Научная статья на тему 'SINTAKTIK MUNOSABATNING TURLARI'

SINTAKTIK MUNOSABATNING TURLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2039
191
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sintaktik munosabat / sintaktik aloqa / so‘z birikmasi / predikativ munosabat / ob’ektli munosabat / holli munosabat / atributiv munosabat / ega / kesim / to‘ldiruvchi / aniqlovchi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Holikulova Gulchexra Yorqulovna

Maqolada o‘zbek tilshunosligida o‘rganib kelinayotgan sintaktik munosabat munosabat turlari yoritildi. Shuningdek, predikativ munosabat, ob’ektli munosabat, holli munosabat, atributiv munosabatlarda tobe hokim so‘zlarning bir-biriga bog‘lovchi vositalar va sintaktik munosabatning vujudga kelishi misollar yordamida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SINTAKTIK MUNOSABATNING TURLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

SINTAKTIK MUNOSABATNING TURLARI

Holikulova Gulchexra Yorqulovna,

Samarqand davlat chet tillari instituti, O 'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o 'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada o'zbek tilshunosligida o 'rganib kelinayotgan sintaktik munosabat munosabat turlari yoritildi. Shuningdek, predikativ munosabat, ob'ektli munosabat, holli munosabat, atributiv munosabatlarda tobe hokim so'zlarning bir-biriga bog'lovchi vositalar va sintaktik munosabatning vujudga kelishi misollar yordamida tadqiq etilgan.

Kalit so 'zlar: Sintaktik munosabat, sintaktik aloqa, so 'z birikmasi,predikativ munosabat, ob'ektli munosabat, holli munosabat, atributiv munosabat, ega, kesim, to 'ldiruvchi, aniqlovchi.

Аннотация: В статье выделены типы синтаксических отношений, изучаемые в узбекском языкознании. Кроме того, на примерах изучались предикативные отношения, объектные отношения, падежные отношения, средства соединения придаточных слов в атрибутивных отношениях и образование синтаксических отношений.

Ключевые слова: синтаксическая связь, словосочетание, предикативная связь, объектная связь, падежная связь, атрибутивная связь, притяжательное, причастие, дополнение, определитель.

Annotation: The article highlights the types of syntactic relations studied in Uzbek linguistics. In addition, examples were used to study predicative relations, object relations, case relations, means of connecting subordinate words in attributive relations, and the formation of syntactic relations.

Key words: syntactic link, phrase, predicative link, object link, case link, attributive link, possessive, participle, object, determiner.

O'zbek tilshunosligining sintaksis bo'limidan so'zlarning o'zaro bog'lanishi so'z birikmalari va gaplar o'rtasida talqin etilib kelinmoqda. Nafaqat o'zbek va rus tilshunosliklarida ham bir qancha olimlarni e'tirof etishimiz mumkin.

Rus tilshunosligida so'z birikmasi tadqiqi bobida F.F.Fortunatov, A.M.Peshkovskiy, V.V.Vinogradov, N.N.Prokopovich, V.V.Burlakova, N.I.Filicheva, A.A.Reformatskiy va boshqa olimlar tomonidan qilingan ishlar ibratlidir. Turkiy tilshunoslikda A.N.Baskakov, Y.M.Seidov, M.B.Balakayev, F.Abdullayev, A.A.Koklyanova, N.Mahmudov, A.Nurmonov,

https://doi.org/10.5281/zenodo.7526483

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

I

135

JANUARY, 2023

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

X.Xoliyorov, M.K.Sharipov, A.Berdialiyev, M.Chetin kabi olimlarning tadqiqot ishlarida ham so'z birikmasi masalalari mukammal o'rganildi1.

O'zbek tilshunosligida so'z birikmalari o'rtasida sintaktik munosabat turlari haqida fikr yuritar ekanmiz, biz sintaktik munosabatdan sintaktik aloqani farqlab olishimiz kerak. Ba'zi adabiyotlarda bu ikki tushunchani biri o'rnida ikkinchisini qo'llash holatlari ham uchraydi. Sintaktik munosabat tushunchasi sintaktik aloqalar yordamida shakllanadi.

