Научная статья на тему 'AFG'ONISTONDA O'ZBEK TILI FONETIKASINING O'QITILISHI'

AFG'ONISTONDA O'ZBEK TILI FONETIKASINING O'QITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

461
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg„oniston / O„zbek tili / Fonetika / darslik / unli / undosh / tasnif / Afghanistan / Uzbek language / Phonetics / textbook / vowel / consonant / classification

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tuygun Sayed Hussamuddin

Ushbu maqolada Afg„onistonda O„zbek tili Fonetikasini maktab kitoblari hamda universititlarda o„qitilishi haqida to„xtalib o„tishni, maqsad qilgan miz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING UZBEK PHONETICS IN AFGHANISTAN

Annotation: In this article, we aim to focus on the teaching of Uzbek Phonetics in Afghanistan in textbooks and universities

Текст научной работы на тему «AFG'ONISTONDA O'ZBEK TILI FONETIKASINING O'QITILISHI»

AFG'ONISTONDA O'ZBEK TILI FONETIKASINING O'QITILISHI

Tuyg'un Sayed Hussamuddin

Afg'oniston davlati Javzijon davalt universiteti O'zbek tili va adabiyoti bo'ilimi o'qituvchisi, SamDU Filologiya fakulteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Afg'onistonda O'zbek tili Fonetikasini maktab kitoblari hamda universititlarda o'qitilishi haqida to'xtalib o'tishni, maqsad qilgan miz.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, O'zbek tili, Fonetika, darslik, unli, undosh, tasnif.

TEACHING UZBEK PHONETICS IN AFGHANISTAN

ABSTRACT

Annotation: In this article, we aim to focus on the teaching of Uzbek Phonetics in Afghanistan in textbooks and universities.

Keywords: Afghanistan, Uzbek language, Phonetics, textbook, vowel, consonant, classification.

KIRISH

Ko'p yillardan beri Afg'oniston o'zbeklari o'z ona tillarida o'qish va yozishdan mahrum etilganlar. 1978-yil demokratik davlat tuzilgandan so'ng Afg'oniston o'zbeklari birinchi marta tojik, pashtun va boshqa xalqlar qatori ona tillarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Shu yili davlat tomonidan Ta'lim Vazirligi chorsho'basida o'zbek tili kitoblarini yozish uchun maxsus bo'lim ochildi. 1986- 1987- yilar mobinigacha uzluksiz ishlar davom etgan, mazkur ishlar natijasida 1- 6- sinif darsliklari nashr ettirildi. (1:7-bet).

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Davlat tomonidan o'n ikkinchi sinfga qadar nashr etilishi kutilgan "O'zbek tili" darsliklari 6-sinfga kelib to'xtatildi. 9-sinfga ona tili bo'yicha imtihon olinishi kutilar edi, biroq bu ish ham amalga oshmay qoladi. Afg'onistondagi ichki urushlar, jumladan ayrim jangari guruhlar urushi ta'limga salbiy ta'sir ko'rsatib kelgan va haliham ko'rsatib kelmoqda.

2002- yildan keyin Afg'onistonga AQSH hukumatining kirib kelishi bilan demokratiyaning yangi davri boshlandi. Yangi tuzumda Afg'oniston bosh qonunga ega bo'ldi va bu qonunda o'zbek xalqi ham muayyan o'rin topdi. Mazkur qonunning 16-moddasida Afg'onistondagi pushtu, dari tillaridan keyin o'zbek, turkman va boshqa tillar o'z mahallalarida uchinchi rasmiy til sifatida tan olindi. Mazkur qonunda uchunchi tillarni davlat tomonidan qo'llab quvvatlanishi jiddiy ta'kidlangan. Afg'oniston o'zbeklari yashayotgan hududlardagi maktablarda 2004-yildan buyon o'zbek tili xorijiy til sifatida o'qitilib kelinmoqda.

Shuningdek maktablardagi darsliklardan tashqari Afg'onistonning 7ta viloyatidagi davlat universititlarida o'zbek tili bo'limlari ham ochilgan bo'lib, unda har yili yuzlab talaba, o'zbek tili va adabiyotini bittirib chiqadi. Men bu kichik maqolada maktab darsliklari hamda universititlardagi ma'ruzalada o'zbek tili fonetikasi qanday qilib o'qitilishi xususida gapirib o'tmoqchiman.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dastlab Fonetika haqida qisqa ma'lumot berib o'tsak, Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo'lishi va turlari, nutq organlari, ularning tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo'ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik bo„linishi, tovushlarining kommunikativ roli hamda prosodika kabi hodisalar o'rganiladi. Demak, fonetika - (gr. Phone - tovush) tilning keng ma'noda tovush tuzilishini o'rganuvchi tilshunoslikning bo'limi(9:4-bet).

