Научная статья на тему 'O‘ZBEK-INGLIZ, INGLIZ-O‘ZBEK TARJIMA LUG‘ATLARIDA BOG‘LOVCHILARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINIDAGI MUAMMOLAR'

O‘ZBEK-INGLIZ, INGLIZ-O‘ZBEK TARJIMA LUG‘ATLARIDA BOG‘LOVCHILARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINIDAGI MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1345
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
teng bog‘lovchi / biriktiruv bog‘lovchi / ayiruv bog‘lovchi / zidlov bog’lovchi / maqsad bog‘lovchisi / shart bog‘lovchisi / ekvivalentlik / omonimlik / polifuknsionallik. / equal binding / attachment binding / disjunctive binding / opposing binding / target binding / conditional binding / equivalence / homonymy / polyfunctionality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ataboyev, Axadjon Djumaqo‘ziyevich

Ushbu maqolada o‘zbek-ingliz tilidagi bog‘lovchilarining tarjima lug‘atlaridagi talqinlari hamda ularning turkumi xususida bahs yuritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi mavjud bog‘lovchilar chog‘ishtiriladi va qiyoslanayotgan har ikki tildagi bog‘lovchilar turlari bo‘yicha o‘xshashliklar va noo‘xshashliklar aniqlanadi, ularning o‘zaro tarjimasidagi muvofiq va nomuvofiq tomonlari mushohada etiladi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF LEXICOGRAPHIC INTERPRETATION OF CONNECTORS IN UZBEK-ENGLISH, ENGLISH-UZBEK TRANSLATION DICTIONARIES

This article discusses the interpretations of Uzbek-English connectors in translation dictionaries and their series. The article also compares the existing connectors in Uzbek and English and identifies similarities and differences in the types of connectors in the two languages being compared, and observes similarities and differences in their translation.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK-INGLIZ, INGLIZ-O‘ZBEK TARJIMA LUG‘ATLARIDA BOG‘LOVCHILARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINIDAGI MUAMMOLAR»

O'ZBEK-INGLIZ, INGLIZ-O'ZBEK TARJIMA LUG'ATLARIDA BOG'LOVCHILARNING LEKSIKOGRAFIK TALQINIDAGI

MUAMMOLAR

Ataboyev Axadjon Djumaqo'ziyevich

Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti ingliz tili fonetikasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o 'zbek-ingliz tilidagi bog'lovchilarining tarjima lug'atlaridagi talqinlari hamda ularning turkumi xususida bahs yuritiladi. Shuningdek, maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi mavjud bog'lovchilar chog'ishtiriladi va qiyoslanayotgan har ikki tildagi bog'lovchilar turlari bo'yicha o'xshashliklar va noo'xshashliklar aniqlanadi, ularning o'zaro tarjimasidagi muvofiq va nomuvofiq tomonlari mushohada etiladi.

Kalit so'zlar: teng bog'lovchi, biriktiruv bog'lovchi, ayiruv bog'lovchi, zidlov bog'lovchi, maqsad bog'lovchisi, shart bog'lovchisi, ekvivalentlik, omonimlik, polifuknsionallik.

ABSTRACT

This article discusses the interpretations of Uzbek-English connectors in translation dictionaries and their series. The article also compares the existing connectors in Uzbek and English and identifies similarities and differences in the types of connectors in the two languages being compared, and observes similarities and differences in their translation.

Keywords: equal binding, attachment binding, disjunctive binding, opposing binding, target binding, conditional binding, equivalence, homonymy, polyfunctionality.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются трактовки узбекско-английских соединителей в переводческих словарях и их сериях. В статье также сравниваются существующие коннекторы на узбекском и английском языках, выявляются сходства и различия в типах коннекторов на двух сравниваемых языках, а также отмечаются сходства и различия в их переводе.

Ключевые слова: равное связывание, связывание прикрепления, дизъюнктивное связывание, противоположное связывание, связывание-мишень, условное связывание, эквивалентность, омонимия, полифункциональность.

KIRISH

Teng bog'lovchilarning tarjima lug'atlardagi talqini masalasi. Biriktiruv bog'lovchilari tarjima lug'atlarida quyidagicha izohlanadi:

and - cj va, ham; esa.; and - va (bog'lovchi).; and - conj. va, hamda; esa; you and I (siz bilan biz); my wife and I (xotinim bilan men).

