LISONIY BIRLIKLARNING O'ZARO MUNOSABATLARI: KETMA-
KETLIK MUNOSABATI
Nafisa Baxtiyarovna Muratova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
muratovanafisa@mail .ru
Xosiyat Abdurasul qizi Abduqahhorova
Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Lisoniy birliklarning ma'lum chiziqda ketma-ket bog'lanishi ikki elementni hech qachon bir vaqtda talaffuz qilishga imkon bermaydi. Muayyan cho'ziqlikka ega bo'lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi. Masalan, ishchilarga so'z shakli tarkibidagi ish-chi-lar-ga morfemalari bir qatorda ketma-ket joylashadi. Bundan ketma-ketlik munosabati faqat nutqqa xos degan xulosaga kelmaslik kerak. Ketma-ketlik munosabati imkoniyat va voqelik dialektikasini o'zida mujassam qilgan holda tilga ham, nuqqa ham xosdir.
Kalit so'zlar: Lisoniy birliklar, ketma-ketlik munosabati, voqelik dialektikasi, sintagmatik munosabat, morfologik sath, sistemaviy tilshunoslik.
KIRISH
Ma'lumki lisoniy birliklar sistema tarkibida ma'lum munosabatda bo'ladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir sathga mansub bo'lgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bo'lgan birliklar munosabati, ya'ni sathlararo munosabat.
Bir sathga mansub bo'lgan birliklar o'zaro ikki xil munosabatga kirishadi:1)uyadoshlik (paradigmatik) munosabati; 2)ketma-ketlik munosabati.
Ketma-ketlik munosabati
Bir sathga mansub bulgan birliklar nutq jarayonida o'zaro ketma-ket bog'lanib ma'lum axborot tashish uchun xizmat qiladi. Har bir lisoniy birlikning vazifasi ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatga kirishganda namoyon bo'ladi. Nutq jarayonida ikkita birlikni hech qachon bir vaqtda talaffuz qila olmaymiz. Oldin bittasini, so'ng ikkinchisini, uchinchisini va h.k talaffuz qilamiz. Lisoniy birliklarning ma'lum chiziqda ketma-ket bog'lanishi ikki elementni hech qachon bir vaqtda talaffuz qilishga imkon bermaydi. Muayyan cho'ziqlikka ega bo'lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi. Masalan, ishchilarga so'z shakli tarkibidagi ish-chi-lar-ga morfemalari bir qatorda ketma-ket joylashadi.
Bundan ketma-ketlik munosabati faqat nutqqa xos degan xulosaga kelmaslik kerak. Ketma-ketlik munosabati imkoniyat va voqelik dialektikasini o'zida mujassam qilgan holda tilga ham, nuqqa ham xosdir. Har qanday ketma-ketlik munosabati ma'lum tilda amal qiluvchi muayyan qoidalar, andozalar asosida maydonga keladi. Bunday qoida, andozalar ijtimoiy mohiyatga ega bo'lib, u yoki bu tilning har bir vakili ongida tayyor holda mavjud buladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Nutq jarayonidagi real birikma esa ana shu qoida va andozalar asosida yuzaga chiqadi. Har bir lisoniy birlikning boshqa lisoniy birlikka bog'lanish imkoniyati mavjud bo'ladi. Grammatik jihatdan bog'lanish
March, 2022
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
607
mumkin bo'lgan birliklar ham agar mazmuniy moslik bo'lmasa, bog'lana olmaydi.
Masalan, yig'lamoq, kulmoq, mushtlashmoq singari leksemalarning mazmuniy mundarijasida odam leksemasi bilan bog'lanish imkoniyati mavjud. O'z navbatida odam leksemasining mazmuniy mundarijasida yig'lamoq, kulmoq, mushtlashmoq leksemalari bilan mazmuniy moc keladigan (shu harakatlarni yuzaga chiqara olish) sema mavjud. Har ikki insoniy birlikda mavjud bo'lgan o'sha bir-biriga moc sema ularni o'zaro mazmuniy va grammatik munosabatga kirishuviga yo'l ochadi. Aksincha, tosh leksemasi bilan yemoq, leksemasi o'rtasida yuqoridagi kabi mazmuniy uyg'unlik yo'q. Shuning uchun ham ular o'zaro mazmuniy bog'lanish imkoniyatiga ega emas.
