Научная статья на тему 'OʻZBEK TILIDA FONETIK TEJAMKORLIK'

OʻZBEK TILIDA FONETIK TEJAMKORLIK Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
395
147
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tejamlilik tamoyili / tejamlilik / affiksal tejamlilik / fonetik tejamlilik / ekonomiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akramov Shohrux Olimjon O’G’Li

Maqola tejamlilik tamoyilining tilshunoslikda o`rganilish tarixini yoritishga bag`ishlangan bo`lib, tejamkorlik hodisasi haqida turli davr tilshunoslari tomonidan keltirilgan turlicha qarashlar bayoni bilan boshlangan. Shuningdek, tilshunos olimlarning tejamlilik ustida atroflicha olib borgan izlanishlari, ba’zi o`rinlarda esa ularning bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan fikrlari ham qayd etib o`tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK TILIDA FONETIK TEJAMKORLIK»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'ZBEK TILIDA FONETIK TEJAMKORLIK Akramov Shohrux Olimjon o'g'li

Guliston davlat universiteti Lingvistika:o'zbek tili yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7337947 Annotatsiya. Maqola tejamlilik tamoyilining tilshunoslikda organilish tarixini yoritishga bagishlangan bo'lib, tejamkorlik hodisasi haqida turli davr tilshunoslari tomonidan keltirilgan turlicha qarashlar bayoni bilan boshlangan. Shuningdek, tilshunos olimlarning tejamlilik ustida atroflicha olib borgan izlanishlari, ba'zi o rinlarda esa ularning bir-biriga qarama-qarshi bo lgan fikrlari ham qayd etib o tilgan.

Kalit so^zlar: tejamlilik tamoyili; tejamlilik; affiksal tejamlilik; fonetik tejamlilik;ekonomiya.

Istalgan tilning tarixini kuzatar ekanmiz unda doimiy o'zgarishlar sodir bo'lishiga guvoh bo'lamiz: nimadir paydo bo'ladi, nimadir esa yo'qolib qoladi. Shu o'rinda I.A.Boduen de Kurtenening fikrlari e'tiborga loyiq: "Tilda hech narsa turg'un emas...Tilda, umuman, tabiatda bo'lganidek, hamma narsa hayot kechiradi, hamma narsa o'zgarib turadi. Sokinlik, barqarorlik, harakatsizlik - bular bizga shunday tuyuladigan hodisalardir, minimal o'zgarishlar sodir bo'lishi sharti ostidagi yakka tartibdagi voqeliklardir ". Bu fikrlar harakat va turg'unlikning dialektik yaxlitligidan dalolat beradi. Bir tomondan, har bir til muayyan ma'noda tugallangan: undagi barqarorlik va individual o'ziga xosligi aynan shu bilan izohlanadi. Biroq nutq jarayonida til faqat ifodalanibgina qolmay, balki o'zgaradi ham. Tilning o'zgaruvchanligini har bir individ nutqiy faoliyatining erkin xarakterda ekanligida ko'ramiz.

O'zbek tilshunosligida til birliklari qisqaruviga o'zbek tilining dastlabki tavsifiy, ilmiy grammatikalari yaratilgan paytlardayoq e'tibor berilgan edi. O'zbek tilida tovush tushishi natijasida so'zlar, so'z formalari va affikslariing qisqargan variantlari vujudga kelishi haqidagi qayddar V.N. Nalivkin N.P.Ostroumov, A.Fitrat, E.D.Polivanov, A.N.Kononov, O.Usmon, F.Kamol, A.G'ulomov, V .V.Reshetov, F.Abdullaev, S.Mugallibov, S.A.Ferdous, A.M.Shcherbak, A.Ishayev, X.D.Doniyorov, R.Q.Qo'ng'urov, S.Otamirzayeva, A.A.Mahmudov, A.Nurmonov hamda boshqa ko'plab tadqiqotchilarning asarlarida uchraydi va muammoning turli jihatlariga doir fikr-mulohazalar bildiriladi. Ushbu masala turli yillarda «O'zbek tili grammatikasi» umumiy sarlavhasi ostida nashr etilgan darslik va qo'llanmalar hamda kollektiv tadqiqotlarda ham qisman o'z aksini topgan.[1]

Sh.X.Oqboev (Akbaev) E.D.Polivanovning qarashlaridan kelib chiqib, tejamkorlik tamoyiliga «insoniyat taraqqiyotiga xos bo'lgan qonuniyat» deb ta'rif beradi va ijtimoiy faktorning ahamiyatini oshirib ko'rsatadi: «Tejamlilik tamoyilini tor doirada, til o'zgarishlarining ichki faktori deb qarash mumkin emas, chunki bu inson tabiatining o'ziga xos xususiyatidir. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixida ushbu tendentsiya ta'siri bor. Tildagi tejamkorlik tamoyili mazkur umumiy tendentsiyaning xususiy ko'rinishidir».