O'zbekcha-inglizcha lug'atda va bog'lovchisi tarjimasi mavjud emas: va bog'lovchisi bosh sifatida berilmagan: va 1 lit.: (Arabic)

va 2 (long V): Huh! (lack of appreciation). hamda: and also, as well as.

bilan: (together) with, and; by, from. shu(ning) ~ along with this. (kel)ishi ~ as soon as (he came).

Izohlardan ko'rinadiki, inglizcha-o'zbekcha lug'atda and bog'lovchi ekanligi aytiladi; uning ekvivalenti sifatida va, ham, hamda, esa ko'rsatiladi. Ammo o'zbekcha-inglizcha lug'atda va bog'lovchisi lug'at so'zligidan joy olmagan. Ingliz tilidagi and o'zbek tilidagi qaysi bog'lovchiga ekvivalent bo'lishini kuzatganimizda, hamda bog'lovchisi, bilan ko'makchisiga ekvivalent sifatida ko'rsatilganiga guvoh bo'ldik.

O'zbek-ingliz tilida biriktiruv bog'lovchilari tarjimasi quyidagicha berilgan: but 1. adv hozirgina; yaqinda; 2. prep, -dan boshqa; -dan tashqari, -dan bo'lak; 3. cj ammo, lekin, biroq; 4. pron. rel. kim bo'lmasin. but - lekin.

but [bAt] conj, boshqa. bo'lak; -dan tashqari, -dan boshqa; lekin; - then ammo. yet 2. cj. biroq, har holda, bunga qaramay, lekin, ammo. ammo: (Arabic) but, though, however. lek 1 arch. poet.: (Persian) s. lekin.

lek 2: (Russian) lek. lekigin coll.s. lekin. lekin: (Arabic) but; however. biroq: except, yet.

holbuki: actually, whereas. holsira- coll.s. holsizlan-. vaholanki: (Persian) whereas, while.

balki: (Persian) perhaps, maybe. balkim: arch. (Persian) s. balki.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Izohlardan ko'rinadiki, o'zbek tilidagi ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki singari zidlov bog'lovchilarning ekvivalenti sifatida ingliz tilidagi but, yet kabi birliklar beriladi. Ushbu bog'lovchilarning tarjima lug'atidagi talqinidagi

Scientific Journal Impact Factor

muammo shundaki, o'zbek tilidagi ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki bog'lovchilari sinonim sifatida qo'llanish imkoniyati mavjud bo'lishiga qaramasdan, tarjimada ularning barchasi keltirilmaydi: unisi yoki bunisi beriladi. Ingliz tilidagi but, yet bog'lovchilarining tarjimasi nisbatan mukammal. O'zbek tilidagi zidlov bog'lovchilari tarjima amaliyotida, asosan, but so'zi bilan berilsa-da, o'zbekcha-inglizcha talqinda except, yet, actually, whereas, while so'zlari bilan ifodalanadi. Ko'rsatilgan so'zlarning aksariyati - boshqa turkumga mansub birlik. Hatto balki so'zi bog'lovchi sifatida ko'rsatilmagan; bu so'zning faqat modal so'z sifatidagi ma'nosi keltirilgan; unga ekvivalent sifatida perhaps, maybe so'zlari keltirilgan. Vaholanki, bu so'zga not only... but also birikma shaklidagi bog'lovchisini keltirish maqsadga muvofiq.

whereas cj. 1) holbuki, vaholanki; 2) ga qaramasdan; 3) modomiki. nevertheless 1. adv ...ga qaramay, ...ga qaramasdan. ... bo'lmasa ham; biroq, ammo; 2. cj. shunday bo'lsa-da, shunga qaramay. otherwise adv bo'lmasa; aks holda.

Yuqoridagi izohdan ko'rinadiki, inglizcha-o'zbekcha lug'atda whereas, nevertheless, otherwise bog'lovchilari o'zbek tilida zidlov bog'lovchi vazifasini bajaruvchi birlik bilan ekvivalent sifatida ko'rsatilgan; o'zbekcha-inglizcha lug'atda zidlov bohlovchilari keltirilar ekan, ularning ekvivalenti qatoriga whereas, nevertheless, otherwise so'zlari kiritilmagan. Bundan anglashiladiki, o'zbekcha-inglizcha lug'atdagi bog'lovchilar sirasini grammatik materiallarga tayangan holda to'ldirish talab etiladi.

