Научная статья на тему 'KELISHIK KATEGORIYASINING VARIANTLILIGI'

KELISHIK KATEGORIYASINING VARIANTLILIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3868
261
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo`shimcha / variant / turkiy til / kelishik / kategoriya / invariant / qiyosiy tilshunosik / affiksoid / addition / variant / Turkish language / case study / category / invariant / comparative linguistics / iksiksoid

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnoza Togayeva

Ushbu maqolada qo`shimchalar variantlarining paydo bo`lish sabablari, ularning tarixiy taraqqiyot natijasida o`zgarishlarga uchrash holatlarini, ilk invariantlarini va hozirgi tilimizdagi variant qatorlari ko`rinishlarini, shu bilan birga mavjud qo`shimchalarni boshqa turkiy tillardagi mushtarak qo`shimchalar variantlari bilan qiyosiy o`rganish va qo`shimchalar variantlarini o`rganishda xalq tili boyliklaridan imkon boricha foydalanish kabi holatlarni o`rganishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VARIANCE OF CONTRACT CATEGORY

The reasons for the appearance of variants of suffixes in this article are an illustration from the comparative study of the cases of their occurrence as a result of historical progress, the first invariants and the appearance of variant sequences in our current language, as well as the existing suffixes with the common variants of suffixes in other Turkic languages and the use of.

Текст научной работы на тему «KELISHIK KATEGORIYASINING VARIANTLILIGI»

KELISHIK KATEGORIYASINING VARIANTLILIGI

Dilnoza Tog'ayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qo'shimchalar variantlarining paydo bo'lish sabablari, ularning tarixiy taraqqiyot natijasida o'zgarishlarga uchrash holatlarini, ilk invariantlarini va hozirgi tilimizdagi variant qatorlari ko'rinishlarini, shu bilan birga mavjud qo'shimchalarni boshqa turkiy tillardagi mushtarak qo'shimchalar variantlari bilan qiyosiy o'rganish va qo'shimchalar variantlarini o'rganishda xalq tili boyliklaridan imkon boricha foydalanish kabi holatlarni o'rganishdan iboratdir.

Kalit so'zlar: qo'shimcha, variant, turkiy til, kelishik, kategoriya, invariant, qiyosiy tilshunosik, affiksoid

VARIANCE OF CONTRACT CATEGORY ABSTRACT

The reasons for the appearance of variants of suffixes in this article are an illustration from the comparative study of the cases of their occurrence as a result of historical progress, the first invariants and the appearance of variant sequences in our current language, as well as the existing suffixes with the common variants of suffixes in other Turkic languages and the use of.

Keywords: addition, variant, Turkish language, case study, category, invariant, comparative linguistics, iksiksoid

Hozirgi o'zbek tilidagi qo'shimchalardagi variantlilk muammosi hanuzgacha maxsus tekshirish obyekti bo'lgan emas. Bu yo'nalishda bazi ishlarga yo'l-yo'lakay fikrlar bildirilgan. Vaholanki, qo'shimchalar tarixiy va fonetik sabablarga ko'ra ko'p variantli shaklida qo'llanishiga chuqurroq nazar tashlasak, bu hodisa bevosita singarmonizm qonuniyati bilan bog'liq ekanligini koramiz. Qo'shimchalarning variantliligini o'rganish tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishini atroflicha va chuqur o'rganishga imkoniyat tug'diradi. Qoshimchalarda variantlilkini dastlab turkiyshunoslar N.K.Dmitriyev, S.E.Malov, N.A.Baskakov va boshqalar qadimgi yozma yodgorliklar va turkiy tillar grammatikalari bo'yicha yozilgan ilmiy ishlarida bayon qilganlar. Biroq o'zbek tilshunosligida bu hodisa tizimli tarzda hozirgacha jiddiy o'rganilmadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini ko'rsatadi.

Kelishik affikslari ham egalik affikslari kabi nutqda turli variantlarda qollaniladi. Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantlarini kuzataylik:

a) Poetik varianti: bog'in mevasi

b) Tarixiy varianti: manim bog'im

c) Dialektik varianti: kitobing

d) Fonetik varianti: mening

Kelishik paradigmasida kirish huquqiga faqat invariant shaklining -ning ega.

