Научная статья на тему 'TURKIY TILLAR TILSHUNOSLIGIDAGI MATN NAZARIYASI VA MOHIYATI TALQINI'

TURKIY TILLAR TILSHUNOSLIGIDAGI MATN NAZARIYASI VA MOHIYATI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
755
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matn nazariyasi / matn lingvistikasi / matn birliklari / abzats / text theory / text linguistics / text units / paragraphs

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Amanov, Abdijabbor Sattarovich

Maqolada o’zbek va boshqa turkiy tilshunosligida matn tushunchasining va nazariyasining mohiyati xususida so’z boradi. Tadqiqot natijalarida turkiy va o’zbek tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORY AND ESSENCE OF TEXT IN TURKIC LANGUAGES

The article discusses the essence of the concept and theory of the text in Uzbek and other Turkic linguistics. The results of the study show the assessment of the text and the different approaches to this phenomenon by linguists in Turkic and Uzbek linguistics.

Текст научной работы на тему «TURKIY TILLAR TILSHUNOSLIGIDAGI MATN NAZARIYASI VA MOHIYATI TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

TURKIY TILLAR TILSHUNOSLIGIDAGI MATN NAZARIYASI VA

MOHIYATI TALQINI

Amanov Abdijabbor Sattarovich

Namangan davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada o 'zbek va boshqa turkiy tilshunosligida matn tushunchasining va nazariyasining mohiyati xususida so'z boradi. Tadqiqot natijalarida turkiy va o'zbek tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi ko 'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: matn nazariyasi, matn lingvistikasi, matn birliklari, abzats

THEORY AND ESSENCE OF TEXT IN TURKIC LANGUAGES

Amanov Abdijabbor Sattarovich,

Senior lecturer of the Department of Uzbek language and literature,

Namangan State University

ABSTRACT

The article discusses the essence of the concept and theory of the text in Uzbek and other Turkic linguistics. The results of the study show the assessment of the text and the different approaches to this phenomenon by linguists in Turkic and Uzbek linguistics.

Keywords: text theory, text linguistics, text units, paragraphs

ТЕОРИЯ И СУЩНОСТЬ ТЕКСТА В ЛИНГВИСТИКЕ ТЮРКСКИХ

ЯЗЫКОВ

Аманов Абдижаббор Саттарович

Старший преподаватель кафедры Узбекского языка и литературы Наманганского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается сущность концепции и теории текста в узбекском и другом тюркском языкознании. Результаты исследования показывают оценку текста и различные подходы к этому явлению лингвистами узбекского и тюркского языкознания.

Ключевые слова: теория текста, лингвистика текста, текстовые единицы, абзацы.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, bu borada avvalo o'z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir" [1]. Biz esa ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirishni o'zimiz uchun eng ustuvor, uzviy davom etadigan yuksak maqsad deb bilishimiz va bu masalaning ahamiyati hech qachon e'tiborimizdan chetda qolmasligi zarur.

Matn tilshunosligi so'nggi o'nyilliklar davomida tilshunoslikning muhim sohalaridan biriga aylandi. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, tilshunoslikning bosh vazifasi muayyan tilda mavjud bo'lgan hodisalarni, ularning amal qilish qonuniyatlarini tadqiq etish, tushuntirib berishdan iborat bo'lar ekan, har qanday tadqiqotchi bevosita o'sha tilda yaratilgan matnlarga murojaat qiladi.

Odamlarning o'zaro muloqoti bir-biriga aloqasi bo'lmagan parokanda gaplardan emas, aksincha, turli shakl va mazmunga ega bo'lgan matnlardan iborat bo'ladi.

Insoniyat jamiyati vujudga kelgandan buyon ular o'rtasidagi munosabatlar orasida eng muhimi va eng murakkabi lisoniy aloqalardir. Ularni, to'g'rirog'i, o'sha aloqalar mohiyatini o'zida aks ettirgan matnlarni o'rganish, ularni tuzish qonun-qoidalarini tahlil qilish ham amaliy, ham nazariy jihatdan katta ahamiyatga egadir.

Filologiya fanini va boshqa gumanitar fanlarni xalqlar madaniyati, tili hamda adabiyoti namunalarini o'zida mujassamlashtirgan matn haqidagi bilimlarning majmui deb hisoblash mumkin.

