Badiiy matnni lingvostatistik tomondan tahlil qilish
D.Nu'monova, Namangan davlat universiteti, E-mail: dilafruz.numonova@mail.ru U.Qo'ziyev, Namangan davlat universiteti, E-mail: fellow-257@mail.ru
Annotatsiya - Maqolada Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlari lingvostatistik metod yordamida tahlil qilinadi. Dastlab lingvostatistika haqida ayrim ma'lumotlar keltirib o'tiladi. So'ng asarda qo'llanilgan yordamchi so'z birliklari, egalik va kelishik kategoriyalari foiz miqdorida hisoblab, raqamlar orqali fakt keltirib o'tiladi.
Kalit so'zlar - Lingvostatistika, matn, tadqiq qilmoq, statistik metod, qonuniyat, ijtimoiy hodisa, til birliklari, axborot nazariyasi.
Linguistic and statistical analysis of literary text
D.Nu'monova, Namangan state university, E-mail: dilafruz.numonova@mail.ru U.Qo'ziyev, Namangan state university, E-mail: fellow-257@mail.ru
Abstract - The article analyzes the works of Erkin Vohidov and Abdulla Aripov using linguistic methods. First, some information on linguistics is presented. Subsequently, the auxiliary vocabulary, ownership, and consensus categories used in the work are calculated as a percentage and expressed in figures.
Keywords - Linguostatistics, text, research, statistical method, law, social phenomenon, language units, information theory.
O'zbek tilshunosligi yildan yilga jadal sur'atda rivojlanib bormoqda. Tilshunoslikning hamma sohasi ustida mutaxassislarimiz ilmiy ish va tadqiqotlar olib borishmoqda. Bizning esa tadqiqot sohamiz Lingvostatistika sohasi bilan uzviy bog'liqdir. Ma'lumki, Lingvostatistika matnni o'rganishning o'ziga xos usulidir. Matnni tadqiq qilishda statistik metodlardan foydalanilar ekan, bunday metodlar muayyan bir matnda so'z yoki ibora, bo'g'in yoki gap singari til birliklarining qo'llanishida o'ziga xos qonuniyatlarni aniqlashga qaratiladi. Til o'ziga xos tizimga ega bo'lgan ijtimoiy hodisa bo'lganligi tufayli til birliklari muayyan tizimda joylashgan bo'ladi. Lingvostatistik tahlil imkoniyatlari til birliklarining qonuniyatlarini kuzatish va shu kuzatish natijalarini qayta ishlash jarayonida aniqlanadi. Bunda tabiiy fanlarning metodlaridan foydalaniladi. Shuning uchun lingvostatistik metodlar tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi.
Til muammolari statistik jihatdan axborot nazariyasi metodlari yordamida ham o'rganiladi. R.G.Piotrovskiy "Yozma matnni information o'lchash" nomli asarida bu haqida
quyidagilarni ta'kidlagan edi: "Til aloqa vositasi bo'lgani uchun uning birliklari lingvostatistik metodlar yordamida hamda informatsion usullar orqali baholanadi va o'lchanadi". [1] Professor Ernest Begmatov ham lingvostatistika haqida o'zining yetarli ma'lumotlarini qoldirgan. Masalan, professor E.Begmatov matn leksikasi-ni tahlil qilishning bunday miqdoriy usullarini o'z mohiyatiga ko'ra noilmiy, nazariy jihatdan yetarli asoslanmagan bir urinish, deb hisoblaydi. Professor E.Begmatov o'zining bu fikrini quyidagi dalillar bilan asoslashga intiladi:
1. Matnlarda ko'p bor takror qo'llanuvchi so'zlar (masalan, bog'lovchilar, atoqli otlar va b.) miqdoran qanday hisoblangani bu ishlarda noaniq.
2. O'zlashma so'zlar asosida o'zbek tilida yasalgan so'zlarning o'z qatlamga kiritilgani yoki o'zlashma qatlamga kiritilgani ham noma'lum.
3. Olib borilgan tahlillarda asosiy diqqat o'zlashma qatlamning miqdoriy nisbatini aniqlash va baholashga qaratiladi, xolos. [2]
Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostonida 100 ta yordamchi birliklar tahlil qilindi [3]:
Yordamchilar - 100% Bog'lovchilar - 41% Ko'makchilar - 26% Yuklamalar - 33%
Bundan bog'lovchilar orasida ham faol qo'llangan birliklar mavjud. Xususan, 41 ta bog'lovchilar tarkibida eng ko'p bilan bog'lovchisi qo'llangan. Buni foiz miqdorida ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi:
Bog'lovchilar - 100% (41ta) Bilan - 26,8% Ammo - 17% Lekin - 14,6% Agar - 12,1% va hokazo. Ko'makchilar orasida ham faol qo'llangan birliklar mavjud. Xususan, 26 ta ko'makchilar tarkibida eng ko'p -dek ko'makchisi qo'llangan.
Buni foiz miqdorida ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Ko'makchilar - 100% (26ta) Dek - 30,7% Uchun - 23% Qadar - 3,8% Uzra - 3,8% va hokazo. Yuklamalar orasida ham faol qo'llangan birliklar mavjud. Xususan, 33 ta yuklamalar tarkibida eng ko'p ham yuklamasi qo'llangan.
Buni foiz miqdorida ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Yuklamalar - 100% (33ta) Ham - 57,5% Mi - 24,2% -ki - 12,1% -ku - 6%
Faqat - 3% va hokazo.
