Научная статья на тему '“TUHFAT UL-AHROR” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDAGI KO‘MAKCHILI VA KELISHIKLI BIRIKUV MODELIDAGI FRAZEMALARNING QIYOSIY TAHLILI'

“TUHFAT UL-AHROR” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDAGI KO‘MAKCHILI VA KELISHIKLI BIRIKUV MODELIDAGI FRAZEMALARNING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
858
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / Jomiy / chog’ishtirma tahlil / frazema / frazeologizm / ot frazemalar / fe’liy frazemalar / sintaktik munosabat shakllari / ko’makchili birikuv / kelishikli birikuv / asosiy ko’makchilar / tub ko’makchilar / murakkab ko’makchilar / kelishiklar. / Navoi / Jami / comparative analysis / phrasema / phraseology / noun phrases / verb phrases / forms of syntactic relations / auxiliary conjunctions / conjunctions / basic prepositions / primitive prepositions / complex prepositions / conjunctions.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djalilova, Kamola Erkin Qizi

Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy faqatgina zamondosh shoir bo’libgina qolmay, ularni ustoz shogirdlik munosabatlari ham bog’lab turgan. Navoiy turkiy tilda mukammal xamsa yozgan shoir sifatida iz qoldirgan bo’lsa, Jomiy klassik fors adabiyotining oltin davrining so’nggi shoiri sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek bu ikki shoir qalamiga mansub “Xamsa” dostonlariga hozirgi o’zbek va tojik tillarining taraqqiy etishiga turtki bo’lgan asar sifatida e’tibor qaratiladi. Ushbu maqolada Xamsa turkumiga kiruvchi ilk dostonlar tarkibidagi ot frazemalar chog’ishtirma tahlil qilingan. Tadqiqot ishimizning dastlabki bosqichlarida “Tuhfat ul-ahror” va “Hayrat ul-abror” dostonlari tarkibidagi frazemalarni tarkibiy jihatdan fe’liy hamda ot frazemalarga ajratib olindi. Ushbu maqolada ko‘makchili va kelishikli birikuv modelidagi frazemalarning qiyosiy tahlil qilindi. Ikki doston tarkibida uchragan ushbu modeldagi frazemalarni tarkibiy va semantik tomondan o’rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF SUPPLEMENTARY AND CONTRACTIVE COMBINATION PHRASEMAS IN THE FRIENDS "TUHFAT UL-AHROR" AND "HAYRAT UL-ABROR"

Abdurahmon Jami and Alisher Navoi were not only contemporary poets, but also teachers and students. While Navoi left his mark as a poet who wrote a perfect hamsa in the Turkish language, Jami is recognized as the last poet of the golden age of classical Persian literature. The Hamsa epics by these two poets are also considered to have contributed to the development of modern Uzbek and Tajik languages. This article provides a comparative analysis of the horse phrases in the first epics of the Hamsa series. In the early stages of our research, the phrases in the epics "Tuhfat ul-ahror" and "Hayrat ul-abror" were divided into verb and noun phrases. This article provides a comparative analysis of phrases in the auxiliary and consonant conjugation model. The phrases of this model, which are found in two epics, have been studied structurally and semantically

Текст научной работы на тему «“TUHFAT UL-AHROR” VA “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONLARIDAGI KO‘MAKCHILI VA KELISHIKLI BIRIKUV MODELIDAGI FRAZEMALARNING QIYOSIY TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

"TUHFAT UL-AHROR" VA "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONLARIDAGI KO'MAKCHILI VA KELISHIKLI BIRIKUV MODELIDAGI FRAZEMALARNING QIYOSIY TAHLILI

Djalilova Kamola Erkin qizi Toshkent Davlat Transport Universiteti, Xorijiy tillar-2 kafedrasi assistenti [email protected]

