Научная статья на тему 'AFG'ONISTON O'ZBEKLARI TILIDA FE’L MAYLLARI HAQIDA BA’ZI MULOHOZALAR'

AFG'ONISTON O'ZBEKLARI TILIDA FE’L MAYLLARI HAQIDA BA’ZI MULOHOZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

585
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe’l / zamon / shaxs-son / kategoriya / mayl / habar mayli / shart mayli / buruq-istak mayli / Verb / tense / person-number / category / inclination / message inclination / conditional inclination / inflectional inclination

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ziayee Amanullah Aghai

O’zbek tilida fe’l mayllari masalasi ancha keng o’rganilgan va bu haqida qator ishlar e’lon qilingan. Shunga qaramasdan bu sohada hali o’z ifodasini topmagan masalalar ham oz emas. Jumladan, boshqa davlatlarda yashayotgan o’zbeklar tilida fe’lning mayl turlari va ularning nomlanishi masalasida tilshunoslarning biror tadqiqot qilganligini kuzatilmaydi. Ushbu maqolada shu haqida ayrim masalalarga to’xtalib o’tamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME COMMENTS ON VERB TENSIONS IN AFGHAN UZBEK LANGUAGE

The issue of verb tenses in the Uzbek language has been studied extensively and a number of works have been published on this subject. However, there are still many unresolved issues in this area. In particular, linguists in Uzbeks living in other countries have not done any research on the types of verbs and their naming. In this article, we will address some of these issues

Текст научной работы на тему «AFG'ONISTON O'ZBEKLARI TILIDA FE’L MAYLLARI HAQIDA BA’ZI MULOHOZALAR»

AFG'ONISTON O'ZBEKLARI TILIDA FE'L MAYLLARI HAQIDA BA'ZI

MULOHOZALAR

Ziayee Amanullah Aghai

Samarqand davlat universiteti magistr talabasi (Afg'oniston)

ANNOTATSIYA

O'zbek tilida fe'l mayllari masalasi ancha keng o'rganilgan va bu haqida qator ishlar e'lon qilingan. Shunga qaramasdan bu sohada hali o'z ifodasini topmagan masalalar ham oz emas. Jumladan, boshqa davlatlarda yashayotgan o'zbeklar tilida fe'lning mayl turlari va ularning nomlanishi masalasida tilshunoslarning biror tadqiqot qilganligini kuzatilmaydi. Ushbu maqolada shu haqida ayrim masalalarga to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: Fe'l, zamon, shaxs-son, kategoriya, mayl, habar mayli, shart mayli, buruq-istak mayli.

SOME COMMENTS ON VERB TENSIONS IN AFGHAN UZBEK

LANGUAGE

ABSTRACT

The issue of verb tenses in the Uzbek language has been studied extensively and a number of works have been published on this subject. However, there are still many unresolved issues in this area. In particular, linguists in Uzbeks living in other countries have not done any research on the types of verbs and their naming. In this article, we will address some of these issues.

Keywords: Verb, tense, person-number, category, inclination, message inclination, conditional inclination, inflectional inclination.

KIRISH

Turkologiyada fe'l turkumi bo'yicha juda ko'p ishlar qilingan. O'zbek tilshunosligining o'zida fe'lga xos barcha grammatik kategoriyalar bo'yicha, shuningdek barcha funksional formalar bo'yicha dissertasiyalari yoqlangan. Ayrim kategoriyalar bo'yicha, hatto, birdan ortiq nomzodlik dissertasiyalari yoqlangan. Ana shuning o'ziyoq o'zbek tilshunosligida fe'l turkumining qay darajada keng o'rganilganini yaqqol ko'rsatib turadi. Biroq shunga qaramay, fe'l turkumida hali to'la hal etilmagan, munozarali masalalar, mohiyati yetarli ochilmagan hodisalar

anchagina bor. Shu vaqtga qadar fe'l turkumiga oid grammatik kategoriyalar haqida qat'iy bir fikrga kelinmaganlikning o'ziyoq fikrimizning dalili bo'la oladi. Bu narsa amaliy hayotda, ayniqsa, o'qish-o'qitish ishlarida ma'lum qiyinchiliklar tug'diryapti.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

