Научная статья на тему 'INGLIZ TILIDA ANIQLOVCHI VA UNING GAPDAGI O`RNI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR'

INGLIZ TILIDA ANIQLOVCHI VA UNING GAPDAGI O`RNI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
706
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aniqlovchi / aniqlanmish / predikat / predikativlik / ikkinchi darajali bo`lak / sifat / aniqlovchili eragsh gaplar. / attributive / defined / predicate / predicative / secondary clauses / adjective / attribute clauses.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Napasova, Baxora Boymirzayevna

Ushbu maqolada ingliz tilida aniqlovchilarning ifodalanishi va uning gapdagi o`rni, sintaktik va semantik xususiyatlari hamda ularning turlari haqida fikr yuritilgan. Aniqlovchi va ularning o`ziga xos xususiyatlari tahlil qiligan . Tahlillar bir qancha misollar asosida dalillashga harakat qilingan. Aniqlovchi ergash gaplarning turlari va gapdagi ishtiroki haqida mushohada qilingan. Tilshunos olimlarning ingliz tilida aniqlovchilar haqida turli munozrali qarashlari o`rganilgan, taqqoslangan va umumiy xulosalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME CONSIDERATIONS ABOUT THE DEFINITIVE IN ENGLISH AND ITS PLACE IN THE SENTENCE

In the article, the expression of attributive in English and its place in the sentence, syntactic and semantic features and their types are discussed. Attributive and their character traits were analyzed and evidence was tried based on examples. The types of determining clauses and their participation in the sentence were observed. Various controversial views of linguists about attributive in english have been studied, compared and generally concluded.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILIDA ANIQLOVCHI VA UNING GAPDAGI O`RNI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

INGLIZ TILIDA ANIQLOVCHI VA UNING GAPDAGI ORNI HAQIDA

AYRIM MULOHAZALAR

Ushbu maqolada ingliz tilida aniqlovchilarning ifodalanishi va uning gapdagi o^rni, sintaktik va semantik xususiyatlari hamda ularning turlari haqida fikr yuritilgan. Aniqlovchi va ularning o^ziga xos xususiyatlari tahlil qiligan . Tahlillar bir qancha misollar asosida dalillashga harakat qilingan. Aniqlovchi ergash gaplarning turlari va gapdagi ishtiroki haqida mushohada qilingan. Tilshunos olimlarning ingliz tilida aniqlovchilar haqida turli munozrali qarashlari o^rganilgan, taqqoslangan va umumiy xulosalangan.

Kalit so zlar: aniqlovchi, aniqlanmish, predikat, predikativlik, ikkinchi darajali bolak, sifat, aniqlovchili eragsh gaplar.

В данной статье выражения детерминативов в английском и обсуждаются его место в предложении, синтаксические и семантические признаки и их виды. Анализируются детерминанты и их специфические характеристики . Анализ пытались доказать на нескольких примерах было сделано наблюдение о видах определяющих пределожний и их участики .Были изучены, сопоставлены и сделаны общие выводы различных противоречивых в зглядов лингвистов на детерминативы в английском языке .

Ключевые слова: определитель, определение, предикат, предикативность, вторичный пречастие, прилагательное, определеннй артикль.

In the article, the expression of attributive in English and its place in the sentence, syntactic and semantic features and their types are discussed. Attributive and their character traits were analyzed and evidence was tried based on examples. The types of determining clauses and their participation in the sentence were observed. Various controversial views of linguists about attributive in english have been studied, compared and generally concluded.

Key words: attributive, defined, predicate, predicative, secondary clauses, adjective, attribute clauses.

Tilshunoslikda ikkinchi darajali gap bo'laklari o'rtasida ajralib turadigan sintaktik birliklardan biri bu - aniqlovchidir. Aniqlovci tilshunoslikda ko'p

Napasova Baxora Boymirzayevna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

o'rganilmagan soha hisoblanib, olimlar o'rtasida turi bahs - munozaralarni uchratish mumkin. U o'z tuzilishi, turlari, o'ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Aniqlovchi gapda otga bog'lanib kelishi bilan boshqa ikkinchi darajali bo'laklardan farqlanadi . Hol va to'ldiruvchi doimo kesimga tobe bo'lib kelib, gapning mustaqil bir bo'lagi sifatida qatnashadi. Olimlar aniqlovchi birikma tarkibida uning bir elementi sifatida ega, kesim, to'ldiruvchi, hol va hatto bir aniqlovchi ikkinchisiga tobe bo'lib kela oladi deb hisoblaydilar.

