O'ZBEK TILIDA BIRIKTIRUV VA AYIRUV MUNOSABATINI IFODALOVCHI BOG'LANGAN QO'SHMA GAPLAR TAHLILI
Abduraxmonova Zulfiya Azamatovna
Surxondaryo tumani Jarqo'rg'on tumani 1-son umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7358505
Annotatsiya: Ushbu maqolada, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarga ona tili darslarida, qo'shma gaplar mavzusini yanada tushinarliroq tarzda, ma'lumot olishiga yordam berish.
Kalit so'zlar: Gap, qo'shma gap, bog'langan munosabatlar, semantik, gramatik belgi.
Yurtboshimizning sa'y-harakatlari bilan ona tilimizning ravnaqi davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy salohiyatining yanada yuksalishiga asos bo'lgan. Shu ma'noda bugun o'zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida o'rganish, uning nutqiy madaniyatini zamon talablari darajasiga ko'tarish faoliyatimizning tarkibiy qismiga aylandi. Hozirgi kunda qo'shma gaplar bo'yicha bir qancha tadqiqodlar, maqolalar qilingan1
Bog'langan qo'shma gaplar deb o'zora teng bo'lovchilar yordamida birikkan, mazmuni va tuzilishiga ko'ra bir butunlikni tashkil etgan qo'shma gap turlariga aytiladi.
Bog'langan qo'shma gapni boshqa qo'shma gap konstruksiyalaridan farqlab turuvchi asosi grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarni bir-biriga bog'lavchi teng bog'lavchilar va yuklamalardir. Bog'langan qo'shma gapni tashkil etgan qismlar orasida ham, bog'lovchisiz qo'shma gaplarda bo'lganidek, payt, qiyoslash, sabab-natija, izoxlash va ayirish mazmun munosabatlari ifodalanadi. Bu xil qo'shma gap konstruksiyasi orasidagi farq faqat bog'langan qo'shma gaplarda teng bog'lovchilarning ishlatilishidagina emas, bu farq yana ayirish mazmun munosabatining keng qo'llanilishi,sabab va natija mazmun munosabatini ifodalavchi konstruksiyalarning mustaqilligida va har bir simantik munosabat ichida o'ziga xos mazmun ottenkalarining ifodalanishida ko'rinadi.
Bog'langan qo'shma gap qismlari orasida turli mazmun munosabatlarning ifodalanishida shu qismlar tarkibidagi gap bo'laklarining ma'nosi va o'rinlashishi,
1 Равшанова С. Богланган кушма гап структураси // Узбек тили ва адабиети. . -Toshkent, 1962. -№3-Б.28 Солихужаева Сабохат. Бириктирув богловчили кушма гаплар тартиби // Узбек тили ва адабиети. . -Toshkent, 1990. -N°2. -Б. 33
ularning semantik va grammatik o'zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo'llanishi gaplarning intonatsiyasi kabi faktorlar asosiy rol o'ynaydi. Masalan, qo'shma gap qismlarida ma'nosi bir-biriga zid so'zlar va shakllarning qo'llanishi qiyoslash-zidlash va ayirish mazmun munosabatini keltirib chiqaradi: Barcha erishgan zafarlari va muvaffaqiyarlari bilan ulug'lanadigan dunyo fanlari shu bois ham sizning qo'shiningizga ta'zim qiladi!
Albatta, teng bog'lovchi bog'langan qo'shma gapni tuzuvchi asosiy vosita bo'lib qoladi.Teng bog'lovchining har bir turi ma'lum bir mazmun munosabatlarni ro'yobga chiqarishda xizmat qiladi (masalan, va bog'lovchisi biriktiruv munosabatini, lekin bog'lovchisi qiyoslash munosabatini ifodalagan qo'shma gaplarda ishlatiladi va boshqalar). Ammo teng bog'lovchilar biror mazmun munosabati bilan qat'iy bog'lanib qolmaydi (biriktiruv bog'ovchisi sabab-natija hamda izohlash munosabatlari ifodalangan qo'shma gaplarda qo'llanilishi mumkin va boshqalar). Bog'langan qo'shma gap qismlarining o'zaro aloqasi orqali qo'yidagi mazmun munosabatlari ifodalanadi:
1. Qiyoslash munosabati 2. Biriktiruv munosabati 3. Ayiruv munosabati 4. Sabab va natija munosabati 5. Izohlash munosabati.
