Egamberdiyeva U. T.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborat tizimlar fakulteti, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi dotsenti
Yusupuva S. G.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va geoaxborat tizimlar fakulteti magistranti
ZANGIOTA TUMANI QISHLOQ XO'JALIGINING TARMOQ
TARKIBI
Annotatsiya. Mazkur maqolada Zangiota tumani qishloq xo'jaligi tarmoq tarkibi, уамда qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda фермер хужалиги ва дещон хужалигининг tutgan o'rni tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: dehqonchilik, chorvachilik, сабзавотчилик, инфратузилма,, baliqchilik.
Egamberdiyeva U.T. associate professor Department of Economic and Social Geography Faculty of Geography and Geographic Information Systems National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
Yusupuva S.G., master Faculty of Geography and Geographic Information Systems National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
SECTORAL STRUCTURE OF AGRICULTURE IN ZANGIATA
REGION
Abstract. This article analyzes the sectoral structure of agriculture in the Zangiata region, as well as the role of farms and dekhkan farms in the production of agricultural products.
Key words: agriculture, livestock farming, vegetable growing, infrastructure, fishing.
Qishloq xo'jaligi mamlakatlar iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaydi. Rivojlangan qishloq xo'jaligi tufayli mamlakat o'z aholisini yetarli darajada oziq-ovqat bilan ta'minlash va hatto ortiqcha mahsulotni eksport qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi qishloq va chekka hududlarda ko'p sonli ish o'rinlarini ta'minlaydi. Bu ishsizlikni kamaytirishga, va barqaror iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportidan sezilarli daromad oladi. U eksport oqimining asosiy manbalaridan biridir, bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy valyuta olish imkonini beradi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligi yo'llar, sug'orish tizimlari, elektr energiyasi va boshqalar kabi infratuzilmani ta'minlash orqali qishloq taraqqiyotiga hissa qo'shadi. Bu qishloqlarda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi. Shu bilan qishloq xo'jaligi yangi texnologiyalar faol joriy etilayotgan tarmoqlardan biriga aylandi, bu esa yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga turtki bo'lib, fan va ta'limni yanada rivojlanishiga sababchi bo'ladi.
Qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yildagi PF-5853-sonli "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi" ni tasdiqlash to'g'risidagi farmonining ahamiyati katta bo'ldi. Bundan tashqari hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari doirasida fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, dehqon xo'jaliklari, aholi tomorqasi uchun ajaratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanilishga qaratilgan vazifalar bajarilmoqda.
Toshkent viloyati Zangiota tumanining Toshkent shahri aholisini qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlashdagi ahamiyati nihoyatda katta.
Tuman qishloq xo'jaligi tarmog'i faoliyatini tahlil qiladigan bo'lsak 2010 -yildan qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ko'payib borgan, 2015-yilga kelganda mahsulot ishlab chiqarishning o'sish surati avvalgi yilga nisbatan 78.3 foizga tushib qolgan. 2016- yildan boshlab mahsulot ishlab chiqarish sur'ati oshib oshgan va 2022 -yilga kelib 2010- yilga nisbatan 4,5 barobar ko'paygan. 2022 yil yakuni bo'yicha tumanda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 2 335.2 millyard so'mni tashkil qilgan.
Tuman qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushini tahlil qilsak dehqonchilikni ulushi 42,4 foiz, chorvachilikning ulushi 57,6 foizga teng.
2,500.0 2,000.0 1,500.0 1,000.0 500.0 0.0
Zangiota tumanida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi
140 130 120 110 100 90 80 70
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Zangiota tumanida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi (joriy narxlarda. mlrd. so'm)
Zangiota tumanidaqishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari %
1-rasm. Zangiota tumanida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi
Quyidagi jadvalda tumanning qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmining viloyatdagi ulushini tahlil qilishimiz mumkin. Zangiota tumanining qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda viloyatdagi ulushi 2010 -yilda 13,2 foizga teng bo'lib birinchi o'rinda turgan, 2015 yilga kelib 8,4 foiz bilan Bekobod tumanidan keyingi ikkinchi o'ringa tushagan. Bu jarayon davom etib 2022- yilda bu ko'rsatkich 6 foizga tushib viloyatda Bekobod, Bo'stonliq, Ohangaron, Parkent tumanlaridan keyingi beshinchi o'rinni egallagan.
