Научная статья на тему 'MIKROMATN VA UNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI'

MIKROMATN VA UNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mikromatn / grafema / so‘z / so‘z birikmasi / nominativ birlik / predikativlik / tugal fikr

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahnoza Turniyazova

Мazkur maqolada mikromatn sintaktik derivatsiyasi xususida ayrim mulohazalar yoritilgan. Tilshunoslikda matn lingvistikasi talqini o‘ta dolzarb bo‘lishiga qaramay, «matn» tushunchasi turlicha izohlanayotganini ko‘ramiz. Bu borada aytilayotgan fikr va mulohazalar bir xil emas. Suningdek, makrohamda mikromatn derivatsiyasi tamoyillari o‘zaro farq qilishini kuzatishimiz mumkin. Quyida mikromatn derivatsion xususiyatlarga e’tibor qaratamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIKROMATN VA UNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MIKROMATN VA UNING DERIVATSION XUSUSIYATLARI

Shahnoza Turniyazova

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Mazkur maqolada mikromatn sintaktik derivatsiyasi xususida ayrim mulohazalar yoritilgan. Tilshunoslikda matn lingvistikasi talqini o'ta dolzarb bo'lishiga qaramay, «matn» tushunchasi turlicha izohlanayotganini ko'ramiz. Bu borada aytilayotgan fikr va mulohazalar bir xil emas. Suningdek, makro- hamda mikromatn derivatsiyasi tamoyillari o'zaro farq qilishini kuzatishimiz mumkin. Quyida mikromatn derivatsion xususiyatlarga e'tibor qaratamiz.

Kalit so'zlar: mikromatn, grafema, so'z, so'z birikmasi, nominativ birlik, predikativlik, tugal fikr

https://doi.org/10.5281/zenodo.13387378

Аннотация: В этой статье рассматриваются некоторые соображения синтаксической деривации микротекста. Хотя лингвистическая интерпретация текста в лингвистике чрезвычайно актуальна, мы видим, что понятие «текст» трактуется по-разному. Мнения , высказанные по этому поводу, неоднозначны. Мы также можем заметить, что принципы вывода макротекста и микротекста различаются. Ниже мы сосредоточимся на свойствах вывода микротекста.

Ключевые слова: микротекст, графема, слово, словосочетание, номинативная единица, предикативность, законченная мысль.

Annotation: This article discusses some considerations of syntactic derivation of microtext. Although the linguistic interpretation of a text is extremely relevant in linguistics, we see that the concept of "text" is interpreted in different ways. The opinions expressed on this issue are ambiguous. We can also notice that the principles of macrotext and microtext output differ. Below we will focus on the properties of microtext output.

Keywords: microtext, grapheme, word, phrase, nominative unit, predicativity, complete thought.

Bugungi tilshunoslikda matn lingvistikasi talqini o'ta dolzarb bo'lishiga qaramay, «matn» tushunchasi turlicha izohlanayotganini ko'ramiz. Bu borada aytilayotgan fikr va mulohazalar bir xil emas. Quyida ana shu masalaga e'tibor qaratamiz.

Nufuzli ilmiy manbalardan biri «Lingvistik ensiklopedik lug'at»da matnga quyidagi izoh beriladi: «Matn asosiy xususiyatlari bog'lanishlilik va yaxlitlik bo'lgan ma'no jihatdan o'zaro birikkan belgilar majmuasidir» [1].

Ko'rinadiki, mazkur izohda matn mazmuniy jihatdan o'zaro bog'langan til belgilarining

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik sifatida talqin etiladi. Eslatib o'tish lozimki, matnga berilgan bu singari ta'riflar bilan ishimizning oldingi bobida tanishib o'tgan edik. Gap shundaki, matn ta'rifini berishda aksariyat tadqiqotlarda bir tomonlikka yo'l qo'yilmoqda. Boshqacha aytganda, matnning bog'lanishli ekanligi, asosan, semantik nuqtayi nazardan ta'kidlanib, uning komponentlari o'rtasidagi sintaktik munosabat masalasi nazardan tushib qolmoqda. Natijada esa matnga semantik butunlik maqomi tirkalmoqda. Bizningcha, matn mazmuniy va sintaktik jihatdan komponentlari o'zaro bog'langan nutq birligidir.

