INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI ILOVA QURILMALAR
Sobirova Nigina Aliyevna
"Chet tillar"kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13188726
Annotatsiya: Mazkur maqola tilshunoslikning stilistika yo'nalishi uchun dolzarb masalardan biri bo'lgan ilova
qurilmani tilshunoslikdagi til hodisasi sifatida o'rganilmoqda. Ingliz va o'zbek tillarida til hodisalari til va nutq masalalari bilan bevosita bog'liq. Aynan shu jihatdan ilova qurilma hodisasi til masalalarida o'ziga xos xususiyatga ega. Ilova qurilma lisoniy hodisa bo'lib, so'zlovchining oldindan o'ylanmagan biroq qo'shimcha ravishda bayon etilgan keyingi fikri. U oldingi gapning asosiy ifoda mazmunini kengaytiradi, reallashtiradi, to'ldiradi va unga aniqlik kiritadi. Bu hodisa orqali so'zlashuv jarayonida asosiy gapda chala bo'lib qolgan va aytilishi nihoyatda zarur hisoblangan izoh to'ldirilishi mumkin. Ilova qurilmani o'rganish jarayonida, tilshunoslikdagi qator shu kabi yondosh hodisalar bilan munosabati, ular orasidagi o'xshash va farqli jihatlar muayyan munozaralarga sabab bo'layotgani ma'lum bo'ldi. Mazkur maqolada ilova qurilmalarning ba'zi bir yangi xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga ilova qurilmalarning formal-semantik xususiyatlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari va tildagi ahamiyati ko'rib chiqilgan va misollar bilan ko'rsatilgan. Maqolada ingliz va o'zbek tillarida ilova qurilmalar talqini nafaqat zamonaviy tilshunoslikning bir bo'lagi sifatida balki chog'ishtirma-qiyosiy jihatdan o'rganilib, bu til tizimida o'zining dolzarbligi bilan muhim rol o'ynaydi. Shuni ham aytish kerakki, ko'pgina lingvistlarni qiziqtirgan ushbu masalada ilova qurilmalar maqola obyekti sifatida qaralgan. Ilova qurilmalar tipologiyasini ilmiy-nazariy manbalar asosida atroflicha o'rganishga bo'lgan ehtiyoj tadqiqotimizning dolzarbligi va zaruriyatini tashkil etadi.
Kalit so'zlar:Ilova qurilmalar, parsellyatsiya, formal xususiyat, semantik xususiyat, tipologiya.
Jahon tilshunosligida "ilova qurilma" atamasi bilan yuritilayotgan, ekspressiv sintaksis masalasiga bevosita aloqador bo'lgan hodisani yetarli darajada tasvirlash va tavsiflash XIX asrdan boshlab istiqbolli yo'lga qo'yilgan. Ilova qurilmasi grammatik va stilistik usul sifatida til tizimida, matnning yuqori ma'lumotga to'yinganlik jarayonida nutq vositalarini tejash tendensiyasi bilan bog'liq hodisa. Ushbu hodisaning zamonaviy tilshunoslikka kirib kelishi bevosita til va nutq masalalari hamda badiiy matn stilistikasi bilan bog'liq. So'nggi o'n yilliklarda jahon tilshunosligida stilistik hodisalarni o'rganish bilan bog'liq masalalarga e'tibor kuchaydi. Bu tilshunoslikda so'zlovchining shaxsiyati bilan bog'liq nutqini murakkab bir butunlik tarzida namoyish etish ehtiyojini yuzaga keltiradi.
1 KIRISH
va u bilan bog'liq masalalar rus tilshunosligida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilgari surilgan. Ta'kidlanganidek, bu hodisa Yevropa xalqlari tillarida deyarli o'rganilmagan. Shunga qaramay, qiyosiy tipologik tilshunoslik hukm surgan XIX asrda tillarni taqqoslab o'rganish masalasi tilshunoslikning e'tibor markazida bo'lgan. XX asrda ilova qurilma hodisasining tilshunoslikda rivoj topishi va tilda asosan uning formal va semantik jihatdan o'rganilishiga bo'lgan harakat uni bir nechta tillarda qiyoslab-chog'ishtirib o'rganish xususiyatlari bilan birgalikda tatbiq etishga e'tiborni kuchaytirdi. Tadqiqotimizda ingliz va o'zbek tillaridagi ilova qurilmalar tipologiyasi, ularning formal va semantik xususiyatlari hamda ularning o'zaro tarjimalarda berilishi kabi jihatlariga ilmiy yondashib tadqiq qilishga urindik.
