Научная статья на тему '“RAVSHAN” DOSTONIDA BOSH KIYIM NOMLARINI IFODALOVCHI BA’ZI BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

“RAVSHAN” DOSTONIDA BOSH KIYIM NOMLARINI IFODALOVCHI BA’ZI BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
790
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksika / folklor / til / lug‘at / doston / bosh kiyimlari / tadqiqot / etimologiya / til birligi / vocabulary / folklore / language / dictionary / epic poem / hat / research / etymology / language unit

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rasulova, Fazilat

Bizga ma’lumki, jamiyatdagi ijtimoiy hodisa, aloqa quroli hisoblangan til doimiy o’zgarishda bo’ladi. Bu o’zgarishlar tilning leksik qatlamida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ana shu leksik qatlamdagi har bir til birligi, o’z va o’zlashgan qatlam so’zlari, lug’at boyligini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi leksikologiya hisoblanadi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’zlar, iboralar yig’indisi leksika deyilib, ular tilning lug’at boyligini tashkil etadi. Xalq og’zaki ijodi namunalarida leksikalarning aynan maishiy leksika deb ataluvchi bir tarmog’i ham mavjud. Maishiy leksika xalqning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tili va o’zligini anglatuvchi asosiy manbadir. Aynan xalq og’zaki ijodida, jumladan, xalq dostonlari matnida ham maishiy leksikaga oid namunalar ko’p uchraydi. Bu dostonlardagi leksik qatlam nafaqat badiiy tilni, balki o’sha davr adabiy til xususiyatlarini, boshqa xalqlar bilan madaniy-siyosiy aloqalarini ham, turmush tarzini ham ko’rsatadi. Maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, jumladan, “Ravshan” dostonidagi bosh kiyim mazmunini ifodalovchi til birliklari leksik-semantik tahlil qilingan. Doston matnida uchraydigan bosh kiyimlarni nomlab kelgan birliklarning etimologiyasi, tarixiy shakllari haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICO-SEMANTIC FEATURES OF SOME UNITS EXPRESSING THE NAME OF THE HEADDRESS OF THE "RAVSHAN" EPOS

We know that language, which is a social phenomenom and a means of communication, is constantly changing. These changes are evident in the lexical layer of the language. Lexicology is a branch of linguistics that studies the richness of each lexical layer, its own and its own set of words and phrases in a language are called lexicons, and they make uo.p the vocabulary of a language. Samples of folklore also contain a network of vocabularies called everyday vocabulary. Household vocabulary is the main source of expression of people’s social life, customs, language identity. It is in the folklore, including the text of folk epics, that there are many examples of everyday lexicon. The lexical layer in these epics reflects not only the literary language, but also the features of the literary language of that period, as well as cultural aand political relations with other peoples and their way of life. The article provides a lexical-semantic analysis of the language of the Uzbek people, including the content of the hat in the epic “Ravshan”. The etymology and historical forms of units mentioned in the text of the epic are also discussed in detall.

Текст научной работы на тему «“RAVSHAN” DOSTONIDA BOSH KIYIM NOMLARINI IFODALOVCHI BA’ZI BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

"RAVSHAN" DOSTONIDA BOSH KIYIM NOMLARINI IFODALOVCHI BA'ZI BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK

XUSUSIYATLARI

Fazilat Rasulova

SamDU Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi (O'zbekiston) Tel: +998995981724

ANNOTATSIYA

Bizga ma'lumki, jamiyatdagi ijtimoiy hodisa, aloqa quroli hisoblangan til doimiy o 'zgarishda bo 'ladi. Bu o 'zgarishlar tilning leksik qatlamida yaqqol ko 'zga tashlanadi. Ana shu leksik qatlamdagi har bir til birligi, o'z va o 'zlashgan qatlam so 'zlari, lug'at boyligini o 'rganadigan tilshunoslik bo 'limi leksikologiya hisoblanadi. Tilda mavjud bo 'lgan barcha so 'zlar, iboralar yig 'indisi leksika deyilib, ular tilning lug'at boyligini tashkil etadi. Xalq og'zaki ijodi namunalarida leksikalarning aynan maishiy leksika deb ataluvchi bir tarmog'i ham mavjud. Maishiy leksika xalqning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, tili va o 'zligini anglatuvchi asosiy manbadir. Aynan xalq og'zaki ijodida, jumladan, xalq dostonlari matnida ham maishiy leksikaga oid namunalar ko 'p uchraydi. Bu dostonlardagi leksik qatlam nafaqat badiiy tilni, balki o 'sha davr adabiy til xususiyatlarini, boshqa xalqlar bilan madaniy-siyosiy aloqalarini ham, turmush tarzini ham ko 'rsatadi.