R.Sayfullayeva va mualliflar jamoasining Hozirgi o'zbek adabiy tilida darsligida fe'l mayliga quyidagicha ta'rif bergan: "Fe'l ifodalagan harakat obyektiv borliq hodisasi bo'lib, uni tilda ifodalashda bevosita inson, so'zlovchi ishtirok etadi. Tilda ifodalangan harakatda, demak, inson munosabati ham mavjud bo'ladi. Bunday munosabat fe'l mayli deb yuritiladi" va quyidagi tarzda mayl turlariga ajratishadi.

a) xabar mayli;

b) shart mayli;

v) buyruq-istak mayli;

g) maqsad mayli.

Boshqa o'zbek tilshunoslari ushbu mavzuga doir ilmiy izlanishlarida hozirgi o'zbek tilida fe'l mayllarini uch turga bo'lishadi:

1.Aniq mayli;

2.Buyruq-istak mayli;

3.Shart mayli.

Ba'zi ishlarda esa buyruq-istak mayli ikki mustaqil mayl turi sifatida qaralib (buyruq mayli, istak mayli), fe'l mayllari quyidagi to'rtta turga ajratiladi: buyruq mayli; aniqlik mayli; shart mayli; istak mayli.

T.Ho'jayevning fe'l mayllari va zamonlari masalasiga bag'ishlangan maqolasida ham buyruq - istak mayli ikki mustaqil mayl turiga ajratilgan. Bundan tashqari, muallif aytsa ham (ayt~ sa - da) tipidagi formalarni, shuningdek, aytishi kerak (lozim, zarur) tipidagi birikma'larni ham alohida mayl turlari sifatida qaraydi va bulardan birinchiisni (aytsa ham, aytsa - da) «to'siqsizlik mayli», ikkinchisini esa (aytishi kerak) «vazifa mayli» nomi bilan ataydi. Shunday qilib, T. Xo'jayev hozirgi o'zbek tilida quyidagi olti mayl turi bor, deb ko'rsatadi: 1) aniqlik mayli; 2) buyruq mayli; 3) istak mayli; 4) shart mayli; 5) to'siq- sizlik mayli; 6) vazifa mayli.

Hozirgi o'zbek tilida fe'l mayllari masalasi A. Hojiyev tomonidan yana boshqacharoq qaraladi. Aniqlik mayli termini shu mayl guruhiga kiruvchi shakllarning xarakteriga mos kelmasligi haqida gapirib, bu maylni «ijro mayli» deb atash ma'qul ekanini aytadi. -moqchi affiksli ishlamoqchi tipidagi formani alohida mayl turi sifatida qaraydi va uni «maqsad mayli» deb ataydi, uchinchidan, odatda «o'tgan zamon davom fe'li» deb ataluvchi ishlar edi tipidagi analitik formani

omoforma hisoblab, alohida mayl turini tashkil etadi, deb qaraydi va bu maylni «shartli mayl» nomi bilan ataydi.

Shunday qilib, A. Hojiyev hozirgi o'zbek tilida quyidagi besh mayl turi bor, deb hisoblaydi: 1) buyruq- istak mayli; 2) shart mayli; 3) shartli mayl; 4) maqsad mayli; 5) ijro mayli.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi o'zbek tilida «buyruq mayli» va «istak mayli» nomlari bilan ikki mustaqil mayl turiga ajratilgan shakllarni, ko'pchilik tilshunoslar ta'kidlaganidek, bizningcha, «buyruq-istak mayli» nomi bilan bir mayl guruhiga birlashtirish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz.