Dunyo tilshunosligida lisoniy hodisalarning nutqiy muloqot sharoitida o'zaro tanlab olinishini ta'minlovchi asosiy omillarni qiyosiy-chog'ishtirma yondashuv asosida tizimli ravishda tadqiq qilish amaliyotiga e'tibor kuchaygan. Shu jihatdan, mazkur hodisa qator tillarda yillar davomida tajribalarga yo'g'rilgan tadqiqotlar shaklida o'rganilib kelinmoqda. Bu muammo Yevropa xalqlari tillari misolida yetarlicha o'rganilmaganligini ko'rish mumkin. Ilova hodisasini o'rganish muammosi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator o'zgarishlar tilshunoslikka ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Mamnuniyat bilan aytish lozimki, o'zbek tilshunosligida bugungi kunda qilinayotgan islohotlar samarasi ularning sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda. Mazkur hodisaning o'zbek tilshunosligiga kirib kelishi XX asrning 60-yillariga to'g'ri keladi. Uning "ilova qurilmalar nomi" ostida tadqiq qilinishi hamda boshqa
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
til birliklari bilan taqqoslanib o'rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo turli qurilishli tillardagi ilova qurilmaning xususiyatlarini o'rganish bugungi kunda tilshunoslikda hali to'laqonli yechimini topmagan masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Zotan, bu borada bajarilgan ishlar mavjud bo'lsa-da, uning mohiyati to'liq o'rganilmagan. Bu holat uning yangi qatlamlarini ochishga turtki bo'ladi. Ilova qurilma hodisasini o'rganishda uni boshqa tillar bilan taqqoslash, ularning munosabatini chuqur anglashga oid tadqiqotlar olib borish tilshunoslikda, katta ehtimol bilan, talay savollarga sabab bo'layotgan muhim masalalardan biri deb qarash mumkin.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bugungi kunda ilova qurilmadagi muammolar va yechimlar, ularning bir nechta tilda qo'llanilishini taqqoslab, chog'ishtirib o'rganish tilshunoslar oldida turgan muhim vazifalardan. O'zbek tilida ilova qurilmalar formal jihatidan bir so'zdan, so'z birikmasidan, sodda gapdan so'z birikmat bo'lishi mumkin U nafaqat asosiy gapning ma'lum bir bo'lagi sifatida, balki mustaqil gap tarzida ham kela oladi. Ammo har ikki holatda ham ilova ekspressivlik va emotsional xususiyatlarga ega bo'ladi. Ilova qurilma asosiy gap bilan bog'lovchili yoki bog'lovchisiz birikishi mumkin. O'zbek va ingliz tillarida semantik jihatdan, oldindan o'ylanmagan qandaydir fikrni qo'shib aytish orqali so'zlovchi nutqiga qo'shimcha izoh berilishi har ikkala tilda ham namoyon bo'ladi.
Ingliz tilidagi ilovali qurilmada asosan and, but va boshqa bog'lovchilar va predloglar qo'llaniladi. Bog'lovchisiz ilovalar zamonaviy ingliz tilidagi badiiy adabiyot uchun xos emas, agar formal grammatikada ilovali qurilmani boshqa biror semantik aloqalar orqali bog'lash imkoni mavjud bo'lsa, u holatda mumkin hisoblanadi.
