INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA' MINLASHDA QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARI YETISHTIIRISHNING HUDUDIY JIHATLARI 1A.G. Abdullayev, 2R.O. Ismailov, 3R.Z. Boymuradov
1,2,3Urganch davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002508
Annotatsiya. Ushbu maqolada oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning hududiy xususiyatlari, Xorazm viloyati qishloq xojaligi tarmoqlarida mahsulot yetishtirish va uni viloyat tumanlar kesimida aholining tibbiy me 'yorga mos taminlanish jihatlari organilibb tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, aholi iste 'moli, oziq-ovqat ratsioni, qishloq xo'jaligi, baliqchilik, asalarichilik.
Aholining oziq-ovqat bilan ta'minlanishi, mamlakatning tabiiy resurslari, iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan bevosita bog'langan. Aholining oziq-ovqat bilan ta'minlanishi iqtisodiy farovonligi, ya'ni daromadi, oziq-ovqat mahsulotlari narxi va sifati bilan bog'liq bo'lib, u mintaqaviy va sotsial guruhlari bo'yicha ma'lum darajada tafovut qiladi. Shu joyda qayd qilish lozimki, mintaqaviy farqlar hamda oziq-ovqat ratsionidagi asosiy mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari doimo turli mexanizmlar orqali davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Xususan, qishloq xo'jaligini subsidiyalash, mahsuldorligini oshirish va boshqalar bunga misol bo'la oladi [1; 118-121-bb.].
Oziq-ovqat bilan ta'minlanganlik muammosi hamda qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro miqyosda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jalik tashkiloti (FAO) tomonidan ilgari surib kelinmoqda. FAO ma'lumotlari bo'yicha, hozirgi kunda sayyoramizda yashayotgan 7,2 mlrd. aholidan 98 mamlakatda istiqomat qilayotgan 1,2 mlrd. kishi (16 %) ochlik va oziq-ovqat tanqisligidan iztirob chekmoqda. Millatlar Ligasining ma'lumotlariga ko'ra o'tgan asrning XX asrning 20-yillarida och va to'yib ovqat yemayotgan jahon aholisining 2/3 qismini, 90-yillarda (BMT) 1/4 qismini tashkil etgan. Ko'rinib turibdiki ushbu miqdor kamayib kelmoqda, ammo ushbu holat jahon hamjamiyatini xotirjam qilmasligi lozim. Chunki har yili to'yib ovqat yemaslik va ocharchilikdan 12-13 mln kishi vafot etmoqda.
Mutaxassislar tomonidan ovqatlanish ratsioni ishlab chiqilgan bo'lsa-da, ko'pchilik mamlakatlarda iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan kelib chiqqan holda ovqatlanish me'yorlari joriy etilgan. Sutkalik ovqatlanish ratsioni kaloriyaliligi darajasini oshirish, birinchi navbatda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovonligini yuksaltirish bilan bog'liq. Oziq-ovqat bilan birlamchi ta'minlanganlik, eng avvalo, qishloq xo'jaligining rivojlanishi bilan tadrijiy boradi. Qishloq xo'jaligining texnik, texnologik qurollanishi, ixtisoslashuvi va boshqa ko'rsatkichlari tarmoqning mintaqaviy rivojlanishining farqlanishiga olib kelgan.
Oziq-ovqat xavfsizligi davlat xavfsizligidir. Shu bois istalgan sharoit va holatda o'z aholisini to'laqonli ijtimoiy va iqtisodiy hamda sog'lom faoliyatni ta'minlaydigan ozuqaga ega bo'lish sharoitini yaratishi lozim. Ushbu holat va insonning oziq-ovqat bilan ta'minlanishi qoidalari va huquqiy taraflari 1996 yil 13 noyabrda Rim shahrida qabul qilingan «Butun jahon oziq-ovqat xavfsizligi deklaratsiyasi»da belgilangan [2].