O'zbek va ingliz tilidagi ayiruv bog'lovchilarining tarjimada berilishida quyidagi holatlar kuzatiladi. Ingliz tilida bu birliklarni ifodalovchi so'zlar polifuknsionallik xususiyatiga ga bo'lib, bir necha turkumga mansubligi yoki omonimligi ma'lum bo'ldi. Izohlarni tadqiqot matniga kiritishda bu birliklarning faqatgina bog'lovchi turkumiga mansub qismining izohi kiritildi.

or I [o;] cj. (sanab ajratish ma'nosida qo'llaniladi) yoki, bo'lmasa. neither... nor cj. u ham emas, bu ham emas; na u, na bu.

both...and, not only... but also bog'lovchilari tadqiq ob'ektlarimizda berilmagan, ya'ni bu juft konstruksiya ko'rinishidagi bu vositalar lug'at so'zligidan joy olmagan.

O'zbekcha-inglizcha lug'atda ayiruv bog'lovchilari tarjimasi quyidagicha beriladi:

yo 2: (Persian) or, either... or...; yoki: (Persian) or;

yoxud lit.: (Persian) or, or else, otherwise;

Scientific Journal Impact Factor

xoh: (Persian) whether..., or...; both... and... ~ kelsin, ~ kelmasin whether he comes or not. ~ yosh, ~ qari both young and old;

goh-goh: (Persian) from time to time, every so often;

na 2: ~...~ neither...nor. ~ xat bor, ~ xabar // There is neither news nor a letter. (Persian).

Tarjimalarning talqinini qiyoslar ekanmiz, o'zbekcha-inglizcha va inglizcha-o'zbekcha lug'atlarda farqlar borligi ma'lum bo'ldi. Masalan: or bog'lovchisi yoki, bo'lmasa deb tarjima qilinsa, yo, yoki bog'lovchilarining ekvivalenti sifatida or bog'lovchisi ko'rsatilgan. Otherwise so'zi ravish deb ko'rsatilib, bo'lmasa; aks holda deb tarjima qilingan, yoxud so'zi esa or, or else, otherwise deb o'girilgan, natijada, o'zbekcha-inglizcha va inglizcha-o'zbekcha lug'atlarda aynan bir bog'lovchining ikki tildagi ekvivalenti bir xilda berilmagan.

Juft qo'llanuvchi goh... goh bog'lovchisi from time to time, every so often deb tarjima qilinadi. Tarjima ekvivalenti sifatidagi ushbu birikmalar ingliz tilida bog'lovchi vazifasini bajarmaydi, balki harakatning sodir bo'lish/bajarilish muddatining uzoqligini bildirib, gapda hol vazifasini bajaradi. Ko'rinadiki, lug'atda ushbu bog'lovchi ma'nosi noto'g'ri tarjima qilingan. Goh... goh bog'lovchisi ikki sodda gapni yoki uyushiq bo'lakni bog'laydi, from time to time, every so often konstruksiyasida esa bunday xususiyat mavjud emas.

O'zbek tilidagi dam... dam, bir... bir, ba'zan... ba'zan kabi juft qo'llanuvchi, ayiruv bog'lovchisi vazifasini bajaruvchi birliklar o'zbekcha-inglizcha lug'atda berilmagan. Tadqiq ob'ekti sifatida tanlangan tarjima matnlarida ham bunday bog'lovchilar tarjimasiga duch kelmadik: o'zbek tilidagi matnda ushbu bog'lovchilar bilan bog'langan birlik (qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar, uyushiq bo'lak)lar tarjima matnida tushirib qoldirilgan, mazmun saqlangan holda tarjimada boshqa usul bilan ifodalangan. Bunday xulosa qilish mumkinki, o'zbek tilidagi bog'lovchilarning barchasi ingliz tilida ekvivalentiga ega emas.

Ergashtiruvchi bog'lovchilarning tarjima lug'atlarda berilishi. Ingliz va o'zbek tillaridagi ergashtiruv bog'log'chilari ma'noviy guruhlari aynan mos kelmasa-da, ayni mazmunli qo'shma gaplarni bog'lashi bilan vazifasi mushtarak bo'lgan bog'lovchilar ko'pchilikni tashkil etadi.

