Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 I Son: 3 | 2023-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год
SO'Z QO'SHILMALARIDA VARIANTLILIK
Polvonova Bashorat Mirobijonovna, Farg'ona davlat universiteti tadqiqotchisi
Annotatsiya: Ushbu maqola tilshunoslikdagi so'z qo'shilmasi sintaktik birligining nomlanishi va unga oid variantlilik masalasiga bag'ishlangan bo'lib, unda so'z qo'shilmasi sintaktik birligining kelib chiqishi va ulardagi variantlilik hodisasi haqidagi qarashlar umumlashtiriladi. Hodisaga doir mavjud fikrlar tahlil qilinib lisoniy dalillar bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: sintaktik konstruksiya, so'z tizilmasi, variatsiya, invariant, variant, model, sinonimiya, leksik tarkib.
Kirish. Gap kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatishi uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo'lib, uning so'z qo'shilmasi hamda so'z birikmasidan ajratib turuvchi asosiy belgisi peredikativ munosabatning ifodalanishidir. So'z birikmasi va qo'shilmasida ma'lum tushuncha ifodalansa, gaplarda fikr o'z aksini topadi.
"Gap - sintaktik yaxlitlik, bu uning grammatik shakllanganligi, tarkibiy uzvlari bir butun holga kelganligi bilan izohlanadi [1-2]. Demak, gapda bir necha jihat birlashgan bo'ladi. Birinchi jihat - gapning moddiy qobig'i, bu uni tashkil qiluvchi so'z va grammatik shakllar. Masalan, aksariyat gaplarda kesimlik ko'rsatkichi bilan shakllangan atov birligi (kesimlik)ning bo'lishi shart. Ikkinchi jihat - ana shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul - fikr-axborot. Uchinchi jihat esa so'zlovchining voqelikka munosabati, nutqiy vaziyati. Bu uch jihat nutqda uchlikni - sintaktika, semantika va pragmatika birligini tashkil etadi".1
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ma'lumki, sintaktik birlik sifatida so'z qo'shilmasiga har hil ta'riflar berilgan. Dastlab so'z qo'shilmasi sintaktik birlik sifatida qayd etilmagan. Sintaktik birliklar faqat uchta : so'z birikmasi, gap va qo'shma gap deb tan olingan. Lekin A.A.Shaxmatov va V.V.Vinogradov tadqiqotlarida2 bitta gap ichida teng bog'langan so'zlar va ajratilgan izoh bo'laklarda
uchraydigan izohlovchi va izohlanuvchi birikuvi so'z birikmasiga ham, gap konstruksiyasiga ham kiritilmaydi va alohida hodisalar ekanligi aytiladi. R.Sayfullayeva bunday bog'lanishni, ya'ni gap ichidagi so'zlar (bo'laklar)ning o'zaro teng birikishini so'z so'z tizmasi deb ataydi: " So'z tizmasi (olma va anor) teng huquqli a'zolardan tashkil topadi. Ular o'rtasida tobelik bo'lmaydi. Shunga muvofiq, so'zlar orasida bir-birini izohlash, to'ldirish hodisasi ham yo'q [2-5]. So'z tizmasi tashkil etuvchilarining o'rnini ham almashtirish mumkin: anor va olma. So'z tizmasidagi a'zolar birgalikda boshqa so'zga tobelanib, uni aniqlashi (oq va qizil gullar) yoki boshqa so'z tomonidan izohlanib hokim so'z bo'lib kelishi mumkin (shirin olma va anor). Shuningdek, so'z tizmasidagi har bir a'zo o'ziga xos tobe uzvlarga ham ega bo'lishi mumkin (o'qiyotgan bola va yozayotgan qiz). So'z tizmasi a'zolari teng bog'lovchilar yordamida yoki bog'lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog'lanishi mumkin: bola, qiz kabi. So'z tizmasi a'zolari, asosan, bir so'z turkumiga oid leksemalar voqelanishi bo'ladi: olma (ot) va anor (ot) . Ba'zan ular turli turkumda ham bo'ladi: Halim (ot) va men (olmosh)" 3. A.Ahmedov esa bunday konstruksiyani "tenglanishli so'z birikmasi" deb atasa ham, biz uni so'z qo'shilmasi deb nomladik. Chunki birikish so'zi tilshunoslikda, ko'pincha, tobe bog'lanishni ifodalaydi, qo'shilma so'zi esa teng munosabatlarga
1 Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili.O'quv-qo'llanma. T.:Fan va texnologiya.2009. 324-b.
2 Qarang . A.A.Shaxmatov va V.V.Vinogradov.O'zbek tilining
mazmuniy sintaksisi.O'z FA // "Fan" . 1992.8-b.
