Научная статья на тему 'QARDOSH BO’LMAGAN TILLARDA LOKATIV BIRLIKLARNING SINTAKTIK MUNOSABATLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)'

QARDOSH BO’LMAGAN TILLARDA LOKATIV BIRLIKLARNING SINTAKTIK MUNOSABATLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
291
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lokativlik / predloglar / o’rin joyni ifodalovchi predlog / semantik struktura / gap strukturasi / deyksis / lokativ sintaksema / matn / o’rin joy deyksisi / sintaktik birlik / lokativ birliklar. / locativeness / prepositions / preposition of place / semantic structure / sentence structure / deixis / locative syntaxeme / text / deixis of place / syntactical units / locative units

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyshukur Maxmarizo O’g’li Maxmadiyev

Ushbu maqola turli tizimli, bir biriga qardosh bo’lmagan ingliz va o’zbek tillaridagi lokativ birliklar, lokativ sintaksemalar va ularning yasalishi , qo’llanilishi va ularning har bir til uchun o’ziga xos xususiyatlari ilmiy o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYNTACTIC RELATIONS OF LOCATIVE UNITS IN NON-BROTHERLY LANGUAGES (ON THE EXAMPLE OF ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES)

This article aims to investigate locative units, expressing deixis of place, locative syntaxemes and conditions basing on comparative analysis and peculiarities locative units, expressing deixis of place, locative syntaxemes of the English and Uzbek languages.

Текст научной работы на тему «QARDOSH BO’LMAGAN TILLARDA LOKATIV BIRLIKLARNING SINTAKTIK MUNOSABATLARI (INGLIZ VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)»

QARDOSH BO'LMAGAN TILLARDA LOKATIV BIRLIKLARNING SINTAKTIK MUNOSABATLARI (INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Xudoyshukur Maxmarizo o'g'li Maxmadiyev

Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola turli tizimli, bir biriga qardosh bo'lmagan ingliz va o'zbek tillaridagi lokativ birliklar, lokativ sintaksemalar va ularning yasalishi , qo'llanilishi va ularning har bir til uchun o'ziga xos xususiyatlari ilmiy o'rganilgan.

Kalit so'zlar: lokativlik, predloglar, o'rin joyni ifodalovchi predlog, semantik struktura, gap strukturasi, deyksis, lokativ sintaksema, matn, o'rin joy deyksisi, sintaktik birlik, lokativ birliklar.

SYNTACTIC RELATIONS OF LOCATIVE UNITS IN NON-BROTHERLY LANGUAGES (ON THE EXAMPLE OF ENGLISH AND UZBEK

LANGUAGES)

Khudoyshukur Makhmarizo ugli Makhmadiev

Master of Samarkand State Institute of Foreign Languages

ABSTRACT

This article aims to investigate locative units, expressing deixis of place, locative syntaxemes and conditions basing on comparative analysis and peculiarities locative units, expressing deixis of place, locative syntaxemes of the English and Uzbek languages.

Keywords: locativeness, prepositions, preposition of place, semantic structure, sentence structure, deixis, locative syntaxeme, text, deixis of place, syntactical units, locative units,

Bizga ma'lumki tilni o'rganish uzoq muddat davom etadigan jarayon hisoblanadi va bundan tashqari tilni mukammal o'rganish ikki yoki undan ortiq tillarni bevosita tahlil qilib o'rganish orqali amalga oshadi. Tillarni qiyosiy tahlil qilish, ularni chuqur o'rganish yangi tahlil obyektlarini ochadi. Tilshunoslikning asosiy obyekti bu - til. Darhaqiqat, umumiy jihatdan oladigan bo'lsak, til vositasida axborot almashinuvi, o'zaro hamkorlik, kommunikatsiya yuzaga keladi. Ilm-fan, texnikaning gurkirab rivojlanishi va ilmiy-texnik axborotning kengayishi munosabati bilan tilshunoslik va tarjimaning amaliy ahamiyati ham oshib bormoqda. Albatta shuni ta'kidlab o'tishimiz lozimki, bugungi kunda ham tilshunosligimiz qanchalik rivojlangan bo'lmasin, o'zbek

tili, ingliz tili nazariy va amaliy grammatikasi, ingliz va o'zbek tillari qiyosiy grammatikalarining yetishmasligi kabilar inobatga olinib, ularga bo'lgan ehtiyoj bugungi kunda tilshunos olimlar oldiga mavjud muammolarning yechimini topishdek muhim vazifalarni qo'ymoqda. Xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini har tomonlama chuqur o'rganish, ayniqsa, bu tilni o'zbek tili bilan qiyosiy tavsiflash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tillarni qiyosiy o'rganish orqali yangi tilshunoslik yo'nalishlari ochilmoqda. Bundan tashqari barcha tillarda gap qurilmasining an'anaviy sintaktik tahlili bugungi kunda tilshunoslikning eskirgan tadqiqot yo'nalishi sifatida qaralmoqda. Zamonaviy tilshunoslikda sintaktik bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga ajratib talqin etilishi, ushbu birliklarning gapda ishtirok etishida sintaktik aloqalarni aniqlash, sintaktik birliklarning differenstial belgilari hamda ularning til sathlaridagi semantik maydonini o'rganish va ularni qiyosiy-tipologik jihatdan talqin etish hozirgi zamon tilshunoslari uchun ochilishi kerak bo'layotgan "sirli sandiq" qa qiyos etsak mubolog'a bo'lmaydi.

Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tillarida gap tarkibida lokativlik kategoriyasini qiyosiy tadqiq qilish va uning diyektik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan fikr va mulohazalar o'rin olgan. Ingliz va o'zbek tillarida lokativlik o'rnida kelgan birliklarning gapdagi boshqa birliklar bilan bo'lgan sintaktik aloqalarini hamda ularning differenstial sintaktik belgilarni ko'rsatadi.

Ma'lumki, bugungi kunda matn tilshunosligi sohasida aksariyat ko'pchilik olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Matn tilshunosligi doirasida matnni tahlil qilishda pragmatik, kognitiv, lingvomadaniyat, deyktik hodisalarni aniqlash, lokativ birliklar va ularning sintaktik munosabatlari kabi ilmiy yondashuvlar mavjud bo'lib, ular to'xtovsiz rivojlanib bormoqda. Xususan lokativ birliklar va ularning sintaktik munosabatlari o'zbek tilida endi o'rganilayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Ingliz va o'zbek tillarida lokativlikni ifodalovchi unsurlar, ya'ni asosan ot bilan ifodalangan elementlarni semalarga ajralib tahlil qilinadi.

Ingliz va o'zbek tillari gap qurilmasida yadro bo'lmagan tobe komponent o'rnida kelgan lokativlikni ifodalovchi sintaktik birliklarni tahlil qilishda biz asosan substanstiallik sema bilan ish ko'ramiz. Lokativlik yoki makonning ifodalanishi ingliz tili misolida predlog+ot, o'zbek tilida esa ot+kelishik qo'shimchalari yordamida o'z ifodasini topadi [5, b.54].

Ammo qayd etish joizki, ingliz tili misolida barcha predlog+ot yoki o'zbek tilida ot kelishik qo'shimchalari bilan birga har doim ham substanstial lokativ semalarni ifodalavermaydi:

Masalan: 1) The bird went higher in the air (OMS 12).

2) It has more force in the evening (OMS 11).

Ushbu gaplarda in the air va in the evening sintaktik birliklar substanstiallikni ifodalasada, birinchi gapda in the air substanstial lokativlikni ifodalasa, ikkinchi gapda in the evening - substanstiallik va temporallikni ifodalaydi.

Bunda semalarni isbotlashda substanstial lokativ va temporallikni ifodalagan elementlarni adverbial elementlar bilan almashtirish mumkin.

1. The bird went higher in the air. ^ The bird went here/there

2. It has more force in the evening ^ It has more force then.

Yoki where va when so'roq qo'yish yo'li bilan ham buning guvohi bo'lishimiz mumkin:

1. The bird went higher in the air ^ where did the bird go higher?

2. It has more force in the evening ^ when does it have more force?

O'zbek tili misolida ham shunday holatni ko'ramiz.

1. Hammasi ko'chada shataloq otadi (IEO, 12).

2. Kuzda dadam uzun tayoq ko'tarib ustiga chiqadi (IEO, 17).

Bu gaplarda ham substanstiallikni ifodalagan sintaktik birliklarni, ya'ni ko'chada adverbial elementlar u erda (shu erda, Kuzda esa o'sha paytda) kabilar bilan almashtirish mumkin yoki qaerda va qachon so'roqlarni qo'yish mumkin:

1. Hammasi ko'chada shataloq otadi. ^ Hammasi u erda shataloq otadi ^ qaerda hammasi shatoloq otadi?

2. Kuzda dadam uzun tayoq ko'tarib ustiga chiqadi. ^ o'sha paytda dadam uzun tayoq ko'tarib ustiga chiqadi. ^ qachon dadam uzun tayoq ko'tarib ustiga chiqadi?

Lokativ elementli gaplarni sintaksemalarga ajralib tahlil qilinganda, biz lokativ semalarni asosan kategorial differensial sintaktik-semantik belgilardan substansiallik bazasida tahlil qildik. Substansial lokativ sintaksemalar faqat ot so'z turkumi bilan ifodalangan elementlar doirasida lokativ semalarning variantlarini aniqladik. Ammo, lokativ semalarning variantlariga ishora qiluvchi sintaktik birliklarning sintaksem tarkibni aniqlash, ularning ifodalagan sintaksemalari substansial lokativ sintaksemalarning qaysi bir variantlariga mutanosibligi yoki nomutanosibligi tilshunoslikda ilk bor qiyosiy tadqiq qilinmoqda. Qo'shma gaplar va mikromatn doirasida aniqlangan lokativ sintaksemalarga ishora qiluvchi anaforik vositalar asosida tahlil qilindi [4, b. 120].

