Научная статья на тему 'MAMLAKAT AHOLISINI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASHDA MEVA VA SABZAVOT TARMOG’INI SAMARALI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI'

MAMLAKAT AHOLISINI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASHDA MEVA VA SABZAVOT TARMOG’INI SAMARALI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
458
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oziq-ovqat xavfsizli / oziq-ovqat mahsulotlari / barqaror rivojlanish / innovatsion faoliyat / innovatsion yondashuv / import / eksport. / food security / sustainable development / innovative activity / innovative approach / import / export.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazarova, Munavvar Soatmurod Qizi

Maskur maqolada mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishda meva va rezavor mahsulotlari hajmini ko’paytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS OF EFFECTIVE DEVELOPMENT OF THE FRUIT AND VEGETABLE INDUSTRY IN PROVIDING THE PEOPLE OF THE COUNTRY WITH FOOD

In the article, it was proposed to increase the cultivation of fruits and berries to meet the country's need for food.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT AHOLISINI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASHDA MEVA VA SABZAVOT TARMOG’INI SAMARALI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAMLAKAT AHOLISINI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TA'MINLASHDA MEVA VA SABZAVOT TARMOG'INI SAMARALI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

Nazarova Munavvar Soatmurod qizi

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tayanch doktoranti

Maskur maqolada mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda meva va rezavor mahsulotlari hajmini ko 'paytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: oziq-ovqat xavfsizli, oziq-ovqat mahsulotlari, barqaror rivojlanish, innovatsion faoliyat, innovatsion yondashuv, import, eksport.

In the article, it was proposed to increase the cultivation of fruits and berries to meet the country's need for food.

Keywords: food security, sustainable development, innovative activity, innovative approach, import, export.

В статье было предложено увеличить выращивание фруктов и ягод для удовлетворения потребностей страны в продовольствии.

Ключевые слова: продовольственная безопасность, устойчивое развитие, инновационная деятельность, инновационный подход, импорт, экспорт.

Mamlakatimizda so'ngi yillarda olib borayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta'minlash orqali aholining oziq-ovqatga bo'lgan talabini qondirishi, oziq-ovqat havfsizligini rivojlantirish darajasini oshirish, unda aholining farovon hayot kechirishda oziq-ovqat mahsulotlarining tutgan o'rnini yuksaltirish muhim masalalardan biridir.

Ma'lumki, bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi butun jahonni tashvishga solib kelayotgan global muammolardan biri bo'lib qolmoqda. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining (FAO) ma'lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyodagi jami aholining qariyb 30 foizi to'yib ovqat yemaslikdan qiynalmoqda. Bunday sharotda respublikamizda aholini sifatli va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash borasida respublikamizda so'ngi yillarda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2017 yin 7 fevralda tasdiqlangan PF 4947 sonli "O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ichki bozorda ularga bo'lgan narxlar keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Jumladan, agar 1990 yilda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha aholi jon boshiga hisoblaganda me'yorga nisbatan oz iste'mol qilingan bo'lsa, 2018 yilga kelib me'yorga nisbatan iste'mol hajmi go'shtda 105,40, sut mahsulotlarida 194,90, kartoshkada 104,4 foizni, sabzavotda va polizda 221,3 foizni tashkil etdi.

2021 yilda esa xo'jalik toifalari orasida meva va rezavorlar yetishtirishning eng katta hajmi 1 567,4 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 54,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarida qayd etildi. Bu ko'rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan fermer xo'jaliklarida 5,5 % o'sish kuzatildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizda qishloq xo'jaligining barcha sohalarini, shu jumladan meva, uzum va rezavor mahsulotlarini jadal rivojlantirish, tuproq unumdorligini ko'tarish, ularning hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda mavsumdan tashqari davrda saqlash xalqimizni meva va uzum mahsulotlariga bo'lgan talabini to'la qondirishga qaratilishi zarur.

1-rasm. 2021 yilda hududlar bo'yicha meva va rezavorlar yetishtirish ko'rsatkichlari1

1 O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasining ma'lumotlari.

328

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yetishtirilgan meva va rezavorlar umumiy hajmida hududlar bo'yicha eng katta ulush Andijon (23,0 %), Farg'ona (13,0 %), Samarqand (12,6 %), Namangan (10,4 %) va Buxoro (9,2 %) viloyatlari hissasiga to'g'ri keldi. Shu bilan birga, meva va rezavorlar umumiy hajmida eng kam ulush, Sirdaryo viloyati (1,5 %) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (2,2 %) kuzatildi.