G.G.Infantova tildagi tejamkorlik pirovard natijada kommunikatsiya jarayonida vaqtni tejashga xizmat qilishini nazarda tutib, uning asosiy belgisi «vaqtni tejash»dan iborat, deb hisoblaydi. «Lingvistik hodisa sifatida tejamlilik lisoniy aloqaga kirishuvchilardan til vositalaridan shunday foydalanishni taqozo qiladiki, bu hol vaqtni tejash va aloqa jarayonini qisqartirishga olib kelishi kerak».

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

A.K.Kochetkov yuqoridagi avtorlar ko'rsatib o'tgan shart-sharoitlarning hammasini birgalikda olib qaraydi:Nutqiy ekonomiya har xil faktorlarga ko'ra vujudga keladi: aqliy va jismoniy kuch sarfini eng kam holatga keltirish,vaqtni tejash (og'zaki nutqtsa), joyni tejash (yozma nutkda), talaffuzni osonlashtirishga intilish va boshqalar .

Tejamkorlik tamoyilining til sistemasi qonuniyati sifatidagi murakkab xarakteri, namoyon bo'lish shakllarining xilma-xilligi, yuqorida keltirilgan qarashlar va xulosalarda. namoyon bo'lganidek, uni turlicha sharhlashlarga sabab bo'lmoqda. Tilshunoslikda mazkur qonuniyat bo'yicha mavjud fikrlarning bir guruhi bir-birini to'ldirsa, boshqa bir guruhi bir-birini to'la inkor qiladi. Shunga qaramasdan, aytish mumkinki, tejamlilik tamoyiliga doir qarashlar evolyutsiyada, uni o'rganish davom etayotir va kelgusida mazkur qonuniyatning til taraqqiyotida tutuvchi o'rnini yoritib beruvchi fundamental tadqiqotlar maydonga kelishiga umid qilsa bo'ladi.

Ma'lumki, qisqaruvda va ekonomiyaning boshqa ko'rinishlarida til birliklarining qisqarish yo'li bilan birikib ketishi kuzatiladi E.D.Polivanovning mantig'iga asoslanib mulohaza yuritganda, bu - miqdor ko'rsatkichlaridan sifat ko'rsatkichlariga o'tish demakdir. Masalan, hozirgi o'zbek tilida ober, opke, qayni kabi so'zlarda qo'shma so'zga xos xususiyatlar yo'qolayozgan va ular bir sodda so'z kabi qabul qilinadi va talaffuz etiladi. Bu o'rinda qisqarmagan til birliklari - miqdordirlar, ular qisqargandan so'ng sifat vujudga keladi. olib ber > o(lib] ber ober olib kel > o[lip] ke[l] > opke qayin ini >qay [in] [i] ni >qayni