Turkiy ilm-fanda matn tilshunosligi hali yetarlicha o'rganilmagan sohalardan biri sifatida qolmoqda. Shunday bo'lsa-da so'nggi vaqtlarda mazkur masala ham o'z yechimini topib borayotgani quvonarli, albatta.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ozarbayjon tilshunosligida matn nazariyasi (garchi uning bu borada ma'lum tarixiy asoslari, imkoniyatlari bo'lsa-da) faqat o'tgan asrning 80-yillariga kelibgina keng ma'nodagi tadqiqot mezonga aylandi. Hatto, M.F. Kazembek o'zining "Grammatika"sida shunday deb yozgan edi: "Turkiy tillar boshqa sharq tillari ichida juda katta miqdorni tashkil etsa-da ushbu noqulayliklarni (tinish belgilari va katta harflarning yo'qligi) yengillashtirish uchun bir butunni tashkil etuvchi jumla va gaplarni birlashtirishga harakat qiladilar"[2]. U mana shu fikrlari bilan murakkab sintaktik butunlik masalasiga juda yaqin keladi.

Scientific Journal Impact Factor

Bundan tashqari, tilshunos K.M.Abdullaevning ozarbayjon tili materiallariga oid bir nechta maqolalari mavjudligini ham aytib o'tish maqsadga muvofiq [3].

Uning fikricha, matn "ikki yoki undan ortiq mustaqil gaplardan iborat bo'lgan, ichki xususiyatlariga ega bo'lgan murakkab sintaktik butunlikdir. Ammo gaplarning tasodifiy yig'indisi hali matn degani emas, aniqrogi, yaxlit bir butunlikni yuzaga keltirmaydi. O'ziga xos, takrorlanmaydigan matnnni shakllantiruvchi qandaydir tamoyillar bo'lishi lozim" [4, 5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ozarbayjonlik tilshunos K.N. Veliyev matnlarni mikromatnlar va makromatnlar kabi ikki guruhga ajratadi. Uning yozishicha, "birinchi darajali mikromatnlar murakkab sintaktik butunlikni, ikkinchisi - bir nechta (ikki yoki undan ortiq) murakkab sintaktik butunlikni birlashtirgan yaxlitlikni, uchinchi darajali mikromatnlar esa - alohida bayon etilgan fikr yoki boblarni qamrab oladi. Makromatn esa butun bir asardir" [6]. Ushbu maqolada olim murakkab sintaktik butunlikning yuzaga kelishida bog'liqlikning roliga katta urg'u beradi.

U ozarbayjon tiliga xos bo'lgan matnlarni hosil qiluvchi vositalar orasidan shakliy va mazmuniy vositalarni ajratib ko'rsatadi:

Shakliy vositalar :

1) takror;

2) so'z tartibi;

3) u yoki bu elementni qo'shish yoki alohida belgilash;

4) bog'lamlar;

5) modal so'zlar;

6) olmoshlar yoki qayta nomlovchi nutqning boshqa qismlari;

7) sinonimik birliklar.

Mazmuniy vositalar:

1) eslatma;

2) bog'liqlik;

3) o'ziga xoslik;

4) ajratilganlik;

5) aniqlik va noaniqlik.

Olim matn tarkibiy qismlari o'rtasidagi aloqa usullarini aniqlash bilan birga u ko'plab olimlar kabi matn qismlari orasidagi bog'lanishlar zanjirli, parallel bog'lanish mavjudligini e'tirof etadi va uchinchi zanjirli-paralel bog'lanish turini ham ajratadi [6].

Scientific Journal Impact Factor

Turkman tilshunosi M.Begliev Butunittifoq turkologlari konferensiyasida qilgan ma'ruzasida turkman tilida gaplarning aktual bo'linishi muammosiga to'xtaldi. Matnning gap va undan kattaroq birliklarini (paragraf, murakkab sintaktik butunlik) funktsional nuqtai nazarini aniqlash asosida turli xil tuzilish va tarkibiy qismlarning bayonida tema va rema o'rtasidagi aloqa asoslarini o'rnatishga harakat qilindi[7].