Ingliz tilida uchraydigan ilova qurilmalarning semantikasi quyidagilardan a) ilova qurilma asosiy fikr mazmunini umumlashtirishi yoki aksincha, uni cheklashi mumkin; b) ilova qurilma modallik xususiyatini ochib berishi mumkin; c) ilova asosiy fikrga qo'shimcha ma'no qo'shishi, aniq faktlar bilan xulosa berishi mumkin; d) ilova qurilma gapning asosiy qismlarini ajratib, mustahkamlab, ma'no jihatidan mazmunli qilishga yordam beradi. Ilova qurilma asosiy gap bilan teng va tobe bog'lanishda bo'lmaydi, balki nisbiy bog'lanishli sintaktik munosabatda bo'ladi. Ular asosiy gap bilan bog'lovchili yoki bog'lovchisiz birikishi mumkin. Bog'lovchisiz birikish holati o'zbek tilida ko'plab uchraydi. O'zbek badiiy matnlarida keltirilgan ilova qurilmalar fikrning ta'sirchanligi, emosional-ekspressivligi, nutqning izchilligi, to'liqligini ta'minlash kabi semantik vazifalarni bajaradi. Ular
o'ziga xos xususiyatlarga ega va aytish joizki, hamma ilovali qurilmalarga tegishli bo'lgan xususiyat bu ritmo -melodik tomonidir. O'zbek tilida ilova qurilma semantikasida quyidagi jihatlarga e'tibor berishimiz kerak:
1) ilova qurilmaning semantikasi zamonaviy tilshunoslikda pragmatik va kommunikativ jihatlari bilan birlikda ko'rib chiqilishi kerak;
2) ilova har doim yangi ma'lumotni remani ifodalaydi;
3) ilova qurilma ko'pincha muallifning sub'yektiv modalligini, uning ongida vujudga kelgan chuqur ruhiy shakllanishlarni ifodalaydi;
4) ilova qurilma muhim madaniy ma'nolarni o'z ichiga olishi mumkin;
5) ilova qurilmaning semantik tuzilishi so'zning leksik ma'no tuzilishiga o'xshash.
Ilova qurilmadagi asosiy semantik mazmun so'zlovchi ilgari aytilgan fikrga qo'shimcha pragmatik ma'lumotlarni yetkazishni zarur deb biladi.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbek tilshunosligida bevosita ilova qurilmalarini o'rganishga bag'ishlangan dastlabki qarashlar F.Is'hoqov V.Maskapov, A Abdullayev, M. Turopova kabi tilshunoslar tomonidan berilgan bo'lib, ilova qurilmalari parsellyativ qurilmalar nomi bilan ham yuritilgan. Ayrim tadqiqotchilar parsellyativ va ilovali qurilmalarni farqlashga harakat qilgan bo'lsalar-da, asosan, sintaktik derivatsiya masalasi bilangina cheklanganlar, ko'p hollarda bu ikki hodisaning chegaralarini aniq ko'rsata olmaganlar. Rus tilshunosligida bu hodisani o'rganishga bag'ishlangan talaygina ilmiy tadqiqotlar mavjud. Y.V.Vannikov,N.S.Valgina, M. V.Karpenko,S.Y.Kryuchkov,N. A.Pron,A.F.Pri-yatkina, G.N.Ribakova, M.E.Shapirolarning maxsus ishlari shular jumlasidandir. Ammo ularda bir-biriga zid turli qarashlar ilgari surilgan. Yevropa tillarida esa bu hodisa kam o'rganilgan, jumladan Klayn Charles, R.J.Saurbayev, M.Y.Blox, I.O.Drevalev hamda S.A.Kolodiyevlargina qisman ingliz tilidagi ilova qurilmalarning talqini to'g'risida fikrlar bildirishgan. Mamnuniyat bilan aytish lozimki, endilikda o'zbek tilshunoslaridan professor M.B.Begmatov hamda uning shogirdlari roman-german tillarida ilova qurilmaning berilishi to'g'risida qator tadqiqotlar olib borishmoqda.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
Ilova qurilma hodisalarining ingliz va o'zbek tilida muloqot jarayoni va badiiy asarlarda uchraydigan lisoniy, stilistik hodisa ekanligi dalillangan. Formal va semantik xususiyatlari, ularning tarjimalarda
PPSUTLSC-2024
. . .E.jÎ.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