Masalaning qo'yilishi. A.A.Reformatskyy til yaruslarining o'zaro aloqalarini tahlil qila turib, fonetika va morfologiyaning (va umuman til yaruslarining) muxtor xarakterini inkor qilmagan holda ular o'rtasida istisnosiz struktural jihatdan bog'liklik borligini qayd qilib o'tgan va buni turkiy tillar materiallarida ham ko'rsatib bergan edi. Haqiqatan ham nutqiy jarayon bilan bog'liq holda amalda bo'ladigan til strukturasida yuz beruvchi o'zgarishlar ham fonetik, ham morfologik ahamiyat kasb etadilar, ya'ni nutq oqimidagi aksariyat o'zgarishlar leksik-semantik ma'no tashish bilan birga grammatik ma'no ham tashiydilar. Shu nuqtai nazardan N.A.Baskakov turkiy tillarda yuz beruvchi qisqaruv (P.A.Baskakovning iborasi bilan aytganda - reduktsiya)ning turlaridan birini fonetik-morfologik qiskaruv sifatida ta'riflashi diqqatga sazovordir, ya'ni turkiy tillarda ba'zi tovush va bo'g'inlarning tushib qolishi morfologik formalarga mos keladi, bu hodisani shartli ravishda fonetik-morfologik reduksiya (qisqaruv) deb atash mumkin. N.A.Baskakoz fonetik-morfologik qisqaruvning ikki turini ajratib ko'rsatadi; sof fonetik qisqaruv va fonetik-morfologik qisqaruv.Turkiy tillarda yuz beruvchi (so'z darajasidagi) qisqaruv hodisasiga ana shunday yondashish, fikrimizcha, eng maqbul yo'ldir, chunki yuqorida bir necha bor qayd etib o'tilganidek, turkiy tillarda yuz beruvchi til (nutq) birliklari qisqaruvi aksariyat hollarda nutq materiali sifatida namoyon bo'ladi, chunki morfonologik hodisalar «amaldosh nutq, nutqmy jarayon mahsulidir». O'zbek tilidagi qisqaruv hodisasiga ham yuqoridagi cha yondashish va undagi (so'z darajasida) yuz beruvchi qisqaruvlarni morfonologik xarakterga ega ekanligini inkor etmagan holda qisqaruvning ikki turini shartli ravishda ajratib ko'rsatish mumkin:

1) fonetik qisqaruv;

2) morfologik qisqaruv.

Fonetik qisqaruvga o'zbek tilidagi ba'zi unli va undosh tovushlarda tushib qolishi va gashyulogiyani kiritish mumkin. Unlilarning tushib qolishi. Keyingi yildarda tilshunosligimizda

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

o'zbek tili va uning shevalari fonetik tizimiga oid eksperimental tadqiqotlarning hamda umumturkologiyada unli tovushlar reduksiyasi va tushib qolishi mexanizmlari xususida qator nazariy tadqiqotlarning vujudga kelishi natijasida unlilarning tushib qolishi haqida qarashlar, xususan, mazkur hodisaning unlilarning so'zdagi pozitsiyasi va artikulyatsion belgilariga ko'ra yuz berishi to'g'risidagi kuzatishlarni bayon etish imkoniyati vujudga keldi. O'zbek tili fonetikasiga oid (va umumturkologiyadagi) tadqiqotlarda talaffuzda tushib qoluvchi unlilar miqdori xususida qariyb bir xil qarash hukmron: nutq jarayonida asosan tor unlilar va ba'zi hollardagina (istisno tariqasida) ayrim o'rta keng unlilar tushib qoladi, degan fikrni tadqiqotchilarning aksariyati yoqlab chiqadi. U yoki bu tovushning tushib qolishi o'zining ma'lum sabablariga ega va A.S. Melnichuk ta'biri bilan aytganda «tovush artikulyatsiyasining butunlay to'xtalishi faqat u keraksiz bo'lib qolgan o'rinlardagina mumkin bo'ladi, bu bilan tip kollektivi ortiqcha nutqiy faoliyatdan xalos bo'ladi». Shuningdek, «unlilar reduksiyasi tovushning akustik xususiyatlariga ham bog'liq. Bu hol unlilarning barcha komponentlari -uzunligi, tonning chastotasi, tovush kuchi bilan bog'liq. Masalan, qaysi tilda tor unlilar nisbatan qisqa talaffuz qilinuvchi bo'lsa, o'sha tillarda ular albatta reduksiyalanadi. Bu xususiyat o'zbek tiliga ham xosdir». O'zbek tilida tor unlilar tushib qoluvchi bunday pozitsiyalar sifatida

a) asl urg'usiz bo'g'inlar;

b) urg'uning ko'chishi tufayli vujudga keluvchi «ochiq» (urg'usiz) bo'g'inlar va

v) ikki so'zning qo'shilishi keltirish mumkin.