O'tgan asrning 50-yillari oxirida tatar tili sintaksisida izchil nutq masalasi o'rganila boshlandi, 60-yillarning boshlariga kelib mustaqil gaplar orasidagi o'ziga xos bog'liqlikni hamda murakkab sintaktik butunlik xususiyatlarini o'rganila boshlandi. Faqat 80-yillarning boshlaridagina tatar tili sintaksisida "Matn sintaksisi" nomli alohida bo'lim ajratilgan. Bu bo'limda matnning shakllantirish usullarini to'liq va yetarli darajada yoritib berish uchun sodda va murakkab gaplarni tarkibiy va mazmuniy birlashishi muammolari tahlil qilinadi.

Matn nazariyasi to'g'risida birinchi ma'lumotlar professor M.Z. Zakievning universitet talabalari uchun mo'ljallangan darsligida uchraydi. Mazkur qo'llanmada, asosan, matnning semantik, kommunikativ, tarkibiy, kompozitsion, grammatik yaxlitligi muammolariga alohida e'tibor qaratilgan.

Boshqird tilshunosligida matnning mohiyati, uni tashkil etuvchi vositalari va matn tarkibiy qismlariga oid masalalar G.G. Saitbattalovning asarida o'z aksini topdi[8]. Olim boshqird tilida so'zlarning tartibini o'rganish jarayonida "keyingi gapdagi so'zlar, oldingi gaplarning mazmuniga qarab belgilanadi" deb ta'kidladi. Ammo keyinchalik ushbu fikrlar e'tiborsiz qoldirildi.

Boshqird tilshunosligida matn birinchi marta D.Tikeev asarida lingvistik tadqiqot ob'ekti sifatida ko'rib chiqildi[9]. U matn sintaksisi va tuzilishi haqida qisqacha ma'lumot berdi, interfaol aloqaning leksik, leksik-grammatik, sintaktik vositalarini tahlil qildi. U leksik vositalar sifatida so'zlarni takrorlash, sinonim almashtirish, bitta gap doirasida mazmuni to'la ochilmaydigan so'zlar va so'z birikmalarini nazarda tutadi.

O'zbek tilshunosligida matnning mohiyati, uni shakllantiruvchi vositalar va matn tarkibiy qismlariga oid masalalar tadqiqiga bag'ishlangan asarlar ham talaygina. Akademik G'.Abdurahmonov[10] 1980-yilning 10-12 sentyabrida Toshkentda bo'lib o'tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III konferentsiyasida matn borasida to'xtalib fikrlarini bildirgan hamda bir qator matn turlarini ajratib ko'rsatgan edi. A.G'ulomov "Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis" darsligi (M.Asqarova bilan hamkorlikda)ni uchinchi nashrini tayyorlash davomida matn xususidagi fikrlarini yozib qoldirgan edi. Mazkur asarda olim asar mazmuni to'liq shakllantirilgan matndangina anglashilishini gapdagi fikr tugalligi esa nisbiy xarakterga ega ekanini

Scientific Journal Impact Factor

ta'kidlaydi: "1. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo'shma gap) doirasi bilangina chegaralanmaydi. To'liq fikrni, odatda, gapdan yirik bo'lgan sintaktik butunlik beradi. Gap bu butunlik sostavida uning bir komponenti sanaladi. 2. Bu komponent shu butunlikdagi boshqa komponentlar bilan har jihatdan (mazmun, grammatik) turli vositalar orqali bog'langan bo'ladi. Uning o'z kompozitsiyasi va stilistik xususiyatlari saqlangan bo'ladi. 3. Sodda gap butunlik sostavida ma'lum sharoitlarda o'zicha bir abzatsni tashkil qilishi mumkin... 4. Bunday sintaktik butunlik, sintaktik konstruktsiya matn sanaladi. Ayrim - uzuq gap nisbiy tugal fikrni ifodalaydi, matn butun bir kompleksning mundarijasini bildiradi. 5. Matn bir butunlik bo'lganligidan, u o'z mundarijasiga mos keladigan ayrim sarlavhalarga ega bo'lishi ham mumkin. Matn ayrim segmentlarga - qismlarga (ayrim parchalarga, abzatslarga, gaplarga) bo'linadi). Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi ekanligini matn yana ham aniq ko'rsatadi. Nutq matn tusida namoyon bo'ladi. 6. Matn - yirik nutq parchasi, abzats esa matnning bo'lagi. Matnning hamma ko'rinishlari (maksimal matn va minimal matn) ma'lum bir temani (mundarijani) tugal ifodalaydi. Demak, u - yuqori darajadagi sintaktik birlik.

