Научная статья на тему 'INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MERONIMLAR VA ULARNING LEKSIK SOʻZLARARO MUNOSABATLARI VA XUSUSIYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA'

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MERONIMLAR VA ULARNING LEKSIK SOʻZLARARO MUNOSABATLARI VA XUSUSIYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
98
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meronim / giponim / leksik birliklar / til sathi / so’zlararo munosabat / konfiguratsiya / tilshunoslik / meronym / hyponym / lexical units / language level / relationship between words / configuration / linguistics

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mustafaeva, Sojida Ulashevna

Ushbu maqolada tilshunoslik fani uchun mutloq yangi bo‘lgan atama meronim va uning til sathi doirasidagi xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Meronim bu til birligining kichik leksik qismi bo’lib, u butunning qismini ifodalaydigan kichik til butunligidir. Bu atama tilshunoslik sohasida ma’lum bo’lgan atnomim, sinonim, omonim va paronimlik leksik xosdoshliklardan farqli o’laroq, soha rivojlanish mumkinligini isbotlovchi taraqqiyot mahsuli natijasida yuzaga kelgan va so’zlararo munosabatlarning o’ziga xoslik: leksik, semantik, sintaktik vazifalarini namoyon eta oladigan leksik birlikdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL CONCEPT OF MERONYM IN ENGLISH AND UZBEKI AND THEIR LEXICAL RELATIONSHIPS AND CHARACTERISTICS

In this article, a completely new term for the science of linguistics meronym and its features within the language level is discussed. A meronym is a small lexical part of a linguistic unit, which represents a part of a whole. This term, in contrast to the lexical properties of antonyms, synonyms, homonyms, and paronyms, which are known in the field of linguistics, is a product of development that proves the possibility of development in the field and shows the uniqueness of inter-word relations which can perform lexical, semantic, and syntactic functions.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI MERONIMLAR VA ULARNING LEKSIK SOʻZLARARO MUNOSABATLARI VA XUSUSIYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI MERONIMLAR VA ULARNING LEKSIK SO'ZLARARO MUNOSABATLARI VA XUSUSIYATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

d

MUSTAFAEVA Sojida Ulashevna

Termez Muhandislik -Texnologiya Instituti email: sojidabonu1986@gmail.com tel: + 998915843010

https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-65-72

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tilshunoslik fani uchun mutloq yangi bo'lgan atama -meronim va uning til sathi doirasidagi xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Meronim bu til birligining kichik leksik qismi bo'lib, u butunning qismini ifodalaydigan kichik til butunligidir. Bu atama tilshunoslik sohasida ma'lum bo'lgan atnomim, sinonim, omonim va paronimlik leksik xosdoshliklardan farqli o'laroq, soha rivojlanish mumkinligini isbotlovchi taraqqiyot mahsuli natijasida yuzaga kelgan va so'zlararo munosabatlarning o'ziga xoslik: leksik, semantik, sintaktik vazifalarini namoyon eta oladigan leksik birlikdir.

Kalit so'zlar: meronim, giponim, leksik birliklar, til sathi, so'zlararo munosabat, konfiguratsiya, tilshunoslik

In this article, a completely new term for the science of linguistics -meronym and its features within the language level is discussed. A meronym is a small lexical part of a linguistic unit, which represents a part of a whole. This term, in contrast to the lexical properties of antonyms, synonyms, homonyms, and paronyms, which are known in the field of linguistics, is a product of development that proves the possibility of development in the field and shows the uniqueness of inter-word relations which can perform lexical, semantic, and syntactic functions.

ABSTRACT

Key words: meronym, hyponym, lexical units, language level, relationship between words, configuration, linguistics

В данной статье обсуждается совершенно новый для науки языкознания термин - мероним и его особенности в пределах языкового уровня. Мероним - это небольшая лексическая часть языковой единицы, представляющая собой часть целого. Этот термин, в отличие от известных в области языкознания лексических свойств антонимов, синонимов, омонимов и паронимов, является продуктом развития, доказывающим возможность развития в данной области и показывающим своеобразие межсловесиных связей. отношения, которые могут выполнять лексическую, семантическую и синтаксическую функции.

АННОТАЦИЯ

65

14 www.birunijournal .uz

Ключевые слова: мероним, гипоним, лексические единицы, языковой уровень, отношения между словами, конфигурация, языкознание.

