INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
ERGASH PREDIKATIV BIRLIKLARNING SEMANTIK (MAZMUNIY) IFODANING
MIQDORIGA KO'RA TASNIFLANISHI Dilmurod Teshaboyev
FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.11045604
Annotatsiya. Ushbu maqolada ergash gapli qo'shma gaplar, ularning tarkibiy qismlari, ergash va bosh predikativ birliklar, ergash predikativ birlikning o'ziga xos belgilari, mazkur birliklarning tilshunoslikda o'rganilishi, ergash predikativ birliklarning semantik (mazmuniy) ifodaning miqdoriga ko'ra turlari, ergash gapli qo'shma gaplar tasnifiga doir tadqiqotlar kabi masalalar xususida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: qo'shma gap, ergash gapli qo'shma gap, ergash predikativ birlik, bosh predikativ birlik, monosemantik ergash predikativ birlik, polisemantik ergash predikativ birlik.
Abstract. In this article, adverbial clauses, their components, subordinate and main predicative units, distinctive signs of subordinate predicative unit, study of these units in linguistics, types of subordinate predicative unit according to the amount of semantic (content) expression, subordinate issues such as research on the classification of sentence conjunctions are discussed.
Keywords: compound sentence, compound sentence with subordinate clause, subordinate predicative unit, main predicative unit, monosemantic subordinate predicative unit, polysemantic subordinate predicative unit.
Аннотация. В данной статье рассмотрены придаточные предложения, их компоненты, придаточные и главные предикативные единицы, отличительные признаки придаточных предикативных единиц, изучение этих единиц в лингвистике, виды придаточных предикативных единиц по величине смыслового (содержательного) выражения, такие придаточные вопросы, как обсуждаются исследования по классификации союзов предложений.
Ключевые слова: сложное предложение, сложное предложение с придаточным, придаточная предикативная единица, главная предикативная единица, однозначная придаточная предикативная единица, многозначная придаточная предикативная единица.
Jahon tilshunosligida bugunga qadar tilning turli sathlariga doir juda ko'plab masalalar tadqiq etilgan. Shu jumladan, qo'shma gap masalalari va ergash gapli qo'shma gaplar jahon tilshunosligida uzoq yillar davomida azaldan tilshunoslarning e'tiborida bo'lgan. Jahon tilshunosligida bu masala Sh.Balli, A.M.Peshkovskiy, I.N.Yegorova, U.Veynreyx, V.V.Sheulin, N.N.Ilina, E.V.Paducheva, T.A.Kolosova, V.A.Kornilov, G.F.Gavrilov, V.S.Straxova, A.Birvish, V.A.Beloshapkova, O.I.Moskalskaya, M.I.Cheremisina kabi tilshunoslar tomonidan yoritilgan.
O'zbek tilshunosligida qo'shma gap va ularning tasnifi masalalariga bag'ishlangan ilmiy ishlar sifatida H.G'oziyev, A.Ma'rufov, F.Kamol, G'.Abdurahmonov, X.Rustamov, M.Asqarova, A.Berdialiyev, N.Mahmudov, R.Sayfullayeva, A.Mamajonov, N.Turniyozov singari tilshunos olimlarimizning tadqiqot ishlarini ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq. Olimlarimiz tomonidan olib borilgan lingvistik tadqiqotlar qo'shma gap sohasi rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shilgan.
Semantik (mazmuniy) ifodaning miqdoriga ko'ra ayrim ergash gapli qo'shma gaplarning ergash predikativ birlik qismi borliqdagi turli xil voqea-hodisalarni ifodalab, bir yoki ikki va undan ortiq mazmuniy ifodani bildiradi. Ergash predikativ birlikning nutqiy jarayonda turli mazmuniy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
ifodani anglatishi bosh predikativ birlikka nisbatan izohlovchi munosabatida bo'lgan sintaktik konstruksiyalarni bir-biridan farqlanishiga asos bo'ladi. Ergash predikativ birliklarda kuzatiladigan shu belgiga ko'ra ularni ikki turga ajratib tasniflash mumkin.
1. Monosemantik ergash predikativ birliklar;
2. Polisemantik ergash predikativ birliklar.
Monosemantik ergash predikativ birliklar. Nutqiy vaziyatdan qat'iy nazar bosh predikativ birlikka nisbatan tobe munosabatda bo'lgan ergash predikativ birlikning faqat bir mazmuniy mundarijaga ega bo'lishi ergash predikativ birlikning monosemantik tabiatini belgilaydi.
