Научная статья на тему 'MAQSAD MA’NOSINI IFODALOVCHI DASTLABKI VOSITALAR'

MAQSAD MA’NOSINI IFODALOVCHI DASTLABKI VOSITALAR Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

1208
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maqsad / kategoriya / so„z turkumlar / kategoriya

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Sirojiddin Mamaraximov

Turkiyshunoslikda bugungi kunga qadar uzil-kesil hal etilmagan bir qancha muammolar mavjud. Modomiki, turkiy tillar davri taraqqiyoti qadimgi va hozirgi turkiy tillarning tipologik birligi hamda leksik umumiyligining asosi sanalar ekan, bu mushtaraklik belgilari to„la asoslanishi lozim. Turlicha tuzilishda til belgilarining real taqsimlanishi, turkiy qabila va elatlarning bir xil birikmaganligi yoki ajralganligining natijasi, ularning qardosh yoki qardosh bo„lmagan etnik guruhlar bilan til belgilariga ko„ra turlicha integrallashuvi oqibati deb qarash mumkin bo„ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQSAD MA’NOSINI IFODALOVCHI DASTLABKI VOSITALAR»

MAQSAD MA'NOSINI IFODALOVCHI DASTLABKI VOSITALAR

Sirojiddin Mamaraximov

Guliston davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Turkiyshunoslikda bugungi kunga qadar uzil-kesil hal etilmagan bir qancha muammolar mavjud. Modomiki, turkiy tillar davri taraqqiyoti qadimgi va hozirgi turkiy tillarning tipologik birligi hamda leksik umumiyligining asosi sanalar ekan, bu mushtaraklik belgilari to'la asoslanishi lozim. Turlicha tuzilishda til belgilarining real taqsimlanishi, turkiy qabila va elatlarning bir xil birikmaganligi yoki ajralganligining natijasi, ularning qardosh yoki qardosh bo'lmagan etnik guruhlar bilan til belgilariga ko'ra turlicha integrallashuvi oqibati deb qarash mumkin bo'ladi.

Kalit so'zlar: Maqsad, kategoriya, so'z turkumlar, kategoriya.

KIRISH

Turkiy tillarni qiyosiy - tarixiy aspektda o'rganishda ularning areal xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Oltoy, Mo'g'ul, Koreys kabi tillarning qarindoshligi masalasi munozaralidir. Ayrim olimlar bu tillarning genetik jihatdan qarindosh emas, balki tipologik o'xshash degan fikrni bildiradilar. Qiyosiy - tarixiy metod orqali bu hodisalarga aniqliklar kiritiladi.

ADABIYATLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oltoy tillarining genetik qarindoshligi haqidagi gipoteza yoki oltoy gipotezasi o'tgan asrda R.Rask, V.Shott va M.A.Kastrenlar tomonidan ilgari surilgan va avval Ural - Oltoy, so'ng Oltoy variantlarida keng ko'lamda tarqaldi. Ural - Oltoy variantining Oltoy deb o'zgartirilishi munosabati bilan ural tillari alohida oila tarzida ajratildi. Oltoy tillari deb turkiy, mo'g'ul, tungus - manjur va ayrim mulohazalar bilan koreys tillari ajratildi Aytilgan guruhlarni birlashtiruvchi belgilar sifatida V.K.Memyus unlilar uyg'unligi, so'z boshi va so'z oxirida undosh tovushlar guruhlanib kelishi mavjud emasligi, cho'ziq va ikkilangan undoshlarning yo'qligi va ochiq bo'g'inlarning ko'p ishlatilishini ko'rsatadi. Ye.D.Polivanov morfologiyaning suffiksal tipda ekanligi, urg'uning doimiy o'zgarmas (avvalgi bo'g'inda) ekanligi, leksik morfemalar tipik miqdoriy tarkib idagi tahminiy o'xshashliklar (bir va ikki bo'g'inli so'zlar), singarmonizm, fonetikadagi o'xshashliklarni asos hilib ko'rsatadi. "Dunyo tillari" kitobining( yangi nashri) kirish qismida muallif J. Deni turkiy, mo'g'ul va tungus - manjur

