Научная статья на тему 'ADABIY TILNING SHAKLLANISHIDA USLUBLAR TARAQQIYOTI'

ADABIY TILNING SHAKLLANISHIDA USLUBLAR TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5574
324
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy til / publitsistik uslub / panturkizm / ruscha-internatsional so‘z / umumturk tili / «Turkiston viloyati gazeti». / literary language / journalistic style / pan-Turkism / Russian-international word / all-Turkic language / «Turkiston viloyati gazeti».

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sarvinoz Sayid Qizi Sharipova

XIX asrda turli ijtimoiy ta’sirlar natijasida O‘rta Osiyoda adabiy tilni shakllantirish to‘g‘risidagi nazariyalar tarqaldi. Demokratik-ma’rifatparvarlar esa o‘zbek adabiy tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu nazariya va kurashlar natijasi adabiy tilning turli stil va uslublari shakllandi, adabiy janrlarda qo‘llanildi. Maqolada XIX asr o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va adabiy asarlarda qo‘llanilishi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF METHODS IN THE FORMATION OF LITERARY LANGUAGE

In the 19th century, various social influences led to the spread of theories about the formation of literary language in Central Asia. Democrats and enlighteners struggled to develop the Uzbek literary language on the basis of their mother tongue. As a result of these theories and struggles, various styles and styles of literary language were formed and used in literary genres. The article deals with the formation of the Uzbek literary language of the XIX century and its use in literary works.

Текст научной работы на тему «ADABIY TILNING SHAKLLANISHIDA USLUBLAR TARAQQIYOTI»

ADABIY TILNING SHAKLLANISHIDA USLUBLAR TARAQQIYOTI

Sarvinoz Sayid qizi Sharipova

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU magistri [email protected]

ANNOTATSIYA

XIX asrda turli ijtimoiy ta'sirlar natijasida O'rta Osiyoda adabiy tilni shakllantirish to'g'risidagi nazariyalar tarqaldi. Demokratik-ma'rifatparvarlar esa o'zbek adabiy tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu nazariya va kurashlar natijasi adabiy tilning turli stil va uslublari shakllandi, adabiy janrlarda qo'llanildi. Maqolada XIX asr o'zbek adabiy tilining shakllanishi va adabiy asarlarda qo'llanilishi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: adabiy til, publitsistik uslub, panturkizm, ruscha-internatsional so'z, umumturk tili, «Turkiston viloyati gazeti».

DEVELOPMENT OF METHODS IN THE FORMATION OF LITERARY

LANGUAGE

ABSTRACT

In the 19th century, various social influences led to the spread of theories about the formation of literary language in Central Asia. Democrats and enlighteners struggled to develop the Uzbek literary language on the basis of their mother tongue. As a result of these theories and struggles, various styles and styles of literary language were formed and used in literary genres. The article deals with the formation of the Uzbek literary language of the XIX century and its use in literary works.

Keywords: literary language, journalistic style, pan-Turkism, Russian-international word, all-Turkic language, «Turkiston viloyati gazeti».

O'zbek adabiy tili tarixining vazifasi badiiy, publitsistik, ilmiy-ommabop, dokumental asar va ishlarning tilini, ularda adabiy tilning aks etishini, taraqqiyot jarayonini hamda ularning stillarini o'rganishdan iborat. Umuman, adabiy til taraqqiyoti ikki aspektda o'rganiladi: tarixiy va stilistik. Ular bir-biri bilan bog'liq holda o'rganiladi. Adabiy til stillar sistemasidan iborat bo'lib, u turli davrlarda jamiyatning rivoji bilan turli xil bo'lishi mumkin. Chunki fikrni ifoda etish jarayonida har bir asar nutq tuzilishining o'ziga xosligi bilan farqlanadi.