Annotatsiya: Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy faqatgina zamondosh shoir bo'libgina qolmay, ularni ustoz shogirdlik munosabatlari ham bog'lab turgan. Navoiy turkiy tilda mukammal xamsa yozgan shoir sifatida iz qoldirgan bo 'lsa, Jomiy klassik fors adabiyotining oltin davrining so'nggi shoiri sifatida e'tirof etiladi. Shuningdek bu ikki shoir qalamiga mansub "Xamsa" dostonlariga hozirgi o 'zbek va tojik tillarining taraqqiy etishiga turtki bo'lgan asar sifatida e'tibor qaratiladi. Ushbu maqolada Xamsa turkumiga kiruvchi ilk dostonlar tarkibidagi ot frazemalar chog 'ishtirma tahlil qilingan. Tadqiqot ishimizning dastlabki bosqichlarida "Tuhfat ul-ahror" va "Hayrat ul-abror" dostonlari tarkibidagi frazemalarni tarkibiy jihatdan fe'liy hamda ot frazemalarga ajratib olindi. Ushbu maqolada ko'makchili va kelishikli birikuv modelidagi frazemalarning qiyosiy tahlil qilindi. Ikki doston tarkibida uchragan ushbu modeldagi frazemalarni tarkibiy va semantik tomondan o 'rganildi.

Kalit so'zlar: Navoiy, Jomiy, chog'ishtirma tahlil, frazema, frazeologizm, ot frazemalar, fe'liy frazemalar, sintaktik munosabat shakllari, ko'makchili birikuv, kelishikli birikuv, asosiy ko'makchilar, tub ko'makchilar, murakkab ko'makchilar, kelishiklar.

Abstract: Abdurahmon Jami and Alisher Navoi were not only contemporary poets, but also teachers and students. While Navoi left his mark as a poet who wrote a perfect hamsa in the Turkish language, Jami is recognized as the last poet of the golden age of classical Persian literature. The Hamsa epics by these two poets are also considered to have contributed to the development of modern Uzbek and Tajik languages. This article provides a comparative analysis of the horse phrases in the first epics of the Hamsa series. In the early stages of our research, the phrases in the epics "Tuhfat ul-ahror" and "Hayrat ul-abror" were divided into verb and noun phrases. This article provides a comparative analysis of phrases in the auxiliary and consonant conjugation model. The phrases of this model, which are found in two epics, have been studied structurally and semantically.

Scientific Journal Impact Factor

Key words: Navoi, Jami, comparative analysis, phrasema, phraseology, noun phrases, verb phrases, forms of syntactic relations, auxiliary conjunctions, conjunctions, basic prepositions, primitive prepositions, complex prepositions, conjunctions.

Fors va o'zbek tillari tipologik jihatdan ikki alohida til oilasiga kiradi. Fors tili Hind-yevropa tillar oilasining Eroniy tillar guruhiga mansub hisoblansa, o'zbek tili Oltoy tillar oilasining Turkiy tillar guruhiga kiradi. Tipologik jihatdan o'zaro qardosh bo'lmagan tillarga xos hodisalar bir-biri bilan chog'ishtirma tahlil qilinishi talab etiladi.

Frazeologik birliklar, odatda, doimo bir xil tarkibda takrorlanadi. Ammo she'riy matn, bundan mustasno. She'riy matnda frazeologizmlar qisqargan, inversiya va distant holatida kelishi mumkin. Masalan:

Bu baytdagi "nasib solmoq" frazeologik birikma bo'lib, matnda inversiya holatida va distant shaklda kelmoqda. Shuning uchun frazeologiya bo'yicha tadqiqot olib boruvchi olimlarga, bunday birikmalarni matnda belgilab chiqib, so'ngra alohida frazemalar konkordansini tuzish maslahat berilgan. Bu frazemalar ismiy frazemalar va fe'liy frazemalarga bo'linadi[3]. "Tuhfat ul-ahror" va "Hayrat ul-abror" dostonlari tarkibidagi ot frazemalar ajratib olinib va ularning tarkibi komponent tahlil qilindi. Frazemalar tarkibidagi so'zlar kelishik, bog'lovchi, ko'makchi, izofa hamda bitishuv vositalarida birikkanligi aniqlandi. Frazemalar tarkibidagi biriktiruvchi vositalar asosida guruhlarga ajratilib, tarkibiy va ma'noviy tahlil qilindi. Ushbu maqolada ko'makchili va kelishikli birikuv modelidagi frazemalar qiyosiy tahlil qilinadi.