July, 2022

376

tillarini tasvirlashda bu uch guruhning umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko'rsatadi: - fonetika sohasida unlilar uyg'unligi, so'z boshida sonorlarni ishlatmaslik (ayniqsa turk tilida), yarim unlilarning ahamiyatsizligi, so'z oxiridagi n tovushining beqarorligi, so'z boshi va so'z oxirida undoshlarning qatorlashib kelmasligi -morfologiyada esa grammatik rodning yo'qligi, faqat ikki grammatik sonning mavjudli, o'zakni o'zini ishlatish imkoniyatining mavjudligi, morfologiyaning agglyutinativ - suffiksal xarakterda ekanligi (prefikslarning yo'qligi), predloglarning yo'qligi (ular o'rnida ko'makchilar ishlatiladi) va hokazo - sintaksis sohasidagi so'zlar tartibi (ikkinchi darajali bo'laklarning bosh bo'laklardan oldin kelishi), bog'lovchilarning deyarli yo'qligi va nisbat olmoshlari (otnostelniye mestoimeniye)ning deyarli mavjud emasligi. Har uchala guruh uchun umumiy belgi sifatida o'rin-joy kelishigidagi " da ", lokativ affiks " ki " larni ko'rsatish mumkin. Kishilik olmoshlarida ham o'xshashlik mavjud. Yuz yildan ortiqroq vaqt ichida Oltoy gipotezasi o'z kuchini saqlab turdi. Komparativistik oltoyshunoslikning kulminatsion nuqtasi sifatida ikki qiyosiy grammatikaniig yaratilganligi katta voqeadir (Ramsted va Poppe asarlari). Ikki muallif o'z qarashlari va ulargacha bo'lgan materialni to'plab, umuman bu borada qilingan ishlar xulosasini berdilar. Ammo bu qiyosiy grammatikalarning paydo bo'lishi bilan tadqiqotchilarning ko'pchiligi tomonidan Oltoy gipotezasi ilmiy qimmatga ega emas, degan fikr aytildi, chunki bu asarlar o'xshashliklarni topish va bobo shakllarni qayta tiklashdagi uslublar umuman to'g'ri emasligini oydinlashtirdi. So'nggi yillarda komparativistik oltoyshunoslik bilan bir qatorda boshqa yo'nalish ham rivojlanayapti, u oltoy tillarining tarixiy aloqasini nazarda tutib, faqat o'xshashliklarni emas, farqlarni ham hisobga oladi. Oltoy - ural tillarida ko'zga tashlanadigan asosiy tipologik belgilar quyidagichadir: l.Fonetik sathda: singarmonizm (unlilar uyg'unligi)ning mavjudligi, undosh tovushlarning assimilyatsiyaga uchrashi qonuniyatining amal qilishga, so'z o'zagida jarangli undoshning qat'iyligi, so'z boshida bitta undosh tovushning kelishi, semantik differensiyaga uchragan so'zlarda singarmonik parallelizm uchrashi mumkinligi, so'z birikmasidagi kesim so'zga bosh urg'uning tushishi kabilar. 2. Morfologik sathda: so'z va so'z o'zgarishida qo'shimchalar agglyutinatsiyaga yo'l qo'yilishining ustunligi va ba'zan o'zak morfemaning fuziyaga yo'l qo'yishi, old qo'shimchalar vazifasida ko'makchilarning qo'llanishi, artikllarning uchramasligi, grammatik rod kategoriyasining mavjud emasligi, egalik kategoriyasining borligi, chiqish kelishigidagi konstruksiyasida qiyoslash ma'nosining ifodalanishi, birlik va ko'plik sonlarda so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarining nisbatan ko'pligi, bosh kelishik vazifasining ko'pligi kabilar 3. Sintaktik sathda: son bilan ifodalangan aniqlovchilarda sonda moslashuvning

