Научная статья на тему 'XITOY VA OʻZBEK TILLARIDA TENG KOMPONENTLI MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALAR DERIVATSIYASI'

XITOY VA OʻZBEK TILLARIDA TENG KOMPONENTLI MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALAR DERIVATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Murakkab sintaktik qurilma / teng aloqa / tobe aloqa / derivatsiya / komponentlar / bogʻlovchi / operator. / Complex syntactic construction / equality relation / subordination relation / derivation / components / conjunction / operator.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nematova Niginabonu Alisherovna

Ma`lumki, gaplar odatda bir-birlari bilan uzviy bog’liq. Mazkur bog’liqlik ikki xil bo’lishi mumkin: mazmuniy va sintaktik. Mustaqil gaplar sintaktik jihatdan mustaqil sanalsa-da, ular o’zaro tobe bo’lmaydi. Ammo, bu holat ularning o’zaromazmuniy bog’lanishiga to’sqinlik qila olmaydi, albatta. Biroq murakkab sintaktik qurilmalar tarkibiga kiruvchi gaplar ham sintaktik, ham mazmuniy jihatdan bir-birlariga bog’liqdirlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DERIVATION OF COMPLEX SYNTACTIC CONSTRUCTIONS WITH EQUAL COMPONENTS IN THE CHINESE AND UZBEK LANGUAGES

It is known that sentences are usually related to each other. This connection can be of two types: content and syntactic. Although independent clauses are syntactically independent, they are not interdependent. However, this situation cannot stop their meaningful connection. However, the sentences that are part of complex syntactic devices are related to each other both syntactically and meaningfully.

Текст научной работы на тему «XITOY VA OʻZBEK TILLARIDA TENG KOMPONENTLI MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALAR DERIVATSIYASI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

DERIVATION OF COMPLEX SYNTACTIC CONSTRUCTIONS WITH EQUAL COMPONENTS IN THE CHINESE AND UZBEK

LANGUAGES Nematova Niginabonu Alisherovna

Self-employment of SamSIFL https://doi.org/10.5281/zenodo.11652126

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024 KEYWORDS

Complex

construction,

relation,

relation,

components,

operator.

syntactic equality subordination derivation, conjunction,

It is known that sentences are usually related to each other. This connection can be of two types: content and syntactic. Although independent clauses are syntactically independent, they are not interdependent. However, this situation cannot stop their meaningful connection. However, the sentences that are part of complex syntactic devices are related to each other both syntactically and meaningfully.

XITOY VA OZBEK TILLARIDA TENG KOMPONENTLI MURAKKAB SINTAKTIK QURILMALAR DERIVATSIYASI

Ne'matova Niginabonu Alisherovna

SamDCHTI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11652126

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024 KEYWORDS

Murakkab sintaktik qurilma, teng aloqa, tobe aloqa, derivatsiya, komponentlar, bog'lovchi, operator.

Malumki, gaplar odatda bir-birlari bilan uzviy bog'liq. Mazkur bog'liqlik ikki xil bo'lishi mumkin: mazmuniy va sintaktik. Mustaqil gaplar sintaktik jihatdan mustaqil sanalsa-da, ular o'zaro tobe bo'lmaydi. Ammo, bu holat ularning o'zaro mazmuniy bog'lanishiga to'sqinlik qila olmaydi, albatta. Biroq murakkab sintaktik qurilmalar tarkibiga kiruvchi gaplar ham sintaktik, ham mazmuniy jihatdan bir-birlariga bog'liqdirlar.

Kirish.

Gaplarni murakkab sintaktik qurilmalar tarkibida bir-biriga bog'lashdan maqsad shundaki, bu orqali gaplarning mazmuniy tobeligi sintaktik tobelik bilan to'ldiriladi va natijada murakkab sintaktik qurilma komponentlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning mavqei ma'lum darajada ortadi.

Murakkab sintaktik qurilmalar odatda ikki qismdan iborat bo'ladi va u shunisi bilan sodda gapdan farq qiladi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Murakkab sintaktik qurilmalarning har bir qismi o'z tarkibiga kiruvchi gap bo'laklaridan iborat bo'ladi. Biz murakkab gapni aynan shu jihati bilan murakkablashtirilgan gapdan farqlay olamiz. Chunki murakkablashtirilgan gapda bir gap ikkinchisining tarkibiga alohida, mustaqil gap sifatida emas, balki kengaytirilgan gap bo'lagi sifatida kiradi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Xitoy tilshunosi Li Szin'sining tasnifiga ko'ra murakkab sintaktik qurilmalar quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Kiritma murakkab sintaktik qurilmalar (S^S

2. Teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar (^^S^)

3. Tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmalar (iMS^)

Olimning ta'kidlashiga ko'ra, birinchi tur murakkab sintaktik qurilmalarga bitta hokim komponent va bir nechta tobe komponentga ega bo'lgan murakkab sintaktik qurilmalar kiradi. Boshqacha aytganda, bunday turdagi MSQlarga bitta hokim komponent va bitta tobe komponentdan tashqari sintaktik qurilma tarkibiga yana bir nechta tobe komponentlar kiritiladi.

