Научная статья на тему 'O’ZBEK TILIDAGI QARATQICH ANIQLOVCHINING FORMAL MODELLARI'

O’ZBEK TILIDAGI QARATQICH ANIQLOVCHINING FORMAL MODELLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
899
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AVTOMATIK TARJIMASI / ANIQLOVCHI / ANIQLANMISH / BOSH BO'LAKLAR / IKKINCHI DARAJALI BO'LAKLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Botirboyev F.P., Juraeva N.V.

Ushbu maqolada qaratchiq aniqlovchining formal modellari ifodalangan. Ishlab chiqilgan modellar, avtomatik tarjima, avtomatik sintaktik tahlil dasturlari uchun lingvistik baza sifatida ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari keltirilgan ma’lumotlar maktab kursining ona tili darslarida aniqlovchi mavzularini o’tishda foydalanishi mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMAL MODELS OF UZBEK LANGUAGE FOCUS IDENTIFICATIONS

This article describes the formal models of the focus identifier. The developed models can be used as a linguistic base for automatic translation, automatic syntactic analysis programs. In addition, the information provided can be used to cover descriptive topics in the mother tongue lessons of the school course.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDAGI QARATQICH ANIQLOVCHINING FORMAL MODELLARI»

Botirboyev F.P.

Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti talabasi

Juraeva N. V.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,

Informatika kafedrasi dosenti

O'ZBEK TILIDAGI QARATQICH ANIQLOVCHINING FORMAL

MODELLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada qaratchiq aniqlovchining formal modellari ifodalangan. Ishlab chiqilgan modellar, avtomatik tarjima, avtomatik sintaktik tahlil dasturlari uchun lingvistik baza sifatida ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari keltirilgan ma'lumotlar maktab kursining ona tili darslarida aniqlovchi mavzularini o'tishda foydalanishi mumkin

Kalit so'zlar: avtomatik tarjimasi, aniqlovchi, aniqlanmish, bosh bo'laklar, ikkinchi darajali bo'laklar.

Botirboyev F.P.

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Juraeva N.V.

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region Associate Professor of Informatics chair

FORMAL MODELS OF UZBEK LANGUAGE FOCUS IDENTIFICATIONS

Abstract: This article describes the formal models of the focus identifier. The developed models can be used as a linguistic base for automatic translation, automatic syntactic analysis programs. In addition, the information provided can be used to cover descriptive topics in the mother tongue lessons of the school course.

Keywords: automatic translation, descriptive, definite, main parts, secondary parts.

KIRISH

Avtomatik tarjima deganda, gap yoki matnni bir tabiiy tildan ikkinchi tilga kompyuterlar yordamida tarjima qilishni tushunamiz. Bunday kompyuter dasturlar tuzish, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi va amaliy lingvistika kabi yo'nalishlar bilan chambarchas bog'liq. Mashina tarjimasi tizimida qaysi tildan qaysi tilga tarjima kilinsa, o'sha tillarning ham grammatik, ham semantik, imloviy xususiyatlarini hisobga olinishi kerak bo'ladi. Mashina tarjimasi ishiga, alabatta, natijaviy shaklga keltirishda inson-muharrir aralashadi.

Avtomatik tarjimani elementlar ustida manipulyatsiya deb tushunsa ham bo'ladi. U tarjima qilinayotgan tillarning elementlari bila n ishlaydi. Qaralayotgan

tillarning elementlari orasidagi moslik yani to'gri kuprik tuzish albatta inson zimmasida. Shu ko'prikni kompuyter tushunadigan qilib ishlab chiqish uchun, tillar grammatikasini formulalar, maxsus belgilar bilan ifodalanishi kerak. Buning uchun tillarning formal grammatikasi ishlab chiqilishi lozim. O'zbek tilining formal grammatikasi boyicha A.K. Pulatovning "Компьютер лингвистикаси" va N.V. Juraevaning "Разработка формальной модели грамматики узбекского языка и её программная реализация" dissertasiya ishlarida bir muncha ma'lumotlar berib o'tilgan.

Tabiiy tilning formal grammatikasini tuzishda, albatta tilni to'laligicha qamrab olishni imkoniyti yuq. Bunga sabab, tildagi umumiy qoidaga bo'ysinmaydigan tilning kriteriyalaridir. Formal grammatika, asosan, tilning morfologiya va sintaksis qismlari o'stida olib boriladi. Chinki tilning shu bo'limlarini belgilar bilan ifodalanish imkoniya mavjud. Albatta, hozir kompyterlarnig imkoniyatlari ancha kengaygan, ovozli va rasmli ma'lumotlarni ham belgilar bilan ifodalay oladi.

