Научная статья на тему 'NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING O‘RNI'

NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2079
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Navoiy / hikoyatlar / xalq og‘zaki ijodi / zamonaviy adabiyot / ko‘prik. / Navoi / stories / folklore / modern literature / bridge.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hoshimova Azizaxon Bahodirovna

Ushbu maqolada ulug‘ adib hikoyatlarining xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liqligi haqida so‘z boradi. Navoiy xikoyatlarida uchraydigan mifologik obrazlar, xalq og‘zaki ijodida uchraydigan afsona va rivoyatlar shoir mahoratini ifodasi sifatida dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FOLKLORE IN THE FORMATION OF NAVOI STORIES

The article discusses the connection between the stories of the great writer and folklore. Mythological images, myths and legends found in Navoi folklore have been proven as an expression of the poet's skill.

Текст научной работы на тему «NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING

O'RNI

Hoshimova Azizaxon Bahodirovna Marg'ilon shahar14-umumiy o'rta ta'lim maktab ona tili va adabiyot

fani o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ulug' adib hikoyatlarining xalq og'zaki ijodi bilan bog'liqligi haqida so'z boradi. Navoiy xikoyatlarida uchraydigan mifologik obrazlar, xalq og'zaki ijodida uchraydigan afsona va rivoyatlar shoir mahoratini ifodasi sifatida dalillangan.

Kalit so'zlar: Navoiy, hikoyatlar, xalq og'zaki ijodi, zamonaviy adabiyot, ko 'prik.

Abstract: The article discusses the connection between the stories of the great writer and folklore. Mythological images, myths and legends found in Navoi folklore have been proven as an expression of the poet's skill.

Keywords: Navoi, stories, folklore, modern literature, bridge.

Аннотация: В статье рассматривается связь рассказов великого писателя с фольклором. Мифологические образы, легенды и мифы, встречающиеся в рассказах Навои, являются выражением мастерства поэта.

Ключевые слова: Навои, сказки, фольклор, современная литература, мост.

KIRISH

Alisher Navoiy epik asarlarining deyarli barchasida adabiy asarlari jumladan Maxbubul-qulub, Muhokamatul-lug'attayn, Tarixi Muluki Ajam, Tarixi Anbiyo va Hukamo, singari asarlarida bir qator hikoyalarga duch kelinib hikoyachilik turkiy adabiyotning bir yo'nalishi sifatida qaror topganiga ishonch uyg'otdi. Shubhasiz bu hikoyatlarining yuzaga kelishida xalq ijodidagi afsona, asotir, rivoyat, qissa va boshqa janrdagi asarlarning alohida o'rni borligi kuzatildi.

Alisher Navoiy asarlaridagi ko'pchilik hikoyatlari ular qaysi manba asosida ishlangan bo'lishiga qaramay g'aroyib badiiy hususiyatlari bilan xalq hikoyatlariga uyg'unlashib ketadi.

Anushirvoni odil sharq xalqlari adabiyotida keng o'rin olgan an'anaviy obrazlardan biridir. Anushirvon (531-589) sosaniy shaharlarida bo'lib shon shavkati bilan shuhrat qozongan edi. Tarix zaminida adabiyot olimiga o'tgan Anushirvon yarim tarixiy, yarim afsonaviy qaxramon tusini olib odillikning ramzi sifatida talqin qilinadi. U haqidagi hikoyatlar "Hayratul abror" va "Tarixi muluki Ajam" asarlaridan ham o'rin olgan.

Scientific Journal Impact Factor

"Tarixi muluki Ajam"dagi hikoyalaming birida bog' sotgan va bog' olgan kishilar o'rtasidagi muammoli holatning Anushirivon tomonidan aql va zakovat odillik bilan hal etilishi ko'rsatilsa, ikkinchi xikoyada Anushirvon insof va adolatning homiysi sifatida gavdalanadi.

Bu hikoyatlar ko'pdan -ko'p xalq ertaklaridagi " Bir bor ekan, bir yo'q ekan qadim zamonda bir odil podsho bo'lar ekan" deb boshlanuvchi an'anaviy syujet va obrazlarini eslatadi, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan folklor ildiziga bog'landi.