U tovushlar bilan bog'liq bo'lgan har qanday hodisalarni tekshiradi. Shu sababli unga tilning faqat tovush tizimini tekshiruvchi bo'lim sifatida qarash noto'g'ri.

Har bir til o'z fonetikasiga ega. U shu tildagi tovushlarning hosil bo'lishi va talaffuzining o'ziga xos xususiyatlarini, uning tasnifi bilan bog'liq masalalarni o'rganadi, talaffuz va yozuv munosabatlarini hamda urg'u va bo'g'in xususiyatlarini tekshiradi.

Fonetika tilning tovushlar sistemasi va shu tovushlar bilan bog'liq bo'lgan har qanday hodisalarni o'rganar ekan, u tilning barcha sathlari bilan, ayniqsa, leksika va grammatika bilan bog'lanadi.

Fonetika tovushlarning almashinishi va o'zgarishi, adabiy talaffuz me'yorlari, to'g'ri talaffuz qilish qoidalari, bo'g'in va urg'u, uning turlari kabi muammolarni ham o'rganadi. Demak, fonetika haqida zaruriy ma'lumotga ega bo'lmay turib, to'g'ri talaffuz qilish bilan aloqador bo'lgan orfografiya va grammatika (morfologiya va sintaksis) qoidalari ustida ham muvaffaqiyatli ish olib borish mumkin emas. Shu

bilan birga, fonetikani o'rganish orfografiya (to'g'ri yozish), orfoepiya (to'g'ri talaffuz qilish) me'yorlarini yaxshi o'zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar talaffuzi o'rtasidagi farqni aniqlashga katta yordam beradi.

Demak, fonetika tilshunoslikning orfografiya, orfoepiya, leksikologiya, grammatika, dialektologiya kabi bo'limlari bilan bevosita aloqadordir. Fonetika fizika (akustika qismi) va fiziologiya fanlari bilan ham yaqin munosabatdadir.

Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o'rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil qilinish tomonlarini o'rganishda fiziologiyaga tayanib ish ko'radi.

Bundan tashqari, u adabiyotshunoslik (hijolar, o'lchov metrika va ta'sirli o'qish kabi) va ijtimoiy fanlar bilan doimiy aloqada bo'ladi.

Nutq tovushlarini turli tomondan o'rganish mumkin: tarixiy nuqtai nazardan, qiyosiy tomondan, hozirgi o'zbek tili va mahalliy dialektlarning nutq tovushlarini taqqoslash jihatidan, nutq tovushlarini turli asboblar yordamida eksperiment qilish yo'li bilan va boshqalar. Shunga ko'ra, fonetika nazariy planda umumiy fonetika va xususiy fonetikaga,amaliy planda esa tarixiy fonetika, qiyosiy fonetika, tavsifiy fonetika, eksperimental fonetika kabi bir necha sohaga bo'linadi(9: 4-bet).

Umumiy fonetika turli tipdagi tillarning nutq tovushlarining xilma-xilligini o'rganuvchi bo'lim. U turli sistemalar tillarida inson nutq apparatining tovush hosil qilish imkoniyatlarini, nutq organlari yordamida tovushlarni hosil qilish usullari va ulardan nutqda foydalanish imkoniyatlarini o'rganish kabi masalalar bilan shug'ullanadi.

Xususiy fonetika muayyan bir tilning fonetik bazasini, fonetik qonuniyatlarini umumiy fonetika qonuniyatlariga bo'ysunadi va uning qonuniyatlari asosida faoliyat olib boradi. Xususiy fonetika muayyan bir tilning amaliy fonetikasi hisoblanadi.

Tarixiy fonetika ma'lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy rivojlanishda o'rganadi, ya'ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy o'zgarishlarni, ularning o'zgarish sabablarini tekshiradi.

Qiyosiy fonetika qarindosh tillarning tovush sistemasi munosabatlarini o'rganadi. Masalan, turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, slavyan tillarining qiyosiy fonetikasi kabi. Bunda bir qancha qarindosh tillarning yoki bir qancha dialekt va shevalarning materiallari - unli va undoshlar, fonetik o'zgarishlar va shu kabilar birbiriga qiyoslash asosida o'rganiladi.