KIRISH (Introduction)

Til bu ijtimoiy hodisa bo'lib, insonlar o'rtasida muloqat vositasining asosiy obe'kti hisoblanadi va inson taraqqiyoti davomida til, uning shakllanishi, tuzilishi va aloqa vosita sifatida namoyon bo'lishi - tilshunoslik fanining jamiyat hayotida nazariy bilimlar asosida paydo bo'ldi, kyinchalik bu qarashlar uning fan sifatida boshqa ijtimoiy va tabiy fanlar bilan bog'landi. Bu progress natijasida tillar taraqqiyoti bir biriga o'zaro ta'sir etib bir til gramatikasi ikkinchi til gramatikasiga ta'sir etib kelmoqda. Shu o'rinda o'zbek tiliga ham Rus va Yevropa tillarining ta'siri keng, natijada tillar o'zaro qiyoslanish orqali o'rganiladi. Ushbu maqolada ham ko'rilayotgan asosiy obe'kt manbai bu ikki tillik qiyoslanish o'zbek va ingliz tillarida so'zlar sahkliy munosabatlari: o'zaro shakliy o'xshashlik ; o'zaro shakily bir xillik so'zlarning semantik xususiyatlari misolida yoritib berish ko'zlangan. Tilshunoslik chinakam fan sifaida faqat XIX asrning boshlarida bir necha omillarga ko'ra shaklandi.1 Demak, til bu o'ziga xos strukturaviy shakl sistemasiga ega va u o'zining ajralmas birdan ortiq elemetlariga ega: Leksika va grammatika; leksika so'zlarning lug'aviy ma'nosini o'rgansa, grammatika so'zlarning gapdagi strukturaviy qolipini o'rganadi. Shu o'rinda leksema -so'z birliklariga urg'u beramiz. So'z, bir tomondan, til birligi sifatida, ikkinchi tomondan, nutq birligi sifatida ajratilagani uchun boshqa bir termin bilan ifodalanishi lozim. Tilshunoslikda hozirgacha qo'llanib kelayotgan so'z termini ham, leksemani, ham so'z formasi / glossariyni ifodalaydi deb S.Usmonov o'z " Tilshunoslika kirish" kitobida aytib o'tgan. Bu ishda meronimlar va ularning leksik xususiyatlarini tahlil etishda ularning so'z formulalariga va paradigmatik so'z hosil qiluvchi formulalaring tahlili diskussiya qilingan. Til birliklari bu til leksikasi — tilshunoslikning boshqa sohalari bilan uzviy bog'langan bo'lib, til leksik birliklar yangi so'zlarning hosil bo'lishida asosiy rol oynaydi. Ular so'zlarning o'zaro xoslanishi, so'z birliklari ma'nolarinig gapdagi vazifalarini ajratib berishda katta ahamiyatga ega. Tilshunos olim G.S.Schur leksik fonlarning nazariy leksik sathidan rivojlanishi yuqoriki u o'z chegara doirasidan ham boshqa maydon sohalarini ham qamrab olmoqda deb ta'kidlaydi. Shuni inobatga olgan holda o'zbek va ingliz tillarida leksik sath maydoniga kiruvchi bir butunlik ma'nodoshlar, o'xshashliklar - meronimlar haqida bayon etiladi.

1 С. Усмонов " Тилшуносликка кириш" - Тошкент нашриёти 1972, б.52

66

METHODS

Biz bu maqolada asosan ikki til o'rtasidagi so'zlarning chog'ishtirib qiyoslanish, tahliliy, analitik metodlar asosida biz tillar o'rtasida o'zaro leksik munosabatlarning o'ziga xoslik masalalarini misollar orqali ko'rib chiqdik. Bilamizki, chog'ishtirib qiyoslanish ikki predmet o'rtasida yuz beradi, misollar ishtirokida ketma -ketlik tahliliy analiz deb yuritdik va analitikal esa so'z bu butun, butun bu so'zligini boshqa manbalar ishtirokida ko'rib chiqildi.

