Научная статья на тему 'GAPNING NOMINATIV ASPEKTI VA UNING KOMMUNIKATIV JARAYONI HAQIDA'

GAPNING NOMINATIV ASPEKTI VA UNING KOMMUNIKATIV JARAYONI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1281
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gap / nominativlik / propozitsiya / denotat / referent / predikativlik. / sentence / nominatives / proposition / denotation / referent / predicative.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nargiza Mardonovna Suleymanova, Akbar Rustam O‘g‘li Idiyev

Maqolada gapning nominativ aspekti uning kommunikativ jarayonda qo„llanilishi haqida. Mualliflar nominativ ma‟no so„zlovchining illokutiv rejasi bilan bevosita aloqador holda shakllanishini aytib o„tdi. Agar illokutiv rejani so„zlovchining fikr ifodalashidagi maqsadi deb tushunsak, u holda nominativlik va kommunikativlik tushunchalarining uzviy munosabati yanada yorqinroq ko„zga tashlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article deals with nominative aspects of the language and its communicative features, also all units of language and their interrelations. The authors also investigate the speaker‟s locative‟s act which connected with nominative meaning of a sentence.

Текст научной работы на тему «GAPNING NOMINATIV ASPEKTI VA UNING KOMMUNIKATIV JARAYONI HAQIDA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-805-809

GAPNING NOMINATIV ASPEKTI VA UNING KOMMUNIKATIV

JARAYONI HAQIDA

Nargiza Mardonovna Suleymanova

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti PhD

Akbar Rustam o'g'li Idiyev

Samarqand davlat chet tillar instituti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada gapning nominativ aspekti uning kommunikativ jarayonda qo'llanilishi haqida. Mualliflar nominativ ma'no so'zlovchining illokutiv rejasi bilan bevosita aloqador holda shakllanishini aytib o'tdi. Agar illokutiv rejani so'zlovchining fikr ifodalashidagi maqsadi deb tushunsak, u holda nominativlik va kommunikativlik tushunchalarining uzviy munosabati yanada yorqinroq ko'zga tashlanadi.

Kalit so'zlar: gap, nominativlik, propozitsiya,denotat,referent, predikativlik.

ABSTRACT

This article deals with nominative aspects of the language and its communicative features, also all units of language and their interrelations. The authors also investigate the speaker's locative's act which connected with nominative meaning of a sentence.

Keywords: sentence, nominatives, proposition, denotation, referent, predicative.

KIRISH

Ravshanki, gap doirasida o'z ifodasini topadigan nominativ ma'no leksik nominatsiyadan keskin farqlanadi. To'g'ri, umumiy planda leksik nominatsiya ham, propozitiv nominatsiya ham predmet tushunchasi bilan bog'lanadi. Biroq leksik nominatsiyada alohida olingan leksik birliklarning atash ma'nosini ifodalashi nazarda tutilsa, gap doirasida vujudga keluvchi nominatsiyada muayyan voqea -hodisalarning nominativ ma'no ifodalashi ko'zga tashlanadi. Leksik nominatsiyada denotat muayyan predmet bilan bog'liq bo'ladi. Leksik birliklar ana shunday denotat bilan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-805-809

munosabat tashkil etadi va ayni paytda situatsiya tushunchasi kun tartibida bo'lmaydi: qalam, daftar, bird, door, комната, столь.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Berilgan misollarning har biri alohida nominativ birlikni taqozo qiladi. Ularning denotatlari ham, signifikatlari ham shu so'zlar doirasida ahamiyat kasb etadi. Biroq propozitiv nominatsiyada situatsiya tushunchasi muhim mavqega ega bo'ladi. Buning asosiy sababi shundaki, propozitiv nominatsiya (gapda ifodalanuvchi nominatsiya) nolingvistik omil-situatsiya tushunchasidan ayri holda voqelanmaydi: The road became very wide-Yo'l nihoyatda kengaydi.

Bu o'rinda yo'lning kengayganligi voqelikda ham tasavvur hosil qilmoqda, zero, ko'z oldimizga kengaygan yo'l tasviri keladi. Shuning uchun ayni paytda denotat tushunchasi torlik qiladi va referent tushunchasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Signifikat tushunchasi esa propozitsion nominatsiya uchun ham, leksik nominatsiya uchun ham umumiydir.

Gapning nominativ aspekti uning kommunikativ jarayonda qo'llanilishi bilan uzviy bog'liqdir. Chunki nominativ ma'no so'zlovchining illokutiv rejasi bilan bevosita aloqador holda shakllanadi. Agar illokutiv rejani so'zlovchining fikr ifodalashdagi maqsadi deb tushunsak, u holda nominativlik va kommunikativlik tushunchalarining uzviy munosabati yanada yorqinroq ko'zga tashlanadi. Ayni paytda, shuni ham aytish kerakki, kommunikativlik tushunchasi faqat so'zlovchi bilan bog'liq bo'lmasdan, u tinglovchini ham o'z ichiga oladi, zero, muloqot so'zlovchi va tinglovchining ishtirokida vujudga keladi. Bu esa, o'z navbatida, illokutiv va perlokutiv aktlarning o'zaro munosabatini taqozo etadi.