_1-jadval
Tumanlar kesimida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi va ulushi (joriy narxlarda. mlrd. so'm, %)
2010 % 2015 % 2022 %
Toshkent viloyati 3 848,0 100,0 11 263,2 100,0 35 354,9 100
Nurafshon sh. 0,0 20,9 0,2 55,7 0,1
Olmaliq sh. 11,4 0,3 43,0 0,4 80,4 0,2
Angren sh. 44,9 1,2 118,7 1,1 386,3 1,2
Bekobod sh. 19,0 0,5 69,6 0,6 401,9 1,3
Ohangaron sh. 0,0 26,0 0,2 68,6 0,1
Chirchiq sh. 21,4 0,6 71,1 0,6 130,1 0,3
Yangiyo'l sh. 0,0 12,2 0,1 49,9 0,1
Oqqo'rg'on 212,9 5,5 588,6 5,2 2 649,4 7,4
Ohangaron 160,1 4,2 523,4 4,6 1 492,3 4,3
Bekobod 334,3 8,7 993,1 8,8 3 702,3 10,4
Bo'stonliq 292,1 7,6 899,5 8,0 2 958,5 8,3
Bo'ka 200,6 5,2 595,4 5,3 2 224,1 6,2
Quyichirchiq 241,3 6,3 606,5 5,4 2 168,0 6,1
Zangiota 507,3 13,2 942,4 8,4 2 335,2 6,6
Yuqorichirchiq 205,4 5,3 625,2 5,6 2 080,3 5,8
Qibray 343,1 8,9 893,7 7,9 1 646,4 4,6
Parkent 232,3 6,0 750,5 6,7 2 345,4 6,7
Pskent 193,8 5,0 615,3 5,5 2 282,5 6,4
O'rtachirchiq 255,4 6,6 779,5 6,9 2 099,6 5,9
Chinoz 247,4 6,4 706,5 6,3 2 015,0 5,6
Yangiyo'l 292,4 7,6 786,5 7,0 2 189,3 6,3
Toshkent 0,0 514,6 4,6 1 732,4 4,9
Toshkent sh. 32,9 0,9 81,0 0,7 261,3 0,7
Tumanda qishloq xo'jaligining joylashishi, ixtisoslashishi uning rivojlanish darajasiga va ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga katta ta'sir ko'rsatadi.
Tumanda shahar atrofi qishloq xo'jaligi yaxshi rivojlangan bo'lib qishloq xo'jaligi mulkchilik shakllarining asosiy qismi sabzavotchilikka ixtisoslashgan Bundan tashqari bo'rdoqichilik fermalari, parrandachilikda inkubatsiya, tuxum, broyler go'shti ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud bo'lib, ular yuqori darajada ixtisoslashgan fermer xo'jaliklaridir.
Zangiota tumani qishloq xo'jaligi shirkatlari va fermer xo'jaligi massivlarining 14 tasi sabzavotchilikka, 2 tasi parrandachilikka, 2 tasi chorvachilik va 1 tasi bog'dorchilikka ixtisoslashgan.
Tumanda 19 ta qishloq xo'jalik shirkatlari va fermer xo'jaligi massivlari mavjud bo'lib Nazarbek massivi va Zangiota massivi eng katta maydonga ega bo'lib, oilalar soni bo'yicha ham Zangiota massivi yetakchilik qiladi.
4500 4000 3500 3000 2500 2000 1500 1000 500 0
о 4°
Oilalar soni
Umumiy yer maydoni, gektar
2-rasm. Qishloq xo'jalik shirkatlari va fermer xo'jaligi massivlari
(01.01.2023.)