Yuqoridagilardan tashqari, matn maqomiga alohida ma'no kasb etuvchi yolg'iz fonema ham ega bo'la olishi mumkin. Bunga avtobus bekatlarida, metroga kirishda qo'llaniladigan «A», «M» belgilari misol bo'la oladi, zotan, mazkur belgilar bunday vaziyatda yaxlit mazmuniy ifodaga ega bo'lishi izoh talab qilmaydi. N.L.Mishkinaning ta'kidlashiga ko'ra, oddiy bir grafema matn maqomida kelganda, u o'zini-o'zi tashkil eta oladi va bunga loyiq energiyaga ega bo'ladi [2]. Albatta, bunday vaziyatda matn tushunchasi biror belgi orqali ifodalanib, semiotik ma'no kasb etadi. Shu bois ularni jonli nutq mahsuli deb bo'lmaydi.

Tush ko'rish hodisasi yoki ichki nutq bilan bog'liq matn ham jonli nutqimizdan yiroqdir. Tush ko'rish jarayonida inson turli voqea-hodisalar ishtirokchisi sifatida boshqalar bilan muloqotda bo'lishi mumkin. Lekin bu hayotiy muloqot emas. Xuddi shu singari insonning ongida sodir bo'luvchi ichki nutq ham o'ziga xos matn sanaladi. Biroq u ham jonli nutq bilan bog'liq emas va ular lingvistik tadqiqot uchun tekshiruv obyekti bo'la olmaydi. Bunday muammolar, bizningcha, psixo- hamda neyrolingvistik tadqiqotlarning tekshiruv obyektlari hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlar psixologlar, fiziologlar ishtirokida olib borilishi mumkin.

Manbalarda matn ta'rifini berishda uning bir so'z bilan hamda so'z birikmasi bilan ifodalanishi ham mumkinligi nazardan chetda qolmoqda. Vaholanki, mikromatn tushunchasi mavjud ekan, uni chetlab o'tib bo'lmaydi.

Mustaqil so'z matn tarzida kelganda, garchi u nominativ birlik bo'lsa-da, tugal fikr ifodasini bera oladi va bunday paytda nutq birligi maqomini oladi. Albatta, mazkur holatni doimiy deb tushunmaslik lozim. Chunki so'z nutq birligi emas, balki til birligidir. Uning nutq birligi tarzida qo'llanishi, asosan, biror bir voqea-hodisani yoki san'at asarlarini nomlashda ko'p kuzatiladi. Masalan, katta polotnoga chizilgan surat «Tong» deb nomlangan bo'lsa, mazkur so'z matn maqomiga ega ekanligi shubhasizdir. Yoki xaritaning tepa qismiga «Toshkent» deb yozilgan bo'lsa, bu o'rinda ham bir so'z orqali ifodalanayotgan matnni ko'ramiz [3]. Bunday vaziyatda mustaqil so'z tugal fikr ifodasini berib, voqelikka to'liq munosabat bildira oladi. Boshqacha aytganda, bu o'rinda mustaqil so'z orqali ifodalanayotgan predikativlik hodisasi kuzatiladi [4].