O'zbek tilida aniq bog'lovchilari sirasiga ya'ni so'zi, -ki, -kim qo'shimchalari kiradi. Tarjima lug'atidaya 'ni so'zi tarjimasi quyidagicha beriladi: ya'ni: (Arabic) in other words, that is to say.

Ko'rinadiki, bog'lovchi shunday turkumga mansub vosita bilan tarjima qilinmayapti: birlikning ekvivalenti mavjud emas. -ki, -kim qo'shimcha ko'rinishidagi bog'lovchilar o'zbekcha-inglizcha lug'atda berilmagan. Demak, ingliz tilida aniqlov bog'lovchilarini mavjud emasligi tarjimada bir ekvivalent bilan ifodalanishga to'sqinlik qiladi.

Sabab bog'lovchilari o'zbekcha-inglizcha lug'atda quyidagicha ifodalanadi:

chunki: (Persian) because.

negaki: the reason being (that)...

zero(ki): arch. (Persian) because, by reason that, since.

nainki: really? is it possible? how could...? ~ shuni bilmasang! How could you not know that? ~ shunday desam! How could I have said that? Could I really have said that? (Persian).

Lug'atda berilgan izohlardan ko'rinadiki, chunki (because), negaki (the reason being (that)), zeroki (because, by reason that, since) bog'lovchilari ingliz tilidagi sabab bog'lovchilari bilan ekvivalent sifatida ko'rsatilgan. Faqat nainki so'zining ingliz tiliga tarjimasi nahotki (really? is it possible? how could) yuklamasi sifatida belgilangan.

Xuddi shuningdek, inglizcha-o'zbekcha lug'atda because bog'lovchisining ekvivalenti sifatida aynan shu bog'lovchi ko'rsatilgan: because conj. chunki.

O'zbekcha-inglizcha lug'atda chog'ishtiruv bog'lovchisi quyidagicha izohlanadi: go'yo(ki): (Persian) as if, as though. bulbuli ~ a fantastic nightingale that sings well and can speak like a man; a gifted speaker.

Inglizcha-o'zbekcha lug'atda bu birliklarning ekvivalent ekanligini kuzatish mumkin: as If - shekilli, go'yo.

O'zbek tilidagi maqsad bog'lovchisi toki lug'atda quyidagicha izohlanadi: toki: (Persian) so that, in order to/that. Sh.Butaevning lug'ati so'zligida so that, in order to bog'lovchilari mavjud emas. Boshqa lug'atda so that ko'makchi sifatida (so that -uchun) ko'rsatiladi. Yana bir lug'atda ingliz tilida maqsad ma'noli qo'shma gaplarni bog'lovchi vosita sifatida ko'rsatilgan birlik quyidagicha izohlanadi: lest cj bo'lmasligi (qilmasligi) uchun. Bundan kelib chiqadiki, maqsad bog'lovchisini ifodalovchi birliklarning ekvivalentligida ham kamchilik mavjud: bu birliklarni lug'at so'zligiga kiritish talab etiladi.

O'zbek tilidagi shart bog'lovchilarining o'zbekcha-inglizcha lug'atlarda berilishini kuzatamiz.

agar(da/chi): (Persian) if; had...; should...; magar - if, should it happen that...

basharti: (Persian) in case, in the event that, should...

mabodo: (Persian) should, lest, in case; perhaps. modomiki: (Persian) since, as, seeing how.

Ingliz tilida shart va to'siqsizlik ma'nosini ifodalovchi birliklar o'zbek tiliga quyidagicha tarjima qilinadi:

if cj 1) agar, agarda; 2) koshki; as ~ go'yo, go'yoki. seeing . cj sharoitda, agar, holda, shu shart bilanki (that). supposing cj. agar, agarda, bordi-yu; modomiki; basharti. mabodo. unless cj agar (agarda, basharti, mabodo, bordi-yu) ...masa. lest cj bo'lmasligi (qilmasligi) uchun.