Maqolada o'zbek xalq og'zaki ijodi, jumladan, "Ravshan " dostonidagi bosh kiyim mazmunini ifodalovchi til birliklari leksik-semantik tahlil qilingan. Doston matnida uchraydigan bosh kiyimlarni nomlab kelgan birliklarning etimologiyasi, tarixiy shakllari haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: leksika, folklor, til, lug'at, doston, bosh kiyimlari, tadqiqot, etimologiya, til birligi

ABSTRACT

We know that language, which is a social phenomenom and a means of communication, is constantly changing. These changes are evident in the lexical layer of the language. Lexicology is a branch of linguistics that studies the richness of each lexical layer, its own and its own set of words and phrases in a language are called lexicons, and they make uo.p the vocabulary of a language. Samples of folklore also contain a network of vocabularies called everyday vocabulary. Household vocabulary is the main source of expression of people's social life, customs, language identity. It is in the folklore, including the text of folk epics, that there are many examples of everyday lexicon. The lexical layer in these epics reflects

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

not only the literary language, but also the features of the literary language of that period, as well as cultural aand political relations with other peoples and their way

The article provides a lexical-semantic analysis of the language of the Uzbek people, including the content of the hat in the epic "Ravshan". The etymology and historical forms of units mentioned in the text of the epic are also discussed in detall.

Keywords: vocabulary, folklore, language, dictionary, epic poem, hat, research, etymology, language unit

Мы знаем, что язык, являющийся общественным явлением и средством общения, постоянно меняется. Эти изменения проявляются в лексическом слое языка. Лексикология - это раздел языкознания, изучающий богатство каждого лексического пласта, свой и свой набор слов, его словарный запас. Все слова и фразы в языке называются лексиконами, и они составляют словарь языка. Образцы фолклора такче содержат сеть словарей, называемых повседневной лексикой. Бытовая лексика является основным источником выражения общественной жизни, обычаев, языка и самобытности людей. Именно в фолклоре, в том числе в текстах народных былин, имеется множество примеров бытовой лексики. Лексический пласт в этих былинах отражает не только литературный язык, но и особенности литературного языка того периода, а также культурно-политические отношения с другими народами и их быт.

В статье проводится лексико-семантический анализ узбекского фольклора, в том числе единиц языка в эпосе "Равшан". Также подробно рассматриваются этимология и исторические формы единиц, упоминаемых в тексте эпоса.

Ключевые слова: фольклор, эпос, язык, словарь, шляпы, исследование, этимология, языковой блок, лексика

Ma'lumki, tilning lug'at tarkibi doimo rivojlanish va taraqqiyotda bo'ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va boshqa shu kabi tushunchalarni ifodalovchi til birliklari aynan tilning lug'at tarkibida o'z ifodasini topadi. Ana shunday lug'at tarkibining muayyan bir qismini maishiy tushunchani ifodalovchi til birliklari tashkil etadi. Maishiy leksika kundalik turmushimiz bilan bog'liq so'zlar majmuyi hisoblanadi.

oflife.

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hozirgi o'zbek adabiy tilida maishiy leksika muayyan darajada qiyosiy-tarixiy, leksik-semantik jihatdan alohida tadqiqot obyekti sifatida o'rganilgan bo'lib, unga uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak, taqinchoq va zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi til birliklari kiradi. Xususan, o'zbek tilining maishiy leksikasi L. X. G'afurov tomonidan maxsus o'rganilgan. Tadqiqotda o'zbek tilining maishiy leksikasi ilk bor "oshxona buyumlari nomlari", "ko'rpa-to'shak nomlari", "gigiyenaga oid buyumlar nomlari", "uy jihozlari nomlari", "uy-joy qurilishi nomlari", "yoritish uskunalari nomlari", "isitish va sovutish qurilmalari nomlari", "aloqa va xabar anjomlari nomlari", "xo'jalik asboblari nomlari" singari leksik-semantik guruhlarga tasniflab, tahlil qilingan. [4:13]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

O'zbek xalq og'zaki ijodi jumladan, "Ravshan" dostonidagi bosh kiyimni ifodalovchi til birliklari leksik-semanti jihatdan tahlil etilgan. Unda qiyosiy-tarixiy, tavsifiy metodlardan foydalanilgan.

