Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING AYRIM MASALALARI'

O’ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
2023
289
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI / OZIQ-OVQAT BOZORI / OZIQ-OVQAT IMPORTI / QISHLOQ XO’JALIGINI MADERNIZATSIYA QILISH

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Yuldashev N.A.

Maqolada milliy va jahon iqtisodiyotining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ayrim masalalari yoritilgan. O’zbekiston agrosanoat majmuasining hozirgi holati va uning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisiningning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlari aniqlangan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ISSUES OF ENSURING FOOD SECURITY IN UZBEKISTAN

The article covers some issues of ensuring food security of the national and world economy. The current state of the agro-industrial complex of Uzbekistan and its importance in ensuring food security are studied. Also, the priorities of ensuring the needs of the country's population for food products have been determined. Measures and proposals for ensuring food safety are given.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING AYRIM MASALALARI»

UDK 00-914/919

Yuldashev N.A.

Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Andijon Davlat Universiteti

O'ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING AYRIM MASALALARI

Annotatsiya: Maqolada milliy va jahon iqtisodiyotining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning ayrim masalalari yoritilgan. O'zbekiston agrosanoat majmuasining hozirgi holati va uning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashdagi ahamiyati tadqiq etilgan. Shuningdek, mamlakat aholisiningning oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashning ustuvor yo'nalishlari aniqlangan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat bozori, oziq-ovqat importi, qishloq xo'jaligini madernizatsiya qilish.

Yuldashev N.A. teacher

Department of Geography Andijan State University

SOME ISSUES OF ENSURING FOOD SECURITY IN UZBEKISTAN

Annotation: The article covers some issues of ensuring food security of the national and world economy. The current state of the agro-industrial complex of Uzbekistan and its importance in ensuring food security are studied. Also, the priorities of ensuring the needs of the country's population for food products have been determined. Measures and proposals for ensuring food safety are given.

Keywords: Food safety, food market, food import, modernization of agriculture.

Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtisodiyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tarkibida go'sht-sut, yog'-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, meva-sabzavot konservalari, turli-tuman ichimliklar, shakar, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni o'z tarkibiga birlashtirgan. Kishilik jamiyatining rivojlanishi davomida tabiat yaratib bergan ne'matlardan foydalangan. Jahon aholisi sonining ortib borishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan extiyojini ortishiga olib keldi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari

oldida turgan asosiy vazifalardan biri sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va uning xavfsizligini ta'minlash masalasidir.

Hozirgi kunda insoniyatning tabiatga nisbatan salbiy munosabatda bo'layotganligi, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat bilan ta'minlash darajasining nomutanosibligi, iqlim o'zgarishlari kabi qator salbiy omillarni keltirishi mumkin. Chuchuk suv, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda. Tuproq unumdorligi pasayib, yerlarning meliorativ holati yomonlashib bormoqda. Natijada, bugungi kunda jahon aholisining 1/10 qismi, yoki qariyb 800 milliondan ortig'i to'yib ovqatlanmayotgan bo'lsa, 2050-yilga borib bu miqdor 2 mlrd. kishiga yetishi kutilmoqda. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi[1]. Mazkur holat mamlakatlar aholisini oziq-ovqat bilan yetarlicha ta'minlash bilan birga oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash kabi dolzarb muammoni yuzaga keltirmoqda. Besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi o'limning 45 foizi aynan to'yib ovqat yemaslik va ekologik jihatdan toza bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida kelib chiqmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va keskin raqobatchilik, aholi sonining muttasil ortib borishi, xususan, "2050 yilga borib jahon aholisi 10 milliard kishiga yetishi natijasida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligi sohasida intensiv tarzda xomashyo yetishtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni hududiy tarkibini takomillashtirish, yangi ishlab chiqarish shakllaridan foydalanishni taqozo qilmoqda"9. Bu o'z navbatida, oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini joylashtirish o'rni va usulini to'g'ri tanlashni hamda raqobatbardosh, ekologik toza iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klaster tizimidan samarali foydalanishni talab etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning quyidagi qismlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

• yetarli xavfsiz va to'yimli oziq-ovqatning doimiy mavjudligi;

• aholining barcha ijtimoiy guruhlari uchun tegishli hajm va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi;

• milliy oziq-ovqat tizimi va iqtisodiy mustaqilligi (oziq-ovqat mustaqilligi).

• ishonchlilik, ya'ni milliy oziq-ovqat tizimining mavsumiy, ob-havo va boshqa o'zgarishlarning mamlakatning barcha hududlari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash qobiliyati;

So'ngi yillarda O'zbekistonda aholini ekologik toza va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan extiyojini qondirishda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, uning xomashyo bazasini yanada mustahkamlash, qayta ishlash sohasini modernizatsiya qilish, respublikaning eksport imkoniyatlarini oshirish

9 EMT ®AO TamKH^OTHHHHr ôaprçapop 03HK-0B^aT nm^aô HHrçapHmHH omnpnm ôyHHna crpaTeraK nm^apn http://www.fao.org.

bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada mahalliy xomashyo asosida ichki iste'mol talablari ta'minlanib, aholi ehtiyojlaridan ortgan mahsulotlarning bir qismini jahon bozoriga eksport qilish orqali muhim iqtisodiy samaraga erishilmoqda. Mamlakatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan extiyojini qondirish, import hajmini kamaytirish va ekologik toza mahsulot tayyorlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash maqsadida bir necha chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. O'zbekistonda ayni paytda oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talab oshmoqda, aholi soni o'sishi bilan kishi boshiga iste'mol ko'paymoqda. Binobarin, so'nggi 2020-2022-yillar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga bo'lgan qarashlar tubdan o'zgardi va hozirda davlat siyosatining asosiy vazifasiga aylanib ulgurdi[2].