Tushum kelishigi invarianti - ni

a) poetik varianti -I, - n bulardan -I varianti I, II shaxs birlik kishilik olmoshi negiziga qo'shiladi: men+ I, sen+I; Tushum kelishigi affiksining bu adabiy varianti ham qaratqich kelishigi affiksining jonli so'zlashuvga xos varianti bilan omonimlik hosil qiladi: mani chaqirdi, meni kitopim kabi. Tushum kelishigi affiksining uchinchi morfologik varianti -n poetik nuqtda uchraydi, odatda III shaxs egalik egalik affiksidan keyin qollaniladi:

Tinim yo'q, har nafas sen yozar,

Bahor yechib oz tugunchagi.

Tonggi kurtak, oqshomi g'uncha,

Sahar turib ochar chechagin

Shu nutqda ham tushum kelishigi bilan qaratqich kelishigi affikslari orasida omonimya voqe boladi.

b) tarixiy varianti: -g, - ig, - g', - ig'

c) dialektal varianti: - di, - ti

d) qisqargan varianti: - n

Jo'nalish kelishigining asosiy invariant ko'rsatkichi - ga qo'shimchasidir. Bu yetakchi invariant sifatida qabul qilingan asosiy til birligidir. Aslida, singarmonizm ta'sirida bu affiks qattiq va yumshoq varintlarga ega -qa (qattiq), -ka (yumshoq) hamda hatto - g'a (oraliq- qorishiq) qollaniladi. Hozirgi o'zbek tilining qipchoq shevalarida, eski o'zbek tilida -g'a varianti keng qollangan. Biroq hozirgi o'zbek adabiy tili uchun bu shakl me'yoriy hisoblanmaydi. Ya''ni iste'moldan chiqqan, ishlatilmaydi.

-ga affiksning -qa va - ka variantlari shakl hosil qiluvchi asosining qanday tovush bilan tugashiga qarab, o'rni bilan keng qollaniladi va bu holat hozirgi adabiy tili uchun me'yoriy holat hisoblandi: quchoq+ qa = quchoqqa, tilak+ ka = tilakka, bilak+ ka = bilakka kabi.

Hozirgi imlo qoidalariga tog', bog' kabi shakl yasovchi asoslarga - ga affiksi shu ko'rinishda qo'shiladi: tog'+ga, bog'+ga kabi.

Biroq og'zaki nutq talaffuz me'yoriga ko'ra, bu so'zlar toqqa, boqqa ko'rinishda ishlatiladi va bu me'yoriy holat hisoblanadi. Demak, qo'shimchalarning -ga, - qa, - ka variantlari hozzirgi o'zbek tili uchun xarakterli

bo'lib, ana shu uch ko'rinishda iste'molda bo'lib kelmoqda, ya'ni jo'nalish kelishigi qo'shimchasi uch variantli qo'shimcha hisoblanadi. Nutqda ularning qo'llanishi to'la o'zini oqlaydi. Bundan tashqari, jo'nalish kelishigining quyidagi variantlari bor:

a) Qisqargan varianti: - a o'g'uz lahjasida - uya bordim

b) Tarixiy varianti: - ra, - ru, - garu, - g'aru, -karu, - qaru

c) Poetik varianti: -g'a, - na ustina kabi

Chiqish kelishigining invarianti -dan affiksidir. Orfoepik varianti esa -tan . Bunga qo'shimcha qilib boshqa darsliklarda -din, - tin affikslari chiqish kelishigining mumtoz (poetik) varianti sifatida qo'llanishi ta'kidlangan.

Qadimgi turkiy tillarda kelishigi variantliligi.

Turkiy tillar kelishiklar tizimi haqida gap borganda, avvalo, turkiy tillarning eng qadimgi bobo til davridagi kelishiklar tizimi ko'zda tutilsa, ikkinchidan, turkiy tillarning mustaqil tillar va lahjalarga ajralish va undan keyingi taraqqiyoti davridagi kelishiklar tizimining holati ko'zda tutiladi.