Abdulla Oripov "Birinchi muhabbatim" kitobida 100 ta yordamchi birliklar tahlil qilindi
[4]:
Yordamchilar - 100% Bog'lovchilar - 44% Ko'makchilar - 18% Yuklamalar - 37%
Bunda bog'lovchilar ichida ham faol qo'llangan birliklar mavjud. Xususan, 44 ta bog'lovchilar tarkibida eng ko'p bilan bog'lovchisi qo'llangan.
Buni foiz miqdorida ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi:
Bog'lovchilar - 100% (44ta) Bilan - 18% Va - 11,3% Balki - 6,8% Ammo - 6,8% Lekin - 6,8% va hokazo Ko'makchilar ichida ham faol qo'llangan birliklar mavjud. Xususan, 19 ta ko'makchilar tarkibida eng ko'p deb ko'makchisi qo'llangan.
Buni foiz miqdorida ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Ko'makchilar - 100% (19ta) Deb - 31,5% -day - 15,7% Kabi - 10,5% Avval - 10,5% va hokazo Yuklamalar ichida ham faol qo'llangan birliklar mavjud. Xususan, 37 ta yuklamalar tarkibida eng ko'p ham yuklamasi qo'llangan.
Buni foiz miqdorida ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagi raqamlar yuzaga keladi: Yuklamalar - 100% (37ta) Ham - 32,4% Faqat - 29,7% Gina - 16,2% -mi -10,8% -da - 10,8% va hokazo. Erkin Vohidovning "Iztirob" [5] nomli kitobidan o'rin oigan "Yuragingda makon tutgan qui" she'rini lingvostatistik jihatdan tahlil qildik. Undagi egalik kategoriyalarini ham, kelishik kategoriyalarini tadqiq etdik.
Ushbu she'rda egalik kategoriyasiga oid birliklar 13 ta qo'llangan. Egalik kategoriya-laridan eng ko'p II shaxs birlik egalik kategoriyasi qo'llangan. Buni raqamlarda ham ko'rishimiz mumkin:
Egalik kategoriyasi - 100% (13ta) I shaxs birlik - 0
I shaxs ko'plik - 0
II shaxs brilik - 76,9%
II shaxs ko'plik - 0
III shaxs birlik - 23% III shaxs ko'plik - 0
Ushbu she'rda kelishik kategoriyasiga oid birliklar miqdori 16 ta. Kelishik kategoriya-laridan eng faol qo'llangan birliklar O'rin-payt va Chiqish kelishiklaridir. Buni raqamlarda ko'rishimiz mumkin:
Kelishiklar - 100% (16 ta) Qaratqich kelishigi - 0 Tushum kelishigi - 6,2% Jo'nalish kelishigi - 18,7% O'rin-payt kelishigi - 37,5% Chiqish kelishigi - 37,5% Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim" nomli kitobidan o'rin olgan "Ohu" she'rini lingvostatistik jihatdan tahlil qildik. Undagi egalik kategoriyalarini ham, kelishik kategoriya-larini tadqiq etdik.
Ushbu she'rda egalik kategoriyasiga oid birliklar 13 ta qo'llangan. Egalik kategoriya-laridan eng ko'p III shaxs birlik egalik kategoriyasi qo'llangan. Buni raqamlarda ham ko'rishimiz mumkin:
Egalik kategoriyasi - 100% (13ta) I shaxs birlik - 7,6%
I shaxs ko'plik - 0
II shaxs birlik - 46,1% II shaxs ko' plik - 0
III shaxs birlik - 53,8% III shaxs ko'plik - 0
Ushbu she'rda kelishik kategoriyasiga oid birliklar miqdori 13 ta. Kelishik kategoriya-laridan eng faol qo'llangan birlik Jo'nalish kelishigidir. Buni raqamlarda ko'rishimiz mumkin:
Kelishiklar - 100% (13 ta) Qaratqich kelishigi - 15,3% Tushum kelishigi - 15,3% Jo'nalish kelishigi - 38,4% O'rin-payt kelishigi - 23% Chiqish kelishigi - 7,6% Tahlillardan ko'rinadiki, bugungi kunda lingvostatistik jihatdan o'rganiladigan, tadqiq etiladigan noyob asarlarimiz bisyor. Lingvostatistik tahlil yordamida shoir nutqida faol qo'llaniluvchi birliklar haqida talaygina ma'lumotga ega bo' lish mumkin. Bugungi kunda o'zbek tilshunosligida ham bu sohada bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Фойдаланилган адабиётлар
[1] МиЬашеёоуа Б., Бараг^оуоуа М., МаШ lingvistikasi, ТоБИкеп; 2011, Ь: 85-86
[2] Пиотровский Р.Г., Информационное измерение печатного текста. Энтропия языка и статистика речи, Минск, 1966, с: 5-86
[3] УоЫёоу Е., ЯиМаг isyoni, УобЬ кисЬ, ТоБИкеп; 2019, Ь: 5-23
[4] Орипов А., Биринчи му^аббатим, Тошкент, 2018, б: 3-56
[5] Вох,идов Э., Изтироб, Тошкент, 1992, б: 326-328
References
[1] Muhamedova S., Saparnizoyova M., Matn lingvistikasi, Toshkent, 2011, b: 85-86
[2] Пиотровский Р.Г., Информационное измерение печатного текста. Энтропия языка и статистика речи, Минск, 1966, с: 5-86
[3] Vohidov E., Ruhlar isyoni, Yosh kuch, Toshkent, 2019, b: 5-23
[4] Орипов А., Биринчи му^аббатим, Тошкент, 2018, б: 3-56
[5] Вох,идов Э., Изтироб, Тошкент, 1992, б: 326-328