NATIJALAR (Results)

Maqolada erishilgan natijalar shuni ochiqlaydiki, ingliz va o'zbek tillarida meronimlar va ularning leksik xususiyatlar misollar asosida ko'rildi. Bundan erishilgan natijalar kam sonli bo'lsada quvonarli muvafaqiyatli deb aytish mumkin. Masalan, ingliz va o'zbek tillari uchun meronim atamasi butunlay yangi sohadir, uning ikki til o'rtasidagi tahliliy muhokamasi har ikkala til uchun ham katta yutuqdir. Biz ushbu maqolada erishilgan yutuqlarni sanab o'tamiz:

1) Meronim ikki til o'rtasida o'xshashliklari

2) Meronimlarning leksik xususiyatlri tengligi ikki tilda

3) Muhokama o'zbek va ingliz tillarida ko'rilganligi

Demak, ushbu maqolamizda belgilangan ko'rsatkichlar izlanuvchining ushbu sohada erishgan natijalar chegara maydoni hisoblanadi.

MUHOKAMA (Discussion)

Til leksikasida uslubiy xoslanish alohida ahamiyatga ega; leksema bu tilshunoslkning eng muhim va asosiy tushuncharidan biri. Bu tushunchani ayni paytda keng qamrovli mazmun mohiyat, belgilangan chegara miqdori noaniq bo'lgan holda bilamiz. Sababi, tilshunoslar Arastu davridan hozirgacha leksema, so'z ustida bosh qotirib kelishmoqda va bugungi kunda yuzlab ta'riflar berilgan. 2 Veterinariya sohasida ishlaydigan vrachning qizi maktabda: " Ustoz, ayting anavi mollarga xonaga kirsin!", Bog'bon: " Huu bolalar, qani bu yerdan jo'nab qolinglarchi! Bo'lmasam sochlarizni hozir tag tuguli bilan olib tashlayman!" Bu misollardan ma'lum bo'ladiki, jamiyatda o'z kasb-omili sababli ongli va ongsiz holda shakllangan leksik birliklar nutq-kommunikativ aspekti leksikonga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy muhitning tilga va nutqqa ta'siri tilshunoslikning ikki sohasi tomonidan o'rganiladi. Yana bunga bir misol qilib aytadigan bo'lsak sotsiolongvistika va sotsialingvistika so'zlari mutloq bir biridan farq qiladi ya'ni ijtimoiy muhitning umuman tilga ta'siri sotsialingvistika tomonidan o'rganilsa, uning alohida shaxs yoki

2 Baxtiyor Mengliyev " Hozirgi o'zbek tili" darslik, "Tafakkur bo'stoni" nashriyoti, Toshkent - 2018

b. 152-168

67

www.birunijournal .uz

kishilar guruhiga ta'siri sotsiolingistika tomonidan tekshiriladi. Ikki soha nomi tovush (a/o) bilan farqlanadi va ko'pchilik bu ikki termini chalkashtiradi. Demak, til tarkibidagi leksik ma'nolar doimo o'zaro ma'lum munosabatda bo'ladi. Shunga ko'ra so'zlar bir biriga qarama qarshi yoki bir birini inkor etadi shunga ko'ra so'zlar antonim, sinonim kabi farqlanadi. So'zlar leksik shakliy jihatdan ham bir biridan farqlanadi, bu bir biriga o'xshash, ya'ni shakldosh so'zlar ko'rinishida uchraydi. Tilshunoslik sohasida bu kabi so'zlarni ikki turga ajratib bo'lib o'rganish qabul qilingan: omonimlar va polisemantik so'zlar. Shakldosh, ma'nodosh va o'zaro mohiyati farqligi bilan belgilanadi. Bu ishda biz asosiy obe'kt bo'lgan meronimlarga yuzlanamiz. Meronim bu fanga yangi atama sifatida kirib kelgan va bu atama partonim deb ham ataladi. Meronimiya (partonimiya) atamasi o'zbek tilshunosligida ham, Yevropa tilshunosligida ham yangi yo'nalish termini sanalib, ilmiy adabiyotlarda ilk marta "Sistem leksikologiya tezislari"3 da uchraydi. O'zbek tilshunosligida meronimiya termini partonimiya nomi ostida XX asrning 90-yillarida Buxoro tilshunoslik maktabi vakillari tomonidan fanga olib kirilgan.4 Tilshunoslikda meronimiya (qadimgi yunoncha "miros"(meros) "qism","bo'lak" va "o'nrima"(o'numa) "ism" so'zlaridan qismini bildiruvchi meronim bilan butunni bildiruvchi o'rtasidagi semantik munosabatlardir. Soddaroq qilib aytganda,meronym o'z partonimi bilan qism munosabatda bo'ladi. Masalan, barmoq qo'lning meronimi bo'lib, uning partonimidir. Xuddi shunday, dvigatel avtomobilning meronimi bo'lib, uning partonimi hisoblanadi. Ingliz tadqiqotchisi Keith Allan o'zining "Semantikaning qisqacha ensiklopediyasi" kitobida meronimiyalar to'g'risida shunday deydi: "Meronimiya - bu leksik elementlar o'rtasidagi qisman butun munosabatni tasvirlash uchun ishlatiladigan atama. Natijada, muqova va sahifa -