Matnning bu xususiyatlarini hisobga olib, ba'zi tekshiruvchilar uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (matn grammatikasi, matn lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. Ba'zilar esa uni matn sintaksisi deb atab (so'z birikmasi sintaksisi, sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko'ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta'kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo'shma gap sintaksisi emas, balki matn sintaksisi bo'ladi. Tekshiruvchilarning ko'pchiligi bu sohani birinchi qarash bo'yicha yoritmoqdalar[11].

A.G'ulomov qayd etgan qoidalarda matn tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlar anchayin batafsil ta'riflangan.

M.To'xsonov o'zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi unsurlarning bog'lovchi vositalari tizimini nomzodlik dissertatsiyasida tadqiq etgan[12]. Mazkur nomzodlik ishi o'zbek tilshunosligidagi mikromatn va uni tashkil etuvchi birliklarni tadqiq etishga bag'ishlangan ilk izlanishlardan biri bo'ldi.

A.Mamajonov tomonidan filolog-talabalar uchun mo'ljallangan "Tekst lingvistikasi"[13] nomli maxsus kursida matn tilshunosligida ko'rilishi mumkin bo'lgan bir talay masalalarga yetarlicha munosabat bildirildi.

Scientific Journal Impact Factor

Olimning bu boradagi fikrlari tilshunos M.Abdupattoyev bilan hamkorlikdagi "Matn sintaksisi" nomli o'quv qo'llanmasida ham kengaytirilgan holda o'z aksini topdi[14].

"Ilmiy matn va uning birliklari orasidagi mazmuniy munosabatni ifoda etuvchi bog'lovchilar, ularning o'ziga xos xususiyatlari va vazifalarini aniqlashga yo'naltirilgan ishlarga hissa qo'shish, ilmiy matnda muallifning xususiy munosabati hamda uning turlarini belgilash" nomli nomzodlik dissertatsiyasi M.Hakimovga tegishli bo'lib, u o'zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlarini aniqlashga yo'naltirilgan[15].

Shu olimning doktorlik dissertatsiyasi o'zbek tilidagi matnlarning pragmatik talqiniga bag'ishlangan. Dissertatsiyada o'zbek matnlarida ochiq yoxud yashirin holda mazmunning ifodalanish qonuniyatlari ochib berilgan[16].

Shu o'rinda o'zbek tilshunosligida mavzuga doir bir qancha ilmiy maqolalar chop etilgani va chop etilayotganini aytish joiz[17].

Matn tilshunosligi masalasi bilan shug'ullanayotgan yana bir qator tilshunoslar ham borki, ularning ishlarida o'zbek tilida yaratilgan, ilmiy, badiiy, gazeta matnlarning turli aspektlari tadqiqot obyekti sifatida qalamga olingan. Xususan, N.Turniyozovning ta'limiy xarakterdagi "Matn lingvistikasi" nomli qo'llanmasi[18], turli vazifaviy uslubdagi matnlarni statistik metodlar asosida o'rganish usullari, ko'rinishlari haqidagi B.Yo'ldoshevning "Matnni o'rganishning lingvostatistik metodlari" uslubi qo'llanmasi[19], psixolingvistikadagi matnning mazmuniy pertseptsiyasiga oid umumnazariy qarashlar sharhi berilgan I.Azimovaning nomzodlik dissertatsiyasi[20], M.Yo'ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag'ishlangan doktorlik dissertatsiyasi[21], matn hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq qilishga bag'ishlangan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi[22], matn va kommunikatsiya, matn va uning tiplari, matn va uning qismlarini bog'lovchi vositalar, nutq uslubi va uning ko'rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik, leksik-grammatik xususiyatlari, badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari va usullari haqida so'z borgan M.Qurbonova, M.Yo'doshevlarning "Matn tilshunosligi" nomli o'quv-uslubiy qo'llanmalarida[23] matn lingvistikasi yuzasidan turli yo'nalish va aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va bu harakat davom etmoqda.

Matn eng qiyin lingvistik tadqiqot ob'ektlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, tilshunoslik fanida hali matnning barcha uchun maqbul bo'lgan va hamma tomonigan

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

birdek qabul qilingan umumiy ta'rifi ishlab chiqilmagani tabiiy holdir. Mahalliy va tokiy tilshunos olimlaming ko'plab tadqiqotlaгiga asoslanib, biz matnga quyidagicha ta'rif berishga qaгoг qildik: matn - bu muayyan bir mavzu doirasida bir nechta gaplaming ma'lum leksik va grammatik vosita^ bilan bog'lanishidan bino bo'lgan mantiqiy nutqdir.

