Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’Z TARKIBI VA YASALISHINI O’QITISHNING AHAMIYATI'

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’Z TARKIBI VA YASALISHINI O’QITISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6575
337
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
morfema / leksema / lisoniy birlik / leksik ma’no / o’zak va affiksal morfema.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Manzura Aliqulovna Sultonova, Maysara Uktamovna Sharapova

Boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitish o’quvchilarni o’zbek tilining imlosi, talaffuzi va o’qilishini o’rganishda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu maqola ona tili darslarida so’z tarkibi va yasalishini o’rganishga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’Z TARKIBI VA YASALISHINI O’QITISHNING AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO'Z TARKIBI VA YASALISHINI O'QITISHNING AHAMIYATI

Manzura Aliqulovna Sultonova Maysara Uktamovna Sharapova

Navbahor tumani XTBga qarashli 31-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish o'quvchilarni o'zbek tilining imlosi, talaffuzi va o'qilishini o'rganishda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu maqola ona tili darslarida so'z tarkibi va yasalishini o'rganishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: morfema, leksema, lisoniy birlik, leksik ma'no, o'zak va affiksal morfema.

Ona tili — har bir elatning, xalqning , millatning o'z tili. Ona tili lug'at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq.

Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — o'ziga xos shakl va ma'noga ega bo'lgan, boshqa ma'noli qismlarga bo'linmaydigan, so'z (leksema) yasash yoki so'zning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar o'zbek tilida, asosan, affiks holatida bo'ladi. Masalan, -chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), -ki (tepki), -li (aqlli), -chan (ishchan), -la (tuzla), -illa (taqilla), -lar (bolalar), -roq, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.

So'zning leksik ma'nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o'zining nazariy asosiga ega.

Morfema - so'zning eng kichik, bo'linmaydigan ma'noli qismi. Morfema ikki turga bo'linadi:

1. O'zak morfema - so'zda albatta qatnashadigan va leksik ma'no anglatadigan morfema.

2. Affiksal morfema - mustaqil holda leksik ma'no anglatmay, so'zning leksik va grammatik ma'nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni, gulla so'zlaridagi gul - o'zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir.

Affikslar (qo'shimchalar) ikki turga bo'linadi:

1. So'z yasovchi qo'shimchalar. Ular so'zning leksik ma'nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog'bon, paxtakor, gulzor, ishchi so'zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so'z yasovchi affikslardir.

2. Shakl yasovchi qo'shimchalar. Bu qo'shimchalar so'zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma'nolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so'zida -

lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo'shimchalar bo'lib, -lar ko'plik ma'nosini, -imiz egalikning I shaxs ko'plik ma'nosini, -ni tushum kelishigi ma'nosini ifodalaydi.

Morfemalarning qo'shilishi bir-biriga ta'sir qiladi, bundan tashqari, ko'pgina o'zak va so'z yasovchi qo'shimchalar ko'p ma'noli. Shunga qaramay, ko'p so'zlarning leksik ma'nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so'zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to'g'ri keladi.

O'quvchilar so'zning morfemik tarkibini va so'z yasalishini o'rganishlariga qarab, so'zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so'zlarning leksik ma'nosini so'zlarning semantik o'xshashligiga qarab bilib oladilar.

So'zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o'qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:

1. So'zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o'quvchilar so'zning leksik ma'nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o'qituv chining vazifasi o'quvchilar so'zlarning leksik ma'nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog'liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug'atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi.

2. So'z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o'quvchilarning tilimizning yangi so'zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so'z tilda mavjud bo'lgan morfemalardan, ma'lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So'z yasalishini kuzatish o'quvchilarda so'zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta'sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi.

3. So'z yasalishi asoslari bilan tanishish o'quvchilar lug'atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so'z bilan ifodalanadi. So'zlar o'rtasidagi ma'no va tuzilish jihatidan bog'lanishni belgilash o'zaro munosabatda bo'lgan tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so'zlari o'zaro munosabatda bo'lgan tushunchalar, shu tufayli ma'no va tuzilishiga ko'ra bog'langan). O'quvchilar so'zlarning ma'no va tuzilishiga ko'ra o'zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo'lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar o'rtasidagi bog'lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar.

So'zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo'shimchalarning semantik ma'nosini bilish o'quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta'sir etadi. O'qituvchining vazifasi o'quvchilarning so'zning leksik ma'nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo'shimchali so'zlardan ongli foydalanishlarini ham o'rgatish hisoblanadi.

So'zning morfemik tarkibini o'rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o'zbek imlosining yetakchi tamoyili bo'lib, bunga binoan so'zlar va ularning tarkibiy qismi (o'zak va qo'shimchalar) ko'proq

talaffuziga muvofiq yoziladi. O'zak va qo'shimchalami to'g'ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so'z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so'zning morfemik tarkibini o'rganishning muhim vazifalaridan biri o'zak va qo'shimchalarni to'g'ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.