kitob meronomlaridir........."5 Biz bu ikki so'z ma'nodosh birliklarini tasviriy jadval

asosida tasvirlaydigan bo'lsak, ular quyidagicha korinishdir:

velosiped (bycycle)

butun bo'la

c(has part)

g'ildirak (balon)

3 Бегматов Э., Нематоа X,., Расулов Р. Лексик микросистема ва унинг таджик методикаси. // Узбек тили ва адабиёти. 1989. 6-сон. Б.35-40

4 Eshmo'minov A.A. O'zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronomik munosabatli leksemalar linvistik bazasini shakllantrish. Avtoreferat.- Termiz.2022. b.16

5 Keith Allan. Concise Encyclopedia of Semantics., Elsevier, 2009

68

Bu misoldan ma'lumki, so'z birliklarida dennotativ va kannotativ bog'lanishlarini ham ochib beradi; velosiped - dennotativlik sathida, demak, meronimiya va partonimiyalar o'zaro tobelik chegara maydonida birlashadi. Meronimlar leksik munosabatlarning yaxlit bir butunligini ifodalaydi va leksik birliklar orasidagi ierarxik bo'lmagan munosabat, yaxlitning muhim qismlari bilan bog'liq.

Masalan:

"Qo'l butunligining yarmi bu -tirsak. Tirsak bu qo'lning qismi." (" An arm has an elbow./ An elbow is a part of the arm.)

Whole - butunlik Parts - qismlar

- qo'l (arm) - uy (house) - bosh (head) - inson tanasi (trunk) - tirsak, qo'l tushi, bilak, (elbow, forearm, arm) - tom qismi, devor (roof / wall) - ko'z, burun, og'iz ( eye,nose,mouse) - ko'krak qism, bel (chest, back)

Demak, ingliz tilida meronimlar butunning qismida ifodalaydi: (dum < it/ tail <dog); uning teskarisi giponimik munosabat bo'lib, u qismning butunligini ifodalaydi. Masalan, olma daraxti (appletree)bu olma (apple)ning giponimidir.( olma daraxt > olma / appletree > apple). Shunday qilib, o'zbek va ingliz tillarida munosabatlrning qism butunligini ifodalovchi bu giponim deb ataladi. Leksik sematik munosabatlar bilan uzviy bog'lansada, meronimlar leksik bilimning bir qismi sifatida ifoalanishi dargumon, chunki u ma'no emas, balki til birliklari o'rtasidagi qisman butun munosabatlarning refleksider. Shunga qaramay, ba'zi (ayniqsa, hisoblash) yondashuvlar leksik elementlar orasidagi meronim munosabatlarning har xil turlarini ifodalaydi. Meronimlarning leksikon tuzilishlarini ingliz olimlari Miller 1995, Lyons 1977, Cruse 1986, Aitchison 1987, Chaffin and Hermann 1984, Nikitin 1988 va boshqalar fanda ularning tahliliy munosabatlarini fanda isbotlaganlar. 6 Lingvist olimlar ta'kidlaydiki til bu borliq, uning natijasida tabiat yaratgan til klassifikatsiyasi paydo bo'lgan, bu esa o'z navbatida qolip taksanomiaysi deb yuritiladi. Butunlikda qism ierarxik — taksanomiya munosabatini saqlaydi uning

6 N. KUZMENKA. MERONYMIC STRUCTURES FOR NAMES DENOTING PARTS OF LIVING BEINGS IN ENGLISH., Minsk State Linguistic University.,2015