Nutq birliklarining, masalan, gapning nominativ ma'nosi ekstralingvistik faktor-situatsiya bilan bog'lanadi, zotan, ana shu situatsiya vositasida nominativ ma'no shakllanadi. Mazkur situatsiya keng ma'noda denotat tushunchasi bilan bog'lanishi mumkin. Biroq lingvistik manbalarda bu o'rinda referent tushunchasi qo'llanmoqda. Referent, denotatdan farqli, ravishda, abstrakt ifodali bo'ladi. Fikr dalili uchun quyidagi misollarga murojaat etaylik: Yo'ldosheva Afzalovni mansabparastlik, makkorlik, xudbinlikda aybladi. (H.G'ulom. "Qoradaryo").

Berilgan gapning nominativ ma'nosi markazida Afzalovning Yo'ldosheva tomonidan mansabparastlik, makkorlik, xudbinlikda ayblanishi tarzidagi nominativ ma'no yotganini ko'ramiz. Aynan ana shu narsa ekstralingvistik omil-

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-805-809

situatsiyaning tasavvurini beradi. Gapning propozitiv strukturasini esa quyidagicha belgilash mumkin: Yo'ldosheva Afzalov(ni) ayblamoq.

Agar gapning nominativ ma'nosi yagona propozitsiya qurshovida bo'lsa, u holda uning ortida mikrosituatsiya turadi. Albatta, berilgan gap nutq muhiti bilan bog'liq holda transformalar hosil qilishi ham mumkin. Bunday vaziyatda ularning barchasi yagona propozitsiya doirasida shakllangan bo'ladi: Uzoqov Kamolova bilan qisqacha suhbatdan qoniqdi (H.G'ulom "Qoradaryo".)^-Kamolova bilan bo'lgan qisqacha suhbat Uzoqovni qoniqtirdi^-Uzoqovning Kamolova bilan bo'lgan qisqacha suhbatdan qoniqishi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'rinadiki, keltirilgan transformalarning har biri uchun bitta propozitiv struktura asos bo'lmoqda. Bunday bo'lishi tabiiy, albatta. Zotan, propozitsiya deganda, gapning modal va kommunikativ paradigmalarining barchasi uchun umumiy bo'lgan semantik invariantni tushunamiz[4, 401]. Bugungi tilshunoslikda propozitsiya tushunchasi nominativlik tushunchasi bilan qariyb bir xil tavsiflanmoqda va shuning uchun propozitiv nominatsiya termini ayni paytda keng qo'llanilmoqda.

Albatta, propozitsiya gap sathida o'z ifodasini topadi. Ammo bu orqali propozitsiya gapdan katta nutq birliklari uchun ahamiyat kasb etmaydi, degan tushunchaga bormaslik kerak. Boshqacha aytganda, qayerda situatsiya bilan bog'liq nominativ ma'no mavjud bo'lsa, o'sha yerda propozitsiya tushunchasining ham o'rni bo'ladi. Ammo, nazarimizda, bu o'rinda ba'zi masalalarga oydinlik kiritishga to'g'ri keladi. Chunki gapdan katta nutq birliklari, masalan, murakkab sintaktik qurilmalar, abzas kabilarda birdan ortiq gap qo'llaniladi. Murakkab sintaktik qurilmalarni oladigan bo'lsak, ular kamida ikki gapdan tashkil topishini ko'ramiz. Abzas tarkibida esa ba'zi hollarda o'ntagacha va undan ortiq gaplar qo'llanilishi mumkin. Albatta, mazkur gaplarning har biri o'zining propozitsiyasi asosida shakllanadi. Abzas kamida 3-4 gapdan shakllanadigan bo'lsa, o'z navbatida, 3-4 ta propozitsion strukturani ko'ramiz. Lekin bu narsa masala tavsifining faqat bir tomonini tashkil etadi. Boshqacha aytganimizda, har bir propozitsiya ortida muayyan situatsiya yotadi. Bu esa propozitsiyalar soni qancha bo'lsa, shuncha nominativ ma'no ham shakllanishini ko'rsatadi. Fikr dalili uchun quyidagi misolga murojaat etamiz: Ular hech narsa demay, qoplarni tashlab, darhol to'yga otlanishdi. Xalq nima bo'lganini hali ham tushunmagandek, miq etmay turardi. Ochil mujiklar ortidan yugurib ergashdi (A.Muxtor. "Chinor").

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-805-809

Berilgan misol abzas maqomida bo'lib, uning tarkibida uchta gap qatnashganini ko'ramiz. Mazkur gaplarning biri (oxirgisi) sodda, oldingi ikkitasi esa murakkab shakllidir. Bu o'rinda propozitsiyalar soni ham uchga teng. Biroq oldingi ikki gapda shakl kengaytiruvchi (qoplarni tashlab; nima bo'lganini hali ham tushunmagandek) qo'shimcha sintaktik qurilmalar ham berilmoqda. Bu qurilmalar gapning yuzaki sintaktik shaklida ahamiyat kasb etsa ham, uning tub strukturasini shakllantirishda qatnashmaydi. Shu bois ular gapning propozitsional strukturasi bilan bog'lana olmaydi. Demak, qo'shimcha tarzda beriladigan sintaktik strukturalar gapning nominativ ma'nosi doirasidan o'rin ololmaydi. Shunday bo'lgach, berilayotgan gaplar ortida turuvchi situatsiyaga ham ular daxldor emas, degan xulosaga kela olamiz.