Monosemantik xarakterli ergash predikativ birliklar turli bog'lovchi vositalar bilan birikkan ergash gapli qo'shma gaplarda uchraydi. Bunday tipdagi ergash predikativ birliklarga sabab, maqsad ergashtiruvchi bog'lovchilari, ko'makchili qurilmalar va -ki bog'lovchi vositasi bilan birikkan ayrim bir havola bo'lakli kesim, ega va to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gaplarni misol qilib keltirish mumkin.
1. Shuni unutmangki, hayot ba'zilar uchun boy berilgan joyidan boshlanadi. ("Sharq donishmandlari hikmatlari"dan) 2. Ba'zan yo'qotmoq ham go'zal, chunki yo'qotishlar ortidan aioyib zafarlar keladi. (Radiodan)
Polisemantik ergash predikativ birliklar. Ba'zan nutqiy jarayonda bir ergash predikativ birlik ikki va undan ortiq mazmuniy ifodani anglatishi mumkin. Bir shakldagi ergash predikativ birlikning turli mazmun mundarijasiga ega bo'lishi polisemantik ergash predikativ birliklarni yuzaga keltiradi. Sintaktik konstruksiyalardagi bu belgi ularning sinkretiklik (mazmuniy qorishiqlik) xususiyatiga egaligi bilan baholanadi. Qismlarning mazmuniy qorishiqlik tabiati polisemantik ergash predikativ birliklarning eng muhim, xarakterli belgisi sanaladi.
Masalan, Agar qalbda ilm hosil bo'lsa, uning holati o'zgaradi sintaktik konstruksiyasini olaylik. Ushbu qurilmaning ergash predikativ birligi nutq jarayonida shart, sabab, payt kabi ikki va undan ortiq mazmuniy ifodani anglatadi, buni quyidagicha izohlash mumkin:
a) shart mazmunining ifodalanishi: bir harakat-holatning sodir bo'lishi (qalbda ilmning hosil bo'lishi) boshqa bir harkat-holatning bajarilishiga (qalbning holatini o'zgarishiga) shart qilinmoqda.
b) sabab mazmunining ifodalanishi: qalbda ilmning hosil bo'lishligi uning holatini o'zgarishiga sabab bo'ladi.
s) payt mazmunining ifodalanishi: qalbning holati unda ilm hosil bo'lgan paytda o'zgaradi
Misollar tahliliga tayanib shuni aytish mumkinki, polisemantik ergash predikativ birliklarni o'z ichida mazmuniy ifoda anglatishining miqdoriga ko'ra bir necha guruhlarga bo'lib o'rganish mumkin.
1. Ikki mazmuniy ifoda anglatuvchi polisemantik ergash PBlar;
2. Uch mazmuniy ifoda anglatuvchi polisemantik ergash PBlar;
3. To'rt mazmuniy ifoda anglatuvchi polisemantik ergash PBlar.
Yuqorida ko'rsatilgan tasnif bo'yicha polisemantik ergash predikativ birliklarni mazmuniy ifoda anglatishining miqdoriga ko'ra quyidagicha izohlash mumkin.
I. Ikki mazmuniy ifoda anglatuvchi polisemantik ergash PBlar.
Bir kun burun sochsang, Hafta burun o'rasan. (O 'zbek xalq maqoli)
1) shart mazmunining ifodalanishi - Hafta burun o'rish uchun bir kun oldin sochish kerakligi shart qilinmoqda.
2) sabab mazmunining ifodalanishi - Bir kun oldin sochishliging hafta burun o'rishingga sabab bo'lishi ta'kidlanmoqda.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
II. Uch mazmunni anglatuvchi polisemantik ergash PBlar.
Dilingiz bezovta bo'lsa, miskinlarga sadaqa bering. (P.Qodirov "Опа lochin vidosi")
1) payt mazmunining ifodalanishi - Dilingiz bezovta bo'lganida miskinlarga sadaqa
bering.
2) shart mazmunining ifodalanishi - Dilni bezovta bo'lishligi miskinlarga sadaqa berish kerakligiga shartlanmoqda.
3) sabab mazmunining ifodalanishi - Dil bezovta bo'lmasligi uchun miskinlarga sadaqa berish kerakligi ta'kidlanmoqda.