Ko'rsatib o'tilgan davrlarda yuqori o'sish sur'atlari Qoraqalpog'iston Respublikasida (106,9 %), Sirdaryo (105,7 %), Qashqadaryo (105,6 %), Surxondaryo (104,9 %), Namangan (104,8 %) viloyatlarida qayd etildi.

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda ta'kidlash joizki, mamlakatimiz qishloq xo'jaligining samaradorligini yanada oshirish va barqarorligini ta'minlash qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori texnologiyalarini o'zlashtirish, zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanish, qayta ishlash tarmoqlarining rivojlanishi, yer va boshqa turdagi resurslardan foydalanishni yaxshilash, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari o'rtasidagi baho nomutanosibligini tugatish, davlat tomonidan qishloqlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, ichki xo'jalik munosabatlarini takomillashtirish, servis xizmati ko'rsatishni yaxshilash, ushbu tarmoqni boshqarishda zamonaviy ilmiy asoslangan uslublardan foydalanish kabilarga bevosita bog'liqdir. Xo'jalik yuritishning bunday istiqbolli tizimi amaldagisi bilan taqqoslanganda uni tashkil etish va faoliyat yuritilishining innovatsion yondashuvga asoslanganligi - o'ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi.

Boshqacha aytganda, agrar tarmoqning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga faqatgina, bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga innovatsiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Ta'kidlash lozimki, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o'z mablag'laridan foydlanilayotgan holatlarda, asosiy turdagi texnologiyalarga ega bo'lgan, lekin investitsion mablag'larga va yalpi ishlab chiqarish tajribalariga ega bo'lmagan boshqa korxonalar bilan hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Agrar tarmoq doirasida innovatsion faoliyatning ushbu elementi muhim ahamiyat kasb etadi. Hamkorlikning bunday ko'rinishini quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirish mumkin:

• ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiyalar kiritish;

• boshqaruvchilik yordamini ko'rsatish;

• o'xshash va nomukammal texnologiyalar vujudga kelganda mustaqil korxonalarni aniqlash;

• yirik va kichik korxonalarning ustuvorliklari va imkoniyatlarini birlashtirish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

• istiqbolli va yuqori riskka ega bo'lgan noan'anaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi mustaqil tarkibiy tuzilmani tashkil etish.

Mamlakatimiz Prezidentning «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-5009-son qarorida aynan oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo'nalishida qo'yilgan vazifalar mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda muhim hujjat ekanligidan dalolat beradi. Ya'ni bu yo'nalishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• shakllangan dehqonchilik ko'nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta'minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish;

• 2021 yil 1 apreldan boshlab tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog' va tokzorlar barpo etish va 7 yil muddatda to'lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo'lga qo'yish;

• kooperatsiya shartlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo'jaliklari hamda boshqa qishloq xo'jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga berish va boshqalar.

Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi jarayonida mamlakatimiz qishloq xo'jaligida 2021- yilda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni (2020- yilning yanvar-dekabr oylari mos ravishda 2019- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan -102,9 %), shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar - 103,9 % (102,9 %)ni, o'rmon xo'jaligi - 101,5 % (101,7 %)ni, baliqchilik xo'jaligi - 121,4 % (117,9 %)ni tashkil qildi.

Olib borilgan izlanishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, oziq-ovqat mahsulotlarining importi ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish, narxlarni pasaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat muhitini yaratish imkonini beradi va buning natijasida ularni samaradorlikni oshirishga majbur qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tashqi bozorlarda raqobatlashish imkonini beradi va shu bilan birga sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda yanada samarali ishlashga majbur qiladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 26.02.2021 yildagi «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-5009-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasining ma'lumotlari.

3. https://east-fruit.com/uz/meva-sabzavot-bozori/bozorlar-harhi/ozbekiston-meva-sabzavotchilikda-2021 -yilgi-top- 10-asosiy-voqeliklar-2-qism/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.