Aholi yuqorida ta'kidlanganidek, taraqqiyot davri mobaynida ma'lum ijtimoiy qatlamlarga ajraladi. Ularni bir-biridan fizik va aqliy mehnat qilishi bilan farq qiladigan 4 guruhga ajratish mumkin. Tabiiy ravishda ushbu guruh vakillari mehnat sharoiti va jinsiga qarab turlicha kunlik ovqatlanish me'yorlari ishlab chiqilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Aholining oziq-ovqat bilan ta'minlanishini yaxshilashda iqtisodiy himoya mexanizmlarning qo'llanilishiga qishloq xo'jaligini subsidiyalash, oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarining arzonlashtirilishi, bozorni himoyalash orqali fermerlarga sharoit yaratib berish kabilar kiradi. Masalan, sobiq Ittifoq davrida un va go'shtning arzonlashtirilishi oqibatda iste'molda go'sht va non mahsulotlarining keskin oshishiga olib kelgan. Bu davrda Sobiq Ittifoqda non iste'moli aholi jon boshiga 150-160 kg dan to'g'ri kelib, u jahon o'rtacha ko'rsatkichidan bir necha barobar ortiq bo'lgan. Hozirgi kunda ham respublikamiz aholisining asosiy ozuqa mahsulotlari: un, yog' va shakar bilan maxsus arzonlashtirilgan narxda ma'lum me'yorlarda ta'minlanayotganligi bunga misol bo'la oladi.
Aholining oziq-ovqatga bo'lgan talabini aniqlash eng avvalo oziq-ovqat ratsioni va yillik aholi jon boshiga to'g'ri keladigan kaloriyalar hamda xalqaro va mintaqaviy me'yorlar bo'yicha jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha indekslari orqali aniqlash mumkin. Oziq-ovqat mahsuloti turlari o'rtacha kunlik iste'mol me'yorlari bo'yicha tavsiyasiga ko'ra 18-59 yoshdagi erkak kishi kuniga 2767 kkal, ayol kishi esa 2514 kkal qiymatidagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishi lozim.
Respublika aholisini ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bilan tibbiyot me'yoriga mos ravishda ta'minlanish darajasi hali ham ancha past. Ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni keskin ko'paytirish lozim. Mamlakatda don yetishtirishni 10-12 mln. tonnaga yetkazish, go'sht, sut yetishtirishni eng kamida ikki marta, tuxum yetishtirishni 3 martaga ko'paytirish talab qilinadi. Albatta fiziologik me'yor (energiya olish) nuqtai-nazaridan oziq-ovqat muammosi mamlakatda hal etilgan. Ammo oziq-ovqat muammosi ijtimoiy-iqtisodiy tomondan baholanganda katta muammo hisoblanadi. Gap shundaki, fiziologik me'yor bo'yicha olinayotgan energiya qaysi mahsulotlarni iste'mol qilish evaziga hosil bo'lmoqda, degan savol tug'iladi. Hozirda mamlakat aholisi oziq-ovqatdan olayotgan energiyaning asosiy qismi non mahsulotlari, kartoshka, uglevodlar va mevalarni iste'mol qilishdan olinmoqda.
Xorazm viloyatiga respublika hududining 1,3 foizi, aholisining 5,4 foizi va yalpi hududiy mahsulotining 3,5 foizi to'g'ri keladi. Xorazm vohasi respublikada aholi zich yashaydigan hududlardan biri yani 1 km2ga 323,7 kishiga teng bo'lib, bu borada Xorazm viloyati respublikada uchinchi o'rinda turadi. Tug'ilish har 1000 kishiga 26,18 kishi, o'lim 5,5 kishi bo'lib, tabiiy o'sish esa 20,6 kishidan to'g'ri keladi. Viloyat aholisi yiliga o'rtacha 35 ming kishiga ortib bormoqda. Bu o'z navbatida iste'mol mahsulotlariga ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni yanada oshiradi. Viloyatda sanoat mahsulotlarini 21,5 foizi oziq-ovqat sanoati ulushiga to'g'ri keladi. Aholisining 54,4 foizi mehnat resurslaridan iborat, ularning 71,7 foizi iqtisodiyotda band. Iqtisodiyot tarmoqlarida band aholining 6,6 foizi sanoatga, 36,6 foizi esa qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining asosiy qismi kichik biznes sub'ektlari tomonidan yaratilmoqda. Xususan, Xorazm viloyatida 2019 yilda 13335 ta kichik korxonalar faoliyat yuritgan, ulardan (31,8 %) - savdoda, (20,3 %) -sanoatda, (11,8 %) - qurilishda, (9,0 %) - qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida, (7,4 %) - yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida, (4,5 % ) - tashish va saqlashda, (2,1 %) - sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda, (1,6 %) - axborot va aloqa sohasida, shuningdek (11,5%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to'g'ri keladi. SHundan ko'rinib turibdiki, faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik subhektlarining asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to'g'ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to'g'ri keladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Viloyat oziq-ovqat sanoati tarmog'ida mavjud korxonalarning asosiy qismi Urganch shahri hamda Xiva va Urganch tumanlarida joylashgan bo'lib, ularning hissasi mos holda 28,116,4-15,2 foizini tashkil etadi.
