Научная статья на тему 'ARAB TILSHUNOSLIGIDA ZOIDA HARFLAR (AFFIKSLAR)GA BO’LGAN YONDASHUVLAR'

ARAB TILSHUNOSLIGIDA ZOIDA HARFLAR (AFFIKSLAR)GA BO’LGAN YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1383
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zoida harf / affiks / prefiks / suffiks / fe’l / sifat / sifatdosh / so’z vaznlari / harakatlar / zoida letter / affix / prefix / suffix / verb / adjective / adjective / word weights / actions.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmudova Diyora Jamol Qizi

Arab tilshunosligida affikslar mavzusi so’nggi yillarda keng o’rganilayotgan bo’lib, tilshunoslar ularni so’zga qo’shilish o’rni va buning natijasida so’z ma’nosiga qanday ta’sir o’tkazishiga ko’ra bir necha turga bo’ladilar. Shuningdek, ko’pchilik arab olimlari arab tilida affikslar soni o’nta ekanligini qayd etsa, ba’zi tilshunoslar esa ularning soni sakkizta ekanligini ta’kidlaydilar. Affikslar arab tilida morfologik usulda so’z yasalishining ishtiqoq turi bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning o’zakka qo’shilishi natijasida sifatdosh, fe’lning hosila boblari, masdarlar singari yasama so’zlar hosil bo’ladi. Mazkur maqolada arab tilida affikslar, arab tilshunoslarining ularga bo’lgan yondashuvlari hamda affikslarning so’z tarkibida joylashish xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan bo’lib, har bir tahlil etilgan ma’lumot misollar orqali izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPROACHES TO ZOID LETTERS (AFFIXS) IN ARABIC LINGUISTICS

In Arabic linguistics, the topic of affixes has been widely studied in recent years, and linguists have divided them into several types according to their place in the word and how they affect the meaning of the word as a result. Also, most Arab scholars note that the number of affixes in Arabic is ten, while some linguists say that their number is eight. Affixes in the Arabic language are inextricably linked to the type of morphology of word formation, and their addition to the stem results in the formation of adjectives, derivative parts of the verb, and masdar. This article provides information on affixes in Arabic, the approaches of Arabic linguists to them, and the characteristics of the placement of affixes in the word structure, and each analyzed information is explained with examples

Текст научной работы на тему «ARAB TILSHUNOSLIGIDA ZOIDA HARFLAR (AFFIKSLAR)GA BO’LGAN YONDASHUVLAR»

ARAB TILSHUNOSLIGIDA ZOIDA HARFLAR (AFFIKSLAR)GA

BO'LGAN YONDASHUVLAR Maxmudova Diyora Jamol qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs doktoranti, 10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti Elektronpochta: [email protected]

Annotatsiya: Arab tilshunosligida affikslar mavzusi so'nggi yillarda keng o 'rganilayotgan bo 'lib, tilshunoslar ularni so 'zga qo 'shilish o 'rni va buning natijasida so 'z ma 'nosiga qanday ta 'sir o 'tkazishiga ko 'ra bir necha turga bo'ladilar. Shuningdek, ko'pchilik arab olimlari arab tilida affikslar soni o'nta ekanligini qayd etsa, ba'zi tilshunoslar esa ularning soni sakkizta ekanligini ta 'kidlaydilar. Affikslar arab tilida morfologik usulda so 'z yasalishining ishtiqoq turi bilan uzviy bog 'liq bo 'lib, ularning o 'zakka qo 'shilishi natijasida sifatdosh, fe 'lning hosila boblari, masdarlar singari yasama so 'zlar hosil bo 'ladi. Mazkur maqolada arab tilida affikslar, arab tilshunoslarining ularga bo'lgan yondashuvlari hamda affikslarning so 'z tarkibida joylashish xususiyatlari haqida ma 'lumot berilgan bo 'lib, har bir tahlil etilgan ma 'lumot misollar orqali izohlangan.

Kalit so'zlar: zoida harf, affiks, prefiks, suffiks, fe'l, sifat, sifatdosh, so'z vaznlari, harakatlar.

Abstract: In Arabic linguistics, the topic of affixes has been widely studied in recent years, and linguists have divided them into several types according to their place in the word and how they affect the meaning of the word as a result. Also, most Arab scholars note that the number of affixes in Arabic is ten, while some linguists say that their number is eight. Affixes in the Arabic language are inextricably linked to the type of morphology of word formation, and their addition to the stem results in the formation of adjectives, derivative parts of the verb, and masdar. This article provides information on affixes in Arabic, the approaches of Arabic linguists to them, and the characteristics of the placement of affixes in the word structure, and each analyzed information is explained with examples.