July, 2022

377

uchramasligi, so'roq ma'nosini ifodalashda yuklamalarning qatnashishi, ergash gaplar o'rnida sifatdosh va ravishdosh oborotlarining keng ishlatilishi, tushum kelishigida ifodalangan obyektning mantiqiy urg'uga tortilishi, gap bo'laklari tartibining nisbatan qat'iyligi, aniqlovchi vazifasida keluvchi sifat, son va olmoshlarning aniqlashishga muvofiq holda o'zgarmasligi va boshqalar 4. Leksik sathda: Turkiy tillar lug'at tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi, bir bo'g'inli so'zlarda mushtaraklik yaqqol namoyon bo'lishi, siyosiy - ijtimoiy muhit ta'sirida hukmron til leksikasining o'zlashganligi va b. Oltoy va turkiy tillarining ayrim guruhlaridagi leksik farqlar bu tilning keyingi taraqqiyoti natijasi hisoblanadi. Oltoy tillari lug'aviy boyligida turk, mo'g'ul va tungus - manjur tillari uchun umumiy so'zlar uchraydi. Turkiy tillarning sharqiy tarmog'ida xitoy, sanskrit, fors-arab leksikasi va fin tili elementlarining uchrashi turkiy tillar lingvistik xaritasi kengligining nishonasidir. Turkiy tillar taraqqiyotining mo'g'ul davrida Sibir va Markaziy Osiyo tillarida mo'g'ulcha so'zlarning o'zlashtirilganligi oltoy tillari orasidagi tillarning lug'at tarkibini boyitishga xizmat qilgan, XV asrgacha bo'lgan mushtarak turkiy adabiy - badiiy matnlar tilini chuqur o'rganish natijasida turkiy tillarning umumtipologik xususiyatlarini aniq belgilash, keyingi til taraqqiyotidagi o'zgarishlar bilan solishtirish, hozirgi turkiy tillarning turli sathlarida ro'y bergan farqli belgilarning sabablarini aniqlash mumkin bo'ladi. Hozirgi turkiy tillarni qiyosiy aspektda o'rganish, ularning turli til sathdaridagi mosligi darajasini belgilash, zamonaviy yondoshuvlar va tadqiq metodlari asosidagi nazariy ma'lumotlarni boyitish, qarindosh tillarning turli sohalardagi qiyosiy lug'atlarini yaratish taqozo etmoqdaki, bularning barchasi turkiyshunoslik oldida turgan masalalarni oydinlashtirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy o'zbek tilshunosligining ildizi, albatta, qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tiliga borib taqaladi. Shu boisdan bu davrni o'rganmay, bugungi kundagi maqsad ma'nosini ifodalovchi vositalarni o'rganib bo'lmaydi. Misol uchun o'sha davrlarda maqsad ergash gapli konstruksiya tilda foydalanilgan bo'lib, bulardan oqilona foydalangan desak xato bo'lmaydi. Maqsad ergash gap konstruksiyalarni tashkil etgan qismlarning biri ikkinchisidan anglashilgan mazmun nima maqsadda ro'y berishini ifodalaydi. Maqsad ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Masalan: ani anyitayin teb, sübdim (Ung). Türk bodun yitmszün tdyin yoluq ermszün tdyin üzd td^ri tsr drmish... (Ung).

Bundan tashqari, bog'lovchilar masalasiga alohida to'xtalib o'tilgan. Olim A.Matg'oziyev, o'z navbatida, bog'lovchilar

July, 2022

3l8

ishtirok qilgan gapning sintaktik-semantik (mazmuniy) tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga ajratadi va ilmiy tahlil qilib o'tadi:

1. Aniqlov bog'lovchilari: -kim, -ki, ya'ni.

2. Shart bog'lovchilari: qaltï, qalï, abam, abang, biruk, abam biruk, agar, gar, ar, magar, varna, vagarna, modomiki, mabodo, basharti, bordi-yu.

3. To'siqsizlik bog'lovchilari: agarchi, garchi, archi, agarchand, garchand, harchand, bovujudkim, bovujudi ulkim.

4. Sabab bog'lovchilari: aning, anï uchun, antag'ïnïng uchun, anïng uchunkim, chu, chun, chunki, chunkim, zero, zeroki, charoki, shu sababli, shu tufayli, shu boisdan, ushbu jihatdin, ushbu vajhdin, negaki, nedinki, nechunkim, nega desa, nima uchun desa.