Afg'oniston o'zbek tili makat darslilarida fonetika

Afg'nistonda 12- sinifga qadar o'zbek tili darsliklari tayorlangan. Hozirchalik ulardan faqatgina 6-sinifga qadar chop etilgan va dars brilib kelinmoqda. Kitoblarning muqovasida ^fjJ1) "O'zbek tili" deb katta qilib, yozib qo'yilgan. fikrimiz dalili uchun quyidagi rasmga qarang (6:1).

Kitob muqovasida "O'zbek tili oltinchi sinf darslik kitobi" deb yozib qo'yilgan bo'lsa-da, aslida bu kitobda tildan boshqa har xil fanlardan ma'lumot topsa bo'ladi.

Aytish joyizki, yangi tuzumdagi "O'zbek tili" darsliklari, birinchidan, o'z nomiga yarasha vazifani o'tashdan ojiz, chunki bu kitoblarni yozgan kishilar na tilshunos, na bolalar ruhini biladigan ruhiyotshunosdirlar. Ikkinchidan, kitoblar aslida "O'zbek tili va o'qish kitobi" deb nomlanishi kerak edi, Kitob mualliflarining o'zbek tili va adabiyotshunosligini birga qo'shib "O'zbek tili" deb nom berishidan ko'zlagan maqsadlari nimadan iborat ekan? (7, 79-bet).

Birinchi sinfdan to'rtinchhi sinifgacha b o'lgan darsliklarda tilshunoslikka doir masalalar tahlili aslo uchramaydi. Olimlarimiz bolalarning ruhiyotini nazarda tutib, o'zlaricha maqul ish ko'rgan bo'lsalar kerak? faqatgina beshinchi sinf birinchi darsi tugagandan keyin, to'rtinchi betda, giromar (grammatik) qoidalar berilgan. Bunda o'zbek tili grammatikasi hamda til bahslarining boshling'ch ma'lumot berilgan. O'quvchi o'zbek tilining birinchi darsini darak gap, so'roq gap va boshqalardan o'rganishni boshlaydi [5: 4].

Ikkinchi darsdan keyin, gapdan ma'lumot birdaniga so'zga ko'chadi. Bunda qarama-qarshi (antonim), ma'nodosh (sinonim) va shakildosh (omonim) so'zlar haqida fikr bayon etiladi. [5: 8].

Giramar qoidalari, ya'ni o'zbek tili grammatikasi fors va arab tillari grammatikasiga solishtirilib o'rganiladi. [7: 79].

Darslikning 38-sahifasida yana giromar qoidalari bo'lib, "bo'lishli" va "bo'lishsiz" fe'llar o'rnida "amr" va "nhya" atamalarni ishlatgan. O'timli, o'timsiz o'rnida mutaa'ddi va lozimi, izofat, nisbat, harf rabt kabi o'nlab o'zbek tili grammatikasiga mos kelmaydigan arabcha va forscha atamalarni o'zbekcha atamalar o'rnida qo'llaganlar [5:38].

Xullas biz maktab kitoblariga fonetika haqida hech bo'lmaganda, tovushlar haqida ma'lumotni uchratmadik. Bu kamchiliklar bilan biz qanday qilib bugungi globallashuv jarayonida bolalarga tilni to'g'ri o'rgatishimiz mumkin? Butun dunyo kognitiv-verbal ta'lim tizimiga o'tgan, xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarga qatnashayotgan davrda biz bolalarimizga mos va xos darsliklar yaratishimiz payti kelmaganmi?

Birinchi o'rinda milliy dastur yaratishimiz, keyin yangi darsliklar ham ishlab chiqishimiz kerak. Biz yangi darsliklarni avvalgidek zerikarli emas, bolalarga qulay, qiziqarli tarzda ishlab chiqishimiz kerak bo'ladi.

Universitetlarda Fonetika o'qitilishi

Afg'oniston o'zbek adabi tili o'zbekiston o'zbek adabi tili asosida shakillangan desak, yanglishgan bo'lmaymiz. chunki alifbomiz ikki xil bo'lishiga qaramay, ikki tomon ham bitta til bo'lganligi aniq. Shu bois bizda tilshunoslik fani bo'yicha O'zbekistonga tayanib ish ko'rish maqul kelgan. Tilshunoslik bo'limlari haligacha ko'pincha bu tomondan ko'chirma shakilda olib o'qitilib kelinmoqda. Shu sababdan biz Afg'oniston O'zbek tili ustida yetarli darajada, tadqiqot ishlari olib borilmagan desak, yolg'on bo'lmaydi.