Keywords : zoida letter, affix, prefix, suffix, verb, adjective, adjective, word weights, actions.

KIRISH (BBE^EHHE/INTRODUCTION)

Arab tilida ism va fe'l so'z turkumlariga oid yangi so'zlarning yasalishida zoida harflar muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda "zavaid" deb ham yuritiladigan ushbu harflar, so'zning boshi, o'rtasi yoki oxiriga qo'yiladi. Hamda ular yoki so'z o'zgartiruvchi, yoki so'z yasovchi, yo bo'lmasa shakl yasovchi qo'shimchalar vazifasini bajarib keladi. Tilshunoslikning "Morfologiya" bo'limidan

751

ma'lumki, tilda yangi so'zlar muayyan bir qo'shimchalar orqali yasaladi va ular "affikslar" deb ataladi. Affikslar o'zakka qo'shilib, yangi ma'noli so'zlarning yasalishida katta ahamiyatga ega.

Somiy tillar oilasiga mansub tillarda qo'shimchalar orqali so'z yasalishi -affiksatsiya muhim ahamiyat kasb etib, arab tilida ham uning ahamiyati katta ekanligini ko'rish mumkin. Arab tilidagi "zaida" so'zi lug'aviy jihatdan "keragidan ortiqcha narsa", degan ma'noni bildirib, arab tilidagi so'zlar, asosan, uch, ba'zi holatlarda esa, to'rt va besh o'zak undosh harflardan iborat bo'ladi, hamda ushbu o'zak tarkibiga kirmaydigan barcha harflar "zoida harflar", deb yuritiladi. Demak, affikslarning arabcha nomlanishi "zavaid" bo'lar ekan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДЫ/LITERATURE REWIEV) Arab tilshunosi Ibn Ya'iysh zoida harflarni shunday ta'riflaydi: "Ziyoda harf (affiks) so'zga ergashib keluvchi qism bo'lib, u orqali man'no kengayib boradi. Zoidaning asl mohiyati uning o'zakka qo'shilib, ba'zi holatlarda esa tushib qolishi, fa, „ayn va lam harflari o'rnida kelayotgan hech bir o'zak harfining o'rnini bosa olmasligida namoyon bo'ladi. Zoida yo so'zning bir qismining takrorlanishi, yoki o'zak tarkibiga kirmaydigan boshqa bir harfning qo'shilishi bilan xarakterlanadi"[1 ].

Rus tilshunosi Grande qo'shimchalar yordamida so'z yasalishi ("affiksatsiya") somiy tillarga tegishli eng muhim morfologik xususiyatlardan biri ekanligini aytadi. Bu oilaga kiruvchi tillarda, xususan, arab tilida ham affikslar bir vaqtning o'zida so'zning boshi yoki oxirida, yo bo'lmasa o'rtasida ham kelishi mumkin. Arab morfologiyasiga oid o'zbek tilidagi kitoblarda esa zoida harflar haqida juda kam ma'lumotlarni topamiz. Ularda, zo'ida harflar, asosan, noo'zak harflar, nomi bilan qayd etilib, arab tilida o'zak tarkibiga kirmaydigan unli va undoshlarni ifodalovchi harflar o'nta ekanligi qayd etilgan.

Arab tilidagi so'zlar tarkibida affikslar ikki xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Birinchisi, so'z tarkibida harf affiks vazifasida kela oladi, masalan, "k,t,b" ("kataba" fe'lining o'zbek tilidagi ma'nosi "yozmoq") o'zagining birinchi harfidan so'ng alif qo'shish bilan "katibun" ("yozuvchi'V'yozayotgan") so'zi yasaladi, bu yerda alif sifatdosh yasovchi "-ayotgan", yoki ot yasovchi "-uvchi" qo'shimchalari ma'nosini bildiradi. Ikkinchidan, so'z tarkibida harakat qo'shimcha bo'lib keladi, masalan, "nahrun" ("daryo")va "naharun" ("kenglik", ""daryo)[2].