Tarkibida ikki va undan ortiq gaplar qatnashayotgan matn maqomidagi sintaktik strukturalarni T.Van Deyk makrostrukturalar deb ataydi. Uning fikriga ko'ra, makrostrukturalar alohida propozitsiyalarning o'zaro munosabatidan tashkil topadi[2, 41]. Bu esa, o'z navbatida, alohida berilgan gaplar propozitsiyalarining munosabatidan makropropozitsiya vujudga kelishini ko'rsatadi. T.Van Deyk ikki va undan ortiq gaplar munosabatidan tashkil topuvchi diskursning bog'lanishliligi lokal va global sathlar munosabatidan tashkil topishini ta'kidlaydi. Bunda lokal sath tushunchasi matn tarkibidagi gaplar propozitsiyalarining o'zaro munosabatini, global sath tushunchasi esa matnning umumiy strukturasini tashkil etuvchi mazmuniy butunlikni taqozo etadi. Ayni paytda makropropozitsiya tushunchasi ham tadqiqotlar kun tartibiga kiritiladi[2, 41-42]:

Shuni ham aytish lozimki, makropropozitsiya tushunchasi makronominativ birlik tushunchasidan ayri holda yashay olmaydi, zotan, bugungi tilshunoslikda gapning nominativ aspekti tavsifi propozitiv nominatsiya tushunchasi bilan uzviy bog'lanmoqda.

Albatta, muayyan bir gap doirasida shakllangan propozitsiya yoxud nominatsiya tushunchalari real ifodali bo'ladi. Biroq makrostruktura qolipidagi makropropozitsiya abstrakt ifodalidir. Masalan, yuqorida berilgan abzas qolipidagi matnda ifodalanayotgan propozitsiyalar munosabatidan favqulodda hodisa ro'y beradi tarzidagi makropropozitsiyani tasavvur etishimiz mumkin. Shuning uchun makropropozitsiya abstrakt ifodali bo'lishi haqida so'z yuritdik. Albatta, makropropozitsiya abstrakt ifodali bo'lgach, u orqali shakllanayotgan makronominativ ma'no ham abstrakt holatda keladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-805-809

XULOSA

Fikrimiz dalilini har qanday makromatnda ham kuzata olamiz. Buni, ya'ni makropropozitsiyaning abstrakt holatini murakkab sintaktik qurilmalar yoki abzasda ko'rishimiz mumkin bo'lgan polipredikativlik va ustpredikativlik hodisalariga qiyos qilsa bo'ladi. Chunki alohida gaplarda o'z ifodasini topayotgan predikativlik hodisasi matnning umumiy strukturasini shakllantirish uchun xizmat qiladi[5, 20].

Yuqorida makropropozitsiya hodisasini implisit xarakterli deb atadik. Buning boisi shundaki, propozitsiyadan farqli ravishda, makropropozitsiya aniq ifodali bo'lmaydi, uni ongimizda tasavvur etamiz va zarurat tug'ilganda verbal ifodasini bera olamiz. Albatta, makropropozitsiya implisit xarakterli bo'lgach, makronominatsiya, ya'ni makrostrukturada beriladigan nominativlik ma'nosi ham noaniq ifodali bo'ladi. Fikrimiz dalili uchun quyidagi misolga murojaat etamiz:

The servant has been excused. Mrs. Green had returned to her sewing room upstairs, the lights in the rest of the house, except for the front hall and entrance, were extinguished (Robert Ludhum)- Xizmatkorlarni kechirishdi. Grin xonim yuqoriga tikish xonasiga chiqib ketdi; uyning kirish joyi va zaldan tashqari boshqa hamma xonalarning chiroqlari o'chirildi.

Ayni paytda abzas maqomidagi makrostruktura uch gapdan tashkil topayotganini ko'ramiz. Mazkur gaplarning har birida propozitiv nominatsiya hodisasi o'z ifodasini topayotgani izoh talab qilmaydi albatta. Chunki har bir gap ortida muayyan situatsiya mavjuddir. Bu esa, o'z navbatida, referent (denotat) ifodasini ham beradi.

REFERENCES

1. Арутюнова Н.Д. Синтаксис // Общее языкознание. Внутреняя структура языка. - М., 1972.С.303.

2. Дейк Т.А.ван. Язык. Познание. Коммуникация. -М.,1989.-С.41.

3. Золотова Г.А. Очерки функционального синтаксиса русского языка.- М., 1973.-С.8.

4. Лингвистический энциклопедический словарь.-М., 1990.-С.401.

5. Xayrullaev X.Z. So'z, so'z birikmasi va gapning predikativlikka munosabati// Nomzodlik dis.avtoreferati. -Toshkent, 2001.20-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.