Научная статья на тему 'KO‘MAKCHILI QURILMALAR VOSITASIDA BIRIKKAN QO'SHMA GAPLAR SEMANTIKASI'

KO‘MAKCHILI QURILMALAR VOSITASIDA BIRIKKAN QO'SHMA GAPLAR SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1804
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
forsiy / arabiy / paradigma / paradigmatik qator / lug’aviy ma’no.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ganiyeva Malohat Abdusalomovna

Ushbu maqolada, ko'makchilar ham ergashgan qo'shma gap qismlarini bog'lash uchun xizmat qilishi va yuklamalarga o'xshash turli fe`l shakllarida kelgan ergash gapning kesimlari bilan qo'llanib, ergash gapning mazmuniga turli ottenka qo'shishi, uchun ko'makchisining sabab va maqsad ergash gapli qo'shma gaplarning kesimi tarkibida qo'llanishi haqida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO‘MAKCHILI QURILMALAR VOSITASIDA BIRIKKAN QO'SHMA GAPLAR SEMANTIKASI»

KO'MAKCHILI QURILMALAR VOSITASIDA BIRIKKAN QO'SHMA GAPLAR

SEMANTIKASI G'aniyeva Malohat Abdusalomovna

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti II bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11084921 Annotatsiya. Ushbu maqolada, ko'makchilar ham ergashgan qo'shma gap qismlarini bog'lash uchun xizmat qilishi va yuklamalarga o'xshash turli fel shakllarida kelgan ergash gapning kesimlari bilan qo'llanib, ergash gapning mazmuniga turli ottenka qo'shishi, uchun ko'makchisining sabab va maqsad ergash gapli qo'shma gaplarning kesimi tarkibida qo'llanishi haqida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: forsiy, arabiy, paradigma, paradigmatik qator, lug'aviy ma'no.

Tilshunos R. Sayfullayeva qo'shma gapni tarkibiy qismlari orasidagi manoviy munosabatning ifodalanishiga ko'ra quyidagi turlarga guruhlaydi :

-birin -ketinlik, sabab, o'rin yoki payt, vaziyat, izohlash yoki qiyoslash, ichki fikr Yuqorida keltirilgan tasnifdan ko'rinib turibdiki, qo'shma gap tarkibiy qismlari orasida sabab munosabati ham ifodalanadi. Xuddi shu sabab munosabatini ifodalovchi qo'shma gap komponentlari shuning uchun, shu sababli kabi ko'makchili qurilmalar yordamida bog'lanadi.

Shakl va mazmun munosabati nisbiy mutanosiblikda (yani asimmetrik) bo'lganligi sababli qo'shma gapda polisemiya va omonimiya hodisalari kuzatiladi.

Bog'lovchilar manosi va gap semantikasi, juda ko'p holatda bog'lovchilarning o'zgarishi o'zaro munosabatlarning qisman yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Masalan: "O'qituvchi keldi, dars boshlandi" qo'shma gapi turli bog'lovchi bilan bog'langanda har xil munosabatni yuzaga keltiradi. Jumladan:

1. O'qituvchi keldi, dars boshlandi.

2. O'qituvchi keldi, chunki dars boshlandi.

3. O'qituvchi keldi, shu sababli dars boshlandi.

4. O'qituvchi keldi, natijada dars boshlandi.

Bazan sabab voqeani birinchi o'ringa chiqarish, unga urg'u berish maqsadi bilan oldin ergash gap, keyin bosh gap keltiriladi. Quyidagi misollarda buni ko'rish mumkin:

Uning bunday odatiyo'q edi, shuning uchunyigit hayron bo'lib, biroz qarab turibdi. (A. Qahhor) O'sha pari qizlarning ruhlari hamon suv tagida yasharmish, shuning uchun sirli daryo deb atalgan. (O'.Hakimali)