chog'ishtirilayotgan har ikki tildagi ilova qurilmalarning ilovali elementlarda kelishining o'xshash va farqli tomonlari tahlili amalga oshirilgan. O'zbek tilidagi ilovalarning gap shaklida, gap bo'lagi shaklida, bog'lovchi bilan, bog'lovchisiz berilishi, ingliz tilidagi ilova qurilmalarning formal nuqtayi nazardan o'zbek tilidagi ilovalardan farqlanishini o'rganish yuzasidan tavsiyalar berilgan. Ingliz va o'zbek tilidagi ilova qurilmalar tarjimasidagi semantik o'zgarishlar o'rganilgan, misollar asosida ushbu hodisaning o'zaro munosabatlari tahlil qilingan. Ingliz va o'zbek tillaridagi ilova qurilma hodisasi tilshunoslikning bir bo'lagi sifatida o'rganilib, ularning yondosh hodisalar bilan munosabati talqini muallif nutqini xarakterlab keladi. Asosan tilshunoslikning stilistika bo'limida o'rganilib kelinayotgan ilova hodisasi, ingliz tilidan o'zbek tiliga, o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima amaliyoti muammolarini yoritishda dasturil amal sifatida o'rganilib, oliy o'quv yurtlarida tillarni chog'ishtirib, qiyosiy tilshunoslik sohalariga oid maxsus seminarlarni tashkil qilish amaliyotiga tatbiq qilingan. XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ingliz va o'zbek tillaridagi ilova qurilmalar o'rganilganda, ularning har birida bu hodisa mavjud, semantik xususiyatlari o'xshash, formal xususiyatlari biroz farqlanadi, aynan ingliz tilidagi ilova qurilmalarning predloglar va bog'lovchilar bilan ko'proq qo'llanilishi farqli hisoblanadi. Ingliz tilidagi jumlalar tarkibidagi ilova qurilma o'zbek tiliga tarjima qilinganda, uning semantik jihati va formal xususiyati ba'zan saqlanib qolsa, ba'zan o'zgaradi. Bu ikki taqqoslanayotgan tillarning kelib chiqishi bir-biridan farq qilganligi uchun hamda ular turli xil til oilalariga mansub bo'lganligi, ularning grammatikasi, gap tarkibi (word order) turlicha bo'lganligi sababli tarjimada ikki tilda ham muammolar yuzaga kelishi tabiiy hol. Lingvakulturologik jihatdan tahlil qilinganda, bu ikki chog'ishtirib o'rganilayotgan tillar madaniyati bir-biridan farq qiladi. Tabiiyki, bu holat tarjimaga ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Sababi til madaniyat bilan bog'liq ekan undagi har bir so'z va so'z birikmalarning boshqa madaniyatga moslab taqqoslab o'rganilganda, so'zlarning semantikasida o'zgarish sodir bo'ladi.
www.in-academy.uz
[3] Abdullayev A. Ilova ko'chirma gapli qurilmalar // O'zbek tili va adabiyoti. - 1982. - №2. - B. 50-52..
[4] Turopova M. Ilova qurilmaning boshqa sintaktik qurilmalardan farqi // O'zbek tili va adabiyoti. - 1980. - №1. - B. 53-56.
[5] G'afforov A.A. Hozirgi o'zbek tilida parsellyativ va ilovali qurilmalarning sintaktik derivatsiyasi: Filol. fanlari. Nomzodi. diss. avtoref. - Samarqand, 1997. 26b.
[6] Ванников Ю.В. Явление парцелляции в современном русском языке: Автореф. дисс.канд. филол.наук.-М.,1965.-17с.
[7] Валгина, Н. С. Синтаксис современного русского языка. Москва: 2000. с.416.
[8] Карпенко М.В. К определению понятия «присоединительные конструкции» // Тез. докл. XIV научн. сессии проф.-преп. состава Черновицкого гос. унта. Черновцы, 1958. С. 186-187.
[9] Карпенко М.В. Присоединительные конструкции с подчинительными союзами // Черновицкий гос. ун-т. Т. I, Вып. I. Черновицы, 1957а. С. 306-308.
[10] Крючков С.Е. О присоединительных связях в современном русском языке // Вопросы синтаксиса современного русского языка / Под ред. акад.
[11] Пронь Н.А. Присоединительные конструкции в современном русском литературном языке (на материале произведений К.А. Федина) // Вопросы теории и истории русского языка. 1971. Вып. 4. С. 144-175
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Is'hoqov F. Hozirgi zamon o'zbek tilida ilovali qurilmalar // Adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalalari. 2-kitob. - Toshkent: O'zR FA, 1961. - B. 285-289
[2] Maskopov B. O'zbek tilidagi ilova qurilmalar haqida // O'zbek tili va adabiyoti. - 1970. - №6. - B. 50- 54.; Maskopov B. O'zbek tilshunosligida ilova qurilmalar masalasi // O'zbek tili va adabiyoti. - 1973. -№5. - B.49-52.