5. Maqsad bog'lovchilari: teb, teyin, deb, to, toki, tokim,toinki.

6. Payt bog'lovchilari: chun, chu, to, toki, tokim, toinki, hamonoki, vaqtekim.

7. Chog'ishtiruv-qiyoslash bog'lovchilari: chun, chu, o'ylakim, bo'ylakim, go'yo, go'yokim, chunin kabi.

Ushbu tahlil qismlarda turli ma'no nozikliklarni ifodalash bilan birga maqsad ma'nosining ifodalanishi o'zgacha qo'llanadi. So'zlovchining fikri aniq, ravon, chiroyli talaffuz qilinishi va tushunarli bo'lishida maqsad manosini bildiruvchi fikrlar birlamchi hisoblanadi.

Shuningdek, A. Matg'oziyev tarixiy ergashtiruvchi bog'lovchilarni gapda joylashuvini ham ko'rib chiqadi. Uning tasnifiga ko'ra ergashtiruvchi bog'lovchilar ergash gapli qo'shma gap komponetlarining turli o'rinlarida: bosh yoki ergash gap tarkibida kelishiga ko'ra farqlanadi va ularni quyida gi turlarga ajratadi:

1. Faqat bosh gapning tarkibida qo'llanuvchi ergashtiruvchi bog'lovchilar: anï, anï(ng) uchun, anïng uchun (shuning uchun), anïng uchun kim, shul sabadin, shu jihatdin, shu boisdin, shul vajhdin.

2. Faqat ergash gaplarning tarkibida qo'llanuvchi ergashtiruvchi bog'lovchilar: qalï, abang, agar, biruk, magar, gar, agarchi, garchi, agarchand, garchand, harchand, bovuji ulkim, mabodo, modomiki, basharti, varna, vagarna, deb, ya'ni, chunki, zeroki, toki, negaki, nedinki, nimaga desangiz.

3. Bosh va ergash gapning tarkibida qo'llana oladigan ergashtiruvchi bog'lovchilar: ki, kim, chun, chu, go'yo, go'yoki, o'ylakim, bo'ylakim.

Ko'rinadiki, o'zbek tilining tarixiy taraqqiyoti davomida qalï, abang, biruk (biraq), magar, bovujudi ulkim, zeroki, charoki, o'ylakim,

bo'ylakim kabi bog'lovchilar iste'moldan chiqib ketgan.

July, 2022

Bu davr ergashtiruvchi bog'lovchilarini o'zining sintaktik vazifasi va ma'nolariga ko'ra quyidagi turlarga bo'ladi

1. Aniqlov-izohlov bog'lovchilari: -kim, -ki, ya'ni.

2. Shart bog'lovchilari: agar, gar, ar, vagarna, garna, varna, arna, mabodo, basharti.

3. To'siqsizlik bog'lovchilari: agarchi, garchi, archi, agarchand, harchand, bavujudi ulkim.

4. Sabab bog'lovchilari: chunki, chun, chu, zeroki, charoki, anïng uchunki, nedinki, negaki, shuning uchun.

5. Maqsad bog'lovchilari: to, toki, deb.

6. Payt bog'lovchilari: chunki, chun, chu, to, toki, vaqtiki, hamonoki.

V. O'xshatish-qiyoslash bog'lovchilari: chun, chu, oylakim, boylakim, go'yo, go'yoki kabi. Eski o'zbek tilda ayrim bog'lovchilar birdan ortiq ma'no va funksiyada qo'llangan. Masalan, to, toki payt va maqsad ma'nosida; chun va chu payt, sabab va o'xshatish-qiyoslash ma'nolarida qo'llangan.

Umuman olganda har qanday fikr ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi, buning uchun aniqlik, shart, to'siqsizlik, sabab, maqsad, payt va o'xshatish-qiyoslash bog'lovchilari qo'llaniladi. Lekin shular qatorida maqsad bog'lovchisining qo'lanilishi maqsadning me'yor darajasidan ortiqligini ifodalab keladi.

Qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tiliga oid yozma manbalarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bular ichida yozma manbalar tilida ko'makchilarning qo'llanishi va ma'no turlariga ham duch kelamiz. Bunga quyidagicha qarashimiz mumkin

1. Sof ko'makchilar.

2. Vazifadosh ko'makchilar

T. Rustamov ko'makchilarning tarixiy taraqqiyoti masalalarini o'rganishda shartli ravishda uch katta davrga bo'lib olib boradi:

1. XII-XIV asr yozma yodgorliklari.

2. XV-XVI asr yozma yodgorliklari.

3. XVII-XX asrning boshlari yozma yodgorliklari.

Mustaqil so'zlarning ko'makchi so'zlar turkumiga o'tishi undagi leksik va grammatik xususiyatlarning o'zgarishiga olib keladi. Ko'makchilar grammatik kategoriya bo'lgani uchun ham tilda ko'makchilarning paydo bo'lishi grammatikaning bir elementi hisoblanadi.

Ko'makchilarning mustaqil ma'noli so'zlardan farqi ko'makchilarda mustaqil leksik ma'no yo'k ekanligidagina emas, balki ko'makchilardagi leksik ma'no qandaydir o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ular mustaqil ma'noli so'zlarga birikkandagina paydo bo'lishidadir.

July, 2022

З80

Ma'lumki, vaqtning o'tishi bilan yangi ko'makchilar paydo bo'lib, ba'zi ko'makchilar iste'moldan chiqib ketadi. O'zbek tili tarixida ham ushbu holatni ko'rishimiz mumkin.

Eski o'zbek adabiy tilida qo'llangan ko'makchilar ko'p o'rinda hozirgi o'zbek adabiy tilidagi ko'makchilarga o'xshaydi. Ularning qo'llanishi va ma'nolari farq sezilmaydi. Biroq ularning fonetik va ayrim ko'makchilardagi farq mavjud.

Eski o'zbek tiliga oid manbalar tilida qo'llangan ko'makchilarni ham, dastavval, ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

1) sof ko'makchilar;

2) funksional ko'makchilar.

Ushbu manbalarda sof ko'makchilarga alohida urg' u berib o'tilgan. Masalan, Ыг1э//Ы1э//Ыг1эп//Ы1эп ko'makchisi quyidagi grammatik ma'nolarni ifodalaydi:

- birgalik ma'nosini bildiradi:Bir neche xalq birbkdmigd kirdi ("Qissasi Rabg'uziy" , 246). Sdniq birb dost boldum (Nahjul Farodis, 223).

- vosita ma'nosini bildiradi:Bichqi birb bichdi (Tafsir, 129). Tash birburdi (Nahjul Farodis, 12).

- payt bildiruvchi so'zlar bilan kelganda, payt ma'nosi ifodalanadi : Ertd birb kdldiler (Tafsir). Ibrahim taц birb qopti ("Qissasi Rabg'uziy").

- holat ma'nosini bildiradi: Munlar jumla g'azab birb chiqtilar (Nahjul Farodis). Uzun rag'bat bib ul tashqa surter (Xusrav va Shirin).

- sabab ma'nosini bildiradi: Bu maqamg'a ne bib tegdщ ("Qissasi Rabg'uziy"). Bir kimerseni xata birla o'lturdi (Nahjul Farodis).

- maqsad ma'nosini ifodalaydi: Men ul shart birb musulman bolurmen kim, meni alsaц (QR, 286). Uydan uch shirt bibn chiqtilar kim, ne yerde faqir taifasin tapsalar, tukkeyler (SS, 76a).

-birld//bUa//bMdn//bUdn ko'makchisi ayrim manbalarda biriktiruvchi bog'lovchi vazifasida ham qo'llangan:Ae bar yoq-luq bib barliq arasi (Xusrav va Shirin). Ma'shuqa qatinda chun tupraq bib altun bir (Sayfi Saroiy).

Qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tiliga oid yozma manbalarga uchun ko'makchisi bir qancha ma'nolarni ifodalab kelishi kuzatiladi:

- sabab ma'nosini bildiradi: yazuqi uchun qiynama-(Tafsir). Iig'lamaq ne uchun tedi ("Qissasi Rabg'uziy", 676). Halaklik bolsun se^ bu so'z uchun (Nahjul Farodis).