NATIJALAR

Bizning kuzatish obyektimiz bo'lgan o'zbek xalq og'zaki ijodi, xususan, "Ravshan" dostoni matnidagi maishiy leksik birliklarni o'rganish, ularni mavjud tadqiqotlarga asoslangan holda tadqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O'zbek xalq dostonlari matnidagi maishiy leksik birliklarni o'rganish, ularni tahlil etish xalqimizning tarixiy taraqqiyoti, yashash tarzi bilan bevosita bog'liqdir.

"Ravshan" dostoni tarkibida ham maishiy leksikaga oid ko'plab misollar uchraydi. Bu so'zlarni o'zbek tilining leksik tarkibidan kelib chiqqan holda o'z qatlam va o'zlashgan qatlamga ajratib o'rganish mumkin. O'z qatlam tarkibida umumturkiy til birliklari va ulardan yasalgan o'zbekcha so'zlar mavjud bo'lib, o'zlashgan qatlamda esa arabcha, forscha, ruscha-baynalmilal so'zlar mavjud. Doston matnida bosh kiyim nomlarini ifodalovchi leksik birliklardan bir qanchasi keltirilgan bo'lib, ularni ham yuqorida aytib o'tganimizdek o'z va o'zlashgan qatlamga ajratishimiz mumkin. Xususan, doston matnida biz alohida yondashgan qalpoq, telpak so'zlari o'z qatlam leksikasi hisoblansa, kuloh, dastor, bargak, ro'mol, toj so'zlari o'zlashgan qatlamga mansub til birligi sifatida o'rin olgan. Bu so'zlar, asosan, forscha va arabchadan o'zlashgan. Ammo bora-bora o'z qatlamdek qabul qilinib ulgurgan. Dostondagi bosh kiyim nomlarini shartli ravishda Shoira Usmonovaning "Oltoy tillarida bosh kiyim nomlari" deb nomlangan tadqiqot ishiga tayangan holda quyidagicha leksik-semantik guruhlarga ajratishni lozim topdik:

1. Boshga kiyiladigan kiyim nomlari.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Bosh kiyim o'mida qo'llaniluvchi kiyim (taqinchoq, ziynat) nomlari.

3. Boshga o'raladigan kiyim nomlari. [5:2]

1. Boshga kiyiladigan kiyim nomlari: kuloh, qalpoq, telpak leksemalari keltirilgan.

Kuloh - [f. - bosh kiyimi, kuloh]. Tepa tomoni ingichkalashib chiqqan qalpoq, bosh kiyimi (asosan, qalandar, darveshlar kiyadigan uchli qalpoq). [7:426]

Dostonda bu atama aynan Ravshanning bir yurtdan ikkinchisiga kelgandagi holati va asl zotiga ishora maqsadida ishlatilgan. Ya'ni qahramon o'zga elda misli qalandardek yuribdi, ammo uning savlati-yu turishi aslzoda ekanidan dalolat beradi. Aynan zarli so'zining ham kuloh bilan birga qo'llanishi uning o'z elida bekligi, davlandmandligiga ishora tarzida qo'llangan. Masalan, "Zulflari tilladan, zarli kulosi, Topilmaydi shirin jonning hiylasi, Bilmayman, qayerdan kepti bog'ingga, Qaysi yurtda, qanday shohning bolasi". [11:452] Dostonda qalpoq leksemasi ham o'ziga xos o'rin tutadi.

Masalan, "Kunlardan bir kuni Go'ro'g'libek parilar bilan o'tirib edi, Ravshanbek ayni o'n uch yoshida, zarli qalpoq boshida, yuzi yarqirab, kokili tirqirab eshikdan salom berib bordi". [11:362]

"Bizning yutting yasmini bilmagan, hali eshitganing yo'qmidi, Zulxumoy yomon bo'pti yashamaguy, shu vaqtda yigitlayga qalpoqni yasm qilib sotadi, qalpoqning oldini ming tanga, oyqasini besh yuz tangadan sotadi". [11:406]

Ushbu gaplardagi qalpoq so'zi hammaga tanish atama hisoblanadi. Qalpoq so'zi yupqa matodan qilingan bosh kiyimi ma'nosini anglatadi. Har qanday to'qima yoki matodan tikilgan bosh kiyim. Narsalar ustini qoplab, berkitib turadigan soyabon yoki qopqoq. [10:229]

Dostonda bu atama o'zbek xalqining milliy bosh kiyimini ifodalab kelgan. Bozor ta'rifida ham aynan qalpoq sotadigan bozor tilga olingan. Bundan tashqari dostondagi boshqa obrazlar orqali ham qalpoq atamasi ko'zga tashlanadi. Bu atama bugungi kunda ham qo'llanilish chegaralarini saqlab qola olgan.