ADABIYOTLAR VA METODLAR

Ingliz tilshunosi B. Ilish aniqlovchining yana bir o'ziga xos xususiyati haqida fikr yuritar ekan, u o'zi aniqlayotgan bo'laklardan ham oldin ham keyin kela olishidir degan fikrni ilgari so'radi.

Ingliz tilshunoslaridan K. N. Kachalova va Е. Е. Izrayelovichlar aniqlovchini quyidagicha tavsiflashadi: "Определение называется второстепенный член предложения, который обозначает признак предмета. Определение относится к существительному. Значительно реже оно относится к местоимениям -существительным" [18, 377 Практическая грамматика английского языка].

Ushbu olimlarning fikricha, aniqlovchini narsaning belgisini bildirib, otga bog'lanib keladi. Lekin bu ta'rif aniqlovchini to'liq tavsiflay olmayapdi. Chunki aniqlovchi nafaqat narsani balki shaxsni ham belgisini bildirib kela oladi, masalan: a funny man. Ingliz tili tilshunoslaridan yana biri V. Kaushanskaya aniqlovchiga quyidagi ta'rifni beradi: "The attribute is a secondary part of the sentence which qualifies a noun, a pronoun, or any other part of speech that has a nominal character It may be expressed by any part of speech ." [17, 252 грамматика английского языка]. Biz bu ta'rif orqali olimni aniqlovchini to'liq tasvirlay olgan deb hisobladik. Haqiqatdan aniqlovchi ot va olmoshni aniqlab kela oladi va har qanday so'z turkumi bilan ifodalana olinadi. Hozirda ko'pgina adabiyotlarda aniqlovchi ergash gaplar aniqlovchining bir turi sifatida qaralmoqda va aniqlovchi nafaqat ot, olmosh balki gaplarni ham aniqlab keladi deya e'tirof etilmoqda.

Aniqlovchiga rus tilshunos olimi A.I.Smirnitskiy qo'yidagicha ta'rif berdi: " Aniqlovchi - gapning ikkinchi darajali bo'lagi bo'lib, u birinchidan, narsani belgisini yoki kengroq aytganda sifat munosabatlarining ifodasi, ikkinchida , so'z bilan yaqin atributiv bog'liqlik bilan tasniflanadi. Til birliklari orasida aniqlovchi roli uchun eng mos keladigan sifatdi. Shu bilan birga, aniqlovchi rolini o'z-o'zidan belgini belgilamaydigan so'zlar ham o'ynashi mumkin, lekin ma'lum birikmalarda gapdagi boshqa so'zlar bilan alohidamunosabatga kirishib, belgini aniqlash uchun xizmat qilish mumkin. Demak, masalan, otamning xonadonidagi so'z birikmasida ta'rif vazifasini egalik kelishigidagi ot bajaradi. " [ А.И.Смирницкий, Синтаксис

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

английского языка, Москова 1957, 231 с]. Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nutqning bir qismi sifatida otning ma'nosi xususiyatni belgilash emas, balki ob'ektivlik bilan tavsiflanadi. Shunday ekan, aniqlovchi xususiyatini olish uchun ot belgilanayotgan narsa bilan qandaydir aniq munosabatga kirishishi kerak. Faqat malum munosabatlarni ifodalash orqali ot belgining ko'rsatkichi bo'lib, uning ob'ektiv ma'nosini zaiflashtiradi. Ot maxsus hol shaklida ham, bosh gap bilan ham aniqlovchi vazifasini bajaradi. "Ingliz tili aniqlovchi aniqlanmishdan oldin qo'yilishga moil bo'lgan tillardan biridir. Boshqa tillarda xususan, frantsuz tilida sifat otdan keyin keladi.." [А.И.Смирницкий, Синтаксис английского языка, Москова 1957, 235 с].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Aniqlovchi va aniqlanmishda asosan o'zak so'z oxirida bo'ladi. Fikrlarni alohida xususiyatlardan umumiy tushunchaga o'tkazishning bunday usuli ingliz tilining butun tuzilishiga xosdir. Masalan, kumush qoshiq qo'shma so'zida birinchi element muayyan xususiyatni bildirsa, ikkinchisi, o'zak elementni esa shu alohida xususiytning tashuvchisini bildiradi va butun majmuani o'z ichiga olgan sinfni belgilaydi. Bu sifatlarning alohida o'rni kesimlarga yaqinligi bilan izohlanadi. Sifatga aylanmagan kesim muntazam ingliz tilida otdan keyin qo'yiladi masalan: She didn 7 hide her the impression desired. Kesimning aniqlanayotgan otga nisbatan bunday holat har qanday kesimning, go'yo rivojlanmagan ergash gap bo'lishi bilan izohlanadi . Gapdagi ishtiroki nafaqat ergash gapga, balki mustaqil gapda ham rivojlanishi mumkin. Masalan: - " The woman carrying the bag is speaking ", -So'mka ko'targan ayol gapriyapdi - Ayol so'mka ko'tarib turibdi - U gapriyapdi. Kesim bu yerda kesim ikkinchi darajali predikativlik soyasiga ega. Bo'lishli qo'shma gap orqali ifodalangan aniqlovchi oldindan tayyor holda berilmaydi, balki gap jarayonida go'yo o'tib ketayotgandek yonboshlovchi sifatida qo'shiladi. Kesim kesim bilan ifodalangan sifat fe'l zamon sifatlari sifatida idrok qilinadi va uning aniqlanayotgan ot bilan aloqasi odatiy aniqlovchili bog'lanishdan ko'ra jonliroq bo'lib, shu ma'noda u qandaydir predikativ ma'noga ega. Aniqlovchining ot bilan bog'lanishi predikativ bog'la-nishga yuklamali ta'rifning ot bilan bog'lanishga yaqinroq. Ingliz tilida egalik holat sifatdosh bilan birga ishlanadi va aniqlanayotgan otdan oldin qo'yiladi. Bunday tuzilish sababli, ya'ni bu qurilmaga sabab bo'lgan otning sintaktik roli tufayli ot malum o'zining " obe'ktivligini" yo'qotadi. "Nemis tilida tuslanish sistemasi jonliroq saqlanib qolgnligi sababli genitive holatdan ancha erkindir.