- maqsad ma'nosiii bildiradi: Oz yalg'anchiliqin bilgur-mak u chu n o'qidi (Tafsir). Biz kelduk bularni halak qilib, seni qutqarmaq uchun

("Qissasi Rabg'uziy").

July, 2022

- atalganlikni bildiradiXalqlar uchun bar anda mevalar (Tafsir). Fatima uchun Abubakr bazardan xarid qildi taqi bir sinek aldilar taqi ikki ko'ze aldilar (Nahjul Farodis).

- evaz, tenglik kabi ma'nolarni bildiradi:Ikki diram uchun qolun keskeyler (Sayfi Saroiy). Kishi uchun kishi hech o'lmishi yoq (Xusrav va Shirin).

- uchun ko'makchisi ayrim manbalarda qisqargan -chun shaklida ham qo'llangan: Inshaalla-chun bu ayat keldi (Tafsir). Bu kun ul mi ц bir atiц xurmati-ch u n, habibщ Mustafanщ izza-ti-ch u n ani lutf1ц bildk dilshad qilg'il (SS, 816).

- kebi//kibi ko'makchisi bosh va qaratqich kelishikdagi so'zni boshqaradi kabin//kibin shakllari ham uchraydi: Xatun kishi kebin ("Qissasi Rabg'uziy"). Kichiklik halatinda anasina ul тшщ kib in qilsa, baz qiyas etkim, ulg'aysa, o'zgege-ne qilg'ay (Sayfi Saroiy).

Bulardan tashqari qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tiliga oid yozma manbalarida bu ko'makchi chog'ishtirish, qiyoslash, o'xshatish ottenkalari ham ifodalab kelganligiga guvoh bo'lamiz:

- Yzd//üzrd ko'makchisi asosan bosh kelishikdagi so'z bilan birikadi. Ish-harakat predmetning ustki qismiga yo'naltirilgani yoki predmetning ustki qismida ijro etilgani ko'rsatiladi: Bashïnï kolï uza urdï (TF), Ul taxt üzrd olturdï (QR).

- Ichrd ko'makchisi. Bu ko'makchi bosh kelishikdagi so'z bilan qo'llanadi: Kishilik olmoshining III shaxs birligi qaratqich kelishigida keladi: keme ichrd, zindan ichrd, g'ar ichrd kabi. Bu ko'makchi bosh kelishikdagi so'z bilan qo'llanadi:

Til tarixiga chuqurroq kirib boradigan bo'lsak, ko'makchilardan tashqari kishilik olmoshining III shaxs birligi qaratqich kelishigida keladigan shaklda ham bir qancha ma'no nozikliklari qatori maqsad ma'nosining ifodalanishi kuzatiladi: anï.ц ichrd.

Asarning tahliliy jihatini olib qaraydigan bo'lsak, ichrd ko'makchisi quyidagi ma'nolarni ifodalashini kuzatamiz:

- ish-harakatning biror narsa-predmet ichida yuz berishini ko'rsatadi, ya'ni «ichida», «o'rtasida» kabi ma'nolarni ifodalaydi: Qamug' an'1'ц ichrd mangu qalg'aylar ("Tafsir" ). Iblisni keme ichrd ko 'rdi ("Qissasi Rabg'uziy" ). Tag'ï ot ichrd Azar og'lin asrar ("Muhabbatnoma" ). Buparda ichrd kelturdum xush avaz ("Xusrav va Shirin" ). Agar Nil ichrd erseq ach yuk, ey yar ("Xusrav va Shirin").

- holat ma'nosini ifodalaydi:Ko'rub Xisrav taajjub ichrd kaldi ("Xusrav va Shirin"). Bu qazg'u ichrd qalmadi qararï ("Xusrav va Shirin").

-obyektni ko'rsatadi: Hikayat ko'p bu surat ichre, aqla ("Xusrav va Shirin"). Aya ko'rk ichrd alam padishahï (MN). Kim ush Shirin erur so'z ichr e paki ("Xusrav va Shirin" ).

July, 2022

З82

- payt bildiruvchi so'zlar bilan qo'llanganda payt ifodalaydi:Ieti yuz eli to'rt ichr3 tugendi ("Muhabbatnoma" ). Bu besh-on kun ichr3 rahm qïl meщ ("Xusrav va Shirin" ).