3 Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili.O'quv-qo'llanma. T.:Fan va texnologiya.2009.301-b.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8319379
38
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 I Son: 3 | 2023-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год
ishora qiladi. "Bir mustaqil so'z boshqa mustaqil so'zni izohlaydigan bog'lanish tobe bog'lanish deyiladi. Bir mustaqil so'z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog'lansa, teng bog'lanish deyiladi. So'zlarning teng bog'lanishi so'z qo'shilmalarini hosil qiladi: yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy hamda quyosh. Teng bog'lanishda tobe va hokim so'z bo'lmaydi, ikkala so'z ham teng huquqli bo'ladi" 4
Demak, so'z qo'shilmalari teng munosabatda bog'langan ikkita so'zdan tashkil topadi. U gapda, ko'pincha, uyushiq bo'laklar vazifasini bajaradi. Uyushiq bo'laklar ikki va undan ortiq birliklardan tarkib topsa-da, biz so'z qo'shilmasi sifatida faqat ikki tarkibli , ya'ni ikkita leksemaning teng aloqa bilan birikishini nazarda tutdik. So'z qo'shilmalari o'rtasidagi variantlilik bir xil mazmun-munosabat bildiruvchi bog'lovchilar yordamida yoki tenglik ohangi bilan hosil bo'ladi. Masalan biriktiruv bog'lovchilari doirasida:
Qizlar va yigitlar;
Qizlar hamda yigitlar;
Qizlar bilan yigitlar;
Qizlar-u yigitlar;
Ham qizlar , ham yigitlar.
Bu so'z qo'shilmalarida atash ma'no ifodalovchi komponentlar: 1-qizlar, 2-yigitlar o'zgarishsiz saqlanib qolib, faqat ularni teng munosabatda bog'lovchi yordamchi so'z va vositalargina o'zgargan. Zidlov bog'lovchilari ham o'zaro sinonim bo'lib, so'z qo'shilmasini bog'laganda quyidagi variantlilikni hosil qiladi.
Sersuv, lekin bemaza (shaftoli);
Sersuv, ammo bemaza (shaftoli);
Sersuv, biroq bemaza (shaftoli);
Sersuv-u, bemaza (shaftoli).
Natijalar. Berilgan so'z qo'shilmalarida mazmun bir-biriga juda yaqin, deyarli bir xil semantik strukturaga ega. Ularni faqat bog'lovchilar
sinonimiyasi farqlab turibdi. Bu variantlar qo'llanish chastotasi va stilistikasi bilan farqlanadi. Dastlabki uch bog'lovchi yozma nutqqa xos bo'lib, so'zlashuv nutqida juda kam qo'llanadi. Zidlov bog'lovchisi o'rnida kelgan yuklama (-u) esa og'zaki nutq uslubiga xos.
Ayruv bog'lovchilari bilan ham shunday variantlilikni kuzatish mumkin ( Goh akam, goh otam; Ba'zan akam, ba'zan otam; Bir akam, bir otam ), lekin inkor bog'lovchi yolg'iz Na..., na.. birligidan iborat bo'lgani tufayli variantlilik hosil qilishi kuzatilmaydi. So'z qoshilmasi variantlari mavjud ekan , demak, ular uchun invariant ham mavjud bo'ladi. So'z qo'shilmasida ikkita teng munosabatli komponentlar o'zaro teng bo'lgan aloqaga (biriktirish, zidlik, ayiruv, inkor va teng ohang yordamida) kirishadi. Ularda leksema ikkita bo'lib, har biri W (W ingliz tilidagi word-so'zning bosh harfi bo'lib, xalqaro standart bo'yicha olindi) bilan belgilansa, so'z qo'shilmasi uchun W=W so'z qo'shilmasi invarianti amal qiladi. Masalan:
Olma va anor Olma bilan anor Olma ham anor Olma-yu anor Olma, anor
So'z qo'shilmasida hech qanday tobe munosabat yo'q, shuningdek, predikat ham mavjud emas. Shuning uchun o'zaro teng bog'langan leksemalardan iborat. Lekin teng bog'lovchining mazmuniy munosabat turi almashganda W=W invariantining variantlari o'zaro sinonim bo'la olmaydi. Misol uchun:
1. W biriktiruv munosabati W Sersuv va mazali
Sersuv hamda mazali
Ham sersuv , ham mazali
Sersuv -u mazali
Bu birliklarda sersuvlik va mazalilik ma'nosini bildirgan so'zlar bir- birini to'ldirib, o'zaro teng aloqaga kirishgan.