Viloyat, respublikada aholining oziq-ovqatga bo'lgan talabini ta'minlanish ko'rsatkichi o'rtachadan yuqori hududlar qatoriga kiradi. Quyidagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, viloyatda tuxum, baliq mahsulotlaridan boshqalari me'yor darajasidan ortiqcha yetishtiriladi.
Xorazm viloyati respublikaning agrar-industrial hududlari qatoriga kiradi. Ammo, viloyat qishloq xo'jaligida oziq-ovqat ekinlari ekilishi va yetishtirilishi hajmida ma'lum hududiy farqlar mavjud. Bu, eng avvalo, tumanlar ekin maydoni va xo'jalik ixtisoslashuvi bilan chambarchas bog'langan. Xorazm viloyatida ham respublikaning boshqa hududlaridagi kabi o'tgan asrning so'nggi o'n yilligida don mahsulotlari yetishtirish keskin ortdi.
Viloyatda 210,0 ming gektar ekin maydoni bo'lib, uning 1/3 qismida don ekinlari yetishtiriladi. Respublikada yetishtirilgan bug'doyning 3-4 foizi, sholining 35-40 foizi viloyat hissasiga to'g'ri keladi. Bug'doy yetishtirishda Xonqa, Gurlan, Bog'ot, Xazorasp tumanlari hissasi katta, ulushi mos ravishda 13,2-10,9 va 10,5 foizini tashkil etadi.
Viloyatda go'shtga qayta ishlov berishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sifat va assortiment jihatidan xalqaro standartlarga mos mahsulotlarni ishlab chiqarish dolzarb masalalardan sanaladi. Chunki, hozirgi kunda kolbasa, sosiska, dimlangan go'sht va hayvon yog'i kabilarni premium klasslari hozirda ham xorijdan import qilinadi. Yirik chorvachilik komplekslarini barpo etish, go'sht assortimentini ko'paytirish, masalan, eksportbop «marmar go'sht» (aberdin-angus, shortgorn, golshtin - friz, jersi, qo'ng'ir shvits kabi qoramol zotlaridan olinadi) ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega. Sohada sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish aholi iste'molini yaxshilash barobarida turistik markazlar hamda yirik shaharlardagi mehmonxonalar, restoranlar, tamaddixonalarni yuqori sifatli go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash imkonini beradi.
Viloyat sut yetishtirish hajmi bo'yicha respublikada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan keyin, jon boshiga esa birinchi o'rinda turadi. Sut aholi ratsionida alohida o'rin tutadi va salomatlikni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. SHu bois, qator sanoat korxonalarida ishchilarga bepul sut tarqatiladi. Qabul qilingan me'yor bo'yicha har bir kishi yiliga 136,7 litr sut iste'mol qilishi lozim. 2022 yilda viloyatda aholi jon boshiga ushbu me'yorga nisbatan 4 marta ko'p sut sog'ib olingan. Sut tayyorlashning hududiy tarkibida ham farq katta emas. Aholi jon boshiga hisoblaganda eng ko'p sut Yangibozor, Gurlan va Yangiariq tumanlarida tayyorlanadi. Sut iste'molga qo'yilgan me'yorga nisbatan mahsulot tayyorlash Urganch (4,92), Qo'shko'pir (4,83) va Shovot (4,76) tumanlarida o'rtacha, qolgan tumanlarda ushbu ko'rsatkich biroz past. Viloyatning o'ziga xos xususiyati shundaki, barcha tumanlarida aholi jon boshiga iste'mol me'yoridan ko'p sut, go'sht, sabzavot va poliz mahsulotlari tayyorlanadi.
Hozirda viloyatda tuxum asosan ko'pgina oziq-ovqat mahsulotlari qatori dehqon xo'jaliklarida tayyorlanadi. Viloyatdagi yirik parrandachilik korxonalari barham to'gan, faqat Urganch, Xonqa va Xiva tumanlaridagina nisbatan kattaroq ishlab chiqaruvchilar mavjud xolos. Shunga monand holda ushbu tumanlarning tuxum va parranda go'shti yetishtirishdagi ulushi yuqori. Viloyatning Xonqa, Xiva, Urganch va Bog'ot tumanlarida me'yor darajasidan ortiqcha tuxum tayyorlanadi. Hazorasp tumani va Urganch shahrida ishlab chiqarish darajasi me'yorga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
nisbatan ancha past. Umuman olganda, viloyatda aholi iste'mol me'yoriga nisbatan teng miqdorda tuxum tayyorlanmoqda.