Yuqorida keltirilgan misollardan anglash mumkinki, ergash gapda sabab voqea, bosh gapda esa ana shu sababga ko'ra yuzaga keladigan voqea ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, ergash gapdagi voqea mazmunan bosh gapdagi voqea ichiga sabab uzvi sifatida kiradi, chunki bosh gapdagi voqea asosiy voqea hisoblanadi. Masalan, bir voqea asosiy xabar sifatida aytilganda, agar uni keltirib chiqargan sababga zarurat bo'lsa, albatta, nega? degan savol tug'iladi, bu savolning javobi, tayinki, sabab voqeadan iborat bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan qo'shma gapga murojaat etadigan bo'lsak, "Negayigit hayron bo'lib, biroz qarab turibdi?" degan savol berib, "Chunki uning bunday odati yo'q" degan javob olamiz. Yana quyidagi misollarga murojaat etamiz:

Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g'ashliklarni yo'qotadi. ("Hadis"dan) Ammo oqibat- natijadan mamnunmiz, chunki hozir loyiha, har qalay mavjud. (A. Muxtor) Oyna opa xatni oxirigacha o'qiy olmadi, chunki hovlining eshigini

kimdir taqillata boshladi. (Sh. Xolmirzayev) Birinchi navbatda shu odamni aytish kerak, chunki u Asadning marhum otasiga qadrdon kishi edi. (F. Musajonov)

Yuqorida keltirilgan chunki bog'lovchili qo'shma gaplarning barchasida bosh gap avval, ergash gap keyin qo'llangan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, chunki bog'lovchili qo'shma gaplarda qo'shma gap bosh gap+ ergash gap tuzilishiga ega bo'ladi.

Shuningdek, sabab munosabatini ifodalovchi qo'shma gaplar ergash gap+ bosh gap tuziliishida ham bo'ladi. Bunday tuzilishdagi qo'shma gaplar komponentlari shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois kabi ko'makchili qurilmalar yordamida bog'lanadi. Masaaln:

Uning bunday odatiyo'q edi, shuning uchunyigit hayron bo'lib, biroz qarab turibdi. (A. Qahhor) O'sha pari qizlarning ruhlari hamon suv tagida yasharmish, shuning uchun sirli daryo deb atalgan. (O'.Hakimali) Ammo shu tobda hordiq chiqarishgafursatyo'q edi, shu bois ... tag'in jiddiy ishga kirishib ketdilar. ( O. Yusupov) Saodat ko'pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi. (I. Rahim)

Yuqorida keltirilgan qo'shma gaplarda sabab munosabatini ifodalovchi ergash gap birinchi, asosiy voqeani ifodalovchi bosh gap esa keyin kelgan. Bunday qo'shma gaplarda sabab voqeani birinchi o'ringa chiqarish, urg'u berish maqsadi bo'lganligi uchun ergash gap oldin, bosh gap esa keyin keltiriladi.

Chunki sanab o'tilgan ko'makchili qurilmalar tarkibidagi uchun, sababli, tufayli birliklari ko'makchi so'z turkumiga mansub hisoblanadi. Ular haqida "Hozirgi o'zbek adabiy tili" qo'llanmasida shunday deyiladi:

Uchun. Sabab ma nosini. Bunday choqda uchun ko'makchisi, ko'pincha, -gani (-gan+i), ligi (-lik+i), - ganligi (-gan+lik+i) affikslari bilan tugagan so'zlardan so'ng keladi: Yangi chiqqan oy eyilib ketgan o'roqday ingichka bo'lgani uchunyo'lniyoritmasdi. (Sh. Rashidov) Kichikariqqa suv kelmagani uchun Gulnor chelak ko'tarib, katta ariqqa jo'nadi. (Oybek)

Bunday birikuvlarda uchun ko'makchisi sababli so'zi vazifasini bajaradi va unga sinonim

bo'ladi.