Matnning predikativlik belgisi haqida I.R.Galperin quyidagilarni ta'kidlaydi: «Matn mustaqil bir butun hodisa sifatida o'z tarkibiy qismlari orqali ifodalanayotgan predikativ belgilardan farq qiluvchi predikativlikka ega bo'ladi» [5]. Biroq, shuni ham aytish kerakki, bir so'zli matnning predikativ belgisi o'ziga xoslikka ega ekan, u ega-kesimlik, zamon, mayl tushunchalari bilan aloqador emas. Balki faqat modallik hodisasi qurshovida yashaydi. Bu esa, o'z navbatida, I.R.Galperinning predikativlik haqidagi mulohazasi mikromatnga emas, balki makromatnga taalluqli ekanligini ko'rsatadi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ko'rinadiki, matnning har qanday turida ham (mikro- yoki makromatnlarning barchasida) predikativ belgi mavjud bo'ladi. Matn semantik jihatdan yaxlitlikni, tugallangan fikr ifodasini berar ekan, uni predikativlik tushunchasidan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Matnning har qanday shakli ham, shu jumladan bir so'zli mikromatn ham, voqelikka munosabat bildiradi. Bu esa, o'z navbatida, uning predikativli sintaktik butunlik ekanligidan dalolat beradi. Lekin, shuni ham aytish kerakki, predikativlik hodisasini matnnig grammatik jihatdan tuzilishi bilan bog'lash noo'rindir, zotan, predikativlik mantiqiy hodisadir. Bu haqda ko'pgina ilmiy manbalarda ma'lumot berilgan.Masalan prof. V.N Migirin mazkur hodisani shunday tavsiflaydi: «Predikativlik grammatik jihatdan o'zini oqlay olmadi.Predikativ munosabat tushunchasini faqat mantiqiy nuqtayi nazardan talqin etish mumkin» [6].

Bir so'zli matnning ifoda materialini kengaytirib bo'lmaydi. Agar u kengaytirilsa, matn maqomi o'zgaradi. Qiyoslang: «Tong»-«Tong shabadalari», «Toshkent»- «Toshkent oqshomi».

Bir so'zli matnning ifoda materialini kengaytirib bo'lmaydi. Agar u kengaytirilsa, matn maqomi o'zgaradi. Qiyoslang: «Tong»-«Tong shabadalari», «Toshkent»- «Toshkent oqshomi».

Mikromatn tub yoki yasama so'z bilan ifodalangan bo'lishi mumkin. Har ikki holatda ham til belgisi sifatida uning ifodalovchi va ifodalanuvchi jihatlari ko'zga tashlanadi. Bunda uning ifodalovchi jihati fonemalar majmuasidan iborat bo'ladi, ifodalanuvchi jihati esa boshqa til belgilaridan keskin farqlanadi, zotan, ayni paytda yolg'iz leksemaga xos ma'no ifodasi emas, balki butun bir matnga xos tugallangan mazmuniy ifoda voqelanadi.

Shuni ham aytish kerakki, tub yoki yasama so'z bilan ifodalangan matnlar «komponent» tushunchasi nuqtayi nazaridan farqlanadi. Boshqacha aytganda, tub so'z bilan ifodalangan matnda «komponent» tushunchasi kun tartibiga qo'yilmaydi. Chunki uning tarkibida faqat fonemalar munosabati kuzatiladi. Yasama so'z bilan ifodalangan matn tarkibida esa morfemalar munosabati ham mavjudligi uchun ularni shartli ravishda mikromatn komponenti deb nomlash mumkin. Aslida esa morfema matn komponenti maqomiga ega bo'la olmaydi. «Ishchi», «Paxtakor». Biroq shunday bo'lsa ham, yasama so'z orqali ifodalangan mikromatn tarkibida morfema o'zidan kichik til birligi - fonema uchun qo'llanish obyekti vazifasini bajaradi va bu orqali til sistemasi unsurlari o'rtasida pog'onali (iyerarxik) munosabat vujudga keladi. Boshqacha aytganda, fonemalar va morfemalar o'rtasidagi munosabatning har biri, o'z navbatida, tilning mikrosistemalar qolipida amalda qo'llanilishini aks ettiradi va uning eng kichik birliklari sanalmish fonemalar va morfemalarning qo'llanilishi jarayonida pog'onali munosabat sodir bo'ladi.

