Научная статья на тему 'BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI'

BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5016
396
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Matn nazariyasi / matn lingvistikasi / matnning ontologik va funksional belgilari / matnning semantik –struktur tuzilishi / sintaktik butunlik / sintaktik konstruktsiya / abzats / maksimal tekst / minimal tekst / matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari / the theory of the text / linguistic of the text / the ontological and functional signs of the text / the semantic structure of the text / the syntactic integrity / the syntactic structure / paragraph / maximum text / minimal text / the syntactical and pragmatic characteristics of the text.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Botirova Maxliyo Baxodir Qizi, Islomov Sardor Sanjarovich

Maqolada bugungi o’zbek tilshunosligida matn tushunchasining mohiyati xususida so’z boradi. Jahon tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Matnning lingvistik xususiyatlarini hisobga olib, ba’zi tekshiruvchilar uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi, tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. Ba’zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab sintaksisi, sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko’ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta’kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo’shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LINGUISTIC ESSENCE OF THE ARTISTIC TEXT

This article discusses the essence of the text concept in today`s Uzbek linguistics. It also provides an overview of the text in the world linguistic and different approaches to this event. Given the linguistic features of the text, some researchers consider it necessary to distinguish it as an independent branch of linguistics (with names such as text grammar, text linguistics). Some call it text syntax (like simple sentence syntax), looking at it as a continuation of sentence syntax, thereby expanding the meaning of the term syntax, arguing that the basic syntactic unit should be considered as a larger syntactic whole than the sentence: the upper bound will be the text syntax, not the joint sentence syntax.

Текст научной работы на тему «BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI

Botirova Maxliyo Baxodir qizi Termiz davlat universiteti lingvistika: o'zbek tili ta'limyo'nalishi

magistranti Islomov Sardor Sanjarovich Termiz davlat universiteti lingvistika: o'zbek tili ta'limyo'nalishi

magistranti

Annotatsiya: Maqolada bugungi o 'zbek tilshunosligida matn tushunchasining mohiyati xususida so'z boradi. Jahon tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Matnning lingvistik xususiyatlarini hisobga olib, ba'zi tekshiruvchilar uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi, tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. Ba 'zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab sintaksisi, sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko'ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta'kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo 'shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo 'ladi.

Kalit so'zlar: Matn nazariyasi , matn lingvistikasi, matnning ontologik va funksional belgilari, matnning semantik -struktur tuzilishi, sintaktik butunlik, sintaktik konstruktsiya , abzats, maksimal tekst, minimal tekst, matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari

ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ТЕКСТА

Аннотация: В статье рассмотрено содержание понятия текста в современном узбекском языкознании, изложены соображения об оценках, даваемых тексту в мировом языкознании, а также о существовании различных подходов к данному явлению. Учитывая лингвистические особенности текста, некоторые исследователи считают необходимым выделить его как самостоятельную ветвь языкознания (с такими названиями, как грамматика текста, лингвистика текста). Некоторые называют это текстовым синтаксисом (например, синтаксисом простого предложения) как продолжением синтаксиса предложения, тем самым расширяя значение синтаксиса термина, утверждая, что базовая синтаксическая единица должна рассматриваться как большее синтаксическое целое, чем предложение: верхняя граница будет синтаксис текста, а не синтаксис объединенного предложения.

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова и понятия: Теория текста, лингвистика текста, онтологические и функциональные знаки текста, семантико-структурное строение текста, синтаксическая целостность текста, синтаксическая конструкция, абзац, максимальный текст, минимальный текст, синтагматические и прагматические свойства текста.

THE LINGUISTIC ESSENCE OF THE LITERARY TEXT Abstract: This article discusses the essence of the text concept in today^s Uzbek linguistics. It also provides an overview of the text in the world linguistic and different approaches to this event. Given the linguistic features of the text, some researchers consider it necessary to distinguish it as an independent branch of linguistics (with names such as text grammar, text linguistics). Some call it text syntax (like simple sentence syntax), looking at it as a continuation of sentence syntax, thereby expanding the meaning of the term syntax, arguing that the basic syntactic unit should be considered as a larger syntactic whole than the sentence: the upper bound will be the text syntax, not the joint sentence syntax.