So'zning morfemik tarkibini o'rganish o'quvchilarning aqliy qobiliyatini o'stirishda, xususan, til birligi sifatida so'zni ongli bilib olish uchun zarur bo'lgan maxsus aqliy ko'nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O'qituvchining vazifasi ta'lim jarayonida bilimni o'zlashtirish bilan o'quvchilarda aqliy faoliyatni o'stiradigan, analiz, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarga so'z tarkibi va yasalishini o'rgatishda quyidagi metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq.

Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so'zning morfemik tarkibi III sinfda o'rganiladi. IV sinfda so'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq holda so'zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko'zda tutiladi.

Avvalo, til materialini o'rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.

Til materialini o'rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o'zaro bog'lanishdagi bilimlar yig'indisini o'zlashtirishni ta'minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So'zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so'z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o'zlashtirish: a) dastur materialini o'rganish tizimida so'zning morfe-mik tarkibini o'rganishning o'rni bilan; 2) "o'zak", "o'zakdosh so'z", "so'z yasovchi qo'shimcha", "shakl yasovchi qo'shimcha" tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishining o'zaro bir-biriga ta'sir qilishi bi-lan; 4) morfemalarni to'g'ri yozish malakasini shakllantirish us-tida ishlash bilan bog'liqligini belgilab beradi.

Mavzuni o'rganishda to'rt bosqich ajratiladi:

Birinchi bosqich - so'z yasalishini o'rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi - o'quvchilarni bir xil o'zakli so'zlarning ma'no va tuzilishiga ko'ra bog'lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo'yilishiga sabab, birinchidan, so'zning ma'no va tuzilishi jihatidan bog'lanishini tushunish, o'zining lingvistik mohiyatiga ko'ra, bir xil o'zakli so'zlarni va so'z yasalishini o'zlashtirishga asos hisoblanadi.

Ikkinchi bosqich - bir xil o'zakli so'zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o'quv vazifasi -so'zlarning ma'noli qismlari sifatida o'zak, so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'shimchalar bilan tanishtirish, "o'zakdosh so'zlar" tushunchasini shakllantirish, bir xil o'zakli so'zlarda o'zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi.

Uchinchi bosqich - o'zak, so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o'rganish metodikasi. Bu bosqichning o'quv vazifasiga "o'zak", "so'z yasovchi qo'shimcha", "shakl yasovchi qo'shimcha" tushunchalarini shakllantirish, so'zning leksik ma'nosi bilan morfemik tarkibi o'rtasidagi bog'lanish haqidagi tasavvurlarni o'stirish, o'zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni to'g'ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so'z yasovchi qo'shimchasi bor so'zlarni ongli ishlatish ko'nikmasini o'stirish kiradi.

Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma'lum bog'lanishda hal qilinadi. Masalan, so'zda har bir morfemaning ahamiyatini o'zlashtirish asosida o'quvchilar so'zning leksik ma'nosi bilan uning morfemik tarkibi o'rtasidagi bog'lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog'liq holda, so'zlarning morfemik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi.

O'zakni o'rganishning xususiyatlari. "O'zak" tushunchasini shakllantirishda o'quvchilar o'zak o'zakdosh so'zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil o'zakli so'zlarning ma'nosidagi umumiylikni o'z ichiga olishi bilan tanishtiriladi.

To'rtinchi bosqich - so'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq holda so'zning tarkibi ustida ishlash (III-IVsinflar). So'zning morfemik tarkibini o'rganish tizimida bu bosqichning maqsadi so'z yasovchi qo'shimchaning so'z yasashdagi ahamiyati va shakl yasovchi qo'shimchaning so'z shaklini o'zgartirishdagi ahamiyati haqidagi bilimni chuqurlashtirish; o'quvchilarni ot, sifat, fe'llarning yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarni so'z yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o'qituvchi ularga muayyan bir yangi so'z qaysi so'zdan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beradi. Masalan, o'qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo'riqlaydigan kishini bildiradigan o'zakdosh ot tanlashni topshiradi (chegarachi). Vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o'qituvchi so'zni va so'z yasovchi morfemani beradi. O'quvchining vazifasi yangi so'zni to'g'ri yasash va leksik ma'nosini tushuntirish hisoblanadi. Masal an, baliq so'zidan -chi qo'shimchasi yordamida yangi so'z yasash (baliqchi), uning leksik ma'nosini tushuntirish, qaysi so'z turkumi ekanini aytish topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o'quvchilar so'zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini hosil bo'lgan so'z qaysi morfema yordamida, qaysi so'z turkumidan yasalganiga, qanday ma'no anglatishi va qaysi so'z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda tilda mavjud bo'lgan so'zlarning leksik ma'nosi bilan morfemik tarkibining o'zaro bog'liqigiga va biror so'z turkumiga xarakterli bo'lgan so'z yasalishi usuliga asoslaniladi.

REFERENCES

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ona tili

2. https: //uz.wikipedia. org/wiki/Morfema

3. Rafiev. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. T.: 2003.

4. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. T.: O'qituvchi, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.