Научная статья на тему 'KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI'

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3856
736
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv tilshunoslik / kognitiv grammatika / lingvokulturologiya / konsept / Askoldov / tushuncha / mantiqiy kategoriya / “choy” konsepti.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Binafsha Ilyos Qizi Abduraimova

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu –konseptdir. Bu termin kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada konsept mavzusining ushbu ikki soha o’rganilishi tadqiqqa tortiladi. Konsept atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun ham umumit atama bo’lsada, ikkala fan uchun ham ikki xil tushunchani anglatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI»

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT

TUSHUNCHASI

Binafsha Ilyos qizi Abduraimova

Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, lingvistika (fors tili) yo'nalishi bo'yicha 1-

kurs magistranti abduraimovabinafsha@gmail.com

ANNOTATSIYA

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu -konseptdir. Bu termin kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada konsept mavzusining ushbu ikki soha o'rganilishi tadqiqqa tortiladi. Konsept atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun ham umumit atama bo'lsada, ikkala fan uchun ham ikki xil tushunchani anglatadi.

Tayanch so'z va iboralar: kognitiv tilshunoslik, kognitiv grammatika, lingvokulturologiya, konsept, Askoldov, tushuncha, mantiqiy kategoriya, "choy" konsepti.

Ayni paytda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so'ngi yutuqlarini o'zida mujassam etib,mustaqil paradigm sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Ko'plab tadqiqotchilarning e'tirof etishicha ,kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo'nalishlari hisoblanadi.

O'tgan asrning so'ngi choragida o'zining ilk qadamlarini qo'ygan kognitiv tilshunoslik XXIasr boshodayoq lingvistikaning peshqadam sohalaridan biriga aylanib ulgurdi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J.Miller, J.Bruner, J.Lakoff, R.Langaker, R.Jakendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog'lanadi. Kognitiv tilshunoslik tilni falsafadagi bilish nazariyasi bilan bog'lab, uning hosil bo'lishidagi psixologik,biologik va eyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy,madaniy va lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini ilmiy tadqiq etuvchi soha hisoblanadi. Kognitiv so'zi inglizcha " cognize-bilmoq,anglamoq,tushumoq" demakdir. Kognitiv tilshunoslik "chegaradosh fan" bo'lib, kognitologiya, kognitiv psixologiya, psixolongvistika, lingvistika kabi sohalar to'qnashuvida vujudga keldi. 1975-yilda J.Lakoff va S.Tompsonning maqolasida "kognitiv grammatika"termini paydo bo"ldida 80-yillarda yevropaning an'anaviy tilshunosligida kognitiv tilshunoslik qaror topdi. Rus tilshunosligiga esa kognitiv lingvistika V.I.Gerasimovning ("Новое в зарубежной лингвистике",1988) ilmiy maqolasi bilan kirib keldi. Rus tilshunosligining yana bir atoqli vakili E.S.Kubryakova quyidagicha fikr bidiradi:"Kognitologiya ko'p qirrali fan sohalaridandir. Uning doirasida shakllangan tilshunoslik,o'z navbatida, murakkab vazifa

ijrosini ko'zlaydi, lisoniy va bilim stukturalari o'rtasidagi munosabatlar hamda doimiy muqobilliklar tahlili, izohi rejalashtiriladi"1.

O'zbek tilshunosi Sh.S.Safarovning fikriga ko'ra , "Kognitiv tilashunoslikning vazifasi til yordamida bilim olish va saqlash,tilni amalda qo'llash, hamda uzatish, umuman til tizimi va trkibini inson miyasidagi in'ikosi sifatida tafakkur bilan bog'lab, chuqur ilmiy tadqiq etishdir2.

