SODDA GAP INTONATSIYASI
Zamira Rahmonova
TATU FF akademik litseyi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Gapning semantik qurilishini semantik sintaksis o'rganadi. Traditsion sintaktik nazariyalarda, asosan, gapning formal qurilishi va sodda gaplarning tuzilishi, shuningdek ushbu sodda gaplardagi intonatsiya masalasi alohida o'rganiladi. Faqat ayrim o'rinlardagina sodda gaplarning semantikasiga murojaat qilindi. Gapning ma'no xususiyati va tarkibi ham, gapning semantik turlari, gapning formal va semantik strukturalarining o'zaro munosabati ham yaqin yillargacha maxsus o'rganish obyekti hisoblanmas edi. Ushbu maqolada, sodda gaplarning qurilishi va ularning intonatsiyasi haqida fikr hamda mulohazalar qilinadi.
Kalit so'zlar: sodda gaplar, intonatsiya, gap ifodasi, fikr va mantiqiy ma'no gapning tuzilishi.
SODDA GAP INTONATSIYASI ABSTRACT
The semantic structure of a sentence is studied by semantic syntax. In traditional syntactic theories, mainly the formal structure of a sentence and the structure of simple sentences, as well as the issue of intonation in these simple sentences are studied separately. Only in some places has the semantics of simple sentences been addressed. Neither the semantic nature and structure of the sentence, nor the semantic types of the sentence, nor the relationship between the formal and semantic structures of the sentence were considered the subject of special study until recent years. In this article, opinions and comments are made on the structure of simple sentences and their intonation.
Keywords: simple sentences, intonation, sentence expression, thought, and logical meaning are the structure of a sentence.
Gap bilan fikr o'zaro dialektik aloqadir. Gapda fikr ifodalanadi. Fikr doimo gap orqali shakllanadi. Demak, gapni o'rganar ekanmiz, uni fikr bilan bog'lab tekshirishimiz kerak. Gap ma'lum fikrni ifodalash bilan birga, har xil his-tuyg'ularni ham ifodalaydi. Biroq bu emotsiyalar fikr bilan bog'liq holda ro'y beradi. Demak, gap intellektual (aqliy) holatni ham ko'rsatadi. Gapning xarakterli belgilari predikativlik va intonatsiya ekanligi bizga ma'lum. Bu belgilar gap tushunchasining asosi, gapning shakllantirish vositasidir. Har bir gapning reallik bilan bog'liqligi haqida biror fikr,
xabar bayon qilish gap mundarijasining voqelik bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi. Bu hodisa-gap mundarijasining real voqelik bilan aloqadorlik hodisasi predikatsiya sanaladi.
Gap fikrni ifodalaydi, ma'lum maqsadni bayon qiladi. Bu hodisa, birinchidan, shu gapdagi fikrning borliqqa munosbaati, ikkinchidan, so'zlovchining sub'ektiv munosabati - modallik (reallik, gumon, taxmin, istak kabilar) bilan, zamon va shaxs bilan bog'lanadi. Gapni shakllantiruvchi, gapning asosi bo'lgan predikativlik hodisasi, odatda, so'zlarning predikativ qo'shilishi bilan ifodalanadi. (Ega va kesimning o'zaro munosbati: Bola yugurdi. Bola yosh kabi) Lekin predikativlik tabiiy, bir so'zdan iborat bo'lgan gaplarda ham mavjud. (Qor! Tun. kabi) Bir so'zdan iborat gaplardan konkret gap bo'lagini topib bo'lmaydi. Demak, predikativlik bunday gapga butunicha xos bo'ladi. Bularning hammasida, shubhasiz, intonatsion tugallik bor. Bundan gapda predikativlik bilan intonatsion tugallikning birgalikda harakat qilishi, bir-biriga moslashgan bo'lishi anglashilib turadi. Intonatsiya predikatsiyani ifodalash vositalaridan biridir, bu hol ham gapning eng asosiy belgisi predikativlik ekanligini ko'rsatadi.