Viloyat agrar sohasida baliqchilik xo'jaligi alohida o'ringa ega. Ayniqsa, baliq go'shti tarkibidagi oqsil va uglevodlar, yog' kislotalar inson organizmi, uchun nihoyatda zarur. Mutaxassislar ta'kidicha, sog'lom hayot kechirish me'yorlari ushbu shifobaxsh ne'matdan haftada kamida bir bor iste'mol qilishni taqozo etadi. Baliq inson ozuqa mahsulotlari ichida muhim ahamiyatga ega. Baliq foydali va parhezbop taom hisoblanadi. Baliq go'shtida inson uchun qimmatli oqsil ko'p. Bundan tashqari, baliqdan turli yog'lar, dori-darmonlar, shuningdek, chorva mollari uchun unli yemlar tayyorlanadi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan o'g'it tayyorlanadi. Inson organizmi sog'lom rivojlanishi uchun yil davomida belgilangan me'yor bo'yicha 12 kilogramm baliq mahsulotlarini iste'mol qilishi zarur. Agar ushbu me'yor ta'minlanmasa, organizmda foydali vitaminlar (yod, kaltsiy, oqsil va boshqalar) taqchilligi kuzatiladi.
Aholi soni o'sib, uning oziq-ovqat, shu jumladan baliq mahsulotlariga talab muttasil ravishda oshib boryapti. Suv, ozuqa va boshqa tur resurslar esa cheklangan. Ana shu shart-sharoitlar nazarda tutilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.01.2022 yildagi PQ-83-son qarori qabul qilingan. Qarorda "Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko'paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko'paytirish hamda baliqchilik xo'jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash"ga qaratilgan. Shu borada mamlakatimizda bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.
2022yilda O'zbekiston bo'yicha 83,2 ming tonna baliq ovlangan. Bu borada, Xorazm viloyati 16,7 foiz, Navoiy 10 foiz, Andijon viloyati 9,4 foizini tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkich viloyat respublika miqyosida baliqchilikka ixtisoslashganligini, viloyatda baliqni qayta ishlash imkoniyati yuqori ekanligidan dalolat beradi. Sun'iy havzalarda baliq yetishtirish yildan yilga ortib bormoqda. Viloyatda Respublika Baliqchilik boshqarmasining 1975 yil 17 apreldagi 343-R sonli buyrug'iga asosan, Yangiariq tuman Kattabog' qishlog'i hududida «Xorazm baliqchilik kombinati» tashkil etilgan. U hozirda «Xorazm baliq mahsulotlari» OAJ aylantirilgan.
Viloyatda 2022 yilda 27,6 ming tonna baliq ovlandi. Baliq yetishtirish va uni ovlashda Yangiariq va Xiva tumanlari mos holda 30,2-18,7 foizni tashkil etib, yetakchi o'rinda turadi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Yangibozor va Tuproqqal'a tumanlari eng kam ya'ni 2-3 foiz miqdorida mahsulot yetishtirgan. Xiva, Yangiariq, Qo'shko'pir hamda Xazorasp tumanlarida baliqchilikdagi ulushining yuqoriligi tabiiy suv havzalari -ko'llarning ko'pligidir. Keyingi vaqtda boshqa tumanlarda ham sun'iy ko'llar yaratilib, baliq yetishtirilmoqda. Baliqchilikda dehqon xo'jaliklarining ulushi 2022 yilda 34,0, qishloq xo'jaligi korxonalari va fermer xo'jaliklari hissasiga mos holda 20,0 va 46,0 foizni tashkil etdi. Viloyatda aholi jon boshiga 4,8 kg, Yangiariq 24,7, Xivada 6,8, Yangibozorda 3,2, Xonqa tumanida 1,5 kg dan baliq tayyorlangan.
Respublika va shu bilan birgalikda viloyatda asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish uchun tabiiy imkoniyatlar nihoyatda katta. Respublikamizda yetishtirilgan asal o'zining shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qadimgi zamonlardan boshlab insonlar asalning shifobaxsh xususiyatlaridan unumli foydalanishgan. Chunki, asal insonga quvvat, dardga davo ekani allaqachon isbotlangan. Kuniga 40-50 gramm asal inson organizmi uchun yetarli me'yor hisoblanadi. Shu bilan birgalikda asalarichilik qishloq xo'jaligi sohasida, ya'ni dehqonchilikda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
ekinlarni changlatishda ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, Kanadada qishloq xo'jaligi ekinlarini changlatish hisobiga yiliga 1 milliard dollar miqdorida qo'shimcha foyda ko'riladi.