Tub so'z bilan ifodalangan mikromatn semantik derivatsiya mahsuli sanaladi va shu bois uning shakllanishi faqat pragmatik muhit bilan bog'liq bo'ladi. Yasama so'z qolipida kelgan mikromatn derivatsiyasi esa affiks morfema orqali ifodalangan operatorga tayanadi. Boshqacha aytganda, bunda leksik derivatsiya qonuniyatlari ahamiyat kasb etadi. Tub so'z bilan ifodalangan mikromatnning semantik derivatsiyasi nol operatorli bo'ladi. Bunday operator tilning biror real vositasi orqali ifodalanmaydi. Yasama so'z qolipidagi matn derivatsiyasini esa real operatorli deb nomlaymiz, zotan, bunda operatorlar vazifasida aniq ifodali affiks morfema ishtirok etadi[7].

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Aytish lozimki, derivatsiya hodisasi operatorsiz voqelanmaydi. Chunki operator leksik derivatsiyada ham, sintaktik derivatsiyada ham ularning vujudga kelishini ta'minlovchi asosiy vosita sanaladi. Shu bois derivatologiyada operator derivatsiyaning mutlaq hokim unsuri sifatida talqin etiladi [8]. Biroq operator morfologik unsur orqali ifodalanmagan bo'lishi ham mumkin. Bunday vaziyatda, yuqorida eslatilib o'tilgani singari, «nol operator» tushunchasidan foydalanamiz. Nol operator deganda, morfologik vositasiz, faqat nutqiy muhit imkoniyatini, yoki til unsurlarining semantik qurshovi (distributsiyasi) imkoniyatini taqozo etuvchi operatorni tushunamiz.

Derivatsiya, albatta, biror material asosida voqelanadi. Bunday material yoki xomashyoni derivatologiyada operand deb yuritiladi. Masalan, yuqorida berilgan mikromatnlarning har ikkisi ham hosila strukturalar (derivatlar) tarzida tarkibsiz, ya'ni yolg'iz so'z bilan berilgan operandlarga (derivatsiya materialiga, xom ashyosiga) asoslanayotganini ko'ramiz.

So'z birikmasi qolipidagi mikromatnlar ham ba'zi xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'z bilan ifodalangan mikromatnlarga o'xshaydi. Buni birinchi galda ular orqali tugal fikr ifodasi berilishida kuzatamiz. Bundan tashqari, mazkur mikromatnlar ham biror san'at asarining, muayyan voqea - hodisalarning nomlarini atashda, peshtoq yozuvlari materialida voqelanadi. Masalan, Ch.Ahmarovning «Alpomish va Oybarchin», «Zulmatdan ziyo», «Meva ko'targan qiz», «Ayol portereti» singari san'at asarlarining har biriga qo'yilgan alohida nomlar, «Sanoat mollari», «Qariyalar uyi» kabi peshtoq yozuvlari mikromatn sanaladi, zotan, bunday vaziyatda har bir birikma orqali matnga xos bo'lgan fikr tugalligi va yaxlitligi o'z aksini topadi.

Ayni paytda shuni alohida ta'kidlash zarurki, mikromatn maqomida kelayotgan so'z birikmasi odatdagi so'z birikmalaridan keskin farqlanadi. Ravshanki, an'anaviy tilshunoslikda so'z birikmasi nopredikativ nominativ birlik sifatida talqin etiladi [9]. Bunday birliklarni Ye.S.Kubryakova kichik sintaksisda o'rganish lozimligini ta'kidlaydi va ular jumlasiga barcha moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqasidagi sintaktik qurilmalarni kiritadi. Ye.S.Kubryakova shu bilan birga, so'z birikmalari sintaksisini kichik sintaksis deb atash lozimligini aytadi [10].

Bu o'rinda shuni ham aytish kerakki, an'anaviy tilshunoslikda so'z birikmasi masalasi, uning lingvistik maqomi hamon izohtalabdir. Uni ba'zi tilshunoslar til birligi deb atasalar, ayrim olimlar nutq birligi deb, boshqalari esa na til, na nutq birligi deb hisoblaydilar. Masalan, L. M. Vasilev so'z birikmasini qat'iy ravishda til birligi deb talqin etsa [11], Yu.V.Fomenko uni til birliklari jumlasiga ham, nutq birliklari qatoriga ham qo'shmaydi, balki gap tarkibida voqelanuvchi erkin kombinatsiya mahsuli deb ataydi [12]. Bizning tadqiqotimizda esa erkin so'z birikmalari nutq birligi sifatida talqin etilmoqda.

