Научная статья на тему 'IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH VA «FEʼL» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH MASALALARI'

IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH VA «FEʼL» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
428
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So‘z turkumlari / fe’l / shaxs-son va zamon qo‘shimchalari / tub va yasama / sodda va qo‘shma fе’llar / fе’l nisbatlari / fе’lning ma’noviy guruhlari / Phrases / verbs / personal and tense suffixes / primitive and artificial / simple and compound verbs / verb ratios / verb semantic groups

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoira Islomovna Jo‘rayeva

Maktablarda ona tili darslarida o‘quvchilarga so‘z turkumlarini o‘rganish va “Fe’l” so‘z turkumini o‘qitishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF VOCABULARY STUDY AND TEACHING OF VERBS IN NATIVE LANGUAGE IN SPECIALIZED STATE SECONDARY SCHOOL

In Native Language classes in schools, students learn vocabulary and teach verbs.

Текст научной работы на тему «IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGANISH VA «FEʼL» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH MASALALARI»

IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA ONA TILI DARSLARIDA SO'Z TURKUMLARINI O'RGANISH VA «FE'L» SO'Z

TURKUMINI O'QITISH MASALALARI

Shoira Islomovna Jo'rayeva

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maktablarda ona tili darslarida o'quvchilarga so'z turkumlarini o'rganish va "Fe'l" so'z turkumini o'qitishdan iborat.

Kalit so'zlar: So'z turkumlari, fe'l, shaxs-son va zamon qo'shimchalari, tub va yasama, sodda va qo'shma fe'llar, fe'l nisbatlari, fe'lning ma'noviy guruhlari

PROBLEMS OF VOCABULARY STUDY AND TEACHING OF VERBS IN NATIVE LANGUAGE IN SPECIALIZED STATE SECONDARY SCHOOL

ABSTRACT

In Native Language classes in schools, students learn vocabulary and teach verbs.

Keywords: Phrases, verbs, personal and tense suffixes, primitive and artificial, simple and compound verbs, verb ratios, verb semantic groups

«Fe'l» so'z turkumi xususidagi dastlabki ma'lumotlar boshlang'ich sinflarda va «V» sinfda «Muqaddima» bo'limi orqali beriladi. Shuning uchun mazkur so'z turkumini o'rganishdan oldin egallangan bilim, malaka va ko'nikmalar takrorlanadi. VI sinfda fe'llarning lug'aviy shakllari va ma'no guruhlari o'rganiladi. O'quvchilar «Tub va yasama, sodda va ko'shma fe'llar», «Fe'llarning umumiy xususiyatlari», «Fe'l nisbatlari» (aniq nisbat, orttirma nisbat, majhul nisbat, o'zlik nisbat, birgalik nisbat), «Nisbat qo'shimchalarining so'z yasovchilar bilan yaxlitlanishi va takror qo'llanilishi», «Fe'lning vazifa turlari» (harakat nomlari, sifatdoshlar, ravishdoshlar), «Harakat tarzi shakllari», (yurish-harakat fe'llari, nutq fe'llari, tafakkur fe'llari, natijali faoliyat fe'llari, natijali faoliyat fe'llari, holat fe'llari singari mavzular bilan tanishadilar.) O'quvchilarning so'z zahirasini fe'llar bilan boyitishning muhim choralaridan biri fe'l-sinonimlar ustida ishlashdir. Berilgan fe'llarga ma'nodoshlar topish (masalan, ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo'lmoq; ayirmoq, ajratmoq, judo qilmoq, mahrum qilmoq), sinonimik uyadagi ma'nosi tushunarli bo'lmagan so'zlarning ma'nosini izohlash, qatordagi har bir so'z yordamida gaplar tuzish (masalan Muslimaxon berilgan so'zlar ichidan fe'llarni ajratdi. Bozorga olib ketilishi lozim bo'lgan mevalarni bir yoqqa ayirdi), matnni tahrir qilib, takrorlangan fe'llar o'quvchilarning so'z zahirasini

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

oshirishda o'ta muhimdir.«Harakat nomi» mavzusini o'rganishda berilgan matn yoki gaplardan harakatni atab kelgan so'zlarni ajratish, ularni qo'shimchadoshlarga bo'lib guruhlash, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, qo'shimchadosh so'z guruhlari uchun xos bo'lgan qo'shimchalar:

-sh -ish, -v, - uv, -moq ni ajratish, bu qo'shimchalar bilan hosil bo'lgan so'zlarning imlosi, gaplarni harakat nomi birikmalariga, birikmalarni gaplarga aylantirish (masalan, haqiqat tantana qiladi, Haqiqatning tantana qilish kabi), harakat nomlarini zarur, kerak, lozim, shart,muhim kabi so'zlar bilan birikib, kesim vazifasida kelishi ustida ish olib boriladi. Fe'lning ravishdosh va sifatdosh shakllarini o'rganishda ham shunga o'xshash amaliy ishlar davom ettiriladi. O'quvchilar berilgan fe'l juftlarini (mas., keldim, ishladim) boglovchilar yoki ohang vositasida boglab gap tuzish, bu fe'llarni -b (-ib), - gach (-kach) qo'shimchalari bilan biriktirib, gaplarning shaklini o'zgartirish (masalan, , men keldim va ishladim - Men keldim, ishladim - Men kelib ishladim - Men kelgach ishladim kabi), ravishdosh yasovchi qo'shimchalar ro'yxatini tuzish, ular yordamida so'zlar hosil qilish, bu qo'shimchalarning imlosi ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalaniladi. Sifatdoshlarni o'rganishda o'quvchilar berilgan «sifat - ot» shaklli birikmalarda (mas., siniq shisha, buzuq uy, quruq meva) sifatni fe'l bilan almashtirish (mas., singan shisha, buzilgan uy, qurigan meva) va sifatli birikmalar hosil qilish, sifatdoshlarni hosil qiluvchi birikmalarni aniqlash, ularning imlosi ustida ishlash, sifatdoshlardan foydalanib, gaplarning mazmunini saqlagan holda shaklini o'zgartirish (masalan, Kim ko'p o'qisa, dono bo'ladi.

- Ko'p o'qigan kishi dono bo'ladi) singari topshiriqlarni berish mumkin. Ma'lumki, tuslangan fe'llarning ham, tuslanmagan fe'llarning ham bo'lishli va bo'lishsiz shakllari mavjud. O'quvchilar bu mavzularni o'rganishda bo'lishli fe'llarni bo'lishsiz shaklga va aksincha, bo'lishsiz fe'llarni bo'lishli fe'llarga aylantirish, bo'lishsiz shaklni hosil qiluvchi qo'shimchalarni aniqlash ustida ish olib boradilar. «Fe'l» so'z turkumini o'rganishda, ayniqsa, uyadosh fe'llar ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. 5-sinfda o'quvchilar «Uyadosh so'zlar» mavzusini o'rganishda bir qator uyadosh fe'llar bilan ham tanishganlar. Chunonchi, «Ona tili» darsligi (5-sinf)ning «Lug'at» qismida namuna sifatida «olmoq» va «ko'rmoq» fe'lining uyadoshlari berilgan. Bu ish 6-sinfda davom ettiriladi. Berilgan umumiy ma'noli fe'lning xususiy ma'nolarini aniqlash, bir paradigmani tashkil etgan fe'llar ro'yxatini tuzish ( masalan, nutq fe'llari: so'zlamoq, gapirmoq, pichirlamoq, shivirlamoq, baqirmoq, o'qimoq, hikoya qilmoq, qichqirmoq, v.h.) singari ijodiy-amaliy ishlar o'quvchilar so'z zahirasini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur so'z turkumini o'rganishda o'quvchini ta'lim jarayonining faol ishlovchisiga aylantirish uchun kuzatish, izlanish, alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, amalda qo'llash singari aqliy faoliyat usullarini qo'llash lozim. «Fe'l» so'z turkumiga oid barcha mavzular til xodisalarini kuzatish va izlanish bilan boshlanib,

umumlashmalar hosil qilish va amalda qo'llash bilan yakunlanadi. «Fe'llarning yasalishi» mavzusini o'rganishdan oldin o'quvchilarning o'zak va qo'shimcha xususida egallagan ma'lumotlari xotirada tiklanadi. Berilgan so'zlarni o'zakdoshlarga ajratish va har bir so'zning qaysi so'z turkumiga mansub ekanligini aniqlash o'rganilganlarni xotirada tiklash hamda yangi mavzuni o'rganishga zamin hozirlaydi.

REFERENCES

1. Мирзакулов T. «Грамматикани укитишнинг лингвистик асослари» Тошкент -1994 «Укитувчи»

2. Омилхонова М., АБдуллаев Й., Абдулхатовa Р., Иногомова Р.,

3. Орифжонова. 5-6-синф она тили дарслари (методик кулланма) Тошкент-«Укитувчи» -1978 йил.3. Гуломов A., Неъматов X. Она тили таълими мазмуни. Toшкeнт «Укитувчи» 1995 йил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.