Ingliz tilida egalik holatning so'z shakliga kelsak, ularning o'rni sifatdoshning o'rniga nisbatan qat'yroq; shu ma'noda ular egalik olmoshlarga yaqinlashadi. Shuni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

hisobga olish kerakki , ushbu ishning g'oyasi predikativlikni istisno qiladi. Buning natijasida uni alohidalash mumkin emas. Ega sifatning belgisini ifodalmaydi, balki predmetni boshqa qatorlardan ajratib turadi." [А.И.Смирницкий, Синтаксис английского языка, Москова 1957, 248 с ]. Oldingi ot bilan ifodalangan aniqlovchi belgilangandan keyin muntazam ravishda qo'yiladi. Bu predloglarning o'zi joylashgan so'zlarni bog'lovchi roli bilan izohlanadi. Predloglarning tabiiy o'rni so'zlar orasidagi joy, bu ergash gaplar o'rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Demak, aniqlovchidan oldin bosh gap birikmasini qo'ya olmaymiz. The gate of the yard kabi birikmalarning tarkibiy qisimlarini almashtirib bo'lmaydi. Infinitiv yordamida ifodalangan aniqlovchi otdan keyin ham qo'yiladi: He was the first teacher to teach me this. " Infinitive o'zi kelib chiqishiga ko'ra nominal toifadir; to. kelib chiqishi bo'ycha yuklama bo'lib, infinitive tabiiy ravishda bosh gapli ot bilan bir joyda, ya'ni aniqlanmishdan keyin joylashadi" [Qarang, А.И.Смирницкий, Синтаксис английского языка, Москова 1957, 254 с ]. This is clean water. This water is clean. I tooke a red apple. The apple that I taken was red. Berilgan barcha misollarda clean va red so'zlari mos ravishda sUV va olma so'zlari bilan ifodalangan narsaning xususiyatini ifodalaydi. Lekin birinchi gap ikkinchi gapdan keskin farq qiladi , chunki ulardagi sifat predikativ ifoda bilan bog'lanmaydi: u predikativ emas, atributiv bog'lanish shaklida berilgan . Shuning uchun birinchi holatda clean va red sifatlari aniqlovchi ikkinchisida esa sifatlovchi predikatning nominal qismi sifatida keladi. Ifodalangan mazmunning birligiga qaramay, aniqlovchi bilan bog'liqlikkdagi predikativlik yo'qligi sababli sifatlovchi predikatga keskin qarshilik ko'rsatadi.Gapning boshqa kichik birliklari kabi aniqlovchi ham gapning asosiy predikativ qurilishiga kirmaydi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, aniqlovchida predikativlikning yo'qligi ob'ekt va vaziyatga qaraganda ko'proq nomayon bo'ladi.

Tilshunoslarning e'tirof etishlaricha, aniqlovchi ergash gaplar ham aniqlovchining bir turi hisoblanadi. Qo'shma gap tarkibida kelgan aniqlovchi ergash gaplar qo'shma gapda aniqlovchi vazifasida keladi va who (whom), whose,which, that olmoshlari va when, where, why ravishlari yordamida bosh gapga bog'lanib keladi. Odatda, aniqlovchi ergash gaplar qaysi otni aniqlab kelsa o'sha otdan keyin keladi.