Arab tilida yangi so'zlarning yasalishida quyidagi harflar affikslar vazifasini bajaradi:

Alif 1 Hamza *

Waaw j Nun j

Yay ^ Ha »

Miym f Sin ^

Ta ^ Lam J

1-jadval

Ushbu harflarni arab tilida "alyawma tansahu" (tarj. Sen bugun uni unutasan) va "sa'altumüniyhaa" (tarj. Sizlar mendan uni so'radingiz) iboralari ko'rinishida yod olinadi. Arab tili o'rganuvchilari so'zlarni o'zak va affiksal morfemalarga ajratayotganlarida bu iboralarga murojaat qiladilar, ya'ni, so'z tarkibidagi ushbu ibora ichida mavjud bo'lgan harflarni chiqarib tashlash orqali, ular so'zlarni ma'noli qismlarga ajratadilar. Zoida harflarga bag'ishlangan ko'pchilik tadqiqot ishlarida ularni umumiy "zavaid" deya, ba'zi holatlarda esa bunday harflarning so'z tarkibida kelish o'rniga ko'ra, "savabiq" ("prefikslar"), "lavähiq" ("sufikslar") hamda "dawaxil" ("infikslar") nomlari tilga olinadi.

MUHOKAMA (OECY^EHHE/DISCUSSION)

Arab tilida zoida harflar-affikslarning o'zakka nisbatan joylashishini o'rganib, ularni quyidagi turlarga bo'liinishini aniqladiik, quyidagi jadvalda ularning arabcha nomlanishi hamda so'z tarkibida qanday ko'rinishlarda kelishi ko'rsatilgan[3]:

Affiks Zo'ida Misollar Izoh

prefiks sabiqa 'inqalaba so'zning boshida keladi

sufiks lähiqa 'arduna so'z oxirida keladi

infiks daxila däfa'a so'z ichida keladi

sirkumfiks muhïta 'ab'adna o'zakning oldi va orqa qismida keladi

interfiks muqhama Yaxbiruniy qo'shma so'zlarni bir biriga bog'lashda yoki o'zak va sufiksni o'zaro bog'lashda qo'llanadi

duplifiks mudo'afa Halhala o'zakning bir qismini yoki butun qismini takrorlash

transfiks taksïr 'avraq so'zning turli qismlariga qo'yiladigan affiks

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

simulfiks mutorrida 'asadu-'usudun so'zning bir qismini o'zgartirish orqali butun boshli so'z ma'nosining o'zgarishi (ko'pincha harakatlarning o'zgarishida kuzatiladi)

suprafiks favqaqat'iy ya ha (alif cho'zib talaffuz qilinganda hijo harfi, urg'u bilan talaffuz qilganda ogohlantirish ma'nosidagi yuklama) so'zni o'zgartirib talaffuz qilish orqali ma'noning ham o'zgarishi

disfiks hazf "ra" ("qara") buyruq fe'li, so'zning asli ra'a so'zning bir qismi o'zgartirilishi natijasida, ma'noning o'zgarishi

2-jadval

Ushbu jadvalda zoida harflaming soni o'nta ekanligi ko'rsatilgan bo'lib, ammo, doim ham arab tilshunoslarining zoida harflaming soni xususidagi fikrlari bir joydan chiqmagan. Bunga misol sifatida Basra va Kufa tilshunoslik maktabi vakillarining zoidalar xususida bildirgan fíkrlarini keltirish mumkin. Ushbu ikki maktab vakillarining zoida harflar haqidagi fikrlari bir-biridan tubdan farq qiladi. Biz bugungi kunda o'rganayotgan, zoida harflar soni o'nta ekanligi haqidagi nazariya, aslida, Basra maktabi vakillariga tegishli bo'lib, ular faqatgina mana shu o'nta harf arab tilida zoida bo'lib kela oladi, degan fikrni qo'llab-quvvatlaganlar. Kufa maktabi vakillari esa arab tilida ushbu o'nta harfdan boshqalari ham zoida bo'lib kela oladi, degan fikrni ilgari surganlar. Saudiyalik arab tilshunosi, professor Abdurrazzoq bin Faraj As-Soidiy esa zo'ida harflar sonini o'nta emas, sakkizta deb qayd etib,ularni eslab qolishga oson bo'lishi uchun "'anistu yawman" (tarj. "bir kuni ko'nikaman") iborasini taklif qiladi. Yuqoridagi ibora tarkibiga ahamiyat berilsa, lam hamda ha harflari zoidalar qatoridan chiqarib tashlanganini ko'ramiz. As-Soidiy buni lam va ha harflari so'z tarkibida zoida harf bo'lib kelganda, ular, qolgan zoida harflardan farqli ravishda, hech qanday so'z yasovchi yoki o'zgartiruvchilik xususiyatiga ega bo'lmasligi bilan izohlaydi. Olim fikriga ko'ra, zoida harflar ikki xil bo'ladi:

1. Standart morfologik so'z yasovchi qo'shimchalar, ularga yuqorida sanab o'tilgan sakkizta harf kiradi;

2. Tarixiy so'z yasovchi qo'shimchalar, ularga arab alifbosidagi barcha harflarni kiritish mumkin[4].

As-Soidiy arab tili alifbosidagi barcha harflar ham so'z tarkibida qo'shimcha bo'lib kela oladi, degan fikriga klassik davr arab tilshunoslari Sa'lab, Ibn Foris Manha, Ali bin Al-Hasan al-Hunaiy Al-Azidiylarning kitoblarida bu borada keltirilgan misollar bilan isbotlaydi. Al-Azidiyning "Arablar aytgan so'zlar g'aroyibotlarining saylanmasi" kitobida bunday so'z yasovchi qo'shimchalarga ko'plab misollar berilgan, quyida ulardan ba'zilari keltirilgan:

O'zak so'z Zo'ida harflar qo'shilishi natijasida yasalgan hosila so'z

'Irtajja - qaltiramoq 'Irta'aja - qaltiramoq („ayn harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

Solama - uzmoq Solma'a - uzmoq („ayn harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

Jarrada - mahrum qilmoq 'Ajrada - mahrum qilmoq („ayn harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

Hadilun - osilish Hadliqun - osilish (qof harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

„Asalun- asal „Asallaqu - mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvonlar (qof harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

Solqun - baqirish, qichqirish Solanqohu - baqirish, qichqirish (qof va nun harflari qo'shimcha sifatida kelgan)

Suflun - qoldiq Husfulun - suyuq taomlarning tagida qolgan non ushoqlari (ha harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

Sarraba - qattiq koyimoq Xasarrabat albi'r -quduq suvi ifloslandi(xo harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

Dumrun - ozg'inlik Dumrü - ozg'inlik (xo harfi qo'shimcha sifatida kelgan)

3-jadval

Shuningdek, Al-Azidiy tarkibida standart o'nta zoida harflaridan (alif, lam, yay, waw, mim, ta, nun, sin, ha, xamza ) tashqari qo'shimchalar bo'lgan so'zlarning yasalish xususiyati borasida ham o'z fikrlarini bildirib o'tgan bo'lib, muallif fikriga

755

Scientific Journal Impact Factor

ko'ra, zoida harflar qo'shilishi natijasida ba'zi uch o'zakli so'zlar dastlab to'rt o'zakliga, unga yana qo'shimcha qo'shilishi bilan esa besh o'zakliga asta-sekinlik bilan o'zgarib boradi, masalan: Hamara - ming'irlamoq

Hamarjalatun - tez yuruvchi tuya

Ba'zi uch o'zakli so'zlar aslida zoida harf qo'shilgan ikki o'zakli so'zlarning hosila shaklidir, masalan:

matta ("cho'zmoq") - matala ("orqaga tortmoq", "cho'zmoq") romma ("aynimoq") - rozama ("kiyim taxlamoq") rajja ("silkitmoq", "titramoq") - ra'ija ("ko'paymoq")

Al-Azidiy bilan bir qatorda, ibn Foris Manha ham hijoiy harflarning so'z tarkibida qo'shimcha sifatida kelishini o'rganib, o'zining "O'lchamlar" nomli lug'atida ularni tahlil qilgan. Olim jami 249 ta to'rt va besh harfli so'zlarni o'rganib, ularning har birini qaysi hijoiy harflar vositasida yasalganini ko'rsatgan. Ushbu so'zlardan 35 tasi ro, 20 tasi „ayn, 19 tasi ba, 11 tasi dal, 6 tasi fa va beshtasi ha qo'shilishi natijasida yasalganini aniqlagan hamda sa, za va sod harflarini qo'shimchalar qatoriga kiritmagan[4].

