Научная статья на тему 'ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ПЛОДООВОЩНОЙ СИСТЕМЕ'

ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ПЛОДООВОЩНОЙ СИСТЕМЕ Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
95
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Life Sciences and Agriculture
Область наук
Ключевые слова
СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО / ПРОДОВОЛЬСТВЕННАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ / ПЛОДООВОЩНАЯ СИСТЕМА / ФЕРМЕРСКОЕ ХОЗЯЙСТВО / РЫНОЧНАЯ ИНФРАСТРУКТУРА / AGRICULTURE / FOOD SECURITY / FRUIT AND VEGETABLE SYSTEM / FARMING / MARKET INFRASTRUCTURE / QISHLOQ XO‘JALIGI / OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI / MEVA SABZAVOTCHILIK TIZIMI / FERMER XO‘JALIGI / BOZOR INFRATUZILMASI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Шерматов Одилжон Аъзимжонович, Имомов Рустамбек Давронбекович, Эргашев Акмалжон Абдуқахорович

Maqolada oziq ovqat xavfsizligini ta’minlashda meva sabzavotchilik tizimini o‘rni va axamiyati xamda meva sabzavotchilik tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari tahlil etilgan.В статье рассмотрены роль и значение плодоовощной системы, а также вопросы повышения экономической эффективности в плодоовощной системе для обеспечения продовольственной безопасностиThe article discusses the role and importance of the fruit and vegetable system, as well as issues of increasing economic efficiency in the fruit and vegetable system to ensure food security.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ПЛОДООВОЩНОЙ СИСТЕМЕ»

DOI: 10.24411/2181- 0761/2021-10001 ВОПРОСЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ПЛОДООВОЩНОЙ СИСТЕМЕ

Шерматов Одилжон Аъзимжонович Имомов Рустамбек Давронбекович Эргашев Акмалжон Абдуцахорович

Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологии

В статье рассмотрены роль и значение плодоовощной системы, а также вопросы повышения экономической эффективности в плодоовощной системе для обеспечения продовольственной безопасности

Ключевые слова: сельское хозяйство, продовольственная безопасность, плодоовощная система, фермерское хозяйство, рыночная инфраструктура

MEVA SABZAVOTCHILIK TIZIMIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH

MASALALARI

Maqolada oziq ovqat xavfsizligini ta'minlashda meva sabzavotchilik tizimini o'rni va axamiyati xamda meva sabzavotchilik tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, meva sabzavotchilik tizimi, fermer xo'jaligi, bozor infratuzilmasi.

ISSUES OF INCREASING ECONOMIC EFFICIENCY IN THE FRUIT VEGETABLE SYSTEM

The article discusses the role and importance of the fruit and vegetable system, as well as issues of increasing economic efficiency in the fruit and vegetable system to ensure food security.

Key words: agriculture, food security, fruit and vegetable system, farming, market infrastructure

Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va iste'mol bozorini himoya qilishga qaratilgan oziq-ovqat strategiyalarini ishlab chiqish nafaqat mamlakatda, balki jahon miqyosidagi eng muhim masalalardan sanaladi. Zero, "... hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya'ni har to'qqiz odamning biri to'yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to'laqonli ravishda ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqda [2]. Shu bois, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan tibbiy me'yorga mos ravishda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini

oshirishning yangi innovatsion imkoniyatlarini tadqiq qilish va amaliyotga samarali joriy etish asosida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash dolzarb masaladir.

Aholi sonini ko'payishi o'z navbatida qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabning oshishi bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy muammoni keltirib chiqarmoqda. Mamlakatimizda oziq-ovqat ta'minoti barqarorligini saqlashda dehqon xo'jaliklari,tomorqa yer egalari va ball boniteti 40 balldan past bo'lgan qishloq xo'jaligi yerlarida tashkil etilgan meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarining o'rni yuqori ekanligi bois,

ushbu xo'jalik yurituvchi sub'ektlarini rivojlantirish bo'yicha keng miqyosda islohotlar olib borilmoqda. Ammo, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borish, yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalarida ayniqsa meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida qator muammo xamda kamchiliklar kuzatilmoqda. Shu bois, bu yo'nalishdagi maxsulot yetishtiruvchilarda samarali tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish xamda meva va sabzavot yetishtirishni izchil rivojlantirish asosida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, soxada eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish singari masalalar ustuvor vazifa qilib belgilab olindi.

Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish meva va sabzavotchilikda faoliyat yuritayotgan fermer xo'jaliklarida qishloq xo'jaligi mahsulot larini yetishtirish faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ko'rsatmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Niderlandiya (Gollandiya) xar yili o'zining 1 million gektar yerida dehqonchilik qilib, 102 milliard dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilar ekan. O'zbekistonda esa bugungi kundagi statistika bo'yicha 4 million gektarga yaqin dehqonchilik qilsa bo'ladigan yerlar bor. Shundan davlat buyurtmalari asosida paxta va bug'doy yetishtirilayotgan yerlardan tashqari qishloq xo'jaligi yerlari 2 million gektar atrofida. 2 million gektarga yaqin qishloq xo'jaligi yerlarining tarkibi-dexqon xo'jaliklari,tomorqa yer egalari yerlari va turli yo'nalishdagi (paxta va g'alladan tashqari) fermer xo'jaliklariga qarashli bo'lgan yerlar hisoblanadi.

Bugungi kunda davlat buyurtmasidan tashqari qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchi larning amaldagi faoliyati bozor iqtisodiyoti talablariga mos emasligi kelgusidagi oziq-ovqat xavfsizligini barqarorligiga xavfni keltirib chiqaradi.

Chunki, aytaylik, kimdir 1 gektar yerda biror mahsulot yetishtirib, uni eksport qilish orqali 10 ming dollargacha foyda qila oladi. Yana kim esa buning o'rniga 2 ming dollar keltiradigan mahsulot ekishi mumkin. Bunday holat fanda yerdan noratsional foydalanish deyiladi. Zero, qaysidir yer egasi o'zini va mamlakatini oz emas-ko'p emas xar gektar xisobiga - 8 ming dollardan maxrum qilyapti. Hozirda qandaydir manfaatdor idoralarning asossiz ma'lumotlarini yuqoriga taqdim etilishi asosida «xozirgi kunda qishloqlarda odamlarimiz yerda ishlashmaydi, hatto tomorqalaridan tuzuk foydalanishmaydi» (ehtimol bordir, lekin juda oz) degan noto'g'ri fikrlar jamoatchilik ongiga singdirilgan. Aslida esa unday emas.

Aslida bozorlarimizni eng sifatli meva va sabzavot mahsulotlari bilan ta'minlab kelayotganlar - aynan o'sha qishloqlarimizda yashayotgan tomorqa egalari va yerlarni ijaraga olib mahsulot yetishtirayotgan oddiy qishloq ahli, boshqa birov emas. Aynan bugungi kunda faoliyat yuritayotgan fermer xo'jaliklarida xam shu odamlarimiz ishlayapti. Savol tug'iladi nima uchun dexqon xo'jaliklari, tomorqa yer egalari va fermer xo'jaligida iqtisodiy samaradorlik turlicha?, ya'ni dehqon va tomorqa yer egalarida yuqori va fermer xo'jaligida past. Fikrimizcha agar meva va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan fermerlarda xam xuddi dehqon xo'jaligi va tomorqa yer egasisidek o'z mulkiga nisbatan iqtisodiy va texnologik mustaqillik bo'lganida edi samaradorlik yuqori bo'lar edi. Chunki, bu xolatda meva yoki sabzavot yetishtiruvchi fermer o'ziga qarashli yerga nima ekadi, qachon ekadi yetishtirilgan maxsulotni qaerga sotadi va nihoyat erishilgan foydani qanday taqsimot qiladi? kabi qator masalalarni o'zi mustaqil xal etadi. Statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra 2020 yil 1 yanvar xolatiga O'zbekiston aholisi soni 33 million 700 ming kishidan oshgan. Shundan, aholini 50.5 foizi shaxarda va 49.5 foizi qishloqlarda

istiqomat qiladi. Shuningdek, O'zbekiston aholisini 30.4 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichik, 10.1 foizi esa mehnatga layoqatli yoshdan katta va aholini 59.5 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilarni tashkil etadi. Islohotlar jarayonidagi eng asosiy masala manashu 59.5 foiz mehnat resurslaridan samarali foydalanish hisobiga aholimizni zarur oziq-ovqat masxsulot lari bilan barqaror ta'minotini shakllantirishdir.

Bu masalani muvaffaqiyatli xal etishda yuqorida keltirilganidek, oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirishda qishloq xo'jalik yerlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish katta ahamiyaga egadir. Bu masalani mamlakatimiz yer maydonlarini atigi bir foizida joylashgan va mamlakat aholisini qariyb 10 foiziga yaqini istiqomat qiladigan Andijon viloyati misolida ko'rib chiqishni maqsalga muvofiq deb hisobladik.