O'zbek va ingliz tilida shart va to'siqsizlik ma'nosini bildirgan gaplarni bog'lovchi vositalarni qiyoslash asosida xulosa qilish mumkinki, bu birliklarning ekvivalentlari mavjud: ikki tildagi bog'lovchilar tarjima lug'atlarida ayni shu so'zlar

bilan ifodalangan:

O'zbekcha-inglizcha lug'atda Inglizcha-o'zbekcha lug'atda

agar(da/chi) // if; magar // if, should it happen that...; basharti // in case, in the event that, should... ; mabodo // lest, in case; perhaps; modomiki // since, as, seeing how. if // agar, agarda; seeing // sharoitda, agar, holda, shu shart bilanki (that); supposing //agar, agarda, bordi-yu; modomiki; basharti, mabodo; unless // agar (agarda, basharti, mabodo, bordi-yu) ...masa; lest // bo'lmasligi (qilmasligi) uchun.

Aytish mumkinki, o'zbekcha-inglizcha, inglizcha-o'zbekcha tarjima lug'atlarida shart/to'siqsizlikni ifodalovchi birliklarning ekvivalentlik darajasi nisbatan yuqori. Bizningcha, bu ikki tilda ham shart va to'siqsizlik ma'nosini ifodalovchi birliklarning mavjudligi, qo'llanish chastotasi bilan bog'liq.

Oldin aytilganidek, ingliz tilida ergashtiruvchi bog'lovchilar aniqlov, payt, sabab, maqsad, shart, to'siqsizlik, tarz/qiyoslash, natija mazmunli gaplarni bog'lovchilar tarzida tasniflanadi. Yuqorida qiyoslangan bog'lovchilardan tashqari bir qancha bog'lovchi vositalar borki, o'zbek tilidagi bog'lovchilar bilan aynan bir vazifani bajarmaydi.

as 1. cj bilanoq; ~ for, ~ to .. .ga kelsak; ~ if go'yoki ~ usual - much - qancha ... bo'lsa, shuncha ...;

as conj. (time) qachonki; -gan paytda; (causa) ... sababdan, ... bo'lgandan keyin; (manner) xuddi, o'xshash; (concession) har holda, qanday bo'lmasin; qanday; qaysi; nima;

Scientific Journal Impact Factor

as... as xuddi ...day;

as for, to -ga nisbatan; -ga kelganda;

as if shekilli, go'yo;

as it were -sa edi;

as soon as bilanoq;

as well shuningdek; ham.

Izohlardan ko'rinib turibdiki, as bog'lovchisi hamda tarkibida as so'zi bo'lgan bog'lovchilar payt, qiyoslash ma'nolarini ifodalaydi. O'zbek tilida ular bog'lovchi, yuklama va olmoshli birikmalar bilan ifodalanadi.

Shuningdek, ingliz tilida ergashtiruvchi bog'lovchilar sirasiga kiritiladigan quyidagi bog'lovchilar ham mavjud:

while 1. cj jarayonida, mobaynida; u vaqtlarda, vaqtida, paytida. wherever cj. qayerda bo'lmasin, qayerga bo'lmasin, qayerga bo'lsa ham. whether 1. cj. -mi; until prep -gacha, qadar, vaqtgacha.

since 1. adv shundan (o'shandari) beri; 2. prep ...dan keyin. (429) for prep. cj. 1) davomida, vaqtida; 2) uchun; 3) sababli; - life umrbod; - ever butunlay; abadiy; ~ example misol uchun, chunonchi; 4).. .ga qarshi; medicine ~ a cough yo'talga qarshi dori.

Ko'rinadiki, ushbu bog'lovchilar payt, o'rin ergash gapli qo'shma gaplarni bog'lash vazifasini bajarishga xoslangan.

Shuningdek, kuzatishlarimiz davomida inglizcha-o'zbekcha lug'atlar so'zligidan joy olmagan qator ergashtiruvchi bog'lovchilar mavjudligi aniqlandi: on condition (that), so that, in order that, as if (as though), so...that, such ... that, not)so... as, than, so that, in spite of the fact that, though (although)in case. Sanab o'tilgan bog'lovchilar birikma tarzida bo'lib, murakkab tuzilishga ega bog'lovchi sanaladi. O'zbekcha-inglizcha, inglizcha-o'zbekcha lug'atlar tahlilidan ko'rinadiki, ingliz tilidagi tarkibli bog'lovchilar inglizcha-o'zbekcha tarjima lug'atlar so'zligidan o'rin olmagan. Kelajakda bu yo'nalishdagi ikki tilli lug'atlar yaratishda sanab o'tilgan birilklarni kiritishga alohida e'tibor qaratish zarur. Zero, ingliz va o'zbek tillariaro tarjimada ushbu birliklarni o'z ekvivalenti bilan ifodalashga erishish tarjima sifatida va madaniyatini bir bosqich yuqoriga ko'taradi. REFERENCES

