ENEGMATIK MATNLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA TARBIYALANUVCHILARI TASAVVURINI KENGAYTIRISH Xoliqova Muxtasarxon Qurbonali qizi
Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6582299
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish, enegmatik matnlar yordamida maktabgacha tarbiyalanuvchilari tasavvurini kengaytirish yo'llari yoritiladi.
Kalit so'z: matn, mikro va makro matn, ilmiy-ommabop matn, matn tuzilishi, matn elementlari, nutq, muomala, Davlat talablari, "Ilk qadam".
РАСШИРЕНИЕ ВООБРАЖЕНИЯ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ЭНЕГМАТИЧЕСКИХ ТЕКСТОВ
Аннотация. В данной статье рассматриваются способы совершенствования речи дошкольников и расширения воображения дошкольников с помощью энегматических текстов.
Ключевые слова: текст, микро- и макротекст, научно-популярный текст, структура текста, элементы текста, речь, поведение, требования состояния, «Первый шаг».
ENEGMATIC TOPICS BROADENING THE IMAGINATION OF PRESCHOOLERS USING
Abstract. This article discusses ways to improve the speech of preschool children and expand the imagination of preschoolers with the help of enegmatic texts.
Keywords: text, micro and macro text, popular science text, text structure, text elements, speech, behavior, state requirements, "First step".
KIRISH
«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O'zbek tilining izohli lug'atida3 matn so'zining arabchadan o'zlashganligi, eskirgan kitobiy so'z ekanligi va aynan tekst so'zi anglatgan ma'noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug'atning 156-betida tekst so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi: 1. Yozilgan, ko'chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar, yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo'lgan she'r, so'z. 3.Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi. Bu ta'rifda matnning asosiy xususiyatlari to'g'ri ko'rsatilgan. Faqat axborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so'zi anglatadigan ma'no yanada ortganligini ko'rishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste'molda faollashdi.
METODLAR (TADQIQOT METODLARI)
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so'z birikmasi va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o'z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi aytiladi. Tilshunos M.X.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag'ishlangan dissertatsion ishida bu haqda shunday Yozadi: Matn so'zining lug'aviy ma'nosida birikish,
bog'lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o'zaro qaysidir bog'lovchilar yordamida birikishini o'rganish «Matn tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo'lib qoldi. Matn birliklarining o'zaro bog'lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha ko'rinishi, olmosh turkumiga oid ba'zi so'zlar, gapning so'roq shakliga xos bo'lgan ko'rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida alohida o'rin tutadi.4 Mazkur ishda muallif «matn» atamasini «nutq», «kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini ta'kidlaydi. Nutq og'zaki va yozma shakllarda namoyon bo'ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. «Nutq sub'ektdan adresatga yo'naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat ob'ektiv informatsiyadan iborat bo'lmay, balki o'ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko'rinishidir».5 Tilshunos olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi aloqani maydonga keltiradigan butunlikka matn deyiladi»6 deydi. Ilmiy adabiyotlarda kontekst atamasi nutqiy vaziyat mahsuli deb ko'rsatiladi. «Kontekst - bu bir leksik Yoki grammatik birlik asosida ifodalangan ma'no Yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida bo'yicha bu - so'z birikmasi, ba'zan gap, kamdan-kam abzats Yoki yaxlit matnga teng keladi». Masalan, tuyoq so'zi hayvonga aloqador a'zo hisoblanadi: Loyi ko'pirib yotgan yo'lda ot taqalari, mol tuyoqlaridan hosil bo'lgan chuqurchalarni limmo-lim to'ldirgan sariq zardoblar jimirlab, yoni-veridan sirqib yotardi (P.Tursun). Mazkur so'z insonga nisbatan qo'llanilganda salbiy ottenka birinchi planga chiqadi: Obro'ying borida tuyog'ingni shiqillatib qol. Kontekst so'zlarning semantik ma'nosi reallashadigan o'ziga xos maydon, nutqiy vaziyat hisoblanadi. Bu o'rinda S.D.Katsnelsonning quyidagi fikrini keltirib o'tish o'rinli: «Borliqning mavjud dalillari lug'atlarda berilganidek alohida so'zlarda emas, balki nutqiy aloqalarda, tugal xabarlarda, matnlarda, ularning minimal bo'lagi bo'lgan gaplarda aks etadi... So'zlar va ular ma'nolarining ong va borliqqa munosabati gap orqali bog'langan, gapdan tashqarida ular faqat potensial birlikdir, xolos. Ularni mexanizmning detallariga qiyoslash mumkin, ularning vazifasi faqatgina butun bir mexanizm bilan aloqada tushuniladi».