Hozirgi turkiy tillarda jumladan, yoqut tilida 5 ta kelishik, gagauz, turk tillarida 7 ta kelishik shakllariga ega bo'lib, boshqa hamma turkiy tillar 6 ta kelishik shakllarga ega.

Bosh kelishik qadimgi turkiy tillarda ham hozirgi turkiy tilda ham maxsus ko'rsatkichiga ega bo'lmagan, nol korsatkichlidir. Bu kelishik boshlang'ich shakl sifatida boshqa kelishiklaga zid qo'yiladi. Qaratqich kelishigi qadimgi turkiy tillarda mavjud bo'lmagan biroq, hozirgi turkiy tilda qaratqich kelishigi eng ko'p variantli kelishik shakllaridan biri bo'lib, bu shakllar quyidagicha guruhlanadi:

1) - ning : tatar, o'zbek, uyg'ur tillariga xos- bashing, o'quvchining, bizning;

2) - nung/ - nong/ - ding/ - dung/ - dong/ - ting/ - tung/- tong oltoy, boshqird, tuva, xakas, shor tillari: toning, molding, gulding, bezzeng;

3) - nin/ - nun/ - din/ - dun/- tin/ - tun: qirg'iz tili - balanin, tonun, tondun, oqtun, bizdin;

4) -nin / - nun qaraim tili- atanin, atnin;

5) -in/ un/ - nung turkman tili - ag'ajin, oquvchining, onung:

6) -in/ -un/ - nin/ - nun ozarbayjon, gagauz, turk- kitobin, arabanin, onlarin, benim, bizim;

7) - ni/ -nu : qorachoy- balqar, qumiq - burnu, baynu;

8) - ni / -di / - ti / - mi / - zi / - si / - ti / -ri / - xi / - chi / - li / - vi : o'zbek tili Toshkent dialiekti - nonni, otti, tommi, tuzzi, ishshi, egarri, tolli, suvvi;

9) - n / - en chuvash tili pullen (baliqning) , tiren (terining), lajan (otning), piren (bizning) va boshqalar.

Tushum kelishigi variantliligi

Hamma turkiy tillarda ma'no jihatdan bir xil bolib, fe'ldan anglashilgan harakatning bajarilishdagi vosita, qurol ma'nosini anglatadi. Bu qo'shimcha qadimgi turkiy tilda - I, - ig' varanti bo'lib, hozirgi tillarda -ig' varianti deyarli saqlnmagan, - I varianti ham kishilik va ko'rsatish olmoshlari so'nggi tovushining assimliyatsiya va morfologik qayta bolinishi natijasida hozirgi turkiy tilllarda -ni va uning turli assimiliyativ variantlari kelib chiqqan.

Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigi qo'shimchasi quyidagi ko'rinishlarga ega:

1) o'g'uz guruh tillaridan boshqa barcha turkiy tillarda - ni/ - nu/ - no / - di / - du / - do / - ti / - tu / - to: oltoy qapti (qopni), uguni (ukkini ) , kardi ( qorni ), tuva tevini, nomnu ( kitobni), maldi (molni);

2) qaraim, qumiq, qorachoy- balqar tillarida -ni / - nu / - no / - di / -du/ -ti / - tu: yo'ldi, koshto, boshni, yo'lni, tasti;

3) o'zbek tili va lahjalari, boshqa ayrim tillarda - ni / - di / - ti / -mi / -zi / - shi / - si / - xi / - chi: qapti, qardi, uyni, uydi, uyyi, otti, odammi, shoxxi, sochchi kabi;

4) ozarbayjon, yoqut, turkman tillarida: - ni / - nu / - I (y) / -( u) - y: apani, adami, bug'doyi, qorpoyu;

5) gagauz, turk tillarida - I / - u / -yi / - yu: burnu, biyeyi ( yilqisi)

6) oltoy, xakas, shor tilida -n / - bin / - g'in: atin, atabin, atag'in.

Qaratqich va tushum kelishiklari qo'shimchalari shakl jihatidan ko'p

hollarda teng kelsa ham, ularning kelib chiqishiga bu yaqinlikning aloqasi yo'q, chunki bu ikki kelishik variantlardagi yaqinlik til taraqqiyotining keyingi davrlari mahsulidir.