1. Макаренко Е.В. Лексические конкретизаторы союза «но» в

сложноподчиненном предложении современного русского языка //

237

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Неполнозначные слова и проблема их функционального и лексикографического описания: Межвуз. сб. науч. тр. - Ставрополь, 1993. - С.32-37.

2. Муминов О. Lexicology of the English Language. - Тошкент, 2006. - 215 б.

3. Butayev Sh., Irisqulov A. English-uzbek / uzbek-english dictionary (70.000 words and expressions) / Inglizcha-o'zbekcha o'zbekcha-inglizcha lug'at (70.000 so'z va ibora). - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2009. - 848 b.

4. Capell A. A typology of concept domination // «Lingua», 1965. - № 15.

5. Givon T. Syntax and Semantics: Discourse and Syntax. - New York: Academic Press, 2009. - 416 p.

6. Gоrdоn E.M. Kritova I.P. A Grammаr оf Present-day English. - M.: Higher School Publishing House, 1974. - 333 p.

7. Hermans Th. The translator's voice in translated narrative. - London: Target 8(1), 23-48p.

8. Huddlesto^ R. An introduction to English transformational syntax. - London: Longman, 1996. - 276 p.

9. Inglizcha-o'zbekcha lug'at / English-uzbek dictionary (Tuzuvchilar: Darvishova G.K., Darvishova U.K.). - Jizzax, 2006. - 108 b. - В.7.

10. Inglizcha-o'zbekcha lug'at / English-uzbek dictionary (Tuzuvchilar: Darvishova G.K., Darvishova U.K.). - Jizzax, 2006. - 108 b.

11. Inglizcha-o'zbekcha lug'at. 35.000 so'z va ibora. (Tuzuvchilar: S.Nazarov, F.Nazarova, N.Adizova, D.Poltayeva) -Toshkent: Nisopoligraf, 2013. - 816 b.;

12. Kaushanskaya V.L. еt al. A Grammar оf the English Language. - L.: Uchpedgiz, 1963. - 318 р.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Khaуmоvich B.S, Rоgоvskaya B.I. A Сот^ оf English Grammar. - M.: Visshaya shtola, 1967. - 298 р.

14. Long R.B. The sentence and Its Parts; A Grammar of Contemporary English. -Chicago and London: University of Chicago Press, 1995. - 684 p.

15. Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., Mirzaahmedov A. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. - Toshkent: Ma'naviyat, 2013. - 160 б.

16. Mengliyev B., Xoliyorov O., Abdurahmonova N. O'zbek tilidan universal qo'llanma. - Toshkent: Akademnashr, 2020. - 450 b. - B. 233.

17. Munday J. Style and ideology in translation: Latin American writing in English. -London: Routledge, 2007. - P. 245.

Scientific Journal Impact Factor

18. Newmark P. Approaches to translation. - Oxford: Pergamon Press, 1981, -

19. O'zbekcha-inglizcha lug'at. Tuzuvchilar: William Dirks (Translation); Temur Davronov Review (Amendments); Eduardo Real Makeup (Database Programming). -Toshkent: The Central Asian Heritage Group, 2005. - 381 b.

20. O'zbekcha-inglizcha lug'at. Tuzuvchilar: William Dirks (Translation); Temur Davronov Review (Amendments); Eduardo Real Makeup (Database Programming). -Toshkent: The Central Asian Heritage Group, 2005. - 381 b.

21. Узбек тилининг изохли лугати. V жилдли. - Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2007. 5-жилд. - 592 б.

22. Узбек тилининг изохли лугати. V жилдли. - Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2006. 1-жилд. - 680 б.

23. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/as

24. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/else; https://www.merriam-webster.com/dictionary/else

25. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/otherwise https: //dictionary.cambridge.org/ru

P.201.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.