Adabiy til stili taraqqiyotini adabiy janrlar taraqqiyotidan ajralgan qolda qaralmaydi. Til birliklari va ularning qo'llanishi normalari asar janri bilan mustahkam aloqadadir. Shuning uchun ham adabiy tilning stillarini klassifikatsiya qilganda,uning

janr xususiyati hisobiga olinadi. Janrlarga qarab adabiy tilning stillarini quyidagi gruppalarga ajratish mumkin.

1. Adabiy-badiiy stil. Bu ikki gruppaga bo'linadi: poetik uslub va prozaik uslub.

2. Ijtimoiy-publitsistik stil. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, maqolalar va ocherklar stili kiradi.

3. Ilmiy bayon stili. Bunga butun fanlarga doir ilmiy asarlarning stili kiradi.

4. Professional texnik stil. Bu turli kasb-hunar sohasida ish yurituvchilar uchun xizmat qiladi.

5. Rasmiy hujjatlar stili.

6. Har xil yozishmalar, kundalik va xatlarga xos bo'lgan stil.

Adabiy til tarakqiyotining turli davrlarida adabiy stillarning qo'llanishi doirasi o'zgarib boradi. Masalan, inqilobgacha o'zbek adabiy tilida poeziya stili keng qo'llangan bo'lsa, hozir proza stiliga o'z o'rnini bo'shatib bermoqda.

Endi adabiy stillar uchun nimalar umumiy va nimalar o'ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadi,degan savolga javob beramiz. Adabiy til stili uchun umumiy bo'lgan xususiyat tilning struktura elementlaridan-tilning fonetik, grammatik va leksik elementlaridan foydalana olishidir. Tilda shunday so'zlar borki, ular adabiy tilning barcha stillarida qatnasha oladi. Bu kabi so'zlarni ilmiy adabiyotlarda stilistik neytral so'zlar deb ham yuritiladi. Masalan, oq, suv, o'tirmoq, bormoq. Bunday umumiylik leksikada chegaralangan bo'lsa, fonetik va morfologiyada deyarli chegaralanmagan.

Stillar quyidagi xususiyatiga ko'ra bir-biridan farq qiladi:

1. So'z tanlash xususiyatiga ko'ra. Rasmiy qog'ozlarda stilistik neytral so'zlar ko'p qo'llansa, she'riyatda obrazli so'zlar ko'p qo'llanadi.

2. Terminologik ma'nolariga ko'ra. Masalan, morfologiya tilshunoslikda so'z formasi haqidagi ta'limotni bildirsa, meditsinada hujayralar haqida fikr yuritiladigan sohani bildiradi va h.k. O'zbek tili O'rta Osiyodagi qoraqalpoq, turkman, qirg'iz, MDH davlatlaridan Volga bo'yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumuk, qorachoy, bolqar, qrimdagi gagauz, qrim-tatar, chet mamlakatlaridagi uyg'ur, usmonli turk kabi qator tillar bilan birgalikda alohida til gruppasini tashkil etadi. Bu gruppa fanda turkiy tillar oilasi deb yuritiladi. Turkiy tillar umumiy gruppa qurilishi, fonetik teng kelishi, lug'at sostavi jihatidan bir-biriga yaqinlik darajasi shu tillar tarakqiyotining keyingi davrida yuzaga kelgan hodisa bo'lmay, balki qadimgi hodisadir. Turkiy tillar qanchalik qadim bo'lsa-da, ular orasidagi o'xshashlik, yaqinlik ko'pdir.

Bularning hammasi turkiy tillar qadim zamonlarda qandaydir bir til manbayiga, negiziga ega bo'lganligidan darak beradi. Turkiy tillar esa, o'z navb atida, boshqa tillar bilan aloqasiz va boshqa tillardan ajralib qolgan oila tili bo'lmagan, aksincha ular Oltoy gruppasiga kiradigan boshqa tillar bilan ko'p jihatidan tarixiy umumiylikka egadir. Turkiy tillarning o'zaro o'xshashlik darajalari quyidagilarda ko'rinadi:

1. O'zbek tilidagi so'zlar boshqa turkiy tillardagidek asosan uch tovushli bo'ladi: bil, til, kel, ko'z va h.k. 2. O'zbek tilida va boshqa turkiy tillarda ko'p bo'g'inli so'zlar juda kam.