Qo'shma gaplarni tashkil etgan qismlar orasida doima bir xil simantik munosabat ifodalana olmaydi.
Biriktiruv bog'lovchili bog'langan qo'shma gaplar
Va, ham bog'lovchilari, shuningdek, biriktiruv bog'lovchilari o'rnida keluvchi -da, -u (-yu) yuklamalari bog'langan qo'shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalardir.
Va bog'lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog'ishtirish ba'zi sabab ma'nosini ifodalaydi. Bog'langan qo'shma gap komponentlarining qanday ma'no munosabatini ifodalashi qaysi bog'lovchining qo'llanishigigina emas, balki qo'shma gapdagi predikativ qismlarning o'rniga, tuzilishidagi ayrim holatlarga, fe'l kesimlarning zamoniga ham bog'liq:
a) Va bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan qo'shma gapda bir vaqtda yuzaga kelgan voqea, hodisa yoki harakat ifodalanishi, ya'ni komponentlardan anglashilgan voqea, hodisa yoki harakatning bajarilish, yuzaga kelish payti bir-biri
"5
bilan asosan duch kelishi mumkin .
Bunday qo'shma gap komponentlarining kesimi ko'pincha fe'l bilan ifodalanadi: Yanayam narida tuproq va tosh orasida dengiz chig'anog'ini ko'rasiz. (I.Sulton. "Ozod", 137 ).
b) va bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan qo'shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqea, hodisa yoki harakat ifodalanishi mumkin, ya'ni komponentlardan anglashilgan voqea, hodisa yoki harakatning yuzaga kelish payti bir-biri bilan duch
kelmaydi; predikativ qismlarning kesimlari fe'l bilan ifodalansa, ba'zan bir xil ba'zan har xil zamon formasida qo'llaniladi. Qo'shma gap komponentlarining joylashish tartibi predikativ qismlar anglatgan voqea va hodisalaming yuzaga kelishidagi izchillikka bog'liq. Masalan: Aravaga qo 'shilgan ikki ot va bir qulun ana shu tarz tomon ketib borar edilar. (I. Sulton.,,Ozod", 131 -b). Shamol qahru-g'azabga mingan edi,u quyun hosil qildi va atrofga xazon sochib, pirillab aylana ketdi. (I.Sulton. "Ozod", 92-bet).
Va bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan qo'shma gap qismlari anglatgan voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga kelgan bo'lishidan qat'iy nazar, ko'pincha komponentlarning fe'l bilan boshqa: Qayishlar yozning jaziramasida-yu kuzning yomg'irlarida qoraygan, ammo hanuz pishiq va mustahkam," ajobo, qaysi hayvonning terisidan oshlangan ekan ", degan o'y kelardi hayolga. (I.Sulton).
Ham bog'lovchisi ba'zan bog'langan qo'shma gap komponentlarini bir-biriga bog'lab keladi. Bo'nda va bog'lavchisi bilan bog'langan qo'shma gaplarga o'xshash voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga keladi. Lekin bog'langan qo'shma gapda ham bog'lavchisi va bog'lovchisiga nisbatan juda kam ishlatiladi. Uyushiq bulaklarning bog'lanishida esa ham bog'lovchisi yakka holda yoki takrorlangan holda juda ko'p qo'llanadi. Va bog'lovchisi bunday xususiyatga ega emas. Demak, ham bog'lovchisi qo'shma gapdan ko'ra sodda gapda ko'proq ishlatiladi: Polga ham gilam singari o't tashlangan, ham, deraza tokchasida ham o'lar yotardi. Bu qo'shma gapning tarkibidagi ham bog'lovchisi ikki sodda gapning bir-biriga bog'lash uchun emas, shu qo'shma gapning tarkibidagi uyushiq bo'lakni (o'rin holini) ta'kidlash uchun xizmat qiladi. Ikki sodda gap esa bog'lovchisiz-intonatsiya vositasida bog'langan.