Murakkab sintaktik qurilmalarning grammatik tabiati V.A.Beloshapkova tomonidan eng chuqur va to'g'ri tavsiflangan. Olima murakkab sintaktik qurilmani ikki planli xarakterga ega birlik sifatida ko'rib chiqadi hamda ularning ikki xususiyatini ko'rsatadi: bir tomondan formal-grammatik, boshqa tomondan-funksional . V.A.Beloshapkova qarashlari MSQning tarkibiy qismlari va butun MSQning grammatik tabiatini boshqacha tarzda aniqlashga imkon berdi.

Ammo olima, bog'langan qo'shma gaplar qismlari o'rtasidagi bog'lanish teng munosabatli so'z birikmalari qismlari o'rtasidagi bog'lanishga o'xshashligi haqidagi fikrni bildiradi. Bizningcha, bu fikr birmuncha izohtalab sanaladi. Zotan, teng munosabatli MSQ qismlarining sintaktik shakllanishi alohida tub strukturaga asoslanadi. So'z birikmalar esa o'z xarakteriga ko'ra hosila strukturani taqozo etadi. Muhokama.

Murakkab sintaktik qurilmalar teng va tobe munosabatli MSQlarga bo'linadi. Teng munosabatli murakkab sintaktik qurilmalar bog'lovchili yoki bog'lovchisiz bo'lishi mumkin. Biroq, Murakkab sintaktik qurilma qismlari qanday bog'lanishidan qafiy nazar, ular sintaktik derivatsiya mahsuli sanaladi. Shunday bo'lsa-da, bog'lovchili va bog'lovchisiz Murakkab sintaktik qurilmalarning derivatsion tamoyillari o'zaro birmuncha farq qiladi:

1. Sham yorug'i Mirzoning yuziga tushdi, ammo bu ham uni uyg'otolmadi (P.Qodirov. "Yulduzli tunlar").

2. Hasanali ham Otabeklar bilan birlikda birinchi kun qo'shilib qamalg'an bo'lar edi, biroq uning saroyda bo'lishi ulardan ajralib qolishig'a sabab bo'lg'an edi. (A.Qodiriy. "O'tgan kunlar")

3. Har holda qarindoshlaringizning qattig' jazo tortishlari shubhalikdir, siz payqadingizmi, yo'qmi kecha men jarchig'a bu kungi osilg'uchilarni Otabek ila Mirzakarim bo'lg'anlig'ini tayinlagan edim (A.Qodiriy. "O'tgan kunlar").

4. Xonzoda begimni Samarqand podshosining o'g'li Boysunqur mirzoga so'ratgan edilar, Umarshayx mirzo bunga rozi bo'lmagan edi (P.Qodirov. "Yulduzli tunlar").

Keltirilgan misollarning birinchi ikkitasida Murakkab sintaktik qurilma komponentlari o'zaro teng bog'lovchilar yordamida bog'langan. Aynan mana shu bog'lovchilar derivatsiya

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

operatori maqomida kelmoqda. Uchinchi va to'rtinchi misolda Murakkab sintaktik qurilma komponentlarini bog'lab turuvchi grammatik vosita ko'zga tashlanmaydi. Ular mazmunan bog'langan bo'lib, derivatsion jihatdan nol operatorga tayanadi.

Bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalar tarkibida bog'lovchilar va boshqa sintaktik aloqa maxsus vositalari uchramaydi. Bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalar o'zaro ohang yordamida bir-biriga bog'lanadi. Aynan shu sababdan bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalar tashkil bo'lishida ohang, shu bilan birga murakkab sintaktik qurilma qismlari joylashuv tartibi ham muhim rol o'ynaydi.

Bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmaning ayrim turlari uchun lug'aviy tarkib munosabati ham xarakterlidir. Bu munosabat ba'zan murakkab sintaktik qurilma qismlari vazifasiga ko'ra bir xil bo'lgan gap bo'laklari bilan ifodalanishida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari ayrim hollarda bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmaning qismlarida gap bo'laklari ketma-ketligi ham bir xil bo'lishini kuzatishimiz mumkin.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalarda fe'l shakllari ham o'ziga yarasha o'ringa ega.