Qalpoq so'zining etimologiyasini o'rgangan olimlar quyidagicha fikr yuritadilar. M.Xabichev qalpoq so'zini qal - qolmoq fe'li hamda, paq - qo'shimchalaridan yasalgan deb aytsa, L. Levitskaya esa bu tahlilni fonetik jihatdan zaif deb aytgan. [4:140] Turli etimologik taxminlar bu so'zning tarixi juda bahsli ekanidan dalolat beradi. Eshqobil Shukur o'zining "Bobo so'z izidan" asarida qalpoq so'zini shunday izohlaydi: "Bugungi kunda biz "qalpoq"so'zini bosh kiyimi ma'nosida ishlatamiz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qadimda yosh bolalarning hali tig' tegmagan sochi, ya'ni birinchi marta olingunga qadar bo'lgan sochi "qalpoq" deb atalgan. Hozir ham o'sib, hurpayib ketgan sochlarga nisbatan "sochi qalpoqday" iborasi qo'llanadi. Ba'zi manbalarda "qalpoq" so'zi dastlab "qaplaq" shaklida bo'lib, uning tub ildizi "qopla" so'ziga borib taqaladi, deb izohlangan. Yana ba'zi manbalar bu so'zni "qalibaq" shaklida bo'lgan va uning tub ildizi "ko'tarilib turadigan" degan ma'nodagi "qali" so'zidan olingan deb ko'rsatganlar". [1:164]

Qalpoq so'zining kelib chiqishi haqida Shoira Usmonova o'zining "Oltoy tillarida bosh kiyim nomlari" maqolasida quyidagicha fikrlarni bayon etgan: "Qalpoq- kigizdan tepa tomoni uchli qilib tikilgan ustki bosh kiyim. Bu so'zning kelib chiqishi xususida turli mulohazlar mavjud. Jumladan, T.Dadaxonova qalpoq so'zining etimologiyasi haqida fikr yuritib, bu so'z qoplamoq fe'lidan kelib chiqqan: qalpoq<qoplamoq, qoploq, qalpoq tarzida morfologik va fonetik o'zgarishlarga uchragan, deb qayd etadi. M.Asomiddinovaning yozishicha, "Qadimda hali badiiy to'qima buyumlar paydo bo'lmagan davrlarda kishilar boshlarini teri yoki barglar bilan qoplab yurishgan. Bu buyum qoploq deb yuritilgan. Keyinchalik odamlar o'troq hayotga ko'chgach, to'qimadan bichib tikilgan, guldor, hashamli bosh kiyim turlari paydo bo'lib oldingi qoploq nomi metateza yo'li bilan qoploq>qalpoq shakliga kelgan. Qoploqning o'zagi qop - kalla qopi, kallani qoplab turuvchi buyumdir" ''. [5:4]

Doston matnida telpak leksemasi ham kuzatiladi.

"Qayerda qalpoq bozori,

Qoziqda telpak bozori,

Qatlama, chalpak bozori,

Tupak ham bargak bozori,

Qalpoq bozori qaysidi(r)" [11:426]

Bu yerda ahamiyat berishimiz lozim bo'lgan so'zlardan biri - telpak. Telpak tepasi yumaloq, doira shaklli, tekis mo'yna jiyakli issiq bosh kiyimi. [9:60] Xorazmda cho'girma, ba'zi joylarda qadimiy bosh kiyimi sifatida bo'rk deb ham ataladi. Biz o'rganayotgan xalq dostonida aynan telpak deb atalib, shu nomdagi bosh kiyimi sotiladigan alohida bozor rastasi borligi va o'sha davrda ham bunday bosh kiyim borligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