M.Qodirov, H. Ne'matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva, B. Mengliyev. Ona tili. Darslik.Toshkent. Cho'lpon. 2019.35-b
39
https://doi.org/10.5281/zenodo.8319379
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 I Son: 3 I 2023-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год
2. W zidlov munosabati W
Sersuv lekin bemaza
Sersuv ammo bemaza
Sersuv biroq bemaza
Sersuv -u bemaza
Bu so'z qo'shilmalarida esa sersuvlik leksemasi bemazalikka zidlangan, ya'ni leksemalar antonimlik munosabatiga kirishgan. Bunda suvli bo'lgan mahsulot mazali (shirin) bo'lishi kerak edi, lekin bunday bo'lmadi, degan mazmun ifodalangani. Turli zidlov bog'lovchilar bilan bog'langan bu variantlar boshqa turdagi (masalan, biriktiruv munosabatidagi) so'z qo'shilmalariga sinonim bo'lolmaydi.
3. W ayiruv munosabati W Goh mazali, goh bemaza
Dam mazali, dam bemaza
Ba'zan mazali, ba'zan bemaza Bir mazali, bir bemaza
Yo mazali, yo bemaza
Ayiruv munosabati bilan bog'langan so'z qo'shilmalarda propozitsiyalarning navbatma-navbat aks etishi yoki ulardan birining aks etishi alohida xarakterga ega.
4. W inkor munosabati W Na mazali, na bemaza
Na achchiq, na shirin
Na ota, na ona
Na mazali, na bemaza Ko'rinib
turganidek, bunday qo'shilmalarda faqat bitta bog'lovchi Na.., na... mavjud bo'lib, faqat so'z qo'shilmalar variant sifatida almashishi mumkin.Bu variantlar o'zaro sinonimlik munosabatiga kirisholmaydi.
5. W teng ohang W Ukam, Alisher Ukamning - Alisherning
Ushbu paradigmada ukam va Alisher so'zlari teng munosabatli so'zlar bo'lsa, ukamning -Alisherning birikishida izohlovchi va izohlanmish munosabati ifodalangan. So'zlarning bog'lanishida tobe ohang bo'lganidek, teng ohang (sanash ohangi) ham mavjuddir. Teng ohang bilan bog'langan so'z qo'shilmalari gap ichida uyushiq bo'lak vazifasini bajaradi va bu bog'lovchi vosita sanash ohangi ham
deb yuritiladi. Masalan: Bog'da olma, anor , nok bor. Bunda olma,anor, nok so'zlari o'zaro teng munosabat bilan bog'langan bo'lib, bog'lovchi vositasi teng (sanash) ohang hisoblanadi. Ular sintaktik birlik sifatida so'z qo'shilmasi, gap bo'lagi sifatida uyushiq bo'lak hisoblanadi. Shuningdek, gaplarda ajratilgan izoh bo'laklar ham ishtirok etadi. Bunday bo'laklarda izohlovchi va izohlanuvchi o'rtasida ham teng ohangli bog'lanish mavjud . Masalan, Otdoshing - Farhod maktabni bitiray deb qoldi gapida Otdoshing - Farhod so'zlari ajratilgan izoh bo'lak bo'lib, bunda Otdoshing izohlanuvchi Farhod so'zi esa izohlovchidir. Uyushiq bo'laklardagi teng ohang yozuvda faqat vergul bilan ifodalansa, ajratilgan izoh bo'laklarda vergul, tire yoki qavs ham ishtirok etadi. Masalan, Soy bo'yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi gapida vergul, Ichki idrok amriga bo'ysunsang, katta inson bo'lasan, ikkinchi darajali ( ko'z va quloq sezgilari) tuyg'ularga amal qilsang, mayda odamga aylanasan gapida esa qavs ajratilgan izoh bo'laklar munosabatini yuzuvdagi ifodasidir. Bir qarashda izohlovchi (ajratilgan) bo'lak izohlanuvchi (ajratilayotgan) bo'lakka tobelangandek tuyiladi. Lekin ular o'rtasida hech qanday tobe vosita (ergashtiruvchi bog'lovchi yoki ohang) mavjud emas. Yozuvda ham ularning teng munosabati vergul, tire yoki ba'zida qavs bilan ifodalanadi. Demak, biz ajratilgan izoh bo'laklardagi izohlanuvchi va izohlovchi birliklarni teng munosabatli so'z qo'shilmalari desak bo'ladi [6-8].
Demak, so'z qo'shilmalar invarianti umumiy holda W=W bo'lsa, bu sistema o'z ichida yana kichik sistemalar - invariantlarga bo'linadi. Buni quyidagi chizma orqali ko'rsatish mumkin.