Bu esa sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, mazkur tarmoqni rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirishda klaster tizimidan samarali foydalanishni taqozo etadi, shu orqali mamlakatda ekologik toza iste'mol uchun yaroqli mahsulot tayyorlanadi natijada oziq-ovqat xavfsizligi taminlanadi.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi yalpi ichki mahsulotning qariyb 27 foizini to'g'ri keladi. Mamlakatdagi jami aholining 30 foizdan ortig'i mazkur tarmoqda band. Bugungi kunga qadar qishloq xo'jaligida 20 million gektardan (O'zbekiston umumiy yer maydonining 45%) ortiq yer, jumladan, 3,2 million gektar sug'oriladigan ekin maydonlarida aholi ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 50 dan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yilib, u keng rivojlanmoqda. Qishloq xo'jaligi yer maydonlarining 62 foizini paxta-to'qimachilik, 8 foizini chorvachilik va 7,5 foizini meva-sabzavotchilik hissasiga to'g'ri keladi[3]. Shu o'rinda aytish mumkinki, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud.

1-jadval

2022 yilda O'zbekiston 24.6 mlrd AQSH dollarlik mahsulot import qilgan, 109 ta davlatdan qiymati 3,2 mlrd AQSh dollariga teng bo'lgan oziq -ovqat mahsulotlarini import qilgan. Ushbu ko'rsatkich umumiy import mahsulotlarining 13 foiziga teng. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich 2021 yil bilan taqqoslaganda qariyb 38,6 foizga oshgan. 2022 yil oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo'lgan davlatlar orasida Qozog'iston birinchi o'rinni egalladi - 36,6 foiz. Ushbu ko'rsatkich davlatlar kesimida quyidagicha ko'rinish ega bo'ldi: Rossiya - 24,1 foiz, Braziliya - 13,9 foiz, Belarus - 4,2 foiz, Pokiston - 1,8 foiz, Ekvador - 1,6 foiz, Hindiston - 1,6 foiz, Xitoy - 1,4 foiz, Turkiya - 1,4 foiz, Indoneziya - 1,4 foiz, boshqa davlatlar - 12 foiz (1-jadval)[4]. Ushbu ko'rsatkichlardan ko'rinib turibdiki, mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi import hisobiga qoplanmoqda va natijada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasi asosiy masalaga aylanib bormoqda.

Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 16-yanvardagi "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi ishlab chiqilgan. Masalan, strategiyada O'zbekistonda 2018-yil holatiga ko'ra aholi o'rtasida umumiy to'yib ovqatlanmaydiganlarning

ulushi 6,3 foizni tashkil etishi ko'rsatib o'tilgan. Ushbu ulushni 2025-yilga kelib 3 foizgacha kamaytirish, 2030-yilga borib nol darajaga tushurish belgilab berilgan[5].

Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini tadqiq qilishda mehnat resurslari komponentini ta'minlash uchun quyidagilar zarur:

> O'zbekistonning 2030-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan aholining demografik o'sishini o'rgangan holda tegishli chora-tadbirlarni kiritish;

> Qishloqlarda malakali ishchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga doir davlat mexanizmini ishlab chiqish;

> Melorativ tadbirlarni davom ettirish dehqonchilik qiladigan yerlarning tabiiy unumdorlik darajasi pasayishi natijasida hosildorlik pasaymoqda yillar kesimida farq kattalashmoqda bu farqni bartaraf etish uchun hukumatlar va qishloq xo'jaligi institutlari ekinlar hosildorligini oshirish strategiyasi va tuproq unumoqligini oshirishga qaratilgan dasturlarni doimiy ishlab chiqishlari va amaliy yechim topishlari kerak [6].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, taklif etilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi qishloq xo'jaligini uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berishda va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, demografik tarkibdagi o'zgarishlar va sog'lom ovqatlanish bo'yicha yangi ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish va aholini sog'lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatining asoslarini yanada takomillashtirib borish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taminlash tug'risida O'zbekiston respublikasi prezidenti 16.01.2018 yil PF 5303 son farmoni.

2. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami: Kompleks geografik tadqiqotlar; innovasiya va amaliyot: -Andijon, 2022.

3. Soliyev A. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika va amaliyot. - Toshkent: Kamalak, 2013.

4. Mamajonov M, Aliyev H. Andijon geografiyasi. "Hayot nashri-2020" -Andijon 2022.

5. Qayumov A.A., Qodirov R.B. Qishloq xo'jaligi geografiyasi va iqtisodiyoti. -Andijon, 2009.

6. Qodirov R.B. Aholi va mehnat resurslari. - Andijon, 2010.

7. Qodirov R.B. Farg'ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. (Monografiya). - T.: Navro'z, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.