Asosan bir bo'g'inli: ot, ov, oy; ikki bo'g'inli bo'ladi: ikki, olti, etti va h.k.

3. Barcha turkiy tillardagi singari so'zlar ko'p ma'nolidir: bosh, tosh, tish, uch.

4. Ayrim ko'makchilarni hisobga olmaganda, so'zining oxirgi bo'g'inida undoshlar qator kelmaydi: ostki, ustki.

5. Boshqa turkiy tillardagi kabi affikslar so'z oxiriga qo'shiladi. Bundan fors-tojik tilidan o'zlashgan prefikslar mustasno.

6. Barcha turkiy tillardagi singari o'zbek tilida agglyutinatsiya qonunlari amal qiladi va h.k.

Yuqoridagi o'xshashliklar bilan bir qatorda o'zbek adabiy tili o'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farq qiladi.

Masalan; o'zbek adabiy tilida unlilar oltita (a, d, o, o', u, i) qirg'iz tilida sakkizta (a, d, o, o, u, y, i, i), uyg'ur tilida ham sakkizta (a, e, o, o, e, u, y, i), xakos tilida esa to'qqiztadir.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyatiga amal qilmaydi, boshqa turkiy tillar esa bu qonuniyatga amal qiladi. Eski o'zbek tilida unlilar uyg'unligi bo'lgan, lekin u qattiq va yumshoqlikka qarab farqlangan: kdlduk, kor^, bardi.

O'zbek tilining undoshlar tizimi boshqa turkiy tillarga mos tushadi. Ammo turkiy tillardan ba'zilarida undoshlar boshqacharoq ishlatiladi.

O'zbek va turkman tillarida so'z boshida keladigan y tovushi qipchoq guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan beriladi: yigit - jigit, yo 'q - jo 'q, etti jetti.

O'zbek tilida k, t bilan boshlanadigan so'zlar o'g'uz guruxidagi turkey tillarda d, g bilan beriladi: temir - demir, teve - deva, til - dil, ko 'z - go 'z, kun -gun kabi.

O'zbek tilida ayrim so'zlarda ch, sh undoshlari ishlatilgani holda, qoraqalpoq va qozoq tillarida s undoshlari ishlatiladi: kuch - kush, och - ash, tish - tis, bosh - bas kabi.

O'zbek tilida g' undoshi bilan tugagan so'zlar tatar, boshqird, qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida (v) u undoshlari bilan beriladi: tog' - tav - tau, bog' - bav - bau, sog ' - sav - sau kabilar.

O'rta Osiyo va Qozog'istondagi turkiy tillar grammatik qurilishida ham o'xshash tomonlar mavjud. Turkiy tillardagi so'z turkumlari, so'z yasovchilar, so'z o'zgartiruvchilar, shakl yasovchilar bir-biriga o'xshaydi. Ammo affikslar har bir tilning o'z fonetik tuzilishiga ko'ra turlicha variantlarda keladi.

Masalan, o'zbek adabiy tilidagi ko'plik -lar afiksi bilan ifodalanadi. Boshqa turkiy tillarda ham -lar bilan beriladi. Lekin qozoq tilida oltita (-lar, -ldr, - dar, -ddr, -tar, -tdr), qirgiz tilida o'n ikkita (-lar, -ter, -dar, -dsr, -tar, -tsr, -lor, -ter, -dor,

-dsr, -tor, -tdr) varianti bordir. Xuddi yuqoridagi kabi o'zbek tilidagi kelishik, egalik, kesimlik, shaxs, zamon, affikslari boqsha turkiy tillarning talaffuz qonuniga ko'ra turlicha fonetik variantlarda ishlatiladi.