1. №M£0, mM¥£o U o'qituvchi, men o'quvchi.

2. ÎÉ^o

Men kitob o'qiyapman, uyozyapti.

3. MfâMtt m^M^ho

Bu stol katta, narigi stol kichik.

4. m^rn, iÉ'tmmif^o

Men chipta sotib olayotgandim, uyuklarni ko'zdan kechirardi.

5. mrnrn, ^MMTo

Tun tobora qorong'ulashar, osmon tobora qorayardi.

6. mm, mtà^fÊo

Ubilaversin, men baribir qo'rqmayman.

7. rnw^mrn , mw^io

Sen rozilik bermading, men xafa bo'ldim.

Aslida bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilma atamasini ikki sodda gapning hech qanday grammatik vositalarsiz teng munosabatda bog'lanishiga tayanib birinchilardan bo'lib akademik A.A.Shaxmatov qo'llagan. Mazkur atamaga asoslanib aytish mumkinki, bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalar qismlari o'zaro ohang, mazmunga asoslanib ham sintktik, ham semantik jihatdan birikadi.

Bog'lovchili va bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalar komponentlari o'rtasidagi semantik munosabatlar turli yo'llar bilan ifodalanadi. Bog'lovchili murakkab sintaktik qurilmalarda ularning qismlarini bog'lash uchun bog'lovchilar ishtirok etadi, shuning uchun bu yerda semantik munosabatlar aniqroq va ravshanroq ko'zga tashlanadi. Masalan, "chunki"— sabab, "agar" — shart, " ammo"— zidlash va hokazo.

Bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilma qismlarida bog'lanish bog'lovchili murakkab sintaktik qurilma qismlaridagiga nisbatan mavhumroq bo'ladi. Bog'lovchisiz murakkab

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

sintaktik qurilmalar komponentlarining semantik bog'lanishi bog'lovchili va tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmalarnikiga o'xshashligi kuzatiladi: Bahor keldi, gular ochildi. Bahor kelgach, gullar ochildi. Bahor keldi va gular ochildi.

&Ш7ШШШ7*

шттижть т =

Natijalar.

Har ikki tilda keltirilgan misollardan ko'rinadiki, birinchi murakkab sintaktik qurilma bog'lovchisiz, ikkinchisi bog'langan va uchinchisi esa tobe komponentli murakkab sintaktik qurilmalardir. Bu vaziyatda bog'lovchisiz murakkab sintaktik qurilmani keyingi misollarda hech qanday muammosiz bog'langan va payt munosabatli tobe komponentli murakab sintaktik qurilmaga aylantira oldik. Kelitirgan misollarda bog'lanishni ta'minlayotgan grammatik vositalar sifatida va bog'lovchisi va -gach qo'shimchasi kelmoqda. Ayni paytda bu vositalar murakkab sintaktik qurilma sintaktik derivatsiyasining operatori maqomida kelmoqda. Xuddi shunday xitoy tilidagi misollarda ham va l^fl vositalari bog'lovchi vazifasida kelib, derivatsiya operatori vazifasini bajarmoqda. Xulosa.

O'zbek tilida bog'lovchili teng komponentli murakkab sintaktik birikmalar sintaktik derivatsiyasini shakllantirishda, asosan, va, hamda, shuningdek, biriktiruv bog'lovchilar o'rnida qo'llaniladigan yuklamalar ham ishtirok etadi va derivatsion jarayonda operator maqomida keladi. Odatda mazkur bog'lovchilarning birinchisi teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar shakllanishida ko'p qatnashadi.

Xitoy tilida teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar qismlari yuklamalar orqali bog'lanishi kuzatilmaydi. Bu vaziyatda derivatsiya operandlari bir-biri bilan mazmunga ko'ra bog'lovchisiz shaklda birikadi. Demak xitoy tilida ko'pincha teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar derivatsiyasi nol operatorga tayanadi.

References:

1. Ли Ц. С. Грамматика китайского языка / Ц. С. Ли. - Пекин: Изд-во Коммерческая пресса, 2000.

2. Люй Шу-сян. Очерк грамматики китайского яз. М., Издательство "Наука", 1965.

3. Абдурах,монов F. А. Кушма гап синтаксиси. - Тошкент, 1964; Узбек тили грамматикаси. - Тошкент, 1996;

4. Turniyozov N.,TurniyozovB.,Turniyozova Sh. O'zbek tili derivatsion sintaksisi . -Toshkent, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.