Professor A.Mamatov til tizimini kognitiv jihatdan tahlil qilish borasida fikr yuritar ekan, shunday deb yozadi: "Kognitiv fan kognisiya bilan shug'ullansa, kognitiv tilshunoslik kognisiyaning, ya'ni bilishning tilde aks etishini, verballashuvini tadqiq qiladi. Tilgha bo'lgan kognitiv yondashuv - bu til shaklining oxir-oqibat inson ongi, fikri, bilish strukturalarining aks ettirilishidir. Kognitivlik o'z tuzilishiga ko'ra insonning bilish faoliyatiga tayangan barcha tipdagi bilimlarning tizimlashishini

"5

ifodalaydi

XXasrning oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosi masalasini o'rganishni maqad qilgan-tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi. Lingvokulturologiya- madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida umumlashma fan bo'lib ,til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bo'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi.

Lingvokulturologiya o'rganish obyektiga ko'ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o'rganish obyektiga bo'lgan yondashuviga ko'ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilde namoyon bo'lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog'liq arvishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spesifik qoidalarni o'rganadi hamda millatning tilde aks etgan o'ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash hodisalarini tadqiq etish bilan shug'ullanadi. Lingvokulturologiyaning vazifasi shundan iboratki , u til birliklarining madaniy mazmunini o'zga til elementlari va madaniyatining tanish simvolik "kodlari bilan a

Ushbu ikki soha uchun ham umumiy bo'lgan asosiy kategoriyalardan biri, muhim o'rganish obyekti- bu konseptdir. Bu atamani ilk bor 1928-yilda rus tilshunosi Askoldov o'z maqolasida qo'llagan. U konseptga "bu bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o'zida aks ettiradigan birlikdir"4 , deb izoh bergan. Ammo shunga qaramay ushbu atamaga XXasrning 70-yillarida ham chuqur

1 Кубрякова Е.С О когнитивной лингвистики и семантики термина когнитивны// Вестник Воронежского государственного университета. -Воронеж, 2001.90-с

2 Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006.- B.91

3 Mamatov A. E. Tilga kognitiv yondashuvning mohiyati nimada? Tilshunoslikning dolzarb masalalari: Prof. A.Nurmonov tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Andijon,2012/-B.212-219.

4 Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории словесности к структуре текста. Антологтя.-M:Academia. 1997.-C.267-280

izoh talab qiladigan muammo sifatida qaralardi. Konsept tushunchasining tilshunoslar istemoliga kirishi 80-yillarda ingliz olimlari Cheyf, R.Jakendof5, Lakof6larnining asarlari bilan bog'liqdir. Aynan o'sha matnlarda konseptualizatsiya, konseptual mohiyat atamalari uchrab turadi. Konsept tushunchasining lug'aviy ma'nosi ustida ahm ko'pgina olimlar har xil fikrlarni bildirishadi. Unga ko'ra mantiqiy kategoriya, amaliy falsafa tushunchasi, milliy mentalitetning asosiy birligi sifatida qaraydiganlar ham bor. "konsept"-lotincha "conceptus" so'zidan olingan bo'lib, "tushuncha" ma'nosini bildiradi. Kognitiv atamalar lug'atida esa konsept atamasiga quyidagicha ta'rif beriladi: konsept bizning tafakkurimizdagi aqliy va psixik resurslarning inson bilim va malakalarida aks etishiga izmat qiladigan tushunchadir. "konsept" atamasi zamonaviy tilshunoslikda birir bir leksik birlikning tafakkurdagi obrazini ifodalash uchun qo'llaniladi. Kundalikilmiy ijodda esa onsept atamasi "tushuncha"bilan sininim sifatida qo'llaniladi.

Tilshunoslikn ing yangi yo'nalishi- lingvomadaniyat til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganadi. Konsept uning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Professor N.Mahmudov lingvokulturologiyada (lingvomadaniyat) konseptning o'rganilishi xususida shunday yozadi: "Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e'tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunoslikda bu yo'nalish nihoyatda keng tarqalganini ko'rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog'iga yetish mushkul. Hatto so'nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag'ishlangan"7.

Garchi ushbu atama kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya uchun ham muhim kategoriya hisoblansada, uning ushbu fanlardagi izohi farqlidir. Ushbu termin tilshunoslikda o'tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so'ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko'rish mumkin.