Viloyatda 2022 yil 1127,7 tonna asal yetishtirilgan bo'lib, aholi jon boshiga 0,57 kg dan (me'yordan 35 marta 'ast) to'g'ri kelgan. Tumanlar kesimida aholi jon boshiga Urganchda 0,99 kg, Gurlanda 0,82 kg va Bog'otda 0,64 kgdan to'g'ri kelgan. Yangibozor, Yangiariq, va Xonqa tumanlari bu borada ancha past ko'rsatkichlarga ega. Ularga mos holda 0,57, 0,56, 0,22 kg dan to'g'ri kelgan. 2022 yil Xonqa, Xiva va Shovot tumanlari hissasiga, ya'ni har biriga viloyatda yetishtirilgan asalning 9 foizi to'g'ri kelgan, Bog'ot tumaniga 13 foizi, Gurlan tumaniga 15 foizi, eng ko'p Urganch tumaniga 16 foizi miqdorida asal yetishtirgan. Asal tayyorlashda qishloq xo'jaligi korxonalari hissasiga 5,1 foiz, fermer xo'jaliklariga 20,1 foiz, eng ko'p dehqon xo'jaliklari 74,8 foiz miqdorida mahsulot yetishtirgan.
Yuqoridagi tahlillardan ko'rinadiki, viloyatda tuxum va baliq kabi qishloq xo'jalik mahsulotlari aholi jon boshiga belgilangan me'yor darajasidan past bo'lib, go'sht, sut, sabzavot va poliz, uzum mahsulotlari esa ancha ortiqdir. Ammo, shu o'rinda qayd qilish lozimki, mahsulot ishlab chiqarilishi uning shu joyda iste'mol qilinadi degani emas.
Viloyatda un, yog' va qand-shakar tarmoqlarini hisobga olmaganda oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlari deyarli taraqqiy etmagan. Yuqoridagi strategik ahamiyatga ega bo'lgan va davlat nazoratidagi mahsulotlar bilan aholining ta'minlanishi talab darajasida. Tibbiy me'yor bo'yicha bir yilda o'rtacha 7,3 kg o'simlik yog'i iste'mol qilinishi belgilangan bo'lib, 2022 yilida viloyatda 10805,5 tonna o'simlik moyi ishlab chiqarilgan, aholi jon boshiga 5,5 kg o'simlik moyi ishlab chiqarilgan. Un va shakar ishlab chiqarish ham me'yor darajasi mos holda 4,7 va 15 marta yuqoridir. Ammo, viloyatda qolgan oziq-ovqat sanoati xom ashyosining qayta ishlanish darajasi ancha past.
Jahon xojaligining globallashuvi sharoitida Ozbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda eksportga yo'naltirilgan hamda import ornini bosishga qaratilgan strategiyalarning uyg'unlashtirilgan holda olib borilishi, mamlakat aholisi iste'mol darajasiga ijobiy ta'sir korsatadi va pirovard natijada oziq-ovqat xavfsizligini uzluksiz ta'minlaydi.
REFERENCES
1. Абдуллаев А.Г. Хоразм вилояти ахолисининг озик-овкат махсулотлари билан таъминланганлик холатини бахолаш. // Узбекистан география жамияти ахбороти. 43-жилд. - Т., 2012. - Б. 118-121.
2. Абдуллаев А.Г. Хоразм вилояти озик-овкат саноатида хомашё ресурсларидан самарали фойдаланиш масалалари // Узбекистон география жамияти ахбороти. 44-жилд. - Т., 2014. - Б. 37-39.
3. Гулимов Б. Озик-овкат хавфсизлигини таъминлаш истикболлари // Узбекистон иктисодий ахборотномаси. 1-сон - Т., 2016. - Б. 16-18.
4. Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А.. "Аграр сиёсат ва озик-овкат хавфсизлиги". Укув кулланма. Т.: "УзР Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси" босмахонаси нашриёти, 2016. - 257 б.
5. https://stat.uz -Узбекистон Республикаси Давлат статистика кумитасининг расмий сайти.
6. http://www.xorazmstat.uz - Xorazm viloyati statistika boshqarmasi rasmiy sayti.