Tilshunos E.Qilichev «Matnning lingvistik tahlili» deb nomlangan kitobida «Matn -hamma elementlari o'zaro zich aloqada bo'lgan va avtor nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan nominativ - estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma» degan ta'rifni keltiradi. I.R.Galperin matnning ma'lumot berish, bo'linuvchanlik, kogeziya (aloqalar sistemasi), kontinium (vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi, retrospeksiya va prospeksiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida ma'lumot beradi. Umuman matn, deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo'lgan, tugallangan, Yozma shaklda mavjud bo'lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog'langan, aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Tilshunos I.Rasulovning fikricha, gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo'lib, u fikran va sintaktik jihatdan o'zaro bog'liq bo'lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to'liq bo'ladi.
Hozirgi davrda matn turlari va ularga xos bo'lgan belgi-xususiyatlarni aniqlash davom etmoqda. Biz matnning o'ziga xos belgilari sifatida axborot berish, mustaqil gaplar yoki murakkab sintaktik butunlikdan tashkil topishi, tarkibiy qismlar orasida mazmuniy va sintaktik aloqalarning mavjudligi, makon va zamon izchilligi, yaxlitligi va tugallanganligi, bir umumiy mavzuga egaligi kabilarni tushunamiz. Matn ana shunday belgilarni o'zida mujassamlashtirgan
2G22 № 2
murakkab kommunikativ - sintaktik butunlikdir. Yu. M. Lotman «matn ifodalilik (ma'lum bir fikr ifodalangan bo'lishi), chegaralanganlik (mazmun va ifodadagi me'yoriylikning bo'lishi) va struktural butunlik belgilariga ega bo'lishi lozim»ligini ta'kidlaydi. Ayniqsa, badiiy matn uchun mazkur belgilar favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
NATIJALAR (TADQIQOT NATIJALARI)
Tilga o'rgatish, nuqtni rivojlantirish nafaqat lingvistik sohada (bolaning til ko'nikmalarini - fonetika, leksika, grammatikani egallab olishi), balki bolalarning o'zaro hamda kattalar bilan muloqotini shakllantirish sohalarida ham ko'rib chiqilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, e'tiborga molik vazifa nafaqat nutq madanitini, balki muloqot madaniyatini ham shakllantirishdan iborat bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini o'zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, bir xil yoshdagi bolalarning nutqiy darajasi bir-biridan mutlaqo farq qilishi mumkin.
Maktabgacha yoshda nutqni o'stirish va rivojlantirish (ona tilini egallash) o'z tabiatiga ko'ra ko'p qirrali jarayon hisoblanadi. U aqliy rivojlanish bilan uzviy bog'langan, chunki insonning rivojlangan tafakkuri - bu nutqiy, til, so'z-mantiqiy tafakkurdir. Nutqiy rivojlanish, tilni egallash va aqlni, bilishni rivojlantirish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik tafakkurni rivojlantirish uchun tilning qanchalik muhim ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Shu bilan birga nutqiy (til) va intellektual rivojlanishdagi o'zaro bog'liqlikni teskari yo'nalishda - intellektdan tilga qarab ham ko'rib chiqish zarur. Bunday yondashuvni shartli ravishda intel-lektning til (lingvistik) funksiyasini tahlil qilish, ya'ni intellekt, fikrlash faoliyatining tilni yegallashdagi ahamiyatini aniqlash sifatida ham belgilash mumkin (F.A.Soxin). Ayniqsa, ravon nutqni, ya'ni mazmunli, mantiqiy, izchil nutqni shakllantirishda nutqiy va intellektual rivojlanish o'rtasidagi uzviy aloqa yanada aniqroq ko'rinadi. Biron-bir narsa haqida tushu-narli qilib so'zlab berish uchun hikoya ob'ektini (predmet, voqeani) aniq tasavvur qilish, tahlil qila olish, asosiy xususiyat va sifat-larni tanlab olish, predmet bilan hodisalar o'rtasida turli nisbat-larni (sabab-oqibat, vaqt) o'rnata olish lozim. Bundan tashqari, ushbu fikrni ifodalash uchun eng maqbul so'zlarni tanlay olishni, oddiy va qo'shma gaplarni tuzishni bilish, alohida gaplar va fikrlarning bo'laklarini bog'lash uchun turli vositalardan foydalanish zarur.