"O'zbek tili grammatikasi" ikki jildlik akademik nashrining ikkinchi jildida sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlar, ularning turlari haqida quydagicha fikrlar bildirilgan: " "sintaktik aloqa" termini o'rnida "sintaktik munosabat" terminini qo'llaydilar yoki bu ikki terminni bir-biridan farq qilmay,sinonim tarzda, aralash ishlatadilar. Natijada, bu terminlarning har ikkalasi ham bir xil narsani aks ettiradi, degan xulosa kelib chiqadi. To'g'ri, sintaktik aloqa bilan sintaktik munosabat bir-biri bilan aloqador: sintaktik aloqa bor joyda sintaktik munosabat ham bo'ladi. Lekin bu ularni bir xil narsa sifatida baholashga imkon bermaydi. Har qalay sintaktik aloqa sintaktik munosabatdan farq qiladi.

Sintaktik munosabat erkin so'z birikmalaridagi va gapdagi so'zlarning hamda nutqdagi gaplarning bir-biriga nisbatan qanday grammatik ma'no va vazifada qo'llanilishini bildiradi. Sintaktik aloqa esa so'z birikmasidagi va gapdagi so'zlarning hamda nutqdagi gaplarning o'zaro grammatik bog'lanishini bildiradi

B.O'rinboyev "Hozirgi o'zbek adabiy tilida sintaktik munosabatlar" o'quv qo'llanmasida: "Sintaktik munosabat va sintaktik aloqalar yordamida ifodalanadi. Sintaktik munosabat bilan sintaktik aloqa bir-birini taqozo qiluvchi bir hodisaning ikki tomoni bo'lsa ham, lekin ularning har ikkisi ma'lum o'ziga xoslikka egaligi tufayli bir-biriga muvofiq kelishi shart emas. Masalan, sintaktik munosabat tarkibiga kiruvchi vokativ va modal munosabatlar sintaktik aloqa tarkibiga kirishmaydi",-deb fikr bildirganlar.

Yuqoridagi fikrlarga tayanib, sintaktik aloqada, asosan, so'z birikmalari misolida aytadigan bo'lsak, tobe va hokim qismlarni bog'lovchi grammatik vositalarga e'tiborni qaratamiz. Masalan, tobe va hokim qismlar o'rtasidagi kelishiklar misolida ko'ramiz: kutubxonaga bordi, institutga bordi va ukasiga oldi, opasiga qaradi misollari ostida tahlil qilamiz. Bu yerda barcha so'z birikmalarida tobe va hokim qismni bog'lash uchun jo'nalish kelishigi xizmat qilyapti. Sintaktik munosabat tomonidan tahlil qilsak, kutubxonaga va institutga bordi birikmasida kutubxonaga, institutga hol vazifasini, ukasiga oldi, opasiga qaradi birikmasida ukasiga, opasiga to'ldiruvchi vazifasini bajarib kelmoqda. Demak, sintaktik aloqa bir xil shakl bilan ifoda etilsada, sintaktik munosabatda ikki xil vazifa: to'ldiruvchi va hol vazifasini bajaryapti.

Sintaktik aloqaga kirishgan so'zlar orasidagi munosabatlarning eng muhimlari quyidagilar:

1. Predikativ munosabat. Bunda ega vazifasidagi so'z kesim vazifasidagi so'z bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Masalan, biz bordik, talabalar kelishdi, men ko'rdim, u tingladi kabilar.