2. Bosh kiyim o'rnida qo'llaniluvchi kiyim (ziynat, taqinchoq) nomlar: bargak, toj so'zlari qo'llanilgan.

Bargak [f. - bargcha] Ayollar peshonasiga, ko'ksiga taqadigan oltin yoki kumush tangalardan tuzilgan bargnusxa ziynat buyumi, taqinchoq ma'nosini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

anglatadi. [6:166] Bu so'zning kelib chiqishi Sh.Rahmatullayevning etimologik lug'atida quyidagicha izohlangan: "Bargak. Bu ot "yaproq "ma'nosini anglatadigan tojikcha barg otiga kichraytirish-erkalash ma'nosini ifodalaydigan -ak qo'shimchasini qo'shib hosil qilingan bo'lib, "danaksiz quritilgan o'rik qoqisi" ma'nosini anglatadi; "ayollarning oltin, kumush tangalardan tuzilgan ziynat buyumi", "barg yozgan tol novdasidsan sidirib olingan po'stloqdan yasalgan sochpopuk" ma'nolarini anglatish uchun ham ishlatiladi ".[3:22]

"Ravshan" dostonida bu so'z Shirvon bozori ta'rifi davomida keltirilgan. Bundan qadimgi davrda ham yuqoridagi kabi taqinchoqlar urfda bo'lgani va bozorda alohida rasta ham mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Bu atama hozirgi kunda keng muomalada emas. Bu taqinchoq deyarli taqilmaydi va shuning uchun ham kundalik sharoitda qo'llanilmaydi.

"Qayerda qalpoq bozori, Qoziqda telpak bozori, Qatlama chalpak bozori, Tupak ham bargak bozori, Qalpoq bozori qaysidi(r)" [11:426]

Toj [a. - toj, gulchambar; jig'a; gultoj] Shohlarning hukmronlik ramzi bo'lgan, qimmatbaho toshlar qadalgan ziynatli bosh kiyimi. [9:132] Bu til birligi qadimgi davlat tuzumi, shohlik ramzi sifatida "Ravshan" dostonida Avaz tilidan aytilgan. Chunki atama izohlaydigan ma'no o'z ahamiyatini yo'qotgan. Xalq dostonlarida bu birlik tarixiy jarayonning bir qismi sifatida qo'llaniladi. "Podsholar boshiga kiyar tojini, Eldan olar zakotiman bojini, Ne sababdan kelding o'rdaxonama, Ota aytgin, kelganingning vajini" [11:364]

3. Boshga o'raladigan kiyim nomlari: dastor, paranji, ro'mol, po'ta kabi leksik birliklar uchraydi.

Dastor so'zi (f. - salla, sochiq) -esk. ayn. salla. Salla boshga o'raladigan erkaklar bosh kiyimi. [6:574] Hozirgi kunda bu atama shaklan o'zgarmagan, ammo qo'llanilish doirasi chegaralangan. Dostonda bu leksema Ravshan tilidan aytilgan misralarda keltirilgan.

"Boshima zarlidan dastor o'rayman, Tush ko'rganda yaxshilikka yo'rayman, Hayron qoldim elatingning rasmiga, Ena sendan shu bir gapni so'rayman" [11:435]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Paranji [a. - shayxlarning ham o'zi ham yengi keng ustki kiyimi] etn. ko'pchilik musulmon ayollar begona erkaklarga ochiq ko'rinmaslik uchun boshga yopinib yuradigan, bichimi keng va uzun to'n shaklidagi, soxta yengli yoping'ich (yuz chachvon bilan berkitiladi). [8:218]

"Ravshan" dostonida paranji davr nuqtayi nazaridan ancha faol atama sifatida qo'llaniladi. Paranji sotiladigan alohida bozor rastasi borligi ham qadimda ayollar bu kiyimni doimiy yopinib yurishidan dalolat beradi. Bu leksema Shirvon bozori ta'rifi davomida keltirib o'tilgan. Masalan,

"Bo'z bilan alak bozori, Attorda elak bozori, Rang-bo'yov, lok bozori, Paranji, jelak bozori, Qalpoq bozori qaysidi(r)" [11:425]

Dostonda qo'llanilgan yana bir til birligi po'ta so'zidir. Po'ta shv. Tivit salla, ro'mol; dakana. [8.331] Doston matnida bu atama bosh kiyim ma'nosini ifodalab kelgan.