Key words: the theory of the text, linguistic of the text, the ontological and functional signs of the text, the semantic structure of the text, the syntactic integrity, the syntactic structure, paragraph, maximum text, minimal text, the syntactical and pragmatic characteristics of the text.

KIRISH

Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida sohasi, yo'nalishi sifatida shakllandi, muttasil rivojlanib kelmoqda, yangidanyangi nazariy umumlashmalar qilinmoqda. Avvalo, shuni ta'kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan belgilash va ta'riflashda mutaxassislar o'rtasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yahlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Matnni lingvistik tadqiqot ob'yekti sifatida o'rgangan I. R. Galperin " matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlardan biri sifatida yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik" ekanini alohida ta'kidlab ko'rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. Quyida biz badiiy matnning lingvistik mohiyatini anglashga harakat qilib otamiz

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Maqolada bugungi o'zbek tilshunosligida badiiy matn lingvistikasi tushunchasining mohiyati xususida so'z boradi. Jahon tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Adabiyot sifatida matnning lingvistik mohiyati bilan bog'liq bo'lgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.

Scientific Journal Impact Factor

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Insoniyat jamiyati vujudga kelgandan buyon ular o'rtasidagi munosabatlar orasida eng muhimi va eng murakkabi lisoniy aloqalardir. Ularni ,to'g'rirog'i, o'sha aloqalar mohiyatini o'zida aks ettirgan matnlarni o'rganish, ularni tuzish qonun-qoidalarini tahlil qilish ham amaliy, ham nazariy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Hayotimizda sodir bo'layotgan islohotlar hech bir sohani chetlab o'tayotgani yo'q, jumladan, tilshunoslik fani ham bugungi kunda tilning barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi.Tilda bir qator yangi yo'nalishlarning maydonga kelishi (kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, matematik lingvistika, sotsolingvistika va boshq.) va ularni tadqiq etish bilan bog'liq holda yaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ko'lami ham bundan dalolardir. Xususan, matn tilshunosligi ham tilshunoslik sohasidagi yangi yo'nalishlardan biri sanaladi. Filologiya fanini va boshqa gumanitar fanlarni xalqlar madaniyati, tili hamda adabiyoti namunalarini o'zida mujassamlashtirgan matn haqidagi bilimlarning majmui deb hisoblash mumkin. Shunga qaramay, aynan matn tushunchasini izohlashda tilshunos olimlar turlicha fikr bildiradilar. Matn va uning tabiatini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar XX asr oxirlariga kelib paydo bo'ldi. Matn tilshunosligi masalalari juda ko'plab tilshunoslarning e'tiborini tortgan masalalardan biridir. Jumladan, dunyo tilshunosligida V.Matezius, I.Galperin, L.Loseva, O.Moskalskaya, K.Abdullayev, o'zbek tilshunosligida bu borada R. Qo'ng'urov, I. Qo'chqortoyev, Q. Samadov, N.Mahmudov, M.Yo'ldoshev, X.Doniyorov, E. Qilichev, S. Karimov, B.Umurqulov kabi olimlar matn haqida fikrlarini bildirganlar. Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy rivojlanishida Praga lingvistik to'garagi vakillari, nemis, fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e'tirof etilsa, rus tilshunosligida V.V.Odinsov, I.R.Galperin, O.I.Moskalskaya, L.M.Loseva, Z.Ya.Turayeva, N.S.Valgina, N.D.Zarubina kabi ko'pgina tilshunos olimlarning xizmatlari alohida e'tiborga loyiq. O'zbek tilshunosligida birinchilardan bo'lib akademik G'.Abdurahmonov 1980 - yil Toshkentda bo'lib o'tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III kon- ferensiyasida matn nazariyasiga bag'ishlangan ma'ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o'z fikrlarini bildirgan, bir qancha matn turlarini ajratib ko'rsatgan edi. Shuningdek, tilshunos olim A. G'ulomov ham matnning mohiyati bo'yicha o'z fikrlarini bayon qilgandi. Keyingi davr o'zbek tilshunosligida A.Mamajonov, M.To'xsonov, M.Abdupattoyev, N. Turniyozov, M. Xakimov kabi olimlarning shu sohaga taalluqli bo'lgan ishlarini alohida qayd etish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida sohasi, yo'nalishi sifatida shakllandi, muttasil rivojlanib kelmoqda, yangidanyangi nazariy umumlashmalar qilinmoqda. Avvalo, shuni