Mayl va zamon kategoriyalari o'rtasidagi chegarani belgilash, bu kategoriyalarni ifodalovchi formalarni klassifikasiya qilish kabi qator masalalar bo'yicha ham o'zbek tilshunoslari o'rtasida turlicha qarashlar mavjud ekanligini kuzatamiz. Bu hol ba'zi shakllarning mayl va zamon kategoriyalaridan qaysi biriga aloqadorligini aniqlash masalasida har xilliklar kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Masalan, tilshunoslarning bir guruhi ba'zi shakllarni u yoki bu belgisiga ko'ra mayl kategoriyasiga kiritsalar, boshqalari shu kategoriyalarni boshqa xususiyatlariga asoslanib, zamon kategoriyasi sifatida qaraydilar.

O'zbek tilida fe'l mayllarining tarixi va taraqqiyoti masalasiga bag'ishlangan ishlarda o'zbek tili taraqqiyotining ma'lum davrlarida yoki tekshirilayotgan yodgorlik tilida qo'llangan mayl formalari haqida ham boshqa grammatik kategoriyalar singari umumiy ma'lumotlar berilgan.

Bu ishlarning bazilarida davr yoki yodgorlik tilida fe'l mayllarining quyidagi uch turi ko'rsatiladi:

1) aniqlik mayli, buyruq- istak mayli; 3) shart mayli (E. Fozilov, U. Sanaqulov, J.Lapasov, H.Bektemirov, A.Matg'oziyev, F.Is'hoqov va boshqalar). Boshqalarida esa buyruq-istak mayli formalari ikki mustaqil mayl turi sifatida qaraladi va fe'l mayllari quyidagi to'rtta turga ajratiladi: 1) aniqlik mayli; 2) buyruq mayli; 3)istak mayli; 4) shart mayli (A.N.Kononov, S.N.Ivanov, G.F.Blagova, A.Rustamov, M.Turobova, U.Mirzakarimova va boshqalar). Demak, eski o'zbek tili bo'yicha, agar buyruq-istak maylining ikki mayl turiga ajratilishi hisobga olinmasa, tadqnqotchilar o'rtasida ziddiyat yo'q.

Yozma yodgorliklar materiallarining ko'rsatishicha, buyruq, istak, tilak, iltimos kabi ma'nolarni ifodalovchi fe'l formalarini eski o'zbek tilida ham «buyruq-istak mayli» nomi bilan bir gruppaga birlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Afg'onistondagi o'zbek maktablarida ham yuqorida keltirilgan manbalar asosida mayl kategoriyasi ifodalayotgan munosabat rang-barang bo'lishi hisobga olinib quyidagi uch turga ajratib o'rganiladi:

a) xabar mayli;

b) shart mayli;

v) buyruq-istak mayli;

Xabar mayli ( Jj* harakat-holat yoki hodisani uning bajarilish yoki bajarilmaslik vaqti bilan ifodalaydi. Unda ish-harakatning bajarilish-bajarilmaslik haqida xabar ma'nosi mavjud bo'ladi. Shuning uchun bu mayldagi fe'l, albatta, biror zamon kategoriyasi shaklida ifodalanadi: iqtirdi, iqtirayapti, iqtiradi.(otmoq)

Xabar mayli biror o'zbek tilidagi kabi afg'on o'zbeklari tilida ham maxsus ko'rsatkichga ega emas. U fe'lning zamon ko'rsatkichi orqali yuzaga chiqadi.

Xabar mayli ( Jj* j^) :

O'qidim ( f^jl)

O'qiman ( ö* J^i1)

O'qimoqchi man ( ö* JJ1)

Yozgan edim ( ^ u^jlj)

Yozmoqda man ( ö* ^^al^jlj )

Yozar man ( ö*jj10

Xabar mayl dagi fe'llar ish - harakat ning uch zamodan birida bajarilishi -bajarilmasligini bildiradi, uch shaxsdan biriga taa'luqli bo'lib fe'lning turli nisbatlarida qo'llanadi: ketdi - ( o'tgan zamon) ketayapti - ^ ( hozirgi zamon), ketmoqchi - j^Lffi ( kelasi zamon).