Ko'rinadiki, til egalari ongida tayyor holda mavjud bo'lgan lisoniy birliklarning o'zaro qo'shilish qoidalari, andozalari til sathiga ana shu qoida va andozalar asosida bevosita kuzatishda namoyon bo'lgan cheksiz hosilalar, konkret birikmalar nutq sathiga mansubdir.
Sintagmatik munosabat yordamida tilning bosh vazifasi kommunikativ vazifasi amalga oshadi. Bir sathga mansub, murakkablik darajasiga ko'ra bir xil bo'lgan lisoniy birliklar munosabatidan tashqari, turli sathga mansub, turli murakkablikdagi birliklar ham o'zaro munosabatga kirishadi. Murakkablik darajasi turli xil bo'lgan, ikki xil sathga mansub lisoniy birliklar munosabati pog'onali munosabat sanaladi. Bunday munosabatni «...dan tashkil topadi», «... tarkibiga kiradi» ifodasi bilan berish mumkin. Demak, quyi sath birligi o'zidan bir daraja yuqori sath birligi uchun qurilish (konstruktiv) birligi bo'lib xizmat qiladi. Yuqori sath birligi esa qurilma (konstruksiya) sifatida o'zidan bir daraja quyi sath birliklarining ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatidan tashkil topadi. Masalan, maktabga so'z shakli morfologik sath birligi sifatida morfemik sath birligiga nisbatan murakkablik darajasi yuqori. Chunki u o'zidan bir daraja quyi morfemik sathning maktab va -ga birliklari o'rtasidagi sintagmatik munosabat hosilasi sifatida maydonga kelgan.
Demak, morfologik sath birligi bo'lgan so'z shakl morfemik sath birligi bo'lgan morfemalarning (morfema variantlarining) o'zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi. Morfema (morfema varianti) esa so'z shakl tarkibiga kiradi.
Lisoniy birliklarning murakkablik darajasi nisbiydir. Uning murakkab deb nom olinishi o'zidan bir daraja quyi sath birligiga nisbatandir. Masalan, morfemik sath birligi bo'lgan morfemaning murakkab (qurilma, sistema) deb nom olinishi fonologik sath birligi bo'lgan fonemaga nisbatandir. Morfema, o'z navbatida, morfologik sath birligi bo'lgan so'z shakl uchun element, qurilish (konstruktiv) a'zosi sanaladi. So'z shakl morfemaga nisbatan murakkab, sintaksemaga nisbatan esa element hisoblanadi.
Lisoniy birliklar o'rtasidagi pog'onali munosabat til sistemasi ichki tuzilishining oddiydan murakkabga qarab tarkibiy joylashganligidan dalolat beradi.
MUHOKAMA
Yuqorida ta'kidlanganidek, uyadoshlik (paradigmatik) munosabatida bo'lgan lisoniy birliklar muayyan birlashtiruvchi semaga ega bo'lishi bilan birga, o'zaro farqlovchi semaga ham ega bo'ladi. Ana shu farqlovchi semalar uya a'zolarining o'zaro zidlanishi uchun asos bo'ladi.
Sistemaviy tilshunoslikda uya a'zolarining ana shunday farklovchi semalar asosida zidlanishini belgilash markaziy o'rinni egallaydi. Chunki lisoniy birliklarni ma'lum sinflarga birlashtirish qanchalik muhim bo'lsa, sinf a'zolarini bir-biriga zidlash ham shunchalik ahamiyatlidir. Sinflarga birlashtirishda lisoniy birlik mazmuniy mundarijasidagi birlashtiruvchi sema xizmat qilsa, bir-biridan ajratishda farqlovchi sema asosiy rol o'ynaydi. Shuning uchun sistemaviy tilshunoslik asoschilari zidlanish tushunchasiga katta e'tibor berib, til-da zidlanishdan boshka hech narsa yo'qligini ta'kidlaydilar.
Farqlash tushunchasi zidlanish tushunchasini taqozo etadi. Ikki narsa bir-biridan faqat o'zaro zid quyilgandagina farqlanadi. Sistemaviy
https://t.me/ares uz
March, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
608
tilshunoslikning asoschilaridan biri N.S.Trubeskoy fonologik sathda zidlanishlarni quyidagicha belgilarga ko'ra tasnif etadi:
A.Zidlanish sistemasiga munosabatiga ko'ra.