Quyida o'zbek tilida tushib qoluvchi tor unlilar xususida ularning akustik-fiziologik parametrlari va til unsurlarida tutuvchi pozitsiyalaridan kelib chiqqan holda mulohaza yuritamiz. Tor unlilar_(i, u. e uililari) A.A.Mahmudovning eksperimental tadqiqotlari natijalari ko'rsatishicha, i tor unlisining uzunligi bo'g'in tarkibida 160 grs tonda talaffuz etilganda 145, u unlisining uzunligi 150 ms ga teng (alohida talaffuz etilganda ushbu unlilarning uzunligi mazkur kursatkichlardan 1.3 barobar ortiq) . 'Taqqoslang: 160 gts ".'ondagi talaffuzda ksng a unlisining uzunligi 175 ms ga teng . Ko'rinib turibdiki, i va u tor unlisining (va umuman tor unlilarning) tabiatan «zaif» tovushlar ekanligi ularning yondosh tovushlar ta'siri va urg'uning ko'chishi natijasida reduksiyalanib va tushib qolishga sharoit yaratadi.

a) Urg'usiz bo'g'indagi tushib qolish. i va u tor unlilarining mazkur pozitsiyada tushib qolishi asosan og'zaki so'zlashuv nutqi va sheva materiallarida uchraydi va bu hodisa ko'proq o'zlashgan qatlamga oid so'zlarga xosdir. Masalan: o'g'il+ing>o'g'{i]ling, ko'ngil+i>ko'ng[i]li va boshq. Shuningdek, boshqa hollarda ham unlilarning tushib qolishini kuzatish mumkin: og'zaki >og'[i]zaki, ayir+i>ay[i)ri kabi. Ko'rsatib o'tish kerakki, gohida «eski» shaklning o'zi ham ishlatiladi: bo'yinsunmoq-bo'ysinmoq kabi. Tor unlilarning nutqda tushib qolishi hollari orasida e unlisi reduksiyasining o'ziga xos o'rni bor: i va u unlisidan farqli o'laroq bu tovush so'z tarkibida emas, balki yordamchi fe'llarning sifatdosh va ravishdosh formalariga qo'shilishi natijasida ikki so'z orasida tushib qoladi:borgan+edi>borgandi; borgan emish>borganmish; so'rar ekan>so'rarkan (she'riy nutqda) bo'lmas esa>bo'lmasa (esa yordamchi fe'li istisno tariqasida monand so'zga qisqargan holda qo'shilishi mumkin: yo'q esa>yo'qsa). E unlisining ushbu pozitsiyada tushib qolishi uning yordamchi fe'llar tarkibida birinchi tovush sifatida kelishi va so'zlar tutashganda u sonor yoki sirg'aluvchi tovushlar o'rtasida (bunga urg'u ko'chishi ham qo'shiladi) zaif uchastka sifatida mavjud bo'lib, so'ngra o'z artikulyatsinish yo'qotishi bilan izohlanadi. Xudtsi shunday po.zitsiyada ba'zan' i unlisi ham o'z artikulyatsiyasini yo'qotadi. Jumladan, sanoq sonlardan jamlovchi sonlarni affiksatsiya usuli yordamida hosil qilishda ushbu

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

hol kuzatiladi: ikki+ov>ikkov, olti+ov>oltov, yetti+ov>yettov. Oltovlon ola bo'lsa og'zidagini oldirar (Maqol). Yuqoridagi misollarda nisbatan keng unlining (o) tor unlining (i) «yutib» yuborishi, assimilyatsiya qilishi kuzatilyapti. I unlisining so'zning oxirgi ochiq bo'g'inida tushib qolishi ham kuzatiladi: amaki>amak[i], buvi>bibi>buv[i] - Yaxshi boring, buv Oftob!. (A.Qodiriy. O'tgan kunlar, 303-bet).[2]

Bu holda, bizning fikrimizcha, turkiy tillar uchun so'z oxirida tipik (yopiq) bo'g'in hosil qilishga intilish gendentsiyasining ta'siri sezilib turadi va urg'u ham ikkinchi bo'g'inga ko'chadi, so'nggi bo'g'in urg'udan xoli bo'ladi, ushbu ikki faktor i unlisining so'z oxirida tushib qolishi sabablaridan, deb izohlash mumkin. Qo'shma so'zlar hosil bo'layotganda ham tilshunoslikda «qayta bo'linish» deb ataluvchi hodisa tufayli i unlisining tushib qolishi yuz berishi mumkin: qayin+ona>qay[i]nona, sakiz+o'n>sakson kabi. Bunday hollarda qo'shma so'zning ikkinchi komponenti ochiq bo'g'in bilan boshlanishi zarur. Tor unlilarning tushib qolish pozitsiyalari yuqorida keltirilgan o'rinlar bilan cheklangani holda keng uililarning, ayniqsa a unlisining tushib qolishi ancha keng sferani tashkil etadiki. bu xususda alohida to'xtalib o'tish lozim bo'ladi. A unlisining. a unlisining 160 sh tondagi uzunligi bo'g'in tarkibida 175 ms ga teng. Mazkur unlining urg'usiz bo'g'inda tushib qolishi asosan sheva materiallarida va chet tillardan kirgan o'zlashmalarda uchraydi. Jumladan, N.Rajabovning qayd etishicha, o'zbek tilining o'guz lahjasida fe'.lning kelasi zamon formasi -a qo'shimchasi yorda-mida yasalganida a unlisi tushib qoladi: barjaq >bor[a]jak, aljaq>al[a]jak kabi.[3]