Dastlab "MsExcel 2013" dasturidan foydalangan holda "Tuhfat ul-ahror" va "Hayrat ul-abror" tarkibidagi ot frazemalar konkordansini tuzildi. Natijada "Tuhfat ul-ahror" dostonidan jami 1780 bayt tahlil qilinib, 146 ta ot frazemadan tashkil topgan konkordans tuzildi. "Hayrat ul-abror" dostoni 4050 baytdan iborat bo'lib, baytlar tahlili natijasida 288 ta ot frazemadan iborat konkordans shakllantirildi. Ushbu tadqiqotning keyingi qismida bu frazemalarni batafsil tahlil qilishga hamda ularning tarkibiy va semantik xususiyatlari tahlilga tortiladi. Maqolada tarkibiy tahlil, tasnifiy, statistik tahlil metodlaridan foydalanildi.

KIRISH

Yetti bir kun qazodin ikki g'arib, Bu taraf solibon alarni nasib.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'makchilar fos tilida «¿il^l ^jj^» deb nomlanadi va ikki guruhga bo'lib o'rganiladi: 1) asosiy yoki tub ko'makchilar (be, dar, ba, joz, bi, baraye, az, bar, ta); 2) murakkab ko'makchilar jl, ¿Vj ).

Ikkala turdagi ko'makchilar ham biriktiruvchi funksiyani bajaradi. Umuman olganda ko'makchilar so'zlarni bir biriga bog'lashda keng imkoniyatga ega. Ammo, frazemalar tarkibida predloglar izofaga qaraganda kam uchrashining guvohi bo'ldik. Rubinchik o'z tadqiqotida ot frazemalar tarkibida ko'p hollarda be, dar, az, ba predloglari uchraydi deb fikr bildirgan, Izofali murakkab ko'makchilarni kamdan-kam frazema tarkibida ko'rish mumkin deb aytgan[5]. Biz ham Rubinchik fikrini tasdiqlagan holda, "Tuhfat ul-ahror" dostonida predlogli modeldagi frazemalar 2 ta o'rinda uchraganini qayd etamiz. Quyida ularni tahlil qilib ko'ramiz.

58/41 j^ JJ j^ O^A?

[2]^ij jj ijl j jj ^Sj

Birovni ortiqcha maqtab gapirmoq Suv ustidaga naqsh va nashq ustida zeb « M j? » [nays bar ab ] "suvdagi naqsh", "foydasiz ish" « ^ j? » [gereh bar nays] "naqshdagi zeb", "ortiqcha zeb"

Ikkala frazema ham "j?" [bar] predlogi bilan ifodalanganini ko'rishimiz mumkin. Bu frazemalarni tahlil qiladigan bo'lsak, "suv ustidagi naqsh" tasavvurga sig'maydigan narsa, agar suv muzlagan holatda bo'lmasa. Ammo "muz" va "yax" tushunchalari fors tilida "M" [ab] so'zi bilan ifodalanmasligini hisobga olgan holda, shoir kinoya san'atidan foydalanib, behuda maqtov aytish nojoiz ish ekaniga ishora qilib suv ustidagi naqsh deb aytmoqda. Suvning na shakli bor va na rangi. Suvni ustiga naqsh chizish u yoqda tursin, xattoki chiziq tortishning ham imkoni yo'q. Yomg'ir tomchilayotgan mahal suv ustiga tushayotgan tomchilarni naqsh deb aytadigan bo'lsak ham, bu oniy hodisa bo'lib, bir necha soniyadan so'ng suv yana o'z holiga qaytganini guvohi bo'lishimiz mumkin. Demak, "suv ustidagi naqsh" frazemasining majoziy ma'noda "keraksiz harakat"ni ifodalaydi. Keyingi frazema ham predlogli modeldagi frazema hisoblanadi. « ^¿j j? <j » [gereh bar nays] frazemasidagi [gereh] ko'p ma'noli so'z bo'lib "o'ram", "bog'lam", "jimjima", "mushkul ish", "sochni o'ynatish" ma'nolarini ifodalaydi. Bayt mazmunidan kelib chiqqan holda bu so'zni "zeb", "jimjima" ma'nosini tanlab oldik. Bu frazemada ham kinoyani ko'rish mumkin. Naqsh deganda chiroyli va jimjimador surat ko'z oldimizga keladi. Uni ustiga yana jimjima chizish va zeb berish noo'rin harakatdir.