Scientific Journal Impact Factor

ta'kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan belgilash va ta'riflashda mutaxassislar o'rtasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yahlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Matnni lingvistik tadqiqot ob'yekti sifatida o'rgangan I. R. Galperin " matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlardan biri sifatida yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik" ekanini alohida ta'kidlab ko'rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir. Ammo matn lingvistikasi muammolari bilan shug'ullangan ko'pchilik tilshunos olimlar matnning yozma ham, og'zaki ham bolaverishini ta'kidlab o'tadilar. Chindan ham , ayni shu fikr ilmiy -mantiqiy jihatdan to'la asosga ega va u matnning mavjud mohiyatini to'g'ri aks ettiradi. Z.Ya. Turayeva matn lingvistikasining umumiy nazariyasiga ko'ra uning predmeti sifatida og'zaki yoki yozma nutq mahsuli bo'lgan matnni olish mumkinligini aytadi, ammo matnni tor ma'noda, ya'ni faqat yozma nutq mahsuli sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq ekanligini ta'kidlaydi. Matnning semantik -struktur tuzilishini rus tilidagi og'zaki va yozma nutq misolida o'rgangan R. A. Karimova matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki og'zaki shaklda ham namoyon bo'ladigan nutqiy asar ekanligini , bunda og'zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta'kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda " bir qarashda matn makonnining qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday ko'rinadigan og'zaki favqulodda voqelanuvchi(spontan) matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy xususiyat- muayyan tuzilishga ega'', - degan nazariy xulosaga keladi.

Matnning lingvistik xususiyatlarini hisobga olib, ba'zi tekshiruvchilar uni lingvistikaning mustaqil bir sohasi sifatida (tekst grammatikasi, tekst lingvistikasi kabi nomlar bilan) ajratishni zarur deb biladilar. Ba'zilar esa uni tekst sintaksisi deb atab sintaksisi, sodda gap sintaksisi kabi), gap sintaksisining davomi sifatida qarab, bu bilan sintaksis terminining mazmunini kengaytirishni, asosiy sintaktik birlik sifatida gapdan ko'ra katta sintaktik butunlik deb qarash kerakligini ta'kidlaydilar: bunda sintaksisning yuqori chegarasi qo'shma gap sintaksisi emas, balki tekst sintaksisi bo'ladi. Tekshiruvchilarning ko'pchiligi bu sohani birinchi qarash bo'yicha yoritmoqdalar. M.To'xsonov o'zining nomzodlik dissertatsiyasida makromatn va mikromatnni farqlagan holda o'zbek tilidagi mikromatn tarkibidagi unsurlarni bog'lovchi vositalar sistemasini tadqiq etgan. O'zbek tilshunosligida matn lingvistikasi bo'yicha umumlashtiruvchi, ta'limiy xarakterdagi ilk ishlardan biri A.Mamajonov tomonidan yaratilgan. Uning filologtalabalar uchun mo'ljallangan "Tekst lingvistikasi" nomli maxsus kursida matn haqidagi ilmiy qarashlar tahlil etilgan, matn tushunchasining mohiyati, tiplari va birliklari, bu birliklarning bog'lanishi va bog'lovchi vositalari, matn birliklariaro sinonimiya, sintaktikstilistik