Bunda W=W barcha so'z qo'shilmalari uchun invariant;
W b W biriktiruv munosabatli so'z qo'shilmalari uchun invariant;
W z W zidlov munosabatli so'z qo'shilmalari uchun invariant;
40
https://doi.org/10.5281/zenodo.8319379
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 3 | 2023-yil
"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 3 | 2023 year
Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 3 | 2023 год
W a W ayiruv munosabatli so'z qo'shilmalari uchun invariant;
W i W inkor munosabatli so'z qo'shilmalari uchun invariant ;
W o W teng ohang bilan bog'langan so'z qo'shilmalari uchun invariant hisoblanadi.
So'z qo'shilmasida leksik tarkib bir xil bo'lsa va mazmun - munosabati bir xil bo'lgan har xil shakldagi bo'glovchilar bilan bog'lansa, u variantlar o'zaro sinonim ham hisoblanadi. Agar ular har xil leksik tarkibga ega bo'lsa, bir invariantga variant bo'lsalar-da o'zaro sinonimlik hosil qilolmaydi. Masalan, go'zal va aqlli qo'shilmasi bilan go'zalhamda aqlli qo'shilmasi o'zaro bir xil leksik tarkibga ega, shuning uchun ham ular variantlardir. Xuddi shu qo'shilma yaxshi va odobli so'z qo'shilmasi bilan bitta invariant variantlari hisoblansa-da, ya'ni so'z qo'shilmalarining leksik tarkibi bir xil bo'lmagani uchun leksemalar har xil ma'noga ega va ular o'zaro sinonim bo'lolmaydi [910].
Demak, so'z qo'shilmalari variantlari, avvalo, bitta umumiy invariant W=W
modeliga ega bo'lsa-da, sistemaviy ravishda so'zlarning o'zaro munosabatiga ko'ra W b W , W z W , W a W , W i W, W o W modellarini oladi va bu modellar bosh invariant bo'lgan W=W ning variantlari hisoblanadi. Kichik invariantlar ham o'z paradigmasiga ega bo'lib, ular leksik materialning bir-biriga yaqinligi yoki yaqin emasligi bilan farqlanadi.
Bitta invariantning variantlari sifatida real nutqda aks etgan variantlar paradigmasida ham yadro a'zo bo'ladi. Bu, ko'pincha, nutqiy uslublar uchun betaraf bo'lgan so'zlardan tashkil topadi. Masalan:
Maktab va litsey Maktab hamda litsey Maktab-u litsey Maktab bilan litsey
Bu paradigmada leksik material bir xil, lekin bog'lovchilar almashgan. Bog'lovchilar orasida uslubiy betaraf bo'lgan va bog'lovchisi hisoblanadi. Qolgan bog'lovchilar badiiy (hamda) va so'zlashuv (u, bilan) uslubiga xos. Demak, paradigmada va
https://doi.org/10.5281/zenodo.8319379
bog'lovchisi bilan bog'langan variant yadro a'zo hisoblanadi. Uning marker esa uslubiy betaraflik.
Xulosa. Shunday qilib, fonetik variant gaplar asosa, ohang va ma'no urg'usining o'zgarishi orqali vujudga keladi. Ohang o'zgarishi tufayli hosil bo'luvchi variant gaplar tafovuti og'zaki nutqda darak, buyruq va so'roq kabi bo'yoqlarning talaffuzga qo'shilishidan paydo bo'lsa,yozma nutqda ma'lum tinish belgilar bilan ko'rsatiladi. Ma'no urg'usi bilan farqlanadigan variant gaplar esa so'zlashuvda ma'lum so'zning baland aytilishi,yoki so'zlarning o'rin almashishi bilan belgilanadi. Bunday gaplar yozma uslubda so'zni ma'lum bir holatda ajratish bilan belgilanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Соссюр Ф. де, Курс общей лингвистики, Труды по языказнанию. М. :Прогресс, 1977
2. Nurmonov A, Mahmudov N, Ahmedov A, Solixo'jayeva S. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. O'z FA // "Fan" . 1992.
3. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv-qo'llanma. T. :Fan va texnologiya. 2009.
4. Mamajonov A, Qo'shma gap stilistikasi, Toshkent, Fan, 1990
5. M. Qodirov, H. Ne'matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva, B. Mengliyev. Ona tili. Darslik. Toshkent. Cho'lpon. 2019
6. Nabiyeva D, O'zbek tilining turli sathlarida umumiylik-xususiylik dialektikasining namoyon bo'lishi. Toshkent, "SHARQ". 2005.
7. G'ulomov A.G'., Asqarova M.A. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. Toshkent. 1965.
8. Sharopova R, Terminologiyada variantdorlik// O'zbek tili va adabiyoti, 1-son, 2012
9. Musayeva F, O'zbek tilida variantlilik// O'zbek tili va adabiyoti, 6-son, 2015
10. Shukurov R. Sintaktik parallellizmning uslubiy vazifalari. // O'zbek tili va adabiyoti. 5-son, 2014
41