Ilmiy tadqiqotimiz davomida tokiy va o'zbek tilshunosligida matnning mohiyati, uni shakllantiruvchi vositalar va matn tarkibiy qismlariga oid masalalar tadqiqiga bag'ishlangan asaгlaгni tahlil qilib o'tdik. Xulosa o'mida aytishimiz mumkinki, turkiy ilm-fanda matn tilshunosligi hali yetariicha o'гganilmagan sohalardan biгi sifatida qolmoqda. Bu esa tokiy va o'zbek tilshunosligida badiiy matnlar tahlili yuzasidan tuгli yo'nalish va aspektlarda ilmiy tadqiqot^ olib boгisЫik zaruriyatini anglatadi.

REFERENCES

1. Ш. Мирзиёев. "Узбек тилининг давлат тили сифатидаги нуФузи ва мавкеини тyбдaн ошириш чора-тадбирлари тугрисида" Узбекистон Республикаси Президентининг "ПФ-5850-сон Фармони. 21.10.2019

2. Казембек М.А. Обща я грамматика турецко-татарского языка. 2- е изд. Казань, 1846.

3. Абдуллаев K.M. Определение границ сложного синтаксического целого. Советская тюркология. 1978. № 5.

4. Абдуллаев K.M. Об одном критерии определения границ текста в азербайджанском языке. Советская тюркология. 1987. № З. С.З1-38 .

5. Келемен Я. Текст и значение // Семантика и художественное творчество. М.: Наука, 1977.

6. Велиев К.Н. Сложное синтаксическое целое и его поэтические конституенты в эпическом тексте // Советская тюркология. №1970 . №6 . С.17-30 .

7. Материалы IV Всесоюзной тюркологической конференции // Советская тюркология. 1986. № 6. С.58

8. Саитбатталов Г. Г. Башкирский язык // Синтаксис простого предложения. -1999. - Т. 1. С.З51

9. Тикеев Д.С . Башкорт телене синтаксик телелешен ейрэнеу. Эфе , 1996. С.120-140 .

10. Всесоюзная туркологическая конференция // Советская туркология.-Баку,1981,№1,С.93

Scientific Journal Impact Factor

11. G'ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. O'qituvchi. Toshkent-1987, 6-7-betlar.

12. Tuxsanov M. Mikrotekst i sistema virajeniya ego kogerentnosti v uzbekskoy xudojestvennoy rechi: Avtoref. diss. ...k-ta filol. nauk. -Tashkent-1987.

13. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. Toshkent-1989.

14. Mamajonov A., Abdupattoyev M. Matn sintaksisi. Farg'ona-2002.

15. Hakimov M. O'zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol. fan. n-di ...diss. Toshkent-1993.

16. Hakimov M. O'zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fan. d-ri ...diss. Toshkent-2001.

17. To'xsanov M. Mikromatn va uning kommunikativ yaxlitligi // O'zbek tili va adabiyoti, 1990, N5, 66-69-betlar; Shahobiddinova Sh., Isoqov Z. Matn va uni bog'lovchi vositalardan biri // O'zbek tili va adabiyoti, 2004, N6, 75-76-betlar; Muhamedova D. Mikromatn ko'rinishida kesimlarning teng aloqaga kirishuvi // O'zbek tili va adabiyoti, 2004, N6, 90-91-betlar; Muhamedova D. Matn va uning turlari / Istiqlol va til. 3-qism. Toshkent-2007, 17-19-betlar.

18. Turniyozov N. Matn lingvistikasi (ma'ruzalar matni). Samarqand-2004

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

19. Yo'ldoshev B. Matnni o'rganishning lingvostatistik metodlari (uslubiy qo'llanma). Samarqand-2008.

20. Azimova I. O'zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy pertseptsiyasining psixolingvistik tadqiqi. Filol.fan.nomz.dis.Toshkent- 2008.

21. Yuldashev M. Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi. Filol.fan.dokt .dis.Toshkent-

22. Boymirzayeva S. O'zbek tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar. Filol.fan.dokt...dis.Toshkent-2010

23. Qurbonova M,Yo'ldoshev M. Matn tilshunosligi (uslubiy qo'llanma).Toshkent-

2009.

2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.