Научная статья на тему 'MATN TARKIBIY QISMLARINI BOG’LASHDA TAKRORNING O’RNI VA AHAMIYATI'

MATN TARKIBIY QISMLARINI BOG’LASHDA TAKRORNING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

4631
168
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mazmuniy yaqinlik / kontakt aloqa / distant aloqa / zanjirli aloqa / intonatsiya / bog„lovchilar / bog„lovchi vazifasidagi so„zlar / gap bo„laklari tartibi / olmoshlar / ayrim so„zlarning takrorlanishi / umumiy ikkinchi darajali bo„laklar / kesimlarning zamon munosabati / takror so‟zlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umida Baxtiyarovna Majidova

Bizga ma`lumki matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o„zaro turli bog„lovchi vositalar yordamida birikadi. Ularga tarkoriy bo„laklar, olmoshlar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari modal so„zlar kabi turli leksik – grammatik birliklar kiradi. Bundan tashqari, gaplar o‟zaro bir-biriga bog‟lanishi uchun turli xildagi birliklar talab etiladi. Ushbu maqolada, matn tarkibiy qismlarini bog‟lashda takrorning o‟rni va ahamiyati haqida fikr va mulohazalar qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATN TARKIBIY QISMLARINI BOG’LASHDA TAKRORNING O’RNI VA AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-323-327

MATN TARKIBIY QISMLARINI BOG'LASHDA TAKRORNING O'RNI VA

AHAMIYATI

Umida Baxtiyarovna Majidova

Toshkent shahar Uchtepa tumani 283-maktab ona tili va adabiyoti

fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bizga malumki matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o'zaro turli bog'lovchi vositalar yordamida birikadi. Ularga tarkoriy bo'laklar, olmoshlar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari modal so'zlar kabi turli leksik - grammatik birliklar kiradi. Bundan tashqari, gaplar o'zaro bir-biriga bog'lanishi uchun turli xildagi birliklar talab etiladi. Ushbu maqolada, matn tarkibiy qismlarini bog'lashda takrorning o'rni va ahamiyati haqida fikr va mulohazalar qilinadi.

Kalit so'zlar: mazmuniy yaqinlik, kontakt aloqa, distant aloqa, zanjirli aloqa, intonatsiya, bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi so'zlar, gap bo'laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so'zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo'laklar, kesimlarning zamon munosabati, takror so'zlar.

KIRISH

Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo'ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo'laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn

birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini belgilash u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko'p va farqli qarashlar mavjud. Masalan, bir necha gapni o'zida birlashtiradigan yirik butunlik - frazadan katta butunlik matnning birligi bo'la oladi. Frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo'lgan gap bir paytning o'zida matnning ham birligi bo'la olmasligini aytadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilshunos olim A. Mamajonov matn komponentlari o'rtasida mustahkam sintaktik aloqa mavjudligini ta'kidlaydi va bu aloqaning o'ziga xosligini "Matn

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-323-327

lingvistikasi" deb nomlangan risolasida quyidagicha izohlaydi: "Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo'shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o'xshab ketadi, faqat murakkabroq ko'rinishda yuzaga chiqadi". Malumki, qo'shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab - natija, shart - payt, aniqlash, izoxlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalangan. Bu munosabatlar qo'shma gapning uch turi: bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplarda komponentlarni o'zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi so'zlar, gap bo'laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so'zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo'laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko'rinadiki, qo'shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o'rnatiladi. Matnda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazalar sintaktik butunliklar, abzatslar, qismlar, bo'limlar, boblar o'rtasida yuzaga chiqib, uning mazmuniy va strukturali jihatdan, balki mazmunan ham bir-birini taqazo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo'lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim. Masalan:

1. Hovli yog' tushsa yalagudek top-toza bo'ldi.

2. Ahmad bugun ham darsga kelmadimi?

3. Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko'tarilish mumkin.

4. O'qituvchining vazifasi o'quvchilarga orzu ulashishdir.

Yuqorida to'rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yo'q. Quyidagi gaplar yig'indisida esa mazmuniy yaqinlik ko'zga tashlanadi, lekin izchillik yo'q.

1. Qalamkashning so'zi bir yo'la o'n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi.

2. Demak, uning so'z masuliyati ham bashqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.

3. Maktab o'qituvchisining so'zi o'ttiz bolaga yetib boradi.

4. Notiqning so'zi ming tinglovchiga boradi.

5. Dorilfunun domlasining so'zi yuz talabaga yetib boradi.

Yuqoridagi gaplardan matnning so'z haqida va uning mas'uliyati haqida ekanligini payqash qiyin emas. Matn komponentlari o'zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi. "Oradan uch -to'rt kun vaqt o'tdi. Bolaga telefonimni bergan edim. Qo'ng'iroq qilmadi. Bir kuni yana uyushmaga kelsam xuddi o'sha kitob do'koni oldida turibdi". Bu matnda birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi, uchinchi va to'rtinchi gaplar orasidagi aloqani "kontakt aloqa", birinchi va uchinchi, birinchi va to'rtinchi gaplar orasidagi aloqani "distant aloqa" deymiz.

K=(a +b)+ (b+c)+ (c +d)

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-323-327

D= (a+c)+(a+d)

Bunday aloqani yuzaga chiqaruvchi leksik - grammatik vositalardan biri takrorlardir. Kesimlilik shakllari yordamida birisining fe l- kesimlarning bir xil zamonda shakllanganligi matn butunligini taminlaydigan vositalardan hisoblanadi.Olimlar hisoblab chiqishicha, Pushkin o'z asarlarida 2 lming 197 ta betakror so'z ishlatgan. Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin, Alisher Navoiy esa lmillion 378 ming 660 ta so'z, shu jumladan 26 mingta betakror so'z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xito y, mo'g'ul va boshqa tillardagi so'zlardan ham mahorat bilan foydalangan.