2. Ob'ektli munosabat. Bunda to'ldiruvchi vazifasidagi so'z bilan to'ldirilmish aloqaga

1 Shodiyev S.E. Turg'un so'z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi// Fil.fan.bo'yicha falsafa doktori dis., -Samarqand, 2020, 5-bet

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

chiqadi. To'ldiruvchi va to'ldirilmish sintaktik aloqaga tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari va ko'makchilar yordamida aloqaga kirishadi. Masalan, kitobni o'qimoq, uni chaqirmoq, daftarga yozmoq, onasiga aytmoq, dugonasidan so'ramoq, bolasi uchun olmoq... Ob'ektli munosabatda tobe va hokim so'zlarni bog'lovchi vositalar turlicha bo'lsa-da, bir xil sintaktik munosabat yuzaga kelyapti.

3. Holli munosabat. Bu hol vazifasidagi so'z bilan hollanmish vazifasidagi so'z aloqaga kirishadi. Masalan, darsdan qaytmoq, ko'chaga chiqmoq, yozda bormoq... Holli munosabatda ham ob'ektli munosabat kabi bog'lovchi vositalari bir xil, lekin sintaktik munosabat har xil.

4. Atributiv munosabat. Bunda aniqlovchi vazifasidagi so'z bilan aniqlanmish vazifasidagi so'z aloqaga kirishadi. Masalan, moviy osmon, toza havo, ko'm-ko'k dala, mening hovlim, bizning darsxonamiz ... Atributiv munosabatda tobe va hokim so'zlarni bog'lovchi vositalar ohang va qaratqich kelishigi hisoblanadi. Bog'lovchi vosita bir xil bo'lmasa-da, bir xil sintaktik munosabat turi yuzaga kelyapti.

Shuni aytish joizki, ba'zi hollarda tobe va hokim qismlarni bog'lovchi vositalar yuqoridagi munosabat turlarini o'zgartirib yuboradi. Masalan, bilan ko'makchisi, asosan, ob'ektli munosabatni yuzaga chiqaradi: ukasi bilan kelmoq, mashina bilan bormoq... shunday holatlar bo'ladiki, bu vositalar holli munosabat yuzaga kelishida ham xizmat qiladi: qunt bilan o'qimoq, zavq bilan kuylamoq kabilar.

Sintaktik munosabatning turlarini erkin so'z birikmalari misolida tahlil qilindi.

Demak, sintaktik munosabatlarning turini belgilashda biz e'tiborimizni qaratadigan zarur omillarga, so'zlarni aloqaga kirituvchi vositalar bilan birga, aloqaga kirishuvchi elementlarning leksik-semantik xususiyatlari ham hisobga olinishi kerak. Tobe va hokim so'zlarning bog'lovchi vositalarga qarab sintaktik munosabat turlarini belgilash turli xil g'alizliklar yuzaga kelmasligi uchun sintaktik aloqaga ham ahamiyat berishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'rinboyev B., Ozbek tili so'zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. - Toshkent: "Fan", 1974.

2. G'ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. - Toshkent, 1987.

3. Berdialiyev A. O'zbek tili ergash gapli qo'shma gaplarida sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlar. - Toshkent, 1992.

4. Mahmudov N., Nurmonov A. O'zbek tilining nazariy grammatikasi.-Toshkent, 1995, 21-bet.

5. O'rinboyev B., Hozirgi o'zbek adabiy tili so'z birikmasi va sodda gap sintaksisidan leksiyalar. - Toshkent, 1990, 86-bet.

6. Nurmonov A. Va boshqalar. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. -Toshkent, 1992, 94-bet.

7. Mahmudov N., Nurmonov A. va boshqalar. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. -Toshkent, 1992.

8. Shodiyev S. Turg'un so'z birikmalarining sintaktik derivatsiyasi// Fil.fan.bo'yicha falsafa doktori dis., - Samarqand, 2020, 125 bet.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

9. Eshboyeva, O. S. (2021). MEANS THAT ENSURE THE EMOTIONALITY OF A WORD IN A LITERARY TEXT. Экономика и социум, (7), 568-573.

10. Eshboyeva, O. S. (2020). BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI VA UNDA SO'Z ESTETIK IMKONIYATLARI. Интернаука, (14-2), 88-89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.