Scientific Journal Impact Factor

Qadimiy turkiy tilda kelishikka shunday ta'rif berilgan:"Kelishik otli so'z birikmalarida bosh so'z bilan ergash so'zning, egasi ot bo'lib kelgan gapda esa ega(ot)ning kesim bilan moslashuvi, kelishuvidir. Kelishikda so'roq otga beriladi. Masalan, kimni?, kimga?, kimdan? singari. Bu so'roqlarga berilgan javob kelishik qo'shimchalarini oladi"[4]. Ot frazemalar tarkibida kelishik grammatik kategoriya sifatida ishtirok etmaydi balki frazemaning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi.

Kelishik kategoriyasi turkiy tillarning bosh qonuniyatlaridan biridir. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida tilimizning ichki qonuniyatlari, o'zgarishi oqibatida uning soni ba'zan o'zgarib ham turgan. Hozirgi tilshunoslikda ularning soni nechta ko'rsatilayotganidan qat'i nazar, kelishik kategoriyasi turkiy tillarda burundan bor, bundan keyin ham saqlanib qoladi. Kelishik qo'shimchasi o'zbek tilida ot, otlashgan so'zlar, barcha ism guruhiga qo'shila oladi. Qadimgi turkiy tilda kelishiklar soni yettita bo'lgan[4].

«'Isq oti» - frazemasi "Hayrat ul abror" dostoni tarkibida eng ko'p uchragan frazemalardan biri hisoblanadi. " 'Isq " so'zi "ot" so'ziga belgisiz qaratqich kelishigi vositasida birikkanligini hamda frazema komponentlari OT+OT modelida ekanligini qayd etish mumkin. " 'Isq " so'zi kelib chiqishi jihatidan arab tilidan olingan bo'lib turkiyda "sevgi" ma'nosini bildiradi. Ushbu frazemani bayt mazmunidan kelib chiqqan holda ma'noviy tahlil qilamiz.

Ushbu bayt Nizomiy va Dehlaviy vasfida yozilgan bobning bir qismi bo'lib, bundan oldingi misralarda "Hindüyi cabuk" ya'ni Dehlaviy va uning "Xusrav va Shirin" dostoni tavsif qilingan. Ushbu misralarning qisqacha mazmuni shunday: "Xusrav [shoh] bo'lgandan keyin, mamlakat obod bo'ldi, yolg'iz Xusrav dema Farhod ham bu mulkni obod qildi. Ranj tog'ini teshmoq uning peshasi edi, nazm uning tog'i edi va teshasi uning tili edi. Uning yuragini yondirayotgan olov ilohiy o't edi, uning ko'zlaridan oqayotgan yosh g'am dengizi" Navoiy Farhod haqida yoza turib, Dehlaviyga ishora qilmoqda. Baytdagi tog'ning nazmga va tilning teshaga qiyoslanishi bunga dalil bo'la oladi. "'Isq oti" frazemasini "ilohiy ilhom" ma'nosida tushunish mumkin.

1 2 1 2 1 2

2 Xusrav olub mulk etib abad ham,

6 Yalguzi Xusrav dema, Farhad ham. 2 Ranj tagin qazmaq aniq pesasï,

7 Tagi aniq nazm u tilï tesasï. 2 'Isq oti atasgahi jani aniq,

8 Gam teqizï aski ravani aniq[1].

24/87 Hoy cekib, yolga tusub pil kibi,

Scientific Journal Impact Factor

Isq otidin telbaragan el kibi.