Qiyos qiling: A lo o'qigani uchun mukofotlandi -Aslo o'qigani sababli mukofotlandi. Sababli. Bu ko'makchi sodir bo'layotgan ish-harakatning boshqa ish- harakatga aloqador ekani sababini bildiradi. U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko'ra olmaganidan naqadar xijolatda ekanini aytib bitirolmas edi. (A. Qahhor) Mehrixon homiladorligi sababli kampirlarga qo'shilib qurt boqdi. ("Sharq yulduzi")

Bu ko'makchi oldidan ko'pincha -gan shaklli sifatdosh (o'qigani sababli), -(u)v, -(i)sh harakat nomlari (o'quvi sababli, o'qishi sababli) va belgi otlari (o'qiganligi sababli) keladi.

Tufayli . Bu ko'makchi ish-harakatning sodir bo'lishidagi sababni bildiradi: Doim ko'z oldimda hamshira yakka emas, Husniddin Salom bilan birga turar, shu tufayli xayollarim borgan sari sirqirar edi. (M. Boboyev) Bechora Madamin qabohatona shubha tufayli jon talvasasida yotibdi. (R. Otayev)

Bu o'rinda bir narsani aytib o'tish maqsadga muvofiqki, lisoniy adabiyotlarda shuning uchun ergashtiruvchi bog'lovchi sifatida talqin etiladi. Lekin professor N. Mahmudov bu so'zning bog'lovchi deb atalishiga qarshi bo'lib, shunday deydi : Lisoniy adabiyotlarda shuning uchun ergashtiruvchi bog'lovchi sifatida talqin etiladi. Lekin aslida unday emas. Bunday talqin rus tilidan nusxa olishning oqibatidir. Ayni shuning uchun odatdagi so'z shaklidir, ya ni olmosh+uchun. Bu so'z shakli "qotib" qolgan emas, shu uchun, shu bois, shu sababli, shu tufayli kabilar ham mazmunan shuning uchun bilan bir. Keltirilgan gaplarda bu so'z shakllarini bemalol almashtirib qo'llayverish mumkin:

Uning bunday odati yo'q edi, shuning uchun yigit hayron bo'lib, biroz qarab turibdi.

Uning bunday odati yo'q edi, shu tufayli yigit hayron bo'lib, biroz qarab turibdi.

Ammo shu tobda hordiq chiqarishgafursatyo'q edi, shu bois... tag'in jiddiy ishga kirishib ketdilar.

Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo'q edi, shu sababli... tag'in jiddiy ishga kirishib ketdilar.

Shundan kelib chiqib, shuning uchun kabilarni sabab holi (bosh gapda) sintaktik o'rnidagi havola bo'lak sifatida talqin etish maqsadga muvofiqdir. Demak, N. Mahmudov shuning uchun so'z shaklini havola bo'lak sifatida talqin etish maqsadga muvofiqligini ta'kidlagan . Shuning uchun ham shakli qo'llanadi: Men shuning uchun ham buni qilamanki, Hayotxon keyinchalik G'ulomjondan umrbodrozi bo'lsin. (M. Ismoiliyj Ocherk menga shuning uchunyoqmadiki, unda tirik, jonli odamyo'q. (F. Musajonov) kabi gaplarni bir havola bo'lakli gaplar deb atagan.

Sabab ergash gapli qo'shma gaplardagi sabab munosabati subektiv murakkablashuvi ham mumkin. O'zbek tilida bunday murakkablashuv ko'proq nutq egasi nazdida keltirilayotgan sababning aniq yoki noaniqligi, umumga malum yoki nomalumligi, taxminiyligi kabi subektiv ma' no nozikliklarini gap mazmuniga kiritish hisobiga yuz beradi. Masalan: "Majlis erta boshlandi, faqat shuning uchun u kech qoldi " gapida bosh gapdagi voqeaning yuz berishiga olib kelgan sabab ayni ergash gapdagi voqeaning bir o'zi ekanligi, buning aniq ekanligi ta'kidlangan, bu bilan sabab munosabati subektiv murakkablashgan. Bu murakkablashuv faqat yuklamasi orqali shaklan ifodalangan.

