxsning fikri eshitilishi shart. Gapda chegara sema sifatida payt, natija ma'nolari ham ko'rinadi. Bunda maqsadni bilish vaqti fikrni eshitish shartiga bog'liq. "Payt" semasini ochishda keyin payt ravishi keltirilgan. Gap mazmunida berilgan fikrni eshitish natijasida maqsadning yuzaga chiqishi haqidagi axborot "natija" semasining kelib chiqishiga yordam beradi. Demak, mazkur gapda "shart" semasini yadro, "payt" va "natija" semalarini esa periferik ma'no sifatida ko'rsatish mumkin.

Buyruq-istak mayli to 'siqsizlik munosabatini ham ayrim j ihatlari bilan yoritadi. Xususan, "buyruq-istak maylining bo'lishsiz formasi to'siqsizlik ma'nosini bildirib, to'siqsiz ergash gapning kesimi vazifasida ham keladi"[3, B344]. Shu bilan birga buyruq-istak mayli yordamida ifodalangan to'siqsizlik ma'nosi o'rin, payt, shaxs, umidsizlik, afsuslanish va boshqa shu kabi ma'no munosabatlari bilan aloqaga kirishadi. Quyidagi misolda aynan buyruq-istak maylidagi fe'l to'siqsizlik munosabatini ochib berishga xizmat qilgan:

Uqayerda ishlamasin, orqasidan biron odam "Asqad ishni chala qilib ketdi " yoki "Ishni xom qildi," degan gap aytmagan. (S.Ahmad. )

Berilgan gapda inkor shakldagi buyruq-istak mayli affiksi orqali to'siqsizlik ko'rinmoqda. Gapni -sa ham yoki qat'i nazar ko'rsatkichli gapga aylantirilsa, "to'siqsizlik" semasi oydinlashadi: U qayerda ishlasa ham, orqasidan biron odam "Asqad ishni chala qilib ketdi" yoki "Ishni xom qildi," degan gap aytmagan. Yoki U qayerda ishlashidan qat 'i nazar, biron odam "Asqad ishni chala qilib ketdi " yoki "Ishni xom qildi," degan gap aytmagan. Yadro sifatida to'siqsizlik munosabati ko'rinayotgan bu gapda periferik ma'no sifatida o'rin ma'nosi ham seziladi. Bu gapdagi qayerda so'zi orqali ko'rinadi. Demak, uchinchi shaxsning namunali ishlashiga o'rinning ahamiyati yo'q. O'z navbatida bu "o'rin" semasi to'siqsizlik ma'nosini kuchaytirishga xizmat qilgan. Bundan to'siqsizlik maydonining lokallik mikromaydoni bilan bo'lgan aloqasini ko'rish mumkin.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Ayrim hollarda to'siqsizlik munosabati buyruq-istak maylining bo'lishli shakli orqali ham berilishi mumkin. Bunday holat ko'proq to'siqsizlik hollari ifodasida ko'rinadi:

Endi ming oh uray, foydasi yo 'q. (T.Malik.)

Bu misolda 1 shaxs birlikda kelib, -ay ko'rsatkichini olgan buyruq-istak maylidagi fe'l to'siqsizlik munosabatini ochishga xizmat qilgan. Mazkur ko'rsatkich to'siqsizlikni bildiruvchi boshqa vositalar bilan almashtirib qo'llanishi ham mumkin: Endi ming oh ursam ham, foydasi yo 'q. Gapda to'siqsizlik ma'nosini yoritishga ming soni ham yordamchi ko'rsatkich sifatida xizmat qilgan. Bu sonni qancha, qanchalik, har qancha kabi olmoshlar bilan bir qatorda ishlatish mumkin: Har qancha oh ursam ham, foydasi yo'q. Gapdagi to'siqsizlik bildiruvchi ming oh uray birikmasi o'z navbatida umidsizlik, afsuslanish ma'nolarini o'ziga ergashtiradi. Ya'ni, birikma mazmunidan birinchi shaxsning umidsizlikka tushishi, qilgan ishidan afsuslanishi ma'nolari sezilib turibdi.

Qayerga bormay, nima qilmay, cho 'l bo 'risi ko 'zimdan ketmaydi. (S.Ahmad.)

Berilgan gapda -may buyruq-istak mayli affiksi to'siqsizlikni yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita sanaladi. Ya'ni, muallifning xayolidan cho'l bo'risining ketmasligi holati uning biror joyga borishi yoki biror ish bilan shug'ullanishidan qat'i nazar yuzaga kelmoqda. Aslida muallif boshqa ish bilan shug'ullanganda diqqat-e'tibori o'sha bajarayotgan ishiga qaratilishi kerak edi. Gapda to'siqsizlikni yuzaga chiqarayotgan qo'shimcha vositalar ham mavjud. Bular qayerga va nima qilmoq so'roq so'zlaridir. Bundan to'siqsizlik maydonining o'rin va harakat ma'nolari bilan munosabatini ko'rish mumkin. Gapda tagma'no sifatida "shart" semasi ham ko'zga tashlanadi. Demak, "biror joyga borish" yoki "biror harakat bilan shug'ullanish" shartining amalga oshishi "cho'l bo'risining ko'z o'ngidan ketmasligi" holatiga to'siq bo'la olmayapti.

XULOSA: Demak, shart va to'siqsizlik munosabatini ifodalovchi birliklarni maydon asosida o'rganishda fe'l mayllari ham o'ziga xos ahamiyatga ega. Fe'lning mayl kategoriyasini olgan fe'llar ham shaxs-sonda tuslangan holatda shart va to'siqsizlik ma'nosini ifodalashda katta o'rin egallaydi. Ular o'zlari bilan yordamchi so'zlar (olmoshlar, sonlar, baribir kabi vositalar) kelishini talab qiladi. Gapda bu yordamchi so'zlar bildirgan ma'nolar ko'pincha to'siqsizlikning chegara semasi bo'lib xizmat qiladi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Гулыга Е.В., Шендельс Е.И. Грамматико-лексические поля. М.: 1969. -

С.83.

2. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллев Ш. Хрзирги узбек адабий тили. -Т.:, Узбекистан, 1992. - Б. 327.

3. Хрзирги узбек адабий тили. - Т:. Укдтувчи, 1980. - Б. 346

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

8. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

9. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для получения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.