Bu bayt islom diniga bag'ishlangan bobdan olingan bo'lib, ushbu misralarda besh farzdan biri bo'lgan haj va umra haqida so'z ketmoqda. Bayt mazmuni tushunarli. Bu baytda "'Isq oti" telbalagan yelga qiyoslanmoqda. Shamol o'tni qanchalik alangalantirsa, ixlos ham dilni shunchalar iymonga to'ldirishga qodir. Demak, bu misra tarkibida "'isq oti" frazemasi "ixlos" ma'nosini anglatib kelmoqda.

38/0 'Isq oti ta'rifida kim, su'lasi bala sahrasiniq lalalari va ahgari balakas koqul pargalalari durur, va mehnat qara sami aniq tutuni va bu samniq muhtariq kavkablari aniq ucquni durur. Va husn anvari kim, munca otga ba'is, aniq barqidin bir lam'a va munca hararatga mujib, aniq quyasidin bir asi'a durur.

Ushbu parcha to'qqizinchi maqolaning sarlavhasidan olingan bo'lib, uni quyidagicha talqin qilish mumkin: "Ishq o'ti ta'rifidakim, uning shu'lasi balo sahrosining lolalaridir, cho'g'i baloga duchor bo'lgan ko'ngulning qon bo'laklaridir; mehnat-mashaqqatning qaro shomi uning tutuni, bu shomning kuyik yulduzlari uning uchqunlaridir; yor husnining nurlari haqidakim, uning alangasidan ko'tarilgan bir yolqin bunday o'tning chiqishiga sababchi, uning quyoshdek yuzidan tarqalgan bitta nur bunday haroratga asosdir" Bu baytda "'Isq oti" bu dunyoga xos bo'lmagan qudrat kabi ta'riflanmoqda, shunga ko'ra uni "haqqa bo'lgan muhabbat " deb tushunish mumkin.

38/16-17-18 Maskan ucun boldi cu gulbunnisln, Janiga ot yaqti guli atasln, Jani ara 'isq otidin tusti tab, Koqlida gam su'lasidin iztirab.

Navoiy majoz tariqida ijod qilgan shoirlar qatoriga kiradi. U yozgan baytlarining yuzaki strukturasi bir ma'noni ifodalab kelsa, teran strukturasi orqali yangi ma'noni kashf etish mumkin. Jumladan, yuqoridagi baytlarning tahliliga e'tibor qiladigan bo'lsak, ushbu misraralar odam atoning yaratilishi ta'rifi boshlangan ishq o'ti tarifidagi maqolaning bir qismidan olingan. Ularni quyidagicha talqin qildik: " Maskan uchun ya'ni sokinlik, xotirjamlik topish uchun gulbadanli yor ato etildi (Bunda Momo Havo nazarda tutilgan bo'lsa kerak). Otashin gul odam joniga olov yoqdi. Endi odamning qalbiga "visol lazzati" degan fitna joylashib oldi. Ko'ngilga bundan havotir- hayiqish paydo bo'ldi" Bayt tarkibida "'isq oti" frazemasi "visol lazzati" ma'nosini ifodalamoqda.

3 8

4 Qayda ki 'isq oti bolub su'lakas,

0 'Aql olub ul ot uza xasakvas.

Bu bayt ham ishq o'ti ta'rifidagi maqoladan olingan. Baytning ikkinchi misrasida aql haqida so'z bormoqda. Klassik adabiyotda aql ko'pincha dil bilan qarama-qarshi qo'yiladi. Shu ko'z qarashdan kelib chiqadigan bo'lsak, "'isq otF frazemasini "ko 'ngil ishi", "ko 'ngil xohishi" degan ma'noda tushunish mumkin. bayt mazmuni quyidagicha: "Ko'ngil xohishi ustunlik qilganda, aql uning istagini bajarish uchun kerakli vazifasini bajaradi".

3 'Isq 'ayan qilmaq erur husn isï,

8 49 Oyla ki ot sam' ila yaqqay kisï.

3 5 Har neca kim husn dilavezraq,

8 0 'Isq oti el kogli ara tezraq.

Bu baytni tahlili mana bunqoq: "Husn ishq paydo bo'lishiga sabab bo'ladi, huddi shag'am kishi olov yoqishiga yordam berganidek. Husn qanchalik diltortar bo'lsa, el qalbidan shunchalik tez mehr topish mumkin". Bu baytda "'isq oti" frazemasi "mehr topish', "sevilish" ma'nolarida kelmoqda.