Predikativlik hodisasi orqali gap so'z birikmasidan, predikativ qo'shilma predikativ bo'lmagan qo'shilmadan aniq farqlanib turadi: yosh bola (voqelikka munosabat: reallik, real emaslik, istak kabi ma'nolar, ma'lum maqsad, zamon munosabati ko'rsatilmagan; intonatsion tugallik yo'q-bunda fikr ifodalanmaydi) - Bola yosh (predikatsiya ifodalangan: voqelikka munosabat ko'rsatilgan - tugallik, zamon munosbaati, gapga xos intonatsiya). Yosh bola va bola yosh qo'shilmalarining analizi shuni ko'rsatadiki, bularning har ikkalasida ham predmet va belgi tasavvurlarining munosabati ifodalangan, lekin ikkinchisida predmetning belgisi predikativlik yo'li bilan ko'rsatilgan, paytga munosabat ifodalangan.
Mantiqshunoslikda mantiqiy ega subyekt, mantiqiy kesim - predikat deb yuritiladi. Sub'ekt va predikat tushunchasi mantiqshunoslikda hukm bilan chambarchas bog'liq. Sub'ekt oldingi hukmlardan aniq bo'lgan belgilarni, predikat esa yangi belgilarni ifodalaydi. Har bir hukm uchun ega va kesimning zarur bo'lishi uarning alohida-alohida bo'lgan ahamiyatini inkor etmaydi. Demak, mantiqiy sub'ekt tushunchasi hukmning boshlang'ich nuqtasi bo'lsa, predikat tushunchasi yangi ma'lumot beruvchi markazdir. Mantiqshunoslikdan farqli ravishda tilshunoslikda predikat grammatik va semantik tushunchadir. Subyekt predikat munosabatida predikat yetakchi o'rinni egallaydi. Predikativlik shaklini olib, gapni grammatik jihatdan shakllantiradi. Predikat gapda predmetning belgisini bildiruvchisi, muayyan vaziyat haqidagi belgisini bildiruvchisi, muayyan vaziyat haqidagi tasdiq yoki inkor kommunikatsiyasini beruvchi markaz vazifasini bajaradi. Bu fikrdan shu narsa oydinlashadiki, predikativlik shaklini olgan predikat sintaktik kesim vazifasini bajaradi. Predikat vazifasida fe'l hamda ot (keng ma'noda) kelishi mumkin.
Gapning kommunikativ maqsadiga qo'ra nutqiy aloqa turiga asoslanadi. So'zlovchi o'zining maqsadiga muvofiq keladigan gap shakllarini tanlaydi. Shunga ko'ra, gaplar quyidagi turlarga bo'linadi: 1) darak gaplar, 2) so'roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplar.
Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so'zlovchi va tinglovchi bir xil tushunadi. So'zlovchining so'zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab ya'ni biz muloqotda tez tez ishlatadigan sodda gap intonatsiyasi aynan biz aytmoqchi bo'lgan ma'noni berish uchun ham qo'llaniladi. Sodda gap intonatsiyasining to'g'ri qo'yilishi orqali gapning haqiqiy ma'no mazmuni tushuniladi. Gapning tuzilishi ham shunga mos shaklda bo'ladi. Masalan, so'rashni bildiradigan gaplarning tarkibida kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu - so'roq gapning shunga moslangan tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so'zlovchi tomonidan ko'zda tutilgan maqsadga (darak, so'roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin, birinchidan, bir turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo'llanishi ham mumkin (masalan, so'roq gapning muayyan o'rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo'llanishi), ikkinchidan, gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim gapirdi? gapi ishlatilish o'rniga, intonatsiyaga qarab, "Gapirgan odam kim?" mazmuniga ham, "Hech kim gapirgani yo'q-ku" mazmunida ham qo'llana oladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadi: gap shakliy - grammatika intonatsion jihatlaridan ham, mundarija jihatidan ham tugallikka ega. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir. Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo'lish orqali yana ham oydinlashadi. Har bir gapda ma'lum ob'ektiv mazmun ma'lum moddiy vositalar - sintaktik shakllar vositasida ifodalanadi. Gapning ana shu moddiy ifodalanish tomoni uning sintaktik tuzilishi hisoblanadi. Sodda gap intonatsiyasini to'g'ri qo'llay olish muloqot va kommunikatsiya jarayonida, hamda fan doirasida ham muhim sanaladi.
REFERENCES
1. G'ulomov A., Asqarova m. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Sintaksis. 3-nashri, Toshkent, O'qituvchi, 1987, 187-bet.
2. O'zbek tili grammatikasi. T. 1976, 2 tom. 129-bet.
3. Баскаков А.Н. Предложение в современном турецком языке. -М., Наука, 1984, -С.157.
4. Mahmudova N., Nurmonov A. O'zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent, O'qituvchi, 1995, 97-bet.