Jo'nalish kelishigi

Hozirgi turkiy tillarda asosan bitta ma'noni harakatning yo'nalish nuqtasini ifodalaydi. Jo'nalish kelishigidagi so'zning harakat yo'naltirgan obyetk, o'rin yoki pyatni anglatishi bu kelishik shaklini olgan va uni boshqargan negizning ma'nosiga bog'liq.

Jo'nalish kelishigi mazmun jihatidan ana shunday ma'lum darajada chegaralangan bolishiga qaramay, turli turkiy tillarda ana shu ma'nolarni ifodalovchi shakllariga ko'ra rang- barangdir. Hozirgi turkiy tillardagi jo'nalish kelishigi shakli deb sanaladigan barcha qo'shimchalarning tarkibida a unlisi uchraydi: - ga / - ka / - qa / - g'a / - cha kabi. Shunga ko'ra, qadimgi turkiy tillarda jo'nalish kelishigi varianti asosan a bolib, - g / - k / - q / - g' / - ch kabi elementlar ma'noni konkretlashtiruvchi vositalar sifatida kelishik qo'shimchalari tarkibida keyin hosil bolgan deb taxmin qilinadi. Har qanday qadimgi turkiy

tillarda jo'nalish kelishigining - a va - e shakli keng tarqalgan shakli bo'lgan, shuning uchun bu shakl hozirgi turkiy tillarda ham saqlanib qolgan: turk tas + a (kosaga), turkman ova+ a (ovulga), ozarbayjon ox + a (oqqa), chuvash jal + a (qishloqqa) , tatar atim + a , qirg'iz enem + e , qozoq qaram + a kabi.

Jo'nalish kelishigi qo'shimchalarini qaysi turkiy tillarda mavjudligiga ko'ra turli guruhlarga ajratish mumkin :

1) qipchoq, qarluq , uyg'ur guruh tillari va sibir, oltoy turkiy tillarning barchasida - g'a (-qa, - ja), - qa / - xa / - g'o / - qo / - xo : oltoy a jilga (uyga) , janashqa (chaylaga) , toygo, toshko (muzga), qaraim atag'a, atg'a, atqa, maa (menga), bizga, qirg'iz molg'a , tong'o , atqa, mang'a (menga), yoqut dolg'a (suruvga) , qisqa (qizga), inaxka (sigirga), qunangga (ho'kizga), atasina, tatar babasina va boshqalar;

2) xakas tili va dialektlarida - g'aa / - qaa / - xaa : tag'aa (toqqa), sag'a (senga), ag'a ( unga), palaag'a (bolaga) kabi ;

3) o'g'uz guruh tillar qisman oltoy, xakas, sh or tillarida - a / - ja ozarbayjon adama , gapuja (eshikka), mene, ona, saa (senga), gagauz qira (dalaga), masaja (stolga), sokaa (ko'chaga), bana (menga), turkman gechaa (echkiga) , durnaa ( turnaga), xakas tag'a (toqqa) va boshqalar;o

4) chvash tilda - a / - na (-ja): xira ( dalada), xulan ( shaharda), mana (menga) kabi.

Qadimgi turkiy tilda hozirgi tillar uchun arxaik hisoblangan - gari - qari / -g'ari / - qari varianti ham bo'lgan. Hozirgi o'zbek tilidagi ilgari, ichkari, tashqari kabi so'zlar tarkibida uchraydigan - gari, - qari, - g'ari affikslari ma'lum davrlarda hozirgi ma'nosi singari jo'nalish ma'nosini anglatgan va shu kelishik affiksi bo'lgan , lekin kelishik o'zi qo'shilib kelgan negiz bilan birga ajralmas butunlikka aylanib, o'rin va payt ravishlarga o'tib qolgan. Masalan, oltoy tishqari, eringari (kechqurun) , ichkari, kuskari (ko'zga) , gagauz , turk ileri , icheri, dishari, balqar ichkari, tishxari, og'ari (yuqori) kabi.