38/88 Va' dayi jannat bila avutsalar,

'Isq otidin koglini savutsalar.

Bayt baytda: " Jannat vadasi bilan chalg'itib, ko'nglingdagi ixlosni sovutsalar" deyilmoqchi nazarimizda. Zero, banda qaysidir amali uchun jannat vada qilingan deb bilib, boshqa ibodatlarda sustkashlik qilishi mumkin. Bu esa ishq o'tining sovushiga yoki ixlosning pasayishiga olib keladi. Bu baytda ham "'isq oti" - "ixlos" yoki "haqqa bo 'lgan muhabbat"ma'nosini ifodalab kelgan.

39/3 'Isq otidin anga muxammar sirist,

'Isq hurufïdin aga sarnavist.

Bu bayt Shayxi Iroqiy ta'rifida bo'lib, uni bunday talqinda tushunish mumkin: "uning yuzlaridan haqqa bo'lgan muxabbati ayon bo'lib turibdi, uning taqdiriga ishq bitigi bitib bo'lingan" Bu baytda "'isq oti" - "ixlos" yoki "haqqa bo'lgan muhabbat"ma'nolarini ifodalab kelgan.

Demak, yuqorida "'isq oti" frazemasi baytlar tarkibida ma'noviy tahlil qilindi va quyidagi ma'nolari aniqlandi:

"'Isq oti" - 1."ixlos", "haqqa bo'lgan muhabbat"; 2"ilohiy ilhom";3"visol lazzati"; 4."ko 'ngil ishi", "ko 'ngil xohishi'; 5"mehr topish", "sevilish"

1/7 Bal arigedur ki aqar jan suyi,

Yoq, dema kim jan suyi, hayvân suyi.

Ushbu frazema klassik fors tilidagi "ù'j^ M" [abe heyvan] "muqaddas suv", "tiriklik suvi" frazemasining turkiy tildagi muqobili bo'lib, bayt tarkibida "tiriklik suvi" ma'nosini ifodalab kelgan. ushbu baytni quyidagicha talqin qilish mumkin:

"Keng bir ariqki undan jon suvi oqib o'tadi, yo'q jon suvi dema, u tiriklik suvidir" Frazema OT+OT modelida, ko'rsatkichsiz qaratqich kelishigi vositasida birikib kelgan.

41/8 Tis bila aylab balasT yarasin, Yara etib oz jigari parasin.

Bu sher haqida hikoyadan olingan parcha bo'lib, uning mazmuni tushunarli.

/y

Ushbu baytda "balasT" va '"JigarT parasi" o'zaro manodosh bo'lib kelmoqda. "Jigarl parasi" frazemasi OT+OT modelida, ko'rsatkichsiz qaratqich kelishigi vositasida birikib kelgan. Ma'nosi: "farzand", "bola".

27/19 Sah qilTcT jigarim qildi cak, Ul jigarim parasin etti halak.

Bu misralar shoh oldiga adolat izlab borgan qari kampir haqidagi hikoyadan olingan. Unda kampir qozixonada shohning ustidan shunday shikoyat qiladi: "Shohning qilichi jigarimni yaraladi, mening farzandimni o'ldirdi". Sh.Rahmatullayev fikricha, odatda birikmaga teng frazemalar tarkibidagi sintaktik munosabat shakllari bilan bir butun holda shakllanib, lisoniy birlik sifatida o'zgarishsiz qoladi. Ammo, yuqoridagi "jigarim parasi" frazemasi misolida bu fikrning unchalik to'g'ri emasligini ko'rishimiz mumkin. ushbu frazemani quyidagi shakllarda uchratish mumkin:

III shaxs "jigar parasi" "jigari parasi"

II shaxs ""jigar parang" "jigaring parasi"

I shaxs "jigar param" "jigarim parasi"

Birinchi ustundagi shakl hozirgi o'zbek tilida ham uchrashi mumkin. ikkinchi ustundagi shakl asar tarkibida tahlil qilindi shu bilan birga ko'proq she'riy va badiiy matn uslubiga xos deb aytish mumkin.