MUNOZARALAR
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar tengdoshlar bilan muloqot asosiy o'rin egallaydigan muloqot sohasidagi chuqur o'zgarishlar bilan bog'liq. Bola katta yoshdagi odamdan ko'ra o'z tengdoshini afzal ko'ra boshlaydi. Birga o'ynayotgan o'rtog'iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo'lgan nutqdagiga nisbatan mazmunliroq bo'lib boradi. Sherik bilan dialog muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy harakatlar tusiga ega bo'ladi. Bola endi qo'shnisining e'tiborini o'ziga jalb qilishni biladi, uning o'zi o'rtoqlarining ishlari va fikrlari bilan qiziqadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari ko'p qirralidir. Bunda bola nutqdan atrofdagilar bilan muloqot o'rnatish, o'ziga, o'z ishlari va kechinmalariga e'tiborni jalb qilish, bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta'sir qilish, o'z faoliyatini yo'lga qo'yish, o'zining va birga o'ynayotgan o'rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va
kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq ob'ektiv munosabatlarning alohida sohasi bo'lib, bola ularni so'zlar, tovushlar, qofiyalar, ma'nolar bilan o'ynash orqali anglab yetadi.
Bola o'zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o'zida mavjud bo'lgan barcha vositalardan va noixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralardan, mimika va harakat) va bevosita nutqning o'zidan foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual portretini hosil qilgani holda o'zaro birgalikda mavjud bo'ladi.
Jaranglayotgan nutqqa bo'lgan qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til borlig'ini eng oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuq hisoblanadi. So'zga nisbatan lingvistik munosabat tovushlar, qofiyalar, mazmunlar bilan to'satdan boshlangan o'yinlar, so'z mazmuni, ularning jaranglashi va mazmuni haqidagi masalalarda ko'rinadi. Til borlig'ini anglash uning barcha - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug'atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko'p ma'noli so'zlarni tushunishga), nutqning tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliyati, ohang ifodaliligi) rivojlantirishga, nutqning grammatik to'g'riligini (morfologiya, so'z hosil qilish, sintaksisni) shakllantirishga, ravon nutqni rivojlantirishga ta'sir qiladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig'ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o'zaro bog'liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so'zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o'ynaydilar. Ular so'z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyasion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan tovushlarni (S-SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so'zda uchragan tovushlarni sezadilar.
Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to'g'riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo'lishi hamda rivojlanishi, aniq va to'g'ri so'zlashga intilish bilan bog'liq. To'g'ri so'zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari - morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o'zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so'z hosil qilishda, (non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og'zaki nutq qurilmasini yengib o'tish: va bog'lovchisini ko'p marta qo'llash orqali gapni cho'zib yuborish, bitta gapda to'g'ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko'zga tashlanadi. Nutqning grammatik to'g'riligiga intilish ko'proq yetti yoshli bolalarga xosdir. Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so'z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to'g'ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
Adabiyotlar
1. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda interfaol usullardan foydalanish. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -14 b.
2. Berdiyeva A. Jismoniy rivojlanishida muammolari bolgan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 5-son. -10-11 b.
3. R.M. Qodirova O'zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o'rgatish. T., "O'qituvchi"1993.
4. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal. (Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.
5. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.