Mikromatn tarzida qo'llanayotgan so'z birikmasi, odatda, doimiy ravishda voqelikka munosabat bildirib predikativlik belgisiga ega bo'ladi. Buning asosiy boisi mazkur birikmaning tugallangan fikr ifodasini berishi bilan uzviy bog'liqdir.

Umuman olganda, so'z birikmasi voqelikka munosabat bildirganda ham, bildirmaganda ham nominativ ma'no uning doimiy hamrohidir. Bunday sifatga mikromatn maqomida kelgan so'z birikmasi ham egadir, albatta. Biroq unda nominativlik global ko'rinishda bo'ladi. Ayni paytda voqelanayotgan nominativlik yaxlit fikr ifodasini berish bilan bevosita aloqadordir. To'g'rirog'i, u fikr ifodasiga singdirilgan bo'ladi. Masalan, «Bizning qishloq» so'z birikmasi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

bilan berilgan san'at asarining nomida, shubhasiz, atash ma'nosi mavjud. Lekin bunda ana shu nom orqali «Ko'ring, havas qiling! Ana bu go'zal manzara bizning qishloqdir» degan yaxlit fikr ifodasi ham o'z aksini topmoqda. Bu o'rinda N.Turniyozovning quyidagi fikrini keltirish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz: «Nominativlik ma'nosini ayni paytda nisbiy tushunmoq kerak, zero, nominativlik bilan kommunikativlik o'rtasiga «xitoy devori» qo'yib bo'lmaydi. Hatto alohida olingan bir so'zda ham kommunikativlik belgisi mavjud bo'lishi mumkin»[13].

Mikromatn maqomida kelgan so'z birikmasining xarakterli jihatlaridan biri shundaki, uning tarkibiga qo'shimcha leksik komponentlar kiritilganda ham, shakli kengayishiga qaramay, maqomi o'zgarmaydi. Fikr isboti uchun quyidagi birikma tarkibiga qo'shimcha leksik komponent kiritib ko'raylik: «Meva ko'targan qiz» - «Meva ko'targan hasharchi qiz».

Ko'rinadiki, birikma tarkibiga yangidan qo'shilayotgan so'z uning mikromatn maqomini o'zgartira olmaydi. Bunday vaziyatda birikmani tashkil etayotgan komponentlar soni ko'payadi, xolos.

So'z birikmasi qolipidagi mikromatn komponentlari alohida so'zlardan iborat bo'ladi. Bunda har bir so'z o'zicha alohida sistemani tashkil etib, mikrosistemalarning (fonologik va morfemik) real voqelanishi uchun makon vazifasini bajaradi va o'zicha mustaqil struktura hisoblanishi mumkin. Pirovard natijada esa, mazkur strukturalar majmuasidan birikma ichida faollik olayotgan sistema vujudga keladi. Bu, albatta, mikromatn doirasida til unsurlarining pog'onali munosabatini voqelantiradi. Boshqacha aytganda, so'z birikmasi qolipidagi mikromatn sathida fonema morfemaning yohud so'zning, morfema so'zning, so'z esa birikmaning sathida qo'llanilib, ularning barchasi sintagmatik chiziqda o'zaro kesishadi. Bu, o'z navbatida, tilning har bir unsurining amalda qo'llanilishi ikkinchisi bilan uzviy bog'liqligidan dalolat beradi. L.Yelmslev ta'biri bilan aytganda: «F.d.Sossyur davridan boshlab ta'kidlanib kelayotgan ba'zi til unsurlarining biri ikkinchisi bo'lmasa mavjud bo'la olmasligi to'g'risidagi g'oya haqiqatdir»[14]

Mikromatn qolipidagi so'z birikmasi sintaktik derivatsiyasi aksariyat hollarda real operatorga asoslanadi. Fikr dalili uchun yuqorida berilgan birikma shaklidagi mikromatnlar derivatsiyasiga e'tibor qarataylik: «Ayol portreti». «Meva ko'targan qiz». «Alpomish va Oybarchin».