Arab tilida so'z, unga zoida harflarning qo'shilishi natijasida to'rt, besh, olti va hatto, yetti o'zakli hosila so'zga ham o'zgarishi mumkin. Ushbu harflar so'z tarkibida, albatta, arab tilidagi unli tovushlarni bildiruvchi kasra ("i"), domma ("u") hamda fatha ("a") harakatlaridan biri bilan keladi. Zo'ida harflarni so'z tarkibida kelish o'rniga qarab, ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh zoida harflari o'zakka faqatgina tashqi tarafdan qo'shilib, ular, asosan, so'z o'zgartiruvchi va shakl yasovchi qo'shimchalar vazifasini bajaradi. Ushbu guruhga quyidagilar kiradi:

1. Arab tilida tegishlilik ma'nosini beruvchi "-iyyun" nisbiy sifat qo'shimchasi ,masalan, "misriyyun" ("misrlik"). Bu qo'shimcha otga qo'shilib, sifat yasovchi "-lik" sufiksiga to'g'ri keladi. Birinchi guruhga kiruvchi zoida harflar ichida faqatgina ushbu qo'shimcha so'z yasovchi bo'lib kela oladi.

2. Muzakkar jinsining to'g'ri ko'plik shaklini yasovchi "una"("-lar") qo'shimchasi va uning kelishiklarda tuslangan shakllari: bosh kelishikda "mu„allimuna"-"o'qituvchilar", tushum-qaratqich kelishiklarida "mu'allimlna" -"o ' qituvchilarni", "o 'qituvchilarning".

I

Hamraja - shovqin solmoq

I

NATIJALAR (PE3Y.ïïbTATbI/Results)

3. Muannas jinsining to'g'ri ko'plik shaklini yasovchi "atun" ("-lar") qo'shimchasi va uning kelishiklarda tuslangan shakllari: bosh kelishikda "mu'arrixatun" - "tarixchi ayollar", tushum-qaratqich kelishiklarida "mu'arrixâtin" - "tarixchi ayollarni", "tarixchi ayollarning".

4. Ikkilik sonining muzakkar va muannas jinsi shaklini yasovchi "ani" va "tani" (" u ikkisi") qo'shimchasi va uning kelishiklarda tuslangan shakllari: bosh kelishikda "valadâni" - "ikkita o'g'il bola", "fatâtâni" - "ikkita qiz bola", tushum-qaratqich kelishiklarida "valadayni" - "ikkita o'g'il bolani", "ikkita o'g'il bolaning" va "fatâtayni" - "ikkita qiz bolani", "ikkita qiz bolaning".

5. So'z oxirida tanvinning kelishi. Arab tilida tanvin orqali so'zning bosh, tushum yoki jo'nalish kelishiklaridan birida kelayotganini aniqlash mumkin. Masalan:

Qalamun-qalam (bosh kelishik).

Qalaman- qalamni (tushum kelishik).

Qalamin- qalamning (qarat qichkelishigi).

6. "Al" aniqlik artikli. Arab tilida ushbu artikl prefiks vazifasida kelib, so'zning aniq holatda ekanligiga ishora qiladi. Misol uchun, "aljadval" ("aniq bir jadval"), "albayt" ("aniq biruy").

Ikkinchi guruh zoida harflari o'zakka ham ichki, ham tashqi tarafdan qo'shilib, ular, asosan, so'z yasovchi qo'shimchalar vazifasini bajaradi. Bularga sifat va sifatdosh yasovchi yay, alif, mim, ot yasovchi mim zoida harflarini kiritish mumkin. Shuningdek, bu guruhga arab tilidagi harakatlar ham kiradi.

Arab tilidagi so'z qurilishida, ba'zi holatlarda bir yoki ikki o'zak harflarining takrorlanishi natijasida ham yangi so'zlar hosil bo'lib, ba'zi arab tilshunoslari ushbu takrorlangan harflarni ham qo'shimcha harf (affiks) sifatida qayd etadilar. Bunday shakldagi zoida harflarni o'zak tarkibiga kiruvchi birinchi, ikkinchi va uchinchi harflarning takrorlanishiga qarab,turlarga ajratishadi:

1. O'zak tarkibiga kiruvchi ikkinchi harfning takrorlanishi, masalan, ikkinchi bob fe'li vaznida turgan "sallama" aslida, "saluma" ("salomat bo'lmoq") fe'lidan, ikkinchi o'zak harf - lamni takrorlash, ikkilantirish orqali yasalgan. Yoki, "Kuzzubzubun" ("umuman bo'lmagan gap", "butunlay yolg'on gap") so'zi "Kizbun" ("yolg'on") so'zining ikkinchi va uchinchi o'zak harflarini takrorlash orqali yasalgan.