Universitet ma'ruzalari asosan o'zbekistonda nashir etilgan asarlar arab yozuviga o'zgartirilgan nusxasidir. Yaqinda bitta ikkita O'zbek tilshunoslari mustaqil asar sifatida, o'zbek tili giramatikasini ishlab chiqqanlar. Ularning asosi adabiyotlari

O'zbekiston manbalari asosidadir. Biz maxkur asarlarni ko'zdan kechirib o'ztishga qaror qildik.

Universitetda qo'llanib dars o'tiladigan birinchi asar Nurullo Oltoy ga tegishli, bu asarning oti "O'zbek tili giromari" bo'lgan. Bu kitob birinchi bo'limi "ovoshunoslik - fonetiks" bilan boshlaydi. unda birinchi bo'lib, fonetik - akustika haqida ma'lumot beriladi. Nutq tovushlari haqida keng va umumiy shkilda to'xtalib o'tilgan. Nutq a'zolari, unli va undosh fonemalr, ularning tasniflari, haqida quyidagicha ma'lumot beriladi:

.jl i jl c^l c^l d i jlxjj Jä ^Ijjl o^jljj ^Jjjjl

Hozirgi o'zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: A, O, I, E, U, O'.

iojjS ^^äl ^jjj JJJ

ojjS A^jjSj^. j^c i^ijj JJJ (Y .ojjS A^jSljj^l ^Jjjjlj] (V

Unli fonemalar uch tomondan tasnif qilinadi:

1) Tilning ufuqi harakatiga ko'ra;

2) Tilning amudi harakatiga ko'ra;

3) Lablarning ishtirokiga ko'ra.

mana quyidagi jadvaldaham ko'rib turganigzdek tushinarli qilib yoritilgan(9: 6-bet). _

ygO» kXw «V 1

AfjT J^1 jCiyi jLJ 1 ilk* «i^T | ,\ht 1

(!) jl

I 1 JJUjl (jlj)

jf-1".» KZI 1 \

mazkur kitobda undosh tovushlar quyidagicha tasnifqilinadi:

iojjS A^jjjjl ^j] JJ J^l^, iojjS A^jJj^al J^l^, .ojjS A^jSljJ^il i^jjj jl^ j jlji (V

1) hosil bo'lish o'rniga ko'ra;

2) hosil bo'lish usuliga ko'ra;

3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra.

.^^l^j jl (^ c^jl^il^j jl JJJ (^i C^JI^IIAS jl

1) hosil bo'lish o'rniga ko'ra o'zbek tili undoshlari uch asosi guruhga bo'linadi: a) lab undoshlari, b) til undoshlari, d) b'o'g'iz undoshlari.

(Y (^ A^tj ^jlxjjji ^IASJI JJJ ^jjjjl íjJS ^J^JJ J^IA

.J^J-^J^-^tJ^Já (V ij^tj—

2) hosil bo'lish usuliga ko'ra o'zbek tili undoshlari uchga bo'linadi: 1) portlovchilar, 2) sirg'aluvchilar, 3) portlovchi - sirg'aluvchilar.

.jijirajl^ . Y cjJjUl^i .) jj A^J^OI ^ji^ljjjl ^JJJ ^jjjjl JO^I ^jjj ^¿Sjl^ j jtjl

3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra o'zbek tili undoshlari ikkiga bo'linadi: 1. sonorlar, 2. shovqinlilar.

Bo'lim so'ngida undoshlar ham jadval asaosida quyidagicha qilib ko'rsatiladi(9: 10-bet)

Undoshlar tugagandan keyin, bo'gin haqida ma'lumot beriladi. undan so'ng Urg'u, tovush o'zgarishalri, Orfpoepiya haqida so'z uzatiladi, bunda arab yozuvida o'zbek tili unli va undoshlarini to'g'ri yozish masalari ham ko'rib chiqiladi. keyin arfografiya o'rganiladi. Bunda arab yozuvi asosida qo'shimchalarni asosga qo'shish muammolari o'rganiladi. Grafikada arab grafikasidagi O'zbek yozuvi ko'rsatilib beriladi. Til va yozuv, fonetik yozuv, morfologik yozuv, shakliy yozuv haqida ma'lumot betish bilan, fonetik bolimi to'gaydi.

Ikkinchi asar esa, Zikrulloh Ishonchga oyid. Bu asar nomi, "Hozirgi o'zbek tili" Asarning ikkinchi fasli fonetikaga bag'ishlangan. Ikkinchi fasil boshida fonetika ta'rifi berilgandan keyin, nutq tovushlarining hosil bo'lishi, nutq a'zolari, fonetika va fonologiya, tovush va fonema, fonetikaning bo'limlari, o'zbek tilining unli tovushlari, o'zbek tilida undosh tovushlar tizimi, qo'sh undoshlar, tovush o'zgarishlari, yolashgan harflar, arab harflari bilan birga qo'llanuchi ayrim belgilar xususida, bo'g'in, urg'u, ohang, so'z yasalishi kabi kichik invonlarni bu fasl o'z ichiga oladi.