Shunindek adibning "Lisonut-tayr" dostonidagi hikoyalar haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Dostonda 63 hikoyat jamlangan bo'lib bu hikoyatlarining ko'pchiligi xalq ijodi tasirida vujudga kelgan shu nuqtai nazardan qaraganda "Lisonut-tayr"dagi "Majnunal xalq" hikoyalari xalq latifalari uslubida yaratilgani bilan ajralib turadi. Bu hikoyatda o'zini xudo yo'liga bag'ishlagan devonaning sarguzashtlari xazilnoma usulida hikoya qilinadi. Ushbu hikoyaga asos bo'lgan syujetning boshqacha varianti shu kunga qadar ham xalq latifasi sifatida yashab kelmoqda.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada Navoiy hikoyatlari shakllanishida folkloming o'rni va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Alisher Navoiyning" Xamsa" va boshqa asarlari metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.

Ulug' adib hikoyatlarining xalq og'zaki ijodi bilan bog'liqligi haqida so'z borar ekan, albatta, Luqmon obrazi bilan bog'liq bo'lgan hikoya, hikmatlarning ildizlari juda qadim zamonlarga borib talishini unutib bo'lmaydi. Bu hikoyatlarda Luqmon eng murakkab mushkullotlarning ham o'tkir aqilli tadbiri bilan xal qiluvchi donishmand, so'zamol va xozirjavob qaxramon sifatida talqin qilinadi.

"Tarixi anbiyo va hukamo"da Luqmon haqida bir necha hikoyat keltirilgan bo'lib ular hajman ixcham, mo''jaz, lekin ibratli ma'no olam- olam. Mana shulardan biri: "Xojasi anga buyurdikim, qo'y o'lturub ,yaxshiroq uzvini pishurib keltir. Ul yurokni tili bila pishurib kelturdi. Yana bir qotla dedikim, qo'y o'lturib ,yamonroq uzvini pishurib keltur! Xamul iki uzvdin kelturdi. Xoja nuktasin so'rdi yersa , dedikim ko'ngul noshoyista afoldin va til naboyista aqvodin beri bo'lsa, alardin yaxshiroq uzv yo'qtur, va agar bo'lmasa, alardin yamonroq uzv yo'qtur " [1]. Bu ibratli hikoya sharqning juda ko'p alllomalari asarlaridan o'rin olgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Navoiy ko'p asarlarida, jumladan " Qissasi Rabg'uziy"dan o'rin olgan Luqmon haqidagi yana bir hikoyatni bayon etadi: "Yana biri bukim, xojasi anga buyurdikim, kunjut ek! U1 arpa ekdi. Xoja so'rdikim, arpa ekib bar kunjut najuk toparsan? Dedikim, chun sen nosiyishta ish qilib , tangri taolodin rahm va jannat tama' qulursen, men ham dedikim, shoyadki arpa eksang, kunjut bar topgaymen, xoja mutanqabix bo'lib, ani ozod qildi" [2]. Bu hikoyatda Luqmon zulm zo'rlikni achchiq kulgi bilan fosh etuvchi xalq qahramoni- Afandi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Alisher Navoiy hikoyatlarida Luqmon Hakim va donishmand sifatida gavdalanadi.

O'zbek xalq hikoyati va ertaklarida ham Luqmon tabib va donishmand qiyofasida namoyon bo'ladi. U halqqa shu darajada yaqin bo'lib ketganki, xalq ko'pincha o'z bilimi, tajribasi va tadbirlarini Luqmon timsolida mujassamlashtiradi[3]. Masalan, "Luqmon Hakim" ertagida xalq tabobatida turli usullar va dori darmonlar Luqmon bilan bog'lab beriladi. Ertakda Luqmon Iskandarga zamondosh kishi sifatida tasvirlangan. Navoiy asarlaridan o'rin olgan deyarli barcha hikoyalar syujeti va kompazitsiyasi, obrazlari va uslubi jihatdan xalq ijodiga, xalq masallariga monanddir. Chunki Navoiy ijodida qadimgi mifologiya va afsonalar chuqur iz qoldirgan. Alisher Navoiy mif va afsonalar bilan turli manbalar bilan tanish edi. Bu manbalar tarix kitoblari, ilmiy asarlar, badiiy adabiyot, diniy kitoblar va boshqalardan iboratdir. Alisher Navoiy mif va afsonalar bilan bevosita tanish bo'lishida ayniqsa "Shohnoma", alohida o'rin tutadi, Chunki "Shohnoma"ning asosini xalq mifologiyasi, xalq og'zaki ijodi tashkil etadi.