2. O'zak tarkibiga kiruvchi uchinchi undosh harfning takrorlanishi orqali so'z yasalishi, masalan, "jalaba" ("keltirmoq"/ "jalb qilmoq") so'zining ba harfini takrorlash orqali "jalbaba" ("julbob1 kiydirmoq") fe'li yasalgan.

3. O'zak tarkibiga kiruvchi ikkinchi va uchinchi undosh harflarning takrorlanishi orqali so'z yasalishi, masalan, "somhun" ("kunning qattiq isishi") fe'lining mim va

1Uzun ko'ylak ko'rinishidagi libos nomi

Scientific Journal Impact Factor

ha harflarini birgalikda takrorlanishidan "somahmahun" ("o'ta kuchli") so'zi yasalgan.

4. O'zak tarkibiga kiruvchi birinchi va ikkinchi undosh harflarning takrorlanishi orqali so'z yasalishi, o'zak tarkibidagi undosh harflarning bunday takrorlanish orqali yasalgan so'zlar arab tilida kam uchraydi, masalan, "marmarïs" ("silliq") so'zi "marasa" ("xo'llamoq") fe'lining dastlabki mim va ro undoshlarini birgalikda takrorlanib kelishidan yasalgan. Bunday usuldagi takrorlanishda, o'zak va qo'shimcha sifatida takrorlangan harflar yonma-yon kelib, uchinchi o'zak undoshi ularni o'rtasiga tusholmaydi.

Xulosa qilib aytganda, arab tilida zoida harflar (affikslar) deyilganda, odatda, "alyawma tansahu" iborasi tarkibiga kiruvchi harflar tushunilib, ular o'zak so'zga qo'shilib, ism va fe'l turkumlariga oid so'zlarni yasashga xizmat qiladi. Shuningdek, ular so'z yasovchilik vazifasi bilan birga so'z o'zgartiruvchi va shakl yasovchi affikslar vazifasini ham bajarib keladi. Zamonaviy arab tilshunosligida yuqoridagi ibora tarkibida kelgan harflar affikslar vazifasida kelishi qayd etilgan bo'lsa, klassik davr arab tilshunosligida, nafaqat ular, balki arab alifbosidagi barcha harflar - sa, za va sod bundan mustasno -, affiks bo'lib kela oladi, degan fikrni ham bildirganlar. Ular affiks bo'lib qo'shilgan hosila so'zlarda ma'noning butunlay o'zgarishi, uning kuchayishi yoki umuman o'zgarmasligi holatlarini ham ko'rdik. Ammo, hozirgi kunda ushbu harflarning affiks vazifasida kelishi umuman kuzatilmaydi, bu holat mumtoz arab tili davrida shakllangan so'zlarga xos jihatdir. Shuningdek, arab tilida hosila so'z tarkibidagi zoida harflar (affikslar) ni ajratishda ularning so'z tarkibida joylashgan o'rniga ham ahamiyat berish lozim. Odatda, shakl o'zgartiruvchi zoida harflar so'z oxiriga qo'shilsa, so'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi zoida harflar so'zning boshi yoki o'rtasiga qo'shilib kelar ekan. Yana, arab tilshunosligida uch o'zakli so'z tarkibidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi undosh harflarning yolg'iz o'zi yoki yonidagi o'zak undosh bilan birga takrorlanishi natijasida ham so'zlar yasalib, bunda ushbu takrorlangan harflar ham zoida harflar, deya sanalar ekan.

.-1943 -A -1393 Jjtfl

(Almunsaf.Grammar exclamation of Imam Abul Fath Osman bn Jinni for Imam Abu osman Almazini's book At-tasrif.Investigation: Ibrahim Mustafa Abdallah Amin. -Cairo.:The old heritage revival department, Ministry of education,1943. - 11p.)

XULOSA (3AKTOHEHHE/CONCLUSION)

Scientific Journal Impact Factor

2. 22.^.2012- o^j^1 .Vj^i j a^j^i W^vj j ^j^1 ^ j^.

(Yasir Muhammad Albadavi. The affixe and its morphological and grammatical connotations. - Sudan,2012. - 22p.)

3. s^lj (Affix(language)) https://ar.m.wikipedia.org/wiki

4. j Ajjl^j Ajij^aJl ^jjA.^^cl^ajl ^IjS ^J JljjJI ^JC

(Abd arrazzak bin Faraj Assaidi. Morphological affixes are eight, they aren't ten. Al -madiynah.2012)

https://www.google.eom/amp/s/www.al-madina.com/ampArticle/192027

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.