- yodgorliklar tilida ichr3 ko'makchisi ravish ma'nosida ham qo'llangan: Iusuf Zulayha birl3 ichra qaldïlar ("Nahjul Farodis" ). Malik tabuti kim gumbazge yettiц kigurdi ichr3, elge uzr ayïtti ("Xusrav va Shirin" ).

Ushbu manbalarda taba, tabaru ko'makchilari ma'no qirralarini ham kuzatishimiz mumkin:

- ish-harakatning yo'nalishini ko'rsatadi: Ot tabaru eltti ("Tafsir"). Falastin taba barur boldi (QR). Uchmah taba nazar qilg'il ("Nahjul Farodis"). Ravan Mashhad tabaru tebrediler ("Xusrav va Shirin").

- obyektni ko'rsatadi: Bir xurma yag'achi taba aydi ("Tafsir"). Elchiler Sulaymang'a taba aydilar ("Qissasi Rabg'uziy").

- holatni ifodalaydi:Baliqlar yerge kvk yash yuzi taba tusherin qamug' ko'rdiler ("Qissasi Rabg'uziy").

- vosita ma'nosini ifodalaydi:Qurtqani bazar bashida darg'a taban asib o'lturdiler ("Qissasi Rabg'uziy").

XI asr yozma manbalarida taba, tabaru ko'makchi turli xil ma'no ifodalab kelganligiga guvoh bo'lamiz. Bundan tashqari, tegru, tegi ko'makchilari ham bir qancha ma'no nozikliklariga ega:

- payt bildiruvchi otlar bilan birikib, payt ma'nosini ifodalaydya: Ul vaqtg'a tegi hech vluk suv üz3 yoqaru kelmes erdi ("Tafsir"). Qirq kunge tega ko'rmez bolur erdiler ("Qissasi Rabg'uziy");

-o'rin ma'nosini ifodalaydi:Alti ayat tugel bolg'inchag'a tegi bu sura yetmish besh ayat turur ("Tafsir"). Belinge tegi yutti ("Qissasi Rabg'uziy"). Mashruqdin mag'ribqa tegi xush arig' bolg'ay ("Nahjul Farodis"). Qachib Chin-u Kitayg'a tegru ketkey (Sayfi Saroiy).

Bu asarlarda уацЩ', bikin ko'makchilari asosan bosh kelishikdagi so'zga birikishi va o'xshatish ma'nosini ifodalashi keltirilgan: Ushbu yaцlig' mehnat ichr3 kun kechurdi ("Qissasi Rabg'uziy"). Quyash yaцlig' jamalin alam aray ("Muhabbatnoma"). Baqib anщ bolur yaцlig' teninge ("Xusrav va Shirin"). Ioq erse ul atasi ya^ig olsun ("Xusrav va Shirin"). Iaratti ay bikin zeba seni haq ("Muhabbatnoma"). Alinda yavash qoy bikin mushfiq yar (Sayfi Saroiy). Biligli er attar dokani bikin durur (Sayfi Saroiy). Ko'kke bashin senщ biki tekken (Sayfi Saroiy). Атц bikin shukr me^ vajib durur (Sayfi Saroiy).

Sarï ko'makchisi ish-harakatning yo'nalishini ko'rsatadi: Ey Ibrahim, agar yig'lamasa-sen, senщ saru qilmag'ay-men...

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

July, 2022

З8З

("Tafsir" ). Ey Iulduz, taц sarig'a senler baruц..., tun sar ig'a sen-ler barщ ("O'g'uznoma"). Ko'p el ko^lin senщ sari evurgey ("Xusrav va Shirin"

Sayu ko'makchisi bosh kelishikdagi shakliga birikib, ish-harakatning davomliligini ifodalaydi: Kun sayu uchmahtin taam kelur erdi ("Qissasi Rabg'uziy"). Yïl sayu yilqi qaradin unda bersun (QR).

Qadar ko'makchisi. ul, ne kabi olmoshlar bilan birikib, miqdor ma'nosini ifodalaydi: Bir kunde ne qadar taam yemek kerek (Sayfi Saroiy). Alimlarg'a ul qadar ne 'mat bergil kim,... (Sayfi Saroiy).