B. Zidlanuvchi a'zolar urtasidagi munosabatga ko'ra.
B.Zidlanuvchi a'zolarning ma'no farklash kuchiga ko'ra.
Bu belgiga ko'ra zidlanishlar bir o'lchovli va ko'p o'lchovli hamda ajralgan va proporsional zidlanishlarga bo'linadi.
Zidlanishlar zidlanuvchi a'zolarni farqlash uchun xiz-mat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlanayotgan a'zolar uchun umumiy bo'lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun asos» bo'lib xizmat qiladi.
Qiyoslash uchun asos belgiga ega bo'lmagan ikki narsa o'zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash uchun asos bo'lgan belgiga ko'ra zidlanishlar ikki turli buladi: 1) bir o'lchovli, 2) ko'p o'lchovli.
Bir o'lchovli zidlanishlarda zidlanuvchi a'zolarning zidlanishlari uchun asos bo'lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo'lib, zidlanish sistemasining boshqa a'zolarida uchramaydi. Masalan, lotin grafik sistemasidagi E va F harflari zidlanishini olib ko'raylik. Bu harflarning zidlanishi bir o'lchovlidir. Chunki bu ikki harf o'rtasidagi o'xshash belgilar yigindisi (vertikal chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin alfavitidagi boshqa hech qaysi harfda uchramaydi. Aksincha, R va R harflari zidlanishi esa ko'p o'lchovlidir. Chunki bu xarflar o'rtasidagi o'xshash (qiyosga asos bo'lgan) belgilar (vertikal chiziq va uning ustiga o'ng tomondan chizilgan yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda ham mavjud (masalan, V harfida).
Bir o'lchovli va ko'p o'lchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. Bunday zidlanishlar tilning barcha sathlarida uchraydi.
Bundan tash^ari birinchi belgiga ko'ra zidlanishlarning proporsional va ajralgan turlari ham mavjud.
Ma'lum bir zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabat til sistemasining boshqa zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabat bilan bir xil bo'lgan zidlanishlar proporsional zidlanish hisoblanadi. Masalan, o'zbek tili fonologik sistemasidagi k-g fonemalarining zidlanishi proporsionaldir. Chunki bu zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabat, ya'ni jarangsizlik, portlovchilik belgisi asosida umumiylikni hosil kilishi faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, t-d kabi juftliklar uchun ham xosdir.* Ma'lum bir zidlanish a'zolari o'rtasidagi qiyos uchun asos bo'lgan belgi til sistemasidagi zidlanishlarning hech qaysisida uchramaydigan zidlanish ajralgan zidlanish sanaladi. Masalan, b va l juftliklari o'rtasidagi zidlanish ajralgandir. Chunki bilabiallik va labiodentallik belgilari boshqa hech bir juftlikda kiyos uchun asos bo'lmaydi.
Zidlanish a'zolari o'rtasidagi munosabatga ko'ra zidlanishlar privativ (qiyosga asos bo'lgan belgi birida bor, ikkinchisida yo'q bo'lgan zidlanish), darajali (gradual) va teng qimmatli (ekvipolent) zidlanishlarga bo'linadi.
Zidlanuvchi a'zolaridan birida zidlanish uchun asos bo'lgan belgining mavjudligi, ikkinchisida esa yo'qligiga asoslangan zidlanish privativ zidlanish Xisoblanadi. Zidlanuvchilarning belgiga ega bulgan a'zosi belgili (markirlangan), kuchli, belgiga ega bo'lmagan a'zosi esa belgisiz (markirlanmagan), kuchsiz a'zo deyiladi. Masalan, t-d, k-g undoshlari zidlanishlari privativ ziddiyat sanalib, zidlanuvchi juftliklarning har birida birinchi a'zo «ovoz» (jarang) belgisining yo'qligi, ikkinchisi esa borligi bilan xarakterlanadi. Bunday zidlanishlarning grafik ifodasi uchun kuchsiz a'zoga «-», kuchli a'zoga « +» belgisi qo'llaniladi. Masalan, so'z turkumlari sistemasida ot bilan fe'l o'rtasida qiyos uchun asos bo'lgan belgi «harakat» sanalib, birinchisi bu belgining yo'qligi (-), ikkinchisi esa borligi (+) bilan xarakterlanadi.