Gap shaklida quyidagicha ifodalanadi:

1. O'tgan yil maktab bog'iga 25 nihol o'tqizdik.

2. Odil uyalganidan qizarib ketdi.

3. Odamlar tarqala boshladi.

4. Bizning yurtimiz chaman, unda qo'nib o'samiz.

Afg'oniston o'zbeklari tilida shart mayli ( Jj* -^j^) -sa, -sa edi, -ganda edi shakllari orqali ifodalanib, uchta shaxs shakllari orqali hosil qilinadi: hoymiqsam, hoymiqsang, hoymiqsa, hoymiqsangiz, hoymiqsalar; hoymiqganda edi (ta'sirlanmoq).

Misollar: Shart mayli ( Jj* -^j^)

1. Ertaga yog'mir yog'sa melaga boramiz.

2. Hurmat qilsang hurmat ko'rasan ( Maqol).

3. Ekinlar o'z vaqtida parvarish qilinganda edi, hosil mo'l bo'lardi.

4. Havliga ketsak, echkilarni olib kelamiz. -sa qo'chimchasi yordamida hosil qilingan shart mayli shaklining shart ma'nosidan tashqari boshqa payt, istak, iltimos, sabab, to'siqsizlik kabi ma'nolari afg'on o'zbeklari tilida ham mavjud, ular o'zbek tili grammatikasidagi kabi shart mayli doirasida ifodalanmaydi.

XULOSA

Yuqorida qayd etganimizdek, fe'l so'z turkumida so'zlavchining ish-harakatga munosabatining ifodalanishi fe'l mayli deyiladi. Bu hol buyruq-istak maylida yaqqol seziladi. Afg'on o'zbeklari ta'lim dargohlarida buyruq-istak mayli ish-harakat bajaruvchisining hohishi bilan bog'liq holdagi harakatga undash, shu harakatga da'vat etishni ifodalaydi va quyidagi vositalar orqali yuzaga chiqadi: -gin, -sin, -aylik, -ing. (boray), (borgin), (borsin), (boraylik), (boring(izlar)) kabi. Ifodalovchilar birlik va ko'plikda, shaxs va sonda farqlanadi. Buyruq-istak maylida sof buyruq, da'vat, iltimos, istak ma'nolari aks etadi.

Buyuruq - istak mayli - jjjjo^ ) gap tarkibida quyida

keltirilgani kabi ifodalanadi:

1. Sinfda va sinfdan tashqarida nazafatni saqlang.

2. Bu berilgan topshiriqlar hammasi bajarilsin!

3. Nasir sen savr inqilobi harida biroz so'zlab ber!

4. O'quvchilar ertalab vaqtida maktabga kelinglar!

Umuman olganda, Afg'onistondagi ta'lim dargohlarida o'qitilayotgan darsliklarda fe'l so'z turkumi, jumladan, fe'l mayllari o'zbek tilshunoslari tomonidan tadqiq qilingan grammatika qonun-qoyidalarga asoslanib olib borilishini kuzatishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Сайфуллаева Р.Р., Менглиев Б.Р., Бокиева Г.Х,., Курбонова М.М., Юнусова З.К., Абузалова М.К. Хрзирги узбек адабий тили. Укув кулланма. - Тошкент, 2006. - 176 б.

2. Хужаев Т. Узбек тилида феъл ва майл, замон ва майл масалалари. «Труди СамГУ». Новая серия. Вьш. №124. Самарканд, 1963, 103-бет.

3. Шукуров Ш. Узбек тилида феъл майллари. Тошкент. "Фан" нашриёти. 1980. 8 б.

4. Х,ожиев А. Феъл. Тошкент. "Фан" нашриёти. 1973. 193 б.

5. O'zbek tili. 6-sinf darslik kitobi. Qobul. 2020 y. 32 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.