Konsept tushunchasi deyarli barcha atoqli tilshunoslar tomonidan keng tadqiq qilinib, ularning barchasi ushbu tushunchani turlicha individual tarzda talqin qilishadi. Y.A.Stepanov va S.A.Askoldovning fikri bir biriga juda yaqindir, ular konseptni "mantiqiy kattegoriya" sifatida talqin etishadi. Ya'ni Askoldovning fikricha "konsept bu madaniyat elementlaridan birining kishi tafakkurida shakllangan shaklidir, xuddi nshu shaklda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi"

Yana bir rus tilshunosi V.A.Maslova konsept ma'nosiga ko'p qirrali tuzilma sifatida qarab, nafaqat til egalari tomonidan o'ylanadigan, balki ular o'zlari his qiladigan hayajon,baho, milliy obraz va konnatatsiyani o'z ichig olishini ko'rsatadi va

5 Ray Jakendoff, 1989: "What is a concept, that a person may grasp it". Program in Linguistics and Cognitive science Brandies University Watham.

6 George Lakoff : 1980: Metapfors We Live BY

7 Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab// O'zbek tili va adabiyoti-T.:2012, 3-16-B

konsept tuzilishida o'zgacha nuetai nazar borligini ta'kidlaydi. Konsept markazida qadrlilik turishi, u madaniyat tadqiqiga xizmat qilishi, madaniyat asosida aynan qadrlilik prinsipi yotishini ham o'z fikrlarida bayon etgan. Qolaversa, har bir konsept murakkab mental uyg'unligi, ma'noiy tuzilishidan tashqari insonni ifodalayotgan obyektga munosabati va umuminsoniy yoki umumiy, milliy-madaniy, ijtimoiy, til egalariga

o

tegishli, shaxsiy individual komponentlarni o'z ichiga olishini ta'kidlaydi .

Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qo'llanuvchi birlik sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o'ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, choy konsepti o'zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi:

1) Chanqoq bosdi ichimlik: chanqaganda ichiladigan, hattoki yozning chillasida ham ichiladigan issiq ko'k choy;

2) Mehmondo'stlikning ifodasi: uyga mehmon kelganda nondan keyin dasturxonga tortiladigan eng asosiy mahsulot. Kishilar tanishini uyga taklif etish uchun "bir payola choy ichib keting " iborasini ishlatishadi.

3) Bosh og'rig'ini qoldiruvchi malham: bosh og'riganda ko'pchilik, ayniqsa yoshi kattalar achchiq choy damlatib ichishadi;

4) Kelinlar odobining ifodasi. O'zbek madaniyatida choy uzatishning ham o'z odobi bor, yani o'zbek oilalarida asosan kelinlar avval yoshi kattalarga , turgan holatda, chap qo'llari ko'ksida, o'ng qo'llari bilan choy uzatishadi.

5) Shunchaki suhbat chog'idagi ermak.

Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli vazifasini o'taydi. Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi. Lingvomadaniyatda madaniyat konseptlari alohida tadqiq etiladi. Madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyatning asosiy konseptlari deganda mavhum otlar, xususan, vijdon, taqdir, qismat, iroda, gunoh, qonun, erkinlik, ziyolilar, vatan va h.k. tushuniladi. Madaniyat konseptlarini A.Y. Gurevich ikki guruhga: "fazoviy", falsafiy kategoriyalar, ya'ni madaniyatning universal kategoriyalari (vaqt, makon, sabab, o'zgarish, harakat) hamda ijtimoiy kategoriyalar, ya'ni madaniyat kategoriyalari (erkinlik, huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk)ga ajratadi9. V.A.Maslova bunga yana bir guruhni - milliy madaniyat kategoriyasini ham ilova qiladi. Konseptlarni tahlil qilish jarayonida har qanday tilda madaniy o'ziga xos konseptlarning ko'pligi aniqlangan. Masalan, kartoshka konsepti madaniy o'ziga xos konseptlardan biri hisoblanadi. Kartoshka ruslar uchun nochor ovqatlanish etaloni, buni sidet na odnoy kartoshke frazeologizmi misolida ham ko'rish mumkin; beloruslar uchun odatiy milliy taom, ikkinchi non, muhim ozuqa hisoblanadi. Yoki non konseptini olsak,

8 Маслова В.А. Лингвокултурология.—М.:»академия», 2001.-с.208.