Keltirilgan misollarning birinchisida derivatsiya operatori (-ning: ayolning) belgisiz kelmoqda. Bunday vaziyatda operatorni nol ifodali deb bo'lmaydi. Chunki tushirilgan operatorni istalgan paytda o'z o'rniga tiklash mumkin: «Ayolning portreti».

Ikkinchi misolda birikmaning sintaktik derivatsiyasi sifatdoshning -gan shakli bilan ifodalangan operatorga tayanmoqda. Uchinchi misolda esa va bog'lovchisi operator vazifasini bajarmoqda.

So'z birikmasi matn maqomida kelganda nol operatorli derivatsiya mahsuli bo'lishi ham mumkin. Masalan, san'at asarining nomlari sifatida qo'llangan «Suvchi yigit», «Tadbirkor qiz», «Keksa bog'bon» kabi so'z birikmalari sintaktik derivatsiyasi nol operatorga asoslanishini ko'ramiz. Mazkur birikmalar derivatsiyasi operandlari mazmuniy jihatdan ham, sintaktik jihatdan ham distributiv salohiyatlariga ko'ra bog'lanadi.

So'z birikmasi qolipidagi mikromatn derivatsiyasining operandlari masalasiga kelsak, ularning minimal shakli ikki so'zdan, maksimal shakli esa ikkidan ortiq so'z bilan

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 21S1-3S6S SJIF-2G23: 3.S12 j ISI: G.539 j VOLUME 2, ISSUE 1, 2G24

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ifodalanishini ko'ramiz. I.R.Galperin bunday matn komponentlari xusucida so'z yuritganida quyidagilarni aytadi: «Ba'zi tilshunoslar matnning quyi chegarasi ikki so'z bilan ifodalanishini, yuqori chegarasi esa cheklanmasligini ta'kidlaydilar» [5]. Bizningcha, matnning quyi chegarasi ikki so'zni emas, balki bir so'zni, yolg'iz grafema bilan ifodalanishi mumkin bo'lgan mikromatnni hisobga olmaganimizda, taqozo etadi. Buni bir so'zli mikromatnlar misolida ko'rib o'tgan edik. Matnning yuqori chegarasi esa, I. R.Galperin aytgani singari, cheksizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Лингвистический энциклопедический словарь. - M., 1990. - С. 507

2. Mbramm Н.Л. Внутряняя жизнь текста. - Пермь, 1998. - С. 14.

3. Turniyozov N. Matn lingvistikasi. - Samarqand, 2004, 16-24 -betlar.

4. Xayrullayev X.Z. So'z, so'z birikmasi va gapning predikativlikka munosabati // Nomz. dis. avt. - Toshkent, 2001, 11-12- betlar.

5. Гальперин И.Р. О понятии текст // Вопросы языкознания, 1974, № 6. - С.

75.

6. Mигирин В. Н. Язык как система отображения. - Кишинёв, 1973.-С.103.

7. Turniyozov N.Q. O'zbek tili derivatsion sintaksisiga kirish. - Samarqand, 1990, 7-9 - betlar.

8. Храковский В.С. Трансформация и деривация // Проблемы структурной лингвистики-1972.- M.,1973. -С.599.

9. Звегинцев В.А. Предложение и его отношение к языку и речи.- M., 1976.-С.133-134.

10. Кубрякова Е.С. Номинативный аспект речевой деятельности. -M.: Наука, 1986, 157 с.

11. Васильев Л. M. Современная лингвистическая семантика.- M., 1990.- С.48-

49.

12. Фоменко Ю. В. К вопросам о предмете синтаксиса// Предложение в русском языке - Омск, 1985.-С.11

13. Turniyozov N. Nazariy grammatikadan ocherklar. - Samarqand, 1998, 16-bet.

14. Ельмслев Л. Пролегомены к теории языка // Новое в лингвистике, вып. 1. - M., 1960. - С. 283.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.