O'rin payt kelishigi

Harakatning sodir bo'lgan o'rin, payt yoki harakatning bajarilishiga vosita bo'lgan predmet ma'nosini anglatadi. O'rin - payt kelishigining qo'shimchasi qadimgi turkiy tilda - da / - de / - ta / - te bo'lib, hozirgi turkiy tillarda na / -da / - do / - ta / - to / - la / - lo / - za / - zo / - sa / - so / - - no

variantlari mavjud. Misollar: oltoy tuda (tog'da), emde (dorida), qoyda (qo'yda), toshto (toshda), qoasta (qozog'da) , biste (bizda), olarda (ularda), boshqird yulda (yo'lda), bashta (boshda), qazza (g'ozda), qalala (shaharda), minda (menda), bizza (bizda), chuvash lajara (otda) , xulara (shaharda), vermanda (o'rmonda), qilde (uyda), shurda (botqoqda), ulaxra (to'qayda), manra (menda), pirda (bizda), unra (unda) kabi;

Bu kelishik qo'shimchalarning - za, - la variantlari boshqird tilida , - ra, - cha shakllari chuvash, -za , - na shakllari turkman tilining ayrim dialektlarida uchraydi. Yoqut tilida - da, - ta qo'shimchalari qurol kelishigi qo'shimchasining variantlari - tan, - dan (bilan) ga juda yaqinlashadi. Yoqut tilida - da (- na) manna ( shu yerda) , sumanna ( mana shu yerda) , itinne ( ana u yerda ) , onno ( u yerda) sonno ( aynan o' sha yerda) kabi olmoshlarida uchraydi.

Turkshunoslik adabiyotlarida - in qo'shimchalari orqali hosil bo'ladigan arxaik qurol kelishigi deb nomlanadigan kelishik shakli va ma'nosi ham aslida o'rin- payt kelishigi ma'nosini beradi. Buni hozirgi turkiy tillarda o'rin-payt ravishlari deb yuritiladigan ayrim so'zlar tarkibida yaqqol ko'rish mumkin: qishin (qishda), jazin ( yozda), qozoq qisin ( qishda) , xakas chasxizin (bahorda), yoqut qihin ( qishda), sayin ( yoz ), kuhun ( kuz).

Chiqish kelishigi

Fe'ldan anglashilgan harakatning boshlanish o'rni, payti, harakatning bajarilishi yo bajarilmasligiga vosita bo'lgan predmetni anglatadi. Chiqish kelishigi qo'shimchasi hamma turkiy tillarda asosan - dan bo'lib, uning turkiy tillarda yigirmadan ortiq variantlari mavjud. Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

1) qipchoq va o'g'uz guruh tillar, tuva va o'zbek tillarida - dan / - don / -tan / - ton / - nan / - non / - lan / - lon / - zon / - san / - son : ozarbayjon dagdan, menden, bizdan , oltoy attan, moldon, qoldon, gagauz yuvadan (uyadan), dereden ( daryodan) , baadan ( bog'dan) , sudan ( suvdan) , ishdan, suttan, sokakdan (sigirdan); o'zbek uydan, daladan , maktabdan, tuva taygadan, shiveden ( archadan), dashtan ( toshdan), yashtan (yog'ochdan) va boshqalar.

2) oltoy, xakas, shor tillarrida - dong / - dang / - tang / - tong / - nang / -nong attang, sostang ( so'zdan), malolang , tangnang, shor meneng ( mendan) , seneng ( sendan) , anang ( undan) kabi;

3) yoqut tilida - tan / - ttan / - ton : tastan ( toshdan), oyurtan ( o'rmondan), tabattan ( bug'udan) , borotto ( bo'ridan) kabi;

4) chuvash tilida - tan / -ran : lajaran ( otdan ) , xularan ( shahardan), varmandan ( o'rmondan), uramran ( ko'chadan), manran ( mendan) va boshqalar.

REFERENCES

1. Y.Abdurasulov "Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi" Tosh- 2008, 8991 bet.

2. S.Ashurboyev, O'zbek tilining tarixiy grammatikasi, Tosh-2012

3. www.ziyo. net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.