9 А.Я. Гуревич Дискурс и личность: эволюция коммуникативной компетенции. -М.: Лабиринт, 2004. -С.320 .

o'zbeklar uchun non muhim ozuqa etaloni hisoblansa, koreys, yapon, xitoy xalqlari

uchun muhim ozuqa hisoblanmaydi. Ular uchun guruch asosiy ozuqa etaloni sanaladi.

10

O'zbek tilshunosligida ham "konsept" tushunchasi turli talqinga ega. Masalan, Sh.Safarov "moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet- hodisalar haqida tushunchaning tug'ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna-konsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishi"ni ta'kidlaydi.11

O'.Q.Yusupov konseptni "tashqi yoki ichki dunyodagi biror bir narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo'lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya'ni baholashlardir", deb belgilaydi. Tushuncha va konseptni farqlashda olim quyidagicha fikr bildiradi:" konsept bilan tushunchani ayebergga o'xshatish mumkin. Agar konsept aysberg bo'lsa, uning suvdan chiqib turgan

1 9

qismi tushunchadir"

Yuqoridagi fikrlarni o'rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, konsept tushunchasi har bir shaxs uchun individual va jamiyat uchun umummilliy bo'lgan, ong, til va ruhiyatning bog'liqligida kechuvchi jarayondir. .tilshunoslikda yanada chuqur o'rganishni taqozo etadigan mavzu. Kognitiv tilshunoslikda turli olimlarning fikrlarini o'rganish natijasida. Yakdil xulosaga kelinmagani ma'lum bo'ldi va tilshunoslikning yanada chuqur o'rganilishi talab etiladigan mavzusi ekanligi ko'rinadi.

REFERENCES

1. Кубрякова Е.С О когнитивной лингвистики и семантики термина когнитивны// Вестник Воронежского государственного университета. -Воронеж, 2001.90-с

2. Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006.- B.91

3. Mamatov A. E. Tilga kognitiv yondashuvning mohiyati nimada? Tilshunoslikning dolzarb masalalari: Prof. A.Nurmonov tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Andijon,2012/-B.212-219.

4. Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская словесность. От теории словесности к структуре текста. Антологтя.-М:Аcademia. 1997.-C.267-280

5. Ray Jakendoff, 1989: "What is a concept, that a person may grasp it". Program in Linguistics and Cognitive science Brandies University Watham.

6. George Lakoff : 1980: Metapfors We Live BY

7. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab// O'zbek tili va adabiyoti-T.:2012, 3-16-B

8. Маслова В.А. Лингвокултурология.—М.:»академия», 2001.-с.208

10 Маслова В.А. Лингвокультурология.-М.: «Академия», 2001. - С.208

11 Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006.- B.91

12 Yusupov O'.Q-Ma'no,tushuncha, konssept va lingvokulturologiya atamalari xususida// Stilistika tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlarida: Ilmiy amaliy konferensiya materiallari.-toshkent,2011.-49-bet

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1227

9. А.Я. Гуревич Дискурс и личность: эволюция коммуникативной компетенции. -М.: Лабиринт, 2004. -С.320 .

10.Маслова В.А. Лингвокультурология.-М.: «Академия», 2001. - С.208 11.Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006.- B.91

12.Yusupov O'.Q-Ma'no,tushuncha, konssept va lingvokulturologiya atamalari xususida// Stilistika tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlarida: Ilmiy amaliy konferensiya materiallari.-toshkent,2011.-49-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.