III. To'rt mazmunni anglatuvchi polisemantik ergash PBlar.
Kim insonlarga o'rgatish maqsadida ilmdan bir bob o'rgansa, ungayetmishta siddiqning savobi beriladi. (Is 'hoqjon Muhammadjon o'g'li "Ta'lim va tarbiya")
1) obyekt mazmunining ifodalanishi: Kimga yetmishta siddiqning savobi beriladi? -insonlarga o'tgatish maqsadida ilmdan bir bob o'rganganga.
2) payt mazmunining ifodalanishi: Qachon kishiga yetmishta siddiqning savobi beriladi? -insonlarga o'tgatish maqsadida ilmdan bir bob o'rgangan paytida
3) sabab mazmunining ifodalanishi: Kishiga yetmishta siddiqning savobi nima uchun beriladi? - insonlarga o'rgatish maqsadida ilmdan bir bob o'rganganligi uchun.
4) shart mazmunining ifodalanishi: bir harakat-holatning bajarilishi (insonlarga o'rgatish maqsadida ilmdan bir bob o'rganishlik) boshqa bir harakat-holatning bajarilishiga shart qilinadi (kishiga yetmishta siddiqning savobi berilishiga shart qilinmoqda).
Lisoniy dalillar tahlilidan ko'rish mumkinki, o'zbek tilida polisemantik ergash predikativ birliklar ergash gapli qo'shma gaplarning deyarli barcha turida uchraydi. Bunday belgiga ega bo'lgan ergash predikativ birliklarni monografik tarzda tadqiq etish ergash gapli qo'shma gaplarga xos mazmuniy belgilarni keng va atroflicha ochib berishga yordam beradi.
REFERENCES
1. Teshboyev, D. R. (2021). On the semantical analysis of the parypredicative units of complex following. Theoretical & applied science, (4), 390-392.
2. Абдурах^шв F.A. ^ушмя ran OTrnaKOTOT ашолари. - ^шкет.: УзФА нашриёти, 1958.
3. AcrçapoBa М. Хрзирги 3aMoH узбек тили Ba кушма гаплар. - TomKeHT, 1960.
4. Бердиалиев А. Эргаш гапли кушма ran кoнcтpукциялapидa ceмaнтик-cигнификaтив пapaдигмaтикa. - Torn^Hr: Фaн, 1989.
5. Вейнрейх У. О ceмaнтичecкoй структуре языка. - В кн.: Нoвoe в лингвистике. Вып. V. - М.: ^o^cc, 1970. - С. 177-183.
6. Егopoвa И.Н. Пoзициoнныe эквивaлeнты огова в уставе пpeдлoжeния. - В кн.: Рутекий язык. Гpaммaтичecкиe иccлeдoвaния. - М.: Наука, 1967. - С. 78-79.
7. Ильина Н.Н. Об oднoм cпocoбe клaccификaции cвязeй между чacтями cлoжнoгo пpeдлoжeния. - В кн., Инфopмaциoнныe вoпpocы ^мантики, лингвистики и aвтoмaтичecкoгo пepeвoдa. - М., 1972. Вып. 2.
8. Мaмaжoнoв А. Хрзирги зaмoн узбек адабий тилида пepиoдлap. Фил.фан.кан. ...дите. -ФapFoнa, 1974.
9. Мax,мудoв Н.М. Сeмaнтикo-cинтaкcичecкaя acиммeтpия-a пpocтoм пpeдлoжeнии узбeкcкoгo языка. Дoкт. диcepтaция. - Ташкент, 1984.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
10. Падучева Е.В. О семантике синтаксиса. Материалы трансформационной грамматике русского языка. - М., 1974. гл. V.
11. Пешковский А.М. Русский синтаксис в научном освещении. 7-е изд. - М.: Учпедгиз, 1956. - С.467-468.
12. Рустамов Х. Х,озирги замон узбек тилида тулдирувчи эргаш гапли кушма гаплар. Филол.фан.ном. дис. Тошкент, 1960. 293 б.
13. Сайфуллаева Р.А. Х,озирги узбек тилида кушма гапларнинг формал-функционал талкини. - Тошкент: Фан, 1994.
14. Тешабоев, Д. Р. (2020). Эргаш гапли кушма гапларни шакллантиришда антитезанинг урни. Международный журнал искусство слова, 3(5).
15. Тешабоев, Д. Р. (2022). Эргаш гапли кушпредикатив бирликлар фалсафий нарса катагерияси сифатида. Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali, 2(11), 25-30.
16. Тешабоев, Д. Р. (2022). Эргаш гапли кушпредикатив бирликлар фалсафий мазмун категорияси сифатида. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(11), 5155.