69

o'zaro ta'sirida leksik zanjir -giponimiya turi hosil bo'ladi. Biz bu jadval asosida ko'rishimiz mumkin:

creature

spaniel alsatian

Demak, butunliklar qismlarga bo'linganda har bir leksik birlik yaxlit butunlik qismini ifodalaydi, bu esa o'z navbatida taksonomiya jadvalini shaklantiradi. Har bir qismlar esa butunlik ma'nosini ochiqlaydi, masalan yuqoridagi jonzot tushunchasida umumiy mavjudot ya'ni qimirlaydigan, tanasida joni mavjud harakatlanadigan mavjudotlar timsoli namayon bo'ladi, agar uning qismlari hayvon, inson, hashorat, qush va baliq klassifikatsiyasiga bo'lsak butunlik-qism, ularni o'zaro yana leksik birliklarga bo'lsak hayvonot -it va uning tur- klasifikatorlariga bo'inadi; hayvon-fil; jonzot-baliq-salmon; hashorat-chumoli-kapalak-xonqizi; Endi meronim taksonomiyasini solishtiramiz:

butterfly

70

www.birunijournal .uz

holonym hand (qo'l)

co meronym wrist (bilak)

co meronym

thumb (bosh barmoq)

co meronym calm (kaft)

co meronym back (kaft orqasiO

meronym/homony m

finger (barmoq)

Bu ikki leksik munosabatlarning o'zaro ta'sir maydoni yuqoridagi jadvaldan namoyonki giponimiya va meronimiya bir biri bilan juda yaqin ma'nodosh bo'lishiga qaramasdan ularning leksik -semantik, leksik-sintaktik taksonomiyasi ta'sir doirasi farq qiladi: butunlikning qism jinsiga va qismning butunlik strukturasiga kiradi.

XULOSA (Conclusion)

Biz yashayotgan borliq shunday kengsizki, tabiiy bu kenglikda tilning bir butunligi qismini hosil qiluvchi nutq — grammatika - kommunikatsiya -so'z leksikonlarisiz tasavvur qilish qiyinroq. D.A.Cruse "Lexical Semantics" kitobida leksik o'zaro munosabatlar: giponim, atnonim, sinonim, meronim va partonomlarning nisbiy yasalish, ma'nodosh, o'xshashlik yoki o'zaro zidlik aloqalarini semantik, leksik, sintaktik, vazifadoshlik konfiguratsiya - munosabatlarining sathini aniq va yaqqol tahlil qilib bergan. Biz ham shunga asoslangan holda, yuqoridagi fikrlarni umumiy xulosalaydigan bo'lsak ingliz va o'zbek tillarida meronimlarning juda o'xshash munosabatlarini tahlil asosida ko'rib chiqdik. Demak, ikki tilning leks ik maydoni, ularning o'zga tilda nomlanishini hisobga olmaganda ikki til uchun ham mutloq yangi soha bo'lgan bu atamalar vazifa — funksiyasi mutloq o'xshash ekanligi yuqoridagi analitik tahlil misollari o'z isbotini ko'rsatib berdi. Umuman olganda, uy, velosiped, olma va qo'l misollari har ikki tilda meronimik ma'no xususiyatlarini qiyosiy atamalar ostida o'rganish o'ziga xoslik aspektlarini namoyish eta oldi.

71

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. (REFERENCES)

1. A.D.Cruse, Lexical semantics., Cambridge: Cambridge University Press. 1986. P.156 b. 152-168

2. Baxtiyor Mengliyev " Hozirgi o'zbek tili" darslik, "Tafakkur bo'stoni" nashriyoti, Toshkent - 2018

3. Eshmo'minov A.A. O'zbek tili korpuslari uchun taksonomik va meronomik munosabatli leksemalar linvistik bazasini shakllantrish. Avtoreferat.- Termiz.2022. b.16

4. Keith Allan. Concise Encyclopedia of Semantics., Elsevier, 2009

5. N. KUZMENKA. MERONYMIC STRUCTURES FOR NAMES DENOTING PARTS OF LIVING BEINGS IN ENGLISH., Minsk State Linguistic University.,2015

6. Бегматов Э., Нематоа X,., Расулов Р. Лексик микросистема ва унинг тадкик; методикаси. // Узбек тили ва адабиёти. 1989. 6-сон. Б.35-40

7. С. Усмонов " Тилшуносликка кириш" - Тошкент нашриёти 1972, б.52

Internet saytlari

1. http://www.inspiringteachers.com/

2. https://ziyonet.uz/

3. https : //www.academia.edu/

4. https://www.researchgate.net/publication/290851511_Meronymy

72

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.