Sababning aniq emasligi, so'zlovchi muayyan voqeani sabab deb taxmin qilayotganligi manosi bilan sabab munosabatining subektiv murakkablashuvi nisbatan ko'proq uchraydi. Bu ko'pincha - mi yuklamasi orqali ta kidlanadi. Masalan: Ketmon ezvorgani uchunmi, elkasi ho'kkayib chiqqan. (N. Qilichyev) Yuragi bir nimani sezdimi, ovozining boricha baqirdi. (S. Barnoyev) Uning eti uyushdimi, ijirg'anib o'rnidan turdi.

Ba zan taxminiylikni yana ham ta kidlash uchun -mi dan tashqari boshqa leksik vosita, masalan, negadir so'zi ham keltiriladi:

Hamon xotini tikilib turgani boismi, negadir duduqlanib izoh berdi. (N. Qilichyev)

Taxminiylik juda kuchli bo'lganda bazan ayni holatdagi birdan ortiq sabab ergash gap tarzida keltirilishi ham mumkin: Bilimi sayozlik qildimi yo omadi chopmadimi, ishqilib, qora chamadonni daranglatib yana Qorasuvga qaytdi. (S. Siyoyev)

Sababning taxminiyligi yana boshqa vositalar orqali ham ifodalanadi: Ammo ortiqcha xursandchilik ko'ngillariga sig'madi, chamamda, yana jimib qolishdi. (Ch. Amirejibi) Olchinbek ... allaqanday noxush xabarni eshitdi, shekilli... rangi o'zgardi. (K. Yashin) Rus tili unga g'alati eshitilsa kerak, ... astoydil quloq solardi. (A. Muxtor) Hukumatning bir dolzarb ishi bordirki, zudlik bilan olib ketgan. (A. Muxtor)

Ayrim hollarda sababning umumga ma'lumligi ta'kidlanadi, bunda sabab bilan natijaning uzviy bog'liqligi ham umumga malum tagbilim sifatida anglashilib turadi. Shuning uchun ham sabab voqea ifodalangan ergash gapning predikati bo'lishsiz shaklda bo'lib, - mi yuklamasini olgan bo'ladi:

Saraton quyoshiyeru ko'kniyondirib atrofgapurkayotgan birpalla emasmi, kattayu kichik o'zini choyga uradi. (X. To'xtaboyev)

Qismlari - mi shakli orqali birikkan ergash gapli qo'shma gaplarda sintaktik polisemiya va sintaktik omonimiya faol amal qiladi. "Bahor keldimi, dalada ish qiziydi" (So'zlashuv nutqidan) gapi "Kechasi eshik ochilib qolganmi, ertalab tursam, burnim berk. (Sh. Xolmirzayev)" gapi bilan

omonimik munosabat hosil qiladi. Chunki bu ikki sintaktik konstruktsiya manolari o'rtasida bog'lanish yo'q. Ular alohida-alohida invariant manolarga birlashadi. Birinchi gap shart manosi bilan bog'langan payt manosiga, ikkinchi gap esa noaniqlik - taxmin manosi bilan bog'langan sabab manolariga ega .

Ko'makchi qurilmali sabab ergash gapli qo'shma gaplardagi sabab mazmunining subektiv murakkablashuvi yana boshqa ko'rinishlarda ham bo'lishi mumkin. Professor N.Mahmudov sabab munosabatini ifodalovchi qo'shma gaplarda, asosan, ikki (yoki undan ortiq) denotativ voqea ifodalanishini va ularda mazmuniy - sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelmasligini ta kidlaydi.