Qadimgi mifologiyaning asosini yaxshilik va yovuzlik kuchlari o'rtasidagi kurashlar tashkil etadi. Yovuzlik miflari qahramonlari Sharq xalqlari, ko'pincha dev, ajdar, jin va boshqalar qiyofasida namoyon bo'ladi. Mana shu miflar xalq og'zaki ijodida qayta-qayta ishlanib, asrlardan asrlarga o'tib kelayotgani kabi, yozma adabiyotda ham chuqur iz qoldirgan.

Bunday miflar Alisher Navoiy ijodidan ham o'rin olgan. Uning asarlarida dev, ajdar, ya'juj-ma'juj kabi yovuz mifologik obrazlarni kuzatish mumkin. Bular ofat va zulmat, qabohat va razolat, o'lim va kulfatning timsoli sifatida gavdalanadi lar. Shoir bu obrazlardan aniq g'oyaviy-estetik maqsad yo'lida, zamonasining voqea va muammolari haqida fikr-mulohaza yuritganda foydalanadi.

Alisher Navoiy asarlarida ko'p uchraydigan mifologik obrazlardan biri dev bo'lib, u hayot va kishilar, voqea va hodisalar, fikr-o'ylar to'qnashuvida ma'lum o'rin egallaydi. Lirikada shoir fikr va kechinmalarini bayon etishda devdan an'anaviy obraz sifatida foydalansa, epik asarlarida syujet va kompazisiyada, voqealar rivojida foydalanadi.

Scientific Journal Impact Factor

Navoiy Sayid Xasan Ardasherga yozgan mashhur maktubida yashagan muhitidan shikoyat qilib, uning "eli" - munofiq kishilarni shayton va devga o'xshatadi:

Makr-hiyla, an'anaga muvofiq shaytonga, zulm va bedodlik devga xosdir. Ma'lumki, Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatining Astrabod davri xiyla murakkab va shoir uchun ko'ngilsiz voqealarga to'la bir bosqichdir.

"Farhod va Shirin", "Sab'ai sayyor" va "Saddi Iskandariy" dostonlarida dev mifik-epik obraz bo'lib, u ijobiy qahramonlarning ezgu intilishi va kurashlari yo'lida to'g'onoq yovuzlikning timsoli sifatida tasvirlangan. Navoiy tasviridagi devlar makoni-maskani, tashqi qiyofasi, kuch-quvvati, sehr mo'jizasi va boshqa jihatlari bilan xalq doston va ertaklarida dev tasvirida ham mushtarak jihatlar borligi ko'zga tashlanadi.

Og'zaki va yozma adabiyotda dev tasviridagi mushtaraklik asosan fantastik tasvir, mubolag'a va yumorda majoziy obraz zamirida hayotiy maqsadda ifodalanadi.

Alisher Navoiy asarlarida yovuzlikning timsoli bo'lgan obrazlardan yana biri ajdardir. "Farhod va Shirin" dostonida Farhod va ajdarhoning jangiga butun bir bob bag'ishlangan.

Fol'klorshunoslikni o'rganishda Navoiy xikoyatlarida keltirilgan fol'klor usullari zamonaviy adabiyotni rivojlanishiga mustahkam ko'prik bo'la oladi.

1. Alisher Navoiy. 1968: 231].

2. Alisher Navoiy. 1968: 231-232].

3. O'zbek xalq ertaklari. 2-tom. 437-447].

4. Alisher Navoiy. 1968: 710].

5. Go'ro'g'lining tug'ilishi. 1996: 142-143].

Ne el, ne kishi, balki shaytonu dev, Kelib barcha da'b bedodu rev [4].

To'rt oyoqli, ikki boshli bachchag'ar, Turqiga qarasang, misli ajdahor, Olov qip sochadi og'zidan zahar, Har siltanib yetmish qadam yo'l bosar, [5]

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.