Umuman olganda, yuqorida tahlil etilgan ko'makchilar matn tarkibidagi so'zlar bilan birga turli xil ma'no nozikliklariga yuzaga chiqaradi. Shular qatorida maqsad ma'nosining ifodalanishi alohida o'ringa egaligi bilan ajaralib turadi.

Ushbu asarlarda maqsad ma'nosining ifodalanishi nafaqat ko'makchilar, balki boshqa vositalar bilan ham ifodalanadi, jumladan, qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tiliga oid yozma manbalarida bugungi kun o'zbek tilshunosligidagi kabi gap bo'lagi bo'lmish holning ham maqsad ma'nosini ifodalashi kuzatiladi. Biroq bu manbalarda sabab va maqsad hollari ketma-ket tarzda ifodalangan. Sabab holi uchun maxsuslashgan so'z turkumi yo'q. Bunday hollar ish-harakatning, kengroq ma'noda belgining mavqeyiga nisbatan boshqa so'z shakllarining tutgan mavqeyidan, ya'ni predikatga nisbatan sabab munosabatini bildirgan so'z shakli va iboralarning mavqeyidan belgilanadi. Sabab holi ham kelishikli va ko'makchili shakllar bilan ifoda qilinadi: Alar vahhmdbin ul tiflni bir qbiymatbiy nimdgd chirmdb, ul chah bashbida qoyub qachtbilar (Navoiy, TMA). Ul xalayuq taajjub yYzidin andbin ul hal kdyfiydtin sorubturlar (Navoiy, NM).

Maqsad hollarining ham kelishikli va ko'makchili shakllari mavjud: Shikayatg'a bu faqbir qashbg'a keldildr (MN). Ilm tahsili uchun shahrg'a kelibtYr

Dastlabki gapda maqsad ma'nosining ifodalanishi shikayatg'a so'zi orqali ifodanganligi, ko'makchi orqali ifodalanishi esa tahsili uchun so'zi bilan namoyon bo'lgan.

Yuqoridagilarni isboti sifatida "To'nyuquq bitiktoshi" matnida ifodalangan maqsad ma'nosi borligi asos sifatida keltirishimiz mumkin. Masalan, "etüntüm, sü yorïtdïm atlat, tsdim. Aq tsrmsl kschs og'raqlatdïm, at üzs bintürs, qarïg' sekdüm, yoqaru at ysts, yadag'ïn, ïg'ach tutunu ag'turtum engrski sr".

Ya'ni: "Arz qildim. Lashkarni yo'lga soldim. Ot sol, dedim. Oq tarmalni kechib, maqsad sari yo'lladim. Ot ustiga mindirib, qorni yordim.

(MN).

Yuqoriga otni yetaklab, yayov yog'och tutunib, chiqardim

July, 2022

oldindagi yigitlar" kabi matnda maqsad ma'nosi leksema orqali ifodalanganligiga guvoh bo'lamiz.

Xulosa qilib aytganda, maqsad ma'nosining ifodalanishi qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tiliga borib taqaladi. Buning isbotini "Qissasi Rabg'uziy", "Muhabbatnoma", "Xusrav va Shirin", "Najhul Farodis" kabi asar lardan hamda A.Navoiy va S.Saroiy asarlaridan keltirilgan parchalarda kuzatishimiz mumkin. Bundagi ma'no nozikliklari bevosita yoritilgan va boshqa ma'no nozikliklari ham tahlilga tortilgan.

XULOSA

REFERENCES

1. Туркий тилларнинг тарихий-киёсий грамматикаси. -Тошкент: УзМУ, 2004.

104 б.

2. Абдурахмонов F., Шукуров Ш. Узбек тилининг тарихий грамматикаси. -Тошкент: Укитувчи, 1973. - 318 б.

3. Мухторов А., Санакулов У. Узбек адабий тили тарихи. - Тошкент: Укитувчи,

1995. - 160 б.

4. Нурмонов А. Узбек тилшунослиги тарихи. - Тошкент: Узбекистон, 2002.

232 б.

July, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.