O'zbek tili bilan boshqa turkiy tillar o'rtasidagi o'xshashlik va noo'xshashliklar ularning lug'at tarkibida ham mavjuddir. Agar o'zbek tili lug'at tarkibini ko'zdani kechirsak, unda umumiy turkiy tillarga, O'rta Osiyo va Qozog'iston turkiy tillarga tegishli va faqat o'zbek tilining o'ziga xos so'zlarini uchratamiz.

Umumiy turkiy tillarga tegishli so'zlarning dastlabki qo'llanishini runik yozma yodnomalarda uchratamiz. O'rta Osiyo va Qozog'istondagi turkiy xalqlarga aloqador bo'lgan so'zlarning dastlab ishlatila boshlanishi X-XIII asrlar yodgorliklarida ko'ramiz. O'zbek tilida boshqa turkiy tillarga xos xususiyatlar bilan birga turkey bo'lmagan tillarda so'zlashuvchi unsurlarning ta'siri ham bor. Bu hol o'zbek tili materiallari asosida turkiy tillarga oid bir qator muammolarni hal qilishda qiyosiytarixiy usulni joriy qilishga keng imkon beradi.

Tillarning qarindoshligini qiyosiy-tarixiy usul asosida o'rganishni birinchi marta Mahmud Qoshg'ariy boshlab bergan. Biroq uning jahon axamiyatiga ega bo'lgan «Devonu lug'atit turk» asari etarli darajada o'rganilmagan. Ma'lumki, VI asrda turkiy kabilalar kuchayib, o'zlarining ko'chmanchi Tukyu imperiyasini tuzadi.Bu imperiyaning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistonga borib taqalar edi. O'zaro urushlar va arablar istilosi natijasida Tukyu davlati ikki qismga ajraladi. Biri markazi Ettisuv bo'lgan g'arbiy turklarga va ikkinchisi markazi Mo'g'iliston bo'lgan sharqiy turklarga ajraladi. Yettisuvdagi Tukyu davlati turgeshlarga o'tadi. VIII asrda o'g'iz va qarluqlarning siquvi ostida bu davlat qarluqlarga o'tadi va Tukyu davlati IX asrning boshigacha Ettisuvni egallab turganlar.

Uyg'urlar 745-yilda dastlab sharqiy tukyu eriga, so'ng g'arbiy tukyu yeriga xujum qilib, butun Tukyu davlatini bosib oladi. 840 yilda qirg'izlar uyg'urlarga qarshi kurashib, hokimiyatni qo'lga kiritadilar. Shundan so'ng uyg'urlarning bir qismi qarluqlar tomoniga va bir kismi Tibetga ketadi.

Xuddi ana shu davrda hozirgi vaqtda amalda qo'llanib kelinayotgan turkiy tillardan birontasiga ham to'la mos kelmaydigan qadimgi turkiy adabiy tili paydo bo'ladi.

Qadimgi turkiy adabiy tilning yozma yodgorliklari turk-runiy (O'rxun Enasoy) va turk-uyg'ur yozuvi orqali bizgacha etib kelgan. Bu yozuvlar orqali yetib kelgan yodgorliklarni turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bo'lmaydi. Chunki ularda O'rta Osiyo va Qozog'istonda yashovchi turkiy xalqlarga tegishli fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni uchratamiz. Masalan: Kultsgin yoq, srssr, kepleltari srtigiz. Inim Kultegin ksrgsk bolti, ezim saqint'm; keryr kezym kermsztsg, bilir biligim bilmsztsg bolti, ezym saqintim. Od td^ri yasar, kisi ogli kep olg'sli (yoki elygli) torumis.

Kultagin obidasidan keltirilgan bu parchada qariyib hamma so'zlar tushunarlidir: Kultegin bo 'Imaganda edi, siz hammangiz o 'lar zdingiz. Inim Kultagin kerak bo 'ldi,

o'zim sog'indim, ko'rar ko'zim ko'rmasdek, bilgan bilimimni bilmagandek bo'ldim, o'zim sogindim. Oh, tangri, inson o'g'li o'lish uchun tug'iladimi?