Olmoshlar yordamida birikish. Bunda matnning birinchi komponenti tarkibidagi ot, sifat, son turkumidagi so'zning keyingi komponentlarida olmosh so'zlar bilan almashtirilishi tushuniladi. "Muhammad Rahimjonning Tozabog'dagi sayrgoh bog'i. Uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha aylanib chiqish amri mahol, kishi charchab qoladi. Katta hovlining orqasida qirg'oqlariga marmar o'rnatolgan xon hovuz.Undagi zog'ora baliq, cho'rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib tashlangan nonlarni yer, goh biltanglab o'ynab sho'ng'ib ketardi. Hovuzning to'rt tomonida yo'g'on-yo'g'on qayrag'ochlar, tanlari qulochga sig'maydi. Xorazmda hovuz desa, darhol ko'z oldinga katta-katta gujumlar -qayrag'ochlar keladi. Bu daraxtlar go'yo azamat dubni eslatadi. Hovuz labiga husn berib turganlar ham o'shalar. Ularning kichkina-kichkina barglari orasidan quyosh nurlari mo'ralaydi. Ammo ular quyosh haroratini o'zida singdirib, pastga tanga-tangaday oq shulalarini tushiradi.Ular kishiga orim beradi." (J.Sharipov).

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ushbu matn tarkibidagi komponentlar zanjirli aloqa usulida munosabatga kirishgan. Dastlabki komponentda bog' va uning kimga tegishli ekanligi haqida axborot keltiriladi. Keyin o'sha bog'ning kattaligi va hovuz haqidagi informatsiya. Hovuz ichi va atrofi tasviri. Daraxtlar va ular bilan bog'liq tafsilotlar. Mazkur tasvirdan butun-bo'lak munosabati anglashiladi. Zanjirli aloqani quyidagi so'z va shakllar taminlaydi: bog' - uning, hovuz undagi, gujumlar? qayrag'ochlar-bu, o'shalar, ularning, ular. Ko'rinadiki, olmoshlar o'zidan oldin kelgan gaplardagi ot turkumiga mansub so'zlarning o'rniga qo'llangan va matn komponentlari o'rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlashtirgan. Hamda ayni so'z takrori bilan yuzaga chiqadigan uslubiy g'alizlik oldi olingan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-323-327

Takrorlar yordamida aytilayotgan fikrni alohida ta'kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta'sirchanligi yanada ortadi. "Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida xosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi komponentlar yig'indisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi". Takrorlar yordamida birikish birinchi gapda qo'llangan ayrim affikslar, so'z, so'z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlari tarkibida takroran qo'llanilishi orqali matn shakllantirilishi mumkin.

- Janoblar, siz bu yerga turli mamlakatlardan kelgansiz. Siz turli millat, turli xalqning vakillarisiz. Bu yerda xech mamlakat, xech bir xalqning vakili bo'lmagan yolg'iz men. Men hamma xalqlarning, hamma mamlakatlarning vakiliman. Men sheriyatman. Men butun olamga teng nur sochuvchi oftobman. Men hamma o'lkalarga teng yog'uvchi yomg'irman. Men dunyoning hamma yerida teng gullaguvchi daraxtman. (R. Xamzatov).

Turmush tashvishlari, Turmush tashvishlari, Biz sendan balandroq tura olsaydik, Biz sendan balandroq yura olsaydik, Balki ung'ayadi dunyo ishlari, Turmush tashvishlari, Turmush tashvishlari. (A.Oripov)

Takrorning bir necha ko'rinishlari bor, ular xam matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alleteratsiya, assonans, anafora, epifora kabilar. Alleteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarni takrorlanishidir. Anafora deganda so'z yoki so'z birikmlarining sheriy misralar boshidan takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi so'z yoki qo'shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matn deb kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi. Takrorlar qo'llanish o'rniga ko'ra gorizontal va vertikal takrorlarga bo'linadi. Bu kabi takrorlar, ayniqsa she riy matnlarda o'ziga xos oxangdorlikni yuzaga keltiradi. Takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga ko'ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe'l takrori kabilarga bo'linadi.

XULOSA

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-323-327

Sintaktik tabiatiga ko'ra so'z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish tartibiga ko'ra ham tasnif qilish mumkin: simmetrik takror va asimmetrik takror. Shuningdek, o'rtadagi masofasiga ko'ra guruhlashimiz mumkin bo'ladi. Yaqin o'rinli takror, uzoq o'rinli takror. Badiiy asarlarda ma'lum bir fikrning turli shakllarda takrorlanishiga qarab mazmuniy takror turini ham kuzatishimiz mumkin. Badiiy matn qismlarini takrorlar yordamida birikishini biz badiiy adabiyot namunalaridan ko'plab uchratishimiz mumkin. Deyarli barcha shoiru yozuvchilar asarlarida takrorlab salmoqli o'rin egallaydi.

REFERENCES

1. Yo'ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. 134-B

2. Abdullaev A. O'zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.-Toshkent: Fan, 1983. 88 b.

3. Abdurahmanov X., Mahmudov N. So'z estetikasi.- Toshkent: O'qituvchi, 2002.

4. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008. 54-59-B

5. Yo'ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili fanidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish.-Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007. 228-B

6. https://fayllar.org/4-mavzu-matn-turlari-va-tarkibi-matn-tahlili-va-tahriri.html

327

www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.