Mazkur ishda, O'zbek tilidagi gap bo'larlarining qaratqich aniqlovchinig formal grammatikasi berilgan. Avvalo, formal grammatikadagi va tabiiy tildagi bir necha tushunchalar ta'rifini berib otamiz.

Formal grammatikada:

So'z- ma'noga ega bo'lgan, qaralayotgan tilning lug'atida mavjud, belgilar ketma ketligi.

Gap- til sintaksisi qoidalari doirasida tuzilgan so'zlar ketma ketligi.

Sintaksis deb, tugri tuzilgan gaplarning tavsifi tushuniladi.

Tabiiy til grammatikasida:

So'z - ob'ektlarni nomlash, ularning fazilatlari va xususiyatlarini, o'zaro ta'sirini, shuningdek, inson tasavvurida yaratilgan xayoliy va mavhum tushunchalarni nomlash uchun xizmat qiladigan tilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri.

Gap - bu semantik va intonatsion to'liqlikka ega bo'lgan so'zlarning (yoki so'zning) grammatik jihatdan uyushgan birikmasi bo'lgan til birligi. Tinish belgilari nuqtai nazaridan, nutqning to'liq birligi sifatida jumla oxirida nuqta, undov yoki savol belgilari yoki ko'pnuqta bilan tuziladi.

Sintaksis- jumla, iboralar va boshqa til birliklarida turli xil nutq qismlarining tuzilishi va funktsional o'zaro ta'sirini o'rganadigan tilshunoslik bo'limi.

Gap bo'laklari - bu gapda ma'lum bir semantik-sintaktik vazifani bajaradigan so'zlar. Hamma gap bo'laklari asosiy va ikkinchi darajaliga bo'linadi. Asosiylari ega va kesim. Ular butun gapning grammatik asosini tashkil etadi.

1) bosh bo'laklar — asosiy gap bo'laklari, gapdagi boshqa so'zlarga bog'liq emas, qolgan so'zlar esa ega yoki kesimga bog'liq bo'lishi mumkin.

2) ikkinchi darajali bo'laklar — bu gapning asosiy gap bo'laklari yoki ikkinchi darajali bo'laklarga bog'liq bo'lgan va hukmron so'zlarni aniqlaydigan, izohlaydigan yoki to'ldiradigan gap bo'laklari. Asosiy xususiyatlariga ko'ra aniqlovchi, to'ldiruvchi va holga bo'linadi.

Gaplarning asosini kesim tashkil etsa, uning harakat bajaruvchisi ega va to'ldiruvchida ifoda etiladi. Aniqlovchi esa gapda aynan ega va to'ldiruvchini

aniqlab keladi. Aniqlovchi gapning kesimi ot kesim bo'lsa uni ham aniqlab kelishi mumkin. Masalan: Bizning uy shu mahallaning katta maydonida.

Aniqlovchi- narsalar va hodisalarning sifatlari, xususiyatlari va belgilarini, ularning tartib sonini bildiruvchi gapning ikkinchi daraja bo'lagi.

Aniqlovchilarning ma'nosiga ko'ra uch turi darsliklarda keltiriladi: a) sifatlovchi aniqlovchi -aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo'lakka odatda bitishuv yo'li bilan bog'lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini, miqdorini, o'ringa munosabatini bildiradi. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi. Sifatlovchi bog'lanib kelgan so'z sifatlanmish deb ataladi. Misol: Chiroyli ko'ylak kiygan qiz sahnaga chiqib keldi.

b) izohlovchi aniqlovchi - bu bo'lak aniqlovchining bir turi sifatida o'zi aloqador bo'lgan so'zga bitishuv yo'li bilan bog'lanib, uni boshqacha nom berish yo'li bilan aniqlab, izohlab keladi. Izohlovchi bog'lanib kelgan so'z izohlanmish

Turkum Turi Shakl Misol

Atoqli ot So'z+s/y+ sh/y+ning Bahromning so'ni tilagi.

Ot Turdosh So'z+s/y+ sh/y+ning Xonaning eshigi buzuq edi.

Sanaladigan ot So'z+s/y+ sh/y+ning Mashinaning kaliti menda.

Sanalmaydigan ot So'z+s/y+ sh/y+ning Shamolning bunday esishi yaxhilikka emas.

Asliy sifat So'z+s/y+ sh/y+ning Kattaning gapiga kir.