Zidlanuvchi a'zolar bir belgining turli darajasini (gradasiyasini) ko'rsatuvchi zidlanish darajali zidlanish hisoblanadi. Masalan, unlilarda og'iz ochilishining turli darajasini ko'rsatuvchi u-u-o, i-e-a o'rtasidagi zidlanish.
March, 2022
https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal
Darajali zidlanish ko'p a'zoli bo'lib, darajalanish silsilasidagi birinchi va so'nggi a'zo chegara a'zolar, ular o'rtasidagi a'zolar esa oraliq a'zolar sanaladi.
Chegara a'zolar zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi va maksimal zidlanish hosil qiladi. Zidlanuvchi a'zolarning har ikkisi mantiqan teng bo'lgan, ya'ni belgining ikki darajasini ham, bor yoki yo'qligini ham bildirmaydigan zidlanishlar teng qimmatli (zkvipolent) zidlanish hisoblanadi. Masalan, opa-singil, ota-ona zidlanishi.
XULOSA
Shuni ta'kidlash kerakki, zidlanishlarning yuqoridagi turlarini ajratish til sistemasining konkret shart-sharoiti bilan bog'liq. Bu sistemaning konkret shart-sharoitdan ajratib olingan ayni bir zidlanishi privativ ham, darajali ham bo'lishi mumkin. Masalan, u-O o'rtasidagi zidlanish og'izning ochilish darajasi sifatida olinsa, privativ ziddiyat bo'ladi. Zidlanuvchilardan biri og'iz ochilishining «nul» darajasi sifatida qabul qilinadi. Bu vaktda u «ochiq emas», o esa «ochiq», yoki u «yopiq», O esa «yopiq emas» tarzida zidlanadi. Xuddi shu belgiga ko'ra til sistemasidagi u ga nisbatan ochiqroq unli u e'tiborga olinsa, u bilan o o'rtasidagi zidlanish darajali zidlanishga aylanadi. Bu vaqtda u va o zidlanishning chegara a'zolari, o' esa oraliq a'zo bo'lib qoladi. Shunday qilib, u yoki bu zidlanishni privativ, darajali va teng himmatli zidlanish sifatida baholanishi bizning qanday nuqtai nazardan yondashuvimizga bog'liq. Lekin bundan u yoki bu zidlanishni belgilash sof sub'yektiv xarakterga ega degan xulosaga kelmaslik kerak.
Shuni ta'kidlash kerakki, zidlanishning o'zida uni ma'lum bir turga kiritish uchun asos bo'ladigan qandaydir belgi mavjud bo'ladi. Tilning sistemaviy tuzilishining o'zi va uning funksiyalashuvi ko'p hollarda zidlanishning ob'yektiv va aniq turini ajratishga imkon beradi. Yuqorida ko'rib o'tgan u va o fonemalari o'rtasidagi munosabat privativ zidlanish sifatida ham, darajali. zidlanish sifatida ham tasavvur etilishi mumkin. Lekin amalda ularning qaysisi reallashayotgani shu fonologik sistemaning tuzilishi va qo'llanishi bilan bog'liq bo'ladi.
REFERENCES
1. Solnsev V.M. Yaz m k kak sistemno-strukturnoye obrazovaniye. M., 1971, s. 46-47.
2.Trubeskoy N. S. Osnovti fonologii. M., 1960, s.82;
3. Nurmonov A. Uzbek tilida pafdigma a'zolari o'rtasidagi zidlanishlarning mu'tadillashuvi (fonologik sat h). Nomz. diss. Toshkent, 1998, 8-bet.
4. Nurmonova D. A. va boshqalar. O'zbek tilining nazariy grammatikasi.T: 2001, 11-bet.
5. Iskandarova Sh.Tilshunoslik nazariyasi. Farg'ona - 2003
6. Iskandarova Sh., Zulfiyev Ya. Umumiy tilshunoslik. Farg'ona - 2001 y.
© ©
https://t.me/ares uz
March, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal1
©
o
©
©
610