16/58 Bahri falakdin saga gavhar xiraj Gavhari zatig bari 'alamga taj.

Ushbu bayt Husayn Bahodirxonga atab yozilgan pandnomaning yakunlovchi qismidan bir parcha bo'lib, unda: "Taqdir senga shohlikni ato qilgan, sening zotingning bari (temuriylar nazarda tutilmoqda) bu olamni podshohlaridansizlar" deyilmoqda. "'Álamga taj" frazemasi "buyuk shahanshoh" ma'nosini ifodalab kelmoqda. Frazema OT+OT modelida, kelishikli birikuvdan tashkil topgan.

52/90 Marg samümTdin agar yetsa bTym, Bil ani 'Isa nafasidin nasim.

Ushbu bayt dostoning oxirgi maqolalaridan olingan. Uni quyidagicha talqin qilish mumkin: "Agar o'lim senga yetib kelsa, uni qayta tirilish nasimi deb qarshi ol".

Scientific Journal Impact Factor

Har bir payg'ambarga alloh mo'jiza ato etgan bo'lib, Iso payg'ambarga yuborilgan mo'jizalardan biri bu o'likni tiriltirish bo'lgan. Shunga ishora qilingan holda, o'lim foniy dunyodagi hayotning poyoni va boqiy dunyodagi hayotning ibtidosi sifatida talqin qilingan. Demak, "'Isä nafasldin nasïm" bu "qayta tirilish xabari" deb aytish mumkin.

"Tuhfat ul-ahror" dostonida ko'makchili birikuv modelidagi 2 ta frazema aniqlanib, tahlil qilindi. "Hayrat ul-abror" dostonida 42 ta kelishikli birikuv modelidagi frazema aniqlandi. Fors tilida ko'makchilar turkiy tildagi kelishiklar bilan o'xshash vazifa bajarsa ham, frazemalar tarkibida kam uchraganligini qayd etishimiz mumkin. Buning aksi sifatida turkiy tilda kelishikli birikuv modelidagi frazemalar keng uchragan.

1. Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostoni konkordansi. Tuzuvchilar: Quronbekov A., Mannonov A., Imomnazarov M., Turdiyeva H. -T. 2012. - 608 b. (Concord of Alisher Navoi's epic "Hayrat ul-abror". Compilers: Quronbekov A., Mannonov A., Imomnazarov M., Turdiyeva H. -T. 2012. - 608 p.) Hayrat ul-abror asaridan keltirilgan barcha misollar ushbu manbadan olingan, birinchi raqam bob va ikkinchi raqam baytlar tartibini bildiradi.

2. Абдуррахман ЖамТ: Тухфат ал-ахрар, Субхат ул-абрар, Хираднама-е Искандарий. / Критический текст и предисловие Г.А.Тарбията. - М.: «Наука», 1984. - 461 b. (Abdurrahman JаmТ: Tuhfat al-axrar, Subhat ul-abrar, Xiradmma-e Iskandariy. / Critical text and prediction G.A.Tarbiyata. - M .: «Nauka», 1984. - 461 p.) Tuhfat al-axrar asaridan keltirilgan barcha misollar ushbu manbadan olingan, birinchi raqam bob va ikkinchi raqam baytlar tartibini bildiradi.

3. Quronbekov A., Mannonov A., Imomnazarov M. Alisher Navoiy asarlari bo'yicha konkordans tuzish qo'llanmasi. T.: "Fan va texnologiya", 2015. - 96 b. (Quronbekov A., Mannonov A., Imomnazarov M. Handbook of concording on the works of Alisher Navoi. T .: "Science and technology", 2015. - 96 p.)

4. Sodiqov Q. turkiy til tarixi. Toshkent: TDSHI. 2009. - B 155-159 (Sodikov Q. History of the Turkish language. Tashkent: TDSHI. 2009. - P 155-159)

5. Рубинчик Ю.А. Основы фразеологии персидского языка. -М.,1981. - C. 263. (Yu.A. Rubinchik Fundamentals of Persian phraseology. -M., 1981. - P. 263.)

XULOSA

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.