Sifat Nisbiy sifat So'z+s/y+ sh/y+ning Qizlar orasida ro'mollisining bu qilig'i hammasidan ham oshib tushdi.

deb qaraladi. Misol: Usta Abdusattor bugun uyiga kec i qaytdi.

c) qaratqich aniqlovchi- bu aniqlovchi ot yoki otlashgan so'z bilan ifodalangan bo'lakka muvofiqlashuv yo'li bilan bog'lanib, o'zi ifodalayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli, tegishli ekanini bildiruvchi aniqlovchining bir turidir. U kimning?, nimaning?, qayerning? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi. Qaratuvchi bog'lanib kelgan so'z qaralmish deb yuritiladi. Misol: Akromjon kitobining varog'i yirtilganini endi payqadi.

Aniqlovchini organishlikda, uning qaysi so'z turkumlari va qaysi shakllar orqali shakklanganligini ko'rsatish formal shakl ko'rinishda berishga asos hisoblanadi. Bu maqolada qaratqich aniqlovchi va uning qanday so'z shakllari, turkumlari bilan ifodalanishi keltirilgan. Dastlab belgilashlar kiritib olamiz: s/y-so'z yasovchi qo'shimcha sh/y-shakl yasovchi qo'shimcha

Qaratqich aniqlovchining formal modellarini jadval ko'rinishda berib o'tamiz.

Miqdor son So z+s/y+sh/y+ning Ikkining karrasi - to'rt.

Sanoq son So z+s/y+sh/y+ning Ikkining karrasini top.

Chama-taxmin son So z+s/y+sh/y+ning Bulardan uch-to'rttasining odobi yaxshi emas.

Son Dona son So z+s/y+sh/y+ning Ikkitasining qaytadigan uyi -shu.

Taqsim son So z+s/y+sh/y+ning -

Kasr son So z+s/y+sh/y+ning Yarmining yarmi sizga tegadigan ulush.

Jamlovchi son So z+s/y+sh/y+ning Ikkovining boradigan yeri bir yer.

Tartib son So z+s/y+sh/y+ning Uchinchining jazosi shu.

O'rin ravishi So z+s/y+sh/y+ning Tashqarining bunday sovug'I hammani hayron qoldirdi.

Holat ravishi So z+s/y+sh/y+ning Yayovlarning ikkitasi yana otga mindi.

Ravish Miqdor daraja ravishi So z+s/y+sh/y+ning Ko'pining egnida formasi y°'q.

Payt ravishi So z+s/y+sh/y+ning Bugunning qadriga yet.

Sabab So z+s/y+sh/y+ning -

Maqsad So z+s/y+sh/y+ning -

O'zlik So z+s/y+sh/y+ning O'z mulkingni birovga berma.

Kishilik So z+s/y+sh/y+ning Sening gaplaring yolg'on.

Ko'rsatish So z+s/y+sh/y+ning Ana shuning meni juda xafa qildi.

Olmosh So'roq olmoshi So z+s/y+sh/y+ning Kimning tashvishi yo'q.

Belgilash olmoshi So z+s/y+sh/y+ning Hammaning nomidan javob berma.

Bo'lishsizlik olmoshi So z+s/y+sh/y+ning Hech kimning keragi yo'q.

Gumon olmoshi So z+s/y+sh/y+ning Allakimning aytgan so'zlaridan uyg'onib ketdim.

Harakat nomi So z+s/y+sh/y+ning O'qishning foydasi ko'p.

Fe'l Sifat dosh So z+s/y+sh/y+ning O'qiganning raqibi o'qigan bo'ladi.

Ravishdosh So z+s/y+sh/y+ning -

Sof fe'l So z+s/y+sh/y+ning -

REFERENCE

1) Juraeva N. V., The formal model of the grammar of the uzbek language . European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences// Vol.8 No. 4,2020 Part II ISSN 2056-5852., рр. 129-133.

2) Juraeva N.V., Sultanov R.O., Abdullaeva S.A., Rakhimjonova V. A. Systetization uzbek language word combinations. Международный журнал «Наука и мир». Vol.II. No. 6(82), 2020. ISSN 2308-4804., стр. 65-68.

3) Жураева Н. В., Жураева У. В. Формальные модели членов предложения грамматики узбекского языка в рамках официально-делового стиля. Теория и методика профессионального образования. Universum. Психология и образование.12(78). 2020.

4) Ona tili. 8-sinf uchun darslik . / M.Qodirov, H.Ne'matov, M.Abdurayimova, R.Sayfullayeva, B.Mengliyev - Toshkent: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.