Scientific Journal Impact Factor

figuralar kabi masalalar bayon qilingan. Keyinroq shogirdi M.Abdupattoyev bilan hamkorlikda nashr ettirgan "Matn sintaksisi" nomli o'quv qo'llanmasida matnning struktur-semantik va stilistik jihatlari, matn birliklaridagi tema-rematik munosabat atroflicha tahlil qilingan, tegishli xulosalar umumlashtirilgan. N.Turniyozovning "Matn lingvistikasi" nomli qo'llanmasi ham ana shunday ta'limiy xarakterdagi ishlardan bo'lib, unda tegishli o'quv rejasiga muvofiq matn haqida umumiy ma'lumot, mikro va makromatn tushunchalari, matn uzvlari orasidagi turli munosabatlar kabi ilmiy mavzular bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Matn muammolari bilan jiddiy shug'ullangan o'zbek tilshunoslaridan yana biri M.Hakimovdir. U asosiy maqsadi "ilmiy matn va uning birliklari orasidagi mazmuniy munosabatni ifoda etuvchi bog'lovchilar, ularning o'ziga xos xususiyatlari va vazifalarini aniqlashga yo'naltirilgan ishlarga hissa qo'shish, ilmiy matnda muallifning xususiy munosabati hamda uning turlarini belgilash"dan iborat bo'lgan nomzodlik dissertatsiyasida o'zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlarini boy faktik materiallari asosida batafsil tadqiq etgan. O'zbek tilshunosligida matn masalasining u yoki bu jihati tadqiqiga daxldor bir qator ilmiy maqolalar ham e'lon qilindi. Bugungi kunga kelib matnni o'rganishning yigirmadan ortiq usullari, metodlari ishab chiqilgan va ular tilshunoslik fanida keng qo'llanmoqda. Ulardan biri o'zbekcha matnlarni statistik usulda o'rganishdir. Matnni o'rganishning bu usuli haqida B.Yo'ldoshevning "Matnni o'rganishning lingvostatistik metodlari" uslubiy qo'llanmasida izchil fikrlar bildirilgan bo'lib, unda turli vazifaviy uslubdagi matnlarni statistik metodlar asosida o'rganish usullari, ko'rinishlari, chastotali lug'atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan. M.Yo'ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag'ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo'lish tarzi o'zbek adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda intertekstuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan, badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o'rganilib, badiiy matnda fonografik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik aktuallashish mexanizmlari tadqiq etilgan. Matnni o'rganishning lingvostatistik metodlarini tahlil va tatbiq qilish ham matn lingvistikasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada samarqandlik olimlar S.Karimov, B.Yo'ldoshev, D.O'rinboyevalarning tadqiqotlari e'tiborga sazovor.

Badiiy matnning lingvistik mohiyati tilshunoslikda alohida o'ringa ega tushuncha hisoblanadi. Matnning lingvistik xususiyatlarini keltirish borasida fikrlar

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

hamon munozarali hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki matn tilshunoslik nuqtai nazaridan barcha lingvistik xususiyatlarni ozida mujassam etgan murakkab tuzilmadir va u tilshunoslikning barcha sohalarining asosiy o'rganish obyektlaridan biri hisoblanadi .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Yo'ldashev M.Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi.Filol.fan.dokt...dis.-Toshkent, 2009.3

2. Galperin I.R. Tekst kak ob'ekt lingvisticheskogo issledovaniya. M., 1981.

3. Karimova R.A. Semantiko strukturnaya organizatsiya teksta(na materiale ustnix spontannix i pismennix tekstov) : Avtoref. diss... d..ra fil. auk. -M.: 1992, s 27.

4. To'xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O'zbek tili va adabiyoti, 1990, 5 - son, 66 - 69 - betlar.

5. Tuxsanov M.Mikrotekst i sistema virajeniya ego kogenetnosti v uzbekskoy xudojestvennoy rechi: Avtoref.diss. ...k-ta filol.nauk. -Tashkent, 1987.

6. TurniyozovN. Matn lingvistikasi (ma'ruzalar matni). -Samarqand, 2004

7. Turniyazova Sh.Hozirgi o'zbek tilida matn shakllanishining derivatsion xususiyatlari.Filol.fan.nomz...dis.-Toshkent, 2010.

8. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

9. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

10.Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

11.Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

12.Hakimov M.O'zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fan. d-ri ...diss. -Toshkent, 2001.

13.Mamajonov A. .Abdupattoyev M. Matn sintaksisi.- Farg'ona, 2002 .

14.Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.: 1989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.