Malumki, qo'shma gaplardagi semantik-sintaktik nomutanosiblikning zamini tildagi ortiqchalik tendensiyasiga borib taqaladi. Bu tendensiyaga binoan, "so'zlovchi ayni maqsadi, bahosi va shu kabilarni alohida takidlab ifodalash uchun predikativ tizimlarni tanlaydi, lekin bu tizimlar denotativ voqeani emas, mazkur maqsadga ko'ra modusni (so'zlovchining voqelikka munosabatini) ifodalaydi. Buning natijasida nazariy jihatdan ikki denotativ voqea ifodachisi bo'lgan ikki (yoki undan ortiq) predikativ birlikdan iborat tobe munosabatli qo'shma gap faqat bir denotativ voqeani ifodalaydigan bo'lib qoladi, yani bir mazmuniy "yadro"ni o'z ichiga oladi. Bu tayinki, mazmun va shakl jihatdan nomutanosiblikni keltirib chiqaradi."

Kuzatishlardan malum bo'ladiki, ikki denotativ voqea ifodalangan ikki komponentli qo'shma gaplarda tejash tamoyilining amal qilishi natijasida ham mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga keladi. Masalan:

Saodat ko'pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi. (I. Rahim) Shu odam ustidan byuroga tushgan arizani Qalandarov bir yarim yildan beri muhokama qilgani qo'ymas ekan, shuning uchun uning pravlenieda ham aytgani- aytgan, degani-degan bo'lishi kerak. (A. Qahhor)

Yuqorida keltirilgan "Saodat ko'pdan beri ashula aytmagan edi, shuning uchun ham u jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi" qo'shma gap tarkibidagi qismlar shuning uchun ko'makchili qurilma yordamida bog'langan bo'lib, tasdiq shakldagi darak gap+istak gapdan tashkil topgan. Ularning har ikkala qismida ham denotativ mano mavjud. Tahlil etilayotgan qo'shma gap ikki qismdan tashkil topgan bo'lsa-da, u semantik-sintaktik jihatdan nomuvofiq hisoblanadi. Chunki bu qo'shma gapda quyidagi axborotlar ifodalangan.

Eksplitsit axborotlar:

1. Saodat ko'pdan beri ashula aytmagan edi. 2. Jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi.

Implitsit axborotlar:

1. Avval Saodat ashula aytgan. 2.Jaranglagan ovozda ashula aytilmoqda.

Yuqorida keltirilgan "Avval Saodat ashula aytgan" axboroti qo'shma gapning birinchi qismi ("Saodat ko'pdan beri ashula aytmagan edi" )dagi beri ko'makchisining presuppozitsiyaga ishorasi orqali anglashiladi.

"Jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi' axboroti esa qo'shma gapning ikkinchi qismi ("Jaranglagan ovozlarga qo'shilib ashula aytgisi keldi")dagi qo'shilib ravishdosh o'ramning presuppozitsiyaga ishorasi orqali ifodalangan.

Demak, nutqda ba zi ikki komponentdan iborat ko'makchili qurilmalar yordamida bog'langan qo'shma gaplarning mazmuniy tuzilishi murakkab bo'lib, ularda ikki denotativ voqea emas, balki ikkitadan ortiq denotativ voqea ifodalanishi mumkin. Natijada bunday qo'shma gaplarda shakliy- sintaktik nomuvofiqlik yuzaga keladi. Shuning uchun yuqorida tilshunos N.

Mahmudovning fikrlariga yana bir fikr qo'shishimiz mumkin, yani ko'makchi qurilmali qo'shma gaplarda semantik-sintaktik muvofiqlikdan tashqari, nomuvofiqlik ham kuzatiladi.

REFERENCES

1. Lutfullayeva D. Gap qurilish qolipi va propozitiv strukturasi o'rtasidagi munosabat. -Toshkent, 2008

2. Mamajonov A. Qo'shma gap stilistikasi. -Toshkent: Fan, 1992.

3. Mahmudov N., Nurmonov A. O'zbek tilining nazariy grammatikasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1995.

4. Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. Ona tili. Umumtalim maktablarining 9- sinfi uchun darslik. - Toshkent: "Tasvir" nashriyot uyi, 2006.

5. Uluqov N., Nurmonova D. Ona tili. 9- sinf. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. -Toshkent: "Tasvir" nashriyot uyi, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.