Aniqlovchi ergash gaplar uch xil bo'ladi:

1. Ajratuvchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs va narsalarning alohida o'ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi va boshqalaridan ajratib ko'rsatadi :

The present that I received_ from my _ friends last year is very valuable.

2. Tasniflovchi aniqlovchilar ergash gaplar shaxs va narsaning belgi vа xususiyаtlаrigа, shundаy shаxs yoki buyumteming biror turigа tir^di:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

The bag which is made of leather is heavy to carry.

3. Tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar shaxs va buyumlarni tasvirlab, ular haqida qo'shimcha ma'lumot beradi:

In the station I met my old_ friend, who helped me to _ find my _ job.

Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplarni tushirib qoldirib bo'lmaydi chunki , gapning mazmuni buziladi. Agar - The present that I received from my friends last year is very valuable gapidagi that I received from my friends last year ajratuvchi aniqlovchi ergash gapni tushirib qoldirsak qanday sovg^a haqida gap ketayotganligi noma'lum bo'lib qoladi. A bag which is made of leather is heavy to carry gapidagi tasniflovchi aniqlovchi ergash gapni olib tashlansa, gapning ma'nosi yo'qoladi: The bag is heavy to carry. Gapda tasvirlovchi aniqlovchili ergash gaplarni olib tashlash gapning ma'nosiga ta'sir qilmaydi. In the station I met old friend, who helped me to find my job gapidagi ergash gapni olib tashlansa - In the station I met old friend, — gapi tugallangan mazmunga ega bo'ladi, ergash gap esa faqatgina qo'shimcha ma'lumot beradi .

Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplar bosh gapdan vergul bilan ajratilmaydi, tasvirlovchi aniqlovchi ergash gaplar esa odatda, bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.

Ajratuvchi va tasniflovchi aniqlovchi ergash gaplarda whom (who olmoshining

obyekt kelishikdagi shakli) va which olmoshlari ko'pincha that olmoshi bilan almashtiriladi:

Kamdan - kam holatlarda who olmoshi that olmoshi bilan almashtirilishi mumkin. Whose olmoshini hech qachon that olmoshi bilan almashtirib bo'lmaydi. Odatda, that olmoshidan keyin predlog kelmaydi. Bu holda predlog fe'ldan keyin keladi, agar to'ldiruvchi bo'lsa, to'ldiruvchidan keyin keladi .

Xulosa sifatida aniqlovchiga qator adabiyotlarni o'rganib, quyidagicha ta'rif berdik: Aniqlovchi sintaktik birlik va ikkinchi darajali gap bo'lagidir. Ushbu sintaktik birlik shaxs va narsani bilgisini bildirib, what? what kind of? (qanday?), whose? (kimning?), which? (qaysi?), how much? (qancha?), how many? (nechta?) kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Gapda mustaqil so'zlar, ularning vazifadosh shakllari, frazalar va ergash gaplar (sifat, sifatdosh, sifatdoshli ibora, son, olmosh, infinitiv, gerundiy) bilan ifodalanib bosh va ikkinchi darajali gap bo'laklari hamda gaplarni izohlab kela oladi. Aniqlovchi izohlayotgan, bosh qism - aniqlanmish ot bilan ba'zida olmosh (one, some, any, every, no olmoshlaridan yasalgan olomoshlar) bilan ifodalanadi. Aytish mumkinki, aniqlovchi ot va olmoshni aniqlab kela oladi va har

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

qanday so'z turkumi bilan ifodalana olinadi. Aniqlovchi nafaqat ot, olmosh balki gaplarni ham aniqlab keladi deya e'tirof etilmoqda.

Hozirda ko'pgina adabiyotlarda aniqlovchi ergash gaplar aniqlovchining bir turi sifatida qaralmoqda. Aniqlovchi ergashtiruvchi gaplar uchta turga ajratiladi. Aniqlovchi ergash gaplar qaysi otni aniqlab kelsa, o'sha otdan keyin ishlatiladi.

REFERENCES

1. А. И. Смирницкий, Синтаксис английского язык, Москова, 1957

2. Б.А. Ильиш , "Строй совремнного английского языка" - Ленинград, 1971

3. В. Л. Каушанская, и дрг. "Грамматика английского языка" - Ленинград, 1971

4. К.Н.Качалова, Израилович Е. Е. "Практическая грамматика английского языка" - Bishkek, 2008

5. О.В. Александрова, Современный английский язык, Морфология и синтаксис, Москова, 2007

6. Т. Р .Левицкая, "Теория и практика перевода с английского языка на русский" -М., 1963.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.