Ko'rinib turibdiki, qadimgi turkiy yozuv yodnomalari umumturkiy tillar uchun asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Ma'lumki, yozma yodgorliklar bizga yozuv orqali etib kelgan. Shunday ekan, turkiy xalqlar qanday yozuvlardan foydalangan? - degan savol tug'iladi.

Tarixiy va arxeologik manbalarning ko'rsatishicha, O'rta Osiyo va Qozog'istondagi turkiy xalqlar oromey, so'g'diy, xorazmiy, urxun-enasoy yoki runiy, uyg'ur, arab yozuvidan foydalanganlar Oromey yozuvining ta'sirida shakllangan so'g'diy va xorazmiy yozuvlari eramizning I-V asrlarida ishlatilgan. Shuningdek, oromey yozuvi ta'sirida eramizning birinchi asrida uyg'ur yozuvi shakllanadi. V asrga kelib esa, runiy nomi bilan atalgan urxun-enasoy yozuvi paydo bo'ladi.

Runiy yozuvi oromey yozuvi ta'sirida paydo bo'lgan so'g'diy va xorazmiy yozuvlari asosida shakllangan. Bunga turkiy tillar tovushlarini ifodalovchi tamg'a shaklidagi harflar ham qo'shilgan.

Bu yozuvlarning borligi fan olamiga XVIII asrdagana ma'lum bo'ldi. Ularning namunalari enasoy daryosi bo'yida topiladi. XIX asr oxirida rus sayyohi va yozuvchisi N.M.YAdrintsev Urxun daryosi bo'yidan shu xildagi yozuvlarni topadi va tuzilishi jihatidan German runik yozuvlariga o'xshagani uchun runiy yozuv deb ataydi. Runiy yozuvdagi yodgorliklar katta hududga taqalgan bo'lib, ular feudal hukmdorlar va ularning qarindoshlari qabri ustiga qo'yilgan toshlar, idishlar, yog'och va tog' qoyalarda saqlangan. Bu yozuvdagi bitiklar enasoy daryosi bo'ylaridan, Qirg'izistonning Talas vodiysidan, Urxun daryosi Selenga havzasi va unga yaqin joylardan, Boyqol ko'li atroflaridan topilgan.

Uyg'ur yozuvi yangi so'g'd yozuvi asosida shakllangan bo'lib, u keyinchalik mo'gullarga va mo'g'ullardan manjurlarga o'tgan. Uyg'ur yozuvi VI tortib XV asrgacha turkiy xalqlarda va buddaviylar orasida XVIII asrgacha ishlatilib kelingan. Uyg'ur yozuvi asosida IX-X asrlarga tepishli bo'lgan turkiy tillarning yozma yodgorliklari paydo bo'ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo'lgan asrlardir. Uyg'ur alfaviti bilan yozilgan yodgorliklarning xususiyati va mazmuniga qarab, quyidagilarga bo'lish mumkin:

1. Uyg'ur yodgorligi.

2. Ma'naviylik yodnomasi.

3. Buddiy yodnoma.

4. Xristian yodnomasi.

XI-XV asrlarga oid ko'pgina yirik asarlar turk uyg'ur yozuvida tartib qilingan. Masalan, «Me'rojnoma», «Tazkirai avliyo», «Baxtiyornoma» kabi bir qator asarlar shu yozuvda ko'chirilgan. «Qutadg'u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Muhabbatnoma» kabi asarlarning uyg'ur yozuvida ko'chirilgan nusxalari ham mavjud.