Ayiruv munosabatini ifodalovchi bog'langan qo'shma gaplar.
Bog'langan qo'shma gaplar ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun-voqea, hodisa, holarlarning biri ro'y berib, ikkinchisi ro'y bermeydi yoki ularning har qaysisi ro'y beradi, ammo ro'y berish ketma-ket bo'ladi. Bu xil qo'shma gap qismlaridan anglashilgan mazmun odatda, bir-biri bilan bog'liq bo'lmaydi,biri ikkinchisini izohlamaydi.Ammo shunga qarama, qo'shma gap qismlari mazmunan bir-biriga yaqin bo'lgan, yoki bir turdagi tushunchani ifodalaydi. Qo'shma gap qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir tushunchaning, niyatning elementlari sanaladi.
Bog'langan qo'shma gaplardagi bunday simantik aloqa shartli ravishda ayiruv munosabati deb nomlanadi. Ayiruv munosabatini ifodalagan bog'langan qo'shma gap qismlari o'zaro ayiruv bog'lovchisi va ayrim leksik elementlar (ba'zan, hali, bir ) yordami bilan bog'lanadi.
Ayiruv munosabatini ifodalagan qo'shma gaplarning mazmuni.
Ayiruv munosabatini ifodalagan qo'shma gap qismlarining o'zaro simantik
munosabati uch xil bo'ladi.
1. Qo'shma gap qismlaridan anglashilgan harakat-holatlarning biri ro'y beradi.
2. Qo'shma gap qismlaridan anglashilgan harakat-holatlar galma-gal sodir bo'ladi.
3. Qo'shma gap qismlaridan anglashilgan harakat-holatlarning har ikkisi ro'y beradi.
Qo'shma gap qismlarida ifodalangan harakat-holatning biri ro'y berish mazmuni ifodalanganda, qo'shma gap qismlari o'zaro, yoki, yo bog'lovchilari bilan birikadi. Bu xil qo'shma gaplardagi bir qismdan anglashilgan mazmun ikkinchisini inkor etadi:
Qo'shma gap qismlarida anglashilgan harakat-holatning biri ro'y berishi mumkin ekanligini yanada ta'kidlash uchun yo bog'lovchisi bilan barobar bo'lmasa fe'l shakli qo'llaniladi: Balki, hozir Dildorni osayotgandirlar, yo bo'lmasa uni qiynamoqdalar, yo bo'lmasa azamat sheriklari zindonga bosqin yasashga majbur bo'lib, bari qirildimi(Oybek.,,Navoiy",79 ).
Yoki bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan bog'langan qo'shma gap qismlaridagi mazmun so'zlovchi uchun aniq ma'lum bo'lmaydi, shuning uchun ham ikki xil harakat-holat, taxminni o'rtaga tashlaydi. Bog'langan qo'shma gapdagi bu mazmun qo'shma gap strukturasiga ham tasir qiladi: ko'pincha, bir xil bog'langan qo'shma gaplar so'roq gaplardan iborat bo'ladi; bo'nday so'roq gaplardan anglashilgan mazmun bir-biriga qiyoslanadi ham: Ayrim hollarda so'zlovchining taxmini, gumoni ifodalagan bu turdagi bog'langan qo'shma gapning mazmunini izohlash uchun ulardan so'ng yana bir gap kertiriladi: Kolxozga Salima boradimi yoki karim boradimi-bu narsa ma'lum emas menga.