1600 1400 1200 1000 800 600 400 200 0
Yerdan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish asosida qishloq xo'jaligining bir nechta tarmoqlari rivojlanmoqda. 2018- yil yakuniga ko'ra yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo'jaliklarining ulushi tumanda 22,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining ulushi 69.0 %, qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi 8.9 % ga teng bo'lgan. 2022 - yil ko'rsatkichlariga ko'ra fermer xo'jaliklari ulushining pasayishi (12,2 %)ni, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining ulushini oshishi (74.6 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushining ham (13.4 %) oshganini ko'rishimiz mumkin.
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari
Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 13%
75%
Ffermer xo'jaliklari
12%
3-rasm. 2022 yili Zangiota tumanida yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xo'jalik toifalari kesimida taqsimlanishi (%)
Tumanda 2022- yilning yanvar - dekabr oylarida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 12 674 tonna don va dukkakli don (2021- yilning yanvar -dekabriga nisbatan 8,0 % ga ko'p) yetishtirilgan. Don va dukkakli don ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmida fermer xo'jaliklari hissasi katta. Zangiota tumani viloyatda yetishtiriladigan don mahsulotlarini 2 % ini beradi.
2022- yilda tumanda 32036 tonna kartoshka (viloyatdagi ulushi 9 %) ishlab chiqarildi. Kartoshka ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, kartoshka ishlab chiqarishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari hissasi yuqori.
2022- yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 108707 tonna sabzavotlar yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmida dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining ulushi katta. Sabzavot yetishtirishda viloyatda to'rtinchi o'rinda turadi.
2022- yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 3029 tonna poliz ekinlarini ishlab chiqarildi. Poliz ekinlarini ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmida dehqon xo'jaliklarini ulushi katta va tuman viloyatda poliz mahsulotlari ishlab chiqarishda yettinchi o'rinda turadi.
2022- yili tumanda 7867 t. meva va rezavorlar va 3037 tonna uzum ishlab chiqarildi. Uzum va meva ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqon xo'jaliklari hissasi katta bo'lib viloyatda 6 o'rinda turadi.
Zangiota tumani chorvachilik mahsulotlaridan go'sht ishlab chiqarish hajmi bo'yicha (26195 tonna, tirik vazda) viloyatda ikkinchi o'rinda bo'lib, sut ishlab chiqarishda esa 2022- yil ma'lumotlariga ko'ra 14 o'rinda turadi. Tuxum yetishtirishda (207572 ming dona) birinchi o'rinni egallaydi. Bundan tashqari tumanda baliq yetishtirish ham rivojlanmoqda. 2021- yilda barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan 2814.6 tonna (2022- yilda esa avvalgi yilga nisbatan 2528.4
tonnaga kam) baliq ovlandi. Ovlangan baliqlarning baliqchilik xo'jalik toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmida qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning hissasi katta.
2022y. 286.2
2021y. 2 814.6
2020y. 91.1
2019y. 936.7
2018y. 518.6
2017y. 728.1
2016y. 1 132.1
2015y. 934.2
2014y. 518.9
2013y. 472.0
2012y. 352.3
2011y. 222.5
2010y. 220.4
4-rasm. Zangiota tumanida ovlangan baliqlar (tonna)
Zangiota tumanida qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim. Zangiota hududidagi tuproq tarkibini, unumdorligini yanada yaxshilash orqali xosildorlikni oshirish, chorva mahsulotlarini ko'paytirish mumkin bo'ladi
Hududda rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi qishloq xo'jaligini rivojlantirish istiqbollariga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Infratuzilmani takomillashtirish resurslardan samaraliroq foydalanishga yordam beradi va mahsulot raqobatbardoshligini oshiradi.
Aqlli sug'orish tizimlari, zamonaviy tuproqqa ishlov berish uskunalari, ob-havo monitoringi kabi yangi qishloq xo'jaligi texnologiyalarini qo'llash qishloq xo'jaligi ishlarining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Bozor va iste'mol talabini o'rganish Zangiota tumanida qishloq xo'jaligi mahsulotlarining qaysi turlariga talab yuqori bo'lishini aniqlashga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda tumanda qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish qayta ishlash sanoati tarmoqlarini rivojlanishiga turtki bo'ladi. Bu esa o'z navbatida ish joylarini ko'paytirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari. 2010-2022 yillar.
2. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari. 2010 -2022 yillar.