Ingliz tilida lokativlikni ifodalavchi birliklar quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkun: there, here, anywhere, somewhere ravishlari, where, which, behind which, through which suroq so 'zlari, in the centre of which, in front of which, in it, in front of it, qo'shma predloglari va from + N,

for + N, out of + N, above + N, of + N, by + N, with + N, through + N, about + N, in + N, at + N, because of + N, over + N, on + N, off + N, bilan ifodalanishi mumkin. Masalan quyidagi ushbu gaplarda:

The strange light the sun made in the water.( OMS, 12), But as the old man watched, a small tuna rose in the air ( OMS, 12). They travelled slowly on the calm water ( OMS, 17). In + N va On +N shaklida kelgan holatni ko'rish mumkin. He wished it to be for any fish that swam there ( OMS, 12). At that moment he felt him stop moving but the weight was still there ( OMS, 15). The bird made the stern of the boat and rested there ( OMS, 20).

My big fish must be somewhere ( OMS, 13).- gaplarida yuqoridagi misollar bilan qullangan misollarni ko 'rish mumkin.

Ingliz tilida predlogli birikmalar turlicha semalarni ifodalashiga qarab birqancha turlarga bo'lish mumkin.

1. From + S shakli sub'ektni ob'ektdan uzoqlashishini ifodalaydi: Ther e were other boats from the other beaches going out to sea ( OMS, 11).

2. Out of + S birikmasi sub'ektning yoki predmetning ob'ekt yoki makondan chiqishini anglatadi:

I watched the snow falling, looking out of the window of the bawdy house. (FTA, 6).

er + S varianti ob'ektning ustidan uzoqlashishini ko'rsatadi: a cloud coming over the mountain (FTA, 6).

f + S varianti ob'ektni makon us tidan uzoqlashtirishda ishla tiladi: your hands off the table (JLME, 511).

Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.Ingliz tiliga qardosh bo'lmagan o'zbek tilida esa bu boshqa tarzida ifodalanadi. Bu holni quyidagi holatda ko'rsatishimiz mumkin. O'zbek tilida lokativlik -o'rin joyni bildirgan birliklar u yerda, u yerga, bu yerda, usha yerga, usha joyda, u yerda va bosh. kabi ravishalar va ot+klishik qo'shimchalari tarzida ifodalanadi. Masalan: Kechqurun bo'lsa dadam meni ko'tarib, yana choyxonaga olib chiqadi (IEO, 21). Komil buvaning uyi shu yong'oqozorning ichida - Bo'rijaming qoq ustida emish (IEO, 21). Dadam, nihoyat, temir yo'l ustiga chiqdi (IEO, 21). Ammo bu yerdagi hamma narsani yaxshi bilaman (IEO, 19). Bu yerdagi uylar biznikiga o'xshamaydi (IEO,208). Yurib-yurib, yong'oqzor ichiga kirib qoldik. Bu yerdan avval ham o'tganmiz. (IEO, 21) va boshqa misollarni keltirib o'tishimiz mumkin. O'zbek tilida ham ingliz tilida ham sintaktik jihatdan lokativ - o'rin joyni ifodalovchi birliklar gapda o'rin holi vazifasida qo'llanadi.

Mazkur maqolada lokativlik kategoriyasini bir biriga qardosh bo'lmagan (ingliz va o'zbek) tillarda qo'llanilishi o'rni va har bir til uchun o'ziga xos xususiyatlari ustida

3. Ov I saw

4. Of Take

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

to'xtalib o'tdik. Lokativ birliklar ikkala tillarda turli unsurlar vositasida yasalishiga guvoh bo'ldik. Lokativ birliklarni badiiy adabiyotlardagi misollar orqali tahlil qilishga harakat qildik. Lokativ birliklar, lokativlik kategoriyasi haqidagi ushbu maqola bu birliklarni o'rganishning bir kichik bo'lakchasi ekanligini yana bir bor ta'kidlab aytmoqchiman. Lokativ birliklar ustida ishlash zamonaviy tilshunoslik uchun yangi qirralarni ochadi desak mubolaga bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Буронов Ж., Хршимов У., Исматуллаев Х. English Grammar. Инглиз тили грамматиккаси. Тошкент: Укдтувчи, 1974. - 351 б.

2. Сафаров Ш.С. Прагмалингвистика. - Тошкент: Узб. миллий энциклоп, 2008. -300 б.

3. Usmonov U. Gap tahliliga yangicha yondashuv // Xalqaro ilmiy-anjuman materiallari. SamDChTI ning 10 yilligiga bag'ishlanadi. - Samarqand: SamDChTI nashri, 2004. - B. 106-107.

4. Sulaymonova N.J. Ilmiy axborotnoma SamDU 2016-yil 4-son (98) 201-b.

5. Сулайманова Н.Ж. Макон дейксисини ифодаловчи синтактик бирликлар (инглиз ва узбек тиллар мисолида) Ученый XXI века 2016 № 2-3 (15)

6. Xeminguey E. Alvido qurol. - Toshkent: Yosh gvardiya, 1986. - 447 b

7. Xoshimov U. Ikki eshik orasi. - Toshkent: Sharq NMIU, 2012. - 682 b

8. Ernest Hemingway. The Old Man and the Sea. www.Asiaing.com - 52p

9. Jack London. Martin Eden. - Moscow: Progress, 1974. - 504 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.