Unli tovushlar tasnifi haqida keng ma'lumotlar beriladi, hatto o'zbek tilida Unlilar soni oltitadan ortiq degan mulohazani ham bu asarda ko'rishimiz mumkin. Unlilar tasnifi quyidagi jadvalda berilgan.

Yuqoridagi jadvalda, unlilar, lablarning ishtirokiga ko'ra, tilning amudi ko'tarilishiga ko'ra va tilning ufuqi ko'tarilishi - og'izning ochilish darajasiga ko'ra tasnif qilingan dir. (8: 74)

Undoshlar quyidagicha tasnif qilinadi:

iojjS A^J]j^l ^ALJJI .2 iojjS ^jjj j jlji .3

iojjS ^jjjjlji .4

.(78 :8( ji^l^jjl .5

1. hosil bo'lish o'rniga ko'ra;

2. aytilish usuliga ko'ra;

3. ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra;

4. ovozning ishtirokiga ko'ra;

5. undoshlar tarkibiga ko'ra.

XULOSA

Afg'oniston O'zbeklari bu o'lkaning ko'p nufusli jamiyatlaridan biri hisoblanadi. O'zbekistondan keyin, ikkinchi o'rinda Afg'oniston O'zbeklari turadi. Shunday ekan, ko'p sonli O'zbeklarni o'z ona tillarini o'qishdan mahrium qolishlari, O'zbek tili uchun yaqin kelajakda katta fojea emasmi? Ayniqa hozigi globallashuv jaryonida, texnika va kompyuterga moslanib rivojlanib borayotgan rillarni hujmiga duch kelib turgan, tillar o'lim yoqasida ekan, bizning tilimiz ham halokat ostida emasmi? Tilni o'rgatish, ravojlantirish, texnik - fan va kompyuter tiliga aylantirish uchun, eng avvalo, o'sha tilning fonetikasini yaxshilab o'rganish talab qilmaydimi? Biz Afg'oniston o'zbeklaridan tashqari shoni buyuk O'zbekistindagi O'zbek tili,

necha o'n yillikdan beri ikki alifbo tutquniga tushib, o'zini bu girdobdan chiqarolmaganligiga nima deysiz? Menimcha, bu xususlarda har tamonlama ilmi, va iloji boricha aybsiz va butunlay chora yo'lini topish vaqti kelgan dir. Yo'qsa zamon harakatida bir odim ortta qolish bu butunlay yer yuzidan chiqib ketish degani dir.

REFERENCES

1. Amini Muhammad Kozim. Jilavgiri az chop kutub zabon o'zbeki. Ezgu gazitasi. Maymana: Afg'oniston. 1-son, 2016.

2. Toshqin Bohoyi. O'zbek tili barobaridagi to'siqlar. Oykamon gaziytasi Maymana: Afg'oniston. 2-son, 2013.

3. Quyosh, Atubullah. Vaza'yati kutub darsi zabon o'zbeki. Kengash gaziytasi. Kokul: Afg'oniston. 2-son, 2019.

4. Ta'limi nisob o'zbek tili bo'limi darslik kitoblar mua'liflari. O'zbek tili (uchunchi sinif darslik kitobi). 2020. 102-103-97-98-betlar.

5. Ta'limi nisob o'zbek tili bo'limi darslik kitoblar mua'liflari. O'zbek tili (beshinchi sinif), 2020. 4-8- betlar.

6. Ta'limi nisob o'zbek tili bo'limi darslik kitoblar mua'liflari. O'zbek tili (oltinchi sinif), 2020. 7-13-18-betlar.

7. Toshqin Bahoyi, 29 mizo (maqolalar to'plami). 2020. Kobul, Afg'oniston. 79- 82-85-betlar.

8. Ishonch, Zikrulloh. Hozirgi o'zbek tili. Afg'oniston, Kobul. Ta'limi intishorot musisasi nashri. 2014. 66- 75-betlar.

9. Oltoy, nurulloh. O'zbek tili giromari. Afg'oniston, javzijon davlat uneversiti, o'quv qo'llanma, 2019. 6- 10- betlar

10. D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova. O'zbek tili fonetikasi. Andijon: 2016- yili. 4-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.