So'roq gaplardan tarkib topgan bu xil bog'langan qo'shma gaplar qo'shma gapning so'nggi qismidan anglashilgan mazmunni izohlashi mumkin
Bu qo'shma gapning ikkinchi qismidan anglashilgan holat ( pillaning yaxshi bo'lganligi )ning izohini qo'shma gapning birinchi qismi (yo bog'lovchisi bilan tuzilgan, bog'langan qo'shma gap) izohlaydi (pillaning yaxshisi bo'lganligi ikki xil taxmin ko'rsatiladi: yoki odamning kelganligi, yoki qurt tutishni sog'inib qolishgani). Tarkibida qismlaridan anglashilgan harakat-holatning birigina ro'y berishi mumkin bo'lgan bog'langan qo'shma gaplarning kesimlarida ifodalangan zamon tushunchasida va shu zamon munosabatida ham o'ziga hoslik bor: bu xil qo'shma gap qismlarining kesimlari hozirgi va hozirgi-kelasi zamon shaklida bo'ladi, kesimlarning o'tgan zamon shaklida qo'llanilishi kam uchraydi. Buning sababi-so'zlovchining taxmini, farazi ko'proq hozirgi yoki hozirgi-kelasi zamonga taalluqli bo'lgan harakat-holatlarga oid bo'lishidir. Bog'langan qo'shma gap qismlarining kesimlari asosan bir xil shakilda bo'ladi, voqea-hodisalarning bir xil zamonda ro'y berishi taxmin etiladi, kesimlaridan anglashilgan harakat-holatning ro'y berishiga bu
moslik bu xil bog'langan qo'shma gaplarning o'ziga xos xususiyatlaridir: Yo podsho biror yerga chiqadi, yoki elchi kelishi kutiladi.
Bog'langan qo'shma gaplardagi hozirgi zamon tushunchasi ot, sifat, sifatdosh, son, olmosh, ravish kabi so'zlar bilan ifodalangan ot kesimlar orqali ham anglashiladi:
Yoki bog'lovchisi bilan tuzilgan bog'langan qo'shma gap qismlari boshqa ayiruvchi big'lovchi yordami bilan tuzilgan qo'shma gapning qismlariga qaraganda, mazmunan, grammatik va intonatsiya jihatdan ancha mustaqildir, bu xil gaplardan biri ro'y berishi mumkin bo'lgan alohida harakat-holatlar ifodalanadi, goh kabi bog'lovchilar yordami bilan tuzilgan qo'shma gapning har ikki qismida harakat ro'y bergani uchun, qismlari ifodalangan harakat-holatlar bir-biriga bog'liq bo'ladi, ayrim hollarda biri ikkinchisini keltirib chiqaradi. Yoki bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan qo'shma gap qismlari intonatsiya jihatdan ham bir qismi alohida ohang bilan aytiladi: hatto ular mustaqil tugallangan intonatsiya bilan talaffuz etilishi mumkin.
Ayiruv munosabatini ifodalagan qo'shma gap qismlaridan anglashilgan voqea, hodisalarning har ikkisi vujudga keladi. Ammo qo'shma gapning bir qismidan anglashilgan harakat- holat yoki belgi-xususiyat bir vaqtda emas, vaqtda ro'y beradi. Bunda qo'shma gap qismlari o'zaro goh, dam bog'lovchilari, va bog'lovchi vazifasiga ba'zan bir, hali so'zlari yordami bilan bog'lanadi: Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi (Oybek.,,Bolalik",69).
Bog'langan qo'shma gapning bu turi qismlari ayrim o'rinlarda mazmunan ancha mustaqillikka ega bo'lishi, sitrukturasi murakkablashishi mumkin. Masalan: Bu xil qo'shma gapning qismlari alohida tugallangan intonatsiya bilan aytiladi va orada sezilarli pauza beriladi, shuning uchun ham ular orasiga yozuvda nuqta ishorasi qo'yiladi. Galma-gal ro'y beruvchi voqea, hodisa yoki belgi-xususiyatni ifodalagan qo'shma gap qismlarining kesimlari o'tgan zamon yoki hozirgi kelasi zamon shakli va mazmunida bo'lishi mumkin. Bu jihatdan yoki bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan konstruksiyalardan farqlanadi (ma'lumki, yoki bog'lovchisi yordami bilan tuzilgan konstruksiyalar kesimlarning zamon shakli chegaralangan: kesimlarning o'tgan zamonda kelishi juda ham kam qo'llaniladi).
Adabiyotlar:
1.Узбек тили грамматикаси, II томлик. 2-том. -Тошкент: Фан, 1976. -Б. 291
2.F. Абдурахмонов. Узбек тили грамматикаси. (Синтаксис), -Тошкент: 1996. -Б. 165.
3. Азимов И. Кушма гап кдсмларининг богланиш усуллари. Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2006. - N1. - Б. 53