A Nurmonov o'zbek adabiy tilida hozirgi zamon fe'linnng boryapti formasi yasalganda fe'l asosidagi ravishdosh formasining -a formanti tushib qolishi normativ hol sifatida ko'rsatadi: man man bor+yap san <bal[a]lar<balilir< balalar so'zshaklining hosil bo'lishi xususida a keng unlisi i tor unlisiga o'tishi orqali hamda ikki sonor tovush qurshovida ekanligi ta'sirida tushib qoladi degan mulohazani bayon etadi. O'zbek tili shevalarida ham mazkur shakl uchrasa-da (masalan: soat>so:t, saodat>so:dat kabi. A tovushining so'z o'rtasida tushib qolishi fe'lning sinkretik shakllari hosil bo'lishida namoyon bo'ladi.bora qolmaydi>borol-maydi, kela qolmaydi kelolmaydi kabi. o'rinda a unlisining tushib qolishi turkiy tildarda bir bo'g'inda ikki unli qator kelolmasligi qonuniyati tufayli yuz beradi, ya'ni kontakt holatdagi unlilarga nisbatan keyingi unli nisbatan tor unlini (bizning misollarimizda «o» unlnsi «a» unlisini) o'ziga bo'ysundiradi. Bu hodisa bir qancha manbalarda zikr etilgan A unlisiiing so'z oxirida tushib qolishi ko'proq o'zlashma qatlamga oid so'zlarda uchraydi, chunki asl turkiy (o'zbsk) tillarga xos ko'p bo'g'inli so'zlarda so'nggi bo'g'inning ochiq bo'lishi tipik emas.

Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi ba'zi olmoshlar ham ularning tarkibidagi oxirgi [l] tovushining tushib qolishi natijasida paydo bo'lgan, bu hodisa A.M.Shcherbakning ma'lumotiga ko'ra XVI asr dayoq ko'zga tashlanar edi. Masalan: u< shu[l] kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilidagi so'zlarda undoshlar qatorlashuvi kuzatiluvchi so'zlarning asosiy qismi o'zlashgan qatlamga oid so'zlardir va ulardagi oxirida qatorlashgan undoshlarning .so'nggisi talaffuz jarayonida tushib qoladi (bu holat yozuvda aks etmaydi): past>pas, baxt>box, taxt>tax, diktant >diktan, kabi.

O'zbek tilshunosligida qisqaruv hodisasnni o'rganishga doir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning aksariyatida bu hodisaning asosan fonetik tomoni u yoki bu darajada yoritilgan. Lekin hozirga qadar qisqaruv hodisasining mohiyati, uning nutq jarayonida sodir bo'lishi sabablari, til (nutq) hodisasi sifatidagi o'ziga xos belgilari atroflicha o'rganilmagan va ilmiy umumlashtirilmagan. Bunga asosiy sabab, birinchidan, qisqaruvning til (nutq.) hodisasi

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

sifatidagi murakkabligi; ikkinchidan, qisqaruvga uchragan forma bilan ideal shakl o'rtasida konkret chegaraniig hamisha ham qat'iy mavjud emasligi; uchinchidan, terminologik differentsiatsiyaning aytarli darajada emaslish va. to'rtinchidan, nazariy-praktik adabiyotda ushbu hodisaga aloqador fikrlarning, asosan, yo'l-yo'lakay qilingan qaydlar sifatida uchrashidir.

REFERENCES

1. Jo'liboy Eltuzarov. Tildagi tejamlilik tamoyili va qisqaruv.SamDU 2004

2. Abdulla Qodiriy."O'tkan kunlar" Tosh 1974

3. www.ziyo.net sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.