Statistika ma'lumotlariga ko'ra bugungi kunda Andijon viloyati bo'yicha aholi soni 3011700 kishidan ortgan va viloyatda bir kvadrat kilometrga o'rtacha 714 kishi to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich Respublika bo'yicha o'rtacha 74 kishini tashkil etadi. Viloyatda 201026 gektar sug'orilib dehqonchilik qilinadigan ekin yerlari mavjud bo'lib, shundan 28836 gektarini bog' va tokzorlar, 10041 gektarini sabzavot ekiladigan maydonlar tashkil etadi. Biz tadqiqot davomida Andijon viloyatida meva yetishtirish xolati statistikasi bilan tanishdik. Viloyat bo'yicha jami 28836 gektar yerlarda meva yetishtiriladi. Shundan 26592 gektardagi ya'ni 92 foizi mevaga kirgan bog'lar xisoblanadi. Bugungi kunda viloyatda jami 434296 tonna atrofida meva yetishtirish imkoniyati mavjud bo'lib, bu ko'rsatkich viloyatning xar bir aholisiga (434296000 kg/3011700=134kg/kishi/365 kun=367 gr/kun) kuniga o'rtacha 367 grammdan to'g'ri keladi.

Shuningdek, viloyatdagi dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari soni 477374 nafar bo'lib, ularga qarashli bo'lgan

yer maydonlari 24541 gektarni tashkil etadi. Viloyat qishloq xo'jaligi bo'limi ma'lumotlariga ko'ra viloyat dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqa yerlarida 2019 yilda 393119 tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu ko'rsatkich viloyatning xar bir aholisiga (393119 000 kg/3011700=130.5 kg/kishi/365 kun=357 gr/kun) kuniga o'rtacha 357 grammdan to'g'ri keladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti o'z ma'lumotlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan birgina meva va sabzavotlar iste'molini kishi boshiga kunlik 400-500 grammga chiqarish lozimligini, lekin afsuski, ushbu me'yor dunyo bo'yicha o'rtacha 150-200 grammni tashkil etayotganini e'tirof etmoqda. Xalqaro dietologlar tavsiyasiga ko'ra, inson iste'moliga kiradigan oziq-ovqatning kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi lozim. Agar Andijon viloyatida bugungi kunda yetishtirilayotgan meva va sabzavotlar viloyat aholisi kishi boshiga kuniga o'rtacha 724 (367 gramm meva+357 gramm sabzavotlar) grammmdan to'g'ri kelayotgan bir sharoitda bu ko'rsatkichdan kishi boshiga kuniga 400 grami jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti normalari bo'yicha iste'molga yo'naltirilsa kishi boshiga yetishtirilgan 324 gram meva va sabzavotni ya'ni 356284 tonna meva va sabzavot maxsulotlarini eksport qilish imkoniyati bor.

Bu nisbat esa 53377 gektar meva va sabzavot maydonlariga gektariga o'rtacha 6.7 tonna meva va sabzavot eksporti to'g'ri keladi. Meva va sabzavotni 1 kilogramini o'rtacha 5000 so'mdan xisoblansa, 1 gektar xisobiga meva va sabzavot eksporti 33 500 000 so'm yoki 3700 AQSh dollariga to'g'ri keladi[1].

2019yil xolatiga Manba: Andijon viloyati qishloq xojaligi boshqarmasi ma'lumotlari.

№ Viloyatda yetishtiriladigan mevalarning nomi Jami bog' maydoni, ga Shu jumladan xosilga kirgani O'rtacha xosildorlik, s/ga Yetishtirilgan meva,tonna

1 2 3 4

Urug'li mevalar

1. Olma 13368 12688 166 210812

2. Nok 578 506 162 8214

3. Behi 777 721 160 11565

Danakli mevalar

4. O'rik 3015 2798 161 44952

5. Shaftoli 3703 3468 169 58684

6. Olxo'ri 1284 1147 176 20157

7. Gilos 2235 2018 163 32895

8. Olcha 445 395 158 6238

9. Chilon jiyda 94 80 161 1286

Subtropik mevalar

10. Anor 426 384 151 5805

11. Anjir 466 419 127 5323

12. Xurmo 658 597 148 8848

Sitrus mevali

13. Limon 105 83 162 1351

14. Mandarin 5 5 135 69

15. Qulpinay 42 37 153 564

Yong'oq mevali

16. Yong'oq 1223 880 150 13228

17. Bodom 414 366 117 4305

Viloyat bo'yicha jami: 28836 26592 163 434296

Bu ko'rsatkichni Gollandiyadagi meva va sabzavotlar eksporti (1 ga/12000 $)ga solishtirilganda bu sohada amalga oshirishimiz lozim bo'lgan vazifalar xali juda ko'p ekanligidan dalolat beradi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida meva va sabzavotchilik sohasida maxsulot yetishtirishni ko'paytirish, sifatini bugungi kun talabi darajasida yaxshilash va bu

soxada iqtisodiy samaradorlikni optimal darajagacha ko'tarish uchn quyidagilarni taklif etamiz:

Bugungi kunda qishloq xo'jaligi sohasi O'zbekiston iqtisodiyotining lokomotivi vazifasini bajarish qudratiga ega bo'lgan sohadir. Yer, jazirama quyosh, millionlab tajribali qishloq dehqonlari, issiq quyoshda yetilgan o'zbek meva-

sabzavotlariga bo'lgan yuqori talab, yonimizdagi katta bozorlar mavjudligi aholisi zieh, ishsizlik miqdori yuqori bo'lgan hududlarda kichkina yer xo'jaliklarini tuzish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Ammo hozirda yerda bevosita ishlaydigan oila a'zolariga ega bo'lmagan (xozirda meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermerlar tarkibida ko'p uchraydi) aksariyat xollarda oilaviy a'zolar mehnatidan emas, balki yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermerga, o'z erki o'ziga qo'yib berilishi sharti bilan unga, deylik, yerining bir qismi qoldirilishini, boshqa qismi yuksak darajadagi dehqonchilik tajribasiga ega bo'lgan hamqishloqlariga berilishini aytsangiz, albatta rozi bo'ladi. Buning nimasiyaxshi?

- Dehqon shaxsiy manfaati yo'lida o'z yerida chin dildan ishlaydi;

- O'zi egalik qilayotgan yerida nima yetishtirishni obdon o'ylaydi;

- Yetishtirishni rejalashtirayotgan maxsuloti bo'yicha hisob-kitob qiladi;

- Bozorni o'rganadi;

- Novatsiyalarga intiladi;

- Mahsuloti ko'p va sifatli bo'lishiga intiladi va hokazo.

Meva va sabzavotchilik sohasida kichik yer xo'jaliklarini vujudga keltirish hozirda faoliyat yuritib turgan shu yo'nalishdagi fermerlarning yerlarini qayta taqsimlashni taqozo etadi.

Yer egasi ya'ni mustaqil fermer endilikda o'z manfaati yo'lida o'z ishini tartibli, reja bilan yuritadi, har bir amaliyotni o'z vaqtida bajaradi. Erkin iqtisodiy faoliyat kishining ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, aqlini charxlaydi, izlanishga, yangi ufqlarga chorlaydi. Faqatgina erkin, tadbirkor-dehqon qishloq xo'jaligimiz qiyofasini yangi bosqichga olib chiqishi, qishloqlarimizni rivojlanayotgan mamlakatlar uchun arzon ishchi kuchi yetkazib beruvchi emas, balki katta miqdorda sifatli mahsulot yetishtirib beruvchi iqtisodiy hududlarga aylantirishi mumkin.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash mumkinki, bugungi kunda meva va sabzavot yetishtiruvchilar faoliyatini diaersifikatsiyalash xisobiga ular fvoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirish eng avvalo meva va sabzavot maxsulotlari yetishtirishni ko'paytirish, sifatini yaxshilash xamda sohaga yangi innovatsiyalarni mustaqil kiritish imkoniyatlarini yaratadi.

Adabiyotlar:

1. O.Shermatov,B.Nosirov,R.Imomov,M.Kobulova. Problems of effective usage of lands in agriculture for ensuring food security. South Asian Journal of Marketing & Manage ment Research (SAJMMR). ISSN: 2249-877X Vol. 10, Issue 4, April Spl Issue 2020, Impact Factor: SJIF 2020= 7.11,

2.www.fao.org - Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi xalqaro tashkilotining rasmiy sayti ma'lumotlari.

3. O.Shermatov,R.Imomov. Economic efficiency in agriculture and factors affecting it. Актуальная наука.Международньй научньй журнал. ISSN: 2587-9022 , №10(29) 2019 2122 стр.

4. O.Shermatov,M.Kobulova. Criteria and indicators of evaluation of economic efficiency in agriculture. Актуальная наука.Международньй научньй журнал. ISSN: 2587-9022, №10(29) 2019 24-25 стр

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.