"Xasanxon o'g'lini tanimadi. Nima uchun? Ravshanxon takpo'shi to'ni bilan po'ta boshida maktabda o'qir edi. Aslo o'g'lini bu sha'n-u shavkatda ko'rgani yo'q edi. Xasanxon darvozabonga aytdi: - E jo'ra. Mana bu bola qanday manglayi xudo suygan odamning bolasi ekan?" [11: 375]

"Alpomish" dostonida ham po'ta leksemasi uchraydi. Ammo unda bu atama shunday keltirilgan:

"Belingga boylabsan zarrin po'tangdi, Xudoyim kechirgay qilgan xatongni, Xafa qilib ketma menday otangdi, Xabar bergin, qo'zim, qayda borasan?"

Po'ta - belga aylantirib bog'lanadigan qimmatbaho, uzun belbog'. [2:75.] Bu misolda leksemaning ikkinchi ma'nosi anglashilib turibdi. Ya'ni, belga bog'lanadigan kamar, belbog'. "Ravshan" dostonining o'zida ham bu atama ikki ma'noda: boshga o'raladigan kiyim va belga bog'lanadigan kamar ma'nosida kelgan.

Ro'mol [f. +a. -l.m. yuzga tutiladigan mato: sochiq, ro'mol (cha)] ayollar boshiga o'raydigan, odatda, to'rtburchak shakldagi mato. [8:407] Jun, ipak, ip, sun'iy tolalardan to'qib, matolardan tikib tayyorlanadi. O'rta Osiyo xalqlari, jumladan, o'zbek xalqida ham milliy bosh kiyim hisoblanadi. Dostonda ham bu leksika ayollarga xos nazokat belgisi, milliylik ramzi bo'lib kelgan. Ro'mol atamasi yana

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshqacha ham atalib, etimologiyasi bir qancha tahlil qilingan. Jumladan, Shoira Usmonova o'zining "Oltoy tillarida bosh kiyim nomlari" deb atalgan tadqiqot ishida shunday degan: "JAG'LIK - ro'mol, dastro'mol. Navoiy asarlarida "jayliy", "ro'mol", "dastro'mol" ma'nosida uchraydi... Demak, turkiy tillardagi jaylik so'zining arxitetini "jay yog" bo'lib, u dastlab "yog'li qo'llarni artishga mo'ljallangan qo'l sochig'i, dastro'mol"ni anglatgan. Uning ro'mol ma'nosi til taraqqiyotining keyingi bosqichlaridagi ma'no kengayishi natijasida yuzaga kelgan" [5:8] "Ro'mol bilan shipirib, Yuziga urgan garddi. Kimga aytsin bek Ravshan, Ko'nglida ichki darddi. Tomosha qing yoronlar, Ravshanxonday bir marddi" [11:394] Yoki yana bir o'rinda: "Men qachon borarman sening qoshingga Borib mehmon bo'lsam, oppoq to'shingga, Zarli ro'mol yarashmasmi boshingga, Yor, aylanay, qalpoq tikkan qo'lingdan" [11:407]

XULOSA

Dostondagi bosh kiyim maishiy leksikasini tahlil qilar ekanmiz, har bir leksema xalqning hayotini, urf-odatlari va qadriyatlarini yoritib berishga qaratilganligining guvohi bo'lamiz. Har bir leksema o'ziga xos ma'no tashishga va o'sha davr hayotini batafsil ochib berishga xizmat qilmoqda. Tahlillarimiz davomida dostonda uchraydigan bosh kiyim nomlari faqat leksik birlik sifatida emas, balki milliy o'zligimizni anglash, xalqimizning qadimiy urf-odatlari, turmush tarzi va uning madaniy hayotini ifodalashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Эшкобил Шукур. Бобо суз изидан. - Тошкент, 2018.

2. Мирзаев Т. ва бошкалар. "Алпомиш" достонининг изошли лугати. -Тошкент, 2007.

3. Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг етимологик лугати. - Тошкент, 2009.

4. Усмонова Ш. Олтой тилларида муштарак маиший лексика. - Тошкент, 2010.

5. Усмонова Ш. Олтой тилларида бош кийим номлари. - "Central Asian Studies" jurnali, 2008.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Узбек тилининг изошли лугати. V томлик, 1- том. -Тошкент, 2006.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

7. Узбек тилининг изошли лугати. V томлик, 2- том. - Тошкент, 2006.

8. Узбек тилининг изошли лугати. V томлик, 3- том. - Тошкент, 2007.

9. Узбек тилининг изошли лугати. V томлик, 4- том. - Тошкент, 2007.

10. Узбек тилининг изошли лугати. V томлик, 5- том. - Тошкент, 2008.

11. Булбул тароналари. V томлик, 2- том. - Тошкент, 1972.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.