Akademik V.V. Radlov birinchi marta kadimgi turkiy adabiy tilning o'ziga xos dialektlarini o'rganib chikdi va uni shimoliy, janubiy va aralash dialekt deb uch guruhga bo'ldi. SHimoliy turkiy adabiy tilga runiy yoki o'rxun-enasoy yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so'z boshida va so'z oxirida jarangli undoshlar o'rnida ko'proq jarangsiz undoshlar kelishidir. Lekin bundan b undoshi istisnodir, chunki so'zning oxiri n va ng tovushlari bilan tugagan so'zlarda so'z boshidagi jarangli b undoshi saqlanadi: bdnmen, bing-ming, bin-min kabi. Masalan Tonyuquq bdndg aydi - Toyo'quq menga aytdi (Tonyo'quq). Bagnu tash taqitdim-Mangu tosh tikdim (Kultagin).

Bundan tashqari, t tovushi so'z boshida ko'p ishlatiladi: Su barin tidi - Qo 'shin bilan bor dedi (Tonyo'quq).

Tushum kelishi uchun asosan -g' (-g) /-ig' - ig - ug' - yg affiskli shakl qo 'llangan: sabig' - so 'zni, yag'ig' - dushmanni (Tonyo'quq), on srig - o'n erni (Kultagin).

Qaratqich kelishigi affiksi -ning/-ing shaklida ishlatilgan: Kultsginniц altunin, kymyshyn; Qag'aniq sabi -Xoqonningso 'zi; biziq sy - bizning askar (Kultagin).

O'rin-payt, chiqish kelishiklari uchun — da / - ds// - ta / ts affiksli shakl qo'llangan: Tyrgesh qag'anta keryg kslti - Turgash xoqondan ayg'oqchi keldi (Kultagin), Qirqizta yanti- miz — Qirg'izlardan qaytdik (Tonyo'quq). O'tgan zamon fe'li ma'nosida -di / - di // - ti / - ti, - mish / - mish (- mis / -mis) affikslaridan tashqari — duq / - dyk affiksli shakl ham qo'llangan. - duq / -duk affiksli shakl o'tgan zamon fe'li ma'nosida shaxs-son ko'rsatkichisiz uchala shaxsning birligi va ko'pligi uchun ishlatilavergan.

O'rxun-Enasoy yozuv yodgorliklarida hozirgi turkiy tillarga xos so'zlar uchraydi: el (el), ben (men) ilig (qo'l), siz, og'lan, yash, at, ts^ri, altmish kabi. Lekin semantik xususiyatlari bilan iste'moldan chiqib ketgan so'zlar ham mavjud: bodun (xalq), bag' (ittifoqchshshk), sy (qo'shin), sabim (so'zim) iti (yubordi), tosiq (to'ygan), ukush (ko'p) kabi.

Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg'ur yozuvi asosida paydo bo'lgan. Bularga Selenga, Suji va Turfon yodgorliklari kiradi. Janubiy guruhdagi tillar fonetik jihatdan shimoliy guruxdagi tillardan oxiri n, ng bilan uchraydigan so'zlar boshidagi b tovushining m tovushiga o'zgarishi bilan farqlanadi: baцu -maцu (mangu), ban - men, biq - miq kabi.

Qaratqich kelishigi -niц / -n^ affiksi bilan, chiqish kelishigi - din / -din //- tin / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe'lning o'tgan zamon shakli har bir shaxs va son uchun alohida affikslarga ega.

Aralash dialektning fonetik jihatdan o'ziga xos xususiyatlari tovushining t tovushi bilan, ch tovushining z tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun - azun (dune), atun - adun (boshqa) kabi.

REFERENCES

1. Турсунов У., Уринбоев Б., Алиев А. Узбек адабий тили тарихи. - Т. Укитувчи. 1994.

2. XV-XIX асрлар узбек тили морфологияси. -Т., 1990.

3. Абдурахмонов F., Шукуров Ш. Узбек тилининг тарихий грамматикаси. -Т., 1973.

4. Абдурахмонов F., Шукуров Ш., Махмудов Узбек тилининг тарихий грамматикаси. -Т.: Укитувчи, 2008.

5. Щербак А. М. Грамматика староузбекского языка.-М.-Л., 1962.

6